Huquqiy informatikaning metodologik asoslari
Mavzu: Huquqiy informatikaning metodologik asoslari Reja: 1.Huquqiy informatika predmeti 2.Huquqiy informatikaning integrativ funksiyasi 3.Tizimlarni tahlil qilish metodi
1.O'zbekistonning davlat va huquq sohasini axborotlashtirish borasidagi murakkab vazifalarni hal qilish ilmiy bilimlarning yangi sertarmoq tizimini vujudga keltirishni talab qiidi. Yangi fanlararo tarmoq — huquqiy informatika ana shu vazifalarni hal qilishga javob beradi. Umumiy va huquqiy informatika g‘oyalari dastlab murakkab dinamik tizimlarni boshqarish qonunlari haqidagi fan - kibernetika tarkibida rivojlandi. Informatikani mustaqil fanga ajratish masalasi faqat ayrim olimlar tomonidan qo'yildi. Jumladan, mazkur sohaning yetakchi mutaxassislaridan biri V.l. Siforov informologiya - axborotlarni uzatish, taqsimlash, qayta ishlash va o'zgartirish qonunlari haqidagi fan g'oyasini ilgari surdi. Bunda informologiya mazmuniga axborotlarni kodlash, koddan chiqarish, eslab qolish, saqlash, qidirish, ajratib olish, yetkazish, taqqoslash, ifoda etish, ishlab chiqarish va foydalanish kirishi nazarda tutildi (1976). 60- yillaming oxirida «informatika» tushunchasi mamlakatimizda faqat axborot texnikasi bilan emas, balki ilmiy axborot nazariyasi («dokumentalistika») bilan ham bog'landi. Bunga ko'p jihatdan A.I. Mixaylov, A.I. Cherniy va R.S. Gilyarevskiyning «Informatika asoslari» (1968) asarining e’lon qilinishi sabab bo'ldi. Asarda ilmiy- texnik axborot tushunchasi va unga ishlov berish usullari batafsil ko'rib chiqildi. 1982-yili kibernetika va informatika sohasidagi atoqli olim V.M. Glushkovning «qog'ozsiz informatika asoslari» monografiyasi e’lon qilindi. Ushbu monografiyada axborot tushunchasi va unga ishlov berish usullari, ilmiy tadqiqotlar, noshirlik faoliyati, tibbiyot, ta’lim, loyihalash ishlari, kredit-moliya munosabatlari sohalaridagi qog‘ozsiz texnologiyalaming amaliy masalalari ko'rib chiqildi. Tashkiliy tizimlarni avtomatlashtirish va turdosh masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Umumdavlat avtomatlashtirilgan tizimi g'oyasi ilgari surildi. Informatikaning tushunchalar apparatini shakllantirishda GR. Gromovning «Milliy axborot resurslari: sanoatda foydalanish masalaiari» (1984) monografiyasi katta rol o'ynadi. Bu monografiyada milliy axborot resurslari, ulardan sanoatda foydalanish, EHM sanoatining o'sish sur’atlari, axborot texnologiyalari va dasturlashtirish
fanining rivojlanish istiqbollari ko'rib chiqilgan. Axborot resurslari - mamlakat mehnatga layoqatli aholisi eng malakali va ijodiy jihatdan faol qismi intellektual faoliyatining bevosita mahsulidir. Milliy axborot resurslari - nisbatan yangi iqtisodiy kategoriya. Bu resurslarni miqdoriy baholash va ularning boshqa iqtisodiy kategoriyalar bilan aloqasi masalasining to'g'ri qo'yiNshi turli bilim sohalaridagi mutaxassislar va olimlardan hamkorlikdagi uzoq izlanishlarni talab etadi. 80-yillarning oxirlaridan O'zbekistonda ikkinchi kompyuter inqilobi boshlandi. «Informatika» atamasi faqat fannigina emas, amaliy faoliyat yo'nalishini ham anglata boshladi. Informatika xalq xo'jaligining tarmog'i sifatida kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulot ishlab chiqarish va zamonaviy axborotlarga ishlov berish texnologiyalarini ishlab chiqish bilan bog'liq turli xo'jalik yuritish shakllaridagi turdosh korxonalar majmuidan tashkil topadi. «Informatika» atamasi 60-yillarda Fransiyada vujudga kelgan bo'lib, elektron hisoblash mashinalari yordamida axborotlarga avtomatlashtirilgan ishlov berish sohasi ana shu atama bilan atalgan. Fransuzcha informatique atamasi information (axborot) va automatique (avtomatika) so'zlarini qo‘shish yo‘li bilan hosil qilingan bo'lib, «informatsion avtomatika yoki axborotlarga avtomatlashtirilgan ishlov berish» degan ma’noni anglatadi. Inglizzabon mamlakatlarda bu atamaga computer science (kompyuter texnikasi haqidagi fan) atamasi mos keladi. Mamlakatimizda «informatika» atamasining hozirgi talqini 1983 yili sobiq SSSR Fanlar akademiyasi yillik yig'ilishi sessiyasida Informatika, hisoblash texnikasi va avtomatlashtirish bo'limini tashkil etish haqida qaror qabul qilingan paytdan e’tiboran qaror topdi. Informatika «EHMga asoslangan axborotlarga ishlov berish tizimlarini ishlab chiqish, loyihalash, yaratish, baholash, bu tizimlaming ishlashi, ularning qo'llanishi va ijtimoiy amaliyotning turli sohalariga ta’sirining barcha jihatlarini o'rganuvchi kompleks ilmiy va muhandislik fani» sifatida talqin qilindi. Predmetini axborotlar va axborot jarayonlari tashkil qiluvchi fanlarning sertarmoq tizimi mavjud. Axborot jarayonlarining umumiy qonuniyatlari va ularning matematik
modellarini o'rganuvchi nazariy informatika; jamiyatdagi axborot jarayonlarining xususiyatlarini o'rganuvchi ijtimoiy informatika; to'g'ridan-to'g'ri amaliy vazifalarni hal qilish uchun avtomatlashtirish vositalaridan foydalanishga mo'ljallangan amaliy informatika; muayyan fanlar (iqtisodiyot, sotsiologiya, huquq va boshqalar)dagi axborot jarayonlarini o'rganuvchi informatikaning tarmoq yo'nalishlari shular jumlasidan. Hozirgi zamon informatika fani matematika va kibernetika, tizimli texnika va elektronika, mantiq va lingvistika negizida vujudga kelgan. Uning asosiy ilmiy yo'nalishlari hisoblash texnikasining nazariy asoslari, statistik axborot nazariyasi, dasturlashtirish va sun’iy intellekt singari fanlarni hosil qilgan. Umumiy va huquqiy informatikani farqlay bilish zarur. Umumiy informatika - bu axborotlarning tuzilishi va xususiyatlarini, shuningdek, axborot faoliyatining qonuniyatlari, uning nazariyasi, metodikasi va tashkilotini o'rganuvchi fandir. Umumiy informatikaning maqsadi axborotlarni yozib olish, to'plash, tahliliy- sintetik ishlov berish, saqlash, qidirish va tarqatishning maqbul usul va vositalarini ishlab chiqishdan iborat. Mavjud ishlar umumiy informatikaning tuzilishiga tegishli quyidagi qoidalarni ta’riflash imkonini beradi. 1. Axborot va axborotlashtirishning ijtimoiy masalalari. Ijtimoiy axborot. Axborotning jamiyatdagi roli. Axborot jamiyati konsepsiyasi. Axborot xavfsizligi. Axborotlashtirishning ijtimoiy oqibatlari. 2. Nazariy va matematik informatika. Algoritm, model, formalizatsiya tushunchalari. Qarorlar qabul qilish nazariyasi, matematik va mantiqiy apparat. 3. Sun’iy intellekt nazariyasi. Intellektual va psixik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish. Ekspert tizimlar. Obrazlarni tanib olish. Intellektual robotlar. 4. Hisoblash texnikasi va dasturlash. EHM arxitekturasi. Dastur va dasturlash. EHMning yaratilishi tarixi. Rivojlanish tendensiyalari. Kompyuter tarmoqlari va tizimlari. 5. Amaliy informatika. Fan va amaliyotning turli sohalarida (iqtisodiyot, texnika, har- biy ish, huquq va boshqalarda) axborotlarni to'plash va ularga ishlov berish usullarini qo'llash masalaiari. Informatika amaliy fan sifatida axborot jarayonlaridagi
qonuniyatlar (axborotlarni jamg'arish, qayta ishlash va tarqatish)ni o'rganish, inson faoliyatining turli sohalarida kommunikatsiyalarning axborot modellarini yaratish, axborot tizimlari va texnologiyalarini ishlab chiqish bilan shug'ullanadi. Huquqiy informatika umumiy informatikaning amaliy tarmog'i hisoblanadi. Huquqiy informatikaning vazifalari va tabiatini tushunishga nisbatan har xil yondashuvlar mavjud. Aytib o'tilgan qarashlardan kelib chiqib unga quyidagicha ta’rif berish mumkin. Huquqiy informatika-b u yuridik faoliyat sohasidagi axborot jarayonlarining qonuniyatlari va xususiyatlari, ulami avtomatlashtirish, yuridik faoliyatni takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish hamda huquqiy vazifalarni hal qilish uchun huquq fanlari nazariyasi va metodologiyasi, matematika, informatika va mantiq, vosita va usullaridan kompleks foydalanish negizida yaratiladigan avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining tuzilishi va ulardan foydalanish usullari haqidagi fanlararo bilim sohasidir1. Huquqiy informatika va huquqiy kibernetika g'oyalarining vujudga kelishi va rivojlanishida V.N. Kudryavsev, D.A. Kerimov, O.A. Gavrilova, R.M. Lansman, Z.I. Kirsanov, S.S. Moskvin, N.S. Polevoy, A.R. Shlyaxov, L.G. Ejubov singari olimlarning ishlari katta rol o'ynadi. Huquqiy informatikaning vazifalariga quyidagilar kiradi: plyuralistik demokratiya va oshkoralik, jamiyatning har bir a’zosi normativ huquqiy hujjatlaming butun majmuidan foydalanish imkoniyatiga egaligi, zarur vaqtda, zarur joyda va zarur shaklda erkin axborot olish imkoniyatining mavjudligi prinsiplarida huquqiy davlat qurishda faol ishtirok etish; avtomatlashtirilgan ish joylari (AIJ), intellektual va maslahat tizimlarini joriy etishning ilmiy va amaliy asoslarini ishlab chiqish; yuridik muassasa va organlarning faoliyatini intellektuallashtirish, adliyani va yuridik faoliyatning boshqa shakllarini amalga oshirishda ish samaradorligi va madaniyatini oshirish; avtomatlashtirilgan ta’lim tizimlarini yaratish; yuridik kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashning nazariy va uslubiy muammolarini ishlab chiqish, yangi huquq ixtisosligi - «huquqiy informatika» bo'yicha yosh mutaxassislar korpusini shakllantirish. Bugungi kunda huquqiy