Ulug’bek Hamdamning “Muvozanat”romanida realistik tasvir va zamonaviylik” mavzusidagi 28v
“Ulug’bek Hamdamning “Muvozanat”romanida realistik tasvir va zamonaviylik” mavzusidagi KURS ISHI
MAVZU: Ulug’bek Hamdamning “Muvozanat”romanida realistik tasvir va zamonaviylik I.KIRISH Mavzuning maqsad va vazifalari II.ASOSIY QISM 1. Istiqlol davri adabiyotida Ulug'bek Hamdam ijodi 2.Ulug'bek Hamdam nasriy asarlarining janriy xususiyatlari 3.“Muvozanat” romanida mavzu va badiiyat 4. U.Hamdamning “Muvozanat” romanida realistik tasvir 5. “Muvozanat” romanida zamonaviylik III.XULOSA
KIRISH. O'zbek adabiyoti, shu jumladan, nasri bugungi kunda yozuvchilarimizning ijodiy izlanishlari natijasida yangi pog'onaga ko'tarilmoqda. Ulug'bek Hamdam kabi bugungi o'zbek nasrining iste'dodli namoyandalari asarlarini tahlil qilish orqali o'zbek romanlarini o'ziga xos xususiyatlarinini tadqiq qilish mumkin. Shu nuqtai nazardan qaraydigan bo'lsak, yozuvchi Ulug'bek Hamdam hozirgi o'zbek nasrida samarali izlanishlar olib borayotgan ijodkorlardan biridir. Ulug'bek Hamdam asarlari qahramonlarining o'ziga xos ma'naviy olami qanday talqin etilganligi, yozuvchi asarlarida hayotning qaysi jihatlarini tasvirlashga moyillik mavjudligi hamda qahramonlarining umuminsoniy, milliy-ma'naviy qadriyatlarni o'quvchi shuuriga ko'chirishning badiiy mezonlarini oydinlashtirganligini aniqlash masalasi mazkur ishimizning dolzarbligini belgilashga yordam beradi. Ulug'bek Hamdamovning shu kungacha bir qator badiiy asarlari nashr etilgan. Shulardan «Yolg'izlik». Qissa va hikoyalar (1998), «Tangriga eltuvchi isyon» she‘rlar (2001), «Isyon va itoat» roman (2003), «Muvozanat» roman (2004), «Atirgul» she‘rlar (2005), «Seni kutdim» (2007), «Sabo va Samandar» Roman (2009), «Uzoqdagi Dilnura» Qissa, hikoya va she‘rlar (2010), ―Vatan haqida qo'shiq (2014) kabi kitoblarini sanab o'tishimiz mumkin. Ulug'bekning asarlari uning tuyg'ulari, o'ylari, iztiroblari manzaralaridir. Bu manzaralar esa yolg'izlik, muvozanat, isyon va itoat atalmish ruhiyat manzillarida yorqinroq namoyon bo'ladi. Biz odamning asl qiyofasi uning xatti-harakatlarida yaqqol ko'rinadi degan to'xtamni haqiqat deb hisoblashga o'rganganmiz. Aslida, odamning asl qiyofasi harakat qilayotgan, faoliyat ko'rsatayotganda emas, balki o'zi, ko'ngli, xayollari bilan yolg'iz qolganda yorqinroq ko'rinadi. Lekin bu qiyofa sirtni ifoda etmaganidek, sirtda namoyon bo'lmaydi ham. Uni bilmoq uchun odamning botinini tuymoq lozim bo'ladi. har bir odamda botinga yetib bormoq, uni tuymoqning birgina yo’li bor: o’z-o’zini ayovsiz taftish etish. Uning bitganlarida o’zi va o’zligi bo’lishini astoydil istaydigan hamda shunga chin dildan intilayotgan kishi siyrati yorqin aks etadi.Suygan va kuygan odam uchun ayriliqda ham visol imkoni bo’laveradi. Ko’nglidan joy olgan odamning yo’qligiga ko’nikkan, lekin har bir yaxshi onida uni eslaydigan murakkab tuyg’uli kishining yuqoridagiday dil izhori samimiy va ta'sirli. Ko’ngil kishisi bir umr yolg’izlik istab, unga intilib, uni qo’msab va undan qo’rqib yashaydi. Tuyg’u kishisining dilini anglash va ovlash odamga qiyin yumush. Binobarin, bunday kinshda atrofdagilardan yozg’irish imkon hamisha
bo’laveradi. Lekin Ulug’bekning asarlarida tuyg’ulari ezgu va teran kishiningyoniq ruhiy holati ifoda etiladi:Odam ham, olam ham muvozanatsiz yashay olmaydi. Muvozanatning buzilishi tanazzulga qarab qo’yilgan birinchi qadamdir. Shuning uchun ham asl matlabi kishini ruhiy va fikriy muvoza- natdan chiqarish bo’lgan she‘riyatda ham ma‘naviy qadriyatlar mu-vozanati saqlanishiga jiddiy e‘tibor beriladi. Lekin estetik muvozanat miqdoriy ko’rsatkichlar bilan o’rnatilmaydi. Unda ruhiy quvvatlarning energiyasi muhim hisoblanadi. Ulug’bek Hamdamning asarlari orasida inson sezimlaridagi ezgu va yoqimsiz sifatlarga bardoshliroq qarash, yoqmagan ma‘naviy xususiyatlarni inkor etibgina qolmay, ularni tadqiq qilish va tushunishga urinish aks etganlari ham anchagina. Inson tug’ilishdan oldin ilohiy visolga noil edi, u bir tomchidan yaralgan, jinsi va taqdiri belgilangan edi. Bu foniy dunyoga kelmasdan avval begunoh, beg’ubor edi. Foniy dunyo visoliga erishish bilan hijron boshlandi. Shu bois endigina dunyoga kelgan chaqaloq chinqirib yig’laydi, to tana tirik ekan davom etadigan bu uzoq ayriliqni istamay, isyon qiladi. Shuning uchun ham ko’ngil odami betartib tartiblarni buzaroq, Allohga yetkazguvchi yo’lni izlaydi. Izlagani sayin faqat Ugina chin ekanligini anglab boradi: Dunyo – Yaratganning jilvasigina, xolos. Undagi hech narsa haqiqiy emas, oynadagi aksni ushlab bo’lmaganidek, bu dunyoda ham aslga yetib bo’lmaydi. Inson tug’ilish bilan fanoga tegishli bo’ldi, uning jismi ko’ra, eshita, nafas ola boshladi. Oynada aks etgan jismsiz borliq ro’yo ekaniga ruh ko’zlarini jism qorachiqlari berkitgani sababdir. Ko’rinadiki, ko’rishi kerak bo’lgan narsa ko’rmaslikka sabab bo’ladi. Shoirni Yaratgandan boshqasi yolg’on ekani junbushga keltiradi, uning ruhi tiyiqsiz bir ishtiyoq bilan isyon ko’taradiki, bu uni tangri sari eltishi mumkin bo’ladi. Ulug’bek Hamdamning "Muvozanat" hamda "Isyon va itoat" romanlari esa adabiyotimizdagi ulkan bir kemtiklikni to’ldirdi. Ungacha milliy romanlarimizda inson, asosan, mehnat va faoliyat bag’rida ko’rsatilardi. Yosh yozuvchi adabiyotda murakkab va chigal o’ylar og’ushidagi o’zbekni tasvirlashni boshlab berdi. Natijada, adabiyotimizda o’zi, umri, odam va olam haqida teran falsafiy o’ylar suradigan millat vakillari qiyofasi yaratildi. Ulardagi sevgi va sadoqat tuyg’ulari ham o’ziga xos tarzda ifoda etilgan. Ulug’bek Hamdamning ―Muvozanat romani uning ijodida muhim ahamiyat kasb etadi. Ulug’bek Hamdamning ―Muvozanat asari shu kungacha to’rt marta qayta nashr etildi. Roman badiiyati, g’oyasi, o’tish davri qahramonlarining iztiroblari, taqdiri xususida katta-kichik olimlar, yosh tadqiqotchilar fikrmulohazalarini bildirishdi. Hatto ―Muvozanat haqidagi talqinlar uzoq Amerika adabiy jarayonida ham aks sado berdi.
―Muvozanat romanida ellikka yaqin qahramonlar ishtirok etadi. Amerika Yozuvchisi Artur Xeylining ―Oqshom xabarlari romanida bosh qahramon va ikkinchi darajali obrazlar degan qoliplar ko’zga tashlanmaydi. Qahramonlar o’zlarining ruhiy dunyosi, xatti-harakati, shaxsiy muammolari bilan baravar ravishda ishtirok etadi. Har birining ehtiyojlari atroflicha qalamga olinadi. Artur Xeyli bilan U.Hamdam romanlarida aynan shunday holat ko’zga tashalanadi. Iqtisod fanida ―ehtiyojlar cheksizligi degan atama bor. Mundoq do’ppini boshdan olib, o’ylab ko’radigan bo’lsak, inson ehtiyoji shu darajada kengki, unga nafaqat moddiy, balki ma‘naviy, ruhiy ehtiyojlar ham kiradi. Sevish va sevilish, do’stlashish yoki eng oddiy misol, suvga tashnalik ham bitta ehtiyoj sanaladi. Qaysiki, birining talabi qondirilmas ekan, o’sha jarayon insonning botini yoki zohirini inqirozga olib keladi. ―Muvozanat asaridagi Yusuf, Said, Mirazim, Zahro, Amir singari qahramonlar jamiyatda, o’z shaxsiy hayotida, botiniy va zohiriy olamida o’zi bilan o’zi kurashadi. Qaysidir biri idellashmagan sevgisi uchun, ba‘zisi ma‘naviy-ruhiy ehtiyoj uchun kurashadi. Yozuvchining o’zi ta‘kidlaganidek, hayotda ma‘lum bir vaznni saqlab qolishga qaratilgan inson ruhiyati muvozanatni saqlab qololmay, qarsillab sinadi. Hatto asarning eng iqtidorli, aqlli, hayotga, jamiyatga, atrofdagi insonlarga xolis nazar bilan qarovchi Yusufda ham xuddi shu holat yuz beradi. ―Muvozanat talabalik yillarida bir-biriga yaqin bo’lib qolgan uch do’st (Yusuf, Said, Mirazim)ning sarguzashtlari haqida hikoya etadi, shunga ko’ra asar an‘anaviy ―Uchlik badiiy formula asosiga qurilganini, qayd etish joiz. Zero, necha ming yillik folklor, zamonaviy o’zbek va jahon adabiyot namunalarida bu badiiy formula juda ko’p bora mahorat bilan istifoda etilib kelinadi. Shu o’rinda, ―Uchlik badiiy formulaga misol tariqasida o’zbek xalq ertaklaridagi uch aka-uka, uch opasingil, uch do’st motivlarini eslash kifoya. Ulug’bek Hamdam ―Muvozanat badiiy kompozitsiyasida o’zbek va jahon adabiy tajribalarida mavjud bo’lgan va juda ko’p bora sinalgan ―uchlik badiiy formuladan unumli foydalanadi. Asarda uch do’stning kechinmalari, hayoti, taqdiri yotgan bo’lsa-da, unda keng ma‘noda o’zbek millatining sho’ro davri tuzumidan bozor iqtisodiyotiga o’tish davridagi butun murakkabliklar i haqqoniy, shafqatsiz real tasvirlarda mahorat bilan ochib beriladi. Roman boshdan -oyoq, kontrast tasvirlar ―shahar-qishloq, ―ma‘naviyat-iqtisodiyot, ―ma‘rifat-jaholat, ―qashshoqlik-boylik,