TUPROQ BONITIROVKASI FANINIG MAQSADI VA VAZIFALARI
TUPROQ BONITIROVKASI FANINIG MAQSADI VA VAZIFALARI Reja : 1. Fanning qishloq xo’jligidagi ahamiyati 2. Tuproq bonitirovkasining maqsadi va vazifalari 3. Tuproq bonitirovkasining boshqa fanlar bilan aloqasi
Respublikamiz sug‘ori1adigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, melioratsiya va irrigatsiya obyektlari tarmoqlarini rivojlantirish, qishloq xo‘ja1igi ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni joriy etish masalalari respublikamiz qishloq xo’jaligini rivijlantirishning asosiy vazifalardan biri etib belgilangan. Mamlakatimizda umumxalq mulki bo‘1gan Yerni muhofazalash va undan foydalanish Konstitutsion ahamiyatga ega bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida “Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simliklar va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, undan oqilona foydalanish zarur, ular davlat muhofazasidir”, - deb belgilab qo‘yilgan. Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan qaror va farmoyishlarda Yer resusrlaridan oqilona foydalanish, sug'oriladigan yerlarning unumdorligini saqlash va oshirish masalalariga katta e'tibor qaratilmoqda. Mamlakatimizda Yer resusrlaridan yanada samarali va oqilona foydalanishning huquqiy poydevori yaratilgan. Bunga misol qilib O‘zbekistan Respublikasining 1998 yilda qabul qilingan“Yer kodeksi”, “Davlat Yer kadastri to‘g‘risida”gi, “Fermer xo‘ja1igi to‘g‘risida”gi, “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi, qonunlarni keltirish mumkin. O‘zbekiston Respublikasi “Yer kodeksi” yerga bo‘1gan mulkchilik shaklining o‘zgarishi va yerdan foydalanuvchilar toifasining ortishi munosabati tuzatish va o‘zgartirish1ar kiritilmoqda (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi 2011 y., 1-2-son, 1-modda; 2014 y., 4-son, 45- modda, 36-son, 452-modda; 2015 y., 33-son, 439-modda). O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2013 yil 30 oktabrdagi 21-sonli qarori asosida “tuproq bonitirovkasi ishlarini o‘tkazish va hujjatlarini tasdiqlash tartibi to‘risida”gi Nizomni tasdiqladi. Ushbu Nizomda tuproq bonitirovkasi ishlarini tashkil etish, tuproq bonitirovkasi ishlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish, o‘tkazish, tuproq bonitirovkasi ishlarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash, ma'1umotlarini taqdim etish kabi masalalar batafsil yoritilgan.
O‘zbekiston Respublikasi ma'muriy chegarasidagi Yer maydoni 44896,9 ming gektarni tashkil qiladi. O‘zbekiston Respublikasi korxona, tashkilot, muassasa va fuqarolari foydalanishida jami 44410,3 ming gektarni tashkil etadi. Respublika bo‘yicha sug‘oriladigan yerlar 4295,3 ming gektarni yoki umumiy maydonining 9,7 foizini tashkil qiladi. Ushbu maydonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 90 foizdan ko‘prog‘i yetishtiriladi. Yuqoridagi raqamlardan ko‘rinib turibdiki, sugoriladigan yerlar O‘zbekistonning oltin fondi hisoblanadi. Shu tufayli, aholi sonining muntazam o‘sib borishi bilan bu yerlardan oqilona va unumli foydalanish, ularni muhofaza qilish, unumdorligini oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Hozirgi vaqtda respublika qishloq xo‘jaligini yanada takomillashtirish, fermer xo‘ja1iklarini rivojlantirish, Yer fondidan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida respublika masshtabida tuproq bonitirovka ishlarini 1:5000 masshtabli, zarur hollarda esa 1:2000 yoki 1:1000 masshtabli tuproq xaritalari asosida yagona tizimda o‘tkazilmoqda. Bunday yirik ishlarni amalga oshirishda malakali mutaxassislarga ehtiyoj seziladi. Shu bois, o‘quv yurtlarida ta'lim olayotgan talabalari tuproq bonitirovkasi fanidan nazariy va amaliy tomonlarini har tamonlama chuqur o‘rganishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Bonitirovka so‘zi lotincha bonitas - saxiylik, yuqori sifatli degan manoni anglatib, tuproqlarni ishlab chiqarish qobiliyatiga ko‘ra nisbiy baholash demakdir. Fanning maqsadi - tuproqlarning tabiiy jism va ishlab chiqarish vositasi sifatidagi sifatini baholash hamda tuproqni xaritalash uslub va tamoyillarini o‘rgatishdir. Tuproqlarning unumdorligiga qarab taqqoslash, tuproqqa baho berishning genetik va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari asosida o‘rgatishdan iborat. Fanning vazifasi - Yer resurslaridan oqilona foydalanish, tuproqlarni xossa va xususiyatlarini har tomonlama o‘rganib, sifat jihatidan aniq baholash,
bonitirovkalash, tuproqni dalada o‘rganish, yerni eng muhim agronomik xususiyatlariga ko‘ra ball bilan solishtirma baho qo‘yish va ularni xaritalarda aks ettirishdir. Tuproq bonitirovkasi quyidagi vazifalardan tashkil topgan: tuproqlarning sifat bahosini aniqlash, sug‘oriladigan yerlarda qishloq xo‘jalik ekinlarini to‘g‘ri va rejali tashkil etish, agrotexnik va meliorativ tadbirlarni ilmiy asoslash, yerdan foydalanishning yangi shakllarini (dehqon, fermer xo‘jaliklari) vujudga kelishi, ekin turlarining tarkibini o‘zgarishini nazarda tutgan holda yer sifatini baholash usullarini takomillashtirish, sug‘ori1adigan va lalmikor tuproqlarni bonitirovkalashni yangi uslublarini va ishlab chiqarishga tavsiya etish, tuproq bonitirovkasi to‘g‘risidagi barcha ma'lumotlarni yig‘ishni kompyuter yordamida avtomatlashtirish ishlarini yo‘lga qo‘yish, yer solig‘ini hisoblash va to‘lashni ilmiy asoslash. Mamlakatimizda agrar sohada islohotlarni huquqiy jihatdan ta'minlash maqsadida bir qancha qonunlar qabul qilindi. Shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi “Yer kodeksi”, “Davlat Yer kadastri” qonunlari, Vazirlar Mahkamasining 2000 yildagi O‘zbekiston Respublikasi “Yer monitoringi to‘g‘risida”gi nizomi va boshqa hujjatlarda yer munosabatlarini huquqiy asosida rivojlantirish va tartibga solish, yerlardan oqilona foydalanish, unumdorligini saqlash, oshirish, yer tuzish ishlarini olib borish, yerning sifat bahosi, qiymat bahosini aniqlash, xo‘jalik faoliyatiga baho berishga va hokazolarga qaratilgan. Respublikamizning Yer resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilini aniqroq rejalashtirish, yerlarni har tomonlama sifatini baholashni taqazo etadi. Tuproq bonitirovkasining asosiy maqsadi ham tuproq unumdorligini belgilovchi xususiyatlarga qarab Yerni sifat jihatdan aniq baholash, bonitirovka qilish, ya'ni yerning eng muhim agronomik xususiyatlariga ko‘ra unga ball bilan solishtirma baho qo‘yishdir. Tuproq bonitirovkasi fani -tuproqshunoslik va agrokimyo fanlari bilan
besota bog'liq va ushbu fanlarning negizida rivojlanadi. Tuproqlarni baholash ishlaruda tuproqlarning xossa va xususiyatlari albatta hisobga olinadi. Tuproqdagi gumus miqdori, ozuqa elementlari bilan ta'minlanganlik darajasi kabi ko‘rsatkichlar tuproq unumdorligini belgilashda muhim ma'lumotlardan biri hisoblanadi. Tuproq bonitirovkasi o‘tkazish uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarining agrotexnikasi ham hisobga olinadi. Bonitet ballarini hisoblashda o‘rtacha agrotexnik sharoit uchun hisob-kitob qilinadi. Demak, tuproq bonitirovkasi fani dehqonchilik fani bilan uzviy aloqadadir. Tuproq bonitirovkasi o‘tkazishda o‘sim1iklarning biologik xossalari hisobga olinadi, turli ekinlarning tuproq unumdorligiga bo‘1gan talabi turlichadir. Shu bois tuproq bonitirovkasi fani o‘simlikshunoslik fani bilan bevosita bog'langan. Ko‘pgina mamlakatlarda turli ekinlar uchun bonitirovka shkalalari ishlab chiqilgan va bonitet ballari hisoblangan. O‘zbekistonda yetakchi ekin bo‘lgan —go‘za ekini uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, almashlab ekish tizimidagi boshqa ekinlar uchun ham tatbiq etilgan. Tuproq bonitirovkasi agroekologiya fani bilan aloqadordir. Hozirgi vaqtda sug‘oriladigan yerlarning xossa va xususiyatlari kuchli o‘zgarmoqda. Bu narsa kuchli kimyoviy ta'sir (o‘g‘itlar, texnogen qoldiqlarni qo‘llash) hamda sug‘orish natijasida ro‘y bermoqda. Tirik organizmlar hayoti, barcha jarayonlar tuproq bilan bog‘liq. Shu bois tuproqlarning ekologik holatini bilish, yaxshilash, tavsifini bilishni taqazo etadi. Tuproqlarni yer yuzida tarqalish qonuniyatini, tip, tipchalar, xossalarini bilgan holda dehqonchilik ishlarini yuritish, agrotexnikaviy tadbirlar qo‘llash, tuproq iqlim sharoitiga mos ekin turlari, navlari ekish, sug‘oriladigan ekin maydonlaridan samarali foydalanishda takroriy ekinlarini ekish va ulardan mo‘l va sifatli hosil yetishtirish hamda tuproq unumdorlik holatini, ya'ni sifat bahosini bilgan holda amalga oshirilishidir. Tuproq bonitirovkasi yer kadastrining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.