logo

Xitoy sivilizatsiyasi

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

26.669921875 KB
Xitoy sivilizatsiyasi 
            REJA:
1. Qadimgi Xitoy davlatchiligining taraqqiyoti 
2. Qadimgi Xitoy sivilizatsiyasining yutuqlari   Qadimgi   Xitoy   sivilizatsiyasi   tarixi   m.a.   Xuanxe   vodiysida     protoshaharlar
paydo   bo’lgan   III-II   ming   yilliklarga   borib   taqaladi.     Uning   yakuni   esa   Xan
imperiyasining   qulashi   bilan   belgilanadi.     Xitoyning   tabiiy   sharoiti   ma’lum
ma’noda   qadimgi   Xitoy     sivilizatsiyasining   o’ziga   xos   xususiyatlarini   belgilab
berdi.   M.a.   I     ming   yillikning   ikkinchi   yarmiga   qadar   Xitoyning   boshqa
sivilizatsiyalardan   uzilgan   holda   rivojlanganligi   ham   bu   o’rinda   muhim     rol
o’ynadi.     Xuanxe   daryosi   havzasida   mahalliy   paleolit   va   mezolit     madaniyatlari
asosida   m.a.   V   ming   yillikda   Xunshan,   naqshinkor     sopolli   Yanshao   neolit
madaniyatlari   shakllandi.   III   ming   yillikda   u     qora   sopolli   Lunshan   madaniyati
bilan   o’rin   almashdi.   M.a.   II   ming     yillikda   Xitoyda   shahar-davlatlar   tipiga
kiruvchi   ilk   sinfiy   tuzilmalar     paydo   bo’ldi.   Ilk   shahar   madaniyatlari   Xenani,
Shansi,   Shensi,   Shandun     va   boshqa   hududlarda   topilgan.   Ularning   orasida
Xenandagi   Anyan     shahri   rayonida   topilgan   “Buyuk   shahar   Shan”   ajralib   turgan.
Shan   (In)     shahar   davlati   anchagina   yirik   birlashmaning   boshida   turgan.   Shan
hukmdori   van   deb   atalgan.   Ular   harbiy   vakolatlarga   va   oliy   kohinlik
funktsiyalariga ega bo’lgan. Shanliklar doimiy urushlar olib borgan,  harbiy asirlar
ommaviy ravishda ilohiylashtirilgan ajdodlar va ruhlarga qurbonlik qilingan. M.a.
II-I ming yilliklar chegaralarida Shanga g’arbdan, Vey  daryosi havzasidan kelgan
chjou qabilalari tomonidan bosib olingan.  Istilo oqibatida chjouliklar katta, ammo
mustahkam bo’lmagan davlat  birlashmasi tuzganlar. U an’anaviy ravishda G’arbiy
Chjou   deb     ataladi.   Uning   tepasida   Chjou   podsho   urug’idan   bo’lgan   va
shanliklardan “van” unvonini qabul qilgan merosiy hukmdorlar turgan.  Bu davrda
podsholikning kelib chiqishi ilohiylashtirilgan. Van Osmon   O’g’li (Tyan-tszi) va
uning   yerdagi   de   sehrli   kuchiga   ega   “Yagona”     timsoli   deb   e’lon   qilingan.   Van
hokimiyatni   Osmondan   olgan   va   u     Tyansya   –   Osmon   ostining   hukmdori   deb
hisoblangan.   G’arbiy   Chjou     davlati   despotik   shaklga   ega   bo’lmagan,   vanlar
hokimiyati   uning     huzuridagi   amaldorlar   kengashi   bilan   cheklangan.     M.a.   IX
asrdan   G’arbiy   Chjouda   davlati   ichki   siyosiy   inqirozlar     davri   boshlandi.   Chjou
zodagonlari   –   chjuxou   separatizmining   o’sishi     bilan   vanlarning   harbiy   qudrati
susaygan. M.a. VIII asr boshlarida   shimoli-g’arbdan kirib kelgan ko’chmanchilar hujumining   kuchayishi     sharoitida   G’arbiy   Chjou   tashqi   xavfga   qarshi   tura
olmagan.     Chjouliklarning   Vey   daryosi   havzasidagi   yerlari   tsyuanjunlar
tomonidan bosib olingach, m.a. 770 yilda Chjou poytaxti sharqqa   (hozirgi Loyan
hududi)   ko’chirilgan.   Endi   manbalarda   Sharqiy   Chjou     deb   atala   boshlagan
davlatning   hududi   keskin   qisqargan.   Xitoyda   bir     qancha   mustaqil   podsholiklar
paydo bo’ldi. Ular orasida Xuanxening   o’rta oqimi va Buyuk Xitoy tekisligidagi
madaniy   an’analarining     yagonaligi   bilan   mashhur   bo’lgan   podsholiklar   ajralib
turgan.   Bu     podsholiklar   mamlakatning   an’anaviy   birligini   ramzi   sifatida   Chjou
vanining   Osmon   O’g’li   sifatidagi   oliy   hokimiyatini   rasman   tan     olardilar.     Bu
podsholiklar   hududida   xuasya   madaniy-genetik     mushtarakligining   shakllanish
jarayoni   borar   edi,   natijada   m.a.   I   ming     yillik   o’rtalarida   o’rta   podsholiklarning
(chjungo)   barqaror     etnomadaniy-siyosiy   majmui   tashkil   topdi.  Chjungojen   (o’rta
podsholik     odamlari)   larning   madaniy   ustunligi   g’oyasi   qadimgi   xitoyliklar
o’zo’zini   anglashining   muhim   komponentiga   aylandi.   Chjou   an’anasiga     ko’ra
Xitoyda   mahalliy   etnik   asosda   tashkil   topgan   va   o’rta     podsholiklardan   til   va
madaniyat   jihatidan   farq   qiladigan,   ammo   hudud     va   taraqqiyot   jihatidan   kam
bo’lmagan   boshqa   davlatlar   “varvarlar”     sifatida   talqin   qilingan.   Chuntsyu
(Bahorlar   va   kuzlar)   davrida   o’z     hukmini   butun   Osmon   ostiga   o’tkazgan   “Besh
gegemon”   orasida     to’rttasi   “varvar”   podsholiklardan   edi.   M.a.   V-III   asrlarda,
Chjango     (kurashayotgan   podsholiklar)   davrida   eng   kuchli   yetti   podsholikdar
uchtasi   xuasya   podsholiklari   emas   edi:   Yan,   Chu   va   Tsin.     O’rta   podsholiklar
qo’shni   xalqlar   bilan   doimiy   aloqada   bo’lgan,     bunda   assimilyatsiya   va   o’zaro
ta’sirning   murakkab   jarayoni   ham     borgan.Chuntsyu   davridagi   podsholiklarda
yetakchi mavqe merosiy  aslzodalarga tegishli edi. Yirik podsholiklarda asta-sekin
markaziy   siyosiy-ma’muriy tizim joriy etila boshlandi. Asosiy ishlab chiqaruvchi
kuch   erkin   dehqon-jamoachilar   edi.   Jamolar   orasida   mulkiy   tengsizlik     jarayoni
kuchaydi. Qarz uchun qullik paydo bo’ldi.  M.a. I ming yillik o’rtalarida Xitoyning
siyosiy   xaritasi     Chuntsyuning   boshlanish   davriga   ko’ra   o’zgarib   ketdi.   200ga
yaqin     davlat   birlashmalaridan   30   dan   ozi   qoldi.   Bu   davr   ishlab   chiqaruvchi
kuchlarning   o’sishi,   temir   eritishning   o’zlashtirilishi,   hunarmandchilik     va dehqonchilikning,   sug’orish   tizimlari   barpo   etishning   rivojlanish     davri   edi.   Tsin
podsholigi   tomonidan   IV   asr   oxiri-   III   asr   boshlarida     yirik   suv   xo’jalik
tadbirlarining   o’tkazilishi   bilan   sug’orma     dehqonchilik   uning   ravnaqi   garoviga
aylandi.     Chjango   davrida   qariyb   yarim   million   aholiga   savdohunarmandchilik
shaharlari paydo bo’ldi. Yerga jamoa mulkchiligi   tizimi tugadi. M.a.. 1000 yillik
o’rtalaridan   yerni   sotish   va   olish   huquqi     bilan   yerga   xususiy   mulkchilik   paydo
bo’ldi.   Davlat   yer   egalaridan   yer   solig’ini   olishni   joriy   qildi,   boy   hunarmand-
savdogarlar tabaqasi   shakllandi.   M.a. IV asrda ijtimoiy–iqtisodiy munosabatlarni
barqaror     holatga   keltirish   uchun   ko’pgina   podsholiklarda   islohotlar   o’tkaziladi.
Ana   shunday   islohotlardan   biri   m.a.   350   yilda   Tsin   podsholigida   oliy     amaldor
Shan Yan tomonidan o’tkaziladi. Mamlakat uezdlarga  bo’linadi, yer sotib olishga
ruxsat beriladi, o’lchov birliklari  unifikatsiya qilinadi, urug’ zodagonlarning ayrim
imtiyozlari   bekor     qilinadi.   Ushbu   islohotlardan   so’ng   Tsin   qudratli   davlatga
aylandi.     Ichki   ziddiyatlardan   foydalangan   Tsin   vanlari   butun   Xitoyni
birlashtirdilar.   M.a.   221   yilda   Tsin   so’nggi   mustaqil   podsholikShandun   orolidagi
Tsi   podsholigini   bosib   oldi.   Tsin   vani   In   Chjen     yangi   “xuandi”   -   imperator
unvonini   oldi  va   tarixga  Tsin  Shixuandi  –  “Tsinning  birinchi   imperatori”  sifatida
kirdi. Tsin poytaxti Syayan  imperiya poytaxtiga aylandi.  Tsin Shixuandi shimoliy
chegaralarning xavfsizligini ta’minlash  uchun misli ko’rilmagan qurilish: minglab
kilometr   uzunlikdagi   Buyuk     Xitoy   devorni   bunyod   qilishga   kirishdi.   Janubiy
Koreya   va   Shimoliy   Vyetnamga   borsqinchilik   yurishlari   uyushtirildi.   Tsin
Shixuandi   yakka     hukmdor   boshchiligidagi   harbiy-ma’muriy   imperiyani   barpo
etdi.     Tsinliklar   unda   imtiyozli   o’rin   egalladi.   Qonun   bilan   teng   huquqli   erkin
fuqarolar   uchun   yagona   bo’lgan   “qora   boshlar”   nomi   joriy   etildi.   F   A   R   H   O   D,
[13.12.2021 19:53]M.a. 210 yilda Tsin Shixuandi vafotidan so’ng boshlangan xalq
qo’zg’oloni Tsin sulolasini agdarib tashladi. Qo’zg’alon boshliqlaridan  biri mayda
amaldor   Lyu   Ban   m.a   202   yilda   «Xan   imperatori»     unvonini   qabul   qilib,   Xan
imperiyasiga asos soladi. Bu sulola Xitoyda   eramizning III asrigacha hukmronlik
qiladi. Xan imperiyasi tarixi ikki  davrga bo’linadi: To’ng’ich Xan (m.a.202 yildan
– milodiy 8 yilgacha)  va Kichik Xan (milodiy 25-220 yillar) imperiyasi. Imperator U-Di   (m.a.   140-87   yy)   boshqaruvi   yillari   Xan     imperiyasining   eng   gullab   -
yashanagan   davri   edi.   U-Di     markazlashtirish   siyosatini   olib   boradi.   Konfutsiylik
davlatning     yagona   mafkurasi   sifatida   qabul   qilingan.   U-Di   faol   istilochilik
siyosatini olib boradi. Xitoy Hindistonga boradigan yo’lda Yuanyan va  Sichuanni,
m.a.   108   yilda   Koreya   yarim   orolidagi   Choson   davlatini     bosib   oladi.     U-Di
shimolda   ko’chmanchi   xunnlar   hududini   bosib   olishga     harakat   qiladi.   Xunnlar
bilan   urush   yillarida   Xitoy   O’rta   Osiyo   bilan     birinchi   aloqalarni   o’rnatadi.   U-di
m.a   139   yilda   o’z   elchisi   Chjan     Tsyanni   O’rta   Osiyo   («G’arbiy   o’lka»)ga
yuborgan,   elchi   o’n   yildan     keyin   Xitoyga   qaytib   keladi.   Xitoyliklar   Farg’ona
(Dovon), Baqtriya   (Dasya) va Parfiya (Ansi) to’g’risida bilimga ega bo’ladilar va
bu     mamlakatlar   bilan   aloqa   o’rnatadilar.   Ana   shu   vaqtda   Xitoy   O’rta   Osiyodan
uzum,   loviya,   beda,   anor   va   yong’oq   daraxti,   musiqa     asboblari,   idish-tovoqlarni
o’zlashtirib   oladi.   Keyinchalik   Xitoy   O’rta     Osiyodan   budda   dinini   qabul   qiladi.
Imperator   U–Dining   hukmdorlik   yillari   qadimgi   Xitoy   tarixida     «oltin   davr»   deb
hisoblandi. Xan davrida qullarning soni oshdi.  Xususiy, davlat qullari, qarz uchun
qul   qilingan   qullar   mavjud  edi.     M.a.   II-I   asrlarda   xalqning  iqtisodiy   ahvoli   yana
og’irlashadi,   yer   va     boshqa   boyliklar   oldi-sotdisi   keng   tus   oladi.     Milodiy   asr
boshlarida yillarida yirik amaldor Van Man (9-23  yy) imperator hokimiyatiga ega
bo’lib,   yer   egaligi   va   quldorlik     munosabatlarida   islohot   o’tkazadi.   Bu   vaqtda
dehqonlarning  yersizlanishi kuchayib, katta-katta yer maydonlari alohida qullarda
to’planib   qolgan   edi.   Van   Man   barcha   yerlarni   imperator   mulki   deb     e’lon   qilib,
yerni   sotishni   ta’qiqlaydi.   Qul   savdosi   ham   ta’qiqlanadi,     ammo   bu   islohotlar
amalga   oshmaydi.   Mamlakatning   ijtimoiy–iqtisodiy     hayoti   tobora   tushkunlikka
yuz   tuta   boradi.   18   yilda   boshlangan   “Qizil     qoshlilar”   qo’zg’aloni   tufayli   Van
Man   halok   bo’ldi.   Kichik   Xan   imperiyasi   davridagi   taraqqiyot   zamirida   chuqur
ziddiyatlar   yashirin   edi.   Imperiyadagi   siyosiy   va   ijtimoiy-iqtisodiy     inqiroz
sharoitida   184   yilda   Qadimgi   Xitoy   tarixidagi   eng   yirik     qo’zg’alon   –   “Sariq
ro’molliklar”   qo’zg’aloni   boshlanib   ketdi.     Qo’zg’alon   bostirildi,   ammo   ichki
ziddiyatlar tufayli zaiflashgan Xitoy  220 yilda uch mustaqil davlat Vey, Shu va U
ga bo’linib ketadi.   Qadimgi Xitoy mifologiyasi to’g’risidagi manbalar asosan m.a.   XI asrga oid. Bu
afsonalar mazmuniga ko’ra kosmogonik miflar  ichida ilk, tartibsiz holatdan tabiat
va insonning paydo bo’lishi   to’g’risidagi asosiy konsepsiya, bo’linish va aylanish
berilgan. Ulardan   birinchisi jonsiz va tirik mavjudotlar tartibsizligi, ikki ilk unsur
(erkak)ning   boshlanishi   Yan   va   qorong’ulik   (ayol)   ning   boshlanishi   -   In   paydo
bo’lgan.   Ikkinchi   kontsepsiya   barcha   mavjudotlarning   paydo     bo’lishi   bu
transformatsiya natijasidir deb tushuntiradi.   Tabiat kuchlari va ulardan odamlarni
qutqargan qahramonlar to’g’risida afsonalar ko’pchilikni tashkil qiladi. Toshqin va
qurg’oqchilik   hodisalari   afsonalarda   ko’p   tilga   olinadi.     Qadimgi   xitoyliklar   u
dunyo   to’g’risidagi   tushunchalarida   yerda     mavjud   bo’lgan   tartib-qoidalar   aks
ettiriladi.   Yerda   hokimiyat   vanga     tegishli,   osmonda   hamma   jismlar   Oliy   xudo
(Di)ga buysunadi. Di  qudratli, u odamlarga marhamat qiladi yoki ularni baxtsizlik
bilan     jazolaydi.   U   odamlarga   hosilni   sovg’a   qiladi,   qurg’oqchilik   yuboradi,
yomg’ir   va   shamol   Diga   bog’liq.   Dining   yaqinlarini   Vanning   vafot     qilgan
ajdodlari  tashkil  qiladi. Vanning ajdodlari  Dining   topshiriqlarini  bajaradi  va ular
Vanning yerdam berish to’g’risidagi  iltimosini Diga etkazadi. Vanning oliy kohin
sifatidagi   vazifasi     odamlar   va   xudolar   dunesi   o’rtasida   vositachi   bo’lgan   o’z
ajdodlari    bilan  muloqotni  amalga  oshirishdir.    II-III   asrlarda  Xitoyga  budda  dini
kirib   keldi.   Afsonalarga   ko’ra,birinchi   budda   sutralari   (matn   yoki   qoida)   Xitoyga
oq   otda   olib     kelingan:   bunga   xotira   sifatida   Loyan   shahri   yonida   budda   «Oq   ot
ibodatxonasi» qurilgan va hozirgacha saqlanib qolgan. Xitoyda   sutralarni tarjima
qilish va budda dinini tarqalishi IV-VI asrlarga   tegishlidir.   Ilk Xitoy yozuvining
eng   qadimgi   yodgorliklari   m.a.   XIV-XI     asrlarga   oid   fol   ko’rish   yozuvlaridir.   In
yozuvlarining   ko’pchilik   qismi     buyumlar   tasviridir.   In   belgilari   buyumlar   tasviri
yoki   murakkab   tushunchalarni   ifodalaydigan   ko’pgina   tasvirlar   qo’shilmasi   -
ideogramma   ko’rinishidadir.     In   belgilarining   hozirgi   Xitoy   iyerogliflaridan   3   xil
farqli   tomoni     bor.   Birinchidan,   har   bir   elementar   belgi   qandaydir   buyumning
konturini tasvirlagan, ikkinchidan bir belgilini yozilishida ko’p xilmaxillik mavjud.
Uchinchidan   belgini   qatorning   nisbiy   yo’nalishiga   tomon     harakati   hali   barqaror
bo’lmagan. In yozuvining m.a. I ming yillikda  Chjoular tomonidan o’zlashtirilishi, uning   taraqqiyotini   uzib   qo’ymadi.     M.a.   II-I   ming   yilliklarda   iyerogliflarning
mahalliy   variantlari     unifikatsiya   qilindi,   belgilarni   yozishning   yangi   husnixati
paydo     bo’ldi.     Qadimgi   Xitoyda   odatda   yupqa   yog’och   yoki   bambuk
taxtachalariga   yozilgan.   M.a.   I   ming   yillikning   o’rtalarida   ipak     matoga   ham
yozilgan.   Yangi   era   boshida   qog’oz   kashf   qilinib   ishlatila     boshlandi   va   qog’oz
boshqa   materiallarni   siqib   chiqardi.     Chjango   davri   an’anaviy   ravishda   Xitoy
ma’naviy   madaniyati     tarixida   klassik   davr   hisoblanadi.   Manbalarda
ta’kidlanganidek   “Yuz     maktab   raqobati”   davri   bo’lgan   bu   davrda   qadimgi
Xitoyning   asosiy     ta’limotlari:   konfutsiylik,   legizm,   daosizm   vujudga   keldi.
Konfutsiy (Kun-size m.a. 551-479-yillar) ta’limoti bo’yicha inson tabiatan ezgulik
xislatiga   ega   va   o’z   burchini   sidqidildan   o’tashga   tayyor.   Konfutsiy     barcha
ijtimoiy munosabatlar uchun oilani namuna hisoblaydi. Oilada  kattalar kichiklarga
g’amxo’rlik qiladilar va ularni tarbiyalaydilar,  kichiklar ularni hurmat qiladilar va
ularga   bo’ysunadilar.   Davlatga   xalq     farzandlar   o’rnida,   hukmdor   ota   o’rnida
bo’ladi,   hukmdor   o’z   shaxsiy     manfaati   emas   xalq   farovonligi   to’g’risida
g’amxo’rlik   qilishi   lozim.     Eng   qadimgi   Xitoy   she’riyati   namunalari   m.a.   XI-VI
asrlarda   jez     ko’zalardagi   yozuvlarda   yetib   kelgan.   “Qo’shiqlar   kitobi”   qadimgi
Xitoy   adabiyotining   haqiqiy   xazinasidir.   Bu   yodgorlik   4   bo’limga     bo’lingan
(«Podsholik ahloqi», «Kichik odalar», «Buyuk odalar»,  «Madhiyalar») 305 poetik
asarlar majmuasidan iborat.   Musiqa, poeziya va raqs kabi san’at janrlari Xitoyda
yuqori   darajada shakllangan. Xitoy me’morchilik san’atida yog’och asosiy   xom-
ashyo   edi.   Xan   davrining   noyob   me’morchilik   yodgorligi     imperiya   poytaxti
Chanyan   shahri   12   darvozali   devor   bilan   o’rab     olingan.   Ma’muriy   binolar   sariq
rangda,   imperator   saroylari   qizil     rangda   bo’yalgan.   Xan   davrida   portret   san’ati
yuksak darajada bo’lgan,  saroylar portret freskalari bilan bezatilgan.

Xitoy sivilizatsiyasi REJA: 1. Qadimgi Xitoy davlatchiligining taraqqiyoti 2. Qadimgi Xitoy sivilizatsiyasining yutuqlari

Qadimgi Xitoy sivilizatsiyasi tarixi m.a. Xuanxe vodiysida protoshaharlar paydo bo’lgan III-II ming yilliklarga borib taqaladi. Uning yakuni esa Xan imperiyasining qulashi bilan belgilanadi. Xitoyning tabiiy sharoiti ma’lum ma’noda qadimgi Xitoy sivilizatsiyasining o’ziga xos xususiyatlarini belgilab berdi. M.a. I ming yillikning ikkinchi yarmiga qadar Xitoyning boshqa sivilizatsiyalardan uzilgan holda rivojlanganligi ham bu o’rinda muhim rol o’ynadi. Xuanxe daryosi havzasida mahalliy paleolit va mezolit madaniyatlari asosida m.a. V ming yillikda Xunshan, naqshinkor sopolli Yanshao neolit madaniyatlari shakllandi. III ming yillikda u qora sopolli Lunshan madaniyati bilan o’rin almashdi. M.a. II ming yillikda Xitoyda shahar-davlatlar tipiga kiruvchi ilk sinfiy tuzilmalar paydo bo’ldi. Ilk shahar madaniyatlari Xenani, Shansi, Shensi, Shandun va boshqa hududlarda topilgan. Ularning orasida Xenandagi Anyan shahri rayonida topilgan “Buyuk shahar Shan” ajralib turgan. Shan (In) shahar davlati anchagina yirik birlashmaning boshida turgan. Shan hukmdori van deb atalgan. Ular harbiy vakolatlarga va oliy kohinlik funktsiyalariga ega bo’lgan. Shanliklar doimiy urushlar olib borgan, harbiy asirlar ommaviy ravishda ilohiylashtirilgan ajdodlar va ruhlarga qurbonlik qilingan. M.a. II-I ming yilliklar chegaralarida Shanga g’arbdan, Vey daryosi havzasidan kelgan chjou qabilalari tomonidan bosib olingan. Istilo oqibatida chjouliklar katta, ammo mustahkam bo’lmagan davlat birlashmasi tuzganlar. U an’anaviy ravishda G’arbiy Chjou deb ataladi. Uning tepasida Chjou podsho urug’idan bo’lgan va shanliklardan “van” unvonini qabul qilgan merosiy hukmdorlar turgan. Bu davrda podsholikning kelib chiqishi ilohiylashtirilgan. Van Osmon O’g’li (Tyan-tszi) va uning yerdagi de sehrli kuchiga ega “Yagona” timsoli deb e’lon qilingan. Van hokimiyatni Osmondan olgan va u Tyansya – Osmon ostining hukmdori deb hisoblangan. G’arbiy Chjou davlati despotik shaklga ega bo’lmagan, vanlar hokimiyati uning huzuridagi amaldorlar kengashi bilan cheklangan. M.a. IX asrdan G’arbiy Chjouda davlati ichki siyosiy inqirozlar davri boshlandi. Chjou zodagonlari – chjuxou separatizmining o’sishi bilan vanlarning harbiy qudrati susaygan. M.a. VIII asr boshlarida shimoli-g’arbdan kirib kelgan ko’chmanchilar

hujumining kuchayishi sharoitida G’arbiy Chjou tashqi xavfga qarshi tura olmagan. Chjouliklarning Vey daryosi havzasidagi yerlari tsyuanjunlar tomonidan bosib olingach, m.a. 770 yilda Chjou poytaxti sharqqa (hozirgi Loyan hududi) ko’chirilgan. Endi manbalarda Sharqiy Chjou deb atala boshlagan davlatning hududi keskin qisqargan. Xitoyda bir qancha mustaqil podsholiklar paydo bo’ldi. Ular orasida Xuanxening o’rta oqimi va Buyuk Xitoy tekisligidagi madaniy an’analarining yagonaligi bilan mashhur bo’lgan podsholiklar ajralib turgan. Bu podsholiklar mamlakatning an’anaviy birligini ramzi sifatida Chjou vanining Osmon O’g’li sifatidagi oliy hokimiyatini rasman tan olardilar. Bu podsholiklar hududida xuasya madaniy-genetik mushtarakligining shakllanish jarayoni borar edi, natijada m.a. I ming yillik o’rtalarida o’rta podsholiklarning (chjungo) barqaror etnomadaniy-siyosiy majmui tashkil topdi. Chjungojen (o’rta podsholik odamlari) larning madaniy ustunligi g’oyasi qadimgi xitoyliklar o’zo’zini anglashining muhim komponentiga aylandi. Chjou an’anasiga ko’ra Xitoyda mahalliy etnik asosda tashkil topgan va o’rta podsholiklardan til va madaniyat jihatidan farq qiladigan, ammo hudud va taraqqiyot jihatidan kam bo’lmagan boshqa davlatlar “varvarlar” sifatida talqin qilingan. Chuntsyu (Bahorlar va kuzlar) davrida o’z hukmini butun Osmon ostiga o’tkazgan “Besh gegemon” orasida to’rttasi “varvar” podsholiklardan edi. M.a. V-III asrlarda, Chjango (kurashayotgan podsholiklar) davrida eng kuchli yetti podsholikdar uchtasi xuasya podsholiklari emas edi: Yan, Chu va Tsin. O’rta podsholiklar qo’shni xalqlar bilan doimiy aloqada bo’lgan, bunda assimilyatsiya va o’zaro ta’sirning murakkab jarayoni ham borgan.Chuntsyu davridagi podsholiklarda yetakchi mavqe merosiy aslzodalarga tegishli edi. Yirik podsholiklarda asta-sekin markaziy siyosiy-ma’muriy tizim joriy etila boshlandi. Asosiy ishlab chiqaruvchi kuch erkin dehqon-jamoachilar edi. Jamolar orasida mulkiy tengsizlik jarayoni kuchaydi. Qarz uchun qullik paydo bo’ldi. M.a. I ming yillik o’rtalarida Xitoyning siyosiy xaritasi Chuntsyuning boshlanish davriga ko’ra o’zgarib ketdi. 200ga yaqin davlat birlashmalaridan 30 dan ozi qoldi. Bu davr ishlab chiqaruvchi kuchlarning o’sishi, temir eritishning o’zlashtirilishi, hunarmandchilik va

dehqonchilikning, sug’orish tizimlari barpo etishning rivojlanish davri edi. Tsin podsholigi tomonidan IV asr oxiri- III asr boshlarida yirik suv xo’jalik tadbirlarining o’tkazilishi bilan sug’orma dehqonchilik uning ravnaqi garoviga aylandi. Chjango davrida qariyb yarim million aholiga savdohunarmandchilik shaharlari paydo bo’ldi. Yerga jamoa mulkchiligi tizimi tugadi. M.a.. 1000 yillik o’rtalaridan yerni sotish va olish huquqi bilan yerga xususiy mulkchilik paydo bo’ldi. Davlat yer egalaridan yer solig’ini olishni joriy qildi, boy hunarmand- savdogarlar tabaqasi shakllandi. M.a. IV asrda ijtimoiy–iqtisodiy munosabatlarni barqaror holatga keltirish uchun ko’pgina podsholiklarda islohotlar o’tkaziladi. Ana shunday islohotlardan biri m.a. 350 yilda Tsin podsholigida oliy amaldor Shan Yan tomonidan o’tkaziladi. Mamlakat uezdlarga bo’linadi, yer sotib olishga ruxsat beriladi, o’lchov birliklari unifikatsiya qilinadi, urug’ zodagonlarning ayrim imtiyozlari bekor qilinadi. Ushbu islohotlardan so’ng Tsin qudratli davlatga aylandi. Ichki ziddiyatlardan foydalangan Tsin vanlari butun Xitoyni birlashtirdilar. M.a. 221 yilda Tsin so’nggi mustaqil podsholikShandun orolidagi Tsi podsholigini bosib oldi. Tsin vani In Chjen yangi “xuandi” - imperator unvonini oldi va tarixga Tsin Shixuandi – “Tsinning birinchi imperatori” sifatida kirdi. Tsin poytaxti Syayan imperiya poytaxtiga aylandi. Tsin Shixuandi shimoliy chegaralarning xavfsizligini ta’minlash uchun misli ko’rilmagan qurilish: minglab kilometr uzunlikdagi Buyuk Xitoy devorni bunyod qilishga kirishdi. Janubiy Koreya va Shimoliy Vyetnamga borsqinchilik yurishlari uyushtirildi. Tsin Shixuandi yakka hukmdor boshchiligidagi harbiy-ma’muriy imperiyani barpo etdi. Tsinliklar unda imtiyozli o’rin egalladi. Qonun bilan teng huquqli erkin fuqarolar uchun yagona bo’lgan “qora boshlar” nomi joriy etildi. F A R H O D, [13.12.2021 19:53]M.a. 210 yilda Tsin Shixuandi vafotidan so’ng boshlangan xalq qo’zg’oloni Tsin sulolasini agdarib tashladi. Qo’zg’alon boshliqlaridan biri mayda amaldor Lyu Ban m.a 202 yilda «Xan imperatori» unvonini qabul qilib, Xan imperiyasiga asos soladi. Bu sulola Xitoyda eramizning III asrigacha hukmronlik qiladi. Xan imperiyasi tarixi ikki davrga bo’linadi: To’ng’ich Xan (m.a.202 yildan – milodiy 8 yilgacha) va Kichik Xan (milodiy 25-220 yillar) imperiyasi. Imperator

U-Di (m.a. 140-87 yy) boshqaruvi yillari Xan imperiyasining eng gullab - yashanagan davri edi. U-Di markazlashtirish siyosatini olib boradi. Konfutsiylik davlatning yagona mafkurasi sifatida qabul qilingan. U-Di faol istilochilik siyosatini olib boradi. Xitoy Hindistonga boradigan yo’lda Yuanyan va Sichuanni, m.a. 108 yilda Koreya yarim orolidagi Choson davlatini bosib oladi. U-Di shimolda ko’chmanchi xunnlar hududini bosib olishga harakat qiladi. Xunnlar bilan urush yillarida Xitoy O’rta Osiyo bilan birinchi aloqalarni o’rnatadi. U-di m.a 139 yilda o’z elchisi Chjan Tsyanni O’rta Osiyo («G’arbiy o’lka»)ga yuborgan, elchi o’n yildan keyin Xitoyga qaytib keladi. Xitoyliklar Farg’ona (Dovon), Baqtriya (Dasya) va Parfiya (Ansi) to’g’risida bilimga ega bo’ladilar va bu mamlakatlar bilan aloqa o’rnatadilar. Ana shu vaqtda Xitoy O’rta Osiyodan uzum, loviya, beda, anor va yong’oq daraxti, musiqa asboblari, idish-tovoqlarni o’zlashtirib oladi. Keyinchalik Xitoy O’rta Osiyodan budda dinini qabul qiladi. Imperator U–Dining hukmdorlik yillari qadimgi Xitoy tarixida «oltin davr» deb hisoblandi. Xan davrida qullarning soni oshdi. Xususiy, davlat qullari, qarz uchun qul qilingan qullar mavjud edi. M.a. II-I asrlarda xalqning iqtisodiy ahvoli yana og’irlashadi, yer va boshqa boyliklar oldi-sotdisi keng tus oladi. Milodiy asr boshlarida yillarida yirik amaldor Van Man (9-23 yy) imperator hokimiyatiga ega bo’lib, yer egaligi va quldorlik munosabatlarida islohot o’tkazadi. Bu vaqtda dehqonlarning yersizlanishi kuchayib, katta-katta yer maydonlari alohida qullarda to’planib qolgan edi. Van Man barcha yerlarni imperator mulki deb e’lon qilib, yerni sotishni ta’qiqlaydi. Qul savdosi ham ta’qiqlanadi, ammo bu islohotlar amalga oshmaydi. Mamlakatning ijtimoiy–iqtisodiy hayoti tobora tushkunlikka yuz tuta boradi. 18 yilda boshlangan “Qizil qoshlilar” qo’zg’aloni tufayli Van Man halok bo’ldi. Kichik Xan imperiyasi davridagi taraqqiyot zamirida chuqur ziddiyatlar yashirin edi. Imperiyadagi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy inqiroz sharoitida 184 yilda Qadimgi Xitoy tarixidagi eng yirik qo’zg’alon – “Sariq ro’molliklar” qo’zg’aloni boshlanib ketdi. Qo’zg’alon bostirildi, ammo ichki ziddiyatlar tufayli zaiflashgan Xitoy 220 yilda uch mustaqil davlat Vey, Shu va U ga bo’linib ketadi.