logo

O’rta osiyo xonliklarida arxiv ishi

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

24.09375 KB
   Mavzu :  O ’ rta   osiyo   xonliklarida   arxiv   ishi  
       
          Reja:
1.  Arxiv haqida umumiy ma’lumot
2.  O’rta osiyo xonliklaridagi arxivlar holati 
3.  Chorizm hukmronligi davrida Turkistondagi arxivlarning ahvoli
Insoniyat   taraqqiyotining   muayyan   bosqichida   xo’jalik   va   ijtimoiy
munosabatlarning   rivojlanishi   ibtidoiy   jamoa   tuzumining   yemirilishiga
hamda davlatchilikning vujudga kelishiga olib keldi. Deyarli bir vaqtda ijtimoiy   zarurat   tufayli   yozuv   ham   paydo   bo’ldi.   Qadimiy   davlatlar
o’zlarining   ijtimoiy   funksiyalarini   bajarish   jarayonida   turli   hujjatlar
(qonunlar,   farmonlar,   mulk   va   soliq   hisobotlari   va   h.)   yaratish   hamda
ularni   saqlashga   ehtiyoj   sezdilar.   Shu   tariqa   hujjatlarni   saqlaydigan
muassasalar   –   arxivlar   paydo   bo’ldi.   “Arxiv”   atamasi   lotincha
“arxivum”   so’zidan   olingan   bo’lib,   o’zbek   tilida   “mahkama”,
“muassasa”   degan   ma’noni   bildiradi.   Lekin   bu   so’z   hozirgi   kunda
boshqacha   ma’noda   qo’llaniladi.   Arxiv   deganda   biz   odatda   faqat
hujjatlar saqlanadigan muassasani tushunamiz. Arxivlarda turli idoralar,
korxonalar, tashkilotlar, shu-ningdek ayrim shaxslar faoliyati jarayonida
yaratilgan va to’plangan hujjatlar va materiallar saqlanadi.   Arxeologik
tadqiqotlarning   guvohlik   berishicha,   arxivlar   qadimgi   zamonlarda,
yozuv   paydo   bo’lishi   bilan   bir   vaqtda   vujudga   kelgan.   Mesopotamiya,
Misr   va   Kichik   Osiyoda   ibodatxonalar   va   quldorlar   saroylarida
dastlabki   arxivlar   mavjud   bo’lganligi   aniqlandi.   Bu   arxivlarda   o’sha
davrdagi qonunlar matni, sud hujjatlari, podsholarning farmoyishlari va
boshqa   hujjatlar   saqlanar   edi.   Mazkur   hujjatlar   sopol   lavhlarga,
randalangan taxtachalarga, papirus va oshlangan charm (pergament) ga
bitilgan.   Qadimgi   Yunonistonning   Knoss   shahri   xarobalarida   (Krit
oroli)   yirik  arxivning   qoldiqlari  topildi.  Antik  davrda  Afina  shahridagi
arxivlar,   ayniqsa,   Metroon   ibodatxonasi   qoshidagi   arxiv   dong   taratgan
edi.   Qadimgi   Rimda   arxivlar   dastlab   kohinlar   tasarrufida   bo’lgan.
Rimdagi   eng   qadimiy   arxiv   Senat   arxivi   bo’lib,   bu   hujjatgoh   Saturn
ibodatxonasida   joylashgan   edi.   Mazkur   arxivda   senat   va   respublika
mahkamalarining hujjatlari, senzorlarning aholini ro’yxatga olishi bilan
bog’liq materiallar va boshqa muhim hujjatlar saqlanardi. Rim saltanati davrida   esa   yozma   hujjatlar   saqlanadigan   arxiv   imperatorlar   saroyida
Arxivlar   haqida   umumiy   tushuncha   Arxivlarning   vujudga   kelishi   va
rivojlanish   tarixiga   bir   nazar   Муаммоли   савол:   Архивлар   қачон   ва
нима   сабабдан   пайдо   бўлди?   3   joylashtirildi.   G’arbiy   Rim
saltanitining   halokatidan   so’ng   Rim   imperatorlari   arxivining
davomchisi   Vizantiya   arxivi   bo’ldi.   Ilk   o’rta   asrlarda   G’arbiy
Yevropada qirollar, yirik feodallar va monastirlarning arxivlari vujudga
keldi.   Ularning   orasida   eng   yirigi   V   asarda   tashkil   etilgan   Vatikan
arxivi hisoblanadi. Vatikan arxivi hozirgi kunda ham mavjud bo’lib, bu
yerda   Yevropaning   o’rta   asrlar   tarixini   o’rganish   uchun   zarur   bo’lgan
nodir   va   qimmatli   hujjatlar   majmuasi   saqlanmoqda.   Yevropada
markazlashgan   davlatlarning   tashkil   topishi   va   rivojlanishi   natijasida
mayda   arxivlarning   yiriklashish   jarayoni   kuzatiladi.   Qirollar   arxivlari
bo’ysundirilgan   feodallarning   arxivlari   hisobiga   kengayib   bordi.
Qirollar arxivlari  g’oyat maxfiy tarzda saqlanar edi. Yevropada qirolik
hokimiyatining kuchayishi va umumdavlat boshqaruv muassasalarining
shakllanib borishi natijasida muassasa arxivlari paydo bo’ldi. Muassasa
arxivlarining   faoliyati   o’zaro   bog’lanmaganligi   oqibatida   hujjatlar
nihoyatda   tarqoq   holda   saqlanar   edi.   XVIII-XIX   asrlardagi   burjua
inqiloblari arxiv ishlarida tub o’zgarishlarga olib keldi. Burjuaziya qator
mamlakatlarda   arxiv   ishlarini   markazlashtirdi.   Arxivlarni   boshqarish
uchun maxsus muassasalar ta’sis etildi. Masalan, 1794 yilda Fransiyada
Konvent   maxsus   dekret   qabul   qilib,   markaziy   davlat   arxivini   tashkil
etdi.   Mazkur   arxivga   umumdavlat   boshqaruv   organlarining   hujjatlarini
topshirish   shart   etib   qo’yildi.   Joylardagi   davlat   organlari   hujjatlari
departamentlar   arxivlariga   topshirilishi   shart   edi.   Fransiyada   arxiv   ishi sohasidagi bu islohot qator boshqa davlatlar uchun namuna bo’ldi. Ular
ham Fransiya singari davlat arxiv tizimini yaratdilar. Lekin Angliya va
AQSh   singari   mamlakatlarda   o’sha   vaqtda   ham,   hozir   ham   yagona
davlat   arxiv   tizimi   barpo   qilinmadi.   Bu   yerdagi   markaziy,   viloyat   va
shahar   arxivlarining   har   biri   mustaqil   ravishda   faoliyat   ko’rsatib
kelmoqda.   XIX   asrda   qator   Yevropa   mamlakatlari   va   AQShda
arxivlarining   eshiklari   tadqiqotlar   uchun   ochildi.   Natijada   arxiv
hujjatlaridan   ilmiy   maqsadlarda   foydalanish   va   ularni   nashr   etish
imkoniyati   paydo   bo’ldi.   Ko’p   mamlakatlarda   maxsus   arxivshunos
kadrlarni   tayyorlash   yo’lga   qo’yildi.   1821   yilda   Fransiyada   ilk   arxiv
instituti – Xartiyalar maktabi ochildi. Hozirgi kunda jahonnning barcha
mamlakatlarida   minglab   arxivlar   faoliyat   ko’rsatmoqda.   Ularning
orasida   har   bir   davlatning   markaziy   (yoki   milliy)   arxivlari   o’zlarining
noyob hujjatlarga boyligi bilan ajralib turadi. Londondagi Davlat arxivi,
Parijdagi   Milliy   arxiv,   Rimdagi   Markaziy   davlat   arxivi,   Koblens
shahridagi   Federal   Arxiv   (GFR),   Vashingtondagi   Milliy   arxiv,
Moskvadagi   Rossiya   Markaziy   davlat   arxivi,   Dehlidagi   Milliy   arxiv,
Qohiradagi Markaziy davlat arxivi jahondagi eng yirik arxivlar qatoriga
kiradi. O’zbekiston arxivlari jahondagi eng yirik arxivlar bilan yaqindan
aloqa   o’rnatganlar.   Masalan,   2003   yilda   O’zbekiston   Respublikasi
Vazirlar   Mahkamasi   huzuridagi   Bosh   Arxiv   boshqarmasi   AQShning
Xolokast   yodgorligi   kengashi   va   uning   Vashingtondagi   muzeyi
o’rtasida arxiv sohasi bo’yicha bitim imzolandi. Hozirgi kunda arxivlar
butun   jahon   miqyosida   o’z   faoliyatlarini   muvofiqlashtirib,   hamkorlik
qilmoqdalar.   1948   yilda   YuNESKO   qoshida   Xalqaro   Arxiv   Kengashi
tashkil   etildi.   O’zbekiston   arxiv   muassasalari   ham   mazkur   xalqaro tashkilotning a’zosidir. Xalqaro Arxiv Kengashi turli davlatlar arxivlari
o’rtasida   4   aloqalarni   yo’lga   qo’yish,   hujjatlarni   saqlash   va   ularni
himoya   qilish   borasida   katta   ishlarni   amalga   oshirmoqda.   Bu   xalqaro
tashkilot 1981 yildan boshlab “Archivum” nomli jurnal nashr etmoqda.
Parijda   arxivshunoslarning   xalqaro   kursi   faoliyat   ko’rsatmoqda.
                   Buxoro, Xiva va Qo’qon xonliklarining  XIX asrgacha bo’lgan
hujjatlari   baxtga   qarshi   bizgacha   yetib   kelmagan.   Xonliklar
hukmronligining   so’nggi   davri   (asosan   XIX   asr   oxiri   va   XX   asr
boshlari)   ga   oid   hujjatlar   qisman   saqlanib   qolgan.   1873   yilda   chor
qo’shinlarining   Xivaga   qilgan   yurishida   qatnashgan   sharqshunos   A.
Kun   xon   saroyini   tintuv   qilish   chog’ida   300   ga   yaqin   kitob   (sharq
qo’lyozmalari)   va   har   xil   hujjatlarni   yig’ib   oladi.   Hujjatlar   asosan
xonning   kirim   va   chiqimlari   haqida   ma’lumot   beruvchi   materiallar,
diplomatik   yozishmalar   va   bir   qancha   vaqfnoma   hamda   mulkiy
yorliqlardan   iborat   edi.   Xiva   xoni   arxivini   o’rgangan   A.   Kun   o’z
vaqtida   uning   to’liq   emasligini   va   hujjatlar   asosan   xonlik   tarixining
so’nggi   davriga   oid   ekanligini   qayd   qilgan   edi.   Xiva   xoni   arxivi   va
kutubxonasini   shoshilinch   tarzda   ko’rib   chiqqan   A.   Kun   ayrim
hujjatlarni Rossiya Fanlar Akademiyasining Osiyo muzeyiga topshirish
uchun   tanlab   oladi,   qolganini   esa   general   fon   Kaufman   imperatorning
Sankt-Peterburgdagi   Xalq   kutubxonasiga   (hozirgi   Saltikov-Shchedrin
nomidagi   Xalq   kutubxonasi)   ga   sovg’a   qilib   yuboradi.   Shundan   so’ng
Xiva   xonining   arxivi   hammaning   esidan   chiqdi.   Ularni   1936   yilda
eslatib o’tilgan kutubxonada tadqiqot ishlarini olib borgan sharqshunos
olim   P.   Ivanov   topdi.   Ayni   paytda   P.   Ivanov   kutubxonaning
qo’lyozmalar   fondida   saqlanayotgan   hujjatlarning   bir   qismi   Qo’qon xonligiga   tegishli   ekanligini   ham   aniqladi.   P.   Ivanov   tomonidan
hammasi bo’lib turli kattalik va hajmdagi 120 ta daftar topildi. Hujjatlar
1822-1872  yillarga   tegishli   edi.  Qo’qon  xonligi   arxivining   taqdiri   ham
shunga   o’xshashdir.   Xudoyorxonning   1875   yilda   Qo’qondan   qochishi,
yo’lda   uning   karvonini   talanishi,   Qo’qondagi   xon   saroyini
qo’zg’olonchilar   tomonidan   talon-taroj   qilinishi   natijasida   arxiv
hujjatlarining   asosiy   qismi   nobud   bo’ldi.   Uning   saqlanib   qolgan   qismi
esa   Qo’qonni   zabt   etgan   ruslar   qo’liga   o’tadi.   General   fon   Kaufman
Qo’qon xoni arxivining saqlanib qolgan hujjatlarini nomi yuqoriida zikr
etilgan Sankt-Peterburgdagi kutubxonaga va qisman Toshkentdagi Xalq
kutubxonasiga   taqdim   etadi.   Keyinchalik   Toshkent   Xalq   kutubxonasi
( hozirgi A. Navoiy nomli O’zbekiston milliy kutubxonasi) dagi barcha
sharq   qo’lyozmalari   O’zbekiston   Fanlar   Akademiyasi   Sharqshunoslik
instituti   fondiga   topshirilgan.   Sankt-Peterburgdagi   Saltikov   Shchedrin
kutubxonasining   qo’lyozmalar   fondidagi   Qo’qon   va   Xiva   xonliklariga
tegishli   arxiv   hujjatlari   1962   yilda   Toshkentga   qaytarilgan   va   hozirgi
kunda   O’zbekiston   Respublikasi   Markaziy   arxivi   fondlarida
saqlanmoqda. Qo’qon xoni arxivi haqida tarixchi olima A. L. Troiskaya
1968   yilda   “Katalog   arxiva   kokandskix   xanov   XIX   v.”   nomli   kitobini
e’lon   qildi.   Mazkur   kitobda   mingdan   ko’proq   hujjatlarning   tavsifi
keltirilgan.   Qo’qon   xonligi   arxivi   hujjatlarini   o’rganish   borasida   t.f.d.,
prof. A. Nabiyevning xizmatlari kattadir. Xonliklar davrida arxivlarning
ahvoli  9 Buxoro  amirligi  arxivi  haqida uzoq vaqt  hyech narsa ma’lum
emas   edi.   Faqatgina   1931   yilning   dekabrida   Buxoro   arkidagi   suvab
tashlangan yerto’lada arab alifbosida, fors-tojik tilida yozilgan nomalar
betartib   xolda   topildi.   Dastlab   bu   materiallar   Buxoro   muzeyiga keltirilib,   chek   tarzida   saralanadi   va   tartibga   keltiriladi.   1937-1938
yillarda   77764   ta   maktub   O’zbekiston   SSR   Markaziy   Davlat   arxiviga
o’tkaziladi   va   bu   majmuaga   Buxoro   amiri   Qushbegiisi   fondi   deb   nom
beriladi.   Buxoro   amiri   Qushbegisi   arxividagi   hujjatlar   XIX   asr
oxirlaridan   to   1920   yilgacha   bo’lgan   davrga   taalluqlidir.   Ular   orasida
Buxorodagi   Rossiya   siyosiy   agentligi   bilan   ichki   va   tashqi   siyosiy
masalalarga   doir   diplomatik   yozishmalar,   mansabdor   shaxslarning
joylardagi   ahvol   haqidagi   xabarlari,   soliqlar,   xalq   sayillarini   o’tkazish,
jinoyat-qidiruv,   dehqonlar   qo’zg’olonlari,   amirlikka   olimlar,   harbiylar,
chet   elliklarning   kelishi,   qo’shinlarning   bir   joydan   ikkinchi   joyga
ko’chirilishi,   lavozimga   tayinlash   haqidagi   yorliqlar   va   boshqa
hujjatlarni   uchratish   mumkin.   Fond   majmualari   orasida   faqatgina
Qushbegiga   yuborilgan   materiallar   bo’lmay,   qozikalon   va   amir
xazinasini   yurituvchi   devonbegiga   oid   rasmiy   hujjatlar   ham   mavjud.
Buxoro amirligi  arxivi ustida ishlash  amirlikning XIX asr oxiri va XX
asr boshlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy tarixni yoritishda muhim o’rin tutadi.
Hozirgi   kunda   sharqshunos-olimlarning   bir   guruhi   mazkur   hujjatlarni
o’rganish,   tahlil   etish,   tarjima   qilish   va   ilmiy   muomalaga   kiritish
bo’yicha ish olib bormoqda. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, O’rta
Osiyo hududida arxivlar qadimgi zamonlardan mavjud bo’lgan. Ammo
turli   sabablarga   ko’ra   bu   arxivlarning   ko’pchiligi   bizgacha   yetib
kelmagan.   Biz   hozirgi   kunda   Xorazm   podsholari   va   So’g’d   davlati
arxivlarining ayrim hujjatlarini, shuningdek XVI-XIX asr vaqf hujjatlari
hamda   qisman   XIX   asrga   tegishli   Xiva,   Qo’qon   xonliklari   va   Buxoro
amirligi   arxivlariga   mansub   hujjatlar   bilan   tanishish   imkoniyatiga
egamiz.         Turkiston   o’lkasidagi   bosh   muassasa   1867   yilda   tuzilgan   general-
gubernatorlik  mahkamasi  edi. 1870 yilga qadar mahkamada hujjatlarni
qayerda va qay tarzda saqlash, umuman saqlashga zarurat bormi, degan
masala   bilan   hyech   kim   qiziqmagan.   Faqat,   1870   yili   mahkamada
shtatlarning oshishi bilan “jurnalist” (ham arxivshunos, ham ekzekutor)
lavozimini   ta’sis   etish   taklif   etildi.   Xudi   shu   yili   1867-1869   yillarga
tegishli   bir   qism   hujjatlarni   arxivga   topshirish   mo’ljallanadi.   Ammo
hujjatlar   topshirilmasdan   qoladi,   chunki   buning   uchun   maxsus   xona
yo’q   edi.   Hujjatlar   yetti   yil   mobaynida   bosmaxona   binosida   qayd-
yozuvlarsiz   yotadi,   foydalanishga   esa   yo’l   qo’yilmaydi.   1877   yil
mahkamada   qo’shimcha   binolar   qurilishi   bilanoq   ikkita   xona   arxiv
uchun   ajratiladi.   1882   yili   mahkama   amaldorlaridan   tuzilgan   maxsus
komissiya   1867-1882   yillarda   to’lg’azilgan   9968   ta   hujjatni
bo’limlardan olib arxivga topshiradi. Arxivga qonun-qoidalarga binoan
har   yili   tugallangan   hujjatlar   qabul   qilinishi   lozim   edi.   1904   yilda
maxsus   komissiya   general-gubernatorlik   idorasining   arxivini   tekshirib
chiqib,   hujjatlar   bo’limlardan   betartib   keltirilgani,   muqovalari   yirtiq
ekani,   qayd-yozuvlar   noto’g’ri   Chorizm   hukmronligi   davrida
Turkistondagi arxivlarning ahvoli 13 to’lg’azayotganini qayd etgan edi.
Turkiston   o’lkasi   dagi   boshqa   yirik   muassasalarning   arxivlari   xaroba
xolda   edi.   1907   yilda   Sirdaryo   viloyatining   arxivi   joylashgan   xona
yaroqsiz   va   buzishga   loyiq,   deb   topildi.   Bu   arxivdagi   2   mingdan   ortiq
hujjatlarning aksar qismi viloyat amaldorlari hamda hujjatlarni saralash
va   yo’qotish   uchun   tuzilgan   maxsus   “komissiya”   tomonidan   nobud
qilinadi. Qolgan viloyatlarda ham arxiv ishlari o’lda-jo’lda edi. Viloyat
boshqarmalari   mahkamalarida,   garchi   materiallar   soni   va   salmog’i ancha   bo’lsa-da,   arxivlar   uchun   maxsus   odamlar   ajratilmagan   edi.   Fa-
qat,   1881   yilda   Kaufmanning   “ojizona   hisobot   loyiha”sida   viloyat
boshqarmalari   mahkamalarida   jurnalist-arxivchi   lavozimini   ta’sis   etish
masalasida   qo’yiladi.   Graf   K.   Palen   1908-1909   yillarda   Turkiston
o’lkasini taftish etib, o’z hisobotida uyezd idoralarida ham arxiv ishlari
yomon   ahvolda   ekanligini   qayd   qiladi.   Jumladan,   Andijon   uyezd
boshqarmasida   arxiv   hujjatlari   pastak,   tomi   loysuvoq,   zax   saroyda
joylashtirilgan   ekan.   Bu   binoning   omonatligi   bois   1902   yilning
dekabrida sodir bo’lgan zilzila paytida tomi ag’anab tushib, hujjatlar loy
va   tuproqqa   qorishib   qoladiki,   ularni   yoqib   yuborishdan   boshqa   chora
qolmaydi. Taftish bo’yicha hisobotda ayrim hujjatlar, xatto ba’zi uyezd
boshqarma   mahkamalarida   butun-butun   ishlar   yo’qolayotgani   aytiladi.
Taftishchilar   Samarqand,   Farg’ona   va   boshqa   viloyatlarda   ko’pgina
volost mahkamalari  mirzolari  mahkamaviy  tartib  haqida hyech qanday
tasavvurga   ega   emas,   degan   xulosaga   keldi.   Kelgan   va   ketgan   xatlar
ro’yxat   qilib   borilmagan,   tugallangan   ishlarga   qayd-yozuvlar
qo’yilmagan   edi.   Mahalliy   tashkilotlar   –   qozilar,   boylar,   oqsoqollar
hujjatlari   joylarda   1917   yilga   qadar   saqlanib   qoldi.   Lekin   bundan
keyingi   voqyealar,   ya’ni   inqilob,   fuqarolar   urushi   va   istiqlolchilik
harakati   davrida   ularning   ko’pi   yo’q   bo’lib   ketdi.   Shunday   qilib   chor
Rossiyasi   mustamlakachiligi   davrida   hujjatlarni   saqlash   ishi   yaxshi
yo’lga   qo’yilmagan   edi.   Lekin   bundan   qat’i   nazar,   bizgacha   yetib
kelgan   hujjatli   materiallarda   Turkiston   o’lkasi   gubernatorlik   siyosiy-
iqtisodiy   va   madaniy   hayotining   barcha   tomonlarini   qamrab   olgan
ma’lumotlar   mavjud.   Bu   haqda   O’zbekiston   Respublikasi   Markaziy
Davlat arxivining inqilobdan oldingi fondlari guvohlik beradi. Ular XIX asrning   ikkinchi   yarmidan   to   1917   yilgacha   bo’lgan   O’rta   Osiyo
xalqlari   tarixini   o’rganishda   bebaho   manba   bo’lib   xizmat   qiladi.
Mazkur   fondlar   o’lkaning   o’sha   davrdagi   ma’muriy   tuzilishi,
Rossiyaning   Afg’oniston,   Eron,   Buxoro   va   Xiva   bilan   diplomatik   va
iqtisodiy   munosabatlarini,   o’lkada   tog’-qazilma   boyliklari   va   paxtani
qayta ishlash sanoatining vujudga kelishi va xalq maorifi ahvolini teran
o’rganishga   imkoniyat   beradi.   Arxiv   fondlarining   katta   qismi   o’lkada
inqilobiy   harakatning   o’sishi,   1905-1907   yilgi   voqyealar,   1912   yilgi
sapyorlar   qo’zg’oloni,   1917   yil   fevralg’   inqilobi,   Toshkentdagi
sentyabrg’   voqyealari   haqida   Муаммоли   савол:   Мустамлака
Туркистонда   архив   ишида   қандай   нуқсонлар   мавжуд   эди?   14
hikoya   qiladi.   Arxivdagi   O’rta   Osiyo   xalqlarining   milliy-ozodlik
kurashi,   ilg’or   rus   olimlarining   Turkistondagi   faoliyati   haqidagi
materiallar,  shuningdek  generalgubernatorlik  fondidagi  ko’plab boshqa
hujjatlar   ilmiy-tarixiy   jihatdan   nihoyatda   qimmatlidir.   Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Alimov I va B. Arxivshunoslik. Toshkent, 1997.
2.  Asqarov A. O’zbekiston tarixi. Toshkent, 1994.
3.  Is’hoqov M. Unutilgan podsholikdan xatlar. Toshkent, 1992. 
4. Oronyuk B., Aliyev B. Arxivlar – hujjatlar qal’asidir // Sharq 
yulduzi. 
5. Nabiyev R. Iz istorii Kokandskogo xastva. Toshkent, 1973. 
6. Troiskaya A. L. Katalog arxiva kokandskix xanov. Moskva, 1968. 
7. Ivanov P. P. Arxiv xivinskix xanov //Zapisi IV AN SSSR. T-7. 
Moskva, 1939. 
8. Muxsinova K. Opqt rabotq po uporyadocheniyu fonda «Kushbegi 
emira Buxarskogo» // nauchno-metodicheskiy byulleteng’ Arivnogo 
upravleniya MVD UzSSR. 1955. №3,

Mavzu : O ’ rta osiyo xonliklarida arxiv ishi Reja: 1. Arxiv haqida umumiy ma’lumot 2. O’rta osiyo xonliklaridagi arxivlar holati 3. Chorizm hukmronligi davrida Turkistondagi arxivlarning ahvoli Insoniyat taraqqiyotining muayyan bosqichida xo’jalik va ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishi ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishiga hamda davlatchilikning vujudga kelishiga olib keldi. Deyarli bir vaqtda

ijtimoiy zarurat tufayli yozuv ham paydo bo’ldi. Qadimiy davlatlar o’zlarining ijtimoiy funksiyalarini bajarish jarayonida turli hujjatlar (qonunlar, farmonlar, mulk va soliq hisobotlari va h.) yaratish hamda ularni saqlashga ehtiyoj sezdilar. Shu tariqa hujjatlarni saqlaydigan muassasalar – arxivlar paydo bo’ldi. “Arxiv” atamasi lotincha “arxivum” so’zidan olingan bo’lib, o’zbek tilida “mahkama”, “muassasa” degan ma’noni bildiradi. Lekin bu so’z hozirgi kunda boshqacha ma’noda qo’llaniladi. Arxiv deganda biz odatda faqat hujjatlar saqlanadigan muassasani tushunamiz. Arxivlarda turli idoralar, korxonalar, tashkilotlar, shu-ningdek ayrim shaxslar faoliyati jarayonida yaratilgan va to’plangan hujjatlar va materiallar saqlanadi. Arxeologik tadqiqotlarning guvohlik berishicha, arxivlar qadimgi zamonlarda, yozuv paydo bo’lishi bilan bir vaqtda vujudga kelgan. Mesopotamiya, Misr va Kichik Osiyoda ibodatxonalar va quldorlar saroylarida dastlabki arxivlar mavjud bo’lganligi aniqlandi. Bu arxivlarda o’sha davrdagi qonunlar matni, sud hujjatlari, podsholarning farmoyishlari va boshqa hujjatlar saqlanar edi. Mazkur hujjatlar sopol lavhlarga, randalangan taxtachalarga, papirus va oshlangan charm (pergament) ga bitilgan. Qadimgi Yunonistonning Knoss shahri xarobalarida (Krit oroli) yirik arxivning qoldiqlari topildi. Antik davrda Afina shahridagi arxivlar, ayniqsa, Metroon ibodatxonasi qoshidagi arxiv dong taratgan edi. Qadimgi Rimda arxivlar dastlab kohinlar tasarrufida bo’lgan. Rimdagi eng qadimiy arxiv Senat arxivi bo’lib, bu hujjatgoh Saturn ibodatxonasida joylashgan edi. Mazkur arxivda senat va respublika mahkamalarining hujjatlari, senzorlarning aholini ro’yxatga olishi bilan bog’liq materiallar va boshqa muhim hujjatlar saqlanardi. Rim saltanati

davrida esa yozma hujjatlar saqlanadigan arxiv imperatorlar saroyida Arxivlar haqida umumiy tushuncha Arxivlarning vujudga kelishi va rivojlanish tarixiga bir nazar Муаммоли савол: Архивлар қачон ва нима сабабдан пайдо бўлди? 3 joylashtirildi. G’arbiy Rim saltanitining halokatidan so’ng Rim imperatorlari arxivining davomchisi Vizantiya arxivi bo’ldi. Ilk o’rta asrlarda G’arbiy Yevropada qirollar, yirik feodallar va monastirlarning arxivlari vujudga keldi. Ularning orasida eng yirigi V asarda tashkil etilgan Vatikan arxivi hisoblanadi. Vatikan arxivi hozirgi kunda ham mavjud bo’lib, bu yerda Yevropaning o’rta asrlar tarixini o’rganish uchun zarur bo’lgan nodir va qimmatli hujjatlar majmuasi saqlanmoqda. Yevropada markazlashgan davlatlarning tashkil topishi va rivojlanishi natijasida mayda arxivlarning yiriklashish jarayoni kuzatiladi. Qirollar arxivlari bo’ysundirilgan feodallarning arxivlari hisobiga kengayib bordi. Qirollar arxivlari g’oyat maxfiy tarzda saqlanar edi. Yevropada qirolik hokimiyatining kuchayishi va umumdavlat boshqaruv muassasalarining shakllanib borishi natijasida muassasa arxivlari paydo bo’ldi. Muassasa arxivlarining faoliyati o’zaro bog’lanmaganligi oqibatida hujjatlar nihoyatda tarqoq holda saqlanar edi. XVIII-XIX asrlardagi burjua inqiloblari arxiv ishlarida tub o’zgarishlarga olib keldi. Burjuaziya qator mamlakatlarda arxiv ishlarini markazlashtirdi. Arxivlarni boshqarish uchun maxsus muassasalar ta’sis etildi. Masalan, 1794 yilda Fransiyada Konvent maxsus dekret qabul qilib, markaziy davlat arxivini tashkil etdi. Mazkur arxivga umumdavlat boshqaruv organlarining hujjatlarini topshirish shart etib qo’yildi. Joylardagi davlat organlari hujjatlari departamentlar arxivlariga topshirilishi shart edi. Fransiyada arxiv ishi

sohasidagi bu islohot qator boshqa davlatlar uchun namuna bo’ldi. Ular ham Fransiya singari davlat arxiv tizimini yaratdilar. Lekin Angliya va AQSh singari mamlakatlarda o’sha vaqtda ham, hozir ham yagona davlat arxiv tizimi barpo qilinmadi. Bu yerdagi markaziy, viloyat va shahar arxivlarining har biri mustaqil ravishda faoliyat ko’rsatib kelmoqda. XIX asrda qator Yevropa mamlakatlari va AQShda arxivlarining eshiklari tadqiqotlar uchun ochildi. Natijada arxiv hujjatlaridan ilmiy maqsadlarda foydalanish va ularni nashr etish imkoniyati paydo bo’ldi. Ko’p mamlakatlarda maxsus arxivshunos kadrlarni tayyorlash yo’lga qo’yildi. 1821 yilda Fransiyada ilk arxiv instituti – Xartiyalar maktabi ochildi. Hozirgi kunda jahonnning barcha mamlakatlarida minglab arxivlar faoliyat ko’rsatmoqda. Ularning orasida har bir davlatning markaziy (yoki milliy) arxivlari o’zlarining noyob hujjatlarga boyligi bilan ajralib turadi. Londondagi Davlat arxivi, Parijdagi Milliy arxiv, Rimdagi Markaziy davlat arxivi, Koblens shahridagi Federal Arxiv (GFR), Vashingtondagi Milliy arxiv, Moskvadagi Rossiya Markaziy davlat arxivi, Dehlidagi Milliy arxiv, Qohiradagi Markaziy davlat arxivi jahondagi eng yirik arxivlar qatoriga kiradi. O’zbekiston arxivlari jahondagi eng yirik arxivlar bilan yaqindan aloqa o’rnatganlar. Masalan, 2003 yilda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh Arxiv boshqarmasi AQShning Xolokast yodgorligi kengashi va uning Vashingtondagi muzeyi o’rtasida arxiv sohasi bo’yicha bitim imzolandi. Hozirgi kunda arxivlar butun jahon miqyosida o’z faoliyatlarini muvofiqlashtirib, hamkorlik qilmoqdalar. 1948 yilda YuNESKO qoshida Xalqaro Arxiv Kengashi tashkil etildi. O’zbekiston arxiv muassasalari ham mazkur xalqaro

tashkilotning a’zosidir. Xalqaro Arxiv Kengashi turli davlatlar arxivlari o’rtasida 4 aloqalarni yo’lga qo’yish, hujjatlarni saqlash va ularni himoya qilish borasida katta ishlarni amalga oshirmoqda. Bu xalqaro tashkilot 1981 yildan boshlab “Archivum” nomli jurnal nashr etmoqda. Parijda arxivshunoslarning xalqaro kursi faoliyat ko’rsatmoqda. Buxoro, Xiva va Qo’qon xonliklarining XIX asrgacha bo’lgan hujjatlari baxtga qarshi bizgacha yetib kelmagan. Xonliklar hukmronligining so’nggi davri (asosan XIX asr oxiri va XX asr boshlari) ga oid hujjatlar qisman saqlanib qolgan. 1873 yilda chor qo’shinlarining Xivaga qilgan yurishida qatnashgan sharqshunos A. Kun xon saroyini tintuv qilish chog’ida 300 ga yaqin kitob (sharq qo’lyozmalari) va har xil hujjatlarni yig’ib oladi. Hujjatlar asosan xonning kirim va chiqimlari haqida ma’lumot beruvchi materiallar, diplomatik yozishmalar va bir qancha vaqfnoma hamda mulkiy yorliqlardan iborat edi. Xiva xoni arxivini o’rgangan A. Kun o’z vaqtida uning to’liq emasligini va hujjatlar asosan xonlik tarixining so’nggi davriga oid ekanligini qayd qilgan edi. Xiva xoni arxivi va kutubxonasini shoshilinch tarzda ko’rib chiqqan A. Kun ayrim hujjatlarni Rossiya Fanlar Akademiyasining Osiyo muzeyiga topshirish uchun tanlab oladi, qolganini esa general fon Kaufman imperatorning Sankt-Peterburgdagi Xalq kutubxonasiga (hozirgi Saltikov-Shchedrin nomidagi Xalq kutubxonasi) ga sovg’a qilib yuboradi. Shundan so’ng Xiva xonining arxivi hammaning esidan chiqdi. Ularni 1936 yilda eslatib o’tilgan kutubxonada tadqiqot ishlarini olib borgan sharqshunos olim P. Ivanov topdi. Ayni paytda P. Ivanov kutubxonaning qo’lyozmalar fondida saqlanayotgan hujjatlarning bir qismi Qo’qon