Huquqiy davlat. Huquqiy davlatchilik g’oyasining rivojlanish tarixi.
Mavzu: Huquqiy davlat. Huquqiy davlatchilik g’oyasining rivojlanish tarixi . Reja: 1. Huquqiy davlatning mohiyati. Huquqiy davlat shakllanishi va qaror topishining zarur shartlari. 2. Huquq va davlatning o’zaro munosabati, maqsadlari va vazifalari. 3. Fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat. 4.Huquqiy davlatning asosiy tarkibi, hokimiyatning tarkibiy tuzilishi. 5. Huquqiy davlatning boshqaruvi faoliyati, ularning tizimi. Amaliy topshiriqlar.
Davlat tushunchasi Huquqda mohiyat va hodisaning nisbatini libertar-yuridik talqin qilishga muvofiq huquqiy mohiyatni huquqiy qonun ko’rinishida (huquqiy hodisa sifatida) ifodalash - davlatning amaliy huquqni o’rnatuvchi (qonun ijodkorligi) faoliyati davomida, ya’ni umumiy majburiy huquqning qonun (pozitiv huquqning har xil manbalari va normalari) ko’rinishida davlat-hokimiyat yo’li bilan pozitivlashtirilishi jarayonida rasman tenglik prinsipi talablarining normativ- huquqiy aniqlashtirilishidir. Umumahamiyatli huquqiy mohiyat {rasman tenglik) va umumiy maj-buriy huquqiy hodisa (qonun)ning bunday zarur aloqasi huquq va davlatning tushunchaviy-huquqiy birligini namoyish qiladi, huquqning umumiy majburiy qonun sifatida o’rnatilishi va amal qilishi uchun davlatning hokimiyatning hamma uchun umumiy bo’lgan shakli sifatidagi huquqiy tabiatini aniqlaydi va uning huquqiy zarurligini ifodalaydi. D avlat – butun mamlakat miqyosidagi hokimiyatning maxsus boshqaruv appartiga tayanadigan, barcha uchun qonunlar chiqaradigan va suverenitetga ega bo’lgan siyosiy tashkilotni ifodalovchi tushuncha. Bundan tashqari huquq sohalari bo’yicha: 1) davlat va huquq nazariyasida – jamiyatni tash kil etishning butun jamiyatga tatbiq etiladigan, uning ras miy vakili bo’lgan va zarur hollarda majburlash vositalari va choralariga tayanadigan muayyan usuli, siyosiy tizimning asosiy elementi, ommaviy siyosiy tizim tashkiloti; 2) konstitusiyaviy huquqda mamlakat yoki federasіya subyektlari yoxud hududiy hamjamiyat qonun chiqarishda muxtoriyatidan foydalanadigan va mahalliy agentlariga ega bo’lganhududiy hamjamiyat miqyosida amal qiluvchi ras miy hokimiyat idorlari (hukumat, parlament, sudlar)ning yig’indisini bildiradigan tushuncha; 3) xalqaro huquq subyekti sifatida – xalqaro munosabatlarning asosiy manbai bo’lib, hokimiyatning siyosiy tashkiloti bo’lmish davlat va muayyan hudud egasi bo’lgan aholini o’z chiga oladi. Huquqiy mohiyatning huquqiy hodisa ko’rinishida ifodalaniish jarayonida huquqning rasman-hokimiyat jihatidan legallashuvi (lex - qonun) yalpi (ommaviy) davlat hokimiyati bo’lmish huquqni o’rnatuvchi (qonun
chiqaruvchi) hokimiyatning o’zining yuridiklashuvi (ius - huquq) va yuridik legitimlashuvi bilan qo’shlib ketadi . Huquqni o’rnatuvchi hokimiyat tegishli {demak, huquqni muhofaza qiluvchi, huquqni qo’llanuvchi hokimiyat ham) yuridik - mantiqan va tarixan aynan rasman-hokimiyat yo’li bilan huquq o’rnatilishi (hamma uchun umumiy va umumiy majburiy qonun ko’rinishida umumiy va umumahamiyatli huquqiy mohiyatning ifodalanishi) jarayonida o’zini namoyon qiladi, tuziladi va davlat sifatida mavjud bo’ladi, ya’ni umumiy majburiy huquqiy qonunlar asosida va ular doirasida ish ko’ruvchi umumiy (ommaviy) huquqiy hokimiyat sifatida faoliyat ko’rsatadi. Shunday qilib, davlat qonun yo’li bilan mustahkamlangan muayyan huquq- tartibotni o’rnatuvchi va himoya qiluvchi umumiy (ommaviy) hokimiyatning huquqiy shakli sifatida ish ko’radi va qaror topadi. Uning doirasida (barcha subyektlar, shu jumladan davlat tomonidan) to’g’ridan-to’g’ri zo’rlik taqiqlangan, huquq tomonidan yo’l qo’yiladigan, ijtimoiy turmushda kuch ishlatilishi esa qonunlashtirilgan huquq (huquqiy qonun) sanksiyasi shakli va chegaralarida huquqiy (davlat-huquqiy) majbur qilishiga aylantirilgan. Har qanday davlat - umumiy (ommaviy) hokimiyatning huquqiy shakli sifatida - bu (huquqning tegishli ijtimoiy-tarixiy davrda rivojlanishi darajasiga ko’ra) huquqiy davlatdir va u despotizmning barcha (zo’ravonlik, diktatura, totalitarizm (mustabidlik) va hokazo) turlaridan prinsipial jihatdan farq qiladi . Despozitizm rasman hokimiyatning zuhur topishi, tashkil etilishi va faoliyatining huquqqacha bo’lgan, nohuquqiy va aksilhuquqiy (tenglik, adolat va erkinlikni inkor etuvchi) shaklidan iboratdir. Davlatning (erkin kishilar hokimiyatining huquqiy shakli sifatida) despotizmga (zo’ravonlik hokimiyati va birovlarning boshqalar ustidan hukmronligi sifatida) bunday zid qo’yilishi falsafiy-huquqiy tafakkur tarixida uzoq an’anaga ega (Aristotel, Siseron, Avgustin, Foma Akvinskiy, Lokk, Kant, Gegel va boshqalar) va uzoq o’tmishning tarixiy tajribasi bilangina emas, balki zo’ravonlik bilan hukmroilik qilishning hamda huquq va davlatchilik asoslarining tubdan inkor
qilinishining eng yangi despotik shakli bo’lgan XX asr totalitarizmining amaddagi ko’rinishlari bilan mustahkamlangan. Har qanday davlatning huquqiy davlat sifatida keltirilgan talqinini (uning huquqni inkor etuvchi despotizmga prinsipial zidligi bilan) huquqiy davlatni zamonaviy tushunish bilan aralashtirib yubormaslik kerak. Huquqiy davlat deganda, huquq va davlat rivojlanishining zamonaviy darajasiga muvofiq keluvchi, alohida xossalar va tavsiflar to’plamiga ega bo’lgan ommaviy hokimiyat huquqiy tashkilotining maxsus, konstruksiyasi (insonning asosiy azaliy hamda ajralmas huquq va erkinliklari sohasida zamonaviy jahon standartlarining konstitusiyaviy mustahkamlanishi, hokimiyatning bo’linishi va hokazolar) nazarda tutiladi. Zamonaviy huquqiy davlat - bu davlat mavjudligining tarixan eng rivojlangan shakli. Davlat o’z mavjudligining oldingi tarixiy bosqichlarida ham o’zida huquqiy davlatni kamroq rivojlangan shakllarda ifodalagan. Shu sababli umumiy (ommaviy) hokimiyatning huquqiy shakli bo’lgan har bir davlat (hokimiyatning despotik tipidan farq qilgan holda) o’z tarixiy mavjudligining barcha bosqichlarida teng lik prinsipini, uning mazmuni va talablarini ifodalash, aniqlashtirish va amalga oshirishning muayyan tashkiliy-hokimiyat shaklidir. Aynan shu sababdan huquq va davlat odamlarning ijtimoiy turmushida tenglik, erkinlik va adolatning normativ va institusiyaviy-hokimiyat yo’li bilan i fodalanishining zarur umumiy shakllari hisoblanadi. Indi vidlarning ushbu erkinligi, eng avvalo, ular rasman teng shaxslar - huquq subyektlari va davlat subyektlari sifatida ish ko’rishlarida ifodalanadi. Aytilganlarni hisobga olgan holda davlatning umumiy tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin: davlat erkin individlar ommaviy hokimiyatining huquqiy (ya’ni tasman tenglik prinsipiga asoslangan) tashkiloti. Davlatning huquqiy mohiyati va undagi huquqiy asos (erkin kishilarning rasman tengligi prinsipi, ularning huquq subyektiligi va davlat subyektiligi e’tirof etilishi) davlatning barcha tarixiy tiplari va shakllarida, davlat hokimiyatini tashkil etish va uning mavjud bo’lishining barcha jihatlari va yo’nalishlarida u yoki bu
ko’rinishda namoyon bo’ladi. Davlatning (uning tashkiliy shakllari, funksional namoyon bo’lishi va boshqalar) rivojlanganligi darajasi pirovard natijada unda aks ettirilgan va amalga oshirilgan odamlarning rasman tengligi prinsipi rivojlanganligining o’lchovi bilan belgilanadi. Davlat va huquq rivojlanishining ijtimoiy-tarixiy bosqichlari - bu insoniy munosabatlarda rasman tenglik, erkinlik va adolat asoslari amalga oshirilishining taraqqiyotiga yuz tutayotgan bosqichlaridir. 1. HUQUQIY DAVLAT: TARIX VA HOZIRGI ZAMON Erkin kishilar ommaviy hokimiyatini tashkil etishning huquqiy shakli bo’lgan har qanday davlat (u yoki bu xalqning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotining tegishli bosqichida unda huquq va huquqiy madaniyat rivojlanganligiga ko’ra), despotizmga zid ravishda, huquqiy davlatdan iborat bo’ladi va o’zining mana shu huquqiy mazmuni hamda ta’rifi bilan o’tmishdagi va hozirgi huquq falsafasi hamda yurisprudensiya predmetiga kiradi. Hozirgi ma’nodagi huquqiy davlat esa - huquqiy ma’noda rivojlangan davlatning alohida konsepsiyasi va konstruksiyasidir. Uning paydo bo’lishi va qaror topishi ijtimoiy-tarixiy jihatdan burjua liberal-demokratik tuzumning paydo bo’lishi va rivojlanishi, burjua fuqarolik jamiyati va ommaviy hokimiyatni tashkil etishning burjuacha konstitusiyaviy-huquqiy shakllari shakllanishi bilan bog’liqdir. Shunday qilib, hozirgi ma’nodagi huquqiy davlat deganda mohiyat e’tibori bilan konstitusiyaviy rasmanlashtirilgan liberal-demokratik huquqiy davlat nazarda tutiladi. Huquqiy davlat – davlat va huquq nazariyasi va konstitusiyaviy huquq nuqtai nazaridan, davlatning konstitusiyaviy huquqiy mavqyeini belgilaydi, ya’ni davlatning quyidagi prinsiplar asosida faoliyat yurgizishi va amal qilishini shart qilib qo’yadi: xalq suverenitetini ta’minlash; inson huquq va erkinliklarini davlat tomonidan ta’minlash; Konstitusiya talablariga rioya etilishi; boshqa qonun va qonun osti aktlariga nisbatan Konstitusiyaning ustuvorligi kabilar. Hozirgi tushunchadagi bunday huquqiy davlatning farqli belgilariga kamida quyidagilar tegishlidir: inson va fuqaroning huquq hamda erkinliklarining