Web-kontentni boshqarish tizimlari , ro’yxatlar
Web-kontentni boshqarish tizimlari , ro’yxatlar Reja: 1. Ro’yxatlar haqida umumiy tushuncha. 2. Markerlangan ro’yxatlar. 3. Nomerlangan ro’yxat. 4. Aniqlovchi ro’yxatlar.
Ro’yxatlar haqida umumiy tushuncha HTML hujjatda ma’lumotlarni qulay shaklda tasvirlash maqsadida ro’yxatlar va jadvallar tashkil qilingan. Ro’yxatlar elementlarini nuqtalari bo’yicha tartiblasa, jadvalllar esa ma’lumotlarni satrlar va ustunlar bo’yicha joylashtiradi. Ro’yxatlardan to’g’ri foydalanish katta hajmli ma’lumotlarning o’qilish qulayligini oshiradi. Ro’yxatlarni quyidagi uchta holatda qo’llash maqsadga muvofiq: 1. Bir jinsli ma’lumotlarni biror belgilar bo’yicha sinflarga ajratish; 2. Katta hajmli ma’lumotlarni abzas bilan tasvirlashda ularni o’ q ish qiyinlashsa; 3. Biror bir jarayonnni tasvirlashda ; Quyida biz misol ko’ramiz: Misol 7_1 < html > < body > mening qizi q ishlarim. < ul > < li > Viruslar <li> WWW ni tamosha qilish. <li> CGI <li> PHP </ ul> </ body > </ html >
Bu yerdan ko’rinadiki ro’yxatlar ma’lumotlarni oson va tushunarli o’qilishini ta’minlaydi. Ro’yxatlar asosan 3 ta asosiy tiplarga bo’linadi. Bular: markirlangan, nomerlangan va aniqlovchi ro’yxatlar. Bulardan tashqari boshqacha tipli ro’yxatlar ham mavjud, ammo ko’p qo’llaniladiganlari biz sanagan uchtasidir. Yuqorida biz sanab o’tgan tiplar bir biridan nomerlash usullari va tuzilishi bilan farq qiladi. Markirlangan ro’yxatlar. Ko’pchilik h ollarda nomerlangan yoki markirlangan ro’yxatlardan foydalaniladi. Bunday ro’yxatlarda h ar bir punkt kichik piktopragramma bilan boshlanadi. Markirlangan ro’yxatlar <ul> va </ul> teglari yordamida beriladi. Misol: 7_2 <html> <head><title>Markirlangan ro’yxatlar</title></head> <body> <ul> <lh><b> Kompyuter avlodlari </b></lh>
<li> I - avlod <li> II - avlod <li> III - avlod <li> IV - avlod </ul> </body> </html> Bu yerda <lh> va </lh> teglari orasida ro’yxat sarlavhasi yozilgan. Barcha <li> va </li> teglari <ul> va </ul> markirlangan teglar orasiga joylashgan bo’lishi shart. <li> tegi type parametriga ega va biz bu parametr qiymatlari bilan tanishib chiqamiz. Bu parametr yordamida ro’yxatda hosil qilinadigan ro’yxat elementlari oldidagi markerlar tipi aniqlanadi parametr qiymati sifatida quyidagi uchta qiymatlardan foydalanish mumkin: 1. disc - bu qiymat brauzerga markerlarni kichik qoraga bo’yalgan doira shaklidaligini ko’rsatadi. 2. c ircle - bu qiymat esa brauzerga makerning bo’yalmagan aylana shaklida bo’lishini bildiradi.
3. s quare - bu qiymat markerning kichik to’g’ri to’rtburchak shaklida bo’lishini bildiradi. Bu qiymatlarni ko’rsatilgandek kichik harflar bilan yozish kerak. Misol: 7_3 <html> <head> <title> Markirlangan ro’yxat</title> <body> <ul> <li type=”circle”> Birinchi punkt <li type=”disc”> Ikkinchi punkt <li type=”square”> Uchinchi punkt </ul> </body> <html>