Xolchayon yodgorligi


Mavzu: Xolchayon yodgorligi Reja: 1 Kirish qismi: Xolchayon yodgorligi tarixi va ahamiyati haqida qisqacha ma'lumot berilishi. 2 Asosiy bo'limlar 2.1Xolchayon yodgorligining sabablari va shakllanish jarayoni 2.2 Xolchayon yodgorligining moddaviy va madaniy o'zgarishlari 2.3 Xolchayon yodgorligining turli manbalardan olingan ma'lumotlari va ularning tadqiqotlari 3 Xolchayon yodgorligining ahamiyatli hodisalari yoki insonlarga o'tkazgan tasiri. 4Yakun qismi: Xolchayon yodgorligi fikrlar va tavsiyalar. 5Xulosa
Xolchayon yodgorligi Surxondaryo viloyatining Denov tumanida topildi. 1959- yilning bahorida Xolchayon jamoa xo‘jaligining texnik ta’mirlash joyi kengaytirilayotganda buldozer kichik bir tepalikning chetini qirqqanida uchta tosh ustun bo‘laklarini sudrab chiqargan, topilgan narsalar to‘g‘risida arxeologlarga xabar berilgan. 1960-yilda San’atshunoslik institutining professori G.A. Pugachenkova rahbarligidagi ekspeditsiya Xolchayon tepaligini tekshira boshlaydi. Bu yerdan topilgan yodgorliklar olimlarning har qanday tasavvuridan oshib tushdi, fanga yana bir tarixiy boylik Baqtriya badiiy madaniyatining ajoyib yodgorligi qo‘shildi. Xolchayon topilmalarini ilmiy tekshirish jarayonida Xonaqohtepa, qorabog‘tepa, Maslahattepa kabi tepaliklar ochib o‘rganildi. Xonaqohtepada saroy poydevori toshdan, devori esa qalin (1,04 2,30 m) xom g‘ishtdan ishlanganligi aniklandi. Xolchayondagi tekshirishlar Baqtriya- Kushon zamonining binokorlik texnikasi to‘g‘risidagi ma’lum tasavvurni yanada kengaytirdi. Xolchayon saroyi arxitektura jihatidan g‘oyat muhimdir. Asosiy zalining uch devori 3 m balandlikda oq ganch bilan suvalgan, undan yuqori qismlarda mahobatli haykallar joylashtirilgan. To‘rtinchi devorning to‘q qizil fonida oq ganchdan barg, gul, bir bosh uzum tasvirlanib, naqsh solingan. Saroyning asosiy zalidan chiqiladigan ayvondagi naqshlarda erkaklar surati ham bor: erkaklardan biri baqtriyalikka, yana biri mo‘g‘ulga o‘xshaydi. Uch metr balandlikdagi panel tepasidagi haykal
qizil va qora rang mineral bo‘yoq bilan bo‘yalgan. Haykalni to‘la tiklash mumkin bo‘lmadi, chunki uning-maydamayda bo‘laklarigina saqlangan. Haykallarning kattaligi odam bo‘yining uchdan ikki qismiga to‘g‘ri keladi. Arxeologlar bu boshni yerdan ehtiyotlik bilan kovlab olganda ularga kipriklari osilib turgan, salgina g‘ilay qora ko‘zlar qarab turganday ko‘ringan. Topilgan ayol haykali ham diqqatga sazovordir: yuzi keng, oq dubulg‘a toshda hurpaygan sochlari aniq ko‘rinib turadi. Haykal tanasidan topilgan parchada haykal ustidagi xalat yoki yoping‘ich saqlangan, xalat tagida to‘q qizil rang ko‘ylak ustidan beldan yuqorida oq tasma bog‘langan. Bu haykal, tanasi, vaziyati, qo‘llarining turishi, dubulg‘a va xalatiga qaraganda, ma’buda Afina haykali bo‘lsa kerak. Markaziy Osiyoga yunonlar ma’budasining qiyofasini makedoniyalik Iskandar olib kelgan, albatta. Xolchayon haykallari orasida Mitra, Nika va boshqa ma’budalarning qiyofalariga yaqin qiyofali haykallar ham bor. Haykal parchalari orasida Xolchayon sozandalari haykallarining parchalarini ham uchratish mumkin. Baqtriya-Kushon yodgorliklarining yuksak san’atida ellin haykaltaroshligi bilan Parfiya san’ati an’analari ko‘rinadi. Xolchayon haykali hozirgacha noma’lum desa bo‘ladigan qadimgi Baqtriya san’atining allaqachonlar unutilib ketgan so‘qmoq yo‘lidagi yorqin izlaridandir. Xolchayonda tadqiqot olib borilgan bir nechta joyda Yunon-Baqtriya podshohligi davri (mil. avv. III-I asrlar) arxeologiyasi aks etgan. Demitriy tangasining topilishi hamda qorabog‘tepada mil. avv. I asrlarga oid imoratlar qayd etilgani
bunga misol bo‘la oladi. Xolchayonda ossuariy sifatida og‘ir qopqoqli a’lo darajada tayyorlangan xum tanlangan. Uning ichida bir to‘p ko‘krak suyagi va shikastlangan bosh suyagi yotardi. Aftidan, «ko‘mishga tayyorlash» marosimida «Avesto»dagi mazdakchilik qonunqoidalariga amal qilingan ko‘rinadi. Murda dastlab yyrtqich qushlar yoki maxsus boqilgan murdaxo‘r itlar yeb ketishi uchun qo‘yilgan. So‘ngra tozalangan suyak qoldiklari suyakdonga joylashtirilgan. Baqtriyaliklarning dafn marosimlari to‘g‘risida qadimiy mualliflarning ma’lumotlari deyarli yo‘q. Strabon Onesikritning baqtriyaliklar tirik keksalarni maxsus boqilgan odamxo‘r «go‘rkov» itlar yemishiga tashlashlari haqidagi xabarini keltiradi. Bu odatni Aleksandr Makedonskiy ta’qiklaydi, ammo ko‘mish marosimi to‘la tasvirlanmagan. Ayni paytda parfiyaliklar haqida yozganda, ularning «odatdagi ko‘mish marosimi itlar yoki qushlar yeb ketishi»dan iborat, g‘ajib tashlangan suyaklarni esa ular yerda saqlaydilar, deyilgan. Strabon yozgan ma’lumotga ko‘ra, Baqtriyadagi shahar devori orti toza bo‘lgan, biroq ichki katta qismi «odam suyagi bilan to‘libtoshib ketgan ekan». Shunday qilib, gap marhumning suyagini qandaydir tashqi qabristonda emas, balki aynan aholi maskani ichida saklash to‘g‘risida borayotir. Buni Xolchayondagi xum ossuariyning qadimiy qo‘rg‘onning aholi zich yashaydigan qismida saqpanib qolganligi ham tasdikdaydi. Antik davrda xumga solib ko‘mish an’aiasi Janubiy Tojikiston hududida (mil. avv. III asrlar) ham uchraydi. Biroq, u yerlarda yarim