Testologiyaning texnik va metodologik prinsiplari
Mavzu: Testologiyaning texnik va metodologik prinsiplari Reja: 1. Test tuzish va uning qo ’ llanish sohasini aniqlash. 2. Xorijiy testlarni modifikatsiya qilish va moslashtirish. 3. Metodikalarni ishlab chiqish va foydalanishning talabalri. Psixodiagnostik axborotlarning ob ’ ektivlik muammosi. 4. Psixodiagnostik metodikalarning ishlab chiqish, moslashtirish va foydalanish.
1. Test tuzish va uning qo ’ llanish sohasini aniqlash. Metodikalar yaratish texnologiyasi va ularni mahalliy sharoitga moslashtirish. Testlashtirish to’g’risida so’z borganda birinchi navbatda «test» so’zi to’g’risida to’xtalishimizga to’g’ri keladi. «Test» inglizcha so’z dan olingan bo’lib, sinov, sinash, tajriba ma’nosini bildiradi. Test qisqa muddatli standartlashtirilgan sinash vositasi bo’lib, eng muhim va ahamiyatli ma’lumotlarni olishga mo’ljallangan. Test tuzish bosqichlari Testlashtirish konsepsiyasining asosida shaxs xususiyatlarini baholash va o’lchash metodi tushuniladi va u quyidagilarga tayanadi: 1. SHaxsning ichki (ruhiy ) xususiyatalari indikatorlar yordamida aniqlanadi. 2. Indikatorlar maxsus usullar bilan o’lchanadigan yoki ob’ektini kuzatish orqali ifodalanadi. 3. Tashqi (xulqiy) va shaxsning ichki xususiyatlari o’rtasida bir xil sababiy bog’lanish mavjud: kuzatilayotgan xatti-harakat yoki reaksiya bilan ma’lum shaxs xususiyatlarini ng namoyon bo’lishidan 4. Test sinovlarida keng ko’lamli tadqiqot tanlanmalarida amalga oshiriladi. (V.M.Rusalov, O.V.Guseva. YU.M.Zabrodin, V.I.Poxil ь ko, A.G.SHmelev, A.G.Vinogradov) 2.Xorijiy testlarni moslashtirish. Xorijiy testlarni moslashtirishda quyidagilarga amal qilish lozim: Tes t ning original variantidan ikkinchi tilda tarjimasi bo‘yicha dastlabki variantini tayyorlash Lingvist va testning original variantini tushunuvchi mutaxassisni jalb etish orqali test mazmunini ekspert baholash; Testni asli bilan eksperimental tajribasidagi shkalalarni ekvalentligini tekshirish; YA ngi shkalalarni o’rnatish va mahalliy tanlanmalar bo’yicha mos me’yorlarni to’plash. (YU.L.Xanin, 1977) 3. Psixodaignostik testlarning effektivligi ni quyidagi shartlar belgilaydi: 1. SHkalalar intervalidan foydalanish
2. Ishonchlilik 3. Validlik 4. Diskriminativlik 5. Normativ ma’lumotlar yig’ish Test topshiriqlarining ichki muvofiqlik darajasiga egaligi va tekshiriluvchidan bir necha bor test topshirig’i sinab ko’rilganda gi natijalarning bir xil miqdoriy k o’ rsatkichga ega bo’lishi , uning ishonchliligini belgila y di. Validlik . Testning o’rganishga mo’ljallangan xususiyatni o’lchay olish imkoniyati, yoki uning validligini belgilaydi. Validlik turlari: 1. Konkurent validlik 2. Prognostik validlik 3. Konseptual validlik Testlarni s tandartlashtirish-psixometrik o’lchash tadbirla rn ing biri sifatida qaraladi va ular tekshiriluvchilarni bir-biri bilan qiyoslashda va natijalarni tahlil etish uchun zarur me’yor hisoblanadi. 500 kishilik tanlanma olinadi. II. Standartlashtirish. Testlarni standartlashtirish psixometrikaning asosiy talablaridan bir sanaladi. «Sten»( Standart ten - standartnaya desyatka) 1. Psixologik testlar va shaxs so’rovnomlaridan foydalanishda ularning yutuq va kamchiliklari to’g’risida yaqqol tasavvurga ega bo’lish mutaxassis faoliyati samaradorligini ta’minlashning muhim shartlari hisoblanadi. Psixologik testlarning qadr-qimmati quyidagi sifatlari bilan belgilanadi: 1. Testni tatbiq etish sh aroitlar i va natijalarni standartlashtiril ganligi. 2. Test metodikalarni o’tkazishda foydalanuvchilarning ma’lumotlik darajasiga bog’liq bo’lmagan holda tayyorlab qo’yish mumkin. Bu esa test batareyalari bo’yicha kompleks xulosalar tayyorlashda yuqori malakali psixologni jalb etish kerak emas, degan ma’noni bermaydi.
3. Operativlik va tejamkorlik. Tipik testlar qisqa topshiriqli seriyalardan tashkil topadi. Ularni bajarish uchun esa yarim minut vaqtni oladigan bo’ladi va odatda testlar bir soatdan oshib ketmaydi. Ba’zi shaxs li lik testlari bunday chegaradan chetga chiqishiga ham to’g’ri keladi. 4. Baholarning miqdoriy differensiallashgan xarakterga egaligi. Test shkalalari va standartlashganlik uning aniqlovchi instrumenti sanaladi hamda o’lchanayotgan xususiyatni miqdoriy baholash imkonini beradi (bilim, ko’nikma, malaka) . YAxshi test o’quvchilarni uch toifaga ajratib beradi. A’lochi, o’rta va qoloq. Qutbli xarakterda esa qobiliyatli va talantli, ishonchlikni yo’qligi bilan o’ta ishonchsizlik (mutlaqo tayyor emaslikni) ajartishga olib keladi. Bundan tashqari test natijalarining miqdoriy testlarning yaxshi ishlab chiqilganligi imkoniyatlarini baholab beradi. 5. Optimal maqbul murakkablik. Professional tarzda tayyorlangan test topshiriqlari optimal murakkablikka ega bo’ldai. Bunda o’rta sinaluvchi maksimal miqdordagi ballning 50 foizini to’play olishi kerak. Bu dastlabki, psixometrik eksperiment vaqtida aniqlanadi. 6. Ishonchlilik. 7. Adolatlilik. YAxshi test barcha tekshiriluvchilar uchun bir xil shart-sharoit qo’yiladi. 8. Komp ь yuterlashtirish imkoniyati. Ommaviy test tadbirlarini o‘tkazishda uning natijalarini qayta ishlash va vaqt tejamkorligini oshirishga yordam beoadi. Testlarni komp ь yuterlashtirish axborot xavfsizligini ta’minlashning eng maqbul yo‘li sanaladi. 9. Psixologik adekvatligi. Bu optial murakkabligini muhim psixologik sababi hisoblanadi. Stressga chidamlilik, Testlarni qadr-qimmati bilan bir qatorda ularning kamchiliklarini ham sanab o’tish lozim bo’ladi. 1. «Ko’r-ko’rona» xatoga yo’l qo’yish xavfi. YUqori ma’lumotli bo’lmagan mutaxassislarga ishonib qo’yish, ya’ni testlarni avtomatik tarzda
ishlatish, ba’zida bir qator oqibatlarga olib kelishi mumkin. Yo’riqnomalarni tushunmasdan javob berishga to’g’ri kelib qolishi, 2. Profanatsiya xavfi. Bu so’z ma’nosini ifodalashda hosil bo’ladigan effekt. Masalan , mutaxassislar saralash sharoitida MMPI ni qo’lla ganda , testning sakkizinchi shkala si dagi maksimal ball «SHizofreniya»ni aniqlashga mo’ljallangan. B u original tafakkurni baholovchi sanaladi . T o’rtinchi shkalada «psixopatiya-impul ь sivlik» tarzda ifodalangan. Testning savollari sog‘lom shaxsni ancha talvasaga solib qo‘yadi. 3. Individual yondashuvning yo‘qligi (Stressga chidamlilik). Test yoppasiga o‘tkazishga ancha qo‘l kelganligi sababli, unda individual xarakterdagi jihatlar e’tibordan chetda ham qolib ketadi. 4. Ishonchlilik sharoitlarini bo’lmasligi. Test protseduralarining rasmiylik xarakteriga ega ekanligi, psixologni uning muammosiga shaxsan qiziqishiga nisbatan ishonchsizlik ni olib keladi. 5. Noadekvat murakkablik individual yondashuvning yo’qolishi. Ba’zan yuqori ma’lumotli darajasida tuzilmagan testlarda ha d dan ortiq murakkablik yosh xususiyatlariga ta ’ sir etadi. 2. SHaxs so’rovnomalari va ularni psixologik ifodalash tartibi SHaxs so’rovnomalarining rasmiylashtirish va ularning shkalalarini ifodalashda ayrim tartiblarga amal qilinadi. Psixologik shaxs so’rovnomalarining «L» ''Q''-ma’lumotlar bir qator tadqiqotlarda o’ziga xos tarzda tartiblanadi. Bunday tadqiqotlarda L» ''Q''- ma’lumotlarning muvofiqligini ta’minlashda 20 tagacha omillar inobatga olingan. Faktorlarni identifikatsiyalashda ikki xil ifodalash tizimiga amal qilinadi: indeksli va alfavitli Indeksli ifodalash tizimi o’zida universal indekslarni taqdim etadi va quyidagicha yoziladi: U.I. (L, Q)№, agar U.I. universal ь indeksning qisqartirilgan ifodasi; L ,Q-ma’lumotlar tipini ifodalanishi, №-universal indeksdagi faktorning raqami.Ular 1dan 20 gacha bo‘lishi mumkin. Alfavitli ifodalash tizimi ABCDEFGHIJKLMNOQ 1 Q 2 Q 3 Q 4 )