logo

Ujro ishi yuritishdagi xarajatlar.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

37.0537109375 KB
Mavzu: Ujro ishi yuritishdagi xarajatlar.
Reja:
1. Ijro yig‘imi tushunchasi va uni undirish tartibi.
2. Ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlari
3. Xarajatlarning undiruvchi tomonidan bo‘nak bilan tahninlanishi
4.  Ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlarini qoplash tartibi «Sud   hujjatlari   va   boshqa   organlar   hujjatlarini   ijro   etish   to‘g‘risida»gi
Qonunning   23-moddasiga   muvofiq,   sud   ijrochisi   ijro   hujjatini   olgan   kunidan
e'tiboran uch kundan kechiktirmay, ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror
chiqaradi va ijro hujjatidagi talablarni ixtiyoriy ijro etish uchun muddat belgilaydi.
Qarzdor   ijro   hujjati   talablarini   unga   sud   ijrochisi   tomonidan   qonun   hujjatlari
asosida   belgilagan   muddat   ichida   bajarishi   shart.   Qarzdor   ijro   hujjati   talablarini
uzrsiz   sabablar   bilan   ixtiyoriy   ravishda   bajarmagan   taqdirda,   u   ijro   ishlarini
yuritish   to‘g‘risidagi   qonun   hujjatlarida   nazarda   tutilgan   ijro   yig‘imini   to‘lashi
kerak.   Ijro   yig'imining   miqdori   quyidagilarga   bog'liq:   •   mol-mulkning   summasi
yoki bahosiga; • yoxud mulkiy xususiyatga ega bo‘lmagan ijro hujjatlariga.
Ijro yig‘imi — bu bizning qonunchiligimiz va ijro hujjatlarini majburiy ijro
etish   amaliyoti   uchun   yangilik   bo'lib,   ijro   hujjatining   talablarini   sud   ijrochisi
tomonidan   belgilangan   muddatlarda   uzrsiz   sabablarga   ko‘ra   ixtiyoriy   ravishda
bajarmagan   qarzdorning   mulkiy   javobgarligining   yangi   turidir.   Ijro   yig'imining
maqsadi   ijro   hujjatlarini   ixtiyoriy   ravishda   ijro   etilishini   ta’minlashga
yo‘naltirilgan.   Ijro   yig‘imini   ijro   hujjatini   ixtiyoriy   ijro   etmaganlik   uchun   jarima
chorasi   sifatida   ham   tushunish   mumkin.   Ijro   yig‘imi   ijro   hujjati   sud   ijrochisiga
birinchi bor kelib tushganda, uni ixtiyoriy ijro etish muddati o‘tganidan so‘ng faqat
bir marta undiriladi.
yoriy   ijro   etish   muddati   o‘tganidan   so‘ng   faqat   bir   marta   undiriladi.   «Sud
hujjatlari   va   boshqa   organlar   hujjatlarini   ijro   etish   to‘g‘risida»gi   Qonunning   58-
moddasida   ijro   yig‘imi   atamasi   ishlatilgan   bo‘lsa-da,   qonunda   ijro   yig'imini
undirish   bilan  bog'liq  masalalar  tartibga  solingan  emas.  Qonundagi  bu  bo‘shliq  0
‘zbekiston   Respublikasining   «Ijro   ishi   yuritish   takomillashtirilishi   munosabati
bilan   0   ‘zbekiston   Respublikasining   ayrim   qonun   hujjatlariga   o‘zgartish   va
qo‘shimchalar   kiritish   to‘g‘risida»gi   2009-yil   14-yanvardagi   Qonuni   bilan
to‘ldirildi.   «Sud   hujjatlari   va   boshqa   organlar   hujjatlarini   ijro   etish   to‘g‘risida»gi
Qonunning   77-1-modasida   sud   ijrochisi   tomonidan   ijro   hujjatlarini   majburiy   196
www.ziyouz.com   kutubxonasi   ijro  etish  bo‘yicha  harakatlar  amalga  oshirilganligi
uchun   qarzdordan   ijro   yig‘imi   undirilishi   belgilab   qo'yildi.   Sud   ijrochisining   ijro
yig‘imini   undirish   to‘g‘risidagi   qarori   mazkur   qaror   qaysi   ijro   ishi   yuritish
yuzasidan chiqarilgan bo‘lsa, o‘sha ijro ishiga qo‘shib qo‘yiladi va alohida ijro ishi
yuritishni qo‘zg‘atmasdan ijro etiladi. Ijro yig'imining miqdori va undirilish tartibi
qonun hujjatlarida belgilanadi.
0   ‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2007-yil   1-noyabrdagi   PQ722-
sonli   «   0   ‘zbekiston   Respublikasi   Adliya   vazirligi   huzuridagi   Sud
departamentining sud qarorlarini ijro etish, moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy
ta'minlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi Qarori bilan 2007-yil 1-
dekabrdan   sud   ijrochilari   tomonidan   sud   hujjatlari   va   boshqa   organlar hujjatlarining majburiy ijrosi bo‘yicha harakatlarning bajarilishi uchun ijro yig‘imi
joriy   etildi.  Prezidentning  shu   Qarori   bilan   Ijro  yig‘imini   undirish   va   foydalanish
tartibi to ‘g‘risida Nizom tasdiqlandi.
0 ‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan Qarori
bilan   tasdiqlangan   Ijro   yig‘imini   undirish   va   foydalanish   tartibi   to‘g‘risidagi
Nizomning   7-bandi   ijrosini   ta’minlash   maqsadida   0   ‘zbekiston   Respublikasi
Adliya Vazirining 2007-yil  24-noyabrdagi  buyrug‘i  bilan  «Ijro yig‘imini  undirish
to‘g‘risidagi   sud   ijrochilari   qarorlari   hisobini   yuritish   va   ularning   undirilishini
nazorat qilish tartibi to‘g‘risida»gi Yo‘riqnoma tasdiqlandi. Shunday qilib, hozirda
ijro yig‘imini undirish masalalari yuqorida nomi keltirilgan Nizom va Yo‘riqnoma
bilan tartibga solinadi.
Ijro   yig‘imi   sud   ijrochisi   tomonidan   sud   hujjatlari   yoki   boshqa   organlar
hujjatlarini   majburiy   ijro   etishda   amalga   oshiriladigan   undiruvni   nazarda   tutadi.
Ijro   yig‘imi   qarzdordan   ijro   hujjatini   ixtiyoriy   ravishda   ijro   etish   muddati
o‘tgandan   so‘ng,   quyidagi   miqdorlarda   undiriladi:   —   mulkiy   xarakterga   ega
bo‘lgan ijro hujjatlari bo‘yicha — jismoniy shaxsdan undirilayotgan summaning 1
foizi,   yuridik   shaxsdan   2   foizi   miqdorida;   —   mulkiy   xarakterga   fega   bo‘lmagan
ijro   hujjatlari   bo‘yicha   —   jismoniy   shaxsdan   eng   kam   ish   haqining   5   baravari
miqdorida,   yuridik   shaxsdan   eng   kam   ish   haqining   10   baravari   miqdorida.   Sud
ijrochisi ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to ‘g‘risida qaror chiqarishda qarzdorga ijro
hujjatidagi talablarni ixtiyoriy ravishda bajarish 197 www.ziyouz.com kutubxonasi
uchun 5 kundan ortiq bo‘lmagan muddat belgilab, agar ixtiyoriy ravishda ijro etish
uchun   belgilangan   muddatda   ijro   hujjatidagi   talablar   bajarilmagan   taqdirda,
qarzdordan   undirilayotgan   summaning   yoki   mol-mulk   qiymatining   1   foizi
(jismoniy   shaxsdan)   yoxud   2   foizi   (yuridik   shaxsdan)   miqdorida,   agar   mulkiy
xarakterga   ega   bo‘lmagan   ijro   hujjatlari   ijro   etilmagan   taqdirda   esa,   jismoniy
shaxsdan eng kam ish haqining 5 baravari, yuridik shaxsdan eng kam ish haqining
10   baravari   miqdorida   ijro   yig‘imi   undirilishi   to‘g‘risida   qarzdorga   tushuntirishi
shart.
Ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun muddat belgilanganda, ushbu muddatning
o'tishi   ijro   ishi   yuritish   qo‘zg‘atilganidan   keyingi   kundan   boshlanishini   nazarda
tutish   lozim.   Ijro   yig'imini   undirish   uchun   sud   ijrochisi   tomonidan   chiqarilgan
qaror   asos   bo‘ladi   va   u   0   ‘zbekiston   Respublikasi   «Sud   hujjatlari   va   boshqa
organlar   hujjatlarini   ijro   etish   to‘g‘risida»gi   Qonunining   7-   moddasiga   muvofiq
ijro hujjati  hisoblanadi. Ijro yig'imini undirish Qonunning 82-moddasiga muvofiq
qarzdorga solinadigan jarimani to‘lashdan ozod etmaydi.
Sud   ijrochisi   tomonidan   ixtiyoriy   ravishda   ijro   etish   uchun   belgilangan
muddatda   ijro   hujjatida   belgilangan   talablar   qarzdor   tom   onidan   bajarilmasligi,
qarzdorga nisbatan majburiy ijro etish choralarini qo'llash uchun asos bo‘ladi. Ayni paytda sud ijrochisi qarzdordan ijro yig‘imini undirish to‘g‘risida qaror chiqaradi. '
Ijro   yig‘imini   undirish   to‘g‘risida   qaror   ixtiyoriy   ravishda   ijro   etish   muddati
tugagandan keyingi kundan kechiktirmasdan sud ijrochisi tomonidan chiqariladi.
Sud   ijrochisining   ijro   yigfimini   undirish   to‘g‘risidagi   qarori   katta   sud
ijrochisi   tomonidan   tasdiqlanishi   lozim.   Sud   departamenti   yoki   uning   hududiy
boshqarmasining sud  ijrochisi  maqomiga ega inspektorlari  tomonidan chiqarilgan
qarorlar,   tegishlicha   Sud   departamentining   Sud   qarorlarini   ijro   etish   boshqarmasi
boshlig‘i   yoki   hududiy   boshqarmalarning   Sud   qarorlarini   ijro   etish   bo‘limi
boshlig‘i   tomonidan   tasdiqlanadi.   Ijro   yig‘imini   undirish   to‘g‘risidagi   qarorning
nusxasi   u   chiqarilgan   kunning   ertasidan   kechiktirmasdan   qarzdorga   shaxsan
taqdim etiladi yoki topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat bilan pochta
aloqasi orqali yuboriladi.
Ijro   yig‘imini   undirish   bo'yicha   ish   yuritish   alohida   ijro   ish   yuritish
qo‘zg‘atilmasdan   amalga   oshiriladi.   Ijro   yig‘imini   undirish   bo‘yicha   ish   yuritish
ijro   yig'imi   qo'llashga   asos   bo'lgan   ijro   hujjati   (keyingi   o'rinlarda   matnda   asosiy
ijro hujjati deb yuritiladi) bilan birgalikda yuritiladi. Bunda ijro yig‘imini undirish
to‘g‘risidagi  qarorga asosiy  ijro hujjatining ro‘yxat  raqami  beriladi. Ijro hujjatlari
bo‘yicha   majburiy   ijro   etish   choralarini   amalga   oshirishda   undiruv   mol-mulk   va
pul   mablag‘lariga   asosiy   ijro   hujjati   bo‘yicha   qarzni,   ijro   yig'imi   va   ijro
xarajatlarini   qoplash   uchun   yetarli   bo‘lgan   miqdor   va   hajmda   qaratiladi.   Ijro
yig‘imi   Qonunning   52   va   69-moddalariga   muvofiq   undiruv   qaratilishi   mumkin
bo‘lmagan pul summalari va m ol-mulkdan undirilmaydi.
Ijro   yig‘imi:   —   mulkiy   xarakterga   ega   bo'lgan   ijro   hujjatlari   bo‘yicha   —
qarzdordan   undirilgan   pul   summasiga   mutanosib   ravishda;   —   mulkiy   xarakterga
ega   bo‘lmagan   ijro   hujjatlari   bo‘yicha   —   majburiy   ijro   etish   bo‘yicha   choralar
qo‘llashga   kirishilishi   bilan   undiriladi.   Ijro  yig‘imi   quyidagi   undiruvlarni   nazarda
tutuvchi   ijro   hujjatlari   bo‘yicha   undirilmaydi:   budjet   tashkilotlaridan,   shu
jumladan,   davlatdan   pul   mablag‘lari   va   boshqa   mol-mulkni   undirish.   Bunda,
tashkilotning   budjet   tashkiloti   deb   topilishini   tasdiqlovchi   hujjat   qarzdor
tomonidan   sud   ijrochisiga   taqdim   qilinadigan   mazkur   tashkilotning   xarajatlar
smetasini   ro‘yxatga   olgan   tegishli   moliya   organining   xati   hisoblanadi.   Davriy
to‘lovlarni   (aliment   undirish   haqidagi,   mayib   bo‘lish   yoki   sogiiqqa   boshqacha
shikast   yetganligi,   boquvchining   oiim   i   natijasida   ko‘rilgan   zararning   o‘rnini
qoplash to‘g‘risidagi va boshqa ishlarbo‘yicha) undirish.
Solidar   tartibda   bir   necha   qarzdordan   undiruvni   nazarda   tutuvchi   ijro
hujjatlari   bo‘yicha   ijro   yigimini   undirish   to‘g‘risidagi   qaror   har   bir   qarzdorga
nisbatan   chiqariladi.   U   shbu   holatlarda   qarorlarni   rasmiylashtirish,   ijro   yigimini
undirish va undirilgan summalar  hisobini  yuritish solidar qarzdorlar  bo‘yicha ijro
hujjatlarini   ijro   etish   tartibida   amalga   oshiriladi.   Bunda,   barcha   qarzdorlardan undirilgan   ijro   yig‘imining   umumiy   summasi   asosiy   ijro   hujjati   bo‘yicha   jami
undiruv summasidan kelib chiqqan holda hisoblanadigan yig‘im summasidan oshib
ketmasligi   lozim.   Bir   qarzdorga   nisbatan   bir   necha   ijro   hujjatini   ijro   etishda   ijro
yig‘imi har bir ijro hujjati bo'yicha alohida undiriladi.
Bir   nechta   talablar   (ijro   hujjatlari)   bo‘yicha   qarzdordan   undiriladigan   ijro
yig'imlari   Qonunning   80-moddasida   belgilangan   tartibda   tegishli   talabning
qanoatlantirish   navbatiga   ko‘ra   undiriladi.   Bunda,   mulkiy   xarakterga   ega
bo‘lmagan   ijro   hujjatlari   bo‘yicha   qarzdordan   undiriiadigan   ijro   yig‘imlari,
shuningdek,   mulkiy   xarakteiga   ega   bo‘lgan   ijro   hujjatlari   bo‘yicha   qonunda
belgilangan muddatda realizatsiya qilinmagan mol-mulkni undimvchiga topshirish
holatlari   birinchi   navbatda   qanoatlantiriladigan   talablarga   tenglashtiriladi.   Bu
qoidalar qarzdorning bank hisobvaraqlaridagi pul mablag'larini hisobdan chiqarish
navbatlarini belgilash vaqtida ham tatbiq etiladi.
Ijro ishi yuritish qarzdorning sotilmagan mol-mulkini undiruvchiga berilishi
munosabati   bilan   tamomlangan   taqdirda,   ijro   yig‘imi   berilgan   mol-mulk
qiymatidan   kelib   chiqqan   holda   tegishli   miqdorlarda   undiriladi.   Bunda,   ijro
yig‘imini   undirish   to‘g‘risidagi   qarorning   ijrosi   umumiy   belgilangan   tartibda
amalga oshiriladi.
belgilangan   tartibda   amalga   oshiriladi.   Ijro   ishi   yuritish   qarzdorning
sotilmagan   mol-mulkini   qabul   qilishni   undimvchi   rad   etishi   munosabati   bilan
tamomlangan   taqdirda,   ijro   yig‘imi   sud   ijrochisi   tomonidan   mazkur   ijro   hujjati
bo'yicha   undirilgan   summaga   mutanosib   ravishda   undiriladi,   ijro   yig‘imining
sotilmagan   mol-mulkka   to‘g‘ri   keladigan   qolgan   qismi   bo‘yicha   ish   yuritish   sud
ijrochisining tegishli qarori bilan tugatiladi.
Asosiy ijro hujjati Qonunning 62-moddasiga muvofiq1, tugatish komissiyasi
(tugatuvchi)ga   yuborilgan   taqdirda,   ijro   yig‘imi   sud   ijrochisi   tomonidan   mazkur
ijro hujjati bo'yicha undirilgan summaga (mol-mulk qiymatiga) mutanosib ravishda
undiriladi.   Ijro   yig‘imining   qolgan   qismi   bo‘yicha   ish   yuritish   sud   ijrochisining
tegishli qarori bilan tamomlanadi. Qarzdor ijro ishi yuritishdan taraf sifatida chiqib
ketgan   taqdirda   (qarzdor   shaxsning   vafot   etishi,   yuridik   shaxsning   qayta   tashkil
etilishi, boshqa shaxs foydasiga talablardan voz kechilishi, qarzni boshqa shaxsga
o‘tkazilishi   va   shu   kabilar)   sud   ijrochisi   Qonunning   12-moddasiga   muvofiq,
o‘zining   qarori   bilan   qarzdorni   uning   huquqiy   vorisi   bilan   qonunda   belgilangan
tartibda   almashtirishi   shart.   Mazkur   qarorda   yig'imni   to‘lash   majburiyati   ushbu
huquqiy   vorisga   o‘tishi   haqida   ham   ko‘rsatiladi.   Asosiy   ijro   hujjati   Sud
departamentining   boshqa   b   o   ‘linmasiga   yuborilgan   taqdirda,   ijro   yig‘imini
undirish   to‘g‘risidagi   qaror   ham   Qonunning   25-moddasida   belgilangan   tartibda
yuborilishi lozim. Asosiy   ijro   hujjati   bo'yicha   ijro   ishi   yuritish   Qonunning   37-moddasiga
asosan tugatilgan taqdirda, ijro yig'imi sud ijrochisi tomonidan mazkur ijro hujjati
bo‘yicha   undirilgan   summaga   (mol-mulk   qiymatiga)   mutanosib   ravishda
undiriladi,   ijro   yig‘imining   qolgan   qismi   bo‘yicha   ish   yuritish   sud   ijrochisining
tegishli   qarori   bilan   tamomlanadi.   Asosiy   ijro   hujjati   Qonunning   40-moddasi   1   -
bandiga   asosan   undiruvchiga   qaytarilgan   taqdirda,   ijro   yig‘imi   sud   ijrochisi
tomonidan mazkur ijro hujjati bo'yicha undirilgan summaga (mol-mulk qiymatiga)
mutanosib ravishda undiriladi, ijro yig‘imining qolgan qismi bo‘yicha ish yuritish
sud ijrochisining tegishli qarori bilan tamomlanadi.
Undiruv   qarzdorning   ish   haqi   yoki   unga   tenglashtirilgan   toMovlariga
qaratilgan   taqdirda,   sud   ijrochisi   Qonunning   64-moddasida   belgilangan   tartibda
asosiy   ijro   hujjati   bilan   birga   ijro   yig‘imini   undirish   to‘g‘risidagi   qarorni   ham
tegishli tashkilotga yuboradi. Asosiy ijro hujjati bo‘yicha ish yuritish ijro hujjatini
bergan sud yoki boshqa organ tomonidan to'xtatib turilgan taqdirda, ijro yig‘imini
undirish   bo'yicha   ish   yuritish   ham   asosiy   ijro   hujjati   bo‘yicha   ish   yuritish
tiklangunga qadar to‘xtatib turiladi. Ushbu holatda ijro yig‘imini undirish bo‘yicha
ish   yuritishni   to‘xtatish   lraqida   alohida   qaror   qabul   qilish   talab   qilinmaydi.   Sud
ijrochisi tomonidan asosiy ijro hujjati bo‘yicha ijro harakatlarini keyinga qoldirish
to‘g‘risida qaror qabul qilinganda, mazkur qarorda ijro yig‘imini undirish bo'yicha
ijro harakatlarini ham keyinga qoldirish haqida ko‘rsatib o‘tiladi.
Ijro yig‘imini qaytarish quyidagi hollarda amalga oshiriladi: — qarzdorning
arizasiga   asosan,   asos   sifatida   ijro   hujjati   berilgan   sud   hujjati   yoki   boshqa   organ
hujjatining   yoxud   qonun   bo'yicha   ijro   hujjati   hisoblanadigan   boshqa   hujjatning
bekor qilinishi; — qarzdor yoki undiruvchining arizasiga asosan, asos sifatida ijro
hujjati   berilgan   sud   hujjati   yoki   boshqa   organ   hujjatlarining   o‘zgartirilishi,   agar
o‘zgartirish   natijasida   to‘langan   ijro   yig‘imi   miqdorini   qaytadan   ko‘rib   chiqish
lozim bo‘lsa;
—   qarzdor   yoki   ijro   yig‘imi   undirilgan   boshqa   shaxsning   arizasiga   yoxud
sud   ijrochisining   tashabbusiga   asosan,   ijro   yig‘imi   miqdorini   noto‘g‘ri   yoki
ortiqcha o‘tkazilganligi; — sud qaroriga asosan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
boshqa   hollarda.   Ijro   yig‘imini   qaytarish   haqidagi   ariza   ko‘rsatilgan   holatlar
yuzaga kelgan kundan boshlab uch yildan kechiktirmasdan beriladi.
Undirilgan   ijro   yig‘imi   miqdorini   qaytarish   uchun   ijro   yig‘imini   to   ‘lagan
shaxs   majburiy   ijro   harakati   kim   tom   onidan   amalga   oshirilganidan   kelib   chiqib,
Sud   departamentining   markaziy   apparatiga   yoki   tegishli   hududiy   boshqarmaga
ariza bilan murojaat qiladi. Bunda, ijro yig‘imini undirish bo‘yicha ijro harakatlari
turli   hududlarda   amalga   oshirilgan   bo'lsa,   ariza   arizachining   xohishiga   ko‘ra   ijro
yig‘imini   undirgan   Sud   departamentining   istalgan   boiim   iga   taqdim   etilishi
mumkin.   Ijro   yigimini   qaytarish   to‘g‘risidagi   ariza   Sud   departamentining   tegishli hududiy  boshqarmasi   yoki   markaziy  apparati   tomonidan   ko‘rib   chiqiladi   va   ariza
berilgan kundan e'tiboran besh kunlik muddat ichida ijro yig‘imini qaytarish yoki
qaytarishni   rad   etish   to‘g‘risida   qaror   qabul   qilinadi,   qabul   qilingan   qaror   haqida
ariza beruvchini yozma ravishda xabardor qiladi.
Ijro yig‘imini qaytarish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganidan boshlab uzog'i
bilan   ikki   kun   ichida   qaytarish   uchun   Sud   va   adliya   organlarini   rivojlantirish
jamg‘armasining Ijro etuvchi direksiyasiga yuboriladi. Ijro yig'imini qaytarish Ijro
etuvchi   direksiya   tomonidan   qaror   olingan   kundan   boshlab   besh   bank   kuni
davomida   amalga   oshiriladi.   Ijro   yig'imini   qaytarish   yoki   qaytarishni   rad   etish
to‘g‘risida qaror ustidan belgilangan tartibda sudga murojaat qilish mumkin.
Sud   departamentida,   hududiy   boshqarmalarda   va   sud   ijrochilarining   tuman
(shahar) boMimlarida ijro yig'imini undirish to‘g‘risidagi qarorlarni hisobga olish
kitobi yuritiladi. Ijro yig‘imini undirish to‘g‘risidagi qarorlarni hisobga olish kitobi
raqamlanib,   tikiladi   va   tegishlicha   Sud   departamenti   yoki   uning   hududiy
boshqarmasining   asosiy   muhri   bilan   tasdiqlanadi.   Ijro   yig'imini   undirish
to‘g‘risidagi   qaror   chiqarilgan   kunda   ro‘yxatga   olinadi   va   tegishli   asosiy   ijro
hujjatining majburiy ijrosini amalga oshirayotgan sud ijrochisiga imzo qo‘ydirgan
holda beriladi.
Ijro   yig‘imi   summalari   tegishli   bank   muassasasida   ochilgan   maxsus   tranzit
hisob   raqamiga   o'tkaziladi.   Sud   departamenti,   hududiy   boshqarmalar   va   sud
ijrochilarining tuman (shahar) bo‘limlari har oyda tegishli bank muassasalari bilan
ijro   yig‘imi   summalarining   tushumini   belgilangan   shaklda   solishtirib   boradilar.
Sud departamentining hududiy  boshqarmalari  har   chorakda  kamida  bir   marta  sud
ijrochilarining   tuman   (shahar)   bo‘limlari   tomonidan   ijro   yig‘imlari   to‘g‘risidagi
qonun   hujjatlari   talablariga   rioya   qilinishini,   shu   jumladan,,   ijro   yig‘imi
summalarining   to‘g‘ri   va   o‘z   vaqtida   undirilishi   va   o‘tkazilishini   tekshirib
boradilar.
2. Ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlari
«Sud   hujjatlari   va   boshqa   organlar   hujjatlarini   ijro   etish   to‘g‘risida»gi
Qonunning   75-moddasida   belgilab   qo'yilganidek,   sud   ijrochilarining   depozit
hisobvarag‘ida   bo‘lib,   ijro   harakatlarini   tashkil   etish   va   amalga   oshirishga
sarflangan mablag‘lar, shuningdek, ijro ishini yuritishda ishtirok etuvchi taraflar va
boshqa   shaxslarning   mablag‘lari   ijro   harakatlarini   amalga   oshirish   xarajatlari
hisoblanadi.  Ijro harakatlarini  amalga  oshirish  xarajatlariga quyidagilar   kiradi:   —
qarzdorning   mol-mulkini   tashish,   saqlash   va   realizatsiya   qilishga   sarflangan
mablag‘lar; — ijro harakatlarini amalga oshirishga belgilangan tartibda jalb etilgan
tarjimonlar,   mutaxassislar   va   boshqa   shaxslarga   haq   to‘lashga   sarflangan
mablag‘lar;   —   undirilgan   summalarni   undiruvchiga   pochta   orqali   o‘tkazishga
(jo‘natishga)   sarflangan   mablag‘lar;   —   qarzdorni,   uning   mol-mulkini   yoki qarzdordan   sudning   qarori   bo‘yicha   olib   qo‘yilgan   bolani   qidirishga   sarflangan
mablag‘lar; — ijro hujjatini ijro etish jarayonida amalga oshiriladigan boshqa zarur
ijro   harakatlariga   sarflangan   mablag‘lar.   Ijro   harakatlarini   amalga   oshirish
xarajatlari hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
Ijro   harakatlarini   amalga   oshirish   bo‘yicha   xarajatlarni   taraflar   ko‘taradi.
Ammo   Qonunda   belgilanishicha,   ijro   harakatlarini   amalga   oshirish   bilan   bog‘liq
xarajatlarni   ijro   ishi   yuritishda   ishtirok   etuvchi   boshqa   shaxslar   ham   ko‘tarishi
mumkin.   «Sud   huijatlari   va   boshqa   organlar   hujijatlarini   ijro   etish   to‘g‘risida»gi
Qonunning   9,   10   va   13-moddalariga   muvofiq   ijro   harakatlarini   amalga   oshirish
bilan   bog‘liq   xarajatlarga   mablag‘lari   sarflanishi   mumkin   bo'lgan,   ijro   ishi
yuritishda   ishtirok   etuvchi   «boshqa   shaxslar»   deganda   taraflarning   vakillarigina
tushuniladi.   Qonunning   54-moddasiga   muvofiq   xatlangan   va   ro'yxatga   olingan
mol-mulkni   baholash   sud   ijrochisi   tomonidan   amalga   oshiriladi.   Taraflar   amalga
oshirilgan   baholashga   rozi   bo'lmaganlarida,   mol-mulkni   baholash   uchun   sud
ijrochisi   tomonidan   mutaxassis   jalb   etiladi.   Bunday   hollarda   ijro   harakatlarini
amalga   oshirish   xarajatlarini   sud   ijrochisi   tomonidan   amalga   oshirilgan   baholash
yuzasidan   nizolashayotgan   taraf   ko‘taradi.   Qonunning   76-moddasi   3-qismida
ko'rsatilgan   hollarda   ijro   harakatlarini   amalga   oshirish   xarajatlarini   undiruvchi
ko‘taradi.
3. Xarajatlarning undiruvchi tomonidan bo‘nak bilan tahninlanishi
Qonun   ijro   harakatlari   amalga   oshirilishini   ta’minlash   maqsadida
undimvchiga sud ijrochilarining depozit hisobvarag'iga tegishli xarajatlarni yoxud
ularning   bir   qismini   amalga   oshirish   uchun   yetarli   miqdorda   bo‘nak   badalini
o‘tkazish   huquqini   bergan.   Undimvchi   tomonidan   ijro   harakatlarini   amalga
oshirish   uchun   kelgusida   qilinadigan   xarajatlarni   qoplash   uchun   bo‘nak   badali
o‘tkazilishi ijro hujjatining ijro etilishini tezlashtiradi. Ammo shuni e’tiborga olish
kerakki,   qonunning   mazmuniga   ko‘ra   ijro   harakatlarini   bo‘nak   badali   o‘tkazish
bilan ta'miniash undiruvchining majburiyati emas, balki huquqidir.
«Sud   hujjatlari   va   boshqa   organlar   hujjatlarini   ijro   etish   to‘g‘risida»gi
Qonunning   42-moddasi   2-qismiga   muvofiq   qarzdor   yoki   uning   molmulkini
qidirish   sud   ijrochisi   uchun   majburiy   emas,   bu   harakatni   amalga   oshirish
undiruvchining erkiga bog‘liqdir. Shuning uchun ham Qonunning 42-moddasini 2
qismida   ko‘rsatilgan   hollarda   undimvchi   qarzdorni   yoki   uning   mol-mulkini
qidirish   bo'yicha   tegishli   xarajatlarni   to‘liq   bo‘nak   bilan   ta’minlashga   haqli.
Ko‘rsatilgan ijro harakatlari undimvchi tomonidan bo‘nak bilan ta’minlangach, sud
ijrochisi   qarzdorni   yoki   uning   mol-mulkini   qidirish   to‘g‘risida   tegishli   qaror
chiqaradi.   Ijro   harakatlari   tamomlangach,   bo‘nak   badali   qarzdorning   hisobidan
undiruvchiga to‘liq qaytariladi. Faqat quyidagi holatda bo‘nak badali undiruvchiga qaytarilmaydi: 1) agar qarzdorning undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan mol-mulki
yoki   daromadlari   bo‘lmasa   va   uning   mol-mulki   yoki   daromadlarini   qidirish
yuzasidan   sud   ijrochisi   tomonidan   qonunda   yo‘l   qo‘yiladigan   doirada   ko‘rilgan
barcha   choralar   natijasiz   bo‘lsa;   2)   agar   undimvchi   ijro   hujjati   ijro   etilayotganda
qarzdorning sotilmagan mol-mulkini o‘ziga olishdan voz kechsa yoxud qarzdorlik
hisobidan   ushbu   mol-mulkni   o‘ziga   olish   to   ‘g‘risidagi   sud   ijrochisining   taklifl
bo‘yicha   o‘z   qarorini   belgilangan   muddatda   taqdim   etmagan   bo‘lsa;   3)   agar
undimvchi   o‘z   harakatlari   (harakatsizligi)   bilan   ijro   hujjatining   ijro   etilishiga
to‘sqinlik   qilayotgan   boisa,   shu   jumladan,   ijro   hujjatida   ko‘rsatilgan,   qarzdordan
olib   qo‘yilgan   muayyan   ashyolarni   olishdan   voz   kechsa.   Bu   hollarda   bo‘nak
badalining   ijro   harakatlarini   amalga   oshirish   xarajatlaridan   ortiqcha   qismi
unaimvchiga qaytariladi.
4.  Ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlarini qoplash tartibi
Majburiy   ijro   amalga   oshirilganda   sarflangan   xarajatlar   qarzdordan
undiriladi.   Ijro   harakatlarini   amalga   oshirishga   sarflangan   xarajatlar   qarzdordan
undirilishi   sud   ijrochisi   tomonidan   chiqarilgan   ijro   ishi   yuritishni   qo‘zg‘atish
to‘g‘risidagi   qarorda   ko‘rsatilishi   kerak.   Bu   qarorning   nusxasi   qarzdorga
topshiriladi.
Qarzdordan   undirilgan   ijro   harakatlarini   amalga   oshirish   xarajatlari   sud
ijrochilarining   depozit   hisobvarag‘iga   o‘tkaziladi.   Depozit   hisobvarag‘i   katta   sud
ijrochisi   tomonidan   boshqariladi.   Ijro   harakatlarini   amalga   oshirish   xarajatlari
qarzdordan   undirilgan   pul   summasidan   (shu   jumladan,   uning   m   ol-m   ulkini
realizatsiya   qilish   yo‘li   bilan   olingan   pul   summasidan),   ijro   hujjati   bo‘yicha   ijro
yig‘imi   to‘langan   va   ijro   jarayonida   qarzdorga   solingan   jarimalar   undirilgach,
qoplanadi.   Shuning   uchun   ham   amaliyotda   sud   ijrochisi   mulkiy   xususiyatga   ega
bo‘lgan   ijro   hujjatlarini   ijro   etishda   ijro   hujjatida   ko‘rsatilgan   undirilishi   lozim
boflgan   summadan   tashqari,   ijro   yig‘imi   summasi,   jarima   (agar   u   qofllanilgan
bo‘lsa)   va   ijro   bilan   bog‘liq   boshqa   xarajatlarni   hisobga   olgan   holda,   undiruvni
amalga   oshirishi   lozim.   Mulkiy   xususiyatga   ega   bo‘lmagan   ijro   hujjatini   ijro
etishda   sud   ijrochisi   qarzdordan   ijro   yig‘imi   va   jarimalardan   tashqari   ijro
harakatlarini amalga oshirish xarajatlarining undirilishini ta'minlashi kerak.
Qarzdordan undirilib, depozit hisobvarag‘iga o'tkazilgan pul summalaridan
ijro   harakatlarini   amalga   oshirish   bilan   bog‘liq   xarajatlarni   ko'targan   shaxslarga
ular qilgan xarajatlar summasi ulaming hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi yoki naqd
beriladi.   Bu   holda   undimvchi   ijro   harakatlarini   bo‘nak   bilan   ta'minlagan   yoxud
ijroni amalga oshirishda ayrim organlar yoki shaxslar tomonidan qonunda nazarda
tutilgan   xizmatlar   ko‘rsatilganligi   nazarda   tutiladi.   Ko‘rsatilgan   xizmatlar   mulkni
saqlash,   uni   sotish,   sud   ijrochisining   topshirig‘iga   ko‘ra   mulkiy   xususiyatga   ega bo'lmagan   ijro   hujjatlarini   ijro   qilishda   qarzdorning   o‘rniga   ma’lum   harakatlarni
amalga oshirish kabilardan iborat bo‘lishi mumkin.
Ijro ishi yuritish quyidagi asoslarga ko‘ra, tugatilgan taqdirda, ijro hujjatini
ijro   etish   uchun   kyetgan   xarajatlar   undimvchidan   undiriladi:   —   agar   qarzdorning
undimv   qaratilishi   mumkin   bo‘lgan   mol-mulki   yoki   daromadlari   bo‘lmasa   va
uning   mol-mulki   yoki   daromadlarini   qidirish   yuzasidan   sud   ijrochisi   tomonidan
qonunda   yo‘l   qo‘yiladigan   doirada   ko‘rilgan   barcha   choralar   natijasiz   bo‘lsa;   —
agar undimvchi ijro hujjati ijro etilayotganda qarzdorning sotilmagan mol-mulkini
o‘ziga   olishdan   voz   kechsa   yoxud   qarzdorlik   hisobidan   ushbu   mol-mulkni   o‘ziga
olish   to‘g‘risidagi   sud   ijrochisining   taklifi   bo‘yicha   o‘z   qarorini   belgilangan
muddatda   taqdim   etmagan   bo‘lsa;   —   agar   undimvchi   o‘z   harakatlari
(harakatsizligi) bilan ijro hujjatining ijro etilishiga to‘sqinlik qilayotgan bo‘lsa, shu
jumladan,   ijro   hujjatida   ko‘rsatilgan,   qarzdordan   olib   qo‘yilgan   muayyan
ashyolarni olishdan voz kechsa.
Qonunga   ko‘ra   sud   ijrochisi   tomonidan   ijro   harakatlarini   amalga   oshirish
bilan   bog'liq   xarajatlarini   undirish   va   qoplash   bilan   bog‘liq   barcha   harakatlar   u
tomonidan   chiqariladigan   qarorlar   orqali   amalga   oshiriladi.   Bu   qarorlar   ustidan
sudga   shikoyat   yoki   protest   keltirish   mumkin   bo‘lganligi   sababli,   ularning
nusxalari uch kunlik muddat ichida taraflarga jo‘natilishi kerak. «Sud hujjatlari va
boshqa   organlar   hujjatlarini   ijro   etish   to‘g‘risida»gi   Qonunda   nazarda   tutilgan
hollarda qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirishga ketgan xarajatlarni qoplashni
qarzdor rad etgan yoki undan bo‘yin tovlagan taqdirda, ularni qoplash to‘g‘risidagi
masala undiruvchining arizasiga binoan yoki sud ijrochisining tashabbusi bilan sud
tartibida   hal   qilinadi.   Bunda   undiruvchi   yoki   sud   ijrochisi   davlat   boji   toMashdan
ozod etiladi. Adabiyotlar
1.Tuxtasheva U.A. Ijro ishi yuritish: Darslik. 2-nashr Toshkent: TDYI, 2009.-308
h.
2.Yusupov   B.   Sud   hujjatlarini   bujurmaganlik   uchun   jinoiy   javobgarlik
muammolari: Monografiya - T.TDYI, 2011.-173 b.
3.M.Q.O'razaliyev Ijro ishi yuritish Darslik. - T TDYU nashriyoti 2019. - 239 bet
4.O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T., O'zbekiston. 2018. - 80 b.
5.O'zbekiston   Respublikasining   2001-yil   29-avgustdagi   "Sud   hujjatlari   va   boshqa
organlar   hujjatlarini   ijro  etish  to'g'risida"gi   №  258-II-sonli   Qonuni  //   O zbekistonʻ
Respublikasi Qonun hujjatlari to'plami. 2001.-Ne 21. 145-modda.
6.O'zbekiston   Respublikasi   Fuqarolik-protsessual   kodeksi.   O'zbekiston
Respublikasining Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi.
7.O'zbekiston   Respublikasi   Jinoyat-protsessual   kodeksi   O'zbekiston
Respublikasining Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi. 
8.O'zbekiston   Respublikasi   Iqtisodiy   protsessual   kodeksi.   O'zbekiston
Respublikasining Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi. 
9.O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksi O'zbekiston
Respublikasining Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi 
10.O'zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   "Sud   hujjatlari   va   boshqa   organlar
hujjatlarini   ijro   etishda   mol-mulkni   realizatsiya   qilish   tartib-taomillarini   tubdan
takomillashtirish   chora-tadbirlari   to'g'risida"gi   2017-yil   27-iyuldagi   PQ-3149-son
qarori.   O'zbekiston   Respublikasi   Qonun   hujjatlari   to'plami.   2007.   No   45.   541-
modda.

Mavzu: Ujro ishi yuritishdagi xarajatlar. Reja: 1. Ijro yig‘imi tushunchasi va uni undirish tartibi. 2. Ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlari 3. Xarajatlarning undiruvchi tomonidan bo‘nak bilan tahninlanishi 4. Ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlarini qoplash tartibi

«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunning 23-moddasiga muvofiq, sud ijrochisi ijro hujjatini olgan kunidan e'tiboran uch kundan kechiktirmay, ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror chiqaradi va ijro hujjatidagi talablarni ixtiyoriy ijro etish uchun muddat belgilaydi. Qarzdor ijro hujjati talablarini unga sud ijrochisi tomonidan qonun hujjatlari asosida belgilagan muddat ichida bajarishi shart. Qarzdor ijro hujjati talablarini uzrsiz sabablar bilan ixtiyoriy ravishda bajarmagan taqdirda, u ijro ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ijro yig‘imini to‘lashi kerak. Ijro yig'imining miqdori quyidagilarga bog'liq: • mol-mulkning summasi yoki bahosiga; • yoxud mulkiy xususiyatga ega bo‘lmagan ijro hujjatlariga. Ijro yig‘imi — bu bizning qonunchiligimiz va ijro hujjatlarini majburiy ijro etish amaliyoti uchun yangilik bo'lib, ijro hujjatining talablarini sud ijrochisi tomonidan belgilangan muddatlarda uzrsiz sabablarga ko‘ra ixtiyoriy ravishda bajarmagan qarzdorning mulkiy javobgarligining yangi turidir. Ijro yig'imining maqsadi ijro hujjatlarini ixtiyoriy ravishda ijro etilishini ta’minlashga yo‘naltirilgan. Ijro yig‘imini ijro hujjatini ixtiyoriy ijro etmaganlik uchun jarima chorasi sifatida ham tushunish mumkin. Ijro yig‘imi ijro hujjati sud ijrochisiga birinchi bor kelib tushganda, uni ixtiyoriy ijro etish muddati o‘tganidan so‘ng faqat bir marta undiriladi. yoriy ijro etish muddati o‘tganidan so‘ng faqat bir marta undiriladi. «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunning 58- moddasida ijro yig‘imi atamasi ishlatilgan bo‘lsa-da, qonunda ijro yig'imini undirish bilan bog'liq masalalar tartibga solingan emas. Qonundagi bu bo‘shliq 0 ‘zbekiston Respublikasining «Ijro ishi yuritish takomillashtirilishi munosabati bilan 0 ‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 2009-yil 14-yanvardagi Qonuni bilan to‘ldirildi. «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunning 77-1-modasida sud ijrochisi tomonidan ijro hujjatlarini majburiy 196 www.ziyouz.com kutubxonasi ijro etish bo‘yicha harakatlar amalga oshirilganligi uchun qarzdordan ijro yig‘imi undirilishi belgilab qo'yildi. Sud ijrochisining ijro yig‘imini undirish to‘g‘risidagi qarori mazkur qaror qaysi ijro ishi yuritish yuzasidan chiqarilgan bo‘lsa, o‘sha ijro ishiga qo‘shib qo‘yiladi va alohida ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atmasdan ijro etiladi. Ijro yig'imining miqdori va undirilish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 1-noyabrdagi PQ722- sonli « 0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamentining sud qarorlarini ijro etish, moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta'minlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi Qarori bilan 2007-yil 1- dekabrdan sud ijrochilari tomonidan sud hujjatlari va boshqa organlar

hujjatlarining majburiy ijrosi bo‘yicha harakatlarning bajarilishi uchun ijro yig‘imi joriy etildi. Prezidentning shu Qarori bilan Ijro yig‘imini undirish va foydalanish tartibi to ‘g‘risida Nizom tasdiqlandi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan Qarori bilan tasdiqlangan Ijro yig‘imini undirish va foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 7-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida 0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirining 2007-yil 24-noyabrdagi buyrug‘i bilan «Ijro yig‘imini undirish to‘g‘risidagi sud ijrochilari qarorlari hisobini yuritish va ularning undirilishini nazorat qilish tartibi to‘g‘risida»gi Yo‘riqnoma tasdiqlandi. Shunday qilib, hozirda ijro yig‘imini undirish masalalari yuqorida nomi keltirilgan Nizom va Yo‘riqnoma bilan tartibga solinadi. Ijro yig‘imi sud ijrochisi tomonidan sud hujjatlari yoki boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishda amalga oshiriladigan undiruvni nazarda tutadi. Ijro yig‘imi qarzdordan ijro hujjatini ixtiyoriy ravishda ijro etish muddati o‘tgandan so‘ng, quyidagi miqdorlarda undiriladi: — mulkiy xarakterga ega bo‘lgan ijro hujjatlari bo‘yicha — jismoniy shaxsdan undirilayotgan summaning 1 foizi, yuridik shaxsdan 2 foizi miqdorida; — mulkiy xarakterga fega bo‘lmagan ijro hujjatlari bo‘yicha — jismoniy shaxsdan eng kam ish haqining 5 baravari miqdorida, yuridik shaxsdan eng kam ish haqining 10 baravari miqdorida. Sud ijrochisi ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to ‘g‘risida qaror chiqarishda qarzdorga ijro hujjatidagi talablarni ixtiyoriy ravishda bajarish 197 www.ziyouz.com kutubxonasi uchun 5 kundan ortiq bo‘lmagan muddat belgilab, agar ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun belgilangan muddatda ijro hujjatidagi talablar bajarilmagan taqdirda, qarzdordan undirilayotgan summaning yoki mol-mulk qiymatining 1 foizi (jismoniy shaxsdan) yoxud 2 foizi (yuridik shaxsdan) miqdorida, agar mulkiy xarakterga ega bo‘lmagan ijro hujjatlari ijro etilmagan taqdirda esa, jismoniy shaxsdan eng kam ish haqining 5 baravari, yuridik shaxsdan eng kam ish haqining 10 baravari miqdorida ijro yig‘imi undirilishi to‘g‘risida qarzdorga tushuntirishi shart. Ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun muddat belgilanganda, ushbu muddatning o'tishi ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilganidan keyingi kundan boshlanishini nazarda tutish lozim. Ijro yig'imini undirish uchun sud ijrochisi tomonidan chiqarilgan qaror asos bo‘ladi va u 0 ‘zbekiston Respublikasi «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunining 7- moddasiga muvofiq ijro hujjati hisoblanadi. Ijro yig'imini undirish Qonunning 82-moddasiga muvofiq qarzdorga solinadigan jarimani to‘lashdan ozod etmaydi. Sud ijrochisi tomonidan ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun belgilangan muddatda ijro hujjatida belgilangan talablar qarzdor tom onidan bajarilmasligi, qarzdorga nisbatan majburiy ijro etish choralarini qo'llash uchun asos bo‘ladi. Ayni

paytda sud ijrochisi qarzdordan ijro yig‘imini undirish to‘g‘risida qaror chiqaradi. ' Ijro yig‘imini undirish to‘g‘risida qaror ixtiyoriy ravishda ijro etish muddati tugagandan keyingi kundan kechiktirmasdan sud ijrochisi tomonidan chiqariladi. Sud ijrochisining ijro yigfimini undirish to‘g‘risidagi qarori katta sud ijrochisi tomonidan tasdiqlanishi lozim. Sud departamenti yoki uning hududiy boshqarmasining sud ijrochisi maqomiga ega inspektorlari tomonidan chiqarilgan qarorlar, tegishlicha Sud departamentining Sud qarorlarini ijro etish boshqarmasi boshlig‘i yoki hududiy boshqarmalarning Sud qarorlarini ijro etish bo‘limi boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi. Ijro yig‘imini undirish to‘g‘risidagi qarorning nusxasi u chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmasdan qarzdorga shaxsan taqdim etiladi yoki topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat bilan pochta aloqasi orqali yuboriladi. Ijro yig‘imini undirish bo'yicha ish yuritish alohida ijro ish yuritish qo‘zg‘atilmasdan amalga oshiriladi. Ijro yig‘imini undirish bo‘yicha ish yuritish ijro yig'imi qo'llashga asos bo'lgan ijro hujjati (keyingi o'rinlarda matnda asosiy ijro hujjati deb yuritiladi) bilan birgalikda yuritiladi. Bunda ijro yig‘imini undirish to‘g‘risidagi qarorga asosiy ijro hujjatining ro‘yxat raqami beriladi. Ijro hujjatlari bo‘yicha majburiy ijro etish choralarini amalga oshirishda undiruv mol-mulk va pul mablag‘lariga asosiy ijro hujjati bo‘yicha qarzni, ijro yig'imi va ijro xarajatlarini qoplash uchun yetarli bo‘lgan miqdor va hajmda qaratiladi. Ijro yig‘imi Qonunning 52 va 69-moddalariga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan pul summalari va m ol-mulkdan undirilmaydi. Ijro yig‘imi: — mulkiy xarakterga ega bo'lgan ijro hujjatlari bo‘yicha — qarzdordan undirilgan pul summasiga mutanosib ravishda; — mulkiy xarakterga ega bo‘lmagan ijro hujjatlari bo‘yicha — majburiy ijro etish bo‘yicha choralar qo‘llashga kirishilishi bilan undiriladi. Ijro yig‘imi quyidagi undiruvlarni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo‘yicha undirilmaydi: budjet tashkilotlaridan, shu jumladan, davlatdan pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkni undirish. Bunda, tashkilotning budjet tashkiloti deb topilishini tasdiqlovchi hujjat qarzdor tomonidan sud ijrochisiga taqdim qilinadigan mazkur tashkilotning xarajatlar smetasini ro‘yxatga olgan tegishli moliya organining xati hisoblanadi. Davriy to‘lovlarni (aliment undirish haqidagi, mayib bo‘lish yoki sogiiqqa boshqacha shikast yetganligi, boquvchining oiim i natijasida ko‘rilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi va boshqa ishlarbo‘yicha) undirish. Solidar tartibda bir necha qarzdordan undiruvni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo‘yicha ijro yigimini undirish to‘g‘risidagi qaror har bir qarzdorga nisbatan chiqariladi. U shbu holatlarda qarorlarni rasmiylashtirish, ijro yigimini undirish va undirilgan summalar hisobini yuritish solidar qarzdorlar bo‘yicha ijro hujjatlarini ijro etish tartibida amalga oshiriladi. Bunda, barcha qarzdorlardan

undirilgan ijro yig‘imining umumiy summasi asosiy ijro hujjati bo‘yicha jami undiruv summasidan kelib chiqqan holda hisoblanadigan yig‘im summasidan oshib ketmasligi lozim. Bir qarzdorga nisbatan bir necha ijro hujjatini ijro etishda ijro yig‘imi har bir ijro hujjati bo'yicha alohida undiriladi. Bir nechta talablar (ijro hujjatlari) bo‘yicha qarzdordan undiriladigan ijro yig'imlari Qonunning 80-moddasida belgilangan tartibda tegishli talabning qanoatlantirish navbatiga ko‘ra undiriladi. Bunda, mulkiy xarakterga ega bo‘lmagan ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdordan undiriiadigan ijro yig‘imlari, shuningdek, mulkiy xarakteiga ega bo‘lgan ijro hujjatlari bo‘yicha qonunda belgilangan muddatda realizatsiya qilinmagan mol-mulkni undimvchiga topshirish holatlari birinchi navbatda qanoatlantiriladigan talablarga tenglashtiriladi. Bu qoidalar qarzdorning bank hisobvaraqlaridagi pul mablag'larini hisobdan chiqarish navbatlarini belgilash vaqtida ham tatbiq etiladi. Ijro ishi yuritish qarzdorning sotilmagan mol-mulkini undiruvchiga berilishi munosabati bilan tamomlangan taqdirda, ijro yig‘imi berilgan mol-mulk qiymatidan kelib chiqqan holda tegishli miqdorlarda undiriladi. Bunda, ijro yig‘imini undirish to‘g‘risidagi qarorning ijrosi umumiy belgilangan tartibda amalga oshiriladi. belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Ijro ishi yuritish qarzdorning sotilmagan mol-mulkini qabul qilishni undimvchi rad etishi munosabati bilan tamomlangan taqdirda, ijro yig‘imi sud ijrochisi tomonidan mazkur ijro hujjati bo'yicha undirilgan summaga mutanosib ravishda undiriladi, ijro yig‘imining sotilmagan mol-mulkka to‘g‘ri keladigan qolgan qismi bo‘yicha ish yuritish sud ijrochisining tegishli qarori bilan tugatiladi. Asosiy ijro hujjati Qonunning 62-moddasiga muvofiq1, tugatish komissiyasi (tugatuvchi)ga yuborilgan taqdirda, ijro yig‘imi sud ijrochisi tomonidan mazkur ijro hujjati bo'yicha undirilgan summaga (mol-mulk qiymatiga) mutanosib ravishda undiriladi. Ijro yig‘imining qolgan qismi bo‘yicha ish yuritish sud ijrochisining tegishli qarori bilan tamomlanadi. Qarzdor ijro ishi yuritishdan taraf sifatida chiqib ketgan taqdirda (qarzdor shaxsning vafot etishi, yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi, boshqa shaxs foydasiga talablardan voz kechilishi, qarzni boshqa shaxsga o‘tkazilishi va shu kabilar) sud ijrochisi Qonunning 12-moddasiga muvofiq, o‘zining qarori bilan qarzdorni uning huquqiy vorisi bilan qonunda belgilangan tartibda almashtirishi shart. Mazkur qarorda yig'imni to‘lash majburiyati ushbu huquqiy vorisga o‘tishi haqida ham ko‘rsatiladi. Asosiy ijro hujjati Sud departamentining boshqa b o ‘linmasiga yuborilgan taqdirda, ijro yig‘imini undirish to‘g‘risidagi qaror ham Qonunning 25-moddasida belgilangan tartibda yuborilishi lozim.