logo

Sovet davrida O’zbekistonda arxiv ishi

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

34.40234375 KB
Sovet davrida O’zbekistonda arxiv ishi
REJA:
1. Turkiston ASSRda arxiv ishi (1918-1924 yillar)
2. O’zbekiston   SSR   da   arxiv   ishining   tashkil   qilinishi   (1925-1940
yillar)
3. Ikkinchi jahon urushi yillari O’zbekiston arxivlarining ahvoli
4. 1946-1991 yillarda O’zbekistonda arxiv ishi Turkiston ASSRda arxiv ishi 1917 yil oktyabr to’ntarishidan so’ng arxivlar faoliyati
sohasida tub o’zgarishlar amalga oshirildi.
RSFSR   hukumati   1918   yil   1   iyunda   “Arxiv   ishini   qayta   qurish   va
markazlashtirish   to’g’risida”   dekret   qabul   qildi.   Bu   dekret   asosida   barcha
tarqoq arxivlar markazlashtirildi.
Turkistondagi   sobiq   arxivlar   tugatildi.   Arxiv   hujjatlari   Turkiston
ASSRning   yagona   Davlat   Arxiv   Fondi   (DAF)   ni   tashkil   etadi,   deb   e’lon
qilindi.   DAFni   boshqarish   uchun   Turkiston   Respublikasi   Arxiv   ishlari   bosh
boshqarmasi tashkil qilindi. Davlat idoralari bu boshqarmaning ruxsatisiz o’z
hujjatlarini   yo’q   qilish   huquqiga   ega   emas,   deb   ko’rsatildi.   Nafaqat   1917
yilga   qadar   yaratilgan   hujjatlar,   balki   sovet   idoralarida   tashkil   bo’lgan
hujjatlar   ham   DAFning   tarkibiy   qismi   deb   e’lon   qilindi.   Bu   hujjatlarni
nazorat qilib turish Arxiv ishlari bosh boshqarmasiga topshirildi. Boshqarma
Maorif xalq komissarligi xuzurida faoliyat ko’rsatar edi.
1919   yil   15   noyabrda   Turkiston   ASSR   Maorif   xalq   komissarligining
qarori bilan Arxiv ishlari markaziy boshqarmasi tuzildi. DAF tarkibiga 1917
yilga   qadar   yaratilgan   hujjatlar   bilan   birga   sovet   tashkilotlari   hujjatlari   ham
yig’ila   boshlandi.   Tashkilotlarda   hujjatlar   5   yil   saqlanishi,   keyin   davlat
arxivlariga  topshirilishi  belgilandi.  Bu qoida 1921  yil 30  sentyabrda kuchga
kirdi.
Joylarda viloyat arxiv fondlari tashkil etildi. Masalan, 1922 yil martda
Farg’onada, iyunda - Samarqandda, noyabrda – Yettisuvda, 1921 yil martda
Kaspiyorti viloyatlarida shunday fondlar tashkil qilindi. Му ам м ол и савол :  Сове т даврида архив ишида қ андай
иж обий ў з гаришл ар рўй бе рди? А рхивл ар ишида
қ андай сал бий ҳ ол атл ар м авж у д эди?  Markaziy   va   mahalliy   arxiv   tashkilotlarining   muhim   vazifasi   arxiv
hujjatlarini   qidirib   topish   va   yig’ish   edi.   1920-1921   yillarda   500dan   ortiq
fondlar   hisobga   olindi.   1921   yil   oxirigacha   davlat   arxivlariga   305   mingdan
ortiq, 1922 yilda esa yana 200 mingga yaqin hujjat topshirildi.
DAF hujjatlari ekspertiza qilinib, doimiy saqlash uchun ajratib olingan
hujjatlar   tartibga   solindi   va   ro’yxatlashtirildi.   1924   yilga   kelib   barcha
saqlanayotgan   arxiv   materiallarining   uchdan   bir   qismi   tartibga   solib
bo’lingan edi.
Arxiv hujjatlarini tartibga solish, ulardan ilmiy va amaliy maqsadlarda
foydalanish   imkonini   berdi.   Arxiv   tashkilotlari   hujjatlar   ko’rgazmalarini
tashkil   etdilar,   idoralarga   ma’lumotnomalar   berdilar,   qiroatxonalar   orqali
hujjatlardan foydalanishni yo’lga qo’ydilar.
O’zbekiston SSRda arxiv ishining tashkil qilinishi (1925-1940 yy) 1924-1925   yillarda   O’rta
Osiyoda milliy-davlat chegaralanishi o’tkazildi. Natijada O’zbekiston SSR va
boshqa   ittifoqdosh   hamda   muxtor   respublika   va   viloyatlar   tashkil   qilindi.
Turkiston   ASSR   ning   yagona   arxiv   fondi   yangi   tuzilgan   respublikalar
o’rtasida quyidagi tartibda tuzildi. O’rta Osiyo va ittifoqdosh ahamiyatga ega
bo’lgan   arxiv   fondlari   O’rta   Osiyo   Markaziy   arxivida   –   Toshkentda
saqlanadigan   bo’ldi.   Har   bir   respublikaga   oid   arxiv   fondlari   shu
respublikalarga   berildi.   Lekin   O’rta   Osiyo   Markaziy   Arxivi   tuzilmaganligi
bois   O’rta   Osiyo   ahamiyatiga   ega   arxiv   fondlari   ham   O’zbekistn   arxiv
boshqarmasiga   berildi.   Shunday   qilib,   O’zbekiston   arxiv   fondida   nafaqat
respublika   tarixiga   balki   O’rta   Osiyo   tarixiga   doir   materiallar   saqlanadigan
bo’ldi. 
O’zbekiston   SSR   MIK   va   XSKning   1925   yil   22   iyulg’   qarori   bilan
“O’zSSR   arxiv   ishlari   Markaziy   boshqarmasi   to’g’risida”gi   nizom
tasdiqlandi. Bu  nizomga ko’ra respublikada yagona DAF tashkil qilindi. Bu fondga hukumat, savdo, sanoat, kooperativ, kasaba uyushmalari tashkilotlari
arxivlari, shuningdek diniy va shaxsiy arxivlar kiritiladi, deb ko’rsatildi.
Viloyatlarda   arxiv   byurolari   tashkil   etildi.   1925   yilda   Farg’ona,
Samarqand,   Toshkent,   Zarafshon   viloyat   arxiv   byurolari,   1926   yilda   esa
Xorazm, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari arxiv byurolari ochildi.
1930 yil 9 aprelda O’zSSR MIK Prezidiumi qarori bilan O’zSSR arxiv
ishlari   boshqarmasi   “O’zbekiston   SSR   Markaziy   arxiv   boshqarmasi”   deb
o’zgartirildi. O’zSSR Markaziy arxiv boshqarmasi (MAB) huzurida O’zSSR
Oktyabrp inqilobi Markaziy davlat arxivi va O’zSSR  Markaziy Tarix arxivi
tashkil   qilindi.   Farg’ona   va   Samarqand   shaharlarida   ularning   bo’limlari
tashkil etildi.
Yuqorida   ko’rsatib   o’tilgan   qarorda   idoralar   davlat   arxiviga   faqat
doimiy   saqlanadigan   hujjatlarnigina   topshirishlari   uqtirildi.   Vaqtincha   (3-10
yil) saqlanadigan hujjatlarni idoralarning o’zlari maxsus komissiya tuzib yo’q
qilishi ta’kidlandi. Bu qoida davlat arxivlari ishini ancha yengillashtirdi.
1931   yil   20   maydagi   hukumat   qaroriga   asosan   ma’muriy   jihatdan
markaziy Arxiv boshqarmasi O’zSSR MIKga bo’ysundirildi. Mazkur qarorga
binoan kasaba uyushmalari arxivlari MDA tarkibiga kiritilgan edi. 1933 yilda
O’zSSR Kasaba uyushmasi harakati markaziy arxivi tashkil qilindi. Bu arxiv
1942 yilgacha faoliyat ko’rsatdi va yana O’zR MDAga qo’shib yuborildi.
1934 yil iyulda SSR MIK qarori bilan O’zbekiston harbiy arxivi tashkil
qilindi.   1945   yil   oxirida   bu   arxiv   tugatildi   va   uning   fondlari   Moskvadagi
SSSR Qizil Armiya Markaziy Arxiviga olib ketildi.
Bu   davrda   shahar   va   rayon   arxivlarini   tashkil   etishga   kata   e’tibor
berildi. 1936 yilga kelib Andijon, Namangan, Qo’qon shahar arxivlari va 31
ta rayon arxivi faoliyat ko’rsatmoqda edi.
Markaziy   va   mahalliy   davlat   muassasalarida   arxiv   ishlarini   yo’lga
qo’yishga   ko’p   e’tibor   berildi.   O’zbekiston   arxivlari   muntazam   ravishda hujjatlar bilan to’ldirib borildi. 1941 yilga kelib fondlar soni 4116 taga yetdi,
hujjatlar esa 1580450 saqlov birligini tashkil etdi.
Arxiv   hujjatlaridan   amalda   foydalanish   ishida   ham   ma’lum   ijobiy
o’zgarishlar ro’y berdi. Matbuotda arxeografik yo’nalishdagi maqolalar chiqa
boshladi,   5   ta   hujjatlar   to’plami   nashrga   tayyorlandi,   arxiv   materiallari
ko’rgazmalari   uyushtirildi.   Arxiv   hujjatlaridan   xalq   xo’jaligini   rivojlantirish
maqsadlarida   ham   foydalanilardi.   Masalan,   foydali   qazilmalar,   suv
xo’jaligiga   doir   ma’lumotlarni   aniqlash   borasida   ishlar   olib   borildi.   Bu
ishlarning   natijalari   sanoatni   rivojlantirish,   yangi   irrigasiya   inshootlarini
barpo qilish, sug’orish ishlarini yo’lga qo’yishda qo’llanildi.
Arxiv   hujjatlaridan   ilmiy-tarixiy   tadqiqotlarda   ham   keng   foydalanish
yo’lga   qo’yildi.   1929-1939   yillarda   O’zSSR   Markaziy   Arxiv
boshqarmasining   o’quv   zalida   444   tarixchi   ish   olib   bordi.   Ular   28768   ta
hujjat   bilan   tanishib,   ulardagi   ma’lumotlardan   o’z   ilmiy   ishlarida
foydalandilar.
Arxivlar   tashkilotlar   va   fuqarolarning   talablariga   binoan   turli
ma’lumotnomalar   berar   edilar.   1934-1938   yillarda   2100   ta   ana   shunday
ma’lumotnomalar berildi.
30-yillarning   oxirida   an’anaviy   qatag’onlarning   kuchayishi   arxivlar
faoliyatiga   salbiy   ta’sir   ko’rsatdi.   Arxivlar   1938   yilda   Ichki   ishlar   xalq
komissarligi   (NKVD)   tasarrufiga   o’tkazildi.   Natijada   arxivlarning   faoliyati
mazkur   jazolovchi   organning   manfaatlariga   moslashtirildi.   Arxivlarning
ijtimoiy ahamiyatga molik vazifalari esa ikkinchi o’ringa surib qo’yildi.
Shunday   qilib,   20-30-yillarda   O’zbekistonda   organlarining   keng
tarmoq   arxiv   shoxobchalari   vujudga   keltirildi.   Arxiv   muassasalarining
faoliyati   takomillashib   bordi.   Lekin,   totalitar   tuzum   sharoitida   arxivlar
faoliyatida talay kamchilik va muammolar mavjud edi. Ikkinchi jahon urushi yillarida O’zbekiston arxivlarining ahvoli Urush   davrining
qiyinchiliklariga   qaramay   1941-1945   yillarda   respublika   hukumati   arxiv
ishini   yaxshilash   sohasida   ancha   ishlarni   amalga   oshirdi.   1943   yilda
O’zbekiston   kinofotofonohujjatlar   markaziy   arxivi   tashkil   qilindi.   108ta
rayon   davlat   arxivlari   ochilib,   ularning   mudirlarini   oylik   maoshi   deyarli   3
baravarga   oshirildi.   Arxivlar   yangi   kadrlar   bilan   mustaxkamlandi.   Urush
yillarida   arxivlarda   mehnat   qilayotgan   xodimlarning   soni   113   kishidan   306
kishiga   yetdi.   Arxiv   xodimlari   hujjatlarni   ehtiyot   qilish   maqsadida   idoraviy
arxivlar   ishini   tartibga   solish   va   bu   yerdagi   hujjatlarni   davlat   arxivlariga
qabul  qilishga  alohida  e’tibor  berdilar.  1941-1942  yillarda  respublika  davlat
arxivlariga 0,5 million saqlov birligi qabul qilindi. 1944-1945 yillarda esa bu
ko’rsatkich   48   ming   saqlov   biriligini   tashkil   etdi.   Qabul   qilingan   hujjatlar
sonining   kamayishi   joylar   yetishmasligi   hamda   tashkilotlarda   ish   yuritish
hujjatlarining   kamayishi   bilan   bog’liq   edi.   Shuni   ham   ta’kidlab   o’tish
kerakki,   urush   davrida   O’zbekistonga   sobiq   Ittifoqning   markaziy
rayonlaridan   30   ta   ittifoq   muassasalari   va   korxonalari   arxivlari   evakuasiya
qilindi.   Ular   asosan   mavjud   arxivlar   binolarida   joylashtirildi.   Bu   esa
arxivlarda joylar yetishmasligiga olib keldi.
Davlat arxivlarining asosiy vazifalaridan biri tartibga solinmagan arxiv
fondlarini   tartibga   solish   edi.   Respublika   davlat   arxivlarida   1941   yilda   100
ming,   1944-1945   yillarda   136   ming   saqlov   birligidagi   hujjatlar   tartibga
solindi.
Arxiv   hujjatlaridan   foydalanish   sohasida   ham   bir   qator   ishlar   qilindi.
Xalq   xo’jaligida   foydalanish   maqsadida   ko’p   hujjatlar   topilib,   tegishli
tashkilotlarga   yuborildi.   Bu   hujjatlardan   foydalanish   tashkilotlarga   ancha
iqtisodiy  samara  keltirdi.  Arxiv  xodimlari  tomonidan  1944-1945  yillarda  21
ta   maqola   e’lon   qilindi,   9ta   radioeshittirish,   4   ta   ko’rgazma   tashkil   etildi,
ko’plab   ma’ruzalar   o’qildi.   Arxivlar   qiroatxonasida   yuzlab   tadqiqotchilar ilmiy ishlari uchun arxiv hujjatlaridan foydalandilar.
Shunday qilib, O’zbekiston arxivchilari urush yillarida fidokorlik bilan
mehnat qildilar. Ular arxiv hujjatlarini ehtiyot qilib saqlash, yangi hujjatlarni
qabul   qilish   va   tartibga   solish,   ulardan   foydalanishni   tashkil   etish   borasida
samarali ish olib bordilar.
1946-1991 yillarda O’zbekistonda arxiv ishi Urushdan   keyingi   yillarda   O’zbekiston
arxivlari   arxiv   materiallarini   tartibga   keltirish   va   turkumlash   borasidagi
ishlarni davom ettirdilar va 50-yillarning boshlarida uni yakuniga yetkazdilar.
Shundan   so’ng   arxiv   xodimlari   boshqa   muhim   vazifa   –   fondlarning   ilmiy-
ma’lumotnoma apparatini tuzish va kataloglashtirish ishiga kirishdilar.
O’zbekistonda   arxiv   ishlarini   rivojlantirishning   yangi   bosqichi   50-
yillarning   oxirlarida   boshlandi.   Bu   jarayon   S.   Xrushchov   davrida
mamlakatnin   siyosiy   hayotida   boshlangan   “iliqlik”   bilan   bog’liqdir.   1958
yilda   arxivlar   respublika   Ministrlar   Sovetining   tasarrufiga   o’tkazildi.   Bir
yildan   so’ng   Toshkentdagi   Oktyabrp   inqilobi   markaziy   arxivi   va   Tarix
markaziy   arxivi   yagona   O’zbekiston   SSR   Markaziy   Davlat   arxiviga
birlashtirildi.   Xuddi   shu   vaqtda   O’zR   MDA   tarkibiga   respublika   Markaziy
fotofonokinohujjatlar   arxivi   ham   kirdi.   Keyingi   yillarda   shunga   o’xshash
o’zgarishlar quyi arxiv muassasalarida ham amalga oshirildi. Jumladan, 118
ta shahar va rayon arxivlari qayta tuzilib, 28ta shahar va rayonlararo arxivlar
tashkil   etildi.   Shu   davrda   tibbiyot   fani   tajribasidan   har   tomonlama
foydalanish   maqsadida   O’zbekiston   markaziy   medisina   arxivi   tuzildi.   Bir
necha   boshqa   arxivlar   ham   tashkil   etildi.   Natijada,   70-yillarning   boshlarida
O’zbekistonda 66 ta arxiv muassasasi faoliyat ko’rsatamoqda edi.
Kadrlar   masalasini   hal   etishga   katta   e’tibor   berildi.   Mahalliy   millat
vakillarini   arxiv   ishlariga   jalb   qilish   kuchaydi.   60-yillarning   oxirida
O’zbekiston   arxivlarida   597   xodim   mehnat   qilardi.   Ularning   112   tasi   oliy ma’lumotli mutaxassislar edilar.
70-80-yillarda   arxivlar   uchun   alohida   ixtisoslashtirilgan   binolarning
qurilishi,   tashkilot   va   muassasalarda   ish   yurtish   holatining   yaxshilanishi,
hujjatlarni   qayta   ishlash   bo’yicha   maxsus   xo’jalik   hisobidagi   guruhlarning
tashkil etilishi arxiv ishlarini tubdan yaxshilashga ko’maklashdi.
Respublika   arxiv   xodimlari   hujjatlar   to’plamlarini   tayyorlash
borasidagi   ishlarni   davom   ettirdilar.   Vazirliklar   va   muassasalar   uchun
ma’lumotnomalar   tayyorlanar   edi.   Tashkilotlar   va   fuqarolarning   talablariga
binoan   tegishli   ma’lumotnomalar   berilar   edi.   Xodimlar   arxivdagi   hujjatlarni
targ’ib qilish borasida ham keng ko’lamda ish olib bordilar. Faqatgina 1981-
1985 yillar davomida ular 843ta maqola e’lon qildilar, 583ta radioeshittirish
va   29ta   teleko’rsatuvda   faol   ishtirok   etdilar.   243ta   hujjatlar   ko’rgazmasi
tashkil   etildi.   Arxivlarning   o’quv   zallarida   3906   tadqiqotchi   ishladi.   Ilmiy-
tarixiy tadqiqotlar saviyasiga arxivlardagi maxfiylik rejimining susayishi ham
ijobiy   ta’sir   qildi.   1987-1990   yillarda   ilgari   maxfiy   saqlangan   99,9   ming
yig’majildni ilmiy xodimlar foydalanishi uchun ruxsat berildi.
Shunday   qilib,   sovet   davrida   O’zbekistonda   davlat   arxiv   xizmati
shakllandi   va   rivojlandi.   Bu   davrda   arxiv   tizimida   qator   kamchilik   va
nuqsonlar mavjud edi. Lekin, ulardan qat’i nazar O’zbekiston arxivlari ilmiy
va   amaliy   maqsadlar   va   talablarni   qondira   oladigan   yirik   maskanlarga
aylandi.. Manbalar va adabiyotlar
Alimov A. va b. Arxivshunoslik: O’quv qo’llanma. Toshkent, 1997.
Tileukulov   G.   S.   Arxivnoye   delo   v   Uzbekistane   (1918-1980):   opqti   i
problemq.  Avtoref. dis. …kand. ist. nauki. Toshkent, 1995.
Spravochnik   po   arxivnomu   delu   v   Uzbekistane   (1918-1968).   Tashkent,
1970.
Arxiv // O’zME. 1-j. Toshkent, 2000.

Sovet davrida O’zbekistonda arxiv ishi REJA: 1. Turkiston ASSRda arxiv ishi (1918-1924 yillar) 2. O’zbekiston SSR da arxiv ishining tashkil qilinishi (1925-1940 yillar) 3. Ikkinchi jahon urushi yillari O’zbekiston arxivlarining ahvoli 4. 1946-1991 yillarda O’zbekistonda arxiv ishi

Turkiston ASSRda arxiv ishi 1917 yil oktyabr to’ntarishidan so’ng arxivlar faoliyati sohasida tub o’zgarishlar amalga oshirildi. RSFSR hukumati 1918 yil 1 iyunda “Arxiv ishini qayta qurish va markazlashtirish to’g’risida” dekret qabul qildi. Bu dekret asosida barcha tarqoq arxivlar markazlashtirildi. Turkistondagi sobiq arxivlar tugatildi. Arxiv hujjatlari Turkiston ASSRning yagona Davlat Arxiv Fondi (DAF) ni tashkil etadi, deb e’lon qilindi. DAFni boshqarish uchun Turkiston Respublikasi Arxiv ishlari bosh boshqarmasi tashkil qilindi. Davlat idoralari bu boshqarmaning ruxsatisiz o’z hujjatlarini yo’q qilish huquqiga ega emas, deb ko’rsatildi. Nafaqat 1917 yilga qadar yaratilgan hujjatlar, balki sovet idoralarida tashkil bo’lgan hujjatlar ham DAFning tarkibiy qismi deb e’lon qilindi. Bu hujjatlarni nazorat qilib turish Arxiv ishlari bosh boshqarmasiga topshirildi. Boshqarma Maorif xalq komissarligi xuzurida faoliyat ko’rsatar edi. 1919 yil 15 noyabrda Turkiston ASSR Maorif xalq komissarligining qarori bilan Arxiv ishlari markaziy boshqarmasi tuzildi. DAF tarkibiga 1917 yilga qadar yaratilgan hujjatlar bilan birga sovet tashkilotlari hujjatlari ham yig’ila boshlandi. Tashkilotlarda hujjatlar 5 yil saqlanishi, keyin davlat arxivlariga topshirilishi belgilandi. Bu qoida 1921 yil 30 sentyabrda kuchga kirdi. Joylarda viloyat arxiv fondlari tashkil etildi. Masalan, 1922 yil martda Farg’onada, iyunda - Samarqandda, noyabrda – Yettisuvda, 1921 yil martda Kaspiyorti viloyatlarida shunday fondlar tashkil qilindi. Му ам м ол и савол : Сове т даврида архив ишида қ андай иж обий ў з гаришл ар рўй бе рди? А рхивл ар ишида қ андай сал бий ҳ ол атл ар м авж у д эди?

Markaziy va mahalliy arxiv tashkilotlarining muhim vazifasi arxiv hujjatlarini qidirib topish va yig’ish edi. 1920-1921 yillarda 500dan ortiq fondlar hisobga olindi. 1921 yil oxirigacha davlat arxivlariga 305 mingdan ortiq, 1922 yilda esa yana 200 mingga yaqin hujjat topshirildi. DAF hujjatlari ekspertiza qilinib, doimiy saqlash uchun ajratib olingan hujjatlar tartibga solindi va ro’yxatlashtirildi. 1924 yilga kelib barcha saqlanayotgan arxiv materiallarining uchdan bir qismi tartibga solib bo’lingan edi. Arxiv hujjatlarini tartibga solish, ulardan ilmiy va amaliy maqsadlarda foydalanish imkonini berdi. Arxiv tashkilotlari hujjatlar ko’rgazmalarini tashkil etdilar, idoralarga ma’lumotnomalar berdilar, qiroatxonalar orqali hujjatlardan foydalanishni yo’lga qo’ydilar. O’zbekiston SSRda arxiv ishining tashkil qilinishi (1925-1940 yy) 1924-1925 yillarda O’rta Osiyoda milliy-davlat chegaralanishi o’tkazildi. Natijada O’zbekiston SSR va boshqa ittifoqdosh hamda muxtor respublika va viloyatlar tashkil qilindi. Turkiston ASSR ning yagona arxiv fondi yangi tuzilgan respublikalar o’rtasida quyidagi tartibda tuzildi. O’rta Osiyo va ittifoqdosh ahamiyatga ega bo’lgan arxiv fondlari O’rta Osiyo Markaziy arxivida – Toshkentda saqlanadigan bo’ldi. Har bir respublikaga oid arxiv fondlari shu respublikalarga berildi. Lekin O’rta Osiyo Markaziy Arxivi tuzilmaganligi bois O’rta Osiyo ahamiyatiga ega arxiv fondlari ham O’zbekistn arxiv boshqarmasiga berildi. Shunday qilib, O’zbekiston arxiv fondida nafaqat respublika tarixiga balki O’rta Osiyo tarixiga doir materiallar saqlanadigan bo’ldi. O’zbekiston SSR MIK va XSKning 1925 yil 22 iyulg’ qarori bilan “O’zSSR arxiv ishlari Markaziy boshqarmasi to’g’risida”gi nizom tasdiqlandi. Bu nizomga ko’ra respublikada yagona DAF tashkil qilindi. Bu

fondga hukumat, savdo, sanoat, kooperativ, kasaba uyushmalari tashkilotlari arxivlari, shuningdek diniy va shaxsiy arxivlar kiritiladi, deb ko’rsatildi. Viloyatlarda arxiv byurolari tashkil etildi. 1925 yilda Farg’ona, Samarqand, Toshkent, Zarafshon viloyat arxiv byurolari, 1926 yilda esa Xorazm, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari arxiv byurolari ochildi. 1930 yil 9 aprelda O’zSSR MIK Prezidiumi qarori bilan O’zSSR arxiv ishlari boshqarmasi “O’zbekiston SSR Markaziy arxiv boshqarmasi” deb o’zgartirildi. O’zSSR Markaziy arxiv boshqarmasi (MAB) huzurida O’zSSR Oktyabrp inqilobi Markaziy davlat arxivi va O’zSSR Markaziy Tarix arxivi tashkil qilindi. Farg’ona va Samarqand shaharlarida ularning bo’limlari tashkil etildi. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan qarorda idoralar davlat arxiviga faqat doimiy saqlanadigan hujjatlarnigina topshirishlari uqtirildi. Vaqtincha (3-10 yil) saqlanadigan hujjatlarni idoralarning o’zlari maxsus komissiya tuzib yo’q qilishi ta’kidlandi. Bu qoida davlat arxivlari ishini ancha yengillashtirdi. 1931 yil 20 maydagi hukumat qaroriga asosan ma’muriy jihatdan markaziy Arxiv boshqarmasi O’zSSR MIKga bo’ysundirildi. Mazkur qarorga binoan kasaba uyushmalari arxivlari MDA tarkibiga kiritilgan edi. 1933 yilda O’zSSR Kasaba uyushmasi harakati markaziy arxivi tashkil qilindi. Bu arxiv 1942 yilgacha faoliyat ko’rsatdi va yana O’zR MDAga qo’shib yuborildi. 1934 yil iyulda SSR MIK qarori bilan O’zbekiston harbiy arxivi tashkil qilindi. 1945 yil oxirida bu arxiv tugatildi va uning fondlari Moskvadagi SSSR Qizil Armiya Markaziy Arxiviga olib ketildi. Bu davrda shahar va rayon arxivlarini tashkil etishga kata e’tibor berildi. 1936 yilga kelib Andijon, Namangan, Qo’qon shahar arxivlari va 31 ta rayon arxivi faoliyat ko’rsatmoqda edi. Markaziy va mahalliy davlat muassasalarida arxiv ishlarini yo’lga qo’yishga ko’p e’tibor berildi. O’zbekiston arxivlari muntazam ravishda

hujjatlar bilan to’ldirib borildi. 1941 yilga kelib fondlar soni 4116 taga yetdi, hujjatlar esa 1580450 saqlov birligini tashkil etdi. Arxiv hujjatlaridan amalda foydalanish ishida ham ma’lum ijobiy o’zgarishlar ro’y berdi. Matbuotda arxeografik yo’nalishdagi maqolalar chiqa boshladi, 5 ta hujjatlar to’plami nashrga tayyorlandi, arxiv materiallari ko’rgazmalari uyushtirildi. Arxiv hujjatlaridan xalq xo’jaligini rivojlantirish maqsadlarida ham foydalanilardi. Masalan, foydali qazilmalar, suv xo’jaligiga doir ma’lumotlarni aniqlash borasida ishlar olib borildi. Bu ishlarning natijalari sanoatni rivojlantirish, yangi irrigasiya inshootlarini barpo qilish, sug’orish ishlarini yo’lga qo’yishda qo’llanildi. Arxiv hujjatlaridan ilmiy-tarixiy tadqiqotlarda ham keng foydalanish yo’lga qo’yildi. 1929-1939 yillarda O’zSSR Markaziy Arxiv boshqarmasining o’quv zalida 444 tarixchi ish olib bordi. Ular 28768 ta hujjat bilan tanishib, ulardagi ma’lumotlardan o’z ilmiy ishlarida foydalandilar. Arxivlar tashkilotlar va fuqarolarning talablariga binoan turli ma’lumotnomalar berar edilar. 1934-1938 yillarda 2100 ta ana shunday ma’lumotnomalar berildi. 30-yillarning oxirida an’anaviy qatag’onlarning kuchayishi arxivlar faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Arxivlar 1938 yilda Ichki ishlar xalq komissarligi (NKVD) tasarrufiga o’tkazildi. Natijada arxivlarning faoliyati mazkur jazolovchi organning manfaatlariga moslashtirildi. Arxivlarning ijtimoiy ahamiyatga molik vazifalari esa ikkinchi o’ringa surib qo’yildi. Shunday qilib, 20-30-yillarda O’zbekistonda organlarining keng tarmoq arxiv shoxobchalari vujudga keltirildi. Arxiv muassasalarining faoliyati takomillashib bordi. Lekin, totalitar tuzum sharoitida arxivlar faoliyatida talay kamchilik va muammolar mavjud edi.