Ulоqtirish tехnikаsini tahlili va аsоslаri
Mavzu: Ulоqtirish tехnikаsini tahlili va аsоslаri Reja 1.Uloqtirish turlari haqida ma’lumot 2.Nayza uloqtirish texnikasiga o’rgatish usullarini mustahkamlash 3. Granata uloqtirish texnikasiga o’rgatish usullarini mustahkamlash 4. Uloqtirish texnikasining asoslari
Nayza uloqtirish texnikasiga o‘rgatish usullarini mustahkamlash Nayzani uloqtirish texnikasiga o‘rgatish uslubi granata uloqtirish texnikasiga o‘rgatishga o‘xshashdir. Lekin, anjomlar ularning og‘irligi, xususiyati va anjomni o‘qiga (nayzaga «tushish») kuchlanishni kerakligi bilan ajraladi. SHuning uchun ko‘proq e’tiborni ikkinchi vazifaga - «Turgan joyida nayzani uloqtirish texnikasi»ga qaratiladi. Uloqtirish maxsus snaryadlarni uzunlikka irg‘itish va uloqtirish mashqlaridir. Ularning natijalari metr va santimetrlarda aniqlanadi. Uloqtirish asab-mushak kuchlanishi qisqa vaqtda maksimal bo‘lishi bilan xarakterlidir. Bunda qo‘l, elga kamari va tana mushaklarigina emas balki oyoq mushaklari ham faol qatnashadi. Engil atletika snaryadini uzoqqa uloqtirish uchun kuch, tezlik chaqqonlik yuqori darajada rivoj topgan bo‘lishi va o‘z kuchini bilmoq zarur. Engil atletikadagi uloqtirishlar ijro usuliga qarab uch turga bo‘linadi. 1) Bosh ortidan uloqtirish (nayza, granata). 2) Aylanib uloqtirish (disk, bosqin). 3) Itqitish (yadro). Uloqtirish usullarining farqi snaryadlarning shakli va og‘irligiga bog‘liqdir. Engil ushlash o‘ng‘ay bo‘lgan snaryadlarni to‘g‘ridan yugurib kelib, bosh ortidan boshlab uzoqqa uloqtirish mumkin, og‘irroq snaryadlarni aylanib uloqtirish o‘ng‘ayroq maxsus tutgichi bo‘lmagan og‘ir snaryad yadroni esa itqitish o‘ng‘ayroq.
5. Ko‘pkurash: yugurish, sakrash va uloqtirish ishining har xil turlari o‘z ichiga oladi. Ko‘pkurash tarkibidagi muhtoriga qarab nomlanadi: to‘rtkurash, beshkurash, oltikurash, sakkizkurash, o‘nkurash. Ko‘pkurashning asosiy turlari: erkaklar uchun o‘nkurash va ayollar uchun beshkurash va o‘spirinlar uchun oltikurash va sakkizkurash. Musobaqalarni engillashtirish uchun engil atletikani bunday og‘ir turlaridan musobaqalar ikki kunda o‘tkaziladi. Ko‘pkurashning asosiy turlari: ko‘pkurash bo‘yicha shug‘ullanuvchilar oldiga juda yuqori talablar qo‘yiladi. Ular texnik jihatdan yuqori mahoratli bo‘lishlaridan tashqari, sprinterlardek tezkor, uloqtiruvchilardek kuchli, o‘rta masofalarga yuguruvchilardek chidamli bulishlari kerak. Ko‘pkurash programmasini to‘la bajarish esa umuman a’lo darajada chidamli bo‘lishni, yuqori darajada rivojlangan irodaviy fazilatlarni talab qiladi. Ko‘pkurash bilan shug‘ullanish - engil atletika bilan endigina shug‘ullana boshlovchilar uchun har tomonlama jismoniy rivoj topishining eng yaxshi yo‘lidir. Ko‘pkurash bilan shug‘ullanish sportchilar organizmiga har tomonlama ta’sir ko‘rsatish bilan engil atletikaning alohida turi maxsus trenirovka qilish uchun ham yaxshi zamin yaratib beradi. Ko‘pkurash natijasi sportchining ko‘pkurash tarkibidagi har bir turda ko‘rsatilgan natijasi uchun olgan ochkolar yig‘indisi bilan belgilanadi. Buning uchun maxsus ochkolar jadvalidan foydalaniladi Sportcha uloqtirishdan maqsad - uloqtiruvchi harakatini chegaralovchi
ma`lum qoidalarga rioya qilib, asbobini mumkin qadar uzoq masofaga tashlashdir. Uloqtirish-g’ayrisiklik mashq bo`lib, uloqtiruvchidan katta asab- muskul kuchini va yaxshi jismoniy tayorgarlikni talab qiladi. Busiz Yuqori sport natijalariga erishish mumkin emas. Sport snaryadalarining uzoqroqqa borib tushishi sportchi uloqtirish texnikasini bilishiga anchagina bog’liqdir. Snaryadning uchishi va uloqtirish texnikasi mexanikaning umumiy qonunlariga bo’ysunadi. Lekin sport snaryadlarining konstruktsiya xususiyatlariga va musobaqa qoidasiga qarab, uloqtirish texnikasi bir-biridan farq qiladn, Har qanday jismning uchishi masofaning uzoqligi uning boplang’ich uchish tezligiga, uchib chiqish burchagiga va havo muhitining qarshiligiga bog’liq. Shunday qilib, uloqtiruvchi, aylanayotganda, tanasining aylanish tezligi o`zgartirmasdan, snaryadni aylanish markazidan uzoqlashtirish hisobiga xarakat miqdorini oshirishi mumkin. B u nday imkoniyatni t o’ li q ishga solib bo`lgandan keyin, burchak tezligini oshirishga intilish mumkin. Bunday xulosaga kelish sababi-gavdaning aylanish tezligi maksimalga yaqinlashuvi bilan harakatni nazorat qilish juda qiyinligidadir. Shuning uchun uloqtiruvchi o`zining vestibulyar apparatini juda ham yaxshi chiniqtirgan bo`lishi va muskullarini bushashtirshni boshqara bilishi zarur. Aylanish vaqtida uloqtiruvchining aylanish tezligi ortib, snaryadning (boskon, disk) aylanish radiusi kamaysa, snaryadning harakat tezligi pasayishi mumkin. Shuning uchun ham boskonni dastlabki silkitishni,
aylanishni va oxirgi kuch berishni boskon sharini aylanish o’qidan maksimal uzoqlashtirib bajarish maqsadga muvofiqdir. Garchi disk uloqtirishda ilgarilab boruvchi boruvchi harakatning aylanma harakatga nisbati boskon uloqtirishdagidan katta bo`lishiga qaramay, bunda ham xuddi shunday qilaverish kerak. Yugurib kelishni aniq bajarganda snaryad bilan harakatlanayotgan uloqtiruvchining tezligi uloqtirishning boshlang’ich fazasidan oxirgi fazagacha tobora o’sib borishi kerak. Lekin bu tezlikning usishi uzluksiz va tekis bo’la olmaydi, chunki Yugurib kelish mobaynida depsinish sharoiti o`zgarib boradi (yakka tayanch, kush tayanch va tayanchsiz fazalar). Uloqtiruvchi gavdasining ayrim qismlarining harakat tezligi uloqtirishning turli fazalarida anchagina farq qiladi, ammo snaryadning jila borish tezligi uning uchib chiqish paytida maksimalgacha yetishi kerak. Snaryad bilan harakat qilayotgan uloqtiruvchi massasining olg’a siljishi oxirgi kuchlanish oldidan sekinlashuvi uloqtirish uzoqligiga salbiy ta`sir ko’rsatadi. Bunda snaryadning uchib chiqish tezligi (shu bilan birgalikda uning o`zoqqa borishi ham) taxminan joydan turib uloqtirishdagiga teng bo’ladi. ya`ni oxirgi kuch berish qanchalik mukammal bajarilmasin, Yuqori natijaga erishib bo’lmaydi. (Masalan, joydan turib itkitish bilan Yugurib kelib (irg’ib) itkitishda yajroning uzoqqa borishidagi farq o`rta hisobda 1-1,5 m ga. disk uloqtirishda 6-8 m ga, nayza uloqtirishda 20-25 m ga etadi.)