logo

Texnik konstruksiyalash va modellashtirishning moddiy sharoitlari va uni o‘rganishda qo‘llaniladigan metodlar va tashkiliy shakllari.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

30.8076171875 KB
Texnik konstruksiyalash va modellashtirishning moddiy sharoitlari va
uni o‘rganishda qo‘llaniladigan metodlar va tashkiliy shakllari.
Reja 
1.Texnik konstruksiyalash va modellashtirish.
2. Konstruksiyalash va modellashtirishning moddiy sharoitlari
3. Konstruksiyalash va modellashtirishda qo‘llaniladigan metodlar.
4. Konstruksiyalash va modellashtirishning tashkiliy shakllari. Mamlakatimizda   jadal   suratlar   bilan   rivojlanayotgan   fan   texnika   taraqiyoti
aqliy va jismoniy mehnatni bir-biriga yaqinlashtirishni, ya’ni ular o‘rtasidagi farqni
bartaraf   qilishni   taqozo   etadi.   Ishchilar   mehnati   tobora   injenerlik-texnik   xarakter
kasb   etayotgani,   ratsionalizator   va   ixtirochilarning   saflari   o‘sib,   ular   kiritayotgan
takliflarning samaradorligi ortayotganligi buning yaqqol ifodasidir.
Ratsionalizatorlar va ixtirochilar-ishchilar sinfining ilg‘or qismi  bo‘lib, ular
ijodiy fikrlaydigan, tinimsiz izlanadigan, mashina va mexanizmlarning yangi, eng
tejamli   konstruksiyalarni,   yangi   texnologik   jarayonlarni   yaratish   eskilarni
takomillashtirish bo‘yicha qimmatli takliflar kiritadigan kishilardir. 
Texnik   tafakkurni   va   mehnatga   ijodiy   munosabatni   rivojlantirish   yangi
kishini - yangi   jamiyat   quruvchisini   tarbiyalashning   eng   muhim   vazifalaridan
biridir.   Ana   shunday   kishining   yetishib   chiqishida   o‘quvchilarga   umumiy   ta’lim
berishdan   tashqari,   ularning   keng   politexnik   asosda   unumli   mehnatga   ham   jalb
etadigan isloh qilingan maktab yetakchi rol o‘ynashi lozim. 
Xozirgi   sharoitda   o‘quvchilarga   politexnik   ta’lim   berish   tabiatning   maktab
predmetlarida,   avvalo   tabiiy-ilmiy     sikldagi   predmetlarda   o‘rganiladigan   umumiy
qonunlari,   xozirgi   ishlab   chiqarishning   asosiy   tarmoqlari   xaqida,   eng   tipik
mashinalar,   mexanizmlar,   aparatlar   va   asboblarning   tuzilishi   hamda   ishlash
prinsiplari,   shuningdek   ulardan   amalda   foydalanish   xaqida,   asosiy   materiallar   va
ularni   qo‘llash,   eng   tipik   texnologik   jaranlar   xaqida   umumiy,   ilmiy   bilimlar   va
mehnatni   ilmiy   asosda   tashkil   qilish   xaqida   umumiy   ma’lumotlar   berishdan
iboratdir.   Ana   shu   vazifalar   texnik   konstruksiyalash   va   zamonaviy   texnika
namunalarini   modellashtirish   jarayonida   muvaffaqiyatli   amalga   oshirilishi
mumkin. 
O‘quvchilar yuqori darajada rivojlangan texnika namunasi sifatidagi u yoki
bu texnik modelni yasashda  xozirgi sanoat  ishlab chiqarishiga xos konstruktorlik,
texnologik va ishlab chiqarish faoliyatining asoslarini o‘rganadilar. 
Texnik   modellashtirish   jarayonida   turli   texnologik   operatsiyalar
o‘zlashtiriladi;   metallar   va   metalmas   materiallarning   har   xil   turlari   va   markazlari
bilib   olinadi;   zamonaviy   texnikaning   xaqiqiy   namunalari   tuzilishi   va   ishlashning asosiy   prinsiplari   tushuniladi,   amaliy   faoliyat   jarayonida   es   umumta’limiy
predmetlari bo‘yicha olingan bilimlar mustahkamlanadi. 
Ma’lumki,   amaliy   mashg‘ulotlarda   texnik   konstruksiyalash   va
modellashtirish   xaqiqiy   mashina,   mexanizm,   asboblarning   faqatgina
kichraytirilgan   nusxasini   yasash   emas,   balki   ijodiy   faoliyat   asosida   texnik
modellarning   konstruksiyasini   ham,   ishlash   prinsipini   ham   ancha   soddalashgan,
lekin ularga o‘xshashlikni saqlagan namunalarini yaratishdir. 
Texnik   modellashtirishga   kirishishdan   oldin   «model»   va   «maket»
tushunchalarining   farqini   aniq   bilib   olish   zarur.   Model   xaqiqiy   obyektning   yoki
undagi   asosiy   uzellarning   nusxasidir.   Shuningdek,   u   xarakatlanadigan   va   o‘z
namunasi (xaqiqiy obyekt) ning funksiyalarini ixcham holda bajariladigan bo‘lishi
ham kerak. M: avtomobilning, trak5torning modeli ana shundaydir. 
Maket-obyektning   konstruksiyasini   yaqqolroq   tasavvur   etish   imkonini
beradigan umumiy xajmli tasvirdir. M: binolar, inshootlar va x.z.larning maketlari
shular jumlasiga kiradi. 
Texnik   konstruksiyalash   va   modellashtirish   mashinalar   hamda
mexanizmlarni   yaratish   jarayoni   bilan,   shuningdek   yuksak   darajada   rivojlangan
zamonaviy   ishlab   chiqarishning   eng   ilg‘or   yo‘nalishlari:   ishlab   chiqarishdagi
standartlashtirish va unifikatsiyalash, mehnatni kooperativlash hamda ilmiy asosda
tashkil   etish   bilan;   detallarni   tayorlash   va   buyumlarni   yig‘ishning   tipovoy   hamda
gruppavoy   texnologiyasi   bilan;   materiallardan   ratsional   foydalanish   bilan
mufssalroq tanishish imkoniyatini yaratadi. 
Texnik   loyihalash   jarayoni.   Zamonaviy   mashinalarni   ishlab   chiqish   -
murakkab   va   uzoq   muddat   talab   qiluvchi   jarayon   hisoblanadi.   U   o‘z   tarkibiga
muhandislik   bashoratlari,   loyihalash,   tayyorgarlik   va   ishlab   chiqarishni
o‘zlashtirish bosqichlarini qamrab oladi.
Dastlabki   bosqich   -   muhandislik   bashoratini   qurish   ikki   yo‘nalishda   amalga
oshiriladi: mavjud bazis obyektidan kelajak tomon bashorat qilish hamda kelajakda
erishilishi   talab   qilinadigan   maqsaddan   muammoning   bugungi   kundagi   holatiga
tomon. Loyihalash   buyumning   umumiy   konstruksiyasini   ishlab   chiqishni   ko‘zda
tutadi.     Loyihalashning   dastlabki     bosqichida   erishilishi   lozim   bo‘lgan   maqsad,
yoki   qondiriladigan   maqsad   belgilab   olinadi.   So‘ngra   maqsadga   erishish   uchun
aniq   vazifalar     shakllantiriladi.   Vazifalarni   belgilashda   mavjud   imkoniyatlar   va
sharoitdan kelib chiqiladi. Loyihalashning keyingi  bosqichi  g‘oyani  shakllantirish
deb   nomlanib,   u   loyihalashning   asosini   tashkil   etadi.   Ko‘pchilik   holatlarda   uni
amalga oshirish uchun mavjud metodni yangi sharoitlarda   qo‘llash yo‘nalishidan
foydalaniladi.   Keyingi   bosqichda   muhandislik     tahlili   amalga   oshiriladi.   Bunda
model   ko‘rsatkichlari   aniqlashtiriladi,   zarur   holatlarda   haqiqiy   buyumga   yaqin
ko‘rsatkichlarga   ega   bo‘lgan   model   yaratiladi.   Shu   asosda   buyumni   ishlab
chiqishning texnik vazifasi shakllantiriladi.
Texnik   vazifa     konstruktorning   loyihani   ishlab   chiqishidagi   dastlabki
asoslovchi   hujjat   hisoblanadi.   U   quyidagi   masalalarni   yoritib   berishi   lozim:
mashinaning   yaratilish   maqsadi;   uning   parametrlari,   ish   tartibi   va     sharoitlari;
tajriba-sinov   ishlari   to‘g‘risidagi   ma’lumotlar;   mashinaning   prinsipial   tuzilishi   va
uning   harakatlanish   mezonlari;   avtomatlashtirilganlik   va
mexanizatsiyalashtirilganlik   darajasi;   ishlatilish   sharoitlari;   loyihani   bajarish
muddati;   ishlab   chiqarishning   seriyaliligi;   uni   tayyorlovchi   korxona   to‘g‘risidagi
ma’lumotlar; mashina va loyihaga qo‘yilgan texnik talablar.
  O‘quv   binosiga   qo‘yiladigan   talablar.   Oliy   ta’lim   muassasalarida
o‘tkaziladigan   texnik   loyihalash   va   modellashtirish   mashg‘ulotlari   uchun
ko‘pincha   o‘quv   ustaxonalaridan   foydalaniladi.   Bu   ustaxonalarda   mehnat
ta’limining har xil tashkiliy shakl va metodlaridan foydalanish; texnik ma’lumotlar
berish;   tadqiqotchilik   va   mehnat   malakalarini   shakllantirish   ishlarining   amalga
oshirish;   texnik   bilimlarni   mehnat   usullarini,   bajarilgan   ishlarni   sifatini   nazorat
qilish; estetik did va mehnat madaniyati ko‘nikmalarini, mustaqil ishlash iqtidorini
shakllantirish; konstruktorlik-texnologik xarakterdagi ijodiy masalalarni hal qilish,
yuksak   darajadagi   mehnat   intizomiga   va   mehnat   muhofazasiga   talablariga   rioya
etish uchun yaxshi sharoitlar mavjud bo‘lishi kerak. Yuqorida   aytilgan   vazifalardan   kelib   chiqib   o‘quv   ustaxonalari   quyidagi
asosiy sanitariya-gigiyenik va tashkiliy-metodik talablarga javob berishi lozim:
1.  Ustaxona   binosi   ta’limiy-pedagogik,   sanitariya-gigiyenik   va
ishlab chiqarish-texnik talablarni qanoatlantirishi kerak.
2.  O‘quv   ustaxonalari   texnikaning   hozirgi   darajasiga,   yuksak
mehnat   madaniyatiga   muvofiq   jihozlanishi   va   ular   faqat   ustaxona   amaliyoti
dasturidagi barcha mavzularni emas, balki texnik ijodkorlikni ham o‘rganish uchun
zarur sharoit bilan ta’minlanishi lozim.
3.  Turli buyurtmalarni bajarishda pedagogning o‘rganuvchilar bilan
olib boradigan umumiy gruppaviy hamda brigada - zvenoli va potokli ishlari uchun
ham sharoit yaratilishi zarur.
4.  Har   bir   talabaga   kerakli   asbob-uskunalar   va   moslamalar   bilan
ta’minlangan alohida ish o‘rni ajratilishi lozim.
5.  Pedagog   uchun   tegishli   jihozlar,   moslamalar   bilan   ta’minlangan
va poldan 250-300 mm ko‘tarilgan namunali ish o‘rni tashkil etilishi lozim.
6.  Ustaxonalarda   talabalarga   eng   qulay   va   xavfsiz   mehnat   qilishi
uchun zarur sharoit bo‘lishi shart.
7.  O‘quv   ustaxonalari   hajmli   va   tekis   ko‘rsatmali   qo‘llanmalar,
shuningdek, ta’limning texnik vositalari bilan jihozlanishi zarur.
8.  Yordamchi   binolar   (asbobxona   va   sklad)   o‘quv   ustaxonasiga
yaqin bo‘lishi kerak.
9.  Tashqaridagi   tovushlar,   talabalarning   e’tiborini   ishdan
chalg‘itadigan   va   mehnat   jarayoniga   halaqit   beradigan   shovqin-suronlar
ustaxonaga kirmasligi lozim.
  Texnik   loyihalash   va     modellashtirish   uchun   kerakli   materiallar.   Ish
o‘rni,   deganda   ustaxona   maydonining   o‘quv   ishlab   chiqarish   va   konstruktorlik-
texnologik ishlarni bajarishi  uchun zarur uskunalar (verstak, stanok), asboblari va
moslamalar maqsadga eng muvofiq holda joylashtirilgan qismi tushuniladi. Ishlash
vaqtida   o‘quvchining   gavdasi   eng   qulay   joylashsa   va   ortiqcha   harakatlanmasa, bunday ish o‘rni ratsional tashkil qilingan hisoblanadi. Texnik konstruksiyalash va
modellashtirish   uchun   tegishli   materiallar   detallarning   hamda   yig‘ish   birliklariga
ta’sir   etadigan   kuchlarning   xarakterini   nazarda   tutgan   holda   tanlanadi.   Bunda
materiallarning   tegishli   lug‘atlardan   topish   mumkin   bo‘lgan   xossalarini   ham
albatta   hisobga   olish   kerak.   Texnik   loyihalash   va   modellashtirishda   metallardan
tashqari metalmas materiallar ishlatiladi. Modellar va texnik qurilmalarni yasashda
ana   shunday   materiallardan   yog‘och,   qog‘oz,   plastmassalar   keng   qo‘llaniladi.
Modellarning   tozaligini,   zanglash,   chirishiga   chidamliligini   oshirish,   tashqi
ko‘rinishini   yaxshilash   uchun   ularga   diqqat   bilan   ishlov   beriladi.   Bunda   loklar,
bo‘yoqlar   va   boshqa   materiallar   bilan   pardozlash   keng   tus   olgan;   chunki   bular
metall   va   yog‘och   yuzalaridan   yoriqlarni,   chuqurchalarni   yaxshi   berkitib,   ularni
chiroyli, rangdor va yaltiroq qiladi. 
  Texnik   loyihalash   va   modellashtirishning   tashkiliy   shakllari .   Ta’lim
jarayonining eng muhim komponentlari – uning  tashkiliy shakllari.
Oliy   maktabda   konstruksiyalash   -   texnologik   masalalarni   hal   qilish   uchun
ta’limning   kuyidagi   shakllari   eng   samaralidir:   texnik   konstruksiyalash   va
modellashtirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar; brigada, individual, zveno shakllari
va   ularning   turlari   birlashmalari;   har   xil   yoshdagi   talabalardan   iborat   brigada   va
xokazolar.
Texnik   konstruksiyalash   va   modellashtirish   bo‘yicha   amaliy   mashg‘ulotlar,
deganda  o‘quv-mehnat   faoliyatining  izchil  tashkil  etilishi   tushuniladi.  Bu  faoliyat
ham   jamoa,   ham   individual   ish   turlarini   o‘z   ichiga   oladi   va   bu   ishlar   pedagog
tomonidan   tashkil   qilinib,   bunda   talabalarning   o‘quv   materiallarini   faol,   ongli   va
mustahkam o‘zlashtirishi ko‘zda tutildi.
Texnik   konstruksiyalash   va   modellashtirishda   bir   xil   tipdagi   qurilmalar,
modellar va maketlarni tayyorlash uchun ta’limning frontal shaklidan foydalanish
maqsadga   muvofiqdir.   Bunda   pedagog   talabalar   uchun   tegishli   murakkablikdagi
obyektlarni   tanlaydi.   U   konstruksiyalash   bo‘yicha   ta’limning   frontal   shaklidan
foydalanishda   butun   gruppani   modellashtirishning   faqat   bitta   obyekt   bilan
shug‘ullanishga   tayyorlaydi   va   bu   tadbir   uni   tayyorlashga   sarflanadigan   vaqtni, texnik   -   texnologik   hujjatlar   hajmini,   bir   xil   tipdagi   asbob   va   moslamalarni,
o‘xshash mehnat usullarini ko‘rsatish va xokazolarni ancha kamaytiradi.
Talabalar bajarayotgan konstruktorlik-texnologik ishlar o‘zining murakkabligi
va sermehnatligi bilan jamoa bo‘lib ishlashni taqozo qilsa ham, bir-biriga yaqin va
xarakteri   jihatdan   har   xil   bo‘lsa,   mashg‘ulotni   tashkil   etishning   zveno   shaklidan
foydalaniladi.   Ko‘pincha   bunday   hollarda   murakkabroq   bitta   obyekt   bilan   2-3
nafar va bundan ko‘proq talaba shug‘ullanadi.
Tayyorlanadigan obyektlar o‘z mazmuniga ko‘ra bir xil va xarakteriga ko‘ra
har   xil   bo‘lsa,   texnik   modellashtirish   konstruksiyalash   bo‘yicha   amaliy
mashg‘ulotni   tashkil   etishning   individual   shaklidan   foydalanish   maqsadga
muvofiqdir. Bunday hollarda deyarli har bir talaba individual topshiriqni bajarishi
pedagog   uchun   muayyan   qiyinchilik   tug‘diradi.   Chunki   bunday   mashg‘ulotlarda
ko‘pincha   ayrim   talabalarga   yozma   instruksiyalar   tayyorlashga   va   ular   ana   shu
instruksiyalar bo‘yicha yangi mavzu materialini o‘rganishlariga to‘g‘ri keladi.
  Mashg‘ulotni  tashkil  etishning aralash shaklidan modellashtirishning har xil
obyektlarini   bajarishda   foydalaniladi.   Shularga   ko‘ra   maktab   o‘quv
ustaxonalaridagi   texnik   konstruksiyalash   va   modellashtirish   mashg‘ulotlarining
tashkiliy   shakllarini   dasturdagi   o‘rganilayotgan   mavzuning   mazmuniga,
obyektlarning   xarakteriga,   pedagogik   va   ishlab   chiqarish   talablariga   qarab
tanlanadi.
  Texnik   loyihalash   va   modellashtirishning   metodlari .   Bilimlarni   to‘g‘ri
idrok   etishlari,   anglashlari,   eslab   qolishlari   va   amalda   ijodiy   qo‘llashlari,   zarur
ko‘nikma   va   malakalarni   egallashlari   uchun   didaktika   va   prinsiplari   va
o‘rganiladigan materialning xarakteriga muvofiq mehnat  ta’limining eng samarali
metodlaridan   foydalanishi   kerak.   Ma’lumki   ta’lim   metodining   turli
klassifikatsiyasi mavjuddir. Mehnat ta’limi, unumli mehnat va talabalarning texnik
ijodkorligi amaliyoti uchun eng ma’quli o‘zaro bog‘liq ikkita jarayon-pedagogning
rahbarlik   faoliyati   va   talabalarning   mustaqil   ijodiy   faoliyati   yaqqol   namoyon
bo‘ladigan   -   pedagog   va   talabalar   ishining   usullari   bo‘yicha   beriladigan   metodlar klassifikatsiyasidir.   Bu   klassifikatsiya   studentlarning   mehnatga   tayyorlanishi   va
unumli mehnatida asosiy o‘rinni egallaydi.
Ijodiy   faoliyat   metodlarining   ana   shunday   klassifikatsiyasi   sifatida
quyidagilar qabul qilinishi mumkin:
1.  Muammoli   ta’lim   metodlari   -   o‘quv   materialini   muammoli   bayon
etish, izlanish suhbatlari, tadqiqot metodi;
2.  Og‘zaki metodlar - ijodiy suhbat;
3.  Ko‘rsatmalilik   metodlari   -   ratsionalizatorlik   faoliyatini   kuzatish,   turli
ijodiy ishlarni namoyish qilish;
4.  Amaliy   ish   metodlari   -   talabalarning   mustaqil   ijodiy   ishlari,   texnik
adabiyotlar va spravochniklar bilan ishlash;
5.  Nazorat   qilish   metodlari   -   ijodiy   topshiriqlarni   tekshirish,   texnik
masalalarni hal etish va ularni nazorat qilish.
Bunda   pedagogning   vazifasi   har   bir   amaliy   mashg‘ulotda   texnik
ijodkorlikning turli metodlarini uyg‘unlashtirib, talabalar o‘quv materialini chuqur
o‘zlashtirishini ta’minlashdan iboratdir.
Texnik ijodkorlikning turli metodlari va didaktik usullari o‘quv materialining
mazmuniga va mashg‘ulotda hal qilinadigan didaktik hamda tarbiyaviy vazifalarga
qarab har xil yo‘sinda qo‘shib va o‘zaro bog‘lab qo‘llanadi.
O‘quvchilarni   ijodiy   faoliyatga   jalb   etish   bo‘yicha   asosiy   psixologik
pedagogik   talablarni   bajarish   bilan   birga   bunday   faoliyatning   mazmuniga
qo‘yilgan  maqsadga  va  o‘quvchilarning  yoshiga  muvofiq  metodlarni  tanlash   ham
katta ahamiyatga ega.
Hozir   qator   samarador   metodlar   aniqlangan,   ularga   quyidagilar   kiradi:
buyumlarni   konstruksiyalash   (modellashtirish),   manipulyativ   konstruksiyalash,
ma’lumotlari qisqartirilgan texnik xujjatlarni qo‘llash, ijodiy masalalarni hal qilish,
ijodiy   topshiriqlarni   bajarish,   ilgari   tayyorlangan   konstruksiyalarni   o‘zlashtirib,
ishlarni   qayta   bajarish   hayoliy   eksperiment,   texnik   vositalar   (shu   jumladan
trenajerlar)dan   foydalanib   kam-ko‘stlarini   tuzatish   kabilar.   Ana   shu   metodlardan muayyan tartibda foydalanish o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini o‘stirish ularda
texnik sohasidagi mehnatga qiziqish uyg‘otish imkonini beradi.
Ijodkorlik   masalalarini   tadqiq   qilish   metodlari.               Intuitiv   fikrlashga
asoslangan   ijodkorlik   masalalarini   tadqiq   qilish   metodi   evristik   metodlar   guruhi
deb   ataladi.   Ixtirochilik   masalalarini   yechish   metodlari   G.S.Altshuller,
L.V.Aleksandrov     va   boshqalar   tomonidan   o‘rganilgan   bo‘lib,   ular   o‘z
tadqiqotlarida   evristik   hamda   tahliliy   metodlar   guruhini   ajratib   ko‘rsatadilar.
Evristik metod vositasida  ijodkorlik masalalarini  yechishga  an’anaviy  yondashish
quyidagi   tartibda   amalga   oshiriladi:   muammodan   kelib   chiquvchi   masala
shartlarini   aniqlash;   xususiy   hol   uchun   muammoni   tahlil   qilish   va   maqsadni
shakllantirish;   masalani   hal   qilish   rejasini   tuzish;   rejani   amalga   oshirish   va
masalani   qisman   hal   qilish;   topilgan   yechimlarni   maqsadga   muvofiqligini   tadqiq
qilish  va maqbulini   tanlash.  Ijodkorlik masalalarini   yechishning  tahliliy metodida
muammo     yechimini   topish     uchun     uning   matematik   modelini   qurish   ko‘zda
tutiladi.   Bu   metodda   yechim   aniqligi   obyekt   yoki   jarayon   ko‘rsatkichlarining
o‘rganish   uchun   ishlab   chiqilgan   model   ko‘rsatkichlariga   mutanosiblik   darajasi
bilan   belgilanadi, ijodkorlik masalalarini tadqiq qilishning keltirilgan metodlarini
talabalar faoliyatiga moslash uchun ularni amalga oshirish qadamlarini birmuncha
soddalashtirish hamda   subyektiv ixtirolardan foydalanish uchun qo‘llashda ikkala
guruhga tegishli metodlardan iborat umumiy majmua ishlab chiqish talab etiladi. 
Loyihalash ishlarining xususiyatlari.   Har  bir  mashinasozlik  zavodida  bosh
konstruktor bo‘limi bo‘ladi. Ishlab chiqariladigan buyumlarning turiga ko‘ra asosiy
va   ixtisoslashtirilgan   konstruktorlik   buyumlardan   tashkil   topadi.   Konstruktorlik
tashkilotlari   shug‘ullanadigan   loyihalash   obyektiga   loyiha   topshirishini   tuzishda
obyektni   yasash   uchun   ishchi   chizmalarni   tayyorlashgacha   bo‘lgan   ishlar
majmuidan   iborat   bo‘lib,   juda   murakkab   va   uzoq   davom   etadigan   jarayon
hisoblanadi. Konstruktorlik hujjatlarga grafika va tekst  shaklidagi hujjatlar kiradi.
Ular alohida holda yoki birgalikda buyumning tarkibi va tuzilishini belgilaydi. Uni
ishlab   chiqish   yoki   tayyorlash,   nazorat,   qabul   ekspluatatsiya   va   remont   qilish
uchun zarur ma’lumotlarga ega bo‘ladi. Model   va   modellashtirish.   Texnik   modellashtirishga   kirishishdan   oldin
«model» va «maket» tushunchalarining aniqlab bilib olish zarur. Model haqiqatdan
obyektning   yoki   undagi   asosiy   uzellarning   nusxasidir.   Shuningdek   u
xarakatlanadigan va o‘z namunasi (haqiqiy obyekt)ning funksiyalari ixcham holda
bajaradigan   ham   bo‘lishi   kerak.   Maket   -   obyektning   konsturksiyasini   yaqqolroq
tasavvur   etish   imkonini   beradigan   umumiy   hajmi   tasavvurdir.   Ishlab   chiqarish
sharoitlarida   yangi   mashinalarni   yaratish   jarayonini   ham,   o‘quv   ustaxonalarida
texnik   modellarni   yasash   jarayoni   ham   quyidagi   jihatlarini   tashkil   qiladi:   texnik
maqsadning (mashinalar) mexanizmlar konstruksiyasini, modellar yasash fikrining
vujudga kelishi: o‘ylangan texnik maqsadga, texnik talablar qo‘yish: konstruksiya
eskizlarini   tuzish   va   uni   muhokama   qilish,   texnologik   jarayonni   ishlab   chiqarish
hamda   kerakli   materiallar   va   asboblarni   tanlash;   mo‘ljallangan   buyum   detallarini
tayyorlash   va   ularni   uzellarga,   uzellarni   buyumlarga   yig‘ish,   buyumni   ishlatib
sinash va rostlash.
Texnik modellar klassifikatsiyasi.  Texnikada ishlatiladigan modellar 3 tipga
bo‘linadi. 
1-tip   -   geometrik   o‘lchamlari   o‘xshash.   Ko‘rgazmali   qurol   maqsadida
ishlatiladigan   obyektning   tashqi   qiyofasini   anglatadigan.   Geometrik   modellar
ta’limda   keng   qo‘llaniladi.     Jumladan   bunday   modellar   o‘quvchilarni   texnika
obyektlarining   ishlash   mezonlari   va   umumiy   tuzilishi   bilan   tanishtirishda   muhim
ahamiyat   kasb   etadi.   Odatda,   ishlab   chiqarishning   eng   zamonaviy   yo‘nalishlari
bilan   faqatgina   kitob   va   jurnallarda   keltirilgan   chizmalar   va   rasmlar   orqali
tanishadilar,   ya’ni   obrazli-belgili   ideal   modellardan   foydalanadilar.   Biroq   ular
obyekt   to‘g‘risida   to‘la   tushuncha   hosil   qilish     imkonini   bermaydi.   Shu   sababli
keyingi yillarda model va maketlardan keng foydalanilmoqda.
2-tip   -   fizikaviy   o‘xshashligi.   Bu   faqat   tashki   qiyofasini   anglatmasdan   balki
o‘rganilayotgan   obyektning   harakat   dinamikasi,   o‘zaro   bog‘liqligi   qonuniyatlari,
xususiyatlari va o‘xshashliklarini ko‘rsatadi. Bunday modellarni yaratishda nafaqat
obyektlarning   tuzilishini   o‘rganish,   balki   ulardagi   jarayonlar   dinamikasini
o‘rganish ham ko‘zda tutiladi. Fizik modellashtirishda model va uning prototipi bir xil   turdagi   fizik   tabiatga   ega   materialdan   tuzilgan   deb   qaraladi,   ya’ni,   suyuqlik
harakati suyuqlik harakati bilan, elektr toki elektr toki bilan, samolyot modelining
uchishi uning modeli uchishi bilan almashtiriladi. Biroq, bir fizik hodisani ikkinchi
bir   mos   holat   bilan   ham   almashtirishga   ruxsat   etiladi,   misol   uchun   suyuqlikning
oqishini elektr toki, suvning qumlardagi harakatini issiklik uzatilishi bilan va b.
3-tip   –   funksional   o‘xshashligi   –   tirik   mavjudotlarning   harakatlarini
modellashtirish   tushuniladi.   Bu   turdagi   modellarning   asliga   yaqin   bo‘lishini
ta’minlash   maqsadida   ko‘p   holatlarda   ular   tirik   mavjudotlar,   insonlarga   o‘xshash
qilib   yaratiladi.   Ularga   misol   sifatida   elektromexanik   va   elektron   «toshbaqa»,
«chuvalchang»,   «ayiqcha»   va   boshqalarni   keltirish   mumkin.   Bu   qatorga   insonga
qiyosan ishlangan robotlarni ham kiritish mumkin. Bunday modellar ustida ishlash
o‘quvchilar   uchun   juda   qiziqarli   bo‘lib,   bunda   modelni   avtomatlashtirish   va
mexanizatsiyalashtirish uchun cheksiz istiqbollar ochiladi.  
Modellar   dinamik   va   statik   bo‘lishi   mumkin.   Texnik   modellash   jarayonida
konstruksiyalash   elementlarini   o‘rgatish   tajribali   qator   murakkab   vazifalarni
quyidagi   tartibda   bajarish   ayni   maqsadga   muvofiqligi   ko‘rsatadi:   chizmalar
eskizlarini   o‘qish   va   tayyorlanadigan   detallar   konstruksiyasini   tushuntirish,
hisoblash   asosida   ayrim   detallarning   konstruksiyalarini   o‘zgartirish,   ana   shu
o‘zgartirishlarni   chizmaga   kiritish   va   kinematik   sxemasini   tuzish:   detallarni
biriktirish   va   mustaxkamlash   yo‘llarini   belgilash;   detallarni   yig‘ish   jarayonida
ularni   o‘rnatish   joylarga   ko‘ra   konstruksiyalash;   konstruksiyada   yetishmaydigan
detallar   va   uzellarni   konstruksiyalash;   texnik   talablar,   shuningdek   topshiriq
bo‘yicha yoki ixtiyoriy ravishda detallar tayyorlash, detallarni uzellarga, uzellarni
detallarga   yig‘ish   va   modelni   ishda   sinab   ko‘rish   aniqlangan   kamchiliklarni
tuzatish, modelni takroran ishda sinab ko‘rish va pardozlash.
Modellashtirish   va   modelli   -   texnik   tajriba.   Har   xil   turdagi   texnik
obyektlarning   modeli   tajriba   tekshiruvchi   o‘quvchilarning   bilish   faoliyatini
rivojlantiradi.
Ma’lum   bir   texnik   obyektni   tajribadan   o‘tkazishda   qonunlar   asosida
chiqarilgan   xulosa   va   umumlashtirish   natijasida   boshqa   sohada   ishlatiladigan mashina va qurilmalarga qo‘llay olish bo‘yicha bilimlarini shakllantirishga vositasi
bo‘lib xizmat qiladi.
Qishloq   xo‘jaligi   yoki   korxonada   o‘tkazilayotgan   o‘quvchilarning   texnik
ijodkorligi amaliy faoliyatning maxsus shakli hisoblanadi.
Xarakteri   bo‘yicha   –   bu   tajriba,   yo‘nalishi   bo‘yicha   ishlab   chiqarish
faoliyati,   vazifasi   bo‘yicha   ta’lim   va   tarbiya.   Bunday   turdagi   texnik   ijodkorligi
faoliyatini   o‘quv-ishlab   chiqarish   texnik   tajribasi   sinfiga   ajratish   mumkin.   Bu
masalaga   ikki   tomonlama   qarash   maqsadga   muvofiq:   Birinchi   tomondan   -   bu
metod   ya’ni   o‘quvchilar   ishlab   chiqarishda   qo‘llaniladigan   yangi   texnik   obyektni
yaratish   yoki   tuzilishini   o‘zgartirish   ishlarida   ishtirok   etadilar.   Bunday   tajriba
o‘quv   xarakteriga   ega   bo‘lishiga   qaramay   ishlab   chiqarishning   asosiy   vazifalari
ya’ni   uning   tarkibiga   kiradi.   Asosiysi   bunda   o‘quvchilar   bilim   tajriba   o‘tkazish
ko‘nikmasini hosil qiladilar.
Ikkinchi   tomondan   bunday   turdagi   tajribalar   o‘quvchilarning   egallagan
nazariy   bilimlarini   ishlab   chiqarishga   joriy   qilish,   ya’ni   tabiiy   bilish   qonunlarni
o‘zining   harakatlari   orqali   bilish   faoliyatini   haqiqiy   ishlab   chiqarish   sharoitida
texnikaga qo‘llash yo‘llarini ochib beradi.
O‘quv-ishlab   chiqarish   texnik   tajribalari   o‘quvchilar   politexnik   ta’limining
nazariya va amaliyot birligi natijasi hisoblanadi.
Texnik   modellashtirish   jarayonida   konstruksiyalash   elementlarini   o‘rgatish
tajribasini   qator   murakkab   vazifalarni   qo‘yidagi   tartibda   bajarish   ayni   maqsadga
muofiqligini ko‘rsatadi:
Chizmalar   eskizlarini   o‘qish   va   tayorlanadigan   detalllar   konstruksiyasini
tushuntirish.
Xisoblash   asosida   ayrim   detallarning   konstruksiyalarining   o‘zgartirish,   ana
shu o‘zgarishlarni chizmaga kiritish va kinematik (prinsipial) sxema tuzish.
Detallarni biriktirish va mustaxkamlash yo‘llarini belgilash.
Detallarni   yig‘ish   jarayonida   ularni   o‘rnatish   joylariga   ko‘ra
konstruksiyalash.
Konstruksiyada yetishmaydigan detallar va uzellarni loyixalash. Kinematik va prinsipial sxemalar bo‘yicha detallarni konstruksiyalash.
Texnik   talablar,   shuningdek,   topshiriq   bo‘yicha   yoki   ixtiyoriy   ravishda
detallar tayorlash.
Detallarni   uzellarga,   uzellarni   modelga   yig‘ish   va   modelni   ishda   sinab
ko‘rish.
Aniqlangan kamchiliklarni tuzatish, modellarni takroran ishda sinab ko‘rish
va pardozlash.
Xar bir bosqichni bir muncha batafsil tushuntiramiz. 
2. Agar talabalar bilish-ijrochilik faoliyati doirasida tayyor texnik-texnologik
xujjatlar bo‘yicha model yasasalar, ular birinchi galda modelning konstruksiyasini,
detallar   va   uzellarning   eskiz   hamda   chizmalarini,   ularga   ishlatilgan   materiallarni
o‘rganadilar,   har   bir   detalni,   uzelni   va   umuman   modelni   sinchiklab   konstruktiv
analiz   qilib,   mana   shu   modelga   xos   konstruktiv   va   texnnologik   nuqsonlarini
aniqlaydilar.
  Talabalar   olingan   ma’lumotlar   asosida   detalga,   uzelga   tegishli   konstruktiv
o‘zgartishlar   kiritadilar,   ularning   pishiqligi   va   ishonchliligi   uchun   kerakli
xisoblashlarni   amalga   oshiradilar,   chizmalardagi   o‘lchamlar   va   geometrik
shakllarni   to‘g‘irlaydilar,   modelning   o‘zgargan   konstruksiyasining   kinematik
(prinsipial)   sxemasini   tuzadilar.   Detallar,   uzellar   va   mexanizmlarning
konstruksiyalarini tanlashda standartlash va unifikatsiyalash talablariga asoslanish
lozim,   ya’ni   yangi   nomukammal   detallarni   o‘ylab   topmaslik,   balki   ko‘p   marta
amalda   sinalgan,   tayorlash   va   yig‘ish   qo‘lay   standart   detallardan
unifikatsiyalangan uzellar va mexanizmlardan foydalanish kerak.
Modelda   detallarni   o‘zaro   biriktirishning,   uzellarni   mustaxkamlashning   eng
ratsional usularini aniqlash amalga oshiriladi.
Model   konstruksiyasini,   uning   ishlov   berish   (tayorlash   va   yig‘ish)   uchun
qo‘layligini  tanqidiy analiz qilish ba’zan talalabalardan ilgarigi  yechimlarni  qayta
ko‘rib   chiqishni,   yangi   detallarni   loyixalashni,   so‘ng   ularni   takomillashgan
konstruksiyaning   xisobga   olib   joylariga   moslashtirishni,   yig‘ish   operatsiyalarning xarakterini   o‘zgartirishni   va   bunda   zarur   texnologik   jixozlashni   nazarda   tutishni
taqazo etadi.
Model   konstruksiyasida   qo‘yilgan   talablar   o‘zgarsa   yoki   ortsa,   unga
boshqacha   vazifa   yuklans,   bu   konstruksiyani   modelning   kinematik   sxemasida
ko‘rinadigan   tubdan   takomillashtirish,   yangi   uzellar   va   mexanizmlarni
konstruksiyalash   yoki   tanlash,   ulardagi   ayrim   detallarni   almashtirish   zaruriyati
tug‘iladi.   Bu   ish   talabalardan   texnik   konstruksiyalash   va   modellashtirish
jarayonida jiddiy ijodiy kuch-g‘ayrat sarfdashni talab qiladi. 
Studentlar   modellashtirishni   o‘rganishning   birinchi   bosqichida   asosan
vazifalarni   bajarish   uchun   kerakli   barcha   muxim   malumotlarni   oladilar.   Lekin
bundan ana shu bosqichda  studentlar o‘z ijodkorligini ko‘rsatishlari uchun sharoit
yo‘q,   degan   ma’no   kelib   chiqmaydi.   Chunki   xato,   obyektning   chizmasi,   texnik
shartlari   va   texnologik   kartalar   mavjud   bo‘lsa-da,   studentlar   muayan   darajada
mustaqillik   ko‘rsatishlariga   to‘g‘ri   keladi.   Ular   avvalo   texnik   xujjatlarni   yaxshi
tushunishlari:   chizmalarni   o‘qiy   olishlari,   buyumni   tayorlash   va   yig‘ish
texnologiyasini  o‘rganib chiqishlari  kerak. Xususan  chizmaga muvofiq materialni
to‘g‘ri   tanlash,   kerakli   asboblarni,   detallarning   birikish   usullarini   aniqlash
masalalarini   mustaqil   xal   qilish   lozim   bo‘ladi.   Bu   bosqichda   studentlar   muayan
bilimlarni,   ko‘nikma   va   amaliy   malakalarni   o‘zlashtiradilar,   ammo   konstruksiya
yechimlarini topish uchun asosiy izlanish amalga oshmaydi. 
Modellashtirishning   o‘rgatishning   ikkinchi   bosqichi   studentlar   topshiriqni
bajarish   uchun   kerakli   barcha   ma’lumotlarni   olmasligi   bilan   xarakterlanadi.   Ular
ma’lumotlarni   bir   qismini   spravochnik   adabiyotidan   foydalanib   va   buyum
konstruksiyasini   ishlashga   ijodiy   yondashib   mustaqil   holda   topishlari   kerak.
qisqartirilgan   texnologiya   xujjatlarida   ham   chizmalarni   o‘qish   va   ishlashga   doir,
ham   konstruksiyalash   va   texnologik   jarayonni   tuzishga   doir   topshiriqlar   nazarda
tutilishi   tavsiya   etiladi.   Shu   tariqa   studentlar   yetishmaydigan   detallarni   topish
uchun chizmachilikka shuningdek, konstruksiyalash va texnologiyaga doir muayan
bilimlarni ijodiy qo‘llashlari kerak.  Qisqartirilgan   texnik   xujjatlarni   bajarishda   studentlar   tobora   murakkabroq
vazifalarni xal qilishlari kerakligi xisobga olinadi. 
Modellashtirishni   o‘rgatishning   uchinchi   bosqichi-studentlarning   model
uchun   texnik   topshiriqni   bajarish   bo‘yicha   mustaqil   holda   ishlashidir.   Bunda
studentlar   uchun   texnik   adabiyotlar   bilan   ishlashga,   konstruktorlik,   texnologik   va
tashkiliy   masalalarni   hal   qilishga,   eskizlar,   chizmalar,   sxemalarni   turli
xisoblashlarni   bajarishga,   detallarni   tayorlash   va   ulardan   modelni   yig‘ishga,   uni
ishda sinab ko‘rishga hamda tegishli tuzatishlar qilishga to‘g‘ri keladi. 
Texnik   modellar   uchun   ishlab   chiqariladigan   texnologik   xujjatlarni   ikki
variantda bajarish mumkin: 
1. Umumiy   ko‘rinishning   rasmi,   tavsiloti,   yig‘ish   va   detallashtirish
chizmalari shaklida;
2. Umumiy   ko‘rinishning   fotosi,   tavsiloti,   uzellarning   tuzilishi   va
detallashtirilgan   chizmalarning,   kinematik   sxemalarning   fotolari   hamda   modelga
qo‘yiladigan talablar shaklida.
Texnik loyihalash va modellashtirishning tashkiliy shakllari
Ta’lim jarayonining eng muhim komponentlari - uning tashkiliy shakllari.
Oliy   maktabni   qayta   qurish   sharoitida   konstruksiyalash   -   texnologik   masalalarni
hal   qilish   uchun   ta’limning   quyidagi   shakllari   eng   samaralidir:   texnik
konstruksiyalash   va   modellashtirish   bo‘yicha   amaliy   mashg‘ulotlar;   brigada,
individual,   zveno   shakllari   va   ularning   turli   birlashmalari:   har   xil   yoshdagi
talabalardan iborat brigada va hokazolar.
Texnik   konstruksiyalash   va   modellashtirish   bo‘yicha   amaliy   mashg‘ulotlar
deganda o‘quv - mehnat faoliyatining izchil tashkil etilishi tushuniladi. Bu faoliyat
ham   kollektiv,   ham   individual   ish   turlarini   o‘z   ichiga   oladi   va   bu   ishlar   pedagog
tomonidan tashkil qilinib, bunda talabalarning o‘quv materiallarini aktiv, ongli va
mustahkam o‘zlashtirishi ko‘zda tutiladi.
Texnik   konstruksiyalash   va  modellashtirishda   bir   xil   tipdagi   qurilmalar,   modellar
va maketlarni tayyorlash uchun ta’limning frontal shaklidan foydalanish maqsadga
muvofiqdir.  Bunda  pedagog   talabalar   uchun  tegishli  murakkablikdagi   obyektlarni tanlaydi.   U   konstruksiyalash   bo‘yicha   ta’limning   frontal   shaklidan   foydalanishda
butun   gruppani   modellashtirishning   faqat   bitta   obyekt   bilan   shug‘ullanishga
tayyorlaydi va bu tadbir uni tayyorlashga sarflanadigan vaqtni, texnik - texnologik
hujjatlar hajmini, bir xil tipdagi asbob va moslamalarni, o‘xshash mehnat usullarini
ko‘rsatish va hokazolarni ancha kamaytiradi.
Talabalar bajarayotgan konstruktorlik - texnologik ishlar o‘zining murakkabligi va
sermehnatligi   bilan   kollektiv   bo‘lib,   ishlashni   taqozo   qilsa   ham   hamda   bir-biriga
yaqin   va   xarakteri   jihatdan   har   xil   bo‘lsa,   mashg‘ulotni   tashkil   etishning   zveno
shaklidan   foydalaniladi.   Ko‘pincha   bunday   hollarda   murakkabroq   bitta   obyekt
bilan 2-3 nafar va bundan ko‘proq talaba shug‘ullanadi.
Tayyorlanadigan obyektlar o‘z mazmuniga ko‘ra bir xil va xarakteriga ko‘ra har xil
bo‘lsa,   texnik   modellashtirish   konstruksiyalash   bo‘yicha   amaliy   mashg‘ulotni
tashkil   etishning   individual   shaklidan   foydalanish   maqsadga   muvofiqdir.   Bunday
hollarda   deyarli   har   bir   talaba   individual   topshiriqni   bajarishi   pedagog   uchun
muayyan  qiyinchilik  tug‘diradi.  Chunki  bunday  mashg‘ulotlarda  ko‘pincha  ayrim
talabalarga   yozma   instruksiyalar   tayyorlashga   va   ular   ana   shu   instruksiyalar
bo‘yicha yangi o‘quv materialini o‘rganishlariga to‘g‘ri keladi.
Mashg‘ulotni   tashkil   etishning   aralash   shaklidan   modellashtirishning   har   xil
obyektlarini   bajarishda   foydalaniladi.   Shularga   ko‘ra   maktab   o‘quv
ustaxonalaridagi   texnik   konstruksiyalash   va   modellashtirish   mashg‘ulotlarining
tashkiliy   shakllarini   dasturdagi   o‘rganilayotgan   mavzuning   mazmuniga,
obyektlarning   xarakteriga,   ta’limiy   -   pedagogik   va   ishlab   chiqarish   talablariga
qarab tanlanadi.
Texnik loyihalash va modellashtirishning metodlari
Bilimlarni   to‘g‘ri   idrok   etishlari,   anglashlari,   eslab   qolishlari   va   amalda   ijodiy
qo‘llashlari, zarur ko‘nikma va malakalarni egallashlari uchun didaktika prinsiplari
va   o‘rganiladigan   materialning   xarakteriga   muvofiq   mehnat   ta’limining   eng
samarali   metodlaridan   foydalanishi   kerak.   Ma’lumki   ta’lim   metodining   turli
klassifikatsiyasi mavjuddir. Mehnat ta’limi, unumli mehnat va talabalarning texnik
ijodkorligi   amaliyoti   uchun   eng   ma’quli   o‘zaro   bog‘liq   ikkita   jarayon   - pedagogning   rahbarlik   faoliyati   va   talabalarning   mustaqil   ijodiy   faoliyati   yaqqol
namoyon bo‘ladigan - pedagog va talabalar ishining usullari bo‘yicha beriladigan
metodlar   klassifikatsiyasidir.   Bu   klassifikatsiya   talabalarning   mehnatga
tayyorlanishi va unumli mehnatda asosiy o‘rinni egallaydi.
Ijodiy   faoliyat   metodlarining   ana   shunday   klassifikatsiyasi   sifatida   quyidagilar
qabul qilinishi mumkin:
Muammoli   ta’lim   metodlari   -   o‘quv   materialini   muammoli   bayon   etish,   izlanish
suhbatlari, tadqiqot metodi;
Og‘zaki metodlar - ijodiy suhbat;
Ko‘rsatmalilik   metodlari   -   ratsionalizatorlik   faoliyatini   kuzatish,   turli   ijodiy
ishlarni namoyish qilish;
Amaliy ish metodlari - talabalarning mustaqil  ijodiy ishlari, texnik adabiyotlar va
spravochniklar bilan ishlash;
Nazorat   qilish   metodlari   -   ijodiy   topshiriqlarni   tekshirish,   texnik   masalalarni   hal
etish va ularni nazorat qilish.
Bunda   pedagogning   vazifasi   har   bir   amaliy   mashg‘ulotda   texnik   ijodkorlikning
turli metodlarini uyg‘unlashtirib, talabalar o‘quv materialini chuqur o‘zlashtirishini
ta’minlashdan iboratdir.
Texnik   ijodkorlikning   turli   metodlari   va   didaktik   usullari   o‘quv   materialining
mazmuniga va mashg‘ulotda hal qilinadigan didaktik hamda tarbiyaviy vazifalarga
qarab har xil yo‘sinda qo‘shib va o‘zaro bog‘lab qo‘llaniladi.
O‘quvchilarni   ijodiy   faoliyati   jalb   etish   bo‘yicha   asosiy   psixologik-pedagogik
talablarni bajarish bilan birga bunday faoliyatning mazmuniga qo‘yilgan maqsadga
va o‘quvchilarning yoshiga muvofiq metodlarni tanlash ham katta ahamiyatga ega.
Hozir qator samarador metodlar aniqlangan, ularga quyidagilar kiradi: buyumlarni
konstruksiyalash   (modellashtirish),   manipulyativ   konstrukstiyalash,   ma’lumotlari
qisqartirilgan   texnik   hujjatlarni   qo‘llash,   ijodiy   masalalarni   hal   qilish,   ijodiy
topshiriqlarni   bajarish,   ilgari   tayyorlangan   konstruksiyalarni   o‘zlashtirib,   ishlarni
qayta   bajarish,   xayoliy   eksperiment,   texnik   vositalardan   (shu   jumladan
trenajyorlar)   foydalanib   kamchiliklarni   tuzatish   kabilar.   Ana   shu   metodlardan muayyan tartibda foydalanish o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini o‘stirish ularda
texnik sohasidagi mehnatga qiziqish uyg‘otish imkonini beradi.
Texnik modellashtirish jarayonida asosan qo‘yidagi texnik xujjatlar bo‘lishi shart:
1. Texnik   topshiriqlar   (modellarning   tuzilishi   va   ishlash   prinsipining
tavsiloti:   unga   qo‘yiladigan   texnik   talablar;   umum-ta’limiy   predmetlar     bilan
predmetlararo   aloqaga   ega   bo‘lgan   bo‘limlarni   mustaxkamlash   uchun   savollar,
tayorlangan konstruksiyani takomillashtirishga doir vazifalar)
2. Modelning,   priborning   umumiy   ko‘rinishi   va   uzellari   ko‘rinishining
fotolari.
3. Kinematik va prinsipial sxemalar.
4. Modeldagi uzellar va detallarning shifrlari; ularning nomlari, material,
chizmalarning, tipovoy texnologiyalari va tipovoy asbob-uskunalarining nomerlari
ifodalanadigan spetsifikatsiya.
5. Tipovoy texnologik kartalar.
6. Tipovoy texnologik asbob-uskunalar.
O‘rganuvchilar   tayorlagan  har   bir  texnik  model  tekshirilishi  va   ishda  sinab
ko‘rilishi kerak. Ana shu tekshirish va sinab ko‘rish qo‘yidagi tartibda o‘tkazilishi
lozim:
1. Modelning umumiy ko‘rinishi va uzellarning tuzilishi fotosiga 
muvofiq undagi barcha elementlarni tekshirish 
2. Umuman buyumning xususan detallarning gabarit o‘lchamlarini 
nazorat qilish va ularni chizmalardagi o‘lchamlar bilan solishtirish.
3. Pardozlangan buyumning va undagi uzellarning tashqi ko‘rinishini 
ko‘zdan kechirish.
4. Buyumning geometrik formalari to‘g‘riligini baholash (buralgan, 
qiyshaygan va nuqsonli joylarini aniqlash). 5. Texnik talablar bajarilganligini (umuman buyumning uzellar va 
detallarning yengil xarakatlanishini, aylanishini, surilishini, detallar orasidagi 
ishqalanishning kamligini, tezkorlikni, boshqarish osonligi va x.z. larni tekshirish). ADABIYOTLAR
1.Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori: O‘zbekiston
Respublikasining   “Ta’lim   to‘g‘risida”gi   qonuni.   Kadrlar   tayyorlash
milliy dasturi.//  -T.:”Sharq”, 1997. - 63 b. 
2.   “Ixtirolar,     foydali   modellar   va   sanoat   namunalari”   to‘g‘risidagi
qonun.   //O‘zbekiston   ixtirochilar   va   ratsionalizatorlar   jamiyatining
Respublika  Kengashi. Rasmiy xujjatlar to‘plami. № 2.-T.,1994 . 4-28 b.
   3.Pravila   sostavleniya   i   podachi zayavok na izobreteniya i polezniye
modeli. -T., 1993. 56 s. 
4.Asatryan   A.T.     Razvitiye   tvorcheskix   sposobnostey   shkolnikov   v
krujkax stanshii yunix texnikov. - M.: 1987. 18 s.
5.Bosh   qotir,   yarat,   sinab   ko‘r!:   Qog‘oz   modellar   to‘plami:   O‘rta
maktabning   4-8   sinf   o‘quvchilari   uchun   kitob/   [O.YE.Zamotin   va
boshq.].-   2-qayta   ishlangan   va   to‘ldirilgan   nashr.   Tarj.   -   T.O‘qituvchi,
1988 -144 b. 
6.Vachevskiy   M.A.   Osnovi   ratsionalizatorskoy   i   izobretatelskoy   raboti.
Kiyev, 1988 . 92 s. 
7.Vorobyev   A.I.,   Limanskiy   S.A.   Texnicheskoye   konstruirovaniye   i
modelirovaniye. Uchebnoye posobiye dlya studentov IPF pedinstitutov i
uchashixsya peduchilish. -T.: Ukituvchi, 1990. -110 s. 
    8.Turaqulov   X.A.,   Sharipov   Sh.S.   Talabalar   ixtirochilik   ijodkorligini
rivojlantirish . metodiy tavsiyanoma. - Jizzax, 1998. 36 b.
 9.Andrianov P.N. Maktab o‘quvchilari texnik ijodkorligini rivojlantirish
//   O‘quvchilarning   texnik     ijodkorligi.   Tuzuvchi   P.N.Andrianov.   -
T .:”O‘qituvchi”, 1989.128 b.

Texnik konstruksiyalash va modellashtirishning moddiy sharoitlari va uni o‘rganishda qo‘llaniladigan metodlar va tashkiliy shakllari. Reja 1.Texnik konstruksiyalash va modellashtirish. 2. Konstruksiyalash va modellashtirishning moddiy sharoitlari 3. Konstruksiyalash va modellashtirishda qo‘llaniladigan metodlar. 4. Konstruksiyalash va modellashtirishning tashkiliy shakllari.

Mamlakatimizda jadal suratlar bilan rivojlanayotgan fan texnika taraqiyoti aqliy va jismoniy mehnatni bir-biriga yaqinlashtirishni, ya’ni ular o‘rtasidagi farqni bartaraf qilishni taqozo etadi. Ishchilar mehnati tobora injenerlik-texnik xarakter kasb etayotgani, ratsionalizator va ixtirochilarning saflari o‘sib, ular kiritayotgan takliflarning samaradorligi ortayotganligi buning yaqqol ifodasidir. Ratsionalizatorlar va ixtirochilar-ishchilar sinfining ilg‘or qismi bo‘lib, ular ijodiy fikrlaydigan, tinimsiz izlanadigan, mashina va mexanizmlarning yangi, eng tejamli konstruksiyalarni, yangi texnologik jarayonlarni yaratish eskilarni takomillashtirish bo‘yicha qimmatli takliflar kiritadigan kishilardir. Texnik tafakkurni va mehnatga ijodiy munosabatni rivojlantirish yangi kishini - yangi jamiyat quruvchisini tarbiyalashning eng muhim vazifalaridan biridir. Ana shunday kishining yetishib chiqishida o‘quvchilarga umumiy ta’lim berishdan tashqari, ularning keng politexnik asosda unumli mehnatga ham jalb etadigan isloh qilingan maktab yetakchi rol o‘ynashi lozim. Xozirgi sharoitda o‘quvchilarga politexnik ta’lim berish tabiatning maktab predmetlarida, avvalo tabiiy-ilmiy sikldagi predmetlarda o‘rganiladigan umumiy qonunlari, xozirgi ishlab chiqarishning asosiy tarmoqlari xaqida, eng tipik mashinalar, mexanizmlar, aparatlar va asboblarning tuzilishi hamda ishlash prinsiplari, shuningdek ulardan amalda foydalanish xaqida, asosiy materiallar va ularni qo‘llash, eng tipik texnologik jaranlar xaqida umumiy, ilmiy bilimlar va mehnatni ilmiy asosda tashkil qilish xaqida umumiy ma’lumotlar berishdan iboratdir. Ana shu vazifalar texnik konstruksiyalash va zamonaviy texnika namunalarini modellashtirish jarayonida muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin. O‘quvchilar yuqori darajada rivojlangan texnika namunasi sifatidagi u yoki bu texnik modelni yasashda xozirgi sanoat ishlab chiqarishiga xos konstruktorlik, texnologik va ishlab chiqarish faoliyatining asoslarini o‘rganadilar. Texnik modellashtirish jarayonida turli texnologik operatsiyalar o‘zlashtiriladi; metallar va metalmas materiallarning har xil turlari va markazlari bilib olinadi; zamonaviy texnikaning xaqiqiy namunalari tuzilishi va ishlashning

asosiy prinsiplari tushuniladi, amaliy faoliyat jarayonida es umumta’limiy predmetlari bo‘yicha olingan bilimlar mustahkamlanadi. Ma’lumki, amaliy mashg‘ulotlarda texnik konstruksiyalash va modellashtirish xaqiqiy mashina, mexanizm, asboblarning faqatgina kichraytirilgan nusxasini yasash emas, balki ijodiy faoliyat asosida texnik modellarning konstruksiyasini ham, ishlash prinsipini ham ancha soddalashgan, lekin ularga o‘xshashlikni saqlagan namunalarini yaratishdir. Texnik modellashtirishga kirishishdan oldin «model» va «maket» tushunchalarining farqini aniq bilib olish zarur. Model xaqiqiy obyektning yoki undagi asosiy uzellarning nusxasidir. Shuningdek, u xarakatlanadigan va o‘z namunasi (xaqiqiy obyekt) ning funksiyalarini ixcham holda bajariladigan bo‘lishi ham kerak. M: avtomobilning, trak5torning modeli ana shundaydir. Maket-obyektning konstruksiyasini yaqqolroq tasavvur etish imkonini beradigan umumiy xajmli tasvirdir. M: binolar, inshootlar va x.z.larning maketlari shular jumlasiga kiradi. Texnik konstruksiyalash va modellashtirish mashinalar hamda mexanizmlarni yaratish jarayoni bilan, shuningdek yuksak darajada rivojlangan zamonaviy ishlab chiqarishning eng ilg‘or yo‘nalishlari: ishlab chiqarishdagi standartlashtirish va unifikatsiyalash, mehnatni kooperativlash hamda ilmiy asosda tashkil etish bilan; detallarni tayorlash va buyumlarni yig‘ishning tipovoy hamda gruppavoy texnologiyasi bilan; materiallardan ratsional foydalanish bilan mufssalroq tanishish imkoniyatini yaratadi. Texnik loyihalash jarayoni. Zamonaviy mashinalarni ishlab chiqish - murakkab va uzoq muddat talab qiluvchi jarayon hisoblanadi. U o‘z tarkibiga muhandislik bashoratlari, loyihalash, tayyorgarlik va ishlab chiqarishni o‘zlashtirish bosqichlarini qamrab oladi. Dastlabki bosqich - muhandislik bashoratini qurish ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi: mavjud bazis obyektidan kelajak tomon bashorat qilish hamda kelajakda erishilishi talab qilinadigan maqsaddan muammoning bugungi kundagi holatiga tomon.

Loyihalash buyumning umumiy konstruksiyasini ishlab chiqishni ko‘zda tutadi. Loyihalashning dastlabki bosqichida erishilishi lozim bo‘lgan maqsad, yoki qondiriladigan maqsad belgilab olinadi. So‘ngra maqsadga erishish uchun aniq vazifalar shakllantiriladi. Vazifalarni belgilashda mavjud imkoniyatlar va sharoitdan kelib chiqiladi. Loyihalashning keyingi bosqichi g‘oyani shakllantirish deb nomlanib, u loyihalashning asosini tashkil etadi. Ko‘pchilik holatlarda uni amalga oshirish uchun mavjud metodni yangi sharoitlarda qo‘llash yo‘nalishidan foydalaniladi. Keyingi bosqichda muhandislik tahlili amalga oshiriladi. Bunda model ko‘rsatkichlari aniqlashtiriladi, zarur holatlarda haqiqiy buyumga yaqin ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan model yaratiladi. Shu asosda buyumni ishlab chiqishning texnik vazifasi shakllantiriladi. Texnik vazifa konstruktorning loyihani ishlab chiqishidagi dastlabki asoslovchi hujjat hisoblanadi. U quyidagi masalalarni yoritib berishi lozim: mashinaning yaratilish maqsadi; uning parametrlari, ish tartibi va sharoitlari; tajriba-sinov ishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar; mashinaning prinsipial tuzilishi va uning harakatlanish mezonlari; avtomatlashtirilganlik va mexanizatsiyalashtirilganlik darajasi; ishlatilish sharoitlari; loyihani bajarish muddati; ishlab chiqarishning seriyaliligi; uni tayyorlovchi korxona to‘g‘risidagi ma’lumotlar; mashina va loyihaga qo‘yilgan texnik talablar. O‘quv binosiga qo‘yiladigan talablar. Oliy ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan texnik loyihalash va modellashtirish mashg‘ulotlari uchun ko‘pincha o‘quv ustaxonalaridan foydalaniladi. Bu ustaxonalarda mehnat ta’limining har xil tashkiliy shakl va metodlaridan foydalanish; texnik ma’lumotlar berish; tadqiqotchilik va mehnat malakalarini shakllantirish ishlarining amalga oshirish; texnik bilimlarni mehnat usullarini, bajarilgan ishlarni sifatini nazorat qilish; estetik did va mehnat madaniyati ko‘nikmalarini, mustaqil ishlash iqtidorini shakllantirish; konstruktorlik-texnologik xarakterdagi ijodiy masalalarni hal qilish, yuksak darajadagi mehnat intizomiga va mehnat muhofazasiga talablariga rioya etish uchun yaxshi sharoitlar mavjud bo‘lishi kerak.

Yuqorida aytilgan vazifalardan kelib chiqib o‘quv ustaxonalari quyidagi asosiy sanitariya-gigiyenik va tashkiliy-metodik talablarga javob berishi lozim: 1. Ustaxona binosi ta’limiy-pedagogik, sanitariya-gigiyenik va ishlab chiqarish-texnik talablarni qanoatlantirishi kerak. 2. O‘quv ustaxonalari texnikaning hozirgi darajasiga, yuksak mehnat madaniyatiga muvofiq jihozlanishi va ular faqat ustaxona amaliyoti dasturidagi barcha mavzularni emas, balki texnik ijodkorlikni ham o‘rganish uchun zarur sharoit bilan ta’minlanishi lozim. 3. Turli buyurtmalarni bajarishda pedagogning o‘rganuvchilar bilan olib boradigan umumiy gruppaviy hamda brigada - zvenoli va potokli ishlari uchun ham sharoit yaratilishi zarur. 4. Har bir talabaga kerakli asbob-uskunalar va moslamalar bilan ta’minlangan alohida ish o‘rni ajratilishi lozim. 5. Pedagog uchun tegishli jihozlar, moslamalar bilan ta’minlangan va poldan 250-300 mm ko‘tarilgan namunali ish o‘rni tashkil etilishi lozim. 6. Ustaxonalarda talabalarga eng qulay va xavfsiz mehnat qilishi uchun zarur sharoit bo‘lishi shart. 7. O‘quv ustaxonalari hajmli va tekis ko‘rsatmali qo‘llanmalar, shuningdek, ta’limning texnik vositalari bilan jihozlanishi zarur. 8. Yordamchi binolar (asbobxona va sklad) o‘quv ustaxonasiga yaqin bo‘lishi kerak. 9. Tashqaridagi tovushlar, talabalarning e’tiborini ishdan chalg‘itadigan va mehnat jarayoniga halaqit beradigan shovqin-suronlar ustaxonaga kirmasligi lozim. Texnik loyihalash va modellashtirish uchun kerakli materiallar. Ish o‘rni, deganda ustaxona maydonining o‘quv ishlab chiqarish va konstruktorlik- texnologik ishlarni bajarishi uchun zarur uskunalar (verstak, stanok), asboblari va moslamalar maqsadga eng muvofiq holda joylashtirilgan qismi tushuniladi. Ishlash vaqtida o‘quvchining gavdasi eng qulay joylashsa va ortiqcha harakatlanmasa,