Transport logistikasida yuk tashish tizimlari. Yoʻlovchilar tashishning axborot – logistik texnologiyalari.
Transport logistikasida yuk tashish tizimlari. Yo lovchilar tashishningʻ axborot – logistik texnologiyalari. Reja: 1. Yo‘lovchilarni tashish texnologiyasida logistik yondashuv. 2. Shahar yo‘lovchi transportini ijtimoiy va mantiqiy tizimlarini munosabati. 3.Logistikada marshrutlashtirishni o‘rni. 4. Marshrutlashtirishda transport masalasi. 5. Eng qisqa bog‘lovchi yo‘l tarmog‘i boyicha marshrutlashtirish masalasi. 6. Xulosa 7. Foydalanilgan adabiyotlar
Yo’lovchilarni tashish texnologiyasida logistik yondashuv Transport turlaridan qat‘iy nazar yo’lovchilar tashishni tashkil etishda ularga bir xil talablar qo’yilgan bo’lib, unda yo’lovchilarni qisqa vaqt ichida manzillariga yetkazib qo’yish, transport vositalarining butun marshrut davomida aniq harakati, transport vositalaridan yaxshi foydalanish, to’la xavfsizlik bilan tashishni tashkil etish, yo’lovchilarga yuqori madaniyat bilan xizmat etish, iloji boricha harajatlarni tejamli sarflash talablari qo’yiladi. Yo’lovchilarni ko’plab tashuvchi transportning boshqa turlariga nisbatan yo’lovchilar tashuvchi avtomobil transportining bir qancha afzalliklari bor. Bunday afzalliklarga eng avvalo, yo’lovchilar tashuvchi avtomobil transportining yuqori darajali manevrchanligi, ya‘ni yo’lovchilarni ish va yashash joylariga yaqinlashtirib yetkazib borish xususiyati, takomillashtirilgan va qattiq qoplamali yo’llarda yer usti yo’lovchilar tashuvchi boshqa transportlarga nisbatan yuqori harakat tezligiyu, zarur bo’lganda shahar ichi marshrutlarning bir qismini dam olish (shanba va yakshanba) kunlari shahar atrofi xordiq chiqarish joylariga boruvchi, shahardan tashqarilarini esa uning aksi, kerak bo’lganda shahar ichi va shahar atrofi marshrutlaridagi bir qism avtobuslarni ekspress harakatiga o’tkaza olinishi. Avtobuslarda yo’lovchilar tashishning yana bir asosiy afzalligi bu zarur bo’lganda yangi marshrutlarni tez ishga tushura olinishidir. Me’yordagi yo’l sharoitlari bor joylarda yangi avtobus marshrutlariga qo’shimcha ishlar qilinmasdan, masalan, yo’lg’iz inshoatlari, elektr podsantsiyasi (yordamchi elektr bekati), kontakt shahobchalari kabilarsiz ishga tushirish mumkin. Bunday qurilmalar tramvay va trolleybus marshrutlari uchungina zarurdir. Yangi ochilgan avtobus marshrutlariga qilingan katta xarajatlarni nisbatan qisqa davr ichida qoplanishi mumkin. Yo’lovchilar zichligi quvvatiga katta bo’lgan marshrutlarga ertalabki va kechki «tashish cho’qqisi» soatlarida 15 dan ko’p avtobuslar chiqarilishi lozim.
Harakat chastotasi harakat intervali bog’lik bo’lib, u ma‘lum joy (bekatdan) qancha vaqt ichida navbatdagi avtobus o’tish vaqti minutda o’lchanadi. Harakat intervallari shahar marshrutlarida odatda 4-6 min. va kamdan- kam paytda 12-15 min. bo’ladi. Avtobuslar harkatini muntazam tashkil etish uchun ular harakat jadvallari va chizmalari bo’lishi zarur. Harakat chizmasi har bir marshrutdagi avtobus uchun alohida tuziladi. Bunday chizmalarni tuzilishlikda marshrut, avtobus va haydovchilarning ish rejimlari asos qilib olinadi. Harakat chizmalarini belgilashda sutka ichi soatlaridagi, hafta kunlaridagi va yil fasllaridagi yo’lovchilar oqimining o’zgarishini hisobga olishlik zarur. Bir guruh marshrutlar uchun harakat chizmalarini tuzishda, marshrutlarning har birining alohida xarakteri hisobga olinadi. Bunda turli marshrutlardagi yo’lovchilar zichligi o’zgarishi hisobga olinib bir marshrutdan boshqasiga ayrim miqdordagi avtobuslarni o’tkazishlik imkoniyatlari ko’rsatilgan bo’lishi kerak. Bunday o’tkazishlarda, avtobuslar kamaytirilayotgan marshrutdagi yo’lovchilar tashish ishi jiddiy susaymaydigan bo’lishi nazarda tutilishi lozim. Bundan tashqari, iqtisodiyotni nazarda tutib, o’tkaziluvchi avtobuslar qatnovini oshirib yubormaslikka ham e‘tibor berilishi lozim. Harakat chizmalari asosida harakat jadvali tuziladi. Tuzilgan jadvallar esa aholiga eng yaxshi xizmat ko’rsatish bilan birga avtobusdan oqilona foydalanishlikni hisobga olgan bo’lishi zarur. Jadvalda oxirgi punktlaridan jo’nash va ularga kelish hamda yo’lovchilar oboroti ko’p bo’lgan uzellardan o’tish vaqtlari ko’rsatilgan bo’ladi. Bunday jadvallarni tuzishda sutka soatlari ichi ekspluatatsion harkat tezliklarini hisob qilishni belgilanishi maqsadga muvofiq va bu narsa yo’llarning yuklanganligiga, avtobuslarni to’lganligi va boshqa sharoitlar bilan bog’liqdir. Yengil avtomobillarda yo’lovchilar tashish a) taksi avtomobillarda passajirlarni tashish
Yengil avtomobillarda yo’lovchilarni tashish avtobuslar bilan tashishga nisbatan foydalanilayotgan transport vositalari va tashish ishlarni tashkil etish tamoyillarga ko’ra tubdan farqlanadi. Yengil avtomobillarda yo’lovchilarni tashish asosan quyidagilarga bo’linadi: maxsus taksi avtomombillarda yo’lovchilarni tashish; xizmat yuzasidan yo’lovchilarni yengil avtomobillarda tashish. Keyingi tashishlar qatoriga aholi buyurtmasiga binoan tantanalarga xizmat etuvchi yengil avtomobillar ishlari ham kiradi. Bundan tashqari aholining shaxsiy mulklari bo’lgan yengil avtomobillarda tashishlar ham bordir. Yengil avtomobillarda yo’lovchilar tashish ishlarining aksariyati yengil taksi va shaxsiy mulk egalari avtomobillari zimmasidadir. Taksi yengil avtomobillarda shahardagi yo’lovchilarni eng qulay tashish turlariga kiradi. Ammo, taksi yengil avtomobillardagi yo’lovchilarni tashish shahar marshrut transporti almashtirolmay, ularga qo’shimcha transport turi bo’lib, aksariyat hollarda vaqti ziq bo’lgan yo’lovchilarni tashishlarda, yo’lovchining talabiga binoan u aytgan «yeshikdan-yeshikgacha» bo’lgan tashishlarda, yukli yo’lovchilar qatnovida, shahar yo’lovchilar transportning boshqa turi bo’lmagan hududlardagi tashishlarda yoki shahar yo’lovchilar transporti ishlamaydigan tungi soatlardagi tashishlarda ishlovchi yo’lovchilar transporti hisoblanadi. Ayrim hollarda yengil avtomombillardan shahar atrofi, qishloq joylardagi va shaharlararo yo’lovchilar tashishda ham foydalaniladi. Yengil taksi avtomobillarni ishlatishlikda ulardan jadal foydalanish xarakterlidir. Sutka davomida bunday avtomobillar 13-14 soat ishda bo’lib, o’rtacha bosib o’tish masofasi 200-250 km.ni tashkil etadi. Aksariyat hollarda yengil taksi avtomobillardan foydalanuvchi yo’lovchilar yuk bilan qatnovchi yo’lovchilardir. Shuning uchun ham taksidan foydalaniladigan avtomobillarga texnik jihatdan yuqori darajada ishonchli, dinamik sifati yuqori, yo’lovchilarni o’tirish va ular yuklarini joylashtirish qulay bo’lishi talablari qo’yiladi.
Barcha yengil taksi avtomobillarida kira haqini o’lchab boruvchi asbob- taksometr hamda chiroqli signal qurilmalari bo’lishi lozim. Bunda ko’k chiroqli signal taksi bo’shligini, qizil chiroqli signal uning aksi, ya‘ni bandligini ko’rsatadi. Taksometrning bir necha xil kira haqini hisoblovchilari bo’lib, avtomobil harakatiga uzatmalar qutisi orqali ishlaydi, agar buyurtmachi talabiga binoan kutib turilsa yoki harakat tezligi 15 km/soatdan kichik bo’lsa, asbob ichiga o’rnatilgan soat mexanizm bilan avtomobildan foydalanish haqi hisoblanib boriladi. Taksometr asbobi Davlat standarti talabiga binoan va avtomobil spidometri (harakat tezligi ko’rsatuvchi asbob) kabi plombalanishi shart. Shahar yo lovchi transportini ijtimoiy va mantiqiy tizimlarini munosabatiʻ Shahar mikrotumanlari yoki yo’lovchilar oqimi ko’p bo’lgan yirik uzellardagi korrespondentlar (ya‘ni yo’lovchilar) tashuvchi yo’llarni yoki marshrutlarni tashkil etish asoslari bo’lib, ularning yig’indisi shahar transport shohobchalarini tashkil etadi. Aytilgan shahobchalarni shahar xududlariga oqilona joylashtirish va turli xildagi shahar transportlari orasida yo’lovchilar tashish ishini muvofiqlashtirishda marshrutlarni iloji boricha yo’lovchilar qatnovi uchun zarur bo’lgan vaqtni tejash, ya‘ni uni minimal bo’lishi, harakat muntazamligi va tekisligini hisobga olib, marshrutlarni to’g’ri chiziqli bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Bunday talablarni bajarishlik uchun harakatni eng qisqa yo’nalish bo’yicha (amalda bor yo’l va ko’chalarni hisobga olib), aholi zich yashaydigan va markazni chetki tumanlar bilan birlashtiruvchi hamda turli xil, eng avvalo bor metropoliten transportlari bilan (agar bunday transport bo’lsa) tutashuvchi marshrutlar tashkil etilishi tavsiya etiladi.