logo

Arxiv ro’yxatlari

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

26.0869140625 KB
Arxiv ro’yxatlari
REJA:
1. Arxiv ro’yxatlarining vazifalari
2. Ro’yxat tuzish usullari
3. Ro’yxatni tuzishda differensial yondashuv Ro’yxatlarning   vazifasi Ro’yxatlar   bir   vaqtning   o’zida   ham   hisob   hujjati   hamda
hujjatlarning   mazmuni   haqidagi   ma’lumotnomadir.   Arxiv   ro’yxati   –   bu
ma’lum   bir   fondda   saqlanayotgan   yig’majildlarning   sarlavhasi   va   boshqa
ma’lumotlarni o’zida aks ettirgan ma’lumotnoma hisoblanadi. 
Ro’yxatlar   bir   vaqtning   o’zida   3   xil   vazifani   bajaradi:   yig’majildlar
hisobini   ta’minlash,   ularning   fondlar   ichidagi   tizimini   ta’minlash,   ularnin
tarkibi   va   mazmunini   aks   ettirish.   Ro’yxatlar   birlamchi   ma’lumotnoma
bo’lib,   boshqa   axborot-qidiruv   ma’lumotnomalari   bo’lmish   kataloglar,
yo’lko’rsatkichlar va arxiv sharhlarini tuzish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Ro’yxatlar tuzish usullari Yig’majildlar   ro’yxati   2   qismdan,   ya’ni   ro’yxatning
o’zidan
va   unga
doir   ko’makchi   ma’lumotnoma   apparatidan   iboratdir.   Ro’yxatning   tavsifiy
qismi   har   bir   yig’majild   haqida   ma’lumot   beradi.   Ro’yxat   yakuniy   yozuv
bilan   nihoyasiga   yetadi,   unda   mazkur   ro’yxatdagi   yig’majildlar   soni
ko’rsatiladi.
Ro’yxatning   ko’makchi   ma’lumotnoma   apparati   titul   varaqasi,   so’zboshi,
qisqartirilgan so’zlar ro’yxati va mundarijadan iborat bo’ladi.
Ro’yxat quyidagi materiallar majmuiga tuziladi:
1. Fondning   1   yillik   materiallarning   ma’lum   bir   qismiga
(strukturaviy   yoki   funksional   tamoyildan   kelib   chiqqan
holda);
2. Fondning 1 yillik materiallarining barchasiga;Му ам м ол и савол :  А рхив рў йхатл ари қ андай
ваз иф ал арни баж аради ?  3. Birlashgan arxiv fondi yoki arxiv kolleksiyalari materiallariga
(agar bu materiallarning miqdori ko’p bo’lmasa).
Alohida ro’yxatlar quyidagi materiallar uchun tuziladi:
1. muassasaning shaxsiy tarkibiga oid materiallarga;
2. uzoq   muddat   (10   yildan   ko’p)   saqlanishi   kerak   bo’lgan
materiallarga;
3. mazkur   fondning   hujjatlariga   ilmiy-ma’lumotnoma   apparati   bo’lib
xizmat qiluvchi materiallarga
Davlat arxivlarida ro’yxatlar ikki nusxada tuziladi. Ulardan biri daxlsiz
bo’lib,   ikkinchisi   foydalanish   uchun   mo’ljallangan.   Arxivlarda   ro’yxatlar
hisob   bo’limida   saqlanadi   va   fondlar   tartibi   bo’yicha   joylashtiriladi.   Fond
doirasida   esa   ro’yxatlar   raqam   tartibiga   qarab   joylashtiriladi.   Ro’yxatlar   va
fondlar to’g’risidagi umumiy ma’lumotlarni topish uchun qulaylik tug’dirish
maqsadida ro’yxatlar reyestri tuziladi.
Ro’yxatlar  tuzishning turli  usullari  mavjuddir. O’zbekiston  arxivlarida
ro’yxatlarni alohida varaqlarga yozish (listovaya forma) ko’proq qo’llaniladi.
Ro’yxatlarning   tavsifiy   qismida   yig’majildning   raqami,   indeksi,
sarlavhasi,   hujjatlarning   tashqi   belgilari,   asl   nusxa   ekanligi,   yaratilish   usuli,
annotasiya, sanalari hamda varaqlarning umumiy miqdori ko’rsatiladi.
Yig’majildning   muqovasida   keltirilgan   barcha   ma’lumotlarning
to’g’riligi tekshirib ko’rilgach, yig’majild ro’yxatiga kiritiladi. Bir necha jild
(tom) dan iborat yig’majildning hir bir jildiga alohida tartib raqami beriladi.
Ro’yxatga   yig’majildning   sarlavhasi   uning   muqovasida   qanday
berilgan   bo’lsa,   shunday   yoziladi.   Hyech   qanday   o’zgarishlar   yoki
qisqartirishlarga   yo’l   qo’yilmaydi.   Yig’majildda   annotasiya   mavjud   bo’lgan
taqdirda   u   sarlavhadan   so’ng   yangi   satrdan   yoziladi.   Shu   yerda
yig’majildning  tashqi  belgilari  ham  aks ettiriladi.  Sanalar  sarlavhadan  so’ng yoziladi.   «Izoh»   nomli   grafada   yig’majildlarning   jismoniy   holati,   ayrim
yig’majildlar   yoki   hujjatlarning   boshqa   fondga   o’tkazilganligi   qayd   etiladi.
Shu   joyning   o’ziga   yig’majildning   mikrofilpmlashtirilganligi,   ko’chirma
nusxalarinin   mavjudligi,   xorijiy   tillardan   tarjima   qilinganligi   va   qiyin
matnlarning rasshifrovkasi (izohi) haqidagi ma’lumotnoma yoziladi. Ro’yxat
yakunlovchi   yozuv   bilan   nihoyasiga   yetadi.   Yakuniy   yozuvda
yig’majildlarning   miqdori   va   raqam   tartibi,   sana,   tuzuvchining   ismi-sharifi,
Piter varaqalarning mavjudligi qayd etiladi. Yig’majildlar miqdori raqam va
so’zlar bilan yoziladi.
Ro’yxatlarni tuzishda differensial yondashuv Ro’yxat   fondlarning   ahamiyati   va
axborotga   boyligini   hisobga   olgan   holda   tuziladi.   Birinchi   va   ikkinchi
kategoriyali   fondlar   birinchi   navbatda   ro’yxatga   olinadi   va   batafsil
tavsiflanadi.   Uchinchi   kategoriyali   yig’majildlarni   tavsiflashda   axborot
unsurlari ozroq bo’lishi mumkin. Manbalar va adabiyotlar
Alimov I va b. Arxivshunoslik.  Toshkent, 1997.
Teoriya i praktika arxvnogo dela v SSSR.  Moskva, 1980.

Arxiv ro’yxatlari REJA: 1. Arxiv ro’yxatlarining vazifalari 2. Ro’yxat tuzish usullari 3. Ro’yxatni tuzishda differensial yondashuv

Ro’yxatlarning vazifasi Ro’yxatlar bir vaqtning o’zida ham hisob hujjati hamda hujjatlarning mazmuni haqidagi ma’lumotnomadir. Arxiv ro’yxati – bu ma’lum bir fondda saqlanayotgan yig’majildlarning sarlavhasi va boshqa ma’lumotlarni o’zida aks ettirgan ma’lumotnoma hisoblanadi. Ro’yxatlar bir vaqtning o’zida 3 xil vazifani bajaradi: yig’majildlar hisobini ta’minlash, ularning fondlar ichidagi tizimini ta’minlash, ularnin tarkibi va mazmunini aks ettirish. Ro’yxatlar birlamchi ma’lumotnoma bo’lib, boshqa axborot-qidiruv ma’lumotnomalari bo’lmish kataloglar, yo’lko’rsatkichlar va arxiv sharhlarini tuzish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Ro’yxatlar tuzish usullari Yig’majildlar ro’yxati 2 qismdan, ya’ni ro’yxatning o’zidan va unga doir ko’makchi ma’lumotnoma apparatidan iboratdir. Ro’yxatning tavsifiy qismi har bir yig’majild haqida ma’lumot beradi. Ro’yxat yakuniy yozuv bilan nihoyasiga yetadi, unda mazkur ro’yxatdagi yig’majildlar soni ko’rsatiladi. Ro’yxatning ko’makchi ma’lumotnoma apparati titul varaqasi, so’zboshi, qisqartirilgan so’zlar ro’yxati va mundarijadan iborat bo’ladi. Ro’yxat quyidagi materiallar majmuiga tuziladi: 1. Fondning 1 yillik materiallarning ma’lum bir qismiga (strukturaviy yoki funksional tamoyildan kelib chiqqan holda); 2. Fondning 1 yillik materiallarining barchasiga;Му ам м ол и савол : А рхив рў йхатл ари қ андай ваз иф ал арни баж аради ?

3. Birlashgan arxiv fondi yoki arxiv kolleksiyalari materiallariga (agar bu materiallarning miqdori ko’p bo’lmasa). Alohida ro’yxatlar quyidagi materiallar uchun tuziladi: 1. muassasaning shaxsiy tarkibiga oid materiallarga; 2. uzoq muddat (10 yildan ko’p) saqlanishi kerak bo’lgan materiallarga; 3. mazkur fondning hujjatlariga ilmiy-ma’lumotnoma apparati bo’lib xizmat qiluvchi materiallarga Davlat arxivlarida ro’yxatlar ikki nusxada tuziladi. Ulardan biri daxlsiz bo’lib, ikkinchisi foydalanish uchun mo’ljallangan. Arxivlarda ro’yxatlar hisob bo’limida saqlanadi va fondlar tartibi bo’yicha joylashtiriladi. Fond doirasida esa ro’yxatlar raqam tartibiga qarab joylashtiriladi. Ro’yxatlar va fondlar to’g’risidagi umumiy ma’lumotlarni topish uchun qulaylik tug’dirish maqsadida ro’yxatlar reyestri tuziladi. Ro’yxatlar tuzishning turli usullari mavjuddir. O’zbekiston arxivlarida ro’yxatlarni alohida varaqlarga yozish (listovaya forma) ko’proq qo’llaniladi. Ro’yxatlarning tavsifiy qismida yig’majildning raqami, indeksi, sarlavhasi, hujjatlarning tashqi belgilari, asl nusxa ekanligi, yaratilish usuli, annotasiya, sanalari hamda varaqlarning umumiy miqdori ko’rsatiladi. Yig’majildning muqovasida keltirilgan barcha ma’lumotlarning to’g’riligi tekshirib ko’rilgach, yig’majild ro’yxatiga kiritiladi. Bir necha jild (tom) dan iborat yig’majildning hir bir jildiga alohida tartib raqami beriladi. Ro’yxatga yig’majildning sarlavhasi uning muqovasida qanday berilgan bo’lsa, shunday yoziladi. Hyech qanday o’zgarishlar yoki qisqartirishlarga yo’l qo’yilmaydi. Yig’majildda annotasiya mavjud bo’lgan taqdirda u sarlavhadan so’ng yangi satrdan yoziladi. Shu yerda yig’majildning tashqi belgilari ham aks ettiriladi. Sanalar sarlavhadan so’ng

yoziladi. «Izoh» nomli grafada yig’majildlarning jismoniy holati, ayrim yig’majildlar yoki hujjatlarning boshqa fondga o’tkazilganligi qayd etiladi. Shu joyning o’ziga yig’majildning mikrofilpmlashtirilganligi, ko’chirma nusxalarinin mavjudligi, xorijiy tillardan tarjima qilinganligi va qiyin matnlarning rasshifrovkasi (izohi) haqidagi ma’lumotnoma yoziladi. Ro’yxat yakunlovchi yozuv bilan nihoyasiga yetadi. Yakuniy yozuvda yig’majildlarning miqdori va raqam tartibi, sana, tuzuvchining ismi-sharifi, Piter varaqalarning mavjudligi qayd etiladi. Yig’majildlar miqdori raqam va so’zlar bilan yoziladi. Ro’yxatlarni tuzishda differensial yondashuv Ro’yxat fondlarning ahamiyati va axborotga boyligini hisobga olgan holda tuziladi. Birinchi va ikkinchi kategoriyali fondlar birinchi navbatda ro’yxatga olinadi va batafsil tavsiflanadi. Uchinchi kategoriyali yig’majildlarni tavsiflashda axborot unsurlari ozroq bo’lishi mumkin.

Manbalar va adabiyotlar Alimov I va b. Arxivshunoslik. Toshkent, 1997. Teoriya i praktika arxvnogo dela v SSSR. Moskva, 1980.