logo

Arxiv kataloglari

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

28.7353515625 KB
Arxiv kataloglari
REJA
1. Kataloglar haqidagi tushuncha
2. Arxiv hujjatlarini kataloglashtirish
3. Kataloglarning turlari
4. Kataloglashtirish   uchun   hujjatlarni   tanlab   olish   va   axborotni
bayoni qilish usuli Kataloglar   haqidagitushuncha Katalog   arxiv   ma’lumotnomalarining   bir   turidir.   Unda
hujjatlar   haqidagi   (kartochkalarga   yozilgan)   axborotlar   mavzular,   tarmoqlar
bo’yicha   guruhlashtirilgan   bo’ladi.   Kataloglar   alohida   bir   fondga,   arxivning
barcha fondiga, bir necha arxivlarga va xatto respublika davlat arxiv fondiga
tuzilishi   mumkin.   Katalog   fondlararo,   arxivlararo   ma’lumotnoma
hisoblanadi. U arxiv ma’lumotnomalari orasida muhim o’rin tutadi.
Kataloglar   bir   arxivning   fondlari   to’risida,   shuningdek   bir   necha
arxivlarda   saqlanayotgan   hujjatlar   tarkibi   va   mazmuni   haqida   to’la
ma’lumotlar   olish   imkonini   beradi.   Arxivlarda   kataloglar   arxiv   ilmiy
ma’lumotnoma apparatining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Arxiv hujjatlarini kataloglashtirish Xar   bir   davlat   arxivida   hujjatlarni
kataloglashtirish ishlari amalga oshiriladi. Arxiv hujjatlarini kataloglashtirish
deganda   kataloglar   tuzish   jarayonida   bajariladigan   barcha   ishlar,   ya’ni
kataloglarni tuzish tarh (sxema) larini ishlab chiqish, hujjatlarni topish, tanlab
olish,   bayon   qilish,   shuningdek   kataloglar   turlarini,   ularni   tuzish   usullarini
aniqlash ishlari nazarda tutiladi.
Muammoli savol: Arxiv hujjatalrini kataloglashtirishning asosiy
qoidalari nimalardan iborat?
Kataloglar   o’ziga   xos   tuzilishga   egadir.   Odatda   kataloglar   tuzish
jarayonida   hujjatlar   haqidagi   ma’lumotlar,   tarmoqlar,   mavzular,   familiyalar
yoki   sanalar   bo’yicha   joylashtirilib,   ularning   har   biri   katalogning     alohida
bo’limi yoki bo’lagini tashkil etadi.
Kataloglar   tuzilishini   hujjatlar   haqidagi   axborotlar   turkumi   tarhlari
belgilaydi.   Hujjatlar   xakidagi   axborotlarni   turkumlash   tarhi   yozma   yoki
grafikali   hujjatdir.   Tarh   ma’lum   mantiq   bilan   joylashtirilgan   va   hujjatlardan olingan   axborotlarni   shu   bo’laklar   bo’yicha   joylashtirishga   muljallangan
katalogning   turkum   bo’laklari   ro’yxatidir.   Mana   shu   tarh   orkali   hujjatlarni
o’rganish,   kartochkalarga   bayon   qilish   va   kartochkalarni   katalogda
joylashtirish   amalga   oshiriladi.   Katalogning   turkum   tarhi   hujjatlarni   topish,
bayon   qilish   ishlaridan   oldin   tuziladi.   Tarh   bo’laklari   ma’lumotnoma
tuzuvchilar, mutaxassislar ishtirokida aniqlanadi va belgilanadi. Turkum tarhi
qancha   to’la,   mukammal,   chuqur   ishlangan   bo’lsa,   hujjatlar   mazmunini
shuncha aniq ochib berish imkoni tugiladi.
Hujjatlar   haqidagi   axborotlar   katalogda   kartochkalarga   yozilib,
joylashtiriladi.   Kartochkalarda   bayon   qilingan   axborotlar   ayrim   hujjat,   bitta
yig’ma   jild   yoki   bir-biriga   o’xshash   bir   guruh   yig’majildlarga   tegishli
ma’lumotlarni   o’z   ichiga   oladi.   Shu   bilan   katalog   kartochkalaridagi
ma’lumotlar   yig’majildlar   ro’yxatidagi   ma’lumotlardan   farq   qiladi.
Ma’lumki,   ro’yxatda   bitta   yig’majildga   tegishli   ma’lumot   beriladi.   Katalog
yig’majildning   ichidagi   ayrim   hujjatlar   to’g’risida   ham   ma’lumot   beradi.
Katalogning ro’yxatdan ustun tomoni ham shundadir.
Katalogning asosiy bulagi rubrika - sarlavha qismidir. Bu qismda aniq
masalaning   nomi,   shaxsning   familiyasi,   sana   to’g’risida   hujjatdagi
ma’lumotlar   bo’ladi.   Katalog   kartochkasida   shu   hujjatning   manzili   ham
yozilgan   bo’ladi.   Tadkiqotchini   shu   masala   yoki   familiya   qiziqtirsa,   hujjat
manzilini   yozib   olib,   arxivdan   tezda   topib   foydalanishi   va   tadqiq   qilishi
mumkin bo’ladi.
Kataloglarningturlari Arxiv   kataloglari   tuzilish   qoidalariga   ko’ra   ikkiga   bo’linadi:
mantiqiy   tuzilishdagi   kataloglar   va   alfavit   tuzilishidagi   kataloglar.   Birinchi
tur kataloglarda arxiv hujjatlari haqidagi ma’lumotlar mantiqiy uzaro bog’liq
holda   bo’ladi.   Ikkinchi   tur   kataloglarda   esa   hujjatlar   haqidagi   ma’lumotlar
o’zaro   bog’lanmagan   holda,   ya’ni   alfavit   bo’yicha   joylashgan   bo’ladi. Mantiqiy   tuzilishdagi   kataloglar   qatoriga   sistematik,   xronologik,   mavzuiy
asoslarda tuzilgan kataloglar kiradi.
Alfavit   tuzilishli   kataloglar   tarkibiga   –   ismlar   katalogi,   geografik
nomlar katalogi va boshqa shunga o’xshash kataloglar kiradi.
Muammoli savol: Davlat arxivlarida kataloglarning qanday turlaridan
foydalaniladi?
Sistematik   katalog   arxiv   kataloglari   turlaridan   biridir.   Bunda   hujjatlar
haqidagi   ma’lumotlar   bilim   sohalari  yoki  ijtimoiy   faoliyat  sohalari   bo’yicha
guruhlashtiriladi. Keyin mantiqiy bog’langan holda ketma-ket joylashtiriladi.
Sistematik  katalog  umumiy va ayrim tushunchalarning  o’zaro bog’liqligi va
munosabati   asosida   tuziladi.   Masalan,   «Din»   umumiy   tushunchasiga
quyidagi   ayrim   tushunchalar   kiradi:   «Islom»,   «Xristianlik»,   «Induizm»,
«Iudaizm» (yaxudiylik), «Buddaviylik». O’z navtabida «Islom» ham umumiy
tushuncha bo’lib, ayrim tushunchalarga bo’linadi. Bunday bo’linish «oliydan
oddiyga»,   «umumiydan   ayrimga»   tamoyili   bo’yicha   davom   etadi.   Barcha
turkum tarhlari ichida sistematik kataloglar tarhlari eng murakkabidir.
Hozir  butun  dunyo  kutubxona  va  arxivlarida,  shuningdek  O’zbekiston
Respublikasida   «Universal   o’nlik   turkumi   (klassifikasiyasi)»   sistematik
kataloglar   uchun   keng   foydalaniladi.   Bu   turkum   asosida   davlat   arxivlarida
sistematik kataloglar uchun turkum tarhi ishlab chiqilgan.
«O’nlik   turkumi   (klassifikasiyasi)»ning   mohiyati   shundaki,   bitta
umumiy   tushunchaga   bo’ysungan,   bog’langan   bir   guruh   predmetlar   bir   deb
qabul   qilingan.   Umumiy   tushunchalar   ayrim   tushunchalarga   bo’lingan.   Bu
tizimga binoan arxivdagi barcha ma’lumotlar 10 klassga (1 dan 9 gacha, 0 -
umumiy) bo’lingan. Ular o’z navbatida yuzdan, ming-dan bir qism va boshqa
mayda bo’laklarga bo’linadi. «Universal   o’nlik   turkumi   (klassifikasiyasi)»ning   asosiy   bo’limlari
quyidagilar:
0. Umumiy bo’lim.
1. Falsafa.
2. Din.
3. Ijtimoiy fanlar.
4. Filologiya. Tilshunoslik.
5.  Matematika. Tabiiy fanlar.
6. Amaliy bilimlar. Tibbiyet. Texnika.
7. San’at. Fotografiya. Tomoshalar.
8. Adabiyot. Adabiyotshunoslik.
9. Ulkashunoslik. Geografiya. Biografiyalar. Tarix.
«Universal o’nlik turkumi (klassifikasiyasi)» kutubxona kitoblari uchun
ishlab   chiqilgan   bo’lsa-da,   undan   ish   yuritish   va   arxiv   materiallarini
turkumlash uchun ham foydalansa bo’ladi.
Mavzuiy   kataloglar .   Davlat   arxivlarida   sistematik   kataloglar   60-
yillardan   keng   tarqala   boshlagan.   Unga   qadar   arxivlarda   asosan   mavzular
bo’yicha   kataloglar   tuzilgan.   Hozir   ham   mahalliy   shahar,   viloyat   davlat
arxivlarida - sistematik kataloglar tuzish imkoni bo’lmaganligi sababli mavzu
bo’yicha   kataloglar   asosiy   ma’lumotnomalardan   biri   hisoblanadi.   Bunday
kataloglarda mavzu yana kichik mavzuchalarga bo’linadi. Ular o’z navbatida
yana   mayda   bo’laklarga   bo’linadi.   Masalan,   Turkiston   general-
gubernatorligida   milliy-ozodlik   harakati   mavzusi   bo’yicha   katalogda
quyidagi kichik mavzular bo’lishi mumkin: Po’latxon qo’zg’oloni, 1898 yilgi
Andijon   qo’zg’oloni,   1916   yilgi   xalq   qo’zg’oloni   va   hokazo.   Bularning   har
biri yana mayda bo’laklarga bo’linishi mumkin.
Xronolog   katalog .   Bunday   katalog   turkumi   tarhi   davrlar,   asrlar,   yillar
kabi   bo’laklarga   bo’linadi.   Masalan,   MDAda   saqlanayotgan   vaqfnomalar uchun xronologik katalog tuzilsa, u asrlar bo’yicha bo’lishi mumkin: XIII asr,
XIV   asr,   XV   asr,   XVI   asr,   XVII   asr,   XVIII   asr,   XIX   asr.   Xar   bir   asr
katalogning   bo’limi   hisoblanadi.   Bo’limlar   bo’linmalarga     ellik,   o’ttiz,
yigirma,   o’n   yilliklarga   bo’linadi.   Masalan,   XVIII   asr:   1701-1710,   1711-
1720, 1721-1730, 1731-1740 yillar va hokazo.
Ismlar   katalogi .   Ismlar   katalogida   bo’limlar   familiyalardan   iboratdir.
Bo’limlar   ichida   bo’linmalar   u   yoki   bu   shaxs   faoliyatining   u   yoki   bu
qirralarini yoritadi. Masalan, Fayzulla Xo’jayev: Davlat faoliyati; partiyaviy
faoliyati;   ilmiy   faoliyati;   kitoblar;   broshyuralar;   maqolalar;   ma’ruzalar;
xatlar, u haqidagi maqolalar.
Bo’limlarda familiyalar alfavit bo’yicha joylashtiriladi. Bo’linmalar va
bo’linmaning   bo’lakchalari   alfavitlar   bo’yicha   emas,   sistematik   mantiqiy
ravishda birin-ketin joylashtiriladi.
Geografik   katalog ning   turkum   tarhi   alfavit   tartibida   joylashgan
geografik   va   topografik   nomlardan:   viloyatlar,   shaharlar,   tumanlar,
qishloqlar,   daryolar,   ko’llar,   suv   omborlari   va   boshqalardan   iborat.
Viloyatlar,   shaharlar   nomlari   bo’limlar   hisoblanadi   va   alfavit   bo’yicha
joylashtiriladi.   Masalan,   Toshkent   shahri   quyidagi   bo’limlarga   bo’linadi:
tarixi, aholisining soni va tarkibi, oliy o’quv yurtlari, texnikumlar, maktablar,
sanoat korxonalari va hokazo.
Hozir   barcha   yirik   davlat   arxivlarida   sistematik,   ismlar,   geografik
kataloglar   mavjud.   Bu   ma’lumotnomalar   tadqiqotchiga   ishlayotgan   mavzu
bo’yicha   kerakli   arxiv   hujjatlarini   tezda   topish   va   foydalanish   imkonini
beradi. Arxivlardagi   kataloglar   tizimida   ularning
fondlaridagi   barcha   ma’lumotlar   uz   aksini
topishi   kerak.   Fondlarni
kataloglashtirishda   birinchi   navbatda
muhim   va   ko’p   foydalaniladigan   jamg’armalar   tanlab   olinadi,   Masalan,
davlat   hokimiyati   va   boshqarish   idoralari   (UzSSR   XKS,   Oliy   Sovet
Prezidiumi)   fondlari,   iqtisodiyot,   madaniyat   sohasidagi   idora   va   tashkilotlar
hujjatlari muhim fondlar qatoriga kiradi.Kataloglashtirish uchun hujjatlarni tanlab olish va axborotni bayon qilish usuli
Davlat   arxivlarida   kataloglashtiriladigan   fondlar   ro’yxati     va   rejasi
tuziladi.   Kataloglashtirish   uchun   tanlab   olingan   fond   materiallari   o’rganilib,
kerakli   yig’majildlar   tanlab   olinadi.   Dastlab   ro’yxatlardan   idora   yoki
tashkilotning   asosiy   faoliyatini   yorituvchi   bo’limlari   tanlab   olinadi.
Tashkilotning   yordamchi,   xo’jalik   sohalari   bo’limlari   bo’yicha   jildlar
olinmaydi.
Fond   yig’majildlari   tanlab   olingandan   keyin   ular   sinchiklab   o’qib,
o’rganib   chiqiladi.   Hujjatlardagi   eng   muhim   axborotlar,   faktlar,   voqyealar,
xodisalar   umumlashtirilib,   kartochkada   bayon   qilinadi.   Bunda   hujjatlardagi
ma’lumotlarning ahamiyatiga qarab har xil usullar qo’llaniladi. Varaqaga bir
hujjat,   bir   yig’majild   yoki   bir   guruh   yig’majildlar   bayon   qilinishi   mumkin.
Masalan, Turkiston ASSR XKS qarorlarining har biri alohida bayon kilinadi.
Muhim arxiv fondlari hujjatlarining ko’p qismi qimmatli, ahamiyatli hujjatlar
hisoblanadi.   Bunday   hujjatlarning   har   biri   alohida   bayon   qilinadi.   Mayda
idoralar   jamg’armalarini   katalog-lashtirish   hujjatlar   bo’yicha   emas,   balki
yig’majildlar guruhlashtirilgan bo’limlar bo’yicha bayon qilinadi.
Shunday   qilib,   kataloglar   arxivning   ilmiy   ma’lumotnoma   apparati
tarkibiga   kiruvchi   muhim   ma’lumotnomadir.   Ular   tarixchi   tadqiqotchilar
ishlayotgan   mavzu   bo’yicha   arxivdan   kerakli   hujjatlarni   qisqa   fursatda
topishga yordam beradi.  Manbalar va adabiyotlar
Alimov I va b. Arxivshunoslik.  Toshkent, 1997.
Teoriya i praktika arxvnogo dela v SSSR.  Moskva, 1980.

Arxiv kataloglari REJA 1. Kataloglar haqidagi tushuncha 2. Arxiv hujjatlarini kataloglashtirish 3. Kataloglarning turlari 4. Kataloglashtirish uchun hujjatlarni tanlab olish va axborotni bayoni qilish usuli

Kataloglar haqidagitushuncha Katalog arxiv ma’lumotnomalarining bir turidir. Unda hujjatlar haqidagi (kartochkalarga yozilgan) axborotlar mavzular, tarmoqlar bo’yicha guruhlashtirilgan bo’ladi. Kataloglar alohida bir fondga, arxivning barcha fondiga, bir necha arxivlarga va xatto respublika davlat arxiv fondiga tuzilishi mumkin. Katalog fondlararo, arxivlararo ma’lumotnoma hisoblanadi. U arxiv ma’lumotnomalari orasida muhim o’rin tutadi. Kataloglar bir arxivning fondlari to’risida, shuningdek bir necha arxivlarda saqlanayotgan hujjatlar tarkibi va mazmuni haqida to’la ma’lumotlar olish imkonini beradi. Arxivlarda kataloglar arxiv ilmiy ma’lumotnoma apparatining tarkibiy qismi hisoblanadi. Arxiv hujjatlarini kataloglashtirish Xar bir davlat arxivida hujjatlarni kataloglashtirish ishlari amalga oshiriladi. Arxiv hujjatlarini kataloglashtirish deganda kataloglar tuzish jarayonida bajariladigan barcha ishlar, ya’ni kataloglarni tuzish tarh (sxema) larini ishlab chiqish, hujjatlarni topish, tanlab olish, bayon qilish, shuningdek kataloglar turlarini, ularni tuzish usullarini aniqlash ishlari nazarda tutiladi. Muammoli savol: Arxiv hujjatalrini kataloglashtirishning asosiy qoidalari nimalardan iborat? Kataloglar o’ziga xos tuzilishga egadir. Odatda kataloglar tuzish jarayonida hujjatlar haqidagi ma’lumotlar, tarmoqlar, mavzular, familiyalar yoki sanalar bo’yicha joylashtirilib, ularning har biri katalogning alohida bo’limi yoki bo’lagini tashkil etadi. Kataloglar tuzilishini hujjatlar haqidagi axborotlar turkumi tarhlari belgilaydi. Hujjatlar xakidagi axborotlarni turkumlash tarhi yozma yoki grafikali hujjatdir. Tarh ma’lum mantiq bilan joylashtirilgan va hujjatlardan

olingan axborotlarni shu bo’laklar bo’yicha joylashtirishga muljallangan katalogning turkum bo’laklari ro’yxatidir. Mana shu tarh orkali hujjatlarni o’rganish, kartochkalarga bayon qilish va kartochkalarni katalogda joylashtirish amalga oshiriladi. Katalogning turkum tarhi hujjatlarni topish, bayon qilish ishlaridan oldin tuziladi. Tarh bo’laklari ma’lumotnoma tuzuvchilar, mutaxassislar ishtirokida aniqlanadi va belgilanadi. Turkum tarhi qancha to’la, mukammal, chuqur ishlangan bo’lsa, hujjatlar mazmunini shuncha aniq ochib berish imkoni tugiladi. Hujjatlar haqidagi axborotlar katalogda kartochkalarga yozilib, joylashtiriladi. Kartochkalarda bayon qilingan axborotlar ayrim hujjat, bitta yig’ma jild yoki bir-biriga o’xshash bir guruh yig’majildlarga tegishli ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Shu bilan katalog kartochkalaridagi ma’lumotlar yig’majildlar ro’yxatidagi ma’lumotlardan farq qiladi. Ma’lumki, ro’yxatda bitta yig’majildga tegishli ma’lumot beriladi. Katalog yig’majildning ichidagi ayrim hujjatlar to’g’risida ham ma’lumot beradi. Katalogning ro’yxatdan ustun tomoni ham shundadir. Katalogning asosiy bulagi rubrika - sarlavha qismidir. Bu qismda aniq masalaning nomi, shaxsning familiyasi, sana to’g’risida hujjatdagi ma’lumotlar bo’ladi. Katalog kartochkasida shu hujjatning manzili ham yozilgan bo’ladi. Tadkiqotchini shu masala yoki familiya qiziqtirsa, hujjat manzilini yozib olib, arxivdan tezda topib foydalanishi va tadqiq qilishi mumkin bo’ladi. Kataloglarningturlari Arxiv kataloglari tuzilish qoidalariga ko’ra ikkiga bo’linadi: mantiqiy tuzilishdagi kataloglar va alfavit tuzilishidagi kataloglar. Birinchi tur kataloglarda arxiv hujjatlari haqidagi ma’lumotlar mantiqiy uzaro bog’liq holda bo’ladi. Ikkinchi tur kataloglarda esa hujjatlar haqidagi ma’lumotlar o’zaro bog’lanmagan holda, ya’ni alfavit bo’yicha joylashgan bo’ladi.

Mantiqiy tuzilishdagi kataloglar qatoriga sistematik, xronologik, mavzuiy asoslarda tuzilgan kataloglar kiradi. Alfavit tuzilishli kataloglar tarkibiga – ismlar katalogi, geografik nomlar katalogi va boshqa shunga o’xshash kataloglar kiradi. Muammoli savol: Davlat arxivlarida kataloglarning qanday turlaridan foydalaniladi? Sistematik katalog arxiv kataloglari turlaridan biridir. Bunda hujjatlar haqidagi ma’lumotlar bilim sohalari yoki ijtimoiy faoliyat sohalari bo’yicha guruhlashtiriladi. Keyin mantiqiy bog’langan holda ketma-ket joylashtiriladi. Sistematik katalog umumiy va ayrim tushunchalarning o’zaro bog’liqligi va munosabati asosida tuziladi. Masalan, «Din» umumiy tushunchasiga quyidagi ayrim tushunchalar kiradi: «Islom», «Xristianlik», «Induizm», «Iudaizm» (yaxudiylik), «Buddaviylik». O’z navtabida «Islom» ham umumiy tushuncha bo’lib, ayrim tushunchalarga bo’linadi. Bunday bo’linish «oliydan oddiyga», «umumiydan ayrimga» tamoyili bo’yicha davom etadi. Barcha turkum tarhlari ichida sistematik kataloglar tarhlari eng murakkabidir. Hozir butun dunyo kutubxona va arxivlarida, shuningdek O’zbekiston Respublikasida «Universal o’nlik turkumi (klassifikasiyasi)» sistematik kataloglar uchun keng foydalaniladi. Bu turkum asosida davlat arxivlarida sistematik kataloglar uchun turkum tarhi ishlab chiqilgan. «O’nlik turkumi (klassifikasiyasi)»ning mohiyati shundaki, bitta umumiy tushunchaga bo’ysungan, bog’langan bir guruh predmetlar bir deb qabul qilingan. Umumiy tushunchalar ayrim tushunchalarga bo’lingan. Bu tizimga binoan arxivdagi barcha ma’lumotlar 10 klassga (1 dan 9 gacha, 0 - umumiy) bo’lingan. Ular o’z navbatida yuzdan, ming-dan bir qism va boshqa mayda bo’laklarga bo’linadi.

«Universal o’nlik turkumi (klassifikasiyasi)»ning asosiy bo’limlari quyidagilar: 0. Umumiy bo’lim. 1. Falsafa. 2. Din. 3. Ijtimoiy fanlar. 4. Filologiya. Tilshunoslik. 5. Matematika. Tabiiy fanlar. 6. Amaliy bilimlar. Tibbiyet. Texnika. 7. San’at. Fotografiya. Tomoshalar. 8. Adabiyot. Adabiyotshunoslik. 9. Ulkashunoslik. Geografiya. Biografiyalar. Tarix. «Universal o’nlik turkumi (klassifikasiyasi)» kutubxona kitoblari uchun ishlab chiqilgan bo’lsa-da, undan ish yuritish va arxiv materiallarini turkumlash uchun ham foydalansa bo’ladi. Mavzuiy kataloglar . Davlat arxivlarida sistematik kataloglar 60- yillardan keng tarqala boshlagan. Unga qadar arxivlarda asosan mavzular bo’yicha kataloglar tuzilgan. Hozir ham mahalliy shahar, viloyat davlat arxivlarida - sistematik kataloglar tuzish imkoni bo’lmaganligi sababli mavzu bo’yicha kataloglar asosiy ma’lumotnomalardan biri hisoblanadi. Bunday kataloglarda mavzu yana kichik mavzuchalarga bo’linadi. Ular o’z navbatida yana mayda bo’laklarga bo’linadi. Masalan, Turkiston general- gubernatorligida milliy-ozodlik harakati mavzusi bo’yicha katalogda quyidagi kichik mavzular bo’lishi mumkin: Po’latxon qo’zg’oloni, 1898 yilgi Andijon qo’zg’oloni, 1916 yilgi xalq qo’zg’oloni va hokazo. Bularning har biri yana mayda bo’laklarga bo’linishi mumkin. Xronolog katalog . Bunday katalog turkumi tarhi davrlar, asrlar, yillar kabi bo’laklarga bo’linadi. Masalan, MDAda saqlanayotgan vaqfnomalar