logo

V-VIII ASRLARDA MARKAZIY SUG‘DDAGI IQTISODIY MUNOSABATLAR IQTISODIY BOShQARUV

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

195.5 KB
V-VIII   ASRLARDA   MARKAZIY   SUG‘DDAGI   IQTISODIY
MUNOSABATLAR:   IQTISODIY   BOShQARUV,   TANGA   ZARBI,   SOLIQ
VA TOVAR-PUL MUNOSABATLARI
Reja :
1.   V-VIII   asrlarda   Markaziy   Sug‘ddagi   iqtisodiy   boshqaruv   tizimining
huquqiy asoslari 
2. V-VIII asrlarda  Markaziy  Sug‘dda  tanga zarbi va iqtisodiy siyosat 
3. Ilk o‘rta asrlarda   Markaziy  Sug‘dda tovar-pul munosabatlari va soliq
tizimi  V-VIII asrlarda  Markaziy  Sug‘ddagi iqtisodiy boshqaruv tizimining
huquqiy asoslari
Sug‘d konfederasiyasi tarixining iqtisodiy jarayonlari, savdo munosabatlarini
o‘rganishda bu hududda eftaliylar hukmronligi davridagi iqtisodiy munosabatlar va
savdo aloqalari xususida ham fikr yuritish lozimdir.
Vatanimiz   tarixining   ilk   o‘rta   asrlar   davrida   hukm   surgan   davlatlardan   biri
eftaliylar   mamlakati   bo‘lib,   ular   ko‘chmanchi   xalq   sifatida   adabiyotlarda
keltiriladi.
Sug‘dda  V asrda kelib siyosiy maydonga eftaliylar sulolasi chiqadi. Ular to VI
asrning   ikkinchi   yarmiga   qadar   mintaqa   siyosiy   hayotiga   yetakchilik   qiladilar.
Mintaqa   shaharlari   tarixida   V   asr   oxiri   VI   asr   boshlari   jonlanishi   yillari   bo‘lgani
ma’lum. 
  Ayniqsa   kichik   shaharlarning   tezlik   bilan   o‘sib   borishi   hashamatli   binolari
bo‘lgan   alohida-alohida   qo‘rg‘onlarining   yuzaga   kelishi   va   ko‘payishi   Xorazm,
Sug‘diyona,   Shosh   va   Baqtriya   viloyatlarida   keng   kuzatilgan.   Bunda   iqtisodiy-
savdo   munosabatlarining   izchil   yo‘lga   qo‘yilishi   ham   o‘z   ta’sirini   ko‘rsatgan.
Mintaqamizning an’anaviy iqtisodiy imkoniyatlari (dehqonchilik, sun’iy sug‘orish,
chorvachilik,   bog‘dorchilik,   hunarmandchilik   va   boshqalar)   bu   davrda   ham   o‘z
ravnaq yo‘lida to‘xtamaganligiga ham shubha qilmasa ham bo‘ladi. Manbalarda bu
borada hyech bir yo‘qotish bo‘lmagani haqida guvohliklar yetarli.
Ayniqsa, savdo-sotiq gurkirab rivoj topgan. Bir tom o ndan ulkan minta qaning
siyosiy   jihatdan   yaqinligi,   ikkinchi   tomondan,   G‘arb   va   Sharq   mamla katlararo
iqtisodiy-savdo munosabatlari oralig‘ida bo‘lishi ichki va tashqi savdo yo‘llarning
yanada   tarraqiy   yetib   borishiga   qulay   sharoit   yaratib   bergan.   Bu   e sa   o‘z   o‘rnida,
yo‘l   qatnov,   ta’minot,   hizmat   ko‘rsatish   tarmoqlarining   kengayib   bori sh iga   yo‘l ochib   bergan.   Tashqi   savdo   Ipak,   l a k   bo‘yoqlar,   rangli   shishalar,   qimmatbaho
toshlar, arg‘umoq otlar, matolar, shirinliklar, qurol-yarog‘ kabi noyob mahsulotlar
bozori   ch a qq o n  bo‘lgan.  Shuni   ham   nazarda   tutish   lozimki   Buyuk   Ipak  yo‘lining
har   ikkala   yo‘nalishi   (shimoliy-Turfon,   Qashg‘ar,   Farg‘ona,   Sug‘diyona,
Marg‘iyona,   Janubiy-Xo‘tan,   Yorkent,   Pomir,   Baqtriya)   eftaliylar   saltanati
h ududidan o‘tishi ham muhim ahamiyat kasb  e tishi tabiiy.
E ftaliylarning   Xitoy   bilan   munosabati   asosan,   savdo-sotiq   orqali   amalga
oshirilib,  Buyuk   Ipak  yo‘lining  Shimoliy  va   Janubiy   yo‘nalishlarining   mintaqmiz
orqali   o‘tishi   katta   ahamiyat   kasb   yetgan.   eftaliylarning   m arkaziy   Hindiston,
Yevropaning   eng   sha rqiy   viloyatlari   bilan   ham   yaqin   aloqalarda   bo‘lganliklari
ma’lum.   O‘rta   Osiyo   paxta   tolasi   Xitoyga   mashhur   bo‘lgan.   Tog‘   va   tog‘oldi
yerlardagi aholi yilqichilik bilan shug‘ullangan.
  E ftaliylar   davrida   hunarmandchilik   ham   rivoj   topgan,   Ayniqsa,   kulo l chilik,
shishasozlik, chilangarlik, bo‘zchilik, zargarlik, qurolsozlik, kasb-hunarlari ravnaq
topgan.   Shoshda   yasalgan   o‘q   va   yoy   “Kamoni   Chochiy”   nomi   bilan   mashhur
bo‘lgan.   Katta-kichik   shaharlar   soni   ko‘paygan.   Birgina   Zarafshon   vohasida
R i vdod,   Kushoniya,   Xarimon,   Arqud,   Romiton,   Varaxsha,   Poykand   kabi   savdo
hunarmandchilik shaharlari mavjud bo‘lgan.
Eftallar   davlatiga   birlashgan   aholining   bir   qismi   ko‘chmanchi   chorvador
bo‘lsa, ikkinchi  kattaro q   q ismi  shahar va qishloqlarda ya sho vchi o‘troq aholi edi.
Uning   aholisi   asosan   ziroatchilik   bilan   shug‘ullanardi.   Tohariston   va   Sug‘d   rivoj
topgan   dehqonchilik   va   bog‘dorchilikni ng   markazi   hisoblanardi.   Qashqadaryo   va
Zarafshon   vodiylarida   g‘alladan   tashqari,   sholi   ham   yetishtirilar   edi.   Xitoy
manbalarida  q ayd etilishicha,  V -  VI  asrlarda Shar q iy Turkiston va Markaziy Osiyo
yerlarida ko‘p l ab  g‘ o‘za ekilgan yedi 1
. Uning tolasidan oppoq va nihoyatda mayin
mato to‘qilgan. Xitoy bozorlarida bu n day matoga talab katta bo‘lgan. Chunki o‘sha
davrlarda Xitoyda paxta hali ekilma s  edi.   Aholining dasht liklarda yashovchi yarim
1
  Бичурин Н.Я. (Иакинф). Собрание сведений о народах обитавших в Средней Азии в древние времена. Т. II.
– М.-Л., 1950. – С. 240-276.  ko‘chmanchi qismi chorvachilik ,  xususan ,  mayda va yirik shoxli hayvonlar boqish,
tuyachilik, tog‘li va tog‘ oldi mintaqalarida esa yilqichilik bilan shug‘ullanar edi. 
Bu   davrda   dehqonchilik   vohalaridagi   katta-kichik   shaharlar   gavjum lashib,
ularda   ayniqsa,   ku l olchiliq,   shishagarlik ,   chilangarlik ,   bo‘zchilik ,   sarrojlik ,
zargarlik   va   qurolsozlik   kabi   kasb-hunarlar   ravna q   topadi.   Ayrim   ma’lumotlarga
q araganda,   Poykand   shahri   eftallar   davlatining   poytaxti   bo‘lgan.   Xitoy   manba -
larida   u   Bi   n omi   bilan   tilga   olinadi,   Arablar   uni   «Madinat   ut-tujjor»,   ya’ni
«savdogarlar shahri» deb yuri t ganlar.
Tashqi   savdo   bojidan   manfaatdor   bo‘lgan   eftallar   bu   shaharlar   or q ali   o‘tgan
«Ipak   yo‘li»   ni   o‘z   nazoratlari   ostida   tutib   turishga   harakat   qilgan.   Xitoy,
Hindiston, Ero n   va Vizantiya bilan bo‘lgan xalqaro savdoda ular faol qatna shardi.
Xitoy   bila n   Vizantiya   asosan   ipak ,   ipakli   mato,   rangdor   shisha,   qimmatbaho
toshlar,   bo‘yoqlar   va   turli   xil   ziravorlar   bilan   savdo   qilardi.   Markaziy   Osiyo dan
oltin, kumush ,   Badaxshon la’lisi bilan bir   q atorda Xitoyga rangli shisha va shisha
buyumlar,   turli   xil   mevalar,   ip   gazlama   asosan   karbos,   q orako‘l   te risi ,   tulporlar
chiqarilardi.   Ipak   yo‘li   savdosida   sosoniy   savdogarlari   bilan   raqobatda   asosa n
su g‘ diylar vosita chilik rolini o‘ynardi. Xal q aro savdo aloqalarining gavjumlashuvi
bilan mamlakatda tanga pul muomalasi tartibga solinadi.
Keyinchalik   eftallar   sosoniylar   sho hi   Varaxran   VI   tangalariga   taqlidan   old
tomonida   qulo g‘ iga   xalqa   ta q qan   tojdor   podshoh,   orqa   tomonida   esa   markazda
otashdon   va   ikki   atrabo n   t asvirlari   so‘qilgan   kumush   tangalar   zarb   qiladilar.
Bulardan tash q ari ,  Buxoro, Poykand ,  Vardana, Naxshab, Samarqand va Xorazmda
mahalliy hokimlar tomonidan chiqarilgan cha q a tangalar mamlakat ichki savdosida
keng   muomalada   bo‘lgan.   Bu,   shubhasiz,   mamlakatning   ijtimoiy   va   iqtisodiy
hayotida mahalliy hokimlar kat t a nufuzga ega ekanidan dalolat beradi.
O‘zbek   xalqi   va   davlatchilik   ildizlari   shakllangan   o‘lkalardan   sanalmish
Sug‘d ilk o‘rta asrlarda yurtimizdagi jadal ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va
etnik aloqalarning markazlaridan biri bo‘lgan. Sug‘d ilk o‘rta asrlarda konfederativ davlat uyushmasiga ega edi. Uning tarkibidagi viloyatlar  o‘z   ichki boshqaruvlarini
deyarli mustaqil markazdan holi amalga oshirganlar.
Sug‘dning yirik markazi bo‘lgan Samarqand Afrosiyobidan topilgan devoriy
suratlardagi   yozuvlar   orqali   biz   VII   asr   ikkinchi   yarmiga   oid   muhim
ma’lumotlardan boxabar bo‘lamiz 2
. Yuqorida ta’kidlanganidek, bu yozuvlar ustida
dastlab   V.A.Livshis   tadqiqot   olib   borgan   va   16   qatordan   iborat   bu   matnni   o‘kib,
izohlashga o‘ringan. Bu yozuvlarda V.A.Livshis Avarxuman degan ismni o‘qigan.
V.A.Livshis   va   O.I.Smirnovalar   bu   ismni   Samarqand   podshosi   Varxuman   bilan
bog‘laydilar.
Yuqorida ta’kidlanganidek, V.A.Livshis matnning birinchi qatoridagi so‘zida
sulola atamasi  «Unash»ni  aniqladi. 1965 yili  bu yozuvlar V.A.Livshis va boshqa
tadqiqotchilar tomonidan turlicha izohlandi va ularni o‘qishda ba’zi xatolarga yo‘l
qo‘yildi. Hujjatda bir so‘zning noaniqligi bu hujjatning ahamiyatini ochib berishga
to‘sqinlik   qildi.   Biroq,   1972   yilda   V.A.Livshis   bu   so‘zni   o‘qib,   VII   asr   ikkinchi
yarmida   Sug‘d   (Samarqand)   podshosi   hisoblangan   Avarxuman   (Varxuman)
«Unash»   sulolasiga   mansubligi   to‘g‘risidagi   fikrni   ilgari   surdi.   Shuningdek,   u
o‘zining   keyingi   «Afrosiyob   saroyi   Sug‘d   devoriy   yozuvlari»   nomli   maqolasida
ilk   o‘rta   asrlarda   Sug‘d   taxtida   o‘tirgan   hukmdorlar   alohida   «Unash»   deb
nomlangan   sulola   vakillari   hisoblanganlar,   deya   ta’kidlaydi .   Biroq,
V.ALivshisning "Unash" etnonimi haqida bildirgan fikrlarining yetarli asosga ega
emasligini   F.   Boboyorov   o‘zining   Afrosiyob   bitiklarining   yangicha   talqini   va
islomdan   avvalgi   Samarqand   ixshidlari   tangalarining   o‘qilishiga   bag‘ishlangan
maxsus   maqolasida   dalillar   asosida   ko‘rsatib   berishi   bu   masalaning   yana   bir   bor
tekshirib   ko‘rilishini   talab   qilmoqda.   Tadqiqotchining   fikricha,   Afrosiyob
bitigidagi Avarxuman mansub bo‘lgan urug‘ nomi “Unash” emas – “O‘n o‘q (o‘n
qabila)”   bo‘lib,   bu   etnonim   G‘arbiy   Turk   xoqonligiga   aloqador   ravishda   O‘rxun
bitiktoshlari   va   xitoy   yilnomalarida   uchraydi.   Shuningdek,   G‘.Boboyorov
V.A.Livshis tomonidan “sar Mastich (iz roda) Unash” (“Unash (urug‘idan) podsho
2
 Шишкин В.А. Афрасиаб – сокрови щница древней культуры.  –  Ташкент: Фан, 1966. – 35 с. Mastich”), deb o‘qilgan Samarqand ixshidlari tangalaridagi yozuvning bir qismini
ham – “O‘n o‘q (o‘n qabila)” tarzida o‘qishni lozim topdi. Fikrimizcha, agar “O‘n
o‘q”   tarzida   talqin   qilish   boshqa   manbalardagi   ma’lumotlar   asosida   o‘z   isbotini
tonadigan   bo‘lsa,   Samarqand   ixshidlari   va   G‘arbiy   Turk   xoqonligi   hukmdorlari
orasida qarindoshlik aloqalari borligi o‘z tasdig‘ini topishi mumkin 3
.
Sug‘d hujjatlarida yer mulkchiligi tipidagi rivojlangan iyerarxiya mavjud deb
taxmin qilishga asos bo‘luvchi keng ko‘lamdagi ijtimoiy terminologiya aks etgan.
Oksuyaklarning   asosiy   toifasini   hukmron   xonadonlarning   vakillari   (xitoy
manbalarida   chjao-u )   va   yer   egalari   bo‘lgan   zodagon   dehqonlar   (arab   va   fors
manbalarida   azimlar   va   oddiy   dehqonlar)   tashkil   qilar,   ulardan   so‘ng   ko‘p   sonli
ozodlar (sug‘diy tilli hujjatlarda   azadkar -   xalq, odamlar) turar, ularning eng oliy
tabaqasi   yuqori   unvonli   zodagonlardan   iborat   edi.   Yuqorida   ta’kidlaganimizdek,
ozodlar doimiy ravishda hukmdor xizmatida bular va soliqlardan ozod etilgan edi.
Aholining asosiy soliq to‘laydigan qismini  korikarlar  -  hunarmandlar va dehqonlar
tashkil   etardi.   Ijtimoiy   zinapoyaning   eng   quyi   pog‘onasida   qullar   (bantak)   -
umrbod  va vaqtincha  qul   bo‘lganlar   hamda turli  toifadagi  xizmatkorlar  turar   edi.
Mug‘ to‘plamiga kiruvchi yer oldi-sotdisi haqidagi V-8 raqamli hujjat aka-ukalar
o‘rtasida   yarim   aksok   (sug‘diycha   yer   o‘lchovi)   yoki   bo‘ltak   (M.Is’hoqov
tarjimasi) 4
  yer   maydonini   sotish   va   harid   qilishga   kelishib   tuzilgan   shartnoma
bo‘lib,   yer   maydonini   sotayotgan   aka-ukalar   -   Farnxud   o‘g‘illari   Shirvag‘ch   va
Satafsarak,   haridorlar   Osmanch   o‘g‘illari   Maxch   va   Xshumvandaklarning   o‘zaro
kelishuvini guvohlar Vag‘varz o‘g‘li Nanefarn, Faryon o‘g‘li Shovch, Jima o‘g‘li
Tusaxlar   ishtirokida   tuzganlar.   Mazmunidan   yana   shuni   bilsa   bo‘ladiki,
shartnomani   kotib   Vanenok   uch   nusxada:   ya’ni   tomonlarga   bir   nusxadan,
mahkama   uchun   bir   nusxa   yozgan.   Aynan   mana   shu   mahkama   nusxasi   bizgacha
yetib kelgan.
3
  Бабаяров Г., Кубатин А. К новой интерпретации имена правящего  рода Самарканда из надписей в росписях
Афрасиаба   //   Самарқанд   шаҳрининг   умумбашарий   маданий   тараққиёт   тарихида   тутган   ўрни.   Самарқанд
шаҳрининг   2750   йиллигиаг   бағишланган   халқаро   илмий   симпозиум   материаллари.   –   Тошкент-Самарқан.
2007. – С. 216-20. 
4
 Исҳоқов М. Унитилган подшоликдан хатлар. –Тошкент: Фан, 1992. –Б. 15. Mazkur   hujjat   huquqiy   asosga   ega   bo‘lgan   va   taraflar   tomonidan   undagi
shartlar so‘zsiz bajarilgan. Huquqiy hujjatni to‘zishda aka-ukalarning ishtiroki VII-
VIII asrlarda Sug‘dda yer-mulkka bo‘lgan munosabatda oila a’zolarining, ayniqsa,
erkaklarning   umumiy   ishtiroki   nazarda   tutilgan.   Bu   omil   ba’zi   kutilmagan
vaziyatlarda   ota   o‘rniga   bolaning,   aka   o‘rniga   ukaning   sotib   olingan   yer-mulkka
to‘g‘ridan-to‘g‘ri   merosxo‘r   bo‘lib   qolishini   ta’minlagan.   Bosh qacha   qilib
aytganda,   ijtimoiy   munosabatlarda   patriarxal   oila   mulkchiligi   amalda   bo‘lgan.
Bunday odat hatto milodiy I asrga oid Avroman III hujjati-parfiyon matnida ham
uchraydi. Bu esa bizga ilk o‘rta asrlarda amal qilingan xo‘jalik yuritishdagi o‘ziga
xos qirralarni ochib beradi. Shartnomaga ko‘ra sotuvchilar oluvchilarga favqulodda
holatlarda   yordam   berishlari   shart   bo‘lgan.   Agar   yer   maydonini   e’tiborga   olsak,
mabodo   uchinchi   bir   tomon   sotilgan   yerga   da’vogar   bo‘lsa,   sotgan   taraf   harid
qilingan   tarafni   o‘z   himoyasiga   olib   mazkur   hujjatni   asos   sifatida   ko‘rsatgan.
Sababi,   sug‘diylarning   zardushtiylik   dini   an’analariga   ko‘ra   alohida   oilaviy
xilxonalarga zarurati bo‘lgan.
Dehqonlarning boshqa bir daromad manbai tegirmonlar bo‘lib, ular eng yirik
dehqonlarga, birinchi navbatda, ixshidlarga tegishli edi. Mug‘ to‘plamiga kiruvchi
tegirmon   ijarasi   haqidagi   V-4   raqamli   hujjatda   ilk   o‘rta   asrlar   mulkchilik
munosabatlariga   oid   ajoyib   bir   fakt   keltiriladi.   Suv   tegirmonlariga   oid   ijara
masalasida   kelishayotgan   tomonlardan   biri   709-72   yillarda   Panjikent
viloyatining   hokimi,   orada   bir   necha   yil   Sug‘dda   podsholik   qilingan   shaxs   -
Devashtich   Yodaxshetak   o‘g‘lidir.   Shartnomada   ikkinchi   tomon   Moxyon
Dopotshir   o‘g‘li   Devashtichga   qarashli   uch   suv   tegirmonini   bir   yil   muddatga
Devashtichdan   ijaraga   olayotgani   haqida   gap   boradi.   Devashtich   bu   o‘rinda
podsho   bo‘lishiga   qaramay,   zamonasining   yirik   mulkdor   vakili   sifatida   ish
ko‘radi. Bundan  ko‘rinadiki, ilk o‘rta asrlarda tegirmondan  foydalanishning  ikki
xil   shakli   mavjud   bo‘lgan:   ijaraga   berish,   egasining   o‘zi   foydalanishi.   Ijaraga
berilgan   tegirmon   haqidagi   ushbu   hujjat   matnida   ijara   haqi   460   kafch   unni   o‘z
vaqtida   to‘lamasa,   qalloblik,   yolg‘on   va   adolatsizlik   Moxyon   tomonidan   sodir
etilgan   deb   hisoblanishi   va   Devashtich   bu   ish   yuzasidan   o‘sha   zamon   huquq organiga-o‘rnikomga   murojaat   etishi   mumkinligi,   bu   amaldor   yoki   ijtimoiy
funksiyaga   ega   bo‘lgan   organ   ijara   to‘lovi   sifatida   berilishi   kerak   bo‘lgan   unni
to‘la undirib berish huquqiga egaligi haqida so‘z boradi 5
. 
Xitoy tilidagi tarixiy asarlardan biri «Bey shi»da VI asrga oid yurtimizdagi
ahvol   haqida   shunday   ma’lumot   bor:   «Ularda   ibodatxonada   saqlanadigan   turkiy
tuzuklar   to‘plami   bor.   Jazo   belgilashda   mazkur   tuzuklar   to‘plamini   olib,   (unga
suyangan holda) hukm chiqaradilar». Boshqacha aytganda, qilingan jinoyat uchun
jazoni   biron-bir   shaxs   emas,   balki   muayyan   huquqiy   normalar   belgilagan   va   u
barcha uchun birday kuchga ega bo‘lgan. V.A.Livshisning ta’kidlashicha, Uttegin
bilan   Dug‘dg‘uncha   o‘rtasidagi   nikoh   shartnomasi   rasmiylashtirilgan   «Qonunlar
uyi» ushbu ibodatxona bilan bir joydir 6
.
Panjikent saroyida xizmat qilingan a’yonlar, turli lavozimdagi kishilar, hatto
podsho   yoki   hokim   uchun   qilingan   pul   sarflari   ro‘yxati   aks   etgan   A-5   raqamli
hujjatda   biz   ilk   o‘rta   asrlarda   Sug‘d   pul   muomalasi,   iqtisodiy   ahvoliga   oid
ma’lumotlarni olishimiz mumkin. Ushbu hujjat VIII asr boshlarida Sug‘dda amal
qilingan pul muomalasi va draxm haqida qiziqarli ma’lumotlar beradi. 
Mulk   va   undan   foydalanish   masalalari   yer   mulkchiligi   zamonida   turli
ko‘rinishda bo‘lgan. Sug‘d yozma yodgorliklaridan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, ilk
o‘rta   asrlarda   Sug‘dda   yer   mulkchiligi   munosabatlari   shakllangan   bir   bosqich
bo‘lgan  va   bu  jarayonda   Sug‘d  zodagonlari   -   azat,   ya’ni  ozodlar  ijtimoiy  qatlami
muhim o‘rin to‘tgan. Ozodlar deb nom olgan aslzoda zodagonlar ijtimoiy qatlami
boshida   turli   darajada   Samarqand   Sug‘di   podsholigiga   tobe   bo‘lgan   mahalliy
hokimlar   turgan.   Eng   katta   mulkdor   sifatida   podsho   va   hokimlar   o‘z   tasarrufida
umumdavlat   mulkidan   tashqari   xususiy   mulkka   ham   ega   bo‘lgan.   Har   bir   hokim
o‘z   tasarrufidagi   xususiy   mulkdan   mulkdor   sifatida   foydalangan   Mug‘
to‘plamidagi  A-13   raqamli hujjat mazmuniga ko‘ra ko‘prikdan foyda langani uchun
5
  Тиллабоев   С.,   Бобоёров   Ғ.   Ўрта   Осиё   қонунчилиги   саҳифаларидан   //   Мозийдан   садо.   web   site:   www.
soupcourt.gov.yz.
6
  C огдийские   документы   с   горы   Муг.   Юр и дические   документы   /   Чтение,   перевод   и   комментарии
В.А.Лившица. Вып. 2. –   М: Наука, 1962. –   Б. 38   to‘lanadigan   soliqni   to‘lash   haqidagi   pul   to‘lovi   topshirig‘ida,   xususan,   1,   2-
satrlarida xatning kimdan kimga yozilgani aks etgan.
Xatni   jo‘natuvchi   tomon   Panjikent   hokimligining   soliq   yig‘uvchisi   va
Panjikent  xalqi   jamoasi   ko‘rsatilgan.  Bu  hol  ilk  o‘rta asrlarda  jamoaning  ijtimoiy
roli   hali   kuchli   ekanligidan   dalolat   beradi.   Sug‘dda   urug‘   jamoasi   o‘zida
hunarmandlar,   savdogarlar,   qisman   zodagonlarni   birlashtirgan.   Qishloq   jamoasi
dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi aholini uyida jamlagan.
Yuqorida nomi zikr etilgan Nov.3 va Nov.4 raqamlari bilan belgilangan nikoh
shartnomalari   qadim   va   ilk   o‘rta   asrlardagi   oila-nikoh   jarayonlari   bilan   bog‘liq
qimmatli   ma’lumotlarni   o‘zida   jamlagan.   Nov.3   raqamli   shartnomada   turk
zodagoni   Uttakinning   sug‘diy   ayol   Dug‘dg‘unchaga   uylanishi   rasmiy lashtirilgan.
Nov.4   raqamli   shartnomada   esa   kuyov   Uttekinning   Dug‘dg‘unchani   turmushga
berayotgan   homiysi   Navekat   shahrining   (Yettisuv   viloyatidagi   qadimgi   shahar)
hokimi Cher oldidagi majburiyatlari aks etgan. Bu esa ikki hujjatning o‘zaro uzviy
bog‘liqligini ko‘rsatadi.
Tuzilishidan   kelib   chiqqan   holda,   V.A.Livshis   nikoh   shartnomasida
ko‘rsatilgan   tomonlarning   o‘zaro   majburiyatlariga   taalluqli   bo‘lgan   jihatlarini
ajratib   berdi.   Bular   quyidagicha:   1.   Birga   yashash   shart-sharoitlari:   erning
majburiyatlari;   2.   Birga   yashash   shart-sharoitlari:   xotinning   maj buriyatlari;   3.
Erning   xotini   oldida   birga   yashash   shart-sharoitlarining   b o‘zi lishi   uchun
javobgarligi;   4.   Erning   tashabbusi   bilan   nikohning   bekor   q ilinishi,   bu   holda
xotinning   mulkiy   ta’minlanganligi   va   erning   yangi   turmush   q urishga   huquqi;   5.
Xotinning tashabbusi  bilan nikohning bekor   q ilinishi,  xotinning bu holda mulkiy
ta’minlanishi   va   xotinning   yangi   turmush   q urishga   huquqi;   6.   Nikoh   bekor
qilingandan so‘ng xotini va uning bolalari eri tomonidan amalga oshirilgan jinoyat
va   uning   qullikka   o‘t ish   majburiyatlaridan   ozodligi;   7.   Nikoh   bekor   qilingandan
so‘ng   eri   va   uning   bolalari   xotini   tomonidan   amalga   oshirilgan   jinoiy,   yoki
qullikka   o‘ tishdagi   javobgarlikdan   ozodligi;   8.   Nikoh   bekor   qilingandan   so‘ng
tomonlardan biri boshqasining ta q diriga javob garlikdan ozodligi. Mazkur   shartnomaning  matnidan   ma’lum   bo‘lishicha,   nikohning   uch   shakli
mavjud bo‘lgan: to‘la huquqli, vasiylikdagi ayol bilan nikoh va qo‘shimcha nikoh
q onuniy,   «to‘la   huquqli»   azat   xotini   eri   bilan   teng   holda   yuridik   javobgar   shaxs
sifatida   qaralgan.   Eri   faqatgina   « to‘ la   huquqli»   xotinining   roziligi   bilan
qo‘shimcha   turmush   ko‘ra   olgan.   Shu   bilan   birga   eri-azat,   oila   boshli g‘ i   oila
a’zolari   va   urug‘i   ustidan   to‘la   huquqli   hukmdor   h isoblanib,   o‘zining   «to‘la
huquqli» xotini va bolalarini qul qilib sotishgacha  h a q -huquqi bor edi .
Nov.3  va  Nov.4   yuridik nikoh hujjati mazmunidan ko‘rinib turibdiki, turmush
ko‘rayotgan   ikkala   tomon   ham   ijtimoiy   mavqyeiga   ko‘ra   imtiyozli   tabaqa
vakillaridir.   Shunga   ko‘ra   Sug‘d   rasmiy   nikohida   imtiyozli   tabaqa   xonadonidan
chiqqan ayolga to‘la huquqli bosh xotin sifa tida qaralgan. Sug‘dda qabul qilingan
rasmiy   «poligamiya»da   bosh   xotin   huquqiy   ma’noda   yuridik   shaxs   hisoblangan
ko‘rinadi. Nov.3 hujjatining kirish bandida bu haqda - «Uttakin bu Chatani sevikli
xotin   sifati   hurmat   va   ehtirom   bilan   oziq-ovqatlar,   kiyim-kechak,   bezak
taqinchokdar   bilan   ta’minlagan   holda   e’zozlab,   muhabbat   bilan   o‘z   uyida
podshohoyim   xotin   sifatida   saqlasin,   toki,   zodagon   erkak   zodagon   ayolni   xotin
to‘tgani   kabi»,   -   deyiladi.   Sug‘d   ijtimoiy   hayotidagi   oilada   bosh   xotin   rasmiy
nikohda, yuridik shaxs sifatida o‘zida ma’lum shaxsiy huquqlarini saqlab qolgan 7
.
Imtiyozli   tabaqa   vakillariga   tegishli   bo‘lgan,   rasmiy   nikoh   hujjati ning
huquqiy   tuzilishi,   ikkala   tomon   kelgusida   oilaviy   munosabatlarining   yuridik
tomonlarini ko‘rsatib bergan.
Sug‘dshunos   olim   V.A.Livshis,   hujjatdagi   Sug‘d   nikoh   munosabatlarini
Sosoniylar Eronida amal qilingan nikohning oliy shakliga o‘xshashligini  va unda
ham ayol kishiga ma’lum huquqlar berilganligini ta’kidlaydi.
Mazkur   hujjat   ma’lumotlariga   tayanib,   V.A.Livshis   VI-VIII   asrlarda
jamiyatda   aralash   nikohlar   orqali   yuzaga   kelgan   etnik   jarayonlar,   oila   va   mulk
munosabatlari   bilan   bog‘liq   masalalarni   ilmiy   muhokama   doirasiga   kiritdi.
7
  Исҳоқов М. Унутилган подшоликдан хатлар. – Тошкент: Фан, 1992. – Б. 10, 15. M.Is’hoqov esa mazkur hujjat ustida ish olib borib, uni o‘zbek tilida ilmiy izohlar
bilan nashr etdi 8
.
Ushbu   hujjatlarning   V.A.Livshis   tomonidan   amalga   oshirilgan   nashrlarida
Cher   Dug‘dg‘unchani   uzatayotgan   homiy   sifatida   ham,   uning   eri   sifatida   ham
talqin   etiladi.   Bu   yerda   birorta   holda   ham   «zin»   o‘zagidan   yasalgan   so‘zlar
«asralayotgan   himoyadagi   narsalar»ning   daxlsizligini   inkor   etmaydi.   Biroq,
Dug‘dg‘uncha Cherning qarindoshi yoki boqib olgan qizi bo‘lishi ham mumkin. 
Nikoh   kelishuvining   an’anaviy   musulmoncha   shaklida   ishtirok   etuvchilar
odatda guvoh bo‘luvchilar, qizning vakil otasi sifatidagi shaxs, yigitniig qiz uchun
vakil   otasi   sifatidagi   shaxs,   yigitning   qiz   uchun   ajratadigan   mulklarini   shahodat
qiluvchi  vakil,  nikoh rasmiyatini   bajo keltiruvchi  diniy  shaxslar   ishtirok etadilar.
Mazkur   holatda,   qizning   vakil   otasi   qiz   tomondan   nikoh   kelishuvi   va   uning
kelgusidagi holati uchun javobgar deb hisoblanadi. Yigit tomon vakili esa kuyov
tomonidan beriladigan mulk va boshqa shartlar uchun javobgar hisoblanadi.
Ushbu holatni  Nov.3, Nov.4 hujjatlariga qiyoslansa,  M.Is’hoqovning «Cher
bu o‘qishda  Chataning  otasi  Viyus  tomonidan belgilangan  otadir» deya  keltirgai
fikrlari va boshqa Sug‘d yozma yodgorliklari bilan qiyoslash asosidagi xulosalari
o‘z isbotini topadi.
Yuqoridagi   fikrlardan   ma’lum   bo‘ldiki,   ushbu   hujjat   ozodlar   tabaqasiga
mansub   bo‘lgan   Uttagin   va   Navekat   hokimi   Cherning   vasiyligidagi   ayol
o‘rtasidagi   nikoh   vaqtida   tuzilgan.   V.A.Livshis   mazkur   hujjatning   tuzili shi   bilan
muvofiq ravishda,  tomonlarning o‘zaro majburiyatlariga daxldor  bo‘lgan sakkizta
bandini   ajratib   ko‘rsatgan.   Jumladan,   kuyovniig   kelin   tomon   oldidagi
majburiyatlari   yoritilgan   Nov.4   raqamli   hujjatda   quyidagilar   keltiriladi:   «   ...   agar
Chata   (kelin)   men   bilan   qolishni   ixtiyor   qilmasa,   yoki   men   o‘zim   uni   qo‘yib
yuborsam,   uni   senga   va   sening   o‘g‘illaringga   hamda   urug‘ingga   sog‘lom,   ziyon-
zahmatsiz yetkazib beraman. Agar uni ziyon-zahmatsiz topshirmasam, u holda 100
dinoriy   drahm   kumush,   muomalada   amal   qilishi   tasdiqlangan   xilidan,   yaxshi
8
 Исҳоқов М. Унутилган подшоликдан хатлар. –Тошкент: Фан, 1992. – 57 б  saqlangan   (toza,   sifatli)   pul   qarz   beraman,   (qarzni)   uzaman   va   senga   to‘layman.
Shu   pulni   senga   to‘lamasam,   u   holda   10   dirhamiga   2   dirhamdan   ustama   to‘lash
evaziga   qarz   sifatida   saqlayman».   Uttakin   (kuyov)   o‘g‘illari   va   urug‘i   bilan
Cherning   (kelinning   homiy   otaxoni)   o‘ziga   va   o‘g‘illariga   shu   shartlar   va   100
dirham   yuzasidan   laqabi   Nivudak   Vurz   o‘g‘lini   javobgar   sifatida   tayinladi   (ya’ni
agar   Uttakin   shartlarni   bajarmasa   Nivudak-Nipak   Vurz   o‘g‘li   Cher   va   uning
o‘g‘illari   oldida   javobgar   bo‘ladi,   Uttakinni   shartlarni   bajarishga   majbur   qiladi).
«Cher   hamda  uning  urug‘i  xohlagan  kishisidan  bu  ayolni  ziyon-zahmatsiz,   pulini
ustamasi   bilan   yetkazib   berishni   talab   qilaversin.   Va   bu   noma   barcha   xalqqa   shu
uyda muqim yashovchilarga va xonadon mehmonlariga birdek taalluqlidir» 9
.
Ushbu   faktga   qo‘shimcha   sifatida   to‘plamga   kiruvchi   tegirmon   ijarasi
haqidagi   V-4   raqamli   hujjatni   keltirish   mumkin.   Bu   hujjatda   tegirmon   ijarasi
uchun to‘lanadigan haq uchun javobgar shaxsdan tashqari uning bolalari va urug‘-
aymog‘i   ham   shu   masala   yuzasidan   javobgar   deb   ko‘rsatilgan.   Bu   hol   aftidan
muhim   ehtiyot   chorasi   hisoblanib,   kelishuvchi   tomonlardan   biron tasining   o‘limi
ham bitim shartlarini buzolmasligini ta’minlagan.
Bundan   tashqari   nikoh   shartnomasi   ijtimoiy   munosabatlarga   oid   yana   bir
faktni,   ya’ni   xotinning   er   oldidagi   noteng   mavqyeini   ko‘rsatib   beradi:   «Utta -
kinning   buyruqlarini   xotini   (o‘ziga)   qonun   deb   hisoblab,   amal   qilsin».   Bu   hol
ayolning   nafaqat   oilada,   balki   jamiyatda   to‘tgan   o‘rni   erkak   kishiga   nisbatan
quyiroq darajada bo‘lganligiga ishoradir.
Qolaversa,   shartnomada   aks   etgan   guvohlardan   biri   Nivudak   Vurz   o‘g‘li,
ikkinchisi   esa   Chakushak   Nanich   o‘g‘li   Uttakin   vakillari   bo‘lib,   bu   ikki   shaxs
Nov.4   hujjatidagina   mas’ul   holda   ishtirok   etgan,   qolganlari   esa   kelin
Dug‘dg‘unchaning   vakil   guvohlari   -   Skatch   Shishich   o‘g‘li,   Chaxren   Romich
o‘g‘li,   Shav   Mahak   o‘g‘li.   Ko‘rinadiki,   Markaziy   Osiyo   xalqlari   oila-nikoh
huquqlarining   amalda   hozirgacha   davom   etib   kelayotgan   shakllarining   tarixan
ildizi   juda   qadimiy   davrlarga   borib   taqaladi.   Xususan,   Nov.3,   4   hujjatlarida   aks
9
 Муқимов З. Ўзбекистон ҳуқуқининг асосий тарихий манбалари. – Самарқанд, 2008. – Б. 27. etgan   nikoh   axdnomasi   uzoq   an’ananing,   oila-nikoh   amaliyoti   tajribasining   bir
bo‘g‘ini   sifatida   tarixiy   ma’no   kasb   etadi.   Bu   hujjatlar   o‘zbek   xalqi   tarixida
etnografik xodisaning, ilk o‘rta asrlar ijtimoiy hayotining yorqin manzarasini ochib
beradi.
O.I.Smirnova   Nov-3,   Nov-4   hujjatlarining   ilmiy   izohlarida   ijti moiy   qaram
huquqiy   holatlar   haqida   fikr   yuritib,   quyidagicha   yozadi:   « Rabstvo   kak   uklad
sushyestvovalo,   i   kolichestvo   rabov   bilo   dostatochno   veliko.   Ob   etom   govoryat
prejde   vsego   massoviye   postavki   sogdiysami   rabov   arabam   po   mirnim
dogovoram » 10
.   Biroq,   sug‘diy   hujjatlardagi   «bantak»   atamasi   quyiro q   ijtimoiy
qatlam   vakilini   bildiradi.   Ma’lumki,   Markaziy   Osiyoda   qul   ijtimoiy   toifa   sifatida
aholining katta qismini tashkil etmagan. Bu davrda jamoa dehqonchilik va jamoa
chorva   x o‘ jaligi   ishlab   chiqaruvchi   kuchlarning   asosini   tashkil   etgan.   Q aram
holdagi   odamlar   jamoa   vakillari   xonadonlarining   xizmatida   bo‘lgan   va
dehqonchilik   hamda   chorvachilikda   mulkiy   notenglik   asosidagi   chorakorlik
munosabatlarida yetakchi o‘rin to‘tgan 11
.
Yuqoridagi   fikrlardan   ko‘rinib   turibdiki,   Sug‘d   arxivi   ilk   o‘rta   asrlardagi
Sug‘d   jamiyati   ijtimoiy   tarkibini   o‘rganishda   ham   muhim   manbalardan
hisoblanadi.
Qishloqlar   Panch   viloyatining   markazga   bo‘ysunuvchi   ma’muriy   tizimi
sifatida   qaralgan.   Ularni   boshqargan   lavozim   egalari   arspan   nomi   bilan   atalgan.
Bular   qishloq   oqsoqollari   demakdir.   Ular   zimmasida   o‘z   qishloq   xo‘jaligini
boshqarish,   ulardan   tushadigan   mahsulotlar   va   soliq   yig‘imlarini   ta’minlash,
harbiy   holatda   askar   yetkazib   berish,   harbiy   anjomlar   va   oziq-ovqat   bilan
ta’minlash   vazifalari   bo‘lgan.   Arspanlar   anjumani   markaziy   boshqaruvda
maslahat ovoziga ega bo‘lgan.
Tadqiqotchi B.Mamarahimova esa o‘zining «Sug‘dning Panch hokim ligida
lavozim   egalari   va   mahkamaviy   hujjatchilik   masalasiga   doir   (VII-VIII   asr)»
10
 Смирнова О.И. Очерки из истории Согда. – М: Наука, 1970. – С. 1f.
11
  Смирнова О.И. Каталог монет с городи ща Пенджикент. –   М: Наука, 1963. –   С. 24-26.  nomli   maqolasida   «Arspanlar   o‘z   vazifalariga   ko‘ra   qishloq   xo‘jaligi
boshqaruvchilari   bo‘lishgan,   lekin   oqsoqol   vazifasini   bajarishmagan.   Ular   o‘z
qishloqlaridan   tushadigan   mahsulotlarni   va   soliq   yig‘imlarini   ta’minlaganlar,
markazni   harbiy   anjom   va   oziq-ovqat   bilan   ta’min   etish   ham   ular   zimmasida
bo‘lgan», deya ta’kidlaydi. Arspanlar framandar Uttga bo‘ysungan holda, hisob-
kitoblarni unga yetkazib turganlar va Sug‘d ma’muriy boshqaruv tizimida o‘ziga
xos tarkibiy qismni tashkil etganlar.
Ilk   o‘rta   asrlarda   Markaziy   Osiyoda   hukm   surgan   mayda   davlatlarda   va
ularning   viloyat   hokimliklarida   ma’lum   tartibdagi   boshqaruv   ma’muriyati   tashkil
topgan. Uning pog‘onalarida saroy xo‘jaligining boshqaruvchisi  framandar  va bosh
kotib   dapirpatdai   tortib   soliq   yig‘uvchi   bozkirom- miroxur,   jallod,   bosh   novvoy,
bosh soqiy va sarkardagacha munosib o‘rin egallagan 12
. 
Mug‘   tog‘idan   topilgan   sug‘diy   yozma   manbalarda   o‘z   lavozim   egalari   va
daromadiga   ega   bo‘lgan   «Panjikent   xalqi»   haqida   ma’lumot   uchraydi.
Hukmdorlarning   hokimiyatini   chegaralagan   fuqaroviy   shahar   jamoasi   shaklidagi
shahar   patrisiatining   ijtimoiy   o‘z-o‘zini   anglashining   rivojlanishi   haqidagi   fikrga,
bizga   ma’lum   Panjikent   hukmdorlaridan   hyech   biri   o‘zining   o‘tmish doshi   bilan
qarindosh   aloqada   bo‘lmaganligi,   Sug‘d   ixshidi   Tarxunni   esa   xalq   tayinlaganligi
va arablarga yon bosganligi uchun taxtdan tushirilganligi, haqidagi ma’lumotlarga
tayangan holda yondashamiz.
V-VII   asrlarda   Sug‘dda   jiddiy   ravishda   tartibga   solingan   va   uzoq   an’anaga
ega   bo‘lgan   iqtisodiy   boshqaruv   tizimi   amal   qilinganligini   va   bu   manzara
O‘zbekistan   hududidagi   davlatchilik   tarixining   muhim   bir   bosqichini   belgilab
berishini   hamda   uning   qadimiy   asoslarini   ko‘rsatishini   ta’kidlab   xulosa   qilish
mumkindir.
12
  Мамараҳимова Б.   Суғднинг Панч ҳокимлигида  лавозим эгалари ва маҳкамавий ҳужжатчилик масаласига доир
(VII-VIII  аср)  //  Ў рта О сиё тарихи манбашунослиги масалалари. – Тошкент: 2003. – Б. 43-48.   II. 2.  V-VIII  asrlarda  Markaziy  Sug‘dda  tanga zarbi va iqtisodiy siyosat
Sug‘ddagi   savdo   munosabatlari   va   iqtisodiy   hayot   tarixini   o‘rganishdagi
yana   bir   muhim   numizmatik   materiallardir.   Ilk   sug‘iy   yozma   yodgorliklar
miloddan   avvalgi   II-I   asrlarga   oi d   Sug‘d   tangalarida   o‘z   aksini   topgan.   Mazkur
tangalardagi yozuvlarning paleografi k   xususiyatlari bo‘yicha qator ilmiy tadqiqot
ishlari ama l ga oshirilgan.
Ilk   o‘ rta   asrlarga   oid   Panjikent   shaharchasidan   topilgan   tangalarning
o‘ rganilishi   Sug‘dning   ilk   o‘rta   asrlardagi   siyosiy-iqtisodiy   tarixini   yoritishda
muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Sug‘d   tangalari   to‘plamlari   Samarqand
o‘ lkashunoslik m uze yida, O‘zbekistan tarixi m u zeyi numizmatika bo‘limida ko‘p
miqdorda   mavjud.   Ular   bo‘yicha   maxsus   jamlama   nashr lar   ham   yuzaga   keldi.
Shuningdek,   bu   so had a   E.V.Rtveladze,   L.S.Baratova,   G‘. Bobo yorov,
B.G‘oyibovlarning tadqiqotlari alo h ida ahamiyat kasb etadi.
Mulkchilik munosabatlarining shakllanishi,  savdo va  iqtisodiyotning ravnaqi,
siyosiy   vaziyatning   barqarorlashuvi,   xalqaro   savdo-sotiq   aloqalarining   rivoji
Sug‘dda pul-tovar munosabatlarining yuqori cho‘qqiga ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi.
Samarqand   va   Panjikent   tanga   chiqaruvchi   asosiy   markazlarga   aylandi.   VII   asr
boshlari   va   VIII   asrlarda   Samarqandom   davlat   boshqaruv   pog‘onasining   oliy   -
podsho   unvoni   bilan   chiqarilgan   bronza   tangalar   Sug‘d   davlat   boshqaruv
tizimining siyosiy hujjati hisoblanadi 13
.
Sug‘d tangalari bo‘yicha dastlabki tadqiqotlar o‘tgan asrning oxirlarida paydo
bo‘ldi.   O‘z   navbatida   Mug‘   tog‘i   qasri   topilmalari   (1933   yilda)   esa   Sug‘d
tangalarini o‘rganishga bo‘lgan intilishga sezilarli ta’sir o‘tkazdi. A.A.Freyman va
O.I.Smirnovalar   va   keyinchalik   ularning   ishlarini   T.S.Yernazarova   va
D.Davutovlar   davom   ettirdilar.   Sug‘d   podsholari   va   Panch   hukmdorlari   tangalari
13
  Беленицкий   А.М.,   Роспопова   В.И.   К   вопросу   об   уточнении   датировок   согдийских   монет   //   Краткая
сообшения института Археологии. – В ып. 167.  – М.,  1981.    o‘lkaning   VII   asr   birinchi   choragidan   VIII   asrning   50 - yillargacha   bo‘lgan
xronologik   davr   oralig‘i   bilan   belgilangan   asosiy   tangalar   hisoblanadi.   Sug‘d
numizmatikasida   ko‘plab   tangalarning   sanasi   aniq   belgilanmagan.   Qadimgi
Panjikent   tadqiqotchilari  tomonidan  esa  madaniy  qatlamlar   stratigrafiyasi   asosida
tangalarni   davrlashtirish   yuzasidan   sezilarli   ishlar   qilindi.   Shuningdek,   Kesh   va
Buxoro   hukmdorlari   ham   savdo   taraqqiyotini   ta’minlash   maqsadida   o‘z
nomlaridan tangalar zarb qilganliklari ma’lum.
Sug‘d   podshosi   Urk   Vartramuk   tangalarining   ko‘plab   guruhlarini
O.I.Smirnova o‘zining oxirgi tadqiqotlaridan birida ularning og‘irligi va hajmidan
kelib chiqib VII asrning birinchi choragi bilan bog‘laydi. Ba’zi tadqiqotchilar esa
bu   kabi   tangalar   VII   asr   ikkinchi   yarmigacha   qo‘yilgan   deb   hisoblaydilar.
Tadqiqotchi   X.G.Axunbabayev   Sug‘d   ixshidlarining   Afrosiyob dagi   saroy
qoldiqlari asosida mazkur tangalar 675 yilgacha chiqarilgan degan xulosaga keldi.
Bu tangalarni chiqargan hukmdor Varxumanning vorisi bo‘lgan.
Yana   bir   Sug‘d   podshosi   -   Mastan   Avyan   (yoki   Mastich   Avyan)   tangalari
yuzasidan   olib   borilgan   dastlabki   tadqiqotar   natijasida   tadqiqotchilar   uning
podsholik vaqtini podsho Tukaspadakkacha (696 yil oxiridan 698 yil o‘rta larigacha
hukmronlik   qilgan)   bo‘lgan   davr   oralig‘i   bilan   belgiladilar.   Keyingi   arxeologik
tadqiqotlar   shuni   ko‘rsatdiki,   Mastich   tangalari   manbalarda   uchray digan
Ninyeshishi   hukmronligi   davriga   to‘g‘ri   keladi.   Xitoy   manbalarida   keltirilgan
Ninyeshishi   Mastichning   faxriy   unvoni   hisoblangan.   Tangalarda   Mastich   o‘z
nomini   yozdirgan.   Bu   o‘z   navbatida   taxt   vorisligining   qonuniyligini   namoyon
qilingan. Chunki, Mastichning o‘tmishdoshi Tukaspadak podsho sulolasiga aloqasi
bo‘lmasa-da,   podsho   etib   tayinlangan.   Manbalar   Ninye shishini   Varxumanning
o‘g‘li   deb   ataydi.   Bu   o‘z   navbatida   Varxuman   va   Mastich   tangalarining   old
tomonidagi belgilarning o‘xshashligi bilan ham izohlanadi 14
.
Sug‘d podsholari tangalaridan farqli ravishda (to‘rtbuchak teshik o‘rniga) old
va orqa tomonida to‘rtburchak bo‘rtiq katakcha belgisi berilgan bir guruh tangalar
14
  Смирнова О.И. Сводн ый каталог согдийских монет. Бронза. –   М: Наука, 1981.  –  548 с. topilgan.  Arxeologik  ma’lumotlar   bu  tangalarni   VIII   asr   birinchi   choragida  (710
yildan keyin) amal qilinganligini ta’kidlaydi. 
Tadqiqotchilari   «Gurak   I»   guruhiga   oid   tangalarning   Panjikentdan   kam
topilganligini   ta’kidlaydilar.   Bu   tanganing   muomalaga   kirish   bosqichi   faqatgina
shaharning 740 yilda qayta tiklanishi bilan belgilanadi. VIII asr birinchi choragida
Sug‘dda   pul   muomalasida   Panjikent   va   Samarqand   tangalari   qatorida   Gurak   II
guruhiga   oid   o‘rtasi   to‘rtburchak   teshik   tangalar   uchraydi.   A.M.Beleniskiy   va
V.I.Raspopova   Sug‘d   tanga   to‘plamlari   orasida   bu   guruh ning   zarb   qilingan
tangalari   mavjudligiii   ta’kidlaydilar.   O.I.Smirnova   esa   ular   orasida   qo‘yilgan
tangalar   ham   mavjudligini   e’tirof   etadi .   Olima   to‘rtburchak   teshik   tasvirli
tangalarni belgilarining old tomonda joylashuviga qarab ikki  guruh ga bo‘ladi.
A.M.Beleniskiy va V.I.Raspopovalar Gurak A (I) va Gurak B (II) tipiga oid
tangalar  turli  zarbxonalar  tomonidan  chiqarilgan,  degan  fikrni  ilgari  surishadi.  I
tipga   oid   tangalar   Samarqandda   chiqarilgan   bo‘lsa,   II   tip   tangalar   Gurak
tomonidan   Ishtixonda   turib   muomalaga   kiritilgan.   Xususan,   Ishtixondan
chiqarilgan   tangalar   720   yilga   qadar   Gurakning   asosiy   emissiyasi   bo‘lgan   va
Sug‘d bo‘ylab muomalada yurgan. Biroq ushbu II guruhga oid tangalar Panjikent
shaharchasidan ham ko‘plab miqdorda topilgan. Bundan ko‘rinadiki, Panjikentda
ham shu tipdagi tangalar chiqarilgan 15
.
Qolaversa,   to‘rtburchak   teshik   tasvirli   tangalar   butun   Samarqand   Sug‘di
bo‘ylab juda kam topilgan (Panjikentdan tashqari).
O.I.Smirnova   bu   guruh   tangalarning   orqa   tomonidagi   yozuvni   Urak   podsho
deb,   A.A.   Freyman   esa   Ugrak   podsho   deya   o‘kiydi.   X.G.Axunbabayev
Afrosiyobdan   topilgan   tangalardagi   bu   yozuvni   Afrig‘   podsho   deya   talqin   qiladi.
Bu tanga turkumida  Afrig‘  so‘zini o‘qish o‘zini oqlamaydi.
15
  Большаков   О.Г.   Отчет   раскопках   севера-восточной   части   объекта   III   //   Материалы   исслодовании   по
археологии СССР. ( Keyingi   o ‘ rinlarda   МИА ) 1964.  –  №24. –   С. 118-119.;  Yana   qarang : Распопова В.И. Квартал
жилищ рядовых горожан  Пенджикента  VII - VIII  вв. // Советская археология. 1969. -№1. – С. 174-175.  Mazkur tangalarning old tomonida ikkita belgi bo‘lib, o‘ngdagisi «U» shakli
barcha   Samarqand   ixshidlari   tangalarida   uchraydi.   Chapdagi   romb   shakli   Sug‘d
podsholari Tukaspadak, Tarxun va Panch hukmdorlari tangalarida aks ettirilgan.
X.G.Axunbabayev   Gamaukyan   (Panch   hukmdori)   tangalaridagi   belgilarga
Bey Chjou  sulolasi  vakili  U-di  (561-579 yillar)  tomonidai  chiqarilgan. Qiymati  5
shu ga   teng   xitoy   tangalarining   avers   tomoni   asos   bo‘lib   xizmat   qilingan,   deya
ta’kidlaydi.   V.A.Livshisning   ta’kidlashicha,   Samarqand   Sug‘di   bronza   tanga -
laridagi ko‘plab belgilar iyerogliflarning sxema tik ravishda qaytarilishi bilan bog‘ -
lanadi va bu Panjikent hukmdorlarining tangalarida yaqqol namoyon bo‘ladi.
Vaqt   o‘tishi   bilan   belgilar   o‘zining   dastlabki   mazmunini   yo‘qotib   boradi.
Navbatdagi   Panch   hukmdori   Chakin   Chur   Bilga   old   tomonida   romb   shaklidagi
belgi va markazida to‘rtburchak teshik o‘rnida bo‘rtma tasvir bilan tangalar chiqara
boshlaydi.   Mazkur   tangalardagi   belgi   sulolaviy   tamg‘a   emas,   balki   Panchning
tangalardagi   o‘ziga   xos   gerbi   shaklida   namoyon   bo‘la   boshladi.   Chunki,   bizga
ma’lum   bo‘lgan   Panjikentning   uchchala   hukmdori   (Gamaukyan,   Chakin   Chur
Bilga va Devashtich)ning bir-biri bilan qarindoshlik aloqasi bo‘lmagan 16
.
Devashtich Chakin Chur Bilganing o‘rniga kelgandan so‘ng Panch taxtida 14
yil   hukmronlik   qildi   va   2   yil   «Sug‘d   podshosi,   Samarqand   hukmdori»   unvoniga
ega   bo‘ldi.   Devashtichning   hukmronlik   yillari   bo‘yicha   ko‘plab   taxminlar   ilgari
surilgan.   Bu   borada   V.A.   Livshis   haqiqatga   yaqin   sanani   ilgari   surdi.   Bu   sana
ko‘pchilik tadqiqotchilar tomonidan ham ma’q u llandi 17
.
Shunday   qilib,   noma’lum   deb   hisoblanib   kelingan   Devashtich   tangalari   ham
topildi.   V.A.Livshisning   ta’kidlashicha,   «Panch   bekasi   Nana»   yozuvli   Panjikent
tangalari Devashtich tomonidan uning katta xotini nomidan muomalaga kiritilgan.
Mug‘   hujjatlarida   aks   etgan   Devashtichning   «Sug‘d   podshosi,   Samarqand
hukmdori» va Tabariyning asarida berilgan «Samarqand xalqi dehqoni» unvonlari
nafaqat taxtga da’vogarlik, balki ayni haqiqat edi. Agar Devashtich 2 yil davomida
16
  Распопова В.И. Один из базаров Пенджикента  VII - VIII  вв. // МИА. – №124. – С. 73.
17
  Ғойибов Б. Деваштич. – Тошкент: Наврўз, 2013. – Б. 15-26. «Sug‘d   podshosi,   Samarqand   hukmdori»   unvoniga   egalik   qilingan   bo‘lsa,   uning
podsholik   yillari   719-720/721   yillarga   to‘g‘ri   keladi.   Devashtich   72   yilga   qadar
Panjikent xalqi ko‘zi o‘ngida Sug‘d podshosi hisoblanib, Panjikentdan turib tanga
chiqarishda davom etgan 18
.   Panjikent 72 yilda arablar tomonidan bosib olingach,
Devashtich asir etilib,  q atl qilingan.
Yuqorida   sanab   o‘ tilgan  aniq   ma’lumotlarga   q araganda,   Sug‘dning  VI-VIII
asrlardagi siyosiy tarixini har tomonlama keng va chu q ur tad q i q  etishda XIX-XX
asr   olimlari   salmo q li   hissa   qo‘ shdilar.   Shunday   bo‘lsa   ham   O‘zbe kistonning   bir
q ancha vohalari qatorida Zarafshon va   Q ashqadaryo vohasining, xususan mazkur
vohalarda   davlatchilik   tizimi   an’analariga   ega   bo‘lgan   Sug‘d   konfederativ
davlatining siyosiy hamda iqtisodiy hayoti tarixi tarixshunoslikda kam yortitilgan
masalalardan hisoblanadi.   Uni  har tomonlama chu q ur va keng yoritish shub h asiz
ham ilmiy, ham amaliy ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda Sug‘dning iqtisodiy va siyosiy tarixiga oid ilmiy tadqiqotlar
Sankt-Peterburg,   London,   Berlin,   Parij   maktablari   bilan   bir   qatorda
O‘zbekistonda   ham   ko‘plab   tadqiqotchilar   ish   olib   bormo q dalar.   Ular
sug‘dshunos   olim   M.Is’hoqov  maktabiga   mansub   A.Otax o‘ jayev,   O‘ .Mansu ro v ,
G ‘ . Boboyorov, B. G ‘oyibov,  B.Mamaraximova kabi yosh tadqi qotchilardir.
Xullas,   XIX   asrning   ikkinchi   yarmidan   boshlab   Sug‘dning   qadimgi   va   o‘rta
asrlar   davriga   oid   tarixiy-geografik   va   siyosiy   masalalarini   q amra b   o gan   ilmiy
tadqiqotlar   yaratila   boshladi.   Mazkur   tadqiqotlar   Markaz iy   Osiyo,   xususan
O‘zbekiston   xalq l ari   ijtimoiy-siyosiy   tarixini   o‘rganishdagi   ilk   qadamlar   edi.   XX
asr   boshlarida   arxeologik   va   yozma   manbalar   ta h lili   asosida   Markaziy   Osiyo
xalqlarining   i qtisod iy-siyosiy   tarixiga   oid   ilmiy   xulosalarni   qamrab   olgan   ilmiy
tadqiqotlar  yu zaga keldi.
Sug‘dning   V - VIII   asrlardagi   siyosiy   hayotiga   oid   birinchi   darajali   manbalar
bilan   ishlash   jarayoni   XIX   asrning   ikkinchi   yarmidan   boshlangan   bo‘lib,   XX   asr
18
  Давидович   Е.А.   Клад ы   древних   и   средневековых   монет   Таджикистана.   –   М:   Наука,   1979.   –   С.   80,
примечание 21.  boshlariga   kelib   bir   qator   tadqiqotlardagi   kamchilik   va   xatolar   qayta   k o‘ rib
chiqilib,   t u zatishlar   kiritildi.   Xususan,   xitoy,   turk,   arab,   fors   tillarida   yozilgan
tarixiy-geografik   asarlar   tahlili   Markaziy   Osiyoda   yuz   bergan   siyosiy   jarayonlar,
arab   istilosi   arafasida   mintaqada   kechgan   davlatchilik   munosabatlari,   arablar
tomonidan o‘lkaning istilo   q ilinishi va ularga   q arshi kechgan k u rashlarni tasavvur
qilishga   imkon   berganligini   ta’kidlash   joiz.   Qolvayersa,   XX   asrning   ikkinch i
yarmidan boshlab arxeologik tadqiqotlar   o‘l kaning ijtimoiy-iqtisodiy siyosiy tarixi
va   uni   davrlashtirish   muammolariga   bag‘ishlangan   ilmi y   tadqiqotlarga   zamin
hozirladi.Sug‘dning siyosiy   ha yoti  (VI - VIII  asrlar)  haqidagi  manbalar  turli-tuma n
va ular  siyosiy tarix nu q tai - nazaridan yetarli  darajada   o‘ rganilgan  emas .   Bevosita
sug‘diy   t ildagi manbalardan ayni Sug‘d konfederasiyasi  siyosiy tarixiga doir aniq
ma’lumotlarni   hozircha   Mug‘   tog‘i   sug‘diy   hujjatlarida   orti q   darajada   bera
oladigan   manbalar   yo‘q.   Zero,   Mug‘   tog‘i   hujjatlari   o‘z   davri   Sug‘d   ijtimoiy-
siyosiy hayotini bevosita aks ettiradi. Shuningdek, O‘zbekiston hududidan topilgan
tangalar   Sug‘dnin   iqtisodiy   va   siyosiy   hayotini   yoritishda   muhim   ahamiyat   kasb
etib kelmo q da . 
Davlat   boshqaruv   tizimining   siyosiy   hujjati   hisoblanmish   Sug‘d   tangalari
bo‘yicha   amalga   oshirilgan   maxsus   tadqiqotlar   VII-VIII   asrlardagi   mahalliy
iyerarxiya   tizimiga   asoslangan   siyosiy   boshqaruvning   bosqichlarini   tiklashda
muhim ahamiyat kasb etdi.
II.3.  Ilk o‘rta asrlarda  Markaziy  Sug‘dda tovar-pul munosabatlari va
soliq tizimi VI   asrning   60-yillarida   Markaziy   Osiyoda   turklardan   yengilgan   eftalitlar
hukmiga   chek   qo‘yildi.   Shu   davrdan   boshlab,   bu   hududlar   xoqonlikning
hukmronligini   tan   olgan   holda,   xoqonga   o‘lpon   to‘lay   boshladilar.   O‘z   navbatida
Xitoy   ham   Markaziy   Osiyo   bozoriga   egalik   qilishga   intila   bo shl adi.   VII   asr
boshlarida   Sug‘d   nomi   ostida   bir   muddat   Suyob   va   Kesh   oralig‘idagi   barcha
hududlar tushunilgan. Uning podsholari o‘lkaning qadimiy urug‘ga tegishli bo‘lib,
ulardan   bir   q anchasi ning   nomlari   turli   tillardagi   yozma   manbalar   orqali   bizgacha
yetib   keldi.   Tangalarda   o‘ qilgan   ismlar   ham   manbalardagi   ma’lumotlarning
aniqligini   tasdiqlaydi.   VII - VIII   asrlarda   Samarqand   podsholari   (Shishpir,
Varxuman,   Tukaspadak,   Tarxun,   Fypa k ,   Turgar)   tangalarda   berilgan   podsho   -
ixshid unvoniga ega bo‘lganlar.
Sug‘d   o‘lkasini   tashkil   q iluvchi   bir   qator   Markaziy   Osiyo   voha
hukmdorliklarining   ma’lum   bir   darajada   o‘z   muxtoriyatini   sa ql aganligini,   asosan
VII   asrda   jonlangan   Xitoy   bilan   savdo- iqtisod iy   aloqalari   (savdo   karvonlari,
elchilik   munosabatlari)   tasdiqlaydi.   Keyingi   tadqiqotlar   shuni   ko‘rsatdiki,
sug‘diylar Xitoyda eramizdan avvalgi IV - III asrlardan faoliyat yurita boshlaganlar.
Sug‘diylarning xalqaro savdodagi ishtiroki bizga ma’lum.
VII asr o‘rtalarida Xitoy Turk xoqonligini mag‘lub etib, yana Markaziy   Osi -
yo ga  o‘z   ta’sirini utkazishga harakat qiladi.
651   yilda   arablar   Eronni   bosib   olib,   Marvda   musta h kam   o‘ rnashib   oldilar.
Marvdan ular Amudaryo ortiga qarab yuradilar.
709   yilda   Q u t ayba   ibn   Muslim   Buxoroni,   712   yilda   esa   Samarqandni   bosib
oldi.   Arab   boqinchiligi   Sug‘dni   mahalliy   savdogarlar   uchun   yangi   bozorlarni
ochgan keng xalifa l ik davlatiga  qo‘ shib oldi. Ular to‘g‘ridan- t o‘ g‘ ri nafaqat Xitoy
bilan,   balki   H indiston,   Eron,   Suriya   va   Yaqin   Shar q ning   boshqa   mamlakatlari
bilan   ham   savdo   qiladilar.   Samarqand   O‘lkada   siyosiy   va   iqtisodiy   markaz
sifatidagi mavqyeini saqlab koldi. Samarqanddagi   pul   muomalasiga   oid   ma n zara   VII   asr   boshlariga   kelib   yana
h am yaqqolro q  k o‘ zga tashlanadi. M.Ye.Massonning ta’kidlashicha, V asr ikkin chi
yarmidan VIII asr boshlarigacha bo‘lgan davr Markaziy Osiyo pul muomalasining
ikkinchi   bosqichi   bo‘lsa,   VIII   asr   boshidan   boshlab   to   XI   asrgacha   (kumush
inqirozigacha)   bo‘lgan   davr   uchinchi   bosqich   hisoblanadi.   O.I.Smirnova   boshqa
bir xulosaga kelib, Sug‘d pul muomalasidagi yangi bosqichning boshlanishi VI - VII
asrlarga to‘g‘ri keladi  va VII asr ikkinchi yarmi - VIII asrlarni qamrab oladi, deb
hisoblaydi.
O.I.Smirnovaning   tadqiqotlarida   ko‘rsatilishicha,   VII   asr   birinchi   yarmida
Samarqand   podsholari   Xitoy   tangalariga   ta q lid   qilingan   holda   bronza   tangalarini
zarb   qilinganlar.   Dastlab   Tan   sulolasi   tangasini   butunligicha   zarb   qilingan
bo‘lsalar, keyinchalik ularning orqa tomonida sug‘diy yezuv asosida alohida belgi
va   yozuvlar   paydo   bo‘ldi.   Biroq   old   t omoni   Xitoy   tangasini   takrorlar   edi.
Keyinchalik   mahalliy   elementlar   Xitoy   yozuvini   si q ib   chiqardi.   Shu   asosda,
Samarqand   podsholarining   ismi   va   unvonlari   yozilgan   Sug‘d-Samarqand   bronza
tangalarining   navbatdagi   turi   vujudga   keladi.   Samarqanddan   topilgan   bu   kabi
tangalar   asosiy   guruhni   tashkil   qiladi.   Tangalardagi   ismlarning   o‘ qilishi
A.A.Freymanga   (Tarxun,   Gurak)   va   O.I.Smirnovaga   (Shishpir,   Avarxuman   yoki
Varxuman, Mastan-Avyan, Tukaspadak, Turgar) tegishlidir.
Samarqand   ixshidlari   tangalari   orasida   soni   ji ha tidan   Shishpir,   Tarxun   va
Turgar   tangalari   alohida   o‘rin   egallaydi.   Samarqanddan   topilgan   ixsh i dlar
tangalarining   son   jihatdan   ko‘pligi   ularning   VII   asr   -   VIII   asr   birinchi   yarmida
mahalliy bozor savdosini ta’minlashga yunaltirilganligidan dalolat beradi 19
.
Markaziy Osiyoga arablarning kirib kelishi  bilan mamlakatda arab kumushi
paydo bo‘ladi. Markaziy Osiyodan topilgan turli tangalardan iborat xazinalarning
ma’lumotlariga   ko‘ra,   arab   dirhamlari   VIII   asr   50-yillari,   yoki   undan   ilgariro q ,
VIII   asr   birinchi   choragi   pul   muomalasida   alohida   rol   o‘ ynagan.   Hozirda
tadqiqotchilar i xtiyorida uchta aralash dirhamlar xazinasi  mavjud. Bu xazinaning
19
 Смирнова О.И. Очерки из истории Согда. –   М: Наука, 1970. –   С. 160. tarkibidagi   dirhamlardan   bittasi   86/705   yilgi   bo‘lib,   qolgan   uchtasi   793-799
yillarga oid abbosiy dirhamlaridir.
VIII asrda O‘rta Osiyo pul muomalasida Varaxran V tangalari shaklida zarb
qilingan tangalar asosiy o‘rinni egallagan.  
Samarqand mis tangalari topilmalari topografiyasi ilk O‘rta asrlarda ularning
keng   miqyosda   tarqalganligidan   dalolat   beradi.   Shishpir   va   Varxuman   tangalari
Panjikent   va   Chelakdan,   Tukaspadak   tangalari   Panjikent   va   Varax shadan,
Mastan-Avyan tangalari Panjikent va Chelak shaharchalaridan topilgan. Ayniqsa
Tarxun   tangalarining   tarqalish   doirasi   kengdir.   Uning   tangalari   Panjikentdagi
Mug‘   tog‘i   qasridan,   Shahriston,   Munchoqtepa,   Oqtepa,   Varaxsha,   Suza   va
Poykand, Ajinatepa va Toqqal’a shaharchalaridan topilgan.
Gurak   tangalari   Panjikent   va   Varaxsha   shaharchalaridan   topilgan.   Uning
o‘g‘li Turgarning tangalari ham ushbu shaharchalardan topilgan. Noma’lum ixshid
tangalari   esa   Panjikentdan   tashqari,   Mug‘   tog‘i,   Chelak,   Varaxsha,   Ming o‘ rik,
Xayrabodtepa,   H isor   vodiysi   va   To qq al’dan   topil gan.   VIII   asr   ikkinchi   yarmida
abbosiy  amaldorlari   tomonidan   zarb  qilingan  Samarqand  fulslarining  tarqalganlik
doirasi   ham   kengdir.   Samarqandning   VIII   asr   ikkinchi   yarmiga   oid   mis   tangalari
Panjikent, Ming o‘ rikdan ko‘plab topilgan 20
.
Tangalarda   Samarqand   hukmdor   sulolasi   vakillari   Shishpir,   Varxuman,
Mastan,   Tukaspadak,   Tarxun,   Gurak,   Turgarlarning   nomi   uchraydi.   Bu   Sug‘d
ixshidlarining   ismlari   (Mastandan   tashqari)   yozma   manbalarda   ham   uchraydi.
Jumladan,   Tarxun   podsholigi   davriga   oid   Mug‘   tog‘i   arxivining   Nov.3   va   Nov.4
raqamli   hujjatlari   qimmatli  ma’lumotlarni   jamlagan.   q izi g‘ i  shundaki,  Mug‘   tog‘i
hujjatlarida   hukmdorlar   sulolasi   vakillaridan   bo‘lmagan   Devashtich   bir   qator
hujjatlarda   Sug‘d   podshosi   deb   tilga   o lingan.   Ayni   paytda   Devashtich   Sug‘d
podsholigiga tobe Panjikent viloyatining hokimi bo‘lgan.
20
 Смирнова О.И. Монеты древного Пенджикента / Труды таджикской археологической экспедиции. –   М.-Л.,
1958. Т.  III . –   С. 269-270.  Masalaning nozik   t omoni ham bor. Devashtich chindan ham Sug‘d podshosi
bo‘lsa,  uning nomidan chiqarilgan bironta tanga  topilmagan.  Ayni  paytda, Gurak
nomidan chiqarilgan 2 guruh tangalar topilgan. Birinchi guruhda topilgan tangalar
sano q li   bo‘lib,   holatiga   q araganda   ular   muomalada   kam   yurgan   yoki   umuman
muomalaga   kirmagan   desa   bo‘ladi.   Gurak   nomidan   qo‘yilgan   ikkinchi   guruh
tangalar esa ko‘plab topilgan bo‘lib, sifati past tangalardir. Tanganing o‘rtasidagi
an’anaviy to‘rtburchak teshik oddiy to‘rtburchak shaklidagi b o‘ rti q   chizi q lar bilan
almashgan,   tanganing   yozma   rivoyati   chetro qq a   surilib   tushgan,   vazni   keskin
pasaygan 21
.
Devashtich nafaqat Sug‘d podshosi sifatida balki, Panch hokimi sifatida  h am
tangalar   chiqarishga   haqli   bo‘lgan.   Panch   hukmdorlaridan   uch   hokimning
Gamaukyan,   Chakin   Chur   Bilga   va   ayol   kishi   nomidan   chiqarilgan   tangalar
topilgan.
M.Is’hoqovning   ta’kidlashicha,   Devashtich   Yodaxshetak   o‘g‘li   podsholar
sulolasidan   bo‘lmasa-da,   podsholar   xonadoni   bilan   qarindoshlik   rishtasi   bo‘lgan.
Yuqorida   ta’kidlanganidek,   uning   xotini   710   yilgacha   Sug‘d   taxtida   o‘tirgan
Tarxun   podshoning   qizi   yoki   singlisi   bo‘lgan.   Devashtich   qaramog‘ida   qolgan
Tarxunning   o‘g‘illari,   xotinining   ukalari   yoki   jiyanlari   bo‘lgan.   710   yili   Tarxun
o‘limidan   so‘ng   taxtga   Gurak   o‘tirganda   Tarxunning   o‘g‘illari   quvg‘inda   qolgan
va   opasi   yoki   ammasi   Nana   (Nandmanpan   tangalari   asosida)   va   pochchasi
Devashtich   saroyidan   panoh   topgan.   Devashtich   o‘z   o‘rnida   o‘zining   nomidan
emas,   to‘g‘ridan-to‘g‘ri   podsholar   avlodiga   tegishli   bo‘lgan   xotini   nomidan
tangalar chiqaradi. Shu bilan u o‘z siyosiy hokimiyatini mustahkamlashga urinadi.
Aks   holda,   Gurak   tomonidan   Devashtichning   o‘z   nomi   bilan   chiqargan   Sug‘d
podshosi tangalari tanqidga olinishi turgan gap edi.
Sug‘d   hukmron   doiralari   tomonidan   taxtdan   chetlashtirilgan   Gurak   siyosiy
hokimiyatini   mustahkamlash   maqsadida   Xitoydan   yordam   so‘rashi,   qo‘ldan
chiqargan   o‘z   siyosiy   mavqyeini   saqlab   qolish   maqsadida   sifatsiz   bo‘lsa   ham
21
  Смирнова О.И. Очерки из истории Согда. –М: Наука, 1970. –С. 69.  tangalar chiqarishga majbur bo‘lgani, 712 yildan so‘ng saroy zarbxonasida emas,
boshqa yerda bu tangalarni ishlangani bilan izohlanishi mumkin. Devashtichni esa
bu   davrda   Sug‘d   taxtida   o‘tirib,   mamlakat   siyosiy   hayotida   o‘z   o‘rniga   ega
bo‘lganiga hyech shubha yo‘q.
Yuqorida   ta’kidlanganidek,   Mug‘   to‘plamiga   kiruvchi   A-5   raqamli   hujjatda
podsho   Devashtich   saroyi   a’yonlari   va   bir   qancha   boshqa   shaxslar   uchun   sarf
etilgan   turli   buyumlar   va   ularga   sarf   etilgan   pulning   ro‘yxati   aks   etgan 22
.   Ushbu
hujjat   zaminida   bir   qator   iqtisodiy   masalalar   yuzasidan   ham   ma’lumotlar   topish
mumkin. Jumladan,  draxm  pul birligi va uning kursi masalasi diqqatga sazovordir.
Ma’lumki,   Mug‘   hujjatlaridan   bir   qanchasida   draxm   so‘zi   pul   birligi   ma’nosida
uchraydi. Bundan tashqari draxmning ayrim sifatlari ham uchraydiki, bular sug‘diy
matnlarda   draxmi dinoriy, nimi (yarim) draxma, draxma (kumush draxma)   tarzida
q o‘ llangan.  Draxma   tangalar zarb etishning ayrim shahar nomlari bilan bog‘liqligi
ham matnlarda uchraydi.   Draxmi di n ori   deb nomlangan turdagi tanga pullar   dinor
birligining   ham   ilk   o‘rta   asr   pul   muomalasida   ishlatilganidan   dalolat   beradi.   Bu
o‘rinda  dinoriy  so‘zining draxmaga nisbatan aniqlovchi sifat holatida q o‘ llanilgani
qizi q dir. Muomaladagi  dinor  so‘zi sug‘dchaga tarjima qilingan xristian matnlarida,
moniy   dini   matnlarida   oltin   tanga   ma’nosida   ishlatilgan.   Lekin   Sug‘dda   VII - VIII
asrlarda oltin tanga zarb  q ilinmagan. Shu sababli sug‘dshunoslikda  draxmi dinoriy
Sug‘d pul tizimida eng to‘liq vaznli, sifatli kumush tanga ma’nosida qo‘llanganligi
q ayd etilgan. Umuman tangalarning sifati haqida matnlarda ko‘pincha  q o‘shimcha
izohlar uchraydi. Mug‘ hujjatlarida mis, bronzadan chiqarilgan   “ pani ”   deb atalgan
mayda chaqa pullar ham ishlatilganligi haqida ma’lumotlar uchraydi. Ular chaqana
savdoda amal qilib, keng hududga   janubiy Turkmaniston, O‘zbekistonning barcha
hududlari   Samarqand,   Buxoro,   Toshkent   vohasi,   Farg‘ona   vodiysi,   hozirgi
Q ir g‘ iziston va Sharqiy Turkiston bo‘ylab tarqalgan.
Ilk   o‘rta   asrlarda   Sug‘dda   pul   muomalasining   keng   yoyilganligi   ichki
savdoning   ahvoli   qanday   bo‘lganligini   yaqqol   ko‘rsatadi.   O‘rta   Osiyoning   ayrim
2
 Исҳоқов М. Унутилган подшоликдан хатлар. – Тошкент: Фан, 1992. – Б. 51-52.  hududlarida   VIII   asr   boshlarida   kelib   chiqishi   turkiy   bo‘lgan   hukmdorlar
tomonidan   chiqarilgan   tangalarning   zarb   etilishi   ham   an’analar   ta’siri   ostida   yuz
bergan   edi.   Tangalarda   turkiy   unvonlarni   bildiruvchi   sug‘diy   tildagi   yozuvlar
mavjud. Qadimgi turkiy tangalar Sug‘d, Choch va Farg‘onaning ayrim hudud larida
zarb   etilgan,   biroq   ularning   miqdori   va   hududining   cheklanganligiga   qarab   fikr
yuritadigai   bo‘lsak,   mazkur   tangalar   faqat   ma’lum   bir   joylardagina   muomalada
bo‘lgan 23
.
Arxivda   yaxshi   saqlangan   Mug‘   tog‘i   sug‘diy   hujjatlari   bilan   bog‘liq
metrologik   o‘lchov   tushunchasi   A.A.Freyman   tomonidan   o‘qilgan,   lekin   shu
so‘zning   ma’nosi   ochib   berilmagan.   Bu   so‘z   «kafch»   deb   o‘qiladi.   Uni   keyingi
nashrlarda   V.A.Livshis   donli   va   suyuqlik   mahsulotlarining   o‘lchovi   ekanini
ko‘rsatgan va bir kafch   miqdori 8-10 kg don yoki 8-10 litr suyuqlik, deb izohlagan.
Keyinroq   “ kafch”   o‘lchov   birligi   haqida   M.Is’hoqov   qo‘shimcha   mulohaza
bildirgan. Uning ta’kidlashicha, “ kafch”   va uning kichraytirilgan shakli “ kafchak”
so‘zlari turkiy “ ketik”  so‘zi bilan aloqador bo‘lib, yog‘och gardishiga tortilgan teri
ko‘rinishidagi o‘lchov birligi, deb izohlagan 24
.
Ma’lumki tarixning har  qaysi  bosqichida jamiyat hayotining moddiy asosini
belgilovchi   omil   sifatida   iqtisodiy   xo‘jalik   munosabatlari   katta   ahamiyatga   ega
bo‘lgan.   Sug‘d   jamiyatining   tadqiq   etilayotgan   davridagi   iqtisodiy,   xo‘jalik
munosabatlari ham bevosita Sug‘d konfederativ davlati hayotining asosini tashkil
etgan.
Ilk   o‘rta   asrlarda   Sug‘dning   xo‘jalik   munosabatlari   Mug‘   tog‘i   sug‘d
hujjatlari topilishi bilan bog‘liq holda, XX asr davomida bir qadar o‘rganildi. Bu
ishga chuqur manbashunoslik tadqiqotlari asosida V.A.Livshis, M.N.Bogolyubov,
O.I.Smirnova kabi olimlar katta hissa qo‘shdilar.
Mug‘   tog‘i   hujjatlari   fanda   kengroq   ma’lum   bo‘la   boshlagan   davrga   (1934-
1963 yillar) oid nashrlarda Sug‘d xo‘jalik hayoti masalalarining ba’zi qirralari aks
f
  Согдийские   документ ы   с   горы   Муг.   Юрдические   документы.   Чтение,   перевод   и   комментарии
В.А.Лившица. Вып. 2. –   М.: Наука, 1962. –   С. 59-60. 
24
  Ўша жойда. – С. 22. eta   boshladi.   Masalan,   Mug‘   tog‘i   sug‘d   hujjatlari   nashrlarining   II   va   III
kitoblarida   xo‘jalik   mazmunidagi   fikr-mulohazalar   bayon   etilgan.   Xususan,
mazkur   nashrning   III   kitobi   Mug‘   tog‘i   hujjatlarining   xo‘jalikka   oid   qatlamiga
maxsus   bag‘ishlangan.   Ammo   ushbu   kitobga   kiritilgan   hujjatlarning   o‘qilish
aniqligi, ularning ilmiy asosda izohlanganligi masalasida kamchiliklar mavjud. Bu
farqlar   ushbu   nashrning   II   kitobida   berilgan   parallel   o‘qish   va   izoh   variantlari
bilan qiyoslanganda yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Sug‘d   xo‘jaligida   mulk   yer   maydonidan   tashqari   turli   xil   inshootlar,
qurilishlar   ko‘rinishida   ham   qayd   etilgan.   M.N.Bogolyubov   va   O.I.Smir -
novalarning «Xozyaystvenniye dokumenti» deb nomlangan tadqiqotlarida, ba’zan
butun   mahallalari   yer   bo‘ltaklari   (M.Is’hoqov   tarjimasi)   sifatida   daromad
keltiruvchi xususiy mulk bo‘lishini hamda uning maydonida joylashgan ustaxona,
suv havzalari, ariq, jamoat foydalanishi uchun mo‘ljallangan imoratlar kabi mulk
turlari ham xususiy daromad manbaini tashqi etganini ko‘rsatadi 25
.
Qishloq sharoitida ham oddiy yer mulkchiligidan tashqari uning maydonidagi
inshoot   va   qurilmalarga   nisbatan   ham   mulk   huquqi   keng   amal   qilingan.   Bu
masalalarni   biz   Mug‘   tog‘i   hujjatlari   asosida,   jumladan,   Panch   hokimi
Devashtichga   tegishli   tegirmonlarning   ijaraga   berilishi   va   buning   iqtisodiy   hisob
kitoblari,   huquqiy   jihatlari   to‘g‘risidagi   ma’lumotlarni   misol   qilsak   bo‘ladi.   Bu
hujjatning   dastlabki   ilmiy   nashri   V.A.Livshis   tomonidan   amalga   oshirilgan.
Buning o‘zbekcha ilmiy izohli na sh ri M.Is’hoqov tomonidan bajarilgan.
V-4   raqamli   hujjatda   ijara   obyekti   sifatida   uchta   tegirmon   do n   dastgo h lari
bilan   birga,   ularga   qo‘shimcha   holda   suv   keltiruvchi   ari q   va   novlar   ham   sanab
o‘ talgan. Har uch tegirmonning haqi sifatida ijaraga oluvchi Maxyan bir yilda 460
kafch (3680 kg) un to‘lashi lozim bo‘lgan. Ijara haqi oy sari t o‘ lab turilishi shartlar
qatorida ko‘rsatilgan.
25
  Согдийские   документы   с   горы   Муг.   Хозяйственные   документы.   Чтение,   перевод   М.Н.Боголюбова   ва
О.И.Смирновой. Вып. 3. –   М.: Наука, 1962. –   С. 87. Mug‘ hujjatlaridan yana biri (V-8 raqamli hujjat-xilxona uchun joy) yer oldi-
sotdisi to‘g‘risida bo‘lib, bu muomalada o‘rtaga qo‘yilgan mulk, uning xususiyati,
joylashgan o‘rni, oldi-sotdining maqsadi, mulkning turli o‘zga da’volardan himoya
qilish   masalasi,   nihoyat,   mulkning   narxi   kabi   xo‘jalik   ma’lumotlarini   mujassam
etgan.
Mazkur hujjatda yer bo‘lagi sotilishi haqida   gap   boradi. U sug‘dcha   “ aksok ”
deb   ataladi.   Bu   atamaning   izohi   aniqlangan   emas.   Hujjatda   savdo   muomalasiga
qo‘yilgan  yerning  nomi   atalgach,  ilk  o‘rta  asrlarda   Sug‘d  hujjatchiligiga  xos  kim
boshlanadi. Unda savdoga kirishuvchi tomonlarning vakillari nomma-nom ataladi:
x aridorlar Maxch va Xshumvand, sotuvchilar Shirvagch va Satafsarak. Shu o‘rinda
ta’kidlash   lozimki,   hujjatning   avvalgi   nashrlarida   yerga   nisbatan   mulkchilik
munosabatlari,   oila   shajarasining   davomiyligi,   ya’ni   mulkning   otadan   bolaga   va
keyingi   avlodga   q olishi,   nazariy   jihatdan   ko‘zda   tutilganligi   alohida
ta’kidlanmagan. Shu jihatdan M. Is’hoqovning quyidagi fikri diqqatga sazovordir:
«Sug‘dda  yerga  munosabat   (balki   umuman   mulkka   munosabat)   oila  a’zolarining,
xususan,   ota-bobolarning   umumiy   ishi   bo‘lgan.   Boshqacha   qilib   aytganda,
patriarxal oila mulkchilik munosabatlariga amal qilingan».
Sug‘d   xo‘jalik   hujjatlari   tahlili   masalasiga   alohida   mavzu   sifatida   maxsus
murojaat qilingan emas edi.   Le kin bu masala turli nashrlarda, ularning maqsad va
vazifa talablari darajasida tilga olingan.
Mug‘   to‘plami   tarkibidagi   hujjat da   Hamir   (yoki   Amir)   ismli   shaxsdan
framandarga   yuborilgan   maktub   keltiriladi.   Maktub   mazmuniga   ko‘ra   Hamir
framandar   tomonidan   hasharga   jalb   qilingan   odamlar   ustidan   nazoratchi   sifa tida
tayinlangan shaxs. Xatda Hamirning odamlar unga bo‘ysunmayotgani to‘g‘risidagi
shikoyati va uning vakolatini tasdiqlashni so‘rab yozgan murojaati aks etgan. Ana
shunday   maktublardan  biri   B-13   raqamli   hujjat   framandarga  undan   Spadak   ismli
shaxs   nomidan   yozilganligi   aniqlangan.   Bu   holat   maktubda   «buyuk
tayanchimiz»ga   so‘z   birikmasi   orqali   ifodalangan.   Maktubda   fra mandardan
olingan   kiyimkechak,   Devashtich   nomidan   ajratilgan   oziq-ovqat,   meva,   Litpir ismli   shaxsga   200   kafch   don   va   Spadak   ixtiyorida   turgan   50   bosh   ko‘yni   berish
to‘g‘risida   Devashtich   buyruq   bergani   haqida   aytiladi.   Ko‘rinib   turibdiki,   hujjat
framandarning vakili Spadak tomonidan xo‘jalik sarf-xarajatlari haqida yuborilgan
hisobot ma’lumotidir.
Spadak   tomonidan   framandarga   yozilgan   maktublarda   ham   xazinaga   kelib
tushgan   oziq-ovqat   va   ularning   taqsimoti   bilan   bog‘liq   iqtisodiy   vaziyat   haqida
axborot berilgan 26
.
Mug‘   to‘plamiga   kiruvchi   B-18   raqamli   hujjatda   Izrovadk   qishlog‘ining
Arspan   lavozimida   turgan   Xufarn   ismli   kishi   framandarga   hunarmandchilik
mahsulotlarini   topshirish   evaziga   don   va   ot   sovuti   kabi   zarur   narsalar   olinishi
lozim bo‘lgani holda ushbu almashuv amalga oshmagani to‘g‘risida xabar beradi.
Sug‘d xo‘jaligiga oid Mug‘ hujjatlari orasida bir turkum charm tayyorlash va
uning saroy omboriga topshirilishi  haqida yozilgan tilxatlar mavjud bo‘lib, uning
nashrlari asosan M.N.Bogolyubov, O.I.Smirnovalar tomo nidan amalga oshirilgan.
Charm haqidagi hujjatlarning ko‘pida   saroy omboriga topshirilgan charm va uning
turlari   to‘g‘risida   yozilgan.   Masalan,   g ovcharm   (mol   charmi),   girocharm   (eshak
charmi)  k abilar. Oshlanmagan teri esa  “ p o‘ stak ”   deb ataladi.
Charmgarlik sohasiga tegishli mavjud barcha hujjatlarda «Vgashmar i k» ismi
uchraydi.   V-3   hujjatidagi   jumlani   V.A.Livshis   «Matrushskomu   nachalniku
vodoyema   Vgashmariku»,   deb   izohlagan.   Bu   yerda   V.A.Livshis   «nachalnik
vodoyema» iborasida teri oshlash jarayonida kerak bo‘ladigan suv   ha vzasi haqida
gap borsa kerak, deb hisoblaydi. Mazkur hujjatlar asosida Sug‘d jamiyati iqtisodiy
hayotida   charmgarlik   alohida   o‘rin   egallaganligini   ko‘rish   mumkin.   Jumladan,
Mug‘   hujjatlarining   bir   qismi   teriga   bitilganligi   ham   buning   yor q in   dalilidir.
Shuningdek, teriga bitilgan matnlarning egalari obro‘-e’tiborli kishilar bo‘lishi, teri
mahsulotlariga   alohida   e’tibor   berilganligi   va   maxsus   saroy   ishlariga   tegishli
bo‘lganligi   alo h i d a   diqqatga   sazovordir.   Bunday   xulosa   chiqarishga   saroy   oliy
26
  Ўша жойда. – С. 97.  nasab   kishi l ariga   atalgan   teridan   ishlangan   kiyim-kechaklar   borasida   t u zilgan
hisobot  h aqidagi hujjat asos bo‘la oladi.
Vgashmarik   terini   qayta   ishlab   Panjikent   saroy   omborxonasining   bo sh li g‘ i
framandar Uttga j o‘ natib turgan. Teri oshlanmagan holda Martushkatga keltirilgan.
Bu yerda esa uni qayta ishlab saroy omborxonasiga j o‘ natilgan. V.A. Livshis V-3
hujjatining 4-5-qatoriga quyidagicha izoh beradi: «Ot  framandara Utt ,   nachalniku
vodoyoma   Vgashmariku».   Keyingi   qatorlarda:   «I   poluchil   ot   tebya,   Vgashmarik,
nachalnika   vodoyoma   koj   otbornix,   i   chetire   koji   gornogo   kozla,   i   iz   nix   odna
svetnaya   koja,   a   tri   nevidelanniye   (skruchenniye)   shkuri,   i   trinadsat   lisix   shkur».
V.A.Livshis mazkur qatorlardagi qayta ishlangan terining sifat darajasi, holatining
turlicha ekanligiga e’tibor  q aratib, bu ishlab chiqa ruvchi tarmo q , kattagina  h ajmda
ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan, degan xulosa berib o‘tgan.
Mug‘ hujjatlaridan birida teridan ishlangan turli mahsulotlar haqida ma’lumot
beriladi:   q o‘zi   va   q o‘y   terisidan   yop q ich   va   plash   tayyorlangan.   Devashtichning
xazinasiga   charm   yetkazib   beradigan   teriga   ishlov   beruvchi   ustaxonalar
Zarafshonning   yuqori   oqimidagi   Martushkat   atrofida   joylashgan   edi.
Framandarning   ikkita   yozishmasi   sa ql angan   bo‘lib,   ulardan   birida   unga   q o‘ l
qo‘ ygan   shaxs   Martushkat   hisobchisidan   bitta   b o‘ yalgan   va   ikkita   tulki   terisi
olganligi   haqida   yozilgan.   Boshqa   bir   yozishmada   ishlov   berilgan   qo‘ y   terisi
Devashtichning   x azinachisidan   olinganligi   haqida   yozilgan.   Ma’lumki,   terining
katta qismi  k o‘ chmanchi   turklardan   o‘ tro q   rayonlarga kelib  turgan.  Turklar  terini
ishlov berilmagan holda olib kelar, keyin esa joylarda ular o‘troq aholi tomonidan
q ayta   ishlanar   edi.   Shuningdek,   ushbu   hududlar   aholi si   davlatga   teri   ko‘rinishida
soliq to‘lagan 27
.
Teri   oshlash   jarayoni   juda   ham   badbo‘y   va   iflos   bo‘lganligi   uchun   bunga
shahar ma’muriyati shaharda bu hunarmandchilik bilan shug‘ullanish uchun ruxsat
berilmagan.   Teri   oshlashning   dastlabki   jarayoni   shahar   tashqarisidagi   hovuzlarda
bo‘lgan bo‘lsa, teri oshlashning ikkinchi bosqichi shaharning ichkarisidagi alohida
27
  Бобоқулова Б. Документ ы связанные с кожевенным делом в Согде //  Ўзбекистон тарихи. – 1999. – №2. – Б.
43.  ustaxonalarda   amalga   oshirilgan.   Shuni   ham   e’tibordan   chetda   qoldirmaslik
lozimki,   teri   oshlash   bilan   aksariyat   ham   shug‘ullangan   bo‘lishi   ham   mumkin.
Chunki   kiyiladigan   oyoq   kiyimlarining   aksariyati   oshlangan   pishiq   teridan
tikilgan. 
Zarafshon   qishloqlaridan   biri   hisoblangan   tog‘li   rayonda   joylashgan
Martushkat   ko‘chmanchi   chorvadorlarga   yaqin   joylashgani   sababli,   bu   yerda
teriga ishlov berish yaxshi rivojlangan. Geograflarning ma’lumotlariga qaraganda,
Chochda ham xuddi shunday teriga ishlov beruvchi ustaxonalar mavjud bo‘lgan.
Teriga   ishlov   beruvchilarning   barcha   mahsulotlari   davlat   xazinasiga   kelib
tushgan.   Devashtichning   o‘zi   terilarning   kirim   va   chiqimini   nazorat   qilingan.
Xo‘jalikka   oid   barcha   yozishmalar   ikki,   uch   nusxada   tuzilgan:   Devashtichga,
framandar   Uttga,   Vgashmarikka,   ya’ni   q atiy   hisob-kitob   amal   qilingan.
Vgashmarik,   framandar   q o‘ l   ostida   hamda   podsho   saroyida   teri   sa ql ash   uchun
m o‘ ljallangan   omborxonlar   ham   mavjud   bo‘lgan.   Mug‘   tog‘i   sug‘d   hujjatlari
tarkibidagi  A-7   raqamli hujjatda shu jarayon bilan bog‘liq ma’lumot saqlangan : «I
poluchil ya u tebya shest koj iz chisla koj xoroshey soxrannosti» 28
.
Shuni  alohida  ta’kidlash  kerakki,  framandar  terilarning  hisobotida nafaqat
o‘z   xo‘jaligi   haqida,   balki   uning   qo‘l   ostidagilarga   qancha   teri   kelib   tushganligi
haqidagi ma’lumotga ham ega bo‘lgan.
Bundan   tashqari,   xo‘jalik   hujjatlari   orasida   hisobot   (kirim,   sarf   xarajat)
qaydlari matnlari, pul sarf-harjatlari matnlari mavjud. Devashtich saroyining oziq-
ovqat   xarajatlari   izchil   olib   borilgani   hujjatlarda   keltiriladi.   Nov.6   hujjatida
Devashtichning   to‘rt   yillik   hukmronlik   davrining   hisoboti   saqlanib   qolgan.   Unda
saroy   xazinasiga   kelib   tushgan   pullar   bayoni   aks   etgan.     Moliyaviy     masalalarga
doir  yana   bir  qator   sug‘diy  hujjatlarda   pul  birligi   sifatida  amal  qilingan  draxmlar
haqida   qimmatli   ma’lumotlar   qayd   etilgan.   Numizmat   olimlarning   fikriga   ko‘ra,
Sug‘dda   muomalada   bo‘lgan   draxm   pullari   kumushdan   bo‘lib,   kundalik   sarf
xarajatlarida ishlatilmagan.   Har kungi sarf xarajatlarda bronzadan ishlangan tanga
28
  Бобоқулова Б. Документ ы связанные с кожевенным делом в Согде. …  – Б. – С. 43-44.  pullar   bilan   muomala   qilingan.   Bunga   Sug‘d   hududidan   topilgan   ko‘plab   bronza
tangalar guvoh l ik beradi.
Qishloqlarda   soliq   va   o‘lponlar   natura   (mahsulot)   ko‘rinishida   olingan.
Xo‘jalik   hujjatlari   orasida   bu g‘ doy,   o‘ rik,   may   va   boshqa   mahsulotlarga   oid
daromad   va   kirim-chiqim   rasmiy   yozishmalari   sa ql angan.   Shuningdek,   qo‘ y larni,
terini,   unni   va   mayni   yetkazib   berishga   oid   hujjatlar   ham   uchraydi.   Hujjat lardan
bu g‘ doy,   qo‘ y,   may   Panjikent   ho k imiga   Yuqori   Zarafshon   qishloqlaridan   olib
kelinganligi ma’lum bo‘ldi.
Yuqorida   ta’kidlanganidek,   Mug‘   hujjatlaridan   biri   A-13   mazmuniga   ko‘ra
ko‘prikdan foyda l anganlik uchun to‘lanadigan soliqni undirish haqidagi pul to‘lovi
topshiri g‘ ida,   xususan,   1,   2-satrlarida   xatning   kimdan   kimga   yozilgani   aks   etgan.
Xatni jo‘natuvchi  tomon Panjikent  ho k imligining s oliq   yig‘uvchisi  (bozkirom) va
Panjikent xalqi jamoasi (naf) deb ko‘rsatilgan. Xat tegishi lozim bo‘lgan kishining
nomi   emas,   faqat   lavozimi   aytilgan   bo‘lib,   “ tarxon ”   deb   o‘ qiladi.   “ Tarxon ”   so‘zi
turkiycha bo‘lib, amal, lavozim nomi sifatida keng ma’lum. Bundan tashqari, o‘rta
asrlarda  soliq  va  boshqa  majburiyatlardan  ozod   qilingan   ijtimoiy  tabaqa  ham   shu
nom bilan atalgani ma’lum. Abu Rayxon Beruniyning   «Osor ul-bo q iya »   (O‘tmish
xalqlardan   qolgan   yodgorliklar)   asarida   Samarqand   hukmdorlari   «tarxun»
unvoniga ega  bo‘lganligi  qayd  etiladi. VII - VIII  asrlarga  oid kumush  idishda  ham
sug‘dcha   “tarxon”   so‘z i ni   o‘qish   mumkin.   Tadqiqotchi   A.   Freyman   Panjikent
hukmdori Devashtich «tarxon» unvoniga ega bo‘lgan, deya ta’kidlaydi 29
.
Umuman   olganda,   mazkur   xat   mulk   munosabatlari   va   ulardan   foydala -
nishning   huquqiy   jihatlarini   ko‘rsatib,   davlat   hisobotchilik   darajasining
yuksakligidan dalolat beradi.
Xo‘jalik   hujjatlarining   tarkibidagi   saroy   hisoboti   matnlari   (kirim,   chiqim)
kattagina   hajmdagi   ma’lumotlarni   o‘z   ichiga   olgan.   Ushbu   hujjatlarda   Panjikent
saroyining   kundalik,   oylik,   yillik   sarf   xarajatlari,   kirim   (tushim)   haqidagi   ma’lu -
29
  Беруний Абу Райҳон. Танланган асарлар.  I -жилд. – Тошкент: 1968. – Б. 129.  motlar zikr etilgan.  Masalan, ular orasida pul sarf xarajat lari yoki pul tushumi bilan
bog‘liq matnlar alohida e’tiborga ega. 
Nov.6   hujjatida   Panch   hokimi   Devashtich   hukmdorligining   10,   12,   13   -
yillarida xazinaga mansabdor shaxslardan olingan pul tushumi hisoboti berilgan 30
.
Birinchi tushum pullari bu g‘ doy o‘rniga olinganligi (3-5 qatorlar), bu holatda soliq
natura   (mahsulot)   o‘rniga   pul   bilan   to‘langanligini   ko‘rsatadi.   Hujjatda   qolgan
tushum xususiyatlari aks etmagan.
Podsho Devashtich saroyi ayonlari va bir qancha boshqa shaxslar uchun sarf
etilgan turli buyumlar va ularga  x arj etilgan pulning reyestr ro‘yxati aks etgan  A-5
raqamli   hujjatda   ko‘pgina   shaxslar-turli   kasbdagi   kishilar,   lavozim   egalari,
jumladan, bo g‘ bon, ko h in qabilar haqida gap boradi. Shuningdek, Devashtichning
shaxsan   buyru g‘ i   bilan   xazinadan   turli   shaxslarga   pul   berilgani   ham   (buxorolik,
frametonlik   ayol   uchun)   qayd   etilgan.   Shunisi   qizi q ki,   sarfiyot   haqidagi   bu
yozuvlar   saroy   va   davlat   xizmatida   ko‘pgina   to‘lanadigan   pul   bevosita   hokim
nazoratida bo‘lganini ko‘rsatadi. Ikkinchi tomoidan esa, shunchalik qat’iy hisobot
hujjati   bilan   ish   k o‘ rilganiga   qaramay   to‘lovlar   bir   me’yorga   solingani   haqida
xulosa qilish kiyin.
Masalan,   Devashtich   topshiri q   bilan   biror   kishini   j o‘na ta   turib,   unga   10
draxma   berishni   xazinachiga   buyurishi   mumkin   yoki   yozgi   qarorgohiga   ketgach,
Devashtich   o‘sha   yerdan   turib   chopar   orqali   buyru q   yuborishi   va   shu   asosda
G‘ uncha, Futchakka 3 draxmdan pul berilishi mumkin. Shu jumladan, bosh ko h in
50, Vishak (qishloqning) hokimi 10, Mit ga   4, Chitchit ga   4, Xumdot ga   4, Gupat ga
50,   Avdmaxch   (bo g‘ bonboshi)   ga   10   draxm   va   g‘ okazo   pul   olganligi   r o‘ yxatga
tushgan. A-5 hujjatdagi qator shaxslarning nomi boshqa hujjatlarda ham uchraydi.
Bu hol ularning saroy ishlaridagi faol ishtiroki bilan bog‘liq.
Sarf xarajatlar turkumiga kiruvchi  bir qator   hujjatlar ham diqqatga sazovordir.
Ularda   harbiy   xarajatlar,   kiyim-bosh,   q urol-aslaxalar   turli   shaxslarga   berilganligi
30
  Согдийские   документ ы   с   горы   Муг.   Юридические   документы.   Чтение,   перевод   и   комментарии
В.А.Лившица. Вып. 2. – М.: Наука, 1962. – С. 185.  qayd   etilgan.   Arablar   boqini   munosabati   bilan   VIII   asrning   birinchi   choragida
ko‘pgina   korxonalar   harbiy   extiyojlar   uchun   xizmat   qilingani   manbalarda
uchraydi.   Matnda   berilgan   harbiy   anjomlar   uchun   to‘lanishi   lozim   bo‘lgan   pul
miqdori   ko‘rsatilmagan.   Mamlakatda   favqulodda   vaziyat   bu   anjomlar
tar q atilganiga sabab bo‘lishi mumkin.
Arxivda yuqorida nomi zikr etilgan don bilan bog‘liq hujjatlar bo‘lib, ularda
Xufarn   va   Xutachanlarga   yoki   b o‘l masa   Zrunb   q ishlo g‘ i   aholisiga   200   kafchdan
don berish haqida gap boradi (1 kafch 8-10 kg). Bu hujjatlardagi don miqdori har
gal   qariyb   2-3   tonnaga   yaqin.   Omborlardan   bu   donning   nima   asosda   iste’molga
tar q atilishi   haqida   biror   narsa   deyish   kiyin.   Har   holda   bu   oldi-sotdi   munosabati
emas.  Don  evaziga  biror  narsa  undirilishi  ham   hujjatlarda qayd  etilgan emas.   Bu
borada   M.   Is’hoqovning   ta’kidlashicha,   don   tar q atilishi   an’anaviy   qishloq
jamoachiligi   darajasidagi   ijtimoiy   munosabatlarning   bir   ko‘rinishi   deb   q aralishi
mumkin.
Xullas,   Sug‘dning   VI - VIII   asrlardagi   boshqaruv   tizimi   avvalo   o‘zining
kon se ptual asoslari  bilan alohida diqqatga sazovor. Gap shundaki, qadimgi  va ilk
o‘rta   asrlardagi   Sug‘d   uchun   davlat   hokimiyati   konsepsiyasi   samoviy   «xudo»
tushunchasi   bilan   bog‘liq .   Ya’ni,   jamiyatni   boshqarish   pog‘onalari   yu qo ridagi
ilo h iy   berilmish   «huquq»   zaminiga   tayangan   holda   h okimiyatning   legitimligi
asosida tashkil topgan.
Hokimiyatning yuqori pog‘onasi ixshidlik «o‘zidan nurlanish, nurafshon-lik»
ma’nosiga  ega, ya’ni  «ilo h iy nurga ega, podsho h lik huquqiga ega zot» demakdir.
Chunki,  ixshid   «nur taratmo q » ma’nosiga ega. Yurtni ana shunday «nuroniy zotlar
boshqarmo g‘ i   lozim»,   degan   g‘ oya   Sug‘d   hokimiyatining   oliy   ma q omini
belgilagan 31
.
Boshqaruv tizimining o‘rta va  quyi  pog‘onalari  an’anaviy lavozimlar  bo‘li b ,
ularning   deyarli   barchasi   zardushtiylik   dunyo q ara sh   tizimiga   muvofi q   kelgan.
31
  Лившиц  В.А., Хромов  А.Л. Согдийский   язык. Основы  иранского языкознание. Среднеиранские языки. –
М.: Наука, 1981. – С. 250.  Zero,   l avozimlar dagi   “ pat i” ,   “ pana h” -   o‘zaklari   « qo‘ ri q lash,   asrash»   ma’nosiga
ega.
Ilk   o‘rta   asrlarda   Sug‘d   konfederasiyasi   subyektlari   bo‘lgan   mahalliy
hokimliklarning   ichki   xo‘jalik   yuritish   tartiblari   va   qonun   koidalari   umumsug‘d
konfederasiyasining   mahalliy   sharoitdagi   ko‘rinishi   bo‘lgan.   Masalan,   Panch
viloyati   kabi   o‘nlab   mahalliy   hokimliklarning   har   biri   markaziy   (Samarqand)
hokimiyat   foydasiga   o‘zlarining   xo‘jalik   darajalariga   loyi q   tarzda   soliq   to‘lov lari
yetkazib turganlar. Bu munosabatlar Sug‘d konfederasiyasi miqyosida yaxlit holda
maxsus   o‘rganilgan   emas.   Lekin,   Sug‘d   xo‘jalik   munosabatlari   atrofida   fikr
yuritgan   bir   qator   ilmiy   ishlar   mavjudki,   ular   asosida   mazkur   muammo   bo‘yicha
bugunga   qadar   bajarilgan   ishlarni   salmo q lab   ko‘rish   va   navbatdagi   dolzarb
masalalarni  h al qilish yo‘llarini belgilash mumkin.
Mug‘   hujjatlarini   tahlil   qilish   jarayonida   shu   narsa   ma’lum   bo‘ldiki,   Sug‘d
xo‘jaligida   mulk   yer   maydonidan   tashqari   turli   xil   inshootlar,   q urilishlar
ko‘rinishida   ham   qayd   etilgan.   Ba’zan   butun   mahallalar   yer   maydon lari   sifatida
daromad   keltiruvchi   xususiy   mulk   bo‘lishi   hamda   uning   maydonida   joylashgan
ustaxona,   suv   h avzalari,   ari q ,   jamoat   foydalanishi   uchun   m o‘ ljallangan   imoratlar
kabi   mulk   turlari   ham   xususiy   daromad   manbaini   tashkil   etganligini   ko‘rishimiz
mumkin.   Ya’ni,   qishloq   sharoitida   ham   oddiy   yer   mulkchiligidan   tashqari   uning
maydonidagi   inshoot   va   q urilmalarga   nisbatan   ham   mulk   huquqi   keng   amal
qilingan.
Sug‘dda   muomaladagi   draxm   pullari   kumushdan   bo‘lib,   kundalik   sarf
xarajatlarida   ishlatilmagan.   Sug‘ddan   topilgan   ko‘plab   bronza   tangalar   har   kungi
sarf xarajatlarda bronzadan ishlangan tanga pullar bilan muomala   q ilinganligidan
darak beradi.
My g‘   tog‘i   sug‘diy   hujjatlarining   tarkibidagi   farmoyishlar,   hisobot lar ,
tilxat lar,   vasi q alar   jamiyat   hayotining   turli   sohalarini   qa mrab   olgan.   U lar davlatning   boshqaruv   tizimlari   naqadar   aniq   va   pog‘onalashgan   holda   ekanligini
asoslanganini, qonun va ijro munosabatlarini namoyish etadi.

V-VIII ASRLARDA MARKAZIY SUG‘DDAGI IQTISODIY MUNOSABATLAR: IQTISODIY BOShQARUV, TANGA ZARBI, SOLIQ VA TOVAR-PUL MUNOSABATLARI Reja : 1. V-VIII asrlarda Markaziy Sug‘ddagi iqtisodiy boshqaruv tizimining huquqiy asoslari 2. V-VIII asrlarda Markaziy Sug‘dda tanga zarbi va iqtisodiy siyosat 3. Ilk o‘rta asrlarda Markaziy Sug‘dda tovar-pul munosabatlari va soliq tizimi

V-VIII asrlarda Markaziy Sug‘ddagi iqtisodiy boshqaruv tizimining huquqiy asoslari Sug‘d konfederasiyasi tarixining iqtisodiy jarayonlari, savdo munosabatlarini o‘rganishda bu hududda eftaliylar hukmronligi davridagi iqtisodiy munosabatlar va savdo aloqalari xususida ham fikr yuritish lozimdir. Vatanimiz tarixining ilk o‘rta asrlar davrida hukm surgan davlatlardan biri eftaliylar mamlakati bo‘lib, ular ko‘chmanchi xalq sifatida adabiyotlarda keltiriladi. Sug‘dda V asrda kelib siyosiy maydonga eftaliylar sulolasi chiqadi. Ular to VI asrning ikkinchi yarmiga qadar mintaqa siyosiy hayotiga yetakchilik qiladilar. Mintaqa shaharlari tarixida V asr oxiri VI asr boshlari jonlanishi yillari bo‘lgani ma’lum. Ayniqsa kichik shaharlarning tezlik bilan o‘sib borishi hashamatli binolari bo‘lgan alohida-alohida qo‘rg‘onlarining yuzaga kelishi va ko‘payishi Xorazm, Sug‘diyona, Shosh va Baqtriya viloyatlarida keng kuzatilgan. Bunda iqtisodiy- savdo munosabatlarining izchil yo‘lga qo‘yilishi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Mintaqamizning an’anaviy iqtisodiy imkoniyatlari (dehqonchilik, sun’iy sug‘orish, chorvachilik, bog‘dorchilik, hunarmandchilik va boshqalar) bu davrda ham o‘z ravnaq yo‘lida to‘xtamaganligiga ham shubha qilmasa ham bo‘ladi. Manbalarda bu borada hyech bir yo‘qotish bo‘lmagani haqida guvohliklar yetarli. Ayniqsa, savdo-sotiq gurkirab rivoj topgan. Bir tom o ndan ulkan minta qaning siyosiy jihatdan yaqinligi, ikkinchi tomondan, G‘arb va Sharq mamla katlararo iqtisodiy-savdo munosabatlari oralig‘ida bo‘lishi ichki va tashqi savdo yo‘llarning yanada tarraqiy yetib borishiga qulay sharoit yaratib bergan. Bu e sa o‘z o‘rnida, yo‘l qatnov, ta’minot, hizmat ko‘rsatish tarmoqlarining kengayib bori sh iga yo‘l

ochib bergan. Tashqi savdo Ipak, l a k bo‘yoqlar, rangli shishalar, qimmatbaho toshlar, arg‘umoq otlar, matolar, shirinliklar, qurol-yarog‘ kabi noyob mahsulotlar bozori ch a qq o n bo‘lgan. Shuni ham nazarda tutish lozimki Buyuk Ipak yo‘lining har ikkala yo‘nalishi (shimoliy-Turfon, Qashg‘ar, Farg‘ona, Sug‘diyona, Marg‘iyona, Janubiy-Xo‘tan, Yorkent, Pomir, Baqtriya) eftaliylar saltanati h ududidan o‘tishi ham muhim ahamiyat kasb e tishi tabiiy. E ftaliylarning Xitoy bilan munosabati asosan, savdo-sotiq orqali amalga oshirilib, Buyuk Ipak yo‘lining Shimoliy va Janubiy yo‘nalishlarining mintaqmiz orqali o‘tishi katta ahamiyat kasb yetgan. eftaliylarning m arkaziy Hindiston, Yevropaning eng sha rqiy viloyatlari bilan ham yaqin aloqalarda bo‘lganliklari ma’lum. O‘rta Osiyo paxta tolasi Xitoyga mashhur bo‘lgan. Tog‘ va tog‘oldi yerlardagi aholi yilqichilik bilan shug‘ullangan. E ftaliylar davrida hunarmandchilik ham rivoj topgan, Ayniqsa, kulo l chilik, shishasozlik, chilangarlik, bo‘zchilik, zargarlik, qurolsozlik, kasb-hunarlari ravnaq topgan. Shoshda yasalgan o‘q va yoy “Kamoni Chochiy” nomi bilan mashhur bo‘lgan. Katta-kichik shaharlar soni ko‘paygan. Birgina Zarafshon vohasida R i vdod, Kushoniya, Xarimon, Arqud, Romiton, Varaxsha, Poykand kabi savdo hunarmandchilik shaharlari mavjud bo‘lgan. Eftallar davlatiga birlashgan aholining bir qismi ko‘chmanchi chorvador bo‘lsa, ikkinchi kattaro q q ismi shahar va qishloqlarda ya sho vchi o‘troq aholi edi. Uning aholisi asosan ziroatchilik bilan shug‘ullanardi. Tohariston va Sug‘d rivoj topgan dehqonchilik va bog‘dorchilikni ng markazi hisoblanardi. Qashqadaryo va Zarafshon vodiylarida g‘alladan tashqari, sholi ham yetishtirilar edi. Xitoy manbalarida q ayd etilishicha, V - VI asrlarda Shar q iy Turkiston va Markaziy Osiyo yerlarida ko‘p l ab g‘ o‘za ekilgan yedi 1 . Uning tolasidan oppoq va nihoyatda mayin mato to‘qilgan. Xitoy bozorlarida bu n day matoga talab katta bo‘lgan. Chunki o‘sha davrlarda Xitoyda paxta hali ekilma s edi. Aholining dasht liklarda yashovchi yarim 1 Бичурин Н.Я. (Иакинф). Собрание сведений о народах обитавших в Средней Азии в древние времена. Т. II. – М.-Л., 1950. – С. 240-276.

ko‘chmanchi qismi chorvachilik , xususan , mayda va yirik shoxli hayvonlar boqish, tuyachilik, tog‘li va tog‘ oldi mintaqalarida esa yilqichilik bilan shug‘ullanar edi. Bu davrda dehqonchilik vohalaridagi katta-kichik shaharlar gavjum lashib, ularda ayniqsa, ku l olchiliq, shishagarlik , chilangarlik , bo‘zchilik , sarrojlik , zargarlik va qurolsozlik kabi kasb-hunarlar ravna q topadi. Ayrim ma’lumotlarga q araganda, Poykand shahri eftallar davlatining poytaxti bo‘lgan. Xitoy manba - larida u Bi n omi bilan tilga olinadi, Arablar uni «Madinat ut-tujjor», ya’ni «savdogarlar shahri» deb yuri t ganlar. Tashqi savdo bojidan manfaatdor bo‘lgan eftallar bu shaharlar or q ali o‘tgan «Ipak yo‘li» ni o‘z nazoratlari ostida tutib turishga harakat qilgan. Xitoy, Hindiston, Ero n va Vizantiya bilan bo‘lgan xalqaro savdoda ular faol qatna shardi. Xitoy bila n Vizantiya asosan ipak , ipakli mato, rangdor shisha, qimmatbaho toshlar, bo‘yoqlar va turli xil ziravorlar bilan savdo qilardi. Markaziy Osiyo dan oltin, kumush , Badaxshon la’lisi bilan bir q atorda Xitoyga rangli shisha va shisha buyumlar, turli xil mevalar, ip gazlama asosan karbos, q orako‘l te risi , tulporlar chiqarilardi. Ipak yo‘li savdosida sosoniy savdogarlari bilan raqobatda asosa n su g‘ diylar vosita chilik rolini o‘ynardi. Xal q aro savdo aloqalarining gavjumlashuvi bilan mamlakatda tanga pul muomalasi tartibga solinadi. Keyinchalik eftallar sosoniylar sho hi Varaxran VI tangalariga taqlidan old tomonida qulo g‘ iga xalqa ta q qan tojdor podshoh, orqa tomonida esa markazda otashdon va ikki atrabo n t asvirlari so‘qilgan kumush tangalar zarb qiladilar. Bulardan tash q ari , Buxoro, Poykand , Vardana, Naxshab, Samarqand va Xorazmda mahalliy hokimlar tomonidan chiqarilgan cha q a tangalar mamlakat ichki savdosida keng muomalada bo‘lgan. Bu, shubhasiz, mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy hayotida mahalliy hokimlar kat t a nufuzga ega ekanidan dalolat beradi. O‘zbek xalqi va davlatchilik ildizlari shakllangan o‘lkalardan sanalmish Sug‘d ilk o‘rta asrlarda yurtimizdagi jadal ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va etnik aloqalarning markazlaridan biri bo‘lgan. Sug‘d ilk o‘rta asrlarda konfederativ

davlat uyushmasiga ega edi. Uning tarkibidagi viloyatlar o‘z ichki boshqaruvlarini deyarli mustaqil markazdan holi amalga oshirganlar. Sug‘dning yirik markazi bo‘lgan Samarqand Afrosiyobidan topilgan devoriy suratlardagi yozuvlar orqali biz VII asr ikkinchi yarmiga oid muhim ma’lumotlardan boxabar bo‘lamiz 2 . Yuqorida ta’kidlanganidek, bu yozuvlar ustida dastlab V.A.Livshis tadqiqot olib borgan va 16 qatordan iborat bu matnni o‘kib, izohlashga o‘ringan. Bu yozuvlarda V.A.Livshis Avarxuman degan ismni o‘qigan. V.A.Livshis va O.I.Smirnovalar bu ismni Samarqand podshosi Varxuman bilan bog‘laydilar. Yuqorida ta’kidlanganidek, V.A.Livshis matnning birinchi qatoridagi so‘zida sulola atamasi «Unash»ni aniqladi. 1965 yili bu yozuvlar V.A.Livshis va boshqa tadqiqotchilar tomonidan turlicha izohlandi va ularni o‘qishda ba’zi xatolarga yo‘l qo‘yildi. Hujjatda bir so‘zning noaniqligi bu hujjatning ahamiyatini ochib berishga to‘sqinlik qildi. Biroq, 1972 yilda V.A.Livshis bu so‘zni o‘qib, VII asr ikkinchi yarmida Sug‘d (Samarqand) podshosi hisoblangan Avarxuman (Varxuman) «Unash» sulolasiga mansubligi to‘g‘risidagi fikrni ilgari surdi. Shuningdek, u o‘zining keyingi «Afrosiyob saroyi Sug‘d devoriy yozuvlari» nomli maqolasida ilk o‘rta asrlarda Sug‘d taxtida o‘tirgan hukmdorlar alohida «Unash» deb nomlangan sulola vakillari hisoblanganlar, deya ta’kidlaydi . Biroq, V.ALivshisning "Unash" etnonimi haqida bildirgan fikrlarining yetarli asosga ega emasligini F. Boboyorov o‘zining Afrosiyob bitiklarining yangicha talqini va islomdan avvalgi Samarqand ixshidlari tangalarining o‘qilishiga bag‘ishlangan maxsus maqolasida dalillar asosida ko‘rsatib berishi bu masalaning yana bir bor tekshirib ko‘rilishini talab qilmoqda. Tadqiqotchining fikricha, Afrosiyob bitigidagi Avarxuman mansub bo‘lgan urug‘ nomi “Unash” emas – “O‘n o‘q (o‘n qabila)” bo‘lib, bu etnonim G‘arbiy Turk xoqonligiga aloqador ravishda O‘rxun bitiktoshlari va xitoy yilnomalarida uchraydi. Shuningdek, G‘.Boboyorov V.A.Livshis tomonidan “sar Mastich (iz roda) Unash” (“Unash (urug‘idan) podsho 2 Шишкин В.А. Афрасиаб – сокрови щница древней культуры. – Ташкент: Фан, 1966. – 35 с.