logo

Qo’shbegi arxiv hujjatlarining Buxoro tarixi va o’rganilishi.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

29.0732421875 KB
Mavzu:Qo’shbegi arxiv hujjatlarining Buxoro  tarixi va o’rganilishi.
Reja
1. Buxoro amirligi  arxivining shakllanish tarixi.
2. Buxoro qushbegisining ma’muriy hujjatlari.
3. Tashqi aloqalar haqidagi hujjatlar. Buxoro amirligi Qushbegi arxivi
O’tmish ajdodlardan qolgan tarixiy yozma manbalar qatoridan haqli ravishda
o’rin   olgan   hujjatlardan   biri   Buxoro   amiri   Qushbegi   arxiv   hujjatlaridir.   Ushbu
arxiv   hujjatlari   XIX   asr   oxiri     XX   asr   boshlarida   Buxoro   amirligi   tarixini–
o’rganish   uchun   qimmatli   manba   bo’lib   xizmat   qiladi.   Arxivning   bir   qismi,
Buxoro-Rossiya   diplomatik   va   savdo   munosabatlariga   doir   qismi   shu   kunlarda
Moskvada,       Qa dim gi   hujjatlar   Markaziy   Davlat   arxivi   da,   yana   bir   qismi
O’zbekis ton   markaziy   Davlat   tarix   arxivi   da   saqlanmoqda.   Moskvada   saqla -
nayotgan   hujjatlar   Buxoro,   Xiva   va   Balx   xonliklarining   Rossiya,   Hin diston   va
boshqa   mamlakatlar   bilan   bo’lgan   siyosiy   va   iqtisodiy   alo qalari   tarixini
o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Maz k ur   qushbegi   arxivi   hozirda   O‘zbekiston   Davlat   tarix   arxivi   fondida   (№   I-
126) saqlanadi. Ushbu arxiv xonlikning ijtimoiy-siyosiy ta ri xi, iqtisodiyoti va boshqa
masalalarni   o‘rganishda   muhim   manba   rolini   o’ynaydi.   Lekin   bu   fond   hali   yaxshi
o’rganilmagan.   Fondning   ayrim   hujjatlaridan   P.P.Ivanov,   A.A.Semyonov,
M.A.Abduraimov,   K.M.Mirzo yev   va   Halim   To’raev   foydalanganlar.   Hozirda
Qushbegi   arxi vining   A.Muhammadjonov   tayyorlagan   nashri   Buxoro   amirligi ning
ma muriy hududiy tuzilishi haqida muhim ma lumotlarni o’zida jamla	
’ ’ gan. Shu nashr
asosida M.Abduvahobova maxsus risola chop ettirdi. Unda amirlik tarixiy toponimikasi
bo’yicha qiziqarli ma lumot	
’ lar tahlil etilgan. 
Mazkur   Qushbegi   arxiv   hujjatlarining   1931   yilda   topilishi       O’rta   Osiyoda
hech   qanday   arxiv   bo’lmagan     deyilgan   da volarga   o’rin   qol	
’ dirmadi.   Ayniqsa
1930   yildan   keyin   Xiva   va   Qo’qon   xonligi   arxivlari ning   ochilishi   O’rta   Osiyo
xonliklarida   XIX-XX   asr   boshlaridagi   davlatchilik   tarixida   muhim   voqea   bo’ldi.
Ushbu   arxiv   hujjatlari   xon lik lar   tarixidagi   ayrim   voqealarga   aniqlik   kiritish,
ma lumotlarni to’ldirish imkoniyatini tug’dirdi.	
’
Arxiv hujjatlarining tarkibi har xil hujjatlardan iborat bo’lib, ular orasida turli
mulkiy   munosabatlar,   huquqiy   masalalar,   ijtimoiy,   ma	
’ naviy   sohalarga   oid minglab  hujjatlar   bor.  Bularning   hammasi   birga likda  ijtimoiy-iqtisodiy,   madaniy-
maishiy   tarix,   ichki   ma muriy  bosh’ qaruv  tizimi   kabi   qator   tarixiy  muammolarni
yaxlit hal qilishga xizmat qiladi. Qushbegi  arxivida Buxoro amirligining ijtimoiy,
iqtisodiy va madaniy hayoti va tarixiy geografiyasi to’g’risida boy faktik material -
lar   mavjud.   Qushbegi   arxivi   sohalar   bo’yicha   turli   tarixiy   muam mo larni     aholi	
–
demografiyasi, soliq tizimi, etnik joylashuvi, etnik tarki bi, ma muriy tizim tarixi	
’
va   shu   kabi   boshqa   masalalarni   hal   qilish   uchun   qimmatli   ma lumotlar   beradi.
’
Mamlakatimiz   tarixini   to’laqonli   o’rganishda   manbaviy   asos   bo’lib   xizmat
qiladigan   Qushbegi   arxiv   hujjatlarining   roli   nihoyatda   muhimdir.   Tariximizning
hujjatli yodgor lik larining ahamiyati shu qadar muhimki, O’zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining 1999 yildagi XIV sessiyasida   Arxivlar to’g’risi da gi Qonunda bu
o’z aksini topdi. Bu qonunda arxivlarning ahamiya ti alohida e tirof etildi. Qonun	
’
ijtimoiy   fanlarni   rivojlantirishda   arxiv   hujjatlaridan   foydalanishni   yanada
jadallashtirdi.
1999   yildagi   Oliy   Majlisning   XIV   sessiyasida   Prezidentimiz   I.A.Ka rimov
chet   el   fondlarida   saqlanayotgan   minglab   arxiv   hujjatla rini   O’zbekistonga
qaytarish zarurati to’g’risida gapirdi.
    Buxoro   amirligi   Qushbegi     fondi   faktik   materiallarga   boy   huj jatlar
to’plamidan iborat. Bu fond materiallari hali to’liq o’rganilgan emas. Uning ayrim
hujjatlaridan   A.R.Muhammadjonov   o’zining   Bu xo ro   amirligidagi   aholi   punktlari
kitobini yozishda foydalangan. Mu al lif kitobda o’n viloyatlar, tumanlar, amloklar,
mavzelar,   bekliklar,   qishloqlar   haqida   ma lumotlar   beradi.   Ro’yxatlarda   ko’p	
’
hollarda   nafaqat   joylarning   geografik   nomlari,   hatto   aholi   tarkibi,   unga   qarashli
bo’lgan chorva mollari to’g’risida, hududda istiqomat qiluvchi qabi lalar to’g’risida
ma lumotlar   berilgan.   Mazkur   fonddagi   hujjatlarda   Buxoro   amirligiga   qarashli	
’
mulklardagi  ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy hayot, etnografik ma lumotlar  berilgan.	
’
Shuning   uchun   Buxoro   amiri   Qushbegi   arxivi   nafaqat   O’zbekiston   tarixi,   balki
Tojikiston va Turk maniston aholisi tarixi to’g’risida ham qimmatli ma lumotlarga	
’
boy   fond   hisoblanadi.   Chunki   Buxoro   amirligi   hududi   hozirgi   O’zbekiston, Tojikiston  va   qisman  Turkmaniston   hududlarini  qamrab  olgan  edi.  Buxo ro  amirligi
tarixini   o’rganishda   arxiv   hujjatlarida   uchragan   joy   nomlarining   ba zilari   hozirgi’
kunlarda   ham   ba zan   to’liq,   yoki   qisman   o’zgargan   formada   saqlanib   qolganligini	
’
kuzatishimiz   mumkin.   Huj jat lar   uzoq   yillar   davomida   til   sohasidagi   sodir   bo’lgan
o’zgarishlarni ham kuzatishlari mumkin. Hujjatlar Buxoro amirligi aholisining etnik
tarkibi ni   o’rganishda   ham   qo’l   keladi.   Ammo,   turli   xil   tillarning   bir   hududda   amal
qilinishi   natijasida   ularning   aralashib   ketishi   oqibatida   aholining   etnik   tarkibini
o’rganishda   ba zi   qiyinchiliklarni   tug’dirishi
’ ni   ham   ta	’ kid lab   o’tmoq   zarur.
Shuning   uchun   jug’rofik   nomlarni   tilshu noslik   va   tarixiylik   nuqtai   nazaridan   ham
ilmiy tahlil qilish lozimdir.
Ma lumki   1868   yilda   Buxoro   amirligining   Ziyoddingacha   bo’lgan   qismi	
’
Rossiya   imperiyasi   tomonidan   bosib   olingan.   1873   yilda   tuzil gan   shartnomaga
binoan Buxoro amirligi Rossiyaning vassaliga aylan gan. Rossiya albatta Buxoroda
o’zining boshqaruv tizimini   viloyat, tuman, qishloq, guzar va boshqa ma muriy	
– ’
pog’onalarni joriy qildi. Rossiya imperiyasi  Buxoro amirligini yanada ko’proq va
har   tomon lama   tobe   qilish   yo’llarini   izladi.   Shulardan   biri   XX   asr   boshlarida	
’
Rossiya   tomonidan   Buxoro   amirligining   aholi   resurslarini,   xo’jalik   iqtisodiy
salohiyatini imkon qadar chuqurroq o’rganishga qaratilgan sa y-harakati edi.	
’
Buxorodagi   Rossiya   siyosiy   agentligi   amirlikdagi   mamlakat   aholisi   ijtimoiy-
iqtisodiy   salohiyatini   va   ma muriy   tizimini   o’rganish	
’ ga   yo’nal ti rilgan
ma lumotlarni   to’plashga   kirishdi.   Unga   binoan   1914-1915   yillar	
’ da   Buxoro
amirligining Qushbegi mahkamasi tomo ni dan barcha viloyatlar, tumanlar, qishloqlar,
guzarlar,   rabotlar,   mav zelar,   daha   va   boshqalar   batafsil   ro’yxatga   olinib,   agentlikka
taqdim   qilingan.   Shunday   qilib,   Buxoro   amirligidagi   Rossiya   siyosiy   agent ligi da
boshqaruv   jarayo ni   uchun   zarur   bo’lgan   muhim   statistik   axborot   tizimi   yaratilgan.
Qush begi mahkamasi tomonidan taqdim qilingan ushbu ro’yxat bugungi kunda o’ta
noyob   tarixiy   manba   sifatida   baholanadi.   Ushbu   Qushbegi   arxiv   hujjatlarining
topilishiga kelsa, 1931 yilda Buxoro muzeyi xodim lari tomonidan Ark yerto’lasidan
Qushbegi   arxivi   xazinasi     topilgan.   Xazina   1933   yilda   Toshkentga,   Respublika Markaziy arxiviga olib kelin gan. 1964 va 1968 yillarda shu hujjatlarning qisqa ilmiy
tavsif kitob lari qo’lyozma shaklida tuzilgan. 
    Qushbegi   arxivi   ning   oxirgi   tavsif   kitobiga   ko’ra,   fonddagi   yuz   mingdan
ortiq   hujjatlar   2656   papkaga   joylashtirilib,   mazmuniga   ko’ra   o’n   bir   guruhga
ajratilgan. Ular:
- ma muriy’
- siyosiy
- tashqi aloqalar
- iqtisodiy
- sud
- harbiy
- madaniyat va urf-odat
- sog’liqni saqlash
- oqartuv va din
- turli masalalar hamda
- daftar va jurnallar bo’limlari tartib raqamlar bilan keltirilgan.
Birinchi   guruhdagi   hujjatlar   9   mingga   yaqin   va   ular   238   ta   pap kaga
joylashtirilgan.   Ular   Buxoro   davlat   tizimi,   ma muriy   bo’linishi,   XIX   va   XX   asr	
’
boshlarida   faoliyat   ko’rsatgan   idora   va   mansablar   ko’rsatkichlari,   nazorat-
boshqaruv usullarini qamrab olgan ma lumot	
’ lardan iborat.
Ikkinchi   bo’limdagi   manbalar   504   ta   papkada   jamlangan   bo’lib,   o’n   uch
yarim   mingga   yaqin   hujjatlar   majmuidan   iborat.   Bu   guruhdagi   ma lumotlar	
’
mamlakat tashqi va ichki siyosiy ahvoliga doir masala larni va shu soha atrofidagi
hayotiy   jabhalarni   qamrab,   ularning   tarixiy   yechimiga   xizmat   qiluvchi   asosiy
materiallardan iborat.
Uchinchi   bo’lim   tashqi   diplomatik   munosabatlarni   aks   ettiruvchi   o’n   ikki
mingdan  ortiq  hujjatlarni   tashkil   etib,   ular   307  ta   papkada   joy lashtirilgan.  Ularda
Buxoro-Rossiya   munosabatlari,   davlatlararo   shart nomalar,   mansabdorlar,
amaldorlar,   chet   ellik   muhojirlar,   ishbi lar mon larning   faoliyatlari,   tashqi   savdo munosabatlari,   temir   yo’l,   telegraf,   rus   harbiy   qo’shinlarining   amirlikda
joylashtirilishi bilan bog’liq masalalarni aks ettiruvchi ma lumotlardan iborat.’
To’rtinchi   bo’limdagi   hujjatlar   asosan   Buxoro   amirligining   XIX-XX   asr
boshlaridagi   iqtisodiy-moliyaviy   hayotini   qamrab   oladi.   Ularda   zavod,   fabrikalar,
bojxonalar,   yer-suv   egaligi,   qishloq   xo’jaligi,   chorvachilik,   hunarmandchilik
masalalarini   aks   ettiruvchi   27   mingdan   ortiq   hujjatlar   854   ta   papkaga
joylashtirilgan
Beshinchi   bo’limdagi   sud   mahkamasi   ishlariga   doir   qozixonalarda   bitilgan
vasiqalar,   xatlar,   vaqfnomalar,   shajaralar,   cheklar,   rivoyatlar,   ya ni   jami   8,5	
’
minga   yaqin   yozma   manbalar,   XIX-XX   asr   boshlari dagi   Buxoro   davlat
boshqaruvidagi   adliya   va   yurisprudentsiya   ahvoli   haqida   aniq   ma lumotlarni,
’
boshqaruv tizimi tarixini o’rganish uchun asosiy dalillardir.
Oltinchi bo’limda sog’liqni saqlash bilan bog’liq 256 ta hujjat 25 ta pfpkaga
joylashgan. Bu hujjatlarda 1809-1918 yillarda Buxoro amir ligida vaqti-vaqti bilan
tarqalgan vabo va o’latlar, tabiiy ofatlar va ularni bartaraf qilish maqsadida davlat
tomonidan ko’rilgan chora-tadbirlar bilan bog’liq masalalar o’z ifodasini topgan.
Yettinchi   bo’limda   Navro’z,   Ramazon   va   Qurbon   hayitlari   bilan   bog’liq,
Guli surx   nomi bilan o’tkazilgan xalq sayillari, 1915 yilda amirlikning Abu Lays
mavzesidan   topilgan   arxeologik   topilmalar,   tan ga   va   ziynat   bezaklari,   Buxoro
amirlari   tomonidan   rus   harbiylariga,   joylardan   markazga   jo’natilgan   turli   xil
arizalardan   tashkil   topgan   6   mingga   yaqin   hujjatlar   135   papkadan   tashkil   topgan
Ma daniyat bo’limi  guruhini tashkil qiladi.	
’
    Maorif   va   din     guruhiga   mansub   bo’limdagi   5   mingga   yaqin   huj jat lar   87   ta
papkada joy olgan. Ularda amirlikdagi maktab, madrasa, maq bara, masjid, xonaqohlar
ishi bilan bog’liq barcha masalalar o’rin olgan.
    Turli   hujjatlar     bo’limidagi   materiallar   keyingi   30-50   yil   davo mida   yangi
to’plangan   va   fondga   kiritilgan   745   hujjatdan   iborat   72   papkani   tashkil   etadi. Bundagi   manbalar   o’zidan   oldingi   9   ta   guruhga   mansub   masala la rni   o’zida
ifodalaydi. Davr jihatidan ular 1881-1918 yillarga oiddir.
Demak,   Qushbegi   arxivi   XIX-XX   asr   boshlaridagi   Buxoro   amir ligidagi
hayotning   turli   qirralarini   qamrab   olgan   muhim   hujjatlar   to’p lamidan   iboratdir.
Endi bevosita materiallar tahliliga kelsak.
Qushbegi   arxivida   1915   yilda   Buxoro   amirligidagi   27   viloyat   va   11   tuman
nomi   ta kidlangan.   Bu   tumanlarning   hammasi   Buxoro   shahri   atroflarida’
joylashgan.   Lekin   bulardan   ikkitasigina   1915   yildan   tuman   deb   yuritila
boshlangan.   Hujjatlarda   tumanlardan   yig’ib   olina di gan   soliqlar   to’g’risida
ma lumotlar   ham   uchraydi.   Hujjatlarda   tu	
’ man lardan   kimlar   soliq   yig’ib
olganliklari   haqida   ma lumotlar   bor.   Tumanlardagi   hokimiyat   qozilarga   tegishli	
’
bo’lib, ular  Qozikalonga bo’ysunganligi  aks  etgan. Ba zi  tumanlar  ikkita nomga	
’
ega bo’lgan. Bular asosan tuman markazidagi qishloqlar nomi bilan atalgan. 
Buxoro   amiri   Qushbegi   hujjatlari   tojik   va   fors   tillarida   bitilgan.   Shuning
uchun uni o’rganishda jiddiy qiyinchiliklar tug’iladi.
1914 yil 28 yanvar va 2 fevral kunlarida Qushbegi devoni viloyat hokimlariga,
tuman   hokimlariga   va   amlokdorlarga   hudud   to’g’risida   ro’yxat   tuzish   topshirilgan.
A.Muhammadjonovning   yozishicha   bu   ro’y xatlar   Buxoro   amirining   Qushbegi
devonxonasiga   kelib   tushgan mi,   yoki   yo’qmi   aniqlash   qiyin.   Buxoro   amirining
Qushbegi devon xona fondida oldin saqlanib kelayotgan ro’yxatlar ichida 7 ta viloyat -
ning ro’yxati yo’q. Bular: Dixnau, Ziyaddin, Kabodiyon, Qorategin, Kelif, Qo’rg’on
tepa,, Shahrisabz va Buxoroning chekka tumanlari dagi Shimoliy Rud va Janubiy Rud.
Bu   ro’yxatlarda   har   bir   viloyat,   tuman   va   qishloqlarda   qancha   aholi   yashashi   va
qancha uy borligi yozilgan.
1916   yilning   21   yanvarida   tuzilgan   ro’yxatlarda   shunday   deb   yozilgan:
Oqsoqol va aminlardan so’rab surishtirilsin, qancha amlok to’langan va berilgan va
har   bir   qishloqning   nomi   va   amloklari   bor   yoki   yo’qligi   haqida   bizga   yozib
yuborilsin . Ko’pgina   viloyatlardagi   qishloqlarning   ro’yxatlari   devonxonalar da   saqlangan.
Masalan: Qorategin viloyatining ro’yxati 1913 yildan boshlab yuritiladi va bu ro’yxatda
har bir qishloqning uylari soni yozilgan.
Demak,   Buxoro   amiri   Qushbegi   arxivi   amirlikdagi   viloyatlar,   amlokdorlar,
qishloqlar va ularda yashaydigan aholi soni va etnik tar kibi, hamda u yerdan yig’ib
olinadigan soliqlar miqdorini aniqlash da muhim manba bo’lib xizmat qiladi.
Buxora amiri qushbegi arxivi hujjatlari orasida Xo‘ja Axrorga te gish li vasiqalar
va   vaqfnomalar   ham   mavjud 1
.   Bu   turdagi   hujjatlar   ko’p   va   ularni   arxiv   va
muzeylarning fondlaridan, shuningdek qo’l yoz malar saqlanayotgan kutubxonalardan
topish   mumkin.   Mashhur   sharqshunos   olim   O.D.Chexovich   (1912-1982   yy.)
O’zbekiston Res pub likasi Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik instituti va O’zbe -
kiston   Respublikasi   Davlat   tarix   arxivi   fondlarida   saqlanayotgan   vasi qalar   va
vaqfnomalar fondini ko’p yillar davomida qunt bilan o’rgandi va ular ichidan Xo‘ja
Ubaydulla   Ahrorga   tegishlilarini   ajratib   olib,   matni   va   ruscha   tarjimasi,   va   maxsus
tadqiqot bilan birga qo’shib 1974 yili   Samarkandskie doku menti XV-XVI vv.  nomi
bilan nashr etdi.
Ma lumki,   Xo‘ja   Ahror   o’z   davrining   badavlat,   boobro’   kishisi   bo’lib,’
mamlakatning   ijtimoiy-siyosiy   hayotida   katta   nufuzga   ega   bo’l gan.   Uni   shu
darajaga yetkazgan narsa, birinchi navbatda uning qo’lida to’plangan katta yer-suv
va   mol-mulk   bo’ldi.   Tarixiy   manba lar ning   guvohlik   berishicha,   uning   300   jufti
gov 2
  yeri,   shaharlarda   tim lari   (usti   yopiq   bozorlari),   do’konlari,   hammomlari,
karvonsaroy lari, tegirmonlari, moyjuvozlari bo’lgan.
Lekin,   u   ma rifatli   va   raiyatparvar   kishi   edi.   Daromadning   bir   qis	
’ mini   xayrli
ishlarga   sarflagan,   xalq   manfaatini   himoya   qilgan.   Masa lan,   1463   yili   temuriyzoda
Umarshayx mirzo Toshkent xalqidan katta miq dorda xiroj talab qilganda, Xo‘ja Ahror
uni o’z hisobidan to’lab yubor gan; hunarmandlar va bozor ahlidan olinadigan tamg’a
1
  Quyidagi   B.Ahmedov   tadqiqotidan   foydalanilgan   matn   beriladi.   B.Ahmedov.
O‘zbekiston tarixi manbalari. (Qadimgi zamon va o‘rta asrlar).   – T. :   O‘qi	
“ tuvchi” ,
2001.72-75   bb.
2
 Jufti gov   bir juft ho‘kiz yordamida haydab ekiladigan yer.	
– solig’iga qarshi chiqqan. Hazrat Eshon barcha soliqlardan ozod qilinganiga qaramay,
ayrim   yillari   hamma   qatori   xiroj,   ushr   va   boshqa   soliqlarni   (ma unoti   devoniya   va’
navoibi sultoniya) to’lab turgan. Xo‘ja Ahror har yili Sulton Ahmad mirzo (1458-1494
yillari   Movarounnahr   hukmdori)ning   devoniga   80   ming   man 3
  g’allani   xiroj   o’rnida
yuborib   turgan;   yiliga   unga   xirojning   bir   qismini     10   ming   kumush   tanga   berib	
–
turgan.
O.D.Chexovichning yuqorida nomi zikr qilingan asaridagi hujjat lardan birini
misol keltiramiz.
VASIQA
Olloh jumlayi jahon egasidir, uning shon-shavkati yuqori bo’lsin! (Hijriy) 859
yil jumodi ul-oxir oyining 12-kuni.
Bayramxo’ja   o’g’li   Hasan,   mulkiga   mutasaddiy   bo’lishga   haq-huquqi
bo’lgani   holda,   dedi:       Samarqandning   So’zangaron   ko’chasida   joylashgan   ikki
xonalik   uyimni,   tahoratxona   va   ayvoni   bilan,   Ubay dul laxo‘ja   Jaloliddin   Mahmud
o’g’liga sotdim.
Mazkur   hovli-joyimning   g’arb   tarafga   oliyjanob,   hurmat-ehtirom ga   loyiq
bo’lgan olg’uvchining do’koni  bilan tutash, shimoliy tarafi  podshohlik yerlari 4
  va
qisman amir Shermuhammad xo‘janing uyi bilan, sharqi-janub tarafdan esa xalqa
ko’chalar bilan tutashdir.
Ushbu mulkni, barcha haq-huquqlari bilan, hozirda muomalada bo’lgan 1500
dinori adliyaga 5
 sotdim.
Mazkur savdo-sotiqning kafilligi o’zimning zimmamda.
Savdo quyidagi shaxslarning guvohligida bo’ldi:
3
 Man   og irlik o lchovi; 4,32 gg.ga teng bo lgan o lchov birligi.	
– ‘ ‘ ‘ ‘
4
  Podshohlik   yerlari     hukumatga   qarashli   yer-suv,   mulki   podshohiy,   mulki	
–
sultoniy va mamlaka deb ham ataladi.
5
  Dinori adliya   Mirzo Ulug bek davrida zarb etilgan oltin tanga pul; vazni 4,4	
– ‘
gr.ga teng. Abu Mansur Muhammad;
Sa dulla Muhammad al-Ispijobiy;’
Ahmad Ali al-Xorazmiy;
Xo‘ja Sulton Jahongir o’g’li;
Bayramshoh Junayd Ramazon o’g’li. 
Hammasi bo’lib 26 guvoh  6
.
BUXORO AMIRI HAYDARNING FARMONI
U (Olloh) abadiy tirik!
Kattabek   eshik   og’aga 7
  ma lum   va   ravshan   bo’lsin   va   (u)   bilsin	
’ ki,
mulozimingiz   Rahimqulibekbiy   olijanob,   qutblar   qutbi   janob   xo‘ja   Ahrorning,
qabri   nurga   to’lsin,   Kamongarondagi   vaqf   yerlariga   qasd   qilgan.   Bu   gapni
(podshoh   hazratlarining)   oliy   uzangisini   o’pish   payti da   sayyodat   maob   eshon
Olamgirxo‘ja shayxulislom aytgan.
Shunga asoslanib, Siz janobga buyuramiz:
Agar   (haqiqatan)   shunday   qilingan   bo’lsa,   Ollohning   la natiga   qolmaslik   uchun	
’
bu ishni darhol to’xtatsinlar, mazkur vaqf yerni, maz kur farmoni oliyga asoslanib,
egasiga qaytarilsin, (Farmonga) aslo mone lik qilmasinlar	
’
6
 B.Ahmedov. O zbekiston tarixi manbalari. 74-75 bb.	
‘
7
  Eshik  Og‘a  (eshik  og‘asi)    saroybon;  podshoh  (xon)   saroyiga  arz  bilan  keluv	
– -
chilarni, shuningdek elchilarni kutib oluvchi mansabdor.

Mavzu:Qo’shbegi arxiv hujjatlarining Buxoro tarixi va o’rganilishi. Reja 1. Buxoro amirligi arxivining shakllanish tarixi. 2. Buxoro qushbegisining ma’muriy hujjatlari. 3. Tashqi aloqalar haqidagi hujjatlar.

Buxoro amirligi Qushbegi arxivi O’tmish ajdodlardan qolgan tarixiy yozma manbalar qatoridan haqli ravishda o’rin olgan hujjatlardan biri Buxoro amiri Qushbegi arxiv hujjatlaridir. Ushbu arxiv hujjatlari XIX asr oxiri XX asr boshlarida Buxoro amirligi tarixini– o’rganish uchun qimmatli manba bo’lib xizmat qiladi. Arxivning bir qismi, Buxoro-Rossiya diplomatik va savdo munosabatlariga doir qismi shu kunlarda Moskvada, Qa dim gi hujjatlar Markaziy Davlat arxivi da, yana bir qismi O’zbekis ton markaziy Davlat tarix arxivi da saqlanmoqda. Moskvada saqla - nayotgan hujjatlar Buxoro, Xiva va Balx xonliklarining Rossiya, Hin diston va boshqa mamlakatlar bilan bo’lgan siyosiy va iqtisodiy alo qalari tarixini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Maz k ur qushbegi arxivi hozirda O‘zbekiston Davlat tarix arxivi fondida (№ I- 126) saqlanadi. Ushbu arxiv xonlikning ijtimoiy-siyosiy ta ri xi, iqtisodiyoti va boshqa masalalarni o‘rganishda muhim manba rolini o’ynaydi. Lekin bu fond hali yaxshi o’rganilmagan. Fondning ayrim hujjatlaridan P.P.Ivanov, A.A.Semyonov, M.A.Abduraimov, K.M.Mirzo yev va Halim To’raev foydalanganlar. Hozirda Qushbegi arxi vining A.Muhammadjonov tayyorlagan nashri Buxoro amirligi ning ma muriy hududiy tuzilishi haqida muhim ma lumotlarni o’zida jamla ’ ’ gan. Shu nashr asosida M.Abduvahobova maxsus risola chop ettirdi. Unda amirlik tarixiy toponimikasi bo’yicha qiziqarli ma lumot ’ lar tahlil etilgan. Mazkur Qushbegi arxiv hujjatlarining 1931 yilda topilishi O’rta Osiyoda hech qanday arxiv bo’lmagan deyilgan da volarga o’rin qol ’ dirmadi. Ayniqsa 1930 yildan keyin Xiva va Qo’qon xonligi arxivlari ning ochilishi O’rta Osiyo xonliklarida XIX-XX asr boshlaridagi davlatchilik tarixida muhim voqea bo’ldi. Ushbu arxiv hujjatlari xon lik lar tarixidagi ayrim voqealarga aniqlik kiritish, ma lumotlarni to’ldirish imkoniyatini tug’dirdi. ’ Arxiv hujjatlarining tarkibi har xil hujjatlardan iborat bo’lib, ular orasida turli mulkiy munosabatlar, huquqiy masalalar, ijtimoiy, ma ’ naviy sohalarga oid

minglab hujjatlar bor. Bularning hammasi birga likda ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy- maishiy tarix, ichki ma muriy bosh’ qaruv tizimi kabi qator tarixiy muammolarni yaxlit hal qilishga xizmat qiladi. Qushbegi arxivida Buxoro amirligining ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayoti va tarixiy geografiyasi to’g’risida boy faktik material - lar mavjud. Qushbegi arxivi sohalar bo’yicha turli tarixiy muam mo larni aholi – demografiyasi, soliq tizimi, etnik joylashuvi, etnik tarki bi, ma muriy tizim tarixi ’ va shu kabi boshqa masalalarni hal qilish uchun qimmatli ma lumotlar beradi. ’ Mamlakatimiz tarixini to’laqonli o’rganishda manbaviy asos bo’lib xizmat qiladigan Qushbegi arxiv hujjatlarining roli nihoyatda muhimdir. Tariximizning hujjatli yodgor lik larining ahamiyati shu qadar muhimki, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1999 yildagi XIV sessiyasida Arxivlar to’g’risi da gi Qonunda bu o’z aksini topdi. Bu qonunda arxivlarning ahamiya ti alohida e tirof etildi. Qonun ’ ijtimoiy fanlarni rivojlantirishda arxiv hujjatlaridan foydalanishni yanada jadallashtirdi. 1999 yildagi Oliy Majlisning XIV sessiyasida Prezidentimiz I.A.Ka rimov chet el fondlarida saqlanayotgan minglab arxiv hujjatla rini O’zbekistonga qaytarish zarurati to’g’risida gapirdi. Buxoro amirligi Qushbegi fondi faktik materiallarga boy huj jatlar to’plamidan iborat. Bu fond materiallari hali to’liq o’rganilgan emas. Uning ayrim hujjatlaridan A.R.Muhammadjonov o’zining Bu xo ro amirligidagi aholi punktlari kitobini yozishda foydalangan. Mu al lif kitobda o’n viloyatlar, tumanlar, amloklar, mavzelar, bekliklar, qishloqlar haqida ma lumotlar beradi. Ro’yxatlarda ko’p ’ hollarda nafaqat joylarning geografik nomlari, hatto aholi tarkibi, unga qarashli bo’lgan chorva mollari to’g’risida, hududda istiqomat qiluvchi qabi lalar to’g’risida ma lumotlar berilgan. Mazkur fonddagi hujjatlarda Buxoro amirligiga qarashli ’ mulklardagi ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy hayot, etnografik ma lumotlar berilgan. ’ Shuning uchun Buxoro amiri Qushbegi arxivi nafaqat O’zbekiston tarixi, balki Tojikiston va Turk maniston aholisi tarixi to’g’risida ham qimmatli ma lumotlarga ’ boy fond hisoblanadi. Chunki Buxoro amirligi hududi hozirgi O’zbekiston,

Tojikiston va qisman Turkmaniston hududlarini qamrab olgan edi. Buxo ro amirligi tarixini o’rganishda arxiv hujjatlarida uchragan joy nomlarining ba zilari hozirgi’ kunlarda ham ba zan to’liq, yoki qisman o’zgargan formada saqlanib qolganligini ’ kuzatishimiz mumkin. Huj jat lar uzoq yillar davomida til sohasidagi sodir bo’lgan o’zgarishlarni ham kuzatishlari mumkin. Hujjatlar Buxoro amirligi aholisining etnik tarkibi ni o’rganishda ham qo’l keladi. Ammo, turli xil tillarning bir hududda amal qilinishi natijasida ularning aralashib ketishi oqibatida aholining etnik tarkibini o’rganishda ba zi qiyinchiliklarni tug’dirishi ’ ni ham ta ’ kid lab o’tmoq zarur. Shuning uchun jug’rofik nomlarni tilshu noslik va tarixiylik nuqtai nazaridan ham ilmiy tahlil qilish lozimdir. Ma lumki 1868 yilda Buxoro amirligining Ziyoddingacha bo’lgan qismi ’ Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingan. 1873 yilda tuzil gan shartnomaga binoan Buxoro amirligi Rossiyaning vassaliga aylan gan. Rossiya albatta Buxoroda o’zining boshqaruv tizimini viloyat, tuman, qishloq, guzar va boshqa ma muriy – ’ pog’onalarni joriy qildi. Rossiya imperiyasi Buxoro amirligini yanada ko’proq va har tomon lama tobe qilish yo’llarini izladi. Shulardan biri XX asr boshlarida ’ Rossiya tomonidan Buxoro amirligining aholi resurslarini, xo’jalik iqtisodiy salohiyatini imkon qadar chuqurroq o’rganishga qaratilgan sa y-harakati edi. ’ Buxorodagi Rossiya siyosiy agentligi amirlikdagi mamlakat aholisi ijtimoiy- iqtisodiy salohiyatini va ma muriy tizimini o’rganish ’ ga yo’nal ti rilgan ma lumotlarni to’plashga kirishdi. Unga binoan 1914-1915 yillar ’ da Buxoro amirligining Qushbegi mahkamasi tomo ni dan barcha viloyatlar, tumanlar, qishloqlar, guzarlar, rabotlar, mav zelar, daha va boshqalar batafsil ro’yxatga olinib, agentlikka taqdim qilingan. Shunday qilib, Buxoro amirligidagi Rossiya siyosiy agent ligi da boshqaruv jarayo ni uchun zarur bo’lgan muhim statistik axborot tizimi yaratilgan. Qush begi mahkamasi tomonidan taqdim qilingan ushbu ro’yxat bugungi kunda o’ta noyob tarixiy manba sifatida baholanadi. Ushbu Qushbegi arxiv hujjatlarining topilishiga kelsa, 1931 yilda Buxoro muzeyi xodim lari tomonidan Ark yerto’lasidan Qushbegi arxivi xazinasi topilgan. Xazina 1933 yilda Toshkentga, Respublika

Markaziy arxiviga olib kelin gan. 1964 va 1968 yillarda shu hujjatlarning qisqa ilmiy tavsif kitob lari qo’lyozma shaklida tuzilgan. Qushbegi arxivi ning oxirgi tavsif kitobiga ko’ra, fonddagi yuz mingdan ortiq hujjatlar 2656 papkaga joylashtirilib, mazmuniga ko’ra o’n bir guruhga ajratilgan. Ular: - ma muriy’ - siyosiy - tashqi aloqalar - iqtisodiy - sud - harbiy - madaniyat va urf-odat - sog’liqni saqlash - oqartuv va din - turli masalalar hamda - daftar va jurnallar bo’limlari tartib raqamlar bilan keltirilgan. Birinchi guruhdagi hujjatlar 9 mingga yaqin va ular 238 ta pap kaga joylashtirilgan. Ular Buxoro davlat tizimi, ma muriy bo’linishi, XIX va XX asr ’ boshlarida faoliyat ko’rsatgan idora va mansablar ko’rsatkichlari, nazorat- boshqaruv usullarini qamrab olgan ma lumot ’ lardan iborat. Ikkinchi bo’limdagi manbalar 504 ta papkada jamlangan bo’lib, o’n uch yarim mingga yaqin hujjatlar majmuidan iborat. Bu guruhdagi ma lumotlar ’ mamlakat tashqi va ichki siyosiy ahvoliga doir masala larni va shu soha atrofidagi hayotiy jabhalarni qamrab, ularning tarixiy yechimiga xizmat qiluvchi asosiy materiallardan iborat. Uchinchi bo’lim tashqi diplomatik munosabatlarni aks ettiruvchi o’n ikki mingdan ortiq hujjatlarni tashkil etib, ular 307 ta papkada joy lashtirilgan. Ularda Buxoro-Rossiya munosabatlari, davlatlararo shart nomalar, mansabdorlar, amaldorlar, chet ellik muhojirlar, ishbi lar mon larning faoliyatlari, tashqi savdo