logo

Mustaqillik davrida muzey ishi va uning me’yoriy-huquqiy asoslari

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

37.68359375 KB
Mustaqillik davrida muzey ishi va u ning me’yoriy-huquqiy asoslari
Reja:
1. Mustaqillik davrida muzey ishining takomillashuvi.
2. «Muzeylar to‘g‘risida»gi Qonunning ahamiyati. 1.   Mustaqillik   davrida   muzey   ishining   takomillashuvi.   O‘zbekiston
istiqloli   respublikamiz   ma’naviy   hayotida   yangi   istiqbollarni   ochdi.   Xususan,
jamiyat   va   inson   hayotida   muhim   o‘rin   tutuvchi   muzey   va   muzeyshunoslikka
davlat siyosati  darajasida e’tibor  berildi. Ushbu qismda O‘zbekiston  Respublikasi
Prezidenti   Islom   Karimovning   Farmoni,   Vazirlar   Mahkamasining   maxsus
qarorlari,   «O‘zbekmuzey»   tashkilotining   ta’sis   etilishi,   «Muzeylar   to‘g‘risida»gi
Qonunning   qabul   qilinishi   hamda   ularning   ma’naviy   hayotda,   muzeylar   faoliyati,
muzeyshunoslikka ta’siri, ularning ilmiy ahamiyati ochib beriladi.
Bu   masala   xususida   N.Habibullaev,   O‘.Yormuhammedov,   Q.Inoyatov,
D.Rahimova   va   I.Jabborov 1
  kabilar   vaqtli   matbuotda   hamda   R.Almeev,   I.Ilalov,
G.Fuzailova   va   M.Xasanova,   M.Bekmurodov   va   M.Rashidova,   D.Kuryazova 2
  va
boshqa   mutaxassislar   maxsus   tadqiqot,   o‘quv   qo‘llanma,   darsliklarda   o‘z   fikr-
mulohazalarini   bildirganlar.   Ularning   mulohazalari   umumlashtirilib,   mustaqil
O‘zbekistonda   muzeylar   taraqqiyoti   uchun   me’yoriy-huquqiy   baza   yaratgan
hujjatlar xronologik tartibda tahlil etildi.
Xalqimiz   mustaqillikka   erishgach,   O‘zbekiston   hududida   joylashgan
muzeylar   faoliyatini   takomillashtirish   ishlari   boshlandi.   Ular   xalqning   ma’naviy-
axloqiy   kamolotida   yanada   muhim   o‘rin   egallay   boshladi.   Qadriyatlarimizni,   boy
tariximizni,   mustaqilligimiz   odimlarini   aks   ettiruvchi   noyob,   nodir   eksponatlar
bilan   muzey   ekspozitsiyalari   boyitildi.   Shuningdek,   muzeylarni   jahon
standartlariga   moslashtirish,   jahonga   tanitish,   ulardan   yoshlarimiz   ongida   milliy
g‘urur   va   iftixor,   milliy   g‘oyaning   o‘rin   olishiga   muhim   omil   bo‘lishi,   yoshlarda
Vatanga   sadoqat   tuyg‘ularini   shakllantirishga   alohida   e’tibor   berildi.   Jahon
muzeyshunosligi   tajribalarini   qo‘llashga   zarur   shart-sharoitlar   yaratish   maqsadida
1
  Жабборов   И.,   Раҳимова   Д.   Замонавий   музейшуносликнинг   долзарб   муаммолари   //   Мозийдан   садо.   –
Тошкент, 2003. - № 1 (7). – Б. 10-12.; Иноятов Қ. Ватанга муҳаббат  шу ерда туғилади  //  Мозийдан садо.  –
Тошкент,   1999.   –   №   3.   –   Б.   4-7.;   Ҳабибуллаев   Н.   Ўзбек   музейларининг   истиқболи   //   Мозийдан   садо.   –
Тошкент, 1999. – № 1-2. – Б. 12-13.; Ёрмуҳаммедов Ў. Нажотбахш қарор // Гулистон – Тошкент, 1995. – № 2.
– Б. 28-29.
2
  Бекмуродов   М.,   Рашидова   М.   Музейшунослик.   –   Тошкент:   Ворис-Али,   2006.   –   102   б.;   Илалов   И.
Музееведение. – Ташкент: Мусиқа, 2006. – 357 с.;   Kuryazova D.T. Muzey ishi tarixi va nazariyasi. Kasb-hunar
kollejlari   uchun   o‘quv   qo‘llanma.   –   Toshkent:   O‘qituvchi ,   2007.   –   160   b.;   Фузаилова   Г.,   Хасанова   М.
Музееведение.   –   Ташкент:   Фан   ва   технологиялар   босмахонаси,   2008.   -   192   с.;   Альмеев   Р.   Бухара   –   город
музей. – Ташкент: Фан, 1999. – 205 с.; Его же. Музеи Узбекистана и социально-культурные перспективы их
развития. – Ташкент: Г. Гулям, 2007. – 268 с.  O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   1998   yil   12   yanvardagi   Farmoni   qabul
qilindi. Ushbu hujjat O‘zbekistondagi muzeylar faoliyatida burilish nuqtasi bo‘lib,
ularning tarixida yangi davr boshlanganini anglatadi. 
Mustaqillik   davrida  muzeyshunoslik   va   muzey  ishiga   oid   dastlabki   maxsus
hujjat   O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   1994   yil   23   dekabrda
qabul   qilingan   «Respublika   muzeylari   faoliyatini   yaxshilash   chora-tadbirlari
to‘g‘risidagi»   qarori   bo‘ldi 3
.   Albatta,   bu   hujjat   o‘z   davri   uchun   muhim   ahamiyat
kasb   etdi.   Unda   respublika   muzeylarining   vazifalari,   istiqbollari   belgilab   berildi.
Jumladan,   Madaniyat   ishlari   vazirligiga   muzeylar   faoliyatini   muvofiqlashtiruvchi
idoralararo jamoatchilik kengashi tuzish vazifasi topshirildi.
Hujjatda   O‘zbekiston   muzey   boyliklari   fondi   to‘g‘risidagi   Nizomni,
muzeylarda saqlanayotgan tarixiy-madaniy boyliklarni ro‘yxatga olish, jamlash va
saqlash  tartibi  to‘g‘risida yo‘riqnoma ishlab chiqish va tasdiqlatish ko‘zda tutildi.
Qarorda   O‘zbekiston   fuqarolarini   chet   ellarda   saqlanayotgan   tarixiga   oid   osori-
atiqalar bilan tanishtirish hamda muzeylardagi noyob eksponatlar orqali tarixni va
bugungi   yutuqlarni   keng   targ‘ib   etish   uchun   belgilangan   xalqaro   tartib   asosida
xorijiy   mamlakatlar   muzeylari   bilan   o‘zaro   ko‘rgazmalar   ayirboshlash   yuzasidan
aniq   tadbirlar   rejasi   ishlab   chiqilishi   va   amalga   oshirilishi   belgilandi.   Hujjatda
«O‘zbekturizm»   milliy   kompaniyasi,   «O‘zbekiston   havo   yo‘llari»   milliy
aviakompaniyasi   va   boshqa   manfaatdor   tashkilotlar   hisobidan   mamlakatimiz
muzeylarida   saqlanayotgan   noyob   eksponatlarni   jahon   miqyosida   targ‘ib   etishga
yo‘naltirilgan   reklama   mahsulotlarini   muntazam   chiqarib   turishni   tashkil   etish
topshirildi.   Alohida   e’tibor   muzeylardagi   eksponatlarning   uzoq   saqlanishini
ta’minlash,   ularni   ta’mirlash   va   asl   holicha   saqlab   qolish   maqsadida   vazirlik
huzurida  xo‘jalik hisobida  ish ko‘ruvchi, chet  el  sarmoyalarini  jalb etib, qo‘shma
korxonalar   barpo   etish   hisobiga   mahsulot   ishlab   chiqarish   bilan   shug‘ullanuvchi
ilmiy ishlab chiqarish markazini tashkil etish lozimligiga e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston   Respublikasidagi   muzeylar   ishining   yagona   tizimini   vujudga
keltirish,   ular   faoliyatini   muvofiqlashtirish   va   uslubiy   yordam   ko‘rsatish   uchun
3
  Ўзбекистон   Республикаси   Вазирлар   Маҳкамасининг   1994   йил   23   декабрда   қабул   қилинган   «Республика
музейлар фаолиятини яхшилаш чора-тадбирлари тўғрисида»ги қарори // Халқ сўзи, 1994 йил 24 декабрь. O‘zbekiston   Respublikasi   Madaniyat   ishlari   vazirligining   markaziy   apparati
tarkibida   uchta   xodimdan  iborat   Muzey   ishlari   bosh   boshqarmasini   tuzish   ko‘zda
tutildi.   Qarorda   malakali   kadrlar   tayyorlash   ham   nazardan   chetda   qolmadi.
O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   va   o‘rta   maxsus   ta’lim   vazirligi   hamda
«O‘zistiqbolstat»   davlat   qo‘mitasiga   1995–1996   o‘quv   yilidan   O‘zbekiston
Respublikasi   Madaniyat   ishlari   vazirligining   talabnomasi   asosida   oliy   ma’lumotli
muzeyshunos   mutaxassislar   tayyorlash   bo‘yicha   tegishli   o‘rinlar   ajratish
topshirildi.
Qarorning 2-ilovasida 1995–1997 yillari «O‘zbekiston davlat san’at muzeyi»
(Toshkent) 4
, «O‘zbekiston san’ati va madaniyati davlat muzey»larini (Samarqand)
ta’mirlash,   «O‘zbekiston   davlat   tabiat   muzeyi»   va   uning   fondlari   uchun   yangi
inshoot   bunyod   etish   ko‘zda   tutildi.   Rejalashtirilgan   ishlar   respublika   byudjeti
mablag‘lari   hisobidan   amalga   oshirilishi   ko‘rsatildi.   Inshootlarni   zamonaviy
jihozlashga   zarur   bo‘lgan   texnika   vositalarini   sotib   olish   uchun   ham   mablag‘
ajratish belgilandi. Bugungi kunda yuqoridagi ishlar amalga oshirildi.
O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi,   Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga, o‘z
hududlaridagi   muzeylar   ishini   takomillashtirish,   ularni   ta’mirlash   va   yangilarini
qurish   bo‘yicha   tegishli   chora-tadbirlarni   belgilashlari   kerakligi   ta’kidlandi.
Mamlakat muzeylarida saqlanayotgan va saqlanishi lozim bo‘lgan nodir ashyolarni
qayta   ro‘yxatdan   o‘tkazish   topshirildi.   Chet   ellarga   ko‘rgazma   uchun   olib   chiqib
ketilmaydigan   noyob   osori-antiqalar   ro‘yxati   O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar
Mahkamasi   tasdig‘iga   kiritilishi   lozimligi   uqtirildi.   Shuningdek,   mutasaddi
vazirliklarga   xorijiy   mamlakatlarda   ko‘rgazmalar   o‘tkazish   tartibini,   O‘zbekiston
muzeylari   fondidan   noyob   eksponatlarni   olib   borish   me’yorlarini   ishlab   chiqib,
birgalikda   tasdiqlash   buyurildi.   Noyob   eksponatlarning   daxlsiz   saqlanishini   va
respublikamizga   qaytarib   olib   kelishni   ta’minlashga   alohida   e’tibor   berish   hamda
muzeylarning   rahbarlari   va   boshqa   tegishli   mansabdor   shaxslarning   javobgarlik
darajasi nazarda tutilishi lozimligi alohida ta’kidlandi.
4
  Музейнинг   ХХ   аср   30 -йилларида   ташкил   топиши   ва   фаолияти   ҳақида   архив   маълумотлари   ҳам   мавжуд.
Қаранг: ЎзР МДА, Р–94-фонд, 5-рўйхат, 1805-иш, 1-варақ. Ushbu   hujjat   endigina   mustaqillikka   erishgan   yosh   davlatning
muzeyshunoslik   va   muzey   ishiga   katta   e’tibori   timsolidir.   Hozirgi   kunda   tarixiy
durdonalarni  asrab-avaylash, o‘tmish osori-atiqalarini, nodir qo‘lyozmalarni  ilmiy
jihatdan   o‘rganish   har   taraflama   tadqiq   etilishiga   jiddiy   e’tibor   berilmoqda.
Xususan,   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   1998   yil   12   yanvarda   qabul
qilingan   «Muzeylar   faoliyatini   tubdan   yaxshilash   va   takomillashtirish
to‘g‘risida»gi   Farmoni   muzeylar   maqomini   yuksaltirishga   qaratilgani   bilan
qimmatlidir.
Ushbu   Farmonda   O‘zbekiston   hududida   qadimdan   shakllangan   muzeylar
tizimini   yanada   takomillashtirish,   ularni   xalqning   ma’naviy-axloqiy   kamolotida
tutgan   o‘rnini   yuksaltirish,   muzey   fondlarida   saqlanib   kelinayotgan   xalqimizning
boy   tarixini,   mustaqilligimiz   odimlarini   aks   ettiruvchi   noyob,   nodir   eksponatlarni
avaylab-asrash lozimligi ta’kidlandi. Ularni o‘rganish, boyitib borish, dunyoga olib
chiqish   va   targ‘ib   etish,   xalqimiz   ongida   milliy   g‘urur   va   iftixor,   istiqlol   va
Vatanga   sadoqat   tuyg‘ularini   kuchaytirish   yo‘lida   keng   foydalanish   lozimligi
ko‘rsatildi. Muzeylarni zamon talablariga mos yuqori malakali mutaxassislar bilan
ta’minlash,   moddiy-texnika   bazasini   mustahkamlab,   jahon   muzeyshunosligining
eng   ilg‘or   tajribalarini   qo‘llash   uchun   zarur   shart-sharoitlar   yaratish   lozimligi
ta’kidlandi 5
.
Farmonning   birinchi   bandida   O‘zbekiston   Respublikasi   Madaniyat   ishlari
vazirligi   va   tegishli   idoralarga   mavjud   barcha   turdagi   muzeylar   faoliyatini
muvofiqlashtirish,   zarur   ilmiy-uslubiy   yordam   ko‘rsatishni   ta’minlash   maqsadida
«O‘zbekmuzey» jamg‘armasi tashkil etilishi ko‘zda tutildi.
«O‘zbekmuzey»   uning   bo‘lim   va   korxonalari,   muzeylarning   asosiy   va
qo‘shimcha   faoliyatidan   olinadigan   daromadlari   besh   yil   muddatga   barcha
soliqlardan, bojxona va boshqa to‘lovlardan ozod etilishi ko‘zda tutilgan. Soliqdan
ozod etilishi natijasida yig‘ilgan mablag‘larni sohani yanada rivojlantirishga, uning
moddiy-texnika   negizini   mustahkamlashga,   xodimlarni   ijtimoiy-iqtisodiy
muhofaza   qilish   ishlariga   sarflanishi   nazarda   tutilgan.   Turli   tashkilot   va
5
  Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Музейлар фаолиятини тубдан яхшилаш ва такомиллаштириш
тўғрисида»ги Фармони. 1998 йил 12 январь // Халқ сўзи, 1998 йил 13 январь. homiylarning   daromaddan   to‘laydigan   soliq   bo‘yicha   bazasi   ularning   muzeylar
faoliyatini   yaxshilash   uchun   o‘tkazadigan   pul   mablag‘lari   miqdoriga   monand
qisqartirilishi belgilab qo‘yilgan. 
Muzey   ishining   yangi   bosqichidagi   «O‘zbekmuzey»   faoliyatining   asosiy
yo‘nalishlari   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Farmonida   quyidagicha
belgilandi:
-   muzeylarda   o‘zbek   xalqining   boy   madaniy   merosi,   uning   insoniyat
tarixidagi   o‘rni,   taraqqiyot   bosqichlarini   haqqoniy   aks   ettirish   hamda   zamonaviy
rivojlanish   istiqbollarini   chuqur   o‘rganib,   milliy   mustaqillik   g‘oyalariga   mos
ekspozitsiyalar   yaratish,   muzeyshunoslikda   umummilliy   siyosatning   amalga
oshirilishini ta’minlash;
-   mamlakatimiz   fuqarolarini   chet   ellarda   saqlanayotgan   osori-atiqalar   bilan
keng   tanishtirish   hamda   muzeylardagi   noyob   eksponatlar   orqali   xalq   ongida
umumbashariy qadriyatlarga, ulkan va boy milliy – madaniy merosimizga hurmat-
ehtirom, Vatanimizning buyuk kelajagiga komil ishonch tuyg‘ularini tarbiyalash;
-   muzeyshunoslik   sohasida   xalqaro   aloqalarni,   o‘zaro   foydali   hamkorlikni
rivojlantirish.   O‘zbekistonda   va   xorijda   keng   ko‘rgazma   faoliyati   orqali
mamlakatimizning boy tarixi, bugungi  yutuqlarini  dunyo jamoatchiligiga tanitish.
Muzeylarda saqlanayotgan noyob eksponatlarni jahon miqyosida targ‘ib etish;
-   hududiy   idoraviy   bo‘ysunishidan   va   mulkchilik   shaklidan   qat’i   nazar,
muzey faoliyati bilan shug‘ullanuvchi barcha tashkilotlar ishini muvofiqlashtirish,
ilmiy   muassasalarni   muzeyshunoslikni   rivojlantirishda   faol   ishtirok   etishga   jalb
qilish;
-   muzeyshunoslikka   zamonaviy   texnik   vositalarni   tatbiq   etish,   ulardan
samarali   foydalanishga   oid   dasturlar   ishlab   chiqish   va   ularni   amalga   oshirishga
ko‘maklashish 6
.
Farmonda   yana   bir   muhim   masalaga   alohida   e’tibor   qaratildiki,   bu   osori-
atiqalarni   muhofaza   qilish   bilan   bog‘liqdir.   Noyob   madaniy   boyliklarni   asrash,
mamlakatdan   olib   chiqish,   mamlakatga   olib   kirish   va   boshqa   masalalar   bilan
6
  Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Музейлар фаолиятини тубдан яхшилаш ва такомиллаштириш
тўғрисида»ги Фармони. 1998 йил 12 январь // Халқ сўзи, 1998 йил 13 январь. bog‘liq butun mas’uliyat O‘zbekiston Respublikasidagi Madaniyat ishlari vazirligi,
Fanlar akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Tashqi ishlar
vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati zimmasiga yuklatildi. 
Keyingi   bandida   O‘zbekiston   Respublikasi   Madaniyat   ishlari   vazirligi,
Badiiy   akademiya   va   Davlat   matbuot   qo‘mitasi   mamlakatimiz   aholisining
muzeyshunoslik   madaniyatini   oshirish,   ularni   merosimiz   va   qadriyatlarimizdan
xabardor   qilib   borish   hamda   mutaxassislar   muzey   xodimlarining   muzeyshunoslik
bo‘yicha   ilmiy   ishlarini   chop   etish,   bu   sohadagi   yutuqlarni   targ‘ib   qilish,   muzey
xodimlarining   kasbiy   malakasini   oshirish   maqsadida   uch   oyda   bir   marta   chop
etiladigan   ilmiy-amaliy,   ma’naviy-ma’rifiy,   rangli   «Moziydan   sado»   jurnalini
ta’sis etish topshirildi. 
  «O‘zbekturizm»   milliy   kompaniyasi,   «O‘zbekiston   havo   yo‘llari»   milliy
aviakompaniyasi   va   boshqa   manfaatdor   tashkilotlar   bilan   birgalikda   yetakchi
muzey   va   qo‘riqxonalarni   o‘z   ichiga   olgan   maxsus   xalqaro   turistik   yo‘nalishlar
(turlar)   tashkil   etish,   ularga   xorijiy   sayyohlarni   jalb   etish   yuzasidan   chora-
tadbirlarni   amalga   oshirish   lozimligi   ham   ushbu   Farmonda   ta’kidlangan.   Farmon
so‘ngida   Vazirlar   Mahkamasiga   uning   bajarilishini   ta’minlash   yuzasidan   tegishli
Qaror qabul qilish topshirilgan. 
Albatta,   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   Farmonini   hech
mubolag‘asiz   O‘zbekistonda   muzeyshunoslik   va   muzey   ishida,   uning   rivojlanish
istiqbollarini   belgilashda   dasturulamal   hujjat   ekanligini   ta’kidlamoq   lozim.
Holbuki,   muzeyshunoslik   va   muzey   ishi   tarixini   o‘rganar   ekanmiz,   Rossiya
imperiyasi,   sovetlar   davrida   ham   bu   kabi   keng   qamrovli   hujjat   bo‘lmaganligini
alohida   ta’kidlash   zarur.   Farmonda   sohaning   barcha   jihatlari   va   ularni
takomillashtirish ishlari ko‘rsatib berilgan. 
Ushbu   Farmonning   bajarilishini   ta’minlash   maqsadida   O‘zbekiston
Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   1998   yil   5   martdagi   «Muzeylar   faoliyatini
tubdan qo‘llab-quvvatlash masalalari to‘g‘risida»gi qarori chiqdi 7
. Mazkur qarorga
binoan muzey ishlarini yaxshilash borasida qator ishlar amalga oshirildi.
7
  Ўзбекистон   Республикаси   Вазирлар   Маҳкамасининг   1998   йил   5   мартда   қабул   қилинган   «Музейлар
фаолиятини тубдан қўллаб-қувватлаш масалалари тўғрисида»ги қарори // Халқ сўзи, 1998 йил 15 март. 2. «Muzeylar to‘g‘risida»gi Qonunning ahamiyati.  2008 yil 12 sentyabrda
O‘zbekiston   Respublikasining   «Muzeylar   to‘g‘risida»gi   Qonuni   qabul   qilindi 8
.
Ushbu   Qonunning   maqsadi   muzeylarning   tashkil   etilishi   va   faoliyati   sohasidagi
munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Qonun 8 bob, 36 moddadan iborat bo‘lib,
1-   bobda   umumiy   qoidalar,   ya’ni   Qonunning   maqsadi,   muzeylar   to‘g‘risidagi
qonun   hujjatlari,   asosiy   tushunchalar   o‘z   ifodasini   topgan.   2-bobda   Muzeylarni
boshqarish,   O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   muzeylarni
boshqarish   sohasidagi   vakolatlari,     O‘zbekiston   Respublikasi   Madaniyat   va   sport
ishlari vazirligining muzeylarni boshqarish sohasidagi vakolatlari, Mahalliy davlat
hokimiyati   organlarining   muzeylarni   boshqarish   sohasidagi   vakolatlari   o‘z   aksini
topgan.   3-bobda   Milliy   muzey   fondi,   Milliy   muzey   fondining   tarkibi,   Muzey
ashyolari va muzey kolleksiyalarini Milliy muzey fondi  tarkibiga kiritish , Muzey
ashyolari   va   muzey   kolleksiyalarini   Milliy   muzey   fondi   tarkibidan   chiqarish,
Milliy   muzey   fondining   Davlat   katalogini   yuritish,   Muzey   ashyolari   va   muzey
kolleksiyalarini   O‘zbekiston   Respublikasidan   olib   chiqish,   Milliy   muzey   fondi
tarkibiga   kiritilgan   muzey   ashyolari   va   muzey   kolleksiyalarining   fuqorolik
muomalasi   xususiyatlari,  Milliy  muzey  fondi  tarkibiga kiritilgan muzey  ashyolari
va  muzey  kolleksiyalari  bo‘lgan  mulk  shakllari  yoritilgan.  4-bobda  Milliy  muzey
fondining davlatga tegishli qismi, Milliy muzey fondining davlatga tegishli  qismi
tarkibi, Milliy muzey fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan muzey
ashyolari va muzey kolleksiyalarini tasarrufdan chiqarish, Milliy muzey fondining
davlatga   tegishli   qismi   xolati   ustidan   davlat   nazorati   xaqidagi   masalalar   qamrab
olingan.   5-bobda   Milliy   muzey   fondining   davlatga   tegishli   bo‘lmagan   qismi,
Milliy   muzey   fondining   davlatga   tegishli   bo‘lmagan   qismi   tarkibi,   Muzey
ashyolarini   va   muzey   kolleksiyalarini   Milliy   muzey   fondining   davlatga   tegishli
bo‘lmagan   qismi   tarkibiga   kiritish,   Muzey   ashyolari   va   muzey   kolleksiyalarini
Milliy   muzey   fondining   davlatga   tegishli   bo‘lmagan   qismi   tarkibidan   chiqarish,
Milliy   muzey   fondining   davlatga   tegishli   bo‘lmagan   qismi   tarkibiga   kiritilgan
8
  Ўзбекистон   Республикасининг   «Музейлар   тўғрисида»ги   Қонуни.   2008   йил   12   сентябрь   //   Ўзбекистон
Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2008 йил 37–38-сон. – Б. 12-20. muzey   ashyolari   va   muzey   kolleksiyalarini   hisobga   olish   hamda   saqlash,   Milliy
muzey fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi holati ustidan davlat nazorati,
Milliy   muzey   fondining   davlatga   tegishli   bo‘lmagan   qism   tarkibiga   kiritilgan
muzey   ashyolari   va   muzey   kolleksiyalariga   oid   bitimlar;   6-bobda     Muzeylarni
tashkil   etish,   Muzeylarni   tashkil   etish   maqsadlari,   Muzeylarni   tashkil   etish
shartlari,  Muzeylarning  turlari  va  toifalari,  Muzeylarni   tashkil  etish,   qayta  tashkil
etish   va   tugatish   tartibi,   Muzeylarni   moliyalashtirish,   Muzeylarga   beriladigan
imtiyozlar, Muzeylarning xalqaro hamkorlig; 7-bobda Milliy   muzey   fondining
ochiqligini   ta’minlash,   Muzey   ashyolari   va   muzey   kolleksiyalarini   kiib   ko‘rish,
Muzey   ashyolari   va   muzey   kolleksiyalarini   e’lon   qilishkabilar   o‘z   aksini   topgan.
Milliy   muzey   fondi,   Milliy   muzey   fondi   tarkibiga   kiritilgan   muzey   ashyolari   va
muzey   kolleksiyalarining   fuqarolik   muomalasi   xususiyatlari,   Milliy   muzey
fondining   davlatga   tegishli   qismi,   Milliy   muzey   fondining   davlatga   tegishli
bo‘lmagan   qismi,   muzeylarni   tashkil   etish,   Milliy   muzey   fondining   ochiqligini
ta’minlash   hamda   yakunlovchi   qoidalar   o‘z   aksini   topgan.   Mazkur   Qonun
yuzasidan   qator   loyihalar   ishlab   chiqib,   muhokama   uchun   bir   necha   vazirlikka
taqdim etildi.
Hukumat   tomonidan   muzey   ishlarini   yaxshilashga   yo‘naltirilgan   farmon,
qonun, qarorlar bugungi kunda muzeylar hayotiga tatbiq etilmoqda.
Mustaqillik davrida m uzey ishi va uning me’yoriy-huquqiy asoslarini tadqiq
va tahlil etish natijasida quyidagilar aniqlandi:
-   O‘zbekistonda muzeylar va muzey ishiga davlat siyosati darajasida e’tibor
berilmoqda.  O‘zbekiston  Respublikasi   Prezidenti   Islom  Karimovning 1998  yil  12
yanvardagi   Farmoniga   ko‘ra,   muzeylar   tomonidan   o‘z   faoliyati   takomillashuvini
jahon   andozalariga   moslab,   ilmiy   konsepsiya   va   dasturlar   ishlab   chiqilgani
kuzatildi. 
- Muzey tarmoqlarining istiqboli belgilanib, O‘zbekiston Respublikasi tarixi
uchun   muhim   ilmiy   va   tarixiy   ahamiyatga   ega   yodgorliklarni   yangilash;
zamonaviy   ekspozitsiya   va   ko‘rgazmalarni   ochish;   arxeologik,   etnografik
eksponatlarni   ta’mirlash;   nashr   etish   faoliyatini   kengaytirish,   jumladan,   ilmiy to‘plamlar   hamda   qo‘riqxona   shaharlar   va   ulardagi   yodgorliklarning   yo‘l
ko‘rsatkichini tayyorlash kabi ishlar amalga oshirilgani aniqlandi. 
- Muzeylar va muzey ishining yangi huquqiy bazasi yaratilishi yangi kadrlar
va mutaxassislar bilan mazkur sohani ta’minlash uchun zamin yaratdi.
  -   «O‘zbekmuzey»   jamg‘armasining   ta’sis   etilishi,   barcha   muzeylar
faoliyatini   bir   tizimga,   milliy   g‘oya   va   qadriyatlar   ruhi   asosida   ekspozitsiyalarni
qayta   ko‘rib   chiqish,   muzeylarni   zamonaviy   texnik   vositalar   bilan   ta’minlash,
binolarni   ta’mirlash,   eksponatlar   to‘g‘risida   kataloglar   yaratishga   xizmat   qilgani
ko‘rsatildi.
-   Mustaqillik   davrida   qabul   qilingan   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti
Farmoni,  O‘zbekiston   Respublikasi  Vazirlar   Mahkamasi   qarorlari   va  O‘zbekiston
Respublikasining «Muzeylar to‘g‘risida»gi Qonuni mamlakatda muzeylar ishining
asosiy yo‘nalishini aniqlab, uning istiqbolini belgilab berdi. Foydalanilgan adabiyotlar:
1.   Almeev   R.   Buxara   –   gorod   muzey.   –   Tashkent:   Fan,   1999.;   Yego   je.   Muzei
Uzbekistana   i   sotsialno-kulturnыe   perspektivы   ix   razvitiya.   –   Tashkent:   G.
Gulyam, 2007. 
2. Bekmurodov M., Rashidova M. Muzeyshunoslik. – Toshkent: Voris-Ali, 2006. 
3.Ilalov I. Muzeevedenie. – Tashkent: Musiqa, 2006. 
4.Kuryazova   D.T.   Muzey   ishi   tarixi   va   nazariyasi.   Kasb-hunar   kollejlari   uchun
o‘quv qo‘llanma. – Toshkent: O‘qituvchi , 2007. 
5.Fuzailova   G.,   Xasanova   M.   Muzeevedenie.   –   Tashkent:   Fan   va   texnologiyalar
bosmaxonasi, 2008. 
6.O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   1994   yil   23   dekabrda   qabul
qilingan   «Respublika   muzeylar   faoliyatini   yaxshilash   chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi qarori // Xalq so‘zi, 1994 yil 24 dekabr
7.O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   «Muzeylar   faoliyatini   tubdan
yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmoni. 1998 yil 12 yanvar // Xalq
so‘zi, 1998 yil 13 yanvar.
8.O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   «Muzeylar   faoliyatini   tubdan
yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmoni. 1998 yil 12 yanvar // Xalq
so‘zi, 1998 yil 13 yanvar.
9.O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   1998   yil   5   martda   qabul
qilingan «Muzeylar faoliyatini tubdan qo‘llab-quvvatlash masalalari to‘g‘risida»gi
qarori // Xalq so‘zi, 1998 yil 15 mart.
10.O‘zbekiston   Respublikasining   «Muzeylar   to‘g‘risida»gi   Qonuni.   2008   yil   12
sentyabr   //   O‘zbekiston   Respublikasi   qonun   hujjatlari   to‘plami,   2008   yil   37–38-
son.

Mustaqillik davrida muzey ishi va u ning me’yoriy-huquqiy asoslari Reja: 1. Mustaqillik davrida muzey ishining takomillashuvi. 2. «Muzeylar to‘g‘risida»gi Qonunning ahamiyati.

1. Mustaqillik davrida muzey ishining takomillashuvi. O‘zbekiston istiqloli respublikamiz ma’naviy hayotida yangi istiqbollarni ochdi. Xususan, jamiyat va inson hayotida muhim o‘rin tutuvchi muzey va muzeyshunoslikka davlat siyosati darajasida e’tibor berildi. Ushbu qismda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Farmoni, Vazirlar Mahkamasining maxsus qarorlari, «O‘zbekmuzey» tashkilotining ta’sis etilishi, «Muzeylar to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi hamda ularning ma’naviy hayotda, muzeylar faoliyati, muzeyshunoslikka ta’siri, ularning ilmiy ahamiyati ochib beriladi. Bu masala xususida N.Habibullaev, O‘.Yormuhammedov, Q.Inoyatov, D.Rahimova va I.Jabborov 1 kabilar vaqtli matbuotda hamda R.Almeev, I.Ilalov, G.Fuzailova va M.Xasanova, M.Bekmurodov va M.Rashidova, D.Kuryazova 2 va boshqa mutaxassislar maxsus tadqiqot, o‘quv qo‘llanma, darsliklarda o‘z fikr- mulohazalarini bildirganlar. Ularning mulohazalari umumlashtirilib, mustaqil O‘zbekistonda muzeylar taraqqiyoti uchun me’yoriy-huquqiy baza yaratgan hujjatlar xronologik tartibda tahlil etildi. Xalqimiz mustaqillikka erishgach, O‘zbekiston hududida joylashgan muzeylar faoliyatini takomillashtirish ishlari boshlandi. Ular xalqning ma’naviy- axloqiy kamolotida yanada muhim o‘rin egallay boshladi. Qadriyatlarimizni, boy tariximizni, mustaqilligimiz odimlarini aks ettiruvchi noyob, nodir eksponatlar bilan muzey ekspozitsiyalari boyitildi. Shuningdek, muzeylarni jahon standartlariga moslashtirish, jahonga tanitish, ulardan yoshlarimiz ongida milliy g‘urur va iftixor, milliy g‘oyaning o‘rin olishiga muhim omil bo‘lishi, yoshlarda Vatanga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirishga alohida e’tibor berildi. Jahon muzeyshunosligi tajribalarini qo‘llashga zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida 1 Жабборов И., Раҳимова Д. Замонавий музейшуносликнинг долзарб муаммолари // Мозийдан садо. – Тошкент, 2003. - № 1 (7). – Б. 10-12.; Иноятов Қ. Ватанга муҳаббат шу ерда туғилади // Мозийдан садо. – Тошкент, 1999. – № 3. – Б. 4-7.; Ҳабибуллаев Н. Ўзбек музейларининг истиқболи // Мозийдан садо. – Тошкент, 1999. – № 1-2. – Б. 12-13.; Ёрмуҳаммедов Ў. Нажотбахш қарор // Гулистон – Тошкент, 1995. – № 2. – Б. 28-29. 2 Бекмуродов М., Рашидова М. Музейшунослик. – Тошкент: Ворис-Али, 2006. – 102 б.; Илалов И. Музееведение. – Ташкент: Мусиқа, 2006. – 357 с.; Kuryazova D.T. Muzey ishi tarixi va nazariyasi. Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma. – Toshkent: O‘qituvchi , 2007. – 160 b.; Фузаилова Г., Хасанова М. Музееведение. – Ташкент: Фан ва технологиялар босмахонаси, 2008. - 192 с.; Альмеев Р. Бухара – город музей. – Ташкент: Фан, 1999. – 205 с.; Его же. Музеи Узбекистана и социально-культурные перспективы их развития. – Ташкент: Г. Гулям, 2007. – 268 с.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 12 yanvardagi Farmoni qabul qilindi. Ushbu hujjat O‘zbekistondagi muzeylar faoliyatida burilish nuqtasi bo‘lib, ularning tarixida yangi davr boshlanganini anglatadi. Mustaqillik davrida muzeyshunoslik va muzey ishiga oid dastlabki maxsus hujjat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 23 dekabrda qabul qilingan «Respublika muzeylari faoliyatini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi» qarori bo‘ldi 3 . Albatta, bu hujjat o‘z davri uchun muhim ahamiyat kasb etdi. Unda respublika muzeylarining vazifalari, istiqbollari belgilab berildi. Jumladan, Madaniyat ishlari vazirligiga muzeylar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi idoralararo jamoatchilik kengashi tuzish vazifasi topshirildi. Hujjatda O‘zbekiston muzey boyliklari fondi to‘g‘risidagi Nizomni, muzeylarda saqlanayotgan tarixiy-madaniy boyliklarni ro‘yxatga olish, jamlash va saqlash tartibi to‘g‘risida yo‘riqnoma ishlab chiqish va tasdiqlatish ko‘zda tutildi. Qarorda O‘zbekiston fuqarolarini chet ellarda saqlanayotgan tarixiga oid osori- atiqalar bilan tanishtirish hamda muzeylardagi noyob eksponatlar orqali tarixni va bugungi yutuqlarni keng targ‘ib etish uchun belgilangan xalqaro tartib asosida xorijiy mamlakatlar muzeylari bilan o‘zaro ko‘rgazmalar ayirboshlash yuzasidan aniq tadbirlar rejasi ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi belgilandi. Hujjatda «O‘zbekturizm» milliy kompaniyasi, «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar hisobidan mamlakatimiz muzeylarida saqlanayotgan noyob eksponatlarni jahon miqyosida targ‘ib etishga yo‘naltirilgan reklama mahsulotlarini muntazam chiqarib turishni tashkil etish topshirildi. Alohida e’tibor muzeylardagi eksponatlarning uzoq saqlanishini ta’minlash, ularni ta’mirlash va asl holicha saqlab qolish maqsadida vazirlik huzurida xo‘jalik hisobida ish ko‘ruvchi, chet el sarmoyalarini jalb etib, qo‘shma korxonalar barpo etish hisobiga mahsulot ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi ilmiy ishlab chiqarish markazini tashkil etish lozimligiga e’tibor qaratildi. O‘zbekiston Respublikasidagi muzeylar ishining yagona tizimini vujudga keltirish, ular faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy yordam ko‘rsatish uchun 3 Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 1994 йил 23 декабрда қабул қилинган «Республика музейлар фаолиятини яхшилаш чора-тадбирлари тўғрисида»ги қарори // Халқ сўзи, 1994 йил 24 декабрь.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining markaziy apparati tarkibida uchta xodimdan iborat Muzey ishlari bosh boshqarmasini tuzish ko‘zda tutildi. Qarorda malakali kadrlar tayyorlash ham nazardan chetda qolmadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda «O‘zistiqbolstat» davlat qo‘mitasiga 1995–1996 o‘quv yilidan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining talabnomasi asosida oliy ma’lumotli muzeyshunos mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha tegishli o‘rinlar ajratish topshirildi. Qarorning 2-ilovasida 1995–1997 yillari «O‘zbekiston davlat san’at muzeyi» (Toshkent) 4 , «O‘zbekiston san’ati va madaniyati davlat muzey»larini (Samarqand) ta’mirlash, «O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi» va uning fondlari uchun yangi inshoot bunyod etish ko‘zda tutildi. Rejalashtirilgan ishlar respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi ko‘rsatildi. Inshootlarni zamonaviy jihozlashga zarur bo‘lgan texnika vositalarini sotib olish uchun ham mablag‘ ajratish belgilandi. Bugungi kunda yuqoridagi ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga, o‘z hududlaridagi muzeylar ishini takomillashtirish, ularni ta’mirlash va yangilarini qurish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni belgilashlari kerakligi ta’kidlandi. Mamlakat muzeylarida saqlanayotgan va saqlanishi lozim bo‘lgan nodir ashyolarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish topshirildi. Chet ellarga ko‘rgazma uchun olib chiqib ketilmaydigan noyob osori-antiqalar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdig‘iga kiritilishi lozimligi uqtirildi. Shuningdek, mutasaddi vazirliklarga xorijiy mamlakatlarda ko‘rgazmalar o‘tkazish tartibini, O‘zbekiston muzeylari fondidan noyob eksponatlarni olib borish me’yorlarini ishlab chiqib, birgalikda tasdiqlash buyurildi. Noyob eksponatlarning daxlsiz saqlanishini va respublikamizga qaytarib olib kelishni ta’minlashga alohida e’tibor berish hamda muzeylarning rahbarlari va boshqa tegishli mansabdor shaxslarning javobgarlik darajasi nazarda tutilishi lozimligi alohida ta’kidlandi. 4 Музейнинг ХХ аср 30 -йилларида ташкил топиши ва фаолияти ҳақида архив маълумотлари ҳам мавжуд. Қаранг: ЎзР МДА, Р–94-фонд, 5-рўйхат, 1805-иш, 1-варақ.

Ushbu hujjat endigina mustaqillikka erishgan yosh davlatning muzeyshunoslik va muzey ishiga katta e’tibori timsolidir. Hozirgi kunda tarixiy durdonalarni asrab-avaylash, o‘tmish osori-atiqalarini, nodir qo‘lyozmalarni ilmiy jihatdan o‘rganish har taraflama tadqiq etilishiga jiddiy e’tibor berilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 12 yanvarda qabul qilingan «Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmoni muzeylar maqomini yuksaltirishga qaratilgani bilan qimmatlidir. Ushbu Farmonda O‘zbekiston hududida qadimdan shakllangan muzeylar tizimini yanada takomillashtirish, ularni xalqning ma’naviy-axloqiy kamolotida tutgan o‘rnini yuksaltirish, muzey fondlarida saqlanib kelinayotgan xalqimizning boy tarixini, mustaqilligimiz odimlarini aks ettiruvchi noyob, nodir eksponatlarni avaylab-asrash lozimligi ta’kidlandi. Ularni o‘rganish, boyitib borish, dunyoga olib chiqish va targ‘ib etish, xalqimiz ongida milliy g‘urur va iftixor, istiqlol va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirish yo‘lida keng foydalanish lozimligi ko‘rsatildi. Muzeylarni zamon talablariga mos yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, moddiy-texnika bazasini mustahkamlab, jahon muzeyshunosligining eng ilg‘or tajribalarini qo‘llash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish lozimligi ta’kidlandi 5 . Farmonning birinchi bandida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi va tegishli idoralarga mavjud barcha turdagi muzeylar faoliyatini muvofiqlashtirish, zarur ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida «O‘zbekmuzey» jamg‘armasi tashkil etilishi ko‘zda tutildi. «O‘zbekmuzey» uning bo‘lim va korxonalari, muzeylarning asosiy va qo‘shimcha faoliyatidan olinadigan daromadlari besh yil muddatga barcha soliqlardan, bojxona va boshqa to‘lovlardan ozod etilishi ko‘zda tutilgan. Soliqdan ozod etilishi natijasida yig‘ilgan mablag‘larni sohani yanada rivojlantirishga, uning moddiy-texnika negizini mustahkamlashga, xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy muhofaza qilish ishlariga sarflanishi nazarda tutilgan. Turli tashkilot va 5 Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Музейлар фаолиятини тубдан яхшилаш ва такомиллаштириш тўғрисида»ги Фармони. 1998 йил 12 январь // Халқ сўзи, 1998 йил 13 январь.