logo

HUQUQIY IFORMATIKA MODELLASHTIRISH MEDODI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

72.3134765625 KB
HUQUQIY IFORMATIKA MODELLASHTIRISH MEDODI.
REJA:
1.Huquqiy informatika predmeti
2.Huquqiy informatikaning integrat funksiyasi 
3. Tizimlarni tahlil qilish metodi
     O'zbekistonning   davlat   va   huquq   sohasini   axborotlashtirish   borasidagi
murakkab   vazifalarni   hal   qilish   ilmiy   bilimlarning   yangi   sertarmoq   tizimini
vujudga keltirishni  talab qiidi. Yangi fanlararo tarmoq — huquqiy informatika
ana shu vazifalarni hal qilishga javob beradi. Umumiy va huquqiy informatika
g‘oyalari   dastlab   murakkab   dinamik   tizimlarni   boshqarish   qonunlari   haqidagi
fan   -   kibernetika   tarkibida   rivojlandi.   Informatikani   mustaqil   fanga   ajratish
masalasi   faqat   ayrim   olimlar   tomonidan   qo'yildi.   Jumladan,   mazkur   sohaning
yetakchi   mutaxassislaridan   biri   V.l.   Siforov   informologiya   -   axborotlarni
uzatish,   taqsimlash,   qayta   ishlash   va   o'zgartirish   qonunlari   haqidagi   fan
g'oyasini   ilgari   surdi.   Bunda   informologiya   mazmuniga   axborotlarni   kodlash,
koddan   chiqarish,   eslab   qolish,   saqlash,   qidirish,   ajratib   olish,   yetkazish,
taqqoslash,   ifoda   etish,   ishlab   chiqarish   va   foydalanish   kirishi   nazarda   tutildi
(1976). 60- yillaming oxirida «informatika» tushunchasi mamlakatimizda faqat
axborot   texnikasi   bilan   emas,   balki   ilmiy   axborot   nazariyasi
(«dokumentalistika»)  bilan ham  bog'landi. Bunga ko'p  jihatdan  A.I. Mixaylov,
A.I. Cherniy va R.S. Gilyarevskiyning «Informatika asoslari» (1968) asarining
e’lon   qilinishi   sabab   bo'ldi.   Asarda   ilmiy-texnik   axborot   tushunchasi   va   unga
ishlov   berish   usullari   batafsil   ko'rib   chiqildi.   1982-yili   kibernetika   va
informatika   sohasidagi   atoqli   olim   V.M.   Glushkovning   «qog'ozsiz   informatika
asoslari»   monografiyasi   e’lon   qilindi.   Ushbu   monografiyada   axborot
tushunchasi va unga ishlov berish usullari, ilmiy tadqiqotlar, noshirlik faoliyati,
tibbiyot,   ta’lim,   loyihalash   ishlari,   kredit-moliya   munosabatlari   sohalaridagi
qog‘ozsiz   texnologiyalaming   amaliy   masalalari   ko'rib   chiqildi.   Tashkiliy
tizimlarni   avtomatlashtirish   va   turdosh   masalalarga   alohida   e’tibor   qaratildi.
Umumdavlat   avtomatlashtirilgan   tizimi   g'oyasi   ilgari   surildi.   Informatikaning
tushunchalar   apparatini   shakllantirishda   GR.   Gromovning   «Milliy   axborot
resurslari:   sanoatda   foydalanish   masalaiari»   (1984)   monografiyasi   katta   rol
o'ynadi.   Bu   monografiyada   milliy   axborot   resurslari,   ulardan   sanoatda
foydalanish,   EHM   sanoatining   o'sish   sur’atlari,   axborot   texnologiyalari   va dasturlashtirish   fanining   rivojlanish   istiqbollari   ko'rib   chiqilgan.   Axborot
resurslari - mamlakat mehnatga layoqatli aholisi eng malakali va ijodiy jihatdan
faol   qismi   intellektual   faoliyatining   bevosita   mahsulidir.   Milliy   axborot
resurslari   -   nisbatan   yangi   iqtisodiy   kategoriya.   Bu   resurslarni   miqdoriy
baholash va ularning boshqa iqtisodiy kategoriyalar bilan aloqasi  masalasining
to'g'ri   qo'yiNshi   turli   bilim   sohalaridagi   mutaxassislar   va   olimlardan
hamkorlikdagi   uzoq   izlanishlarni   talab   etadi.   80-yillarning   oxirlaridan
O'zbekistonda   ikkinchi   kompyuter   inqilobi   boshlandi.   «Informatika»   atamasi
faqat   fannigina   emas,   amaliy   faoliyat   yo'nalishini   ham   anglata   boshladi.
Informatika   xalq   xo'jaligining   tarmog'i   sifatida   kompyuter   texnikasi,   dasturiy
mahsulot   ishlab   chiqarish   va   zamonaviy   axborotlarga   ishlov   berish
texnologiyalarini ishlab chiqish bilan bog'liq turli xo'jalik yuritish shakllaridagi
turdosh korxonalar majmuidan tashkil topadi. «Informatika» atamasi 60-yillarda
Fransiyada   vujudga   kelgan   bo'lib,   elektron   hisoblash   mashinalari   yordamida
axborotlarga   avtomatlashtirilgan   ishlov   berish   sohasi   ana   shu   atama   bilan
atalgan. Fransuzcha informatique atamasi information (axborot) va automatique
(avtomatika)   so'zlarini   qo‘shish   yo‘li   bilan   hosil   qilingan  bo'lib,   «informatsion
avtomatika yoki axborotlarga avtomatlashtirilgan ishlov berish» degan ma’noni
anglatadi. Inglizzabon mamlakatlarda bu atamaga computer science (kompyuter
texnikasi   haqidagi   fan)   atamasi   mos   keladi.   Mamlakatimizda   «informatika»
atamasining   hozirgi   talqini   1983   yili   sobiq   SSSR   Fanlar   akademiyasi   yillik
yig'ilishi   sessiyasida   Informatika,   hisoblash   texnikasi   va   avtomatlashtirish
bo'limini tashkil etish haqida qaror qabul qilingan paytdan e’tiboran qaror topdi.
Informatika   «EHMga   asoslangan   axborotlarga   ishlov   berish   tizimlarini   ishlab
chiqish,   loyihalash,   yaratish,   baholash,   bu   tizimlaming   ishlashi,   ularning
qo'llanishi va ijtimoiy amaliyotning turli sohalariga ta’sirining barcha jihatlarini
o'rganuvchi   kompleks   ilmiy   va   muhandislik   fani»   sifatida   talqin   qilindi.
Predmetini   axborotlar   va   axborot   jarayonlari   tashkil   qiluvchi   fanlarning
sertarmoq   tizimi   mavjud.   Axborot   jarayonlarining   umumiy   qonuniyatlari   va ularning   matematik   modellarini   o'rganuvchi   nazariy   informatika;   jamiyatdagi
axborot   jarayonlarining   xususiyatlarini   o'rganuvchi   ijtimoiy   informatika;
to'g'ridan-to'g'ri   amaliy   vazifalarni   hal   qilish   uchun   avtomatlashtirish
vositalaridan   foydalanishga   mo'ljallangan   amaliy   informatika;   muayyan   fanlar
(iqtisodiyot,   sotsiologiya,   huquq   va   boshqalar)dagi   axborot   jarayonlarini
o'rganuvchi   informatikaning   tarmoq   yo'nalishlari   shular   jumlasidan.   Hozirgi
zamon   informatika   fani   matematika   va   kibernetika,   tizimli   texnika   va
elektronika, mantiq va lingvistika negizida vujudga kelgan. Uning asosiy ilmiy
yo'nalishlari   hisoblash   texnikasining   nazariy   asoslari,   statistik   axborot
nazariyasi,   dasturlashtirish   va   sun’iy   intellekt   singari   fanlarni   hosil   qilgan.
Umumiy va huquqiy informatikani farqlay bilish zarur. Umumiy informatika -
bu axborotlarning tuzilishi va xususiyatlarini, shuningdek, axborot faoliyatining
qonuniyatlari,   uning   nazariyasi,   metodikasi   va   tashkilotini   o'rganuvchi   fandir.
Umumiy   informatikaning   maqsadi   axborotlarni   yozib   olish,   to'plash,   tahliliy-
sintetik   ishlov   berish,   saqlash,   qidirish   va   tarqatishning   maqbul   usul   va
vositalarini   ishlab   chiqishdan   iborat.   Mavjud   ishlar   umumiy   informatikaning
tuzilishiga tegishli quyidagi qoidalarni ta’riflash imkonini beradi. 1. Axborot va
axborotlashtirishning   ijtimoiy   masalalari.   Ijtimoiy   axborot.   Axborotning
jamiyatdagi   roli.   Axborot   jamiyati   konsepsiyasi.   Axborot   xavfsizligi.
Axborotlashtirishning ijtimoiy oqibatlari. 2. Nazariy va matematik informatika.
Algoritm, model, formalizatsiya tushunchalari. Qarorlar qabul qilish nazariyasi,
matematik   va   mantiqiy   apparat.   3.   Sun’iy   intellekt   nazariyasi.   Intellektual   va
psixik   jarayonlarni   kompyuterda   modellashtirish.   Ekspert   tizimlar.   Obrazlarni
tanib   olish.   Intellektual   robotlar.   4.   Hisoblash   texnikasi   va   dasturlash.   EHM
arxitekturasi.   Dastur   va   dasturlash.   EHMning   yaratilishi   tarixi.   Rivojlanish
tendensiyalari.   Kompyuter   tarmoqlari   va  tizimlari.  5.   Amaliy  informatika.   Fan
va   amaliyotning   turli   sohalarida   (iqtisodiyot,   texnika,   har-   biy   ish,   huquq   va
boshqalarda)   axborotlarni   to'plash   va   ularga   ishlov   berish   usullarini   qo'llash
masalaiari. Informatika amaliy fan sifatida axborot jarayonlaridagi qonuniyatlar (axborotlarni   jamg'arish,   qayta   ishlash   va   tarqatish)ni   o'rganish,   inson
faoliyatining   turli   sohalarida   kommunikatsiyalarning   axborot   modellarini
yaratish,   axborot   tizimlari   va   texnologiyalarini   ishlab   chiqish   bilan
shug'ullanadi.   Huquqiy   informatika   umumiy   informatikaning   amaliy   tarmog'i
hisoblanadi.   Huquqiy   informatikaning   vazifalari   va   tabiatini   tushunishga
nisbatan har  xil  yondashuvlar  mavjud. Aytib o'tilgan qarashlardan kelib chiqib
unga   quyidagicha   ta’rif   berish   mumkin.   Huquqiy   informatika-b   u   yuridik
faoliyat sohasidagi axborot jarayonlarining qonuniyatlari va xususiyatlari, ulami
avtomatlashtirish,  yuridik  faoliyatni  takomillashtirish   va  uning  samaradorligini
oshirish hamda huquqiy vazifalarni hal qilish uchun huquq fanlari nazariyasi va
metodologiyasi,   matematika,   informatika   va   mantiq,   vosita   va   usullaridan
kompleks   foydalanish   negizida   yaratiladigan   avtomatlashtirilgan   axborot
tizimlarining   tuzilishi   va   ulardan   foydalanish   usullari   haqidagi   fanlararo   bilim
sohasidir.
       ydalaTurli bilim sohalarini integratsiya qilish hozirgi zamon fanining asosiy
tendensiyalaridan   biridir.   Huquqiy   informatika   doirasida   yuridik   va   boshqa
ijtimoiy,   texnik,   tabiiy   va   matematik   fanlarning   ma’lumotlari   sintez   qilinadi.
Informatika huquq fani sohasiga tadqiq qilishning aniq usullari kirib keladigan
kanal   vazifasini  bajaradi.  Huquqiy informatikaning  o'ziga  xos  xususiyatlaridan
biri   shundaki,   uning   mazmunida   ikki   asos   -   yuridik   va   texnik   asoslar   uyg'un
mujassamlashgan   va   o'zaro   bog'langan.   Uni   to'liq   holda   fanning   texnik
sohalariga   ham,  yuridik  sohalariga   ham   mansub   deb  topib   bo'lmaydi.  Bu   tipik
kompleks,   chegarali   va   integrativ   bilim   sohasidir.   Huquqiy   informatikada
umumiy huquq nazariyasi - huquqiy hodisalar va jarayonlaming qpnunlyatlarini
ochib   beruvchi   funda   mental   huquqshunoslik   fanining   ma’lumotlaridan
foydalanish   katta   ahamiyatga   ega.   Axborotlashtirish   jarayoni   huquq   fanida
ishlab   chiqilgan   to‘g‘ri   itmiy-nazariy   asoslarga   tayanishi   lozim.
Yurisprudensiyada   huquqning   umumiy   nazariyasi   muammolariga   unumli
yoncfashuv   qaror   topayotir.   Unga   muvofiq   mazkur   nazariya   huquqni tushunishga   falsafiy,   sotsiologik   va   maxsus   yuridik   yondashuvlarning   birligini
aks   ettiradi.   Har   bir   yondashuv   huquq   nazariyasini   o'rganishning   yagona
predmetini   tashkil   etuvchi   hodisa   va   jarayoplarning   tegishli   doirasiga   nisbatan
o'z   nuqtai   nazariga   ega   bo'ladi.   Har   bir   yondashuvga   o'z   metodologik
xususiyatlari  mos  keladi. Huquq nazariyasi  rivojlanishining har  bir  aspekti  uni
bilishning   murakkab   dialektik   jarayonini   aks   ettiradi.   Umumiy   huquq
nazariyasidagi   ilmiy   bilimlarning   teran   tuzilishini   quyidagicha   tavsiflash
mumkin:   nazariy-huquqiy   yondashuv   -   o'rta   miqyosdagi   nazariyalarni   ishlab
chiqish;   normativ-huquqiy   yondashuv   va   normativ-huquqiy   masalalar;
sotsiologik yondashuv va sotsiologik muammolar; tizimli-boshqaruv va tizimli-
axborot   yondashuv   hamda   tegishli   muammolar;   bilish   usullari   haqidagi
ta’limotni   rivojlantirish   va   yangi   muayyan   usullarni   ishlab   chiqish.   Hozirgi
zamon   huquq   nazariyasining   nazariy   asosi   ana   shunday   obyektiv   ko'rinishga
ega. Bayon etilgan konsepstyaning metodologik qimmati shundaki, u universal
xususiyatga   ega,   chunki   yuridik   fanlaming   keng   doirasiga,   shu   jumladan
umumiy davlat nazariyasi va tarmoq yuridik fanlariga mansub; u juda samarali,
zotan bilimlami real ko'paytirish imkonini beradi; u prognostik xususiyatga ega,
chunki   ilm-fan   taraqqiyotining   muhim   yo'nalishlarini   o'zida   mujassam   etgan.
Huquq   tizimini   axborotlashtirish   muammosi   umumiy   huquq   nazariyasining
bayon   etilgan   tuzilishida   o'z   o'rnini   topgan.   U   huquq   hodisalarini   tahlil
qilishning   tizimli-axborot   va   tizimli-boshqaruv   (kibernetik)   usullari   bilan
bog'liq   bo'limga   kiritilgan.   Jamiyat   hayotining   huquqiy   sohasini
axborotlashtirish   jarayoni   umumiy   huquq   nazariyasining   huquq   va   qonun,
qonunchilik va qonunchilik sohalari hamda huquq tizimi singari tushunchalariga
tayanadi.   Qonunan   belgilab   qo'yilgan   axborot   munosabatlari   tu-   shunchasi,
shuningdek, axborot  huquqi tushunchasi  puxta ilmiy tahlildan o'tkazishni  talab
etadi.   Huquqiy   informatika   konstitutsiyaviy   huquq   fani   bilan   uzviy   bog'liq.
O'zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasida   axborotlar   sohasidagi
munosabatlarning   vujudga   kelishi   va   rivojlanishiga   jiddiy   ta’sir   ko'rsatuvchi asosiy   normalar   belgilab   qo'yilgan.   Jumladan,   0   ‘zbekiston   Respublikasi
Konstitutsiyasining 29-moddasiga binoan har kim o‘zi istagan axborotni izlash,
olish   va   uni   tarqatish   huquqiga   ega,   amaldagi   konstitutsiyaviy   tuzumga   qarshi
qaratilgan   axborot   va   qonun   bilan   belgilangan   boshqa   cheklashlar   bundan
mustasnodir.   Konstitutsiya   fuqarolarning   shaxsiy   hayoti,   davlat   organlarining
materiallari va hujjatlari haqidagi axborotlar tushunchasini, shuningdek, maxsus
rejimli   axborotlarning   tur—xili   sifatida   davlat   sirlari   tushunchasini   kiritadi.
Konstitutsiyada   axborot   olish   huquqini   amalga   oshirish   tartibini   tartibga
soluvchi   normalar   belgilangan.   Axborotlami   olish   va   tahlil   qilish   bilan   bog'liq
muammolar   barcha   yuridik   fanlarda   vujudga   keladi.   Umumiy   va   huquqiy
informatika   til   haqidagi   fan   -   lingvistika   bilan   uzviy   bog'liq.   Informatika   til,
so‘z,   alifbo,   gap,   matn   singari   tushunchalardan   keng   foydalanadi.   Matn
tuzilishini   o'rganish   lingvistikaning   muhim   vazifalaridan   biri   hisoblanadi.
Zamonaviy   kompyuter   -   matn   bilan   ishlashni   avtomatlashtirishning   qudratli
vositasidir.   Ko'pgina   katta   mehnat   sarfini   talab   etuvchi   jarayonlar,   masalan,
matnlarga statistik ishlov berish, har xil lug'aviy va leksik kartotekalarni yuritish
ishlarini   avtomatlashtirish   imkoniyati   tug'ildi.   Kompyuterlar   paydo   bo'lgani
zahoti ular bilan muomala qilish muammosi  vujudga keldi. Oddiy tabiiy til bu
muammoni   hal   qilishning   eng   yaxshi   usuli   bo'lishi   mumkin.   Ammo   bunday
o'zaro   ta’sirni   tashkil   etish   uchun   eng   awalo   tabiiy   tildan   insonlarning   o'zaro
aloqalari jarayonida foydalanish qonunlari va o'ziga xosliklarini tushunib yetish
lozim. Informatikada psixologiyaning xotira, tafakkur, idrok etish va tanib olish
singari   tushunchalari   qo'llanadi.   Informatikaning   rivojlanishi   bugungi   kunning
vazifalaridan   biri   inson   intellektini   o'rganish   bo'lgan   Dsi:fflfl^va^fcwmioQ
yutuqlari   bilan   uzviy   bog'liq.   Psixologiyada   hozir   alofVidayd'ttaBsiht'j^if^on
intellekti,   xotirasi   va   tafakkurining   qoriuniyatlarini   obhib^eruvchi   kognitiv
psixologiya   faol   rivojlanmoqda.   Kognitiv   psixologiya   insonning   o'zi   va   atrof
olam   haqidagi   bilimlarini,   shuningdek,   bilimga   ega   bo'lishni   ta’minlovchi
jarayonlarni   o'rganadi.   Huquqiy   informatika   bilishning   matematik   usullaridan faol   foydalanadi.   Matematika   miqdoriy   nisbatlar   va   makonga   oid   shakllarni
o'rganuvchi aniq abstrakt fandir. Matematikaning aniqligi uning asosiy o'rganish
usullaridan   bin   qaf   iy   mantiqiy   mulohazalar   ekanligi,   o'rganish   natijalari   esa
qat’iy mantiqiy ko'rinishda shakllanishini bildiradi. Matematikaning abstraktligi
esa   uning   o'rganish   obyektlari   matematik   modeller   ekanligini   bildiradi.   Bitta
model   birbiriga   o'xshamaydigan   har   xil   hodisalaming   xususiyatlarini   ma’lum
darajadagi   yaqinlik   bilan   tavsiflashi   mumkin.   XX   asrning   ikkinchi   yarmida
informatika,   kibernetika,   iqtisodiyot,   lingvistika   va   boshqa   qator   fanlarning
talablari   ta’sirida   matematikaning   ulkan   binosida   chuqur   qayta   qurish   amalga
oshirildi. O'ziga xos ilmiy inqilob sodir bo'ldi. Informatika axborotlarga ishlov
berish,   ularni   uzatish   va   ulardan   foydalanish   modellarini   tuzish   va   o'rganish
uchun   matematika   usullaridan   foydalanadi,   informatikaning   nazariy   negizini
yaratadi.   Axborot   o'z   tabiatiga   ko'ra   diskret   tasawurga   moyil.   Axborotlarni,
odatda,   diskret   ko'plik   ko'rinishida   tavsiflash   mumkin.   Demak,   nazariy
informatika o'z xususiyatiga ko'ra diskret matematikaga yaqin turadi. Matematik
mantiqqa tayanuvchi fanlar axborotlarga kompyuterlar yordamida ishlov berish
jarayonlarini   tahlil   qilish   uchun   mantiq   yutuqlaridan   foydalanish   imkonini
beradigan   metodlami,   shuningdek   mantiqiy   tip   modellari   asosida
kompyuteming   o'zida   sodir   bo'ladigan   jarayonlarni   o'rganish   imkonini
beradigan   metodlarni   ishlab   chiqmoqdalar.   Bu   metodlarning   har   xil   turlari
mavjud:   formal   tizimlar,   avtomatlar,   o'yin   modellari   va   boshqalar.   Metodning
turi   obyektning   informatsion   mazmunidan   kelib   chiqib   tanlanadi.
Mutaxassislarning   fikricha,   informatikaning   taraqqiyoti   uning   matematik
negizining rivojlanishiga ko'p jihatdan bog'liq. Huquqiy informatikaning texnik
fanlar   bilan   aloqasi   huquq   fani   va   amaliyotining   ehtiyojlari   uchun   har   xil
rusumdagi zamonaviy elektron hisoblash mashinalaridan faol foydalanish orqali
amalga oshiriladi. O'z navbatida EHMdan foydalanish huquqiy informatikaning
qiziqishlari sohasiga formal mantiq va matematika appa- ratining jalb etilishiga
asoslanadi,   zero   busiz   huquq   normalarini   EHM   xotirasiga   kiritish   oldidan formalizatsiya   qilib   bo'lmaydi.   Yuridik   fanining   har   bir   sohasi   o'z   bilish
obyektining   axborot   modelini   yaratishi   lozim.   Bu   umumiy   va   huquqiy
informatika   usul   va   vositalaridan   faol   foydalanishni   nazarda   tutadi.   Qonun
hujjatlariga   doir   avtomatlashtirilgan   axborot-qidiruv   tizimlarini   tashkil   etishda
tarmoq   yuridik   fanlarida   (fuqarolik   huquqi,   ma’muriy   huquq   va   boshqalarda)
mavjud   bo'lgan   normativ   huquqiy   hujjatlarning   klassifikatorlaridan   foyalanish
zarur.
      
  
Tizim -bu komponentlarining funksiyalariga bog'liq bo'lmagan [/ayrim umumiy
funksiyaning  bajarilishi   bilan birlashtirilgan o'zaro  aloqador, nisbatan   mustaqil
elementlarning   majmuidir.   Tizim   tushunchasi   umumiy   huquq   nazariyasida   va
tarmoq yuridik fanlarida ancha keng qo'llanadi:  huquq tizimi; huquqiy tartibga
solish   tizimi;   davlat   organlari   tizimi;   elyoeiy   tizim;   dalillar   tizimi   (jinoyat,
fuqarolik   yoki   xo'jalik   ishlari   bo'yicha).   Huquq   tizimini   o'rganishda   uning
barcha   iyerarxik   pog'onalarida   «tizim»   atamasi   va   tizimli   tahlil   metodlari
qo'llaniladi.   Bilishning   ko'pglna   xususiy   metodlari   negizida   tizimli   yondashuv
yotadi.   U   ompirlk   faktlarni   umumlashtirishning   usullaridan   biri   bo'lib,
elementlarni   bir   butunga   birlashtirish   natijasida   vujudga   keladigan   integrativ
sifatlarni   aniqlashga   e’tiborni   qaratish   imkonini   beradi.   Qonunni   tizimli   tahlil
qilish   metodologiyasi   tizimni   hosil   qiluvchi   barcha   aloqa,   omil   va
konstruksiyalami   aniqlash;   bu   aloqalarni   rnaqbullashtirish,   ya’ni   qonunning
sifati   va   samaradorligini   yaxshilush;   qonunning   yaxlitligi   va   samaradorligini
oshirishda   har   bir   aloqaning   roli   va   funksiyalarini   aniqlashni   o'z   ichiga   oladi.
Tizimli-komponentli   aspekt   tizim   tarkibining   o'rganilishini   aks   ettiradi.   Bunda
o'zaro ta’sirini tizimning yaxlitligi ta’minlaydigan komponentlar ajralib chiqadi.
Tizimli-tuzilmaviy   aspekt   tizim   elementlarining   ichki   aloqalari   va   o'zaro
ta’sirini   o'rganishni   nazarda   tutadi.   Tuzilma   tizimning   ichki   shakli   sifatida
tushuniladi. Tizimli-funksional aspekt ushbu tizimning komponentlari o'rtasida; komponentlar   va   tizim   o'rtasida;   tizim   va   u   tarkibiga   kiradigan   boshqa   tizim
o'rtasidagi axborot-funksional bogliqliklami o'rganishni nazarda tutadi. Tizimli-
kommunikatsion   aspekt   tizimning   atrof   muhit   bilan   o'zaro   ta’sirini   o'rganishni
va   salbiy   omillarni   tahlil   qilishni   nazarda   tutadi.   Tizim   tushunchasi   muhim
normativ huquqiy hujjat  - qonunga nisbatan  ham qo'llanishi  mumkin. Q onun-
bu   har   xil   vazifalarni   bajaruvchi,   qonunning   yaxlitligi   va   barqarorligini
ta’minlovchi   har   xil   darajadagi   va   har   xil   xususiyatlarga   ega   bo'lgan   o'zaro
aloqa   qiluvchi   norma,   prinsip   va   huquq   tuzilmalarining   yaxlit   majmuidir.
Qonunning   tuzilishida   tizim   hosil   qiluvchi   omillar   vazifasini   qonun
konsepsiyasi,   qonunning   prinsiplari,   boshqaruv   konsepsiyasi,   inson   va
fuqaroning huquq va erkinliklarining in’ikosi bajaradi. Qonunda umumiy huquq
nazariyasining   ko'pgina   muhim   kategoriyalari   -   huquq   subyekti,   huquqiy
tartibga   solish   mexanizmi,   ijtimoiy   va   yuridik   maqsadlar,   ijtimoiy
munosabatlar,   huquqiy   munosabatlar   va   boshqalardan   foydalaniladi.   Amalda
qonunning tizimliligi talablari ba’zan buziladi. Bu, masalan, huquq normalari va
huquq   hujjatlari   o'rtasidagi   ziddiyatlarda,   ularning   samarasizligida,
elementlarning   yaxlitligi   va   muvozanati   prinsipining   buzilishida   o'z   ifodasini
topadi. Turli vaqtlarda va har xii holatlar munosabati bilan e’lon qilingan qonun
hujjatlari   ba’zan   o'zaro   mos   kelmaydi.   Bu   qonunning   qo'llanishi   jarayonida
qiyinchiliklar   tug'diradi,   qonunchilikning   samaradorligini   pasaytiradi.   Bu   esa
normativ   huquqiy   hujjatlarni   tizimga   solish   zaruratini   keltirib   chiqaradi.   Ijtim
oiy tizim lar Ijtimoiy muhitda vujudga keluvchi va faoliyat ko'rsatuvchi tizimlar
ijtimoiy   tizimlar   hisoblanadi.   Iqtisodiy,   siyosiy,   ilmiy-texnik   tizimlar,
boshqaruv   tizimlari   va   ekologik   tizimlar   shular   jumlasidan.   Ularning   asosiy
komponentlari   odamlar,   shaxslar,   katta   va   kichik   ijtimoiy   tabaqalar   hamda
guruhlardir. Ijtimoiy tizimlar ko'p sonli alohida elementlardan tashkil topadi. Bu
elementlar   ma’lum   qonunlarga   ko'ra   o'zaro   aloqa   qiladi.   Huquq   o'zining
regulyativ ta’siri bilan ijtimoiy tizimlarning barcha funksional komponentlarini
-   ularning   maqsadlari,   ijtimoiy   funksiyalari,   axborot   oqimlari,   boshqa   tizimlar bilan   aloqalari,   maqsadlarga   erishish   usullari,   bir   marom-   da   ishlashdan
chekinishi,   elementlar   tarkibi   va   boshqa   komponentlarini   qamrab   oladi.   Har
qanday ijtimoiy organizm faol, rivojlanuvchi, o'zini o‘zi Inrtibga soluvchi tizim
hisoblanadi   va   tashqi   sharoitlarga   qator   moslashishlar   asosida   faoliyat
ko'rsatadi,   o'z   atrofidagi   ijtimoiy   va   tabiiy   muhit   bilan   aloqa   qiladi.   Huquq
tizimlarning   o'lchamlarini   qayd   etibgina   qolmay,   ularning   ish   jarayonini   ham
tartibga   soladi.   Bu   nuqtai   nazardan   ijtimoiy   munosabat   va   aloqalar
subyektlarining   faoliyati,   ularning   tashqi   va   ichki   muhitlardagi   faol   harakati
huquq   tizimining   obyekti   hisoblanadi,   deb   aytish   mumkin.   Huquq   normalari
ijtimoiy   faoliyatning   mazmuniga   kirib,   ijtimoiy   tizimlarning  tuzilishiga   uyg'un
qo'shiladilar,   uning   elementiga   aylanadilar,   uning   faoliyati   va   progressiv
rivojlanishini   ta’minlaydilar.   Ijtimoiy   tizimning   sifat   xususiyatlari
quyidagilardan iborat: u ko‘p omilli, ehtimol tutilgan tizim ko'rinishida bo'ladi;
huquq   tizimi   faoliyati   mexanizmining   ratsional   modelini   yaratishda   hisobga
olinishi   lozim   bo'lgan   spetsifik   qonuniyatlar   majmuiga   tayanadi;   huquqiy
tartibga solishning maqsadlariga mos kelishi ham, mos kelmasligi hum mumkin
bo'lgan   o'ziga   xos   maqsadlarga   ega   bo'ladi;   nafaqat   huquqiy,   balki   boshqa
ijtimoiy regulatorlar bilan bog'liq bo'ladiki, bularnlng barchasi huquqiy tartibga
solish   jarayonida   hisobga   olinishi   lozim.   Murakkab   dinamik   tizim   Murakkab
dinamik   tizim   tushunchasi   informatika   va   kibemetikada   muhim   rol   o'ynaydi.
Murakkab   dinamik   tizimlar   ko'p   sonli   oddiy   tizimlardan   tashkil   topadi.   Bu
oddiy   tizimlarning   har   biri   o'z   navbatida   mustaqil   tizim   (oddiy   tizimchalar)
hisoblanadi.   Butun   tizimning   va   alohida   elementlarning   holati   har   xil
qonuniyatlarga   ko'ra   o'zgarishi   mumkin   bo'lgan   bir   yoki   ko'p   sonli
parametrlarnIng   miqdori   bilan   tavsiflanadi.   Tizimning   bir   holatdan   ikkinchi
holatga   o'tishi—   jarayon   deb   ataladi.   Tizimni   parametrlariga   ta’sir   ko'rsatish
yo'li   bilan   bir   holatdan   ikkinchi   holatga   o'tkazish   —   boshqaruv   deb   ataladi.
EHM, mehnat faoliyati bilan birlashtirilgan odamlar jamoasi, texnik va biologik
tizimlar   boshqaruv   jarayonlari   sodir   bo'luvchi   dinamik   tizimlar   hisoblanadi. Murakkab   dinamik   tizimning   boshqa   bir   o'ziga   xos   xususiyati   uning
rivojlanishidir.   Barcha   murakkab   dinamik   tizimlarda   boshqaruv   axborotlarni
to'plash,   tarqatish,   saqlash   va   qayta   ishlash,   boshqaruv   komandalarini   ishlab
chiqish   va   ularni   ijro   etuvchi   organlarga   taqdim   etish   yo'li   bilan   amalga
oshiriladi.   «Davlat   -   huquq»   murakkab   dinamik   tizimi   -   bu   ko‘p   maqsadli,
polifunksional,   polistrukturaviy,   ko‘p   aspektli   tizimdir;   u   yaxlit   tizimli
xususiyatlari,   tarkibiy   elementlari,   ularning   xususiyatlari   va   ular   o'rtasidagi
munosabatlarning   xilma-xilligi   bilan   farq   qiladi.   Uni   tavsiflash   bir   nechta
maxsus   tillar   yordamida   amalga   oshiriladi.   Normativ   tizim   lar   Jamiyatda   juda
ko'p ijtimoiy regulatorlar amal qiladi. Bular siyosiy normalar, axloq normalari,
ommaviy   axborot   vositalari,   davlat   va   huquqdir.   Ularning   barchasi   ijtimoiy
normativ   tizimlaming   turi   (xili)   hisoblanadi,   ya’ni   ularning   tarkibiga   har   xil
ijtimoiy   normalar   kiradi.   Kibernetik   tizim   Kibernetik   tizim   deganda   axborot
jarayoni   bilan   birlashtirilgan   jonli   va   jonsiz   tabiat   tizimchalari   va
elementlarining   majmui   tushuniladi.   Ularning   harakatlari   qo'yilgan   maqsadga
muvofiq ravishda erishish uchun xizmat qiladi. Boshqaruv subyekti va obyekti
hamda boshqaruv tizimining mavjudligi kibernetik tizim uchun xosdir.

HUQUQIY IFORMATIKA MODELLASHTIRISH MEDODI. REJA: 1.Huquqiy informatika predmeti 2.Huquqiy informatikaning integrat funksiyasi 3. Tizimlarni tahlil qilish metodi

O'zbekistonning davlat va huquq sohasini axborotlashtirish borasidagi murakkab vazifalarni hal qilish ilmiy bilimlarning yangi sertarmoq tizimini vujudga keltirishni talab qiidi. Yangi fanlararo tarmoq — huquqiy informatika ana shu vazifalarni hal qilishga javob beradi. Umumiy va huquqiy informatika g‘oyalari dastlab murakkab dinamik tizimlarni boshqarish qonunlari haqidagi fan - kibernetika tarkibida rivojlandi. Informatikani mustaqil fanga ajratish masalasi faqat ayrim olimlar tomonidan qo'yildi. Jumladan, mazkur sohaning yetakchi mutaxassislaridan biri V.l. Siforov informologiya - axborotlarni uzatish, taqsimlash, qayta ishlash va o'zgartirish qonunlari haqidagi fan g'oyasini ilgari surdi. Bunda informologiya mazmuniga axborotlarni kodlash, koddan chiqarish, eslab qolish, saqlash, qidirish, ajratib olish, yetkazish, taqqoslash, ifoda etish, ishlab chiqarish va foydalanish kirishi nazarda tutildi (1976). 60- yillaming oxirida «informatika» tushunchasi mamlakatimizda faqat axborot texnikasi bilan emas, balki ilmiy axborot nazariyasi («dokumentalistika») bilan ham bog'landi. Bunga ko'p jihatdan A.I. Mixaylov, A.I. Cherniy va R.S. Gilyarevskiyning «Informatika asoslari» (1968) asarining e’lon qilinishi sabab bo'ldi. Asarda ilmiy-texnik axborot tushunchasi va unga ishlov berish usullari batafsil ko'rib chiqildi. 1982-yili kibernetika va informatika sohasidagi atoqli olim V.M. Glushkovning «qog'ozsiz informatika asoslari» monografiyasi e’lon qilindi. Ushbu monografiyada axborot tushunchasi va unga ishlov berish usullari, ilmiy tadqiqotlar, noshirlik faoliyati, tibbiyot, ta’lim, loyihalash ishlari, kredit-moliya munosabatlari sohalaridagi qog‘ozsiz texnologiyalaming amaliy masalalari ko'rib chiqildi. Tashkiliy tizimlarni avtomatlashtirish va turdosh masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Umumdavlat avtomatlashtirilgan tizimi g'oyasi ilgari surildi. Informatikaning tushunchalar apparatini shakllantirishda GR. Gromovning «Milliy axborot resurslari: sanoatda foydalanish masalaiari» (1984) monografiyasi katta rol o'ynadi. Bu monografiyada milliy axborot resurslari, ulardan sanoatda foydalanish, EHM sanoatining o'sish sur’atlari, axborot texnologiyalari va

dasturlashtirish fanining rivojlanish istiqbollari ko'rib chiqilgan. Axborot resurslari - mamlakat mehnatga layoqatli aholisi eng malakali va ijodiy jihatdan faol qismi intellektual faoliyatining bevosita mahsulidir. Milliy axborot resurslari - nisbatan yangi iqtisodiy kategoriya. Bu resurslarni miqdoriy baholash va ularning boshqa iqtisodiy kategoriyalar bilan aloqasi masalasining to'g'ri qo'yiNshi turli bilim sohalaridagi mutaxassislar va olimlardan hamkorlikdagi uzoq izlanishlarni talab etadi. 80-yillarning oxirlaridan O'zbekistonda ikkinchi kompyuter inqilobi boshlandi. «Informatika» atamasi faqat fannigina emas, amaliy faoliyat yo'nalishini ham anglata boshladi. Informatika xalq xo'jaligining tarmog'i sifatida kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulot ishlab chiqarish va zamonaviy axborotlarga ishlov berish texnologiyalarini ishlab chiqish bilan bog'liq turli xo'jalik yuritish shakllaridagi turdosh korxonalar majmuidan tashkil topadi. «Informatika» atamasi 60-yillarda Fransiyada vujudga kelgan bo'lib, elektron hisoblash mashinalari yordamida axborotlarga avtomatlashtirilgan ishlov berish sohasi ana shu atama bilan atalgan. Fransuzcha informatique atamasi information (axborot) va automatique (avtomatika) so'zlarini qo‘shish yo‘li bilan hosil qilingan bo'lib, «informatsion avtomatika yoki axborotlarga avtomatlashtirilgan ishlov berish» degan ma’noni anglatadi. Inglizzabon mamlakatlarda bu atamaga computer science (kompyuter texnikasi haqidagi fan) atamasi mos keladi. Mamlakatimizda «informatika» atamasining hozirgi talqini 1983 yili sobiq SSSR Fanlar akademiyasi yillik yig'ilishi sessiyasida Informatika, hisoblash texnikasi va avtomatlashtirish bo'limini tashkil etish haqida qaror qabul qilingan paytdan e’tiboran qaror topdi. Informatika «EHMga asoslangan axborotlarga ishlov berish tizimlarini ishlab chiqish, loyihalash, yaratish, baholash, bu tizimlaming ishlashi, ularning qo'llanishi va ijtimoiy amaliyotning turli sohalariga ta’sirining barcha jihatlarini o'rganuvchi kompleks ilmiy va muhandislik fani» sifatida talqin qilindi. Predmetini axborotlar va axborot jarayonlari tashkil qiluvchi fanlarning sertarmoq tizimi mavjud. Axborot jarayonlarining umumiy qonuniyatlari va

ularning matematik modellarini o'rganuvchi nazariy informatika; jamiyatdagi axborot jarayonlarining xususiyatlarini o'rganuvchi ijtimoiy informatika; to'g'ridan-to'g'ri amaliy vazifalarni hal qilish uchun avtomatlashtirish vositalaridan foydalanishga mo'ljallangan amaliy informatika; muayyan fanlar (iqtisodiyot, sotsiologiya, huquq va boshqalar)dagi axborot jarayonlarini o'rganuvchi informatikaning tarmoq yo'nalishlari shular jumlasidan. Hozirgi zamon informatika fani matematika va kibernetika, tizimli texnika va elektronika, mantiq va lingvistika negizida vujudga kelgan. Uning asosiy ilmiy yo'nalishlari hisoblash texnikasining nazariy asoslari, statistik axborot nazariyasi, dasturlashtirish va sun’iy intellekt singari fanlarni hosil qilgan. Umumiy va huquqiy informatikani farqlay bilish zarur. Umumiy informatika - bu axborotlarning tuzilishi va xususiyatlarini, shuningdek, axborot faoliyatining qonuniyatlari, uning nazariyasi, metodikasi va tashkilotini o'rganuvchi fandir. Umumiy informatikaning maqsadi axborotlarni yozib olish, to'plash, tahliliy- sintetik ishlov berish, saqlash, qidirish va tarqatishning maqbul usul va vositalarini ishlab chiqishdan iborat. Mavjud ishlar umumiy informatikaning tuzilishiga tegishli quyidagi qoidalarni ta’riflash imkonini beradi. 1. Axborot va axborotlashtirishning ijtimoiy masalalari. Ijtimoiy axborot. Axborotning jamiyatdagi roli. Axborot jamiyati konsepsiyasi. Axborot xavfsizligi. Axborotlashtirishning ijtimoiy oqibatlari. 2. Nazariy va matematik informatika. Algoritm, model, formalizatsiya tushunchalari. Qarorlar qabul qilish nazariyasi, matematik va mantiqiy apparat. 3. Sun’iy intellekt nazariyasi. Intellektual va psixik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish. Ekspert tizimlar. Obrazlarni tanib olish. Intellektual robotlar. 4. Hisoblash texnikasi va dasturlash. EHM arxitekturasi. Dastur va dasturlash. EHMning yaratilishi tarixi. Rivojlanish tendensiyalari. Kompyuter tarmoqlari va tizimlari. 5. Amaliy informatika. Fan va amaliyotning turli sohalarida (iqtisodiyot, texnika, har- biy ish, huquq va boshqalarda) axborotlarni to'plash va ularga ishlov berish usullarini qo'llash masalaiari. Informatika amaliy fan sifatida axborot jarayonlaridagi qonuniyatlar

(axborotlarni jamg'arish, qayta ishlash va tarqatish)ni o'rganish, inson faoliyatining turli sohalarida kommunikatsiyalarning axborot modellarini yaratish, axborot tizimlari va texnologiyalarini ishlab chiqish bilan shug'ullanadi. Huquqiy informatika umumiy informatikaning amaliy tarmog'i hisoblanadi. Huquqiy informatikaning vazifalari va tabiatini tushunishga nisbatan har xil yondashuvlar mavjud. Aytib o'tilgan qarashlardan kelib chiqib unga quyidagicha ta’rif berish mumkin. Huquqiy informatika-b u yuridik faoliyat sohasidagi axborot jarayonlarining qonuniyatlari va xususiyatlari, ulami avtomatlashtirish, yuridik faoliyatni takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish hamda huquqiy vazifalarni hal qilish uchun huquq fanlari nazariyasi va metodologiyasi, matematika, informatika va mantiq, vosita va usullaridan kompleks foydalanish negizida yaratiladigan avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining tuzilishi va ulardan foydalanish usullari haqidagi fanlararo bilim sohasidir. ydalaTurli bilim sohalarini integratsiya qilish hozirgi zamon fanining asosiy tendensiyalaridan biridir. Huquqiy informatika doirasida yuridik va boshqa ijtimoiy, texnik, tabiiy va matematik fanlarning ma’lumotlari sintez qilinadi. Informatika huquq fani sohasiga tadqiq qilishning aniq usullari kirib keladigan kanal vazifasini bajaradi. Huquqiy informatikaning o'ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, uning mazmunida ikki asos - yuridik va texnik asoslar uyg'un mujassamlashgan va o'zaro bog'langan. Uni to'liq holda fanning texnik sohalariga ham, yuridik sohalariga ham mansub deb topib bo'lmaydi. Bu tipik kompleks, chegarali va integrativ bilim sohasidir. Huquqiy informatikada umumiy huquq nazariyasi - huquqiy hodisalar va jarayonlaming qpnunlyatlarini ochib beruvchi funda mental huquqshunoslik fanining ma’lumotlaridan foydalanish katta ahamiyatga ega. Axborotlashtirish jarayoni huquq fanida ishlab chiqilgan to‘g‘ri itmiy-nazariy asoslarga tayanishi lozim. Yurisprudensiyada huquqning umumiy nazariyasi muammolariga unumli yoncfashuv qaror topayotir. Unga muvofiq mazkur nazariya huquqni