Jarqo'ton arxeologik yodgorligi va uning o’rganilishi
Mavzu : Jarqo'ton arxeologik yodgorligi va uning o’rganilishi Reja : I . Kirish ........................................................................................... II. Asosiy qism................................................................................. Sopolli madaniyatiga mansub qabilalarning jez davri yodgorligi[ I. Bob. Sopolli madaniyatiga mansub qabilalarning jez davri yodgorligi....................................................................................... 1. 1. Jarqo’ton yodgorligining aniqlanishi va uning o’ziga xos tomonlari ........................................................................................ 2. Bob. Jarqo’ton shaharsozlik madaniyati........................... 2.1 Asqarovning Jarqo'ton yodgorligidagi tadqiqotlari....... 2.2. Jarqo’ton yodgorligida olib borilayotgan qo'shma ekspeditsiyalar va ularning natijalari.................................................... III. Xulosa.......................................................................................... IV. Foydalanilgan adabiyotlar ........................................................... 1
I. Kirish . Mavzuning dolzarbligi O‘zbekiston davlatchiligi tarixini o‘rganar ekanmiz, uning shakllanishida ilk shaharlarning o‘rni yuqori ekanligiga guvoh bo‘lamiz.Bu shaharlarni o‘rganishda Jarqo‘tonning ilk shahar sifatida e’tirof etilishi diqqatga sazovardir. Chunki, Jarqo‘ton yodgorligida shahar toifasiga oidligini tasdiqlovchi saroy qoldig‘i, mafkuraviy markaz bo‘lganligini bildiruvchi ibodatxona, shohlar saroyi joylashgan arkning mudofaa devorlari bilan o‘rab olinganligi,jamoalarning ijtimoiy guruhlarga ajralganligini ko‘rsatuvchi minglab qabrlaraholisining hunarmandchilikda, me’morchilikda erishgan yutuqlariga qarab A. Asqarov va Sh. Shirinovlar Jarqo‘ton yodgorligini ilk shahar toifasiga kiritishadi.O‘rta Osiyoda ilk shaharlar paydo bo‘lish shart-sharoitlari va o‘ziga xos xususiyatlarini arxeologik ma’lumotlar asosida o‘rganishda Jarqo‘tonda ilk shaharga oid barcha xususiyatlar o‘z tasdig‘ini topganligini arxeologik va ilmiy manbalar to‘la tasdiqlagani bilan ham ahamiyatlidir. Davlatchilikning vujudga kelishida uning bosh ildizi ilk shaharlarga borib taqaladi.Chunki, shaharlar davlatning ma’muriy, xarbiy-siyosiy, ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy markazlari sifatida mavjud bo‘lgan. Shu jumladan, Jarqo‘ton o’zbek davlatchiligining shakllanishida ilk shahar vazifasini bajarib, diniy mafkura asosida boshqarilgan. Jarqo‘ton nafaqat diniy markaz, balki jamiyatning boshqaruv markazi ham bo‘lgan. Bu yerda ibodatxona qurilishigacha qandaydir boshqaruv markazi saroyga o‘xshash inshoot bo‘lib, bu inshoot avval jamiyatning boshqaruv markazi bo‘lgan. 2
I. Bob. Sopolli madaniyatiga mansub qabilalarning jez davri yodgorligi Baqtriya janubiy O‘zbekistonning ajralmas qismi sifatida o‘zbek davlatchiligi tarixida o‘zining butun rivojlanish bosqichlari davomida buyuk yuksalish, inqiroz va yana rivojlanish davrlarini boshidan kechirgan. Uning hududida o‘rganilgan Jarqo‘ton yodgorligi va u yerdan topilgan ibodatxona bu masala echimida muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi. Ushbu yodgorlikda saroy hamda olov ibodatxonasining o‘rganilishi, Jarqo‘tonda Davlatchilikning eng zarur shartlari bo‘lgan hukmdorlar guruhi to‘liq Shakllanganligidan dalolat beradi. Jarqo‘ton o‘zbek davlatchiligi tarixidagi eng qadimgi moddiy madaniyat manba Bo‘lib, u turmush-tarzi va madaniyati o‘troq bo‘lgan ajodlarimizdan qolgan Yodgorlikdir. Jarqo‘tondan topilgan ashyoviy dalillar uni mil.avv. II ming yillikning O‘rtalariga taaluqli ekanligini tasdiqlaydi. 1 Shu davrga oid o‘nlab yodgorliklar butun Surxondaryo bo‘ylab va Tojikistonning unga tutash hududlaridan topib o‘rganilgan . Ular orasida maydoni va ichki topografik tarkibi jihatidan shahar talabiga javob Berishi mumkin bo‘lgan yodgorlik Jarqo‘ton bo‘lib, u o‘z davrining nafaqat yirik Shahri, balki SHimoliy Baqtriya hududida birinchi bor tashkil topgan ilk davlat –Qadimgi Baqtriya podsholigining bosh shahri bo‘lgan bo‘lishi ham mumkin.Jarqo‘tonning eng baland joyi 6-tepalik bo‘lib, bu tepalik yodgorlikning Markaziy qismida joylashgan. Akademik A.Asqarov va uning shogirdlari tomonidan Ushbu tepalikda olov ibodatxonasining ochib o‘rganilishi yurtimiz tarixini, xalq E’tiqodini o‘rganishda, shu jumladan shaharsozlik va davlatchilik tariximizni Yoritishda ko‘plab yangiliklarni qo‘lga kiritish imkonini beradi Zardushtiylik dinining paydo 1 .AсқаровА. Энг қадимий шаҳар. –Т.: Maьнавият, 2001. 3
bo‘lishi masalasi, uning O‘rta Osiyo xalqlari, shu Jumladan, o‘zbek davlatchilik tarixi ildizlari bilan bog‘liqligi, arxeologik Ashyolarning tahliliga ko‘ra, ilk zardushtiylik dinining kurtaklari mil.avv. II ming Yillikning ikkinchi yarmiga tegishli, deb aytishga imkon bermoqda. Zardushtiylik Dinining shakllanishi bilan bog‘liq maxsus monumental otashparastlik ibodatxonalari Va otashgohlar bronza davrida qadimgi dehqon jamoalarining ilk shaharlar tarkibida Qad ko‘targani, bu din ilk davlatchiligining mafkuraviy asosini tashkil etganligini Ko‘rsatmoqda. So‘nggi yillarda ibodatxona joylashgan tepalikda O‘zbek-German ekspeditsiyasi Qazishma ishlarini olib borib, ibodatxona qurilishiga qadar ham bu tepalikda Mahobatli inshoot bo‘lganligini aniqladilar. 6-tepalikning eng quyi qatlamida Joylashgan ushbu bino Jarqo‘ton davrida qayta tiklangan va bizgacha u binoning bir Qator g‘isht balandligidagi holati saqlangan. O‘rganilgan bino to‘g‘rito‘rtburchak Shaklida bo‘lib, 0,90 metr qalinlikdagi devor bilan o‘ralgan. Ushbu bino ichida Tomonlari 7 metrdan iborat kvadrat shaklidagi zal, atrofida esa, yo‘laksimon Xonalardan iborat bo‘lgan majmua ochilgan. Majmua devorlari va pollari gips bilan Suvalgan va bevosita bronza davri shohona saroyi, ya’ni “oq saroy”ni eslatadi. Bu Monumental binoni ishonch bilan saroy deb atash mumkin.Jarqo‘ton ibodatxonasi majmuasida tadqiqotchilar tomonidan jami to‘rtta Qurilish davri kuzatilgan bo‘lib, uning eng quyi qatlami yuqorida aytib o‘tilgan “oq saroy” hisoblanadi. Ibodatxonaning qolgan yuqoridagi uchta qurilish davri A.Asqarov va T.SHirinovlar tomonidan o‘rganilgan. 1. 1. Jarqo’ton yodgorligining aniqlanishi va uning o’ziga xos tomonlari . 4
Jarqoʻton — qadimiy shahar xarobasi, mil.avv. 2-ming yillikning ikkinchi yarmi). Sherobod tumani (Sherobod daryo irmogʻi Boʻstonsoy oʻzanining chap sohili)da joylashgan. Sopollitepada madaniyatiga mansub qabilalarning jez davri yodgorligi[1]. Jarqo‘ton aholisi sugʻorma dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullangan. Oʻzbekiston FA Arxeologiya institutining A. Asqarov rahbarligidagi ekspeditsiyasi qazish ishlari olib borgan (1973-yildan). J. (mayd. 100 ga) mudofaa devori bilan oʻralgan markaziy qoʻrgʻon, otashparastlar ibodatxonasi (qarang Jarqoʻton otashkadasi), qabriston (mayd. 20 ga), bir necha dahalardan iborat boʻlgan.1 J.da turar joy qoldiqlari, ibodatxona, kulolchilik mahallasi, metall eritiladigan ustaxonalar, 1000 dan ortiq qabrlar ochib oʻrganildi. 2 Turar joy binolari katta bichimli xom gʻishtdan (55x29x9 sm) bir yoki bir necha xonali qilib qurilgan. Xonalar sahni va devori somonli loy bilan suvalgan. Koʻchalar tor, daha ibodatxonasiga boruvchi yoʻlga shagʻal yotqizilgan. Erkaklar oʻng yonboshi, ayollar chap yonboshi bilan gʻujanak holda koʻmilgan. J.dan toshdan yasalgan omoch tishi, koʻplab sopol idish (xumcha, koʻzacha, togʻora, kosa, piyola, togʻoracha, lagan) lar jez igna, bigiz, xanjar, sopol andava, chaqmoqtoshdan ishlangan paykonlar, jez taqinchoqlar (rangli toshlar qadalgan koʻplab toʻgʻnogʻich, bilaguzuk, zirak, oyna) qimmatbaho toshlar va suyakdan yasalgan munchoqlar, jez surmadon, qabila muhr tamgʻalari, ip mato qoldigʻi va b.topilgan. Jarqo‘ton yodgorligi Sopollitepaliklar asos solgan ilk shahar Hisoblanadi. U Bo‘stonsoyning chap sohilicfa joylashgan boMib, 100 ga Maydonni egallagan. Bu erning aholisi ham dehqonchilik bilan Shug‘ullanib, kamida 500 yil shu erda yashaganlar. JarqoMon uch qismdan iborat. Uning arki 3ga maydonni egallagan. Arkning atrofi mudofaa devorlari bilan o ‘rab olingan. 2 Шайдуллаев А., Боқиев А., Йўлдошева З. Окс цивилизацияси. –Т., 2015. 5