logo

Xususiy kаpitаl va fondlar hisobi

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

80 KB
Xususiy k а p itаl  va  fondlar hisobi
Reja:
1. Ustav kapitalining shakllanishi va ularning hisobini tashkil qilish
2. Qo‘shilgan  va zaxira kapitallarini hisobga olish
3. Maqsadli tushumlar, subsidiya va grantlar hisobni yuritish 1. Ustav kapitalining shakllanishi va ularning hisobini tashkil qilish
Bozor   munosabatlari   sharoitida   korxonalar   o‘z   moliyaviy   resurslarini
mustaqil   shakllantirishlari   mumkin.   Korxona   moliyaviy   resurslarinining   asosiy
manbalari   bo‘lib  foyda,  amortizatsiya   ajratmalari,  qimmatli   qog‘ozlarni   sotishdan
olingan   mablag‘lar,   aksionerlar   yuridik   va   jismoniy   shaxslarning   pay   va   boshqa
badallari, shuningdek, kreditlar va qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa tushumlar
hisoblanadi.
Korxonaning   o‘z   mablag‘larini   shakllantirish   asosiy   manbai   bo‘lib,   uning
mulkdorlari   tomonidan   korxonaga   qo‘yilgan   mablag‘lar   majmui   bo‘lgan   ustav
kapitali   hisoblanadi.   Ustav   kapitalini   shakllantirish   tartibi   qonunchilik   va   ta’sis
hujjatlari   bilan   amalga   oshiriladi.   CHunonchi,   davlat   korxonalarining   ustav   fondi
korxona   foydalanishga   topshirilgan   vaqtida   o‘z   faoliyatini   amalga   oshirish   uchun
davlat tomonidan ajratilgan mablag‘larni aks ettiradi.
Aksioner jamiyati deb maxsus nom bilan ta’sis etiladigan, ma’lum miqdorda
teng   qismlarga   bo‘lingan   (aksiyalar)   asosiy   (ustav)   kapitaliga   ega   bo‘lgan,   va
majburiyatlari bo‘yicha faqat o‘zining mulki bilan javob beradigan yuridik shaxslar
tushuniladi.   Bu   ta’sischilarning   tenglik   prinsipiga   asoslangan   ixtiyoriy
birlashmadir.   Asosiy   sharti   –   faoliyatiga   o‘z   kapitalini   qo‘yish,   ya’ni   aksioner
jamiyati   –   bu   kapitalning   birlashishi   demakdir.   Aksioner   jamiyatining   faoliyati
ustav bilan belgilanadi. Aksioner jamiyatining majburiyatlari bo‘yicha aksionerlar
mulklari   bilan   to‘la   mas’uliyatli   emas,   ularning   mas’uliyatlari   faqat   ustav
kapitaliga qo‘yilma bilan cheklanadi.
Aksioner   jamiyatining   ustav   kapitalini   hajmi   uning   ustavida   ko‘rsatiladi   va
uning  o‘zgarishi   ustavini   o‘zgarishi   uchun  belgilangan   tartibda  amalga   oshiriladi.
Ustav   kapitali   miqdorini   o‘zgartirish   to‘g‘risidagi   qaror,   agar   korxonaning   ustav
kapitalini   yangi   miqdori   ro‘yxatdan   o‘tkazilgan   bo‘lsa,   umumiy   majlis   qabul
qilgan kundan boshlab kuchga kiradi. Jamiyat ta’sis etilgan paytdagi ustav kapitali bir xilda nominal qiymatga ega
bo‘lgan   oldindan   belgilangan   miqdordagi   bir   qancha   oddiy   aksiyalardan   iborat
bo‘lishi kerak. Aksioner jamiyatlari faqat nomi ko‘rsatilgan aksiyalar chiqaradi va
ular   albatta   tegishli   reestrlarda   ro‘yxatdan   o‘tkazilishi   kerak.   Aksiyalarni   to‘lash
mulklar,   inshootlar,   nomoddiy   aktivlar   va   boshqa   moddiy   qimmatliklarni,
so‘mdagi   va   xorijiy   valyuta   dagi   pul   mablag‘larini   o‘tkazish   yo‘li   bilan   bo‘lishi
mumkin.
Ustav   (fondi)   kapitalining   hisobi   8300   «Ustav   kapitalini   hisobga   oluvchi
schyotlar»   schyotida   yuritiladi.   Bu   schyot   passiv   bo‘lib   quyidagi:   8310   «Oddiy
aksiyalar»;   8320   «Imtiyozli   aksiyalar»»   8330   «Pay   va   ulushlar»   schyotlarga
bo‘linadi.
YUqorida   keltirilgan   schyotlar   davlat   korxonalari,   birlashmalari   va
tashkilotlarining   ustav   fondini   va   aksioner   jamiyatlari   va   shirkatlarning   ustav
kapitalini   hisobga   olish   uchun   tayinlagan.   Bu   schyotlarda   ro‘yxatdan   o‘tkazilgan
miqdor   doirasidagi   haqiqiy   ustav   kapitali   yoki   to‘langan   aksiyalarni   nominal
qiymati   aks   ettiriladi.   Ustav   kapitalining   miqdori   ustavda   ro‘yxatdan   o‘tkazilgan
summadan   ortiq   bo‘lishi   mumkin   emas.   Ta’sischilarga   qaytarilgan   ulushi   ustav
kapitalni kamaytirmaydi, balki  aksioner  jamiyati tomonidan o‘z aksiyalarini  sotib
olingandek   rasmiylashtirilib   8610   «Sotib   olingan   xususiy   aksiyalar   -   oddiy»   va
8620   «Sotib   olingan   xususiy   aksiyalar   -   imtiyozli»   schyotlarning   Debetida   aks
ettiriladi.
Bu schyotlarning Debet aylanmasi ustav kapitalini kamayishini, kredit oboroti
esa   qonunchilikka   binoan   turli   sabablarga   ko‘ra   ustav   kapitalini   ko‘payishini
ko‘rsatadi.   8310,   8320   va   8330   –   schyotlarda   aks   ettiriladigan   muomalalarning
hisobi 12 – jurnal – orderda yuritiladi.
Aksioner   jamiyat   ro‘yxatdan   o‘tgandan   so‘ng   ro‘yxatdan   o‘tkazilgan   ustav
kapitali   summasiga   jamiyat   oldida   aksionerlarning   qarzi   vujudga   keladi. Ta’sischilar   bilan   olib   boriladigan   hisob   –   kitoblarning   hisobi   4610   «Ustav
kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi» schyotida olib boriladi.
Ro‘yxatdan   o‘tkazilgan   ustav   kapitali   summasiga   4610   schyoti   Debetlanib,
8310   «Oddiy   aksiyalar»,   8320   «Imtiyozli   aksiyalar»   va   8330   «Pay   va   ulushlar»
schyotlari kreditlanadi.
4610-   schyoti   aktiv   bo‘lib,   Debet   saldosi   oy   boshiga   qolgan   ta’sischilarning
qarzlarini   ko‘rsatadi.  Debet   oboroti   hisobot   oyida vujudga  kelgan  ta’sischilarning
qarzlarini aks ettirsa, kredit obroti debitor qarzlarni kamayishini, ya’ni ta’sischilar
tomonidan   o‘tkazib   berilgan   pul   mablag‘lari,   moddiy   qimmatliklar   va   mulklar
qiymatini ko‘rsatadi.
Jamiyatning   aksionerlari   maxsus   reestrda   ro‘yxatga   olinadi.   Qo‘yilmalar
bo‘yicha   aksionerlar   bilan   olib   boriladigan   hisob   –   kitobning   analitik   hisobi
aksionerlarning   har   biri   bo‘yicha   kartochkalarda   yoki   qaydnomalarda   ustav
kapitaliga   qo‘yilmalar   bo‘yicha   qarzlari,   qarzlarni   qaytarish   muddati,   qarzni
qaytarish   hisobiga   topshirilgan   aktivlar   summasi   ko‘rsatilgan   holda   yuritiladi.
Sotib olingan aksiyalar summasini ta’sischilar asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar,
so‘mda va xorijiy valyuta   pul mablag‘lari va boshqa moddiy qimmatliklari bilan
to‘lashlari mumkin.
Analitik  hisob  yuritish   uchun  asos  bo‘lib  ta’sis  hujjatlari,  asosiy   vositalar  va
nomoddiy aktivlarni qabul qilish – topshirish dalolatnomalari, kirim kassa orderlari
va boshqalar hisoblanadi.
Aksioner jamiyatlarining xo‘jalik faoliyati amaldagi qonunchilik asosida olib
borilsa,   ularning   ishlab   chiqarish   xarajatlari   va   moliya   –   xo‘jalik   faoliyatining
hisobi Nizomga asosan yuritiladi. 1  
  CHunonchi, jamiyat tomonidan olingan balans
foydaga hisobot davrida sotilgan mahsulot tannarxiga yoki davr xarajatlariga yoki
1
  O‘zR Vazirlar Mahkamasining 54- sonli qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ish, xizmat) larni ishlab
chiqarish   va   sotish   xarajatlari   tarkibi   hamda   moliyaviy   natijalarni   shakllantirish   tartibi   to‘g‘risida»gi
Nizom. 1999 yil 5 fevral. (2003 yil 15 oktyabrdagi kiritilgan o‘zgarishlar), (2017yil yangi tahrirdagisi)   foydani kamaytirishga kiritilgan xarajatlar qo‘shiladi. Natijada soliqqa tortiladigan
baza aniqlanib, undan foyda (daromad) dan ajratma solig‘i summasi hisoblanadi.
Foydaning   qolgan   summasi   sof   foyda   hisoblanib,   u   aksionerlar   majlisining
qaroriga   binoan   taqsimlanadi.   Mehnat   jamoasining   tasarrufida,   qolgan   sof   foyda,
odatda,   ikki   maqsadga   foydalaniladi:   dividend   to‘lashga   va   ishlab   chiqarishni
kengaytirish  ham  ijtimoiy ehtiyojlar  uchun. Dividend har  chorakda yoki  bir  yilda
bir marta to‘lanishi mumkin. Oraliq dividend direktorlar kengashi tomonidan elon
qilinib   qat’iy   belgilangan   miqdorda   bo‘ladi.   Yillik   dividendlar   miqdori
aksionerlarning umumiy majlisi tomonidan yillik ish natijasi bo‘yicha belgilanadi.
Yillik   dividendlarga   oraliq   hisoblangan   dividendlar   qo‘shilmaydi.   Dividendlar
hisoblash va to‘lash amaldagi Nizomga asosan rasmiylashtiriladi. 2
Imtiyozli aksiyalar bo‘yicha oldindan belgilangan dividend ularni muomalaga
chiqargan   paytda   ko‘rsatiladi.   Bunday   aksiyalar   bo‘yicha   dividendlar   olingan
foyda miqdoridan qat’iy nazar birinchi navbatda hisoblanadi va to‘lanadi. Basharti
imtiyozli aksiyalar bo‘yicha hisoblangan dividendlarni to‘lash uchun olingan foyda
etarli   bo‘lmasa,   maxsus   tashkil   etilgan   zaxira   kapitali   yoki   boshqa   manbalardan
foydalaniladi.   Muomalaga   chiqarilmagan   aksiyalar   bo‘yicha   dividend
hisoblanmaydi.   Agar   jamiyatning   ustavida   nazarda   tutilgan   bo‘lsa,   dividendlar
aksiyalar, obligatsiyalar, tovarlar bilan to‘lanishi mumkin. Jamiyat soliqni hisobga
olmagan holda dividend elon qiladi. Dividend faqat qo‘shilgan ulushga yoki sotib
olingan aksiyalar uchun to‘langan summaga mutanosib ravishda beriladi. Dividend
tarzida   olingan   daromaddan   soliq   dividendlarni   to‘lash   manbaida,   ya’ni   aksioner
jamiyatida ushlab qolinadi.
Aksionerlar   bilan   daromadlar   bo‘yicha   olib   boriladigan   hisob   6610
«To‘lanadigan   dividendlar»   schyotida   yuritiladi.   Bu   schyot   passiv   bo‘lib,   uning
2
  O‘zR   Moliya   Vazirligi   va   Davlat   mulk   qo‘mitasi   tomonidan   qabul   qilingan   «Aksionerlar   jamiyatlari
tomonidan dividendlar hisoblash, to‘lash va foydalanish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom. 1999 yil 26 noyabr kredit   qoldig‘i   AJ   ning   aksionerlar   oldidagi   qarzini   ko‘rsatadi,   Debet   oboroti
ushlangan   soliq   va   to‘langan   dividendlar   summasini   aks   ettiradi.   Aksioner
jamiyatida   ishlayotgan   xodimlarga   dividendlar   hisoblansa,   6710-«Mehnat   haqi
bo‘yicha xodimlar bilan xisoblashishlar» schyotidan foydalaniladi.
Dividendlar   aksionerlarning   umumiy   majlisi   protokoli   va   qaroriga   binoan
ham   ushlangan   soliqlar   to‘g‘risidagi   buxgalteriyaning   ma’lumoti   bo‘yicha
hisoblanadi. Dividendlarni naqd pul va naqd pulsiz to‘lanishi kassa chiqim orderi
va to‘lov topshirig‘i bilan rasmiylashtiriladi.
YUridik va jismoniy shaxslarga to‘lanadigan dividend va foizlar O‘zbekiston
Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   tomonidan   belgilanadigan   stavkalarda   to‘lash
manbaida soliqqa tortiladi. 3
Aksioner   jamiyatidan   chiqib   ketayotgan   ta’sischilar   bilan   olib   boriladigan
hisob – kitoblar hisobi 6620-«CHiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushlari bo‘yicha
qarz»   schyotida   yuritiladi.   Bu   schyot   passiv   bo‘lib   kreditida   chiqib   ketayotgan
ta’sischilarga   to‘lanadigan   summa   aks   ettirilsa,   debetida   ularga   to‘langan   summa
ko‘rsatiladi.
CHiqib ketayotgan ta’sischilardan aksiyalar sotib olinsa, 8610-«Sotib olingan
xususiy   aksiyalar   –   oddiy»   yoki   8620-«Sotib   olingan   xususiy   aksiyalar   –
imtiyozli»   schyotlari   debetlanib   6620-«CHiqib   ketayotgan   ta’sischilarga   ulushlari
bo‘yicha qarz» schyoti kreditlanadi.
Sotib   olingan   aksiyalar   bo‘yicha   puli   to‘langanda   6620-schyot   debetlanib
5010,   5110-schyotlari   kreditlanadi.   6610   «To‘lanadigan   dividendlar»   va   6620
«CHiqib   ketayotgan   ta’sischilarga   ulushlari   bo‘yicha   qarz»   schyotlari   bo‘yicha
analitik hisob har bir aksioner bo‘yicha 7-qaydnomada yuritiladi. Sintetik hisob esa
8-jurnal – orderda aks ettiriladi.
3  
 O’zbekiston  Respublikasi Soliq Kodeksining 29 va 56 bandlari 1- jadval
«Ta’sischilarga bo‘lgan qarzni hisobga (6600) oluvchi schyotlar»
bo‘yicha sch yotlar korrespondensiyasi № Xo‘jalik
muomalalarining
mazmuni Schyotlar
korrespondensiyasi YOzuvni     tasdiqlovchi
hujjatlar
Debet Kredit
1 Aksionerlarga
dividendlar hisoblandi 8710 6610 Majlis   bayonnomasidan
ko‘chirma,   dividendlar
hisobi
2 H isoblangan
dividendlarni to‘lash 6610 5010, 5110 Kassa   hisoboti   bankning
ko‘chirmasi
3 CHiqib   ketayotgan
ta’sischilarga   ularning
ulushlari  bo‘yicha  qarzlar
hisoblandi 8610,
8620 6620 Majlisning
bayonnomasidan
ko‘chirma,   rahbarning
bo‘yrug‘i
4 CHiqib   ketayotgan
ta’sischilarga   ularning
ulushlari   bo‘yicha
qarzlarni to‘lanishi 6620 5010, 5110 Kassa   hisoboti,
bankning ko‘chirmasi
5 Aksionerlardan   daromad
solig‘i ushlandi 6610,
6620 6410 Buxgalteriya   hisob-
kito b i
2. Qo‘shilgan  va zaxira kapitallarini hisobga olish
Aksioner   jamiyatlarida   qo‘shilgan   kapitalning   buxgalteriya   hisobi   8400 -
«Qo‘shilgan   kapitalni   hisobga   oluvchi   schyotlar»   ning   quyidagi:   8410 - «Emissiya
daromadi»   va   8420 - «Ustav   kapitalini   shakllantirishdagi   kurs   farqi»   schyotlarida
hisobga olinadi.
Ushbu   schyotlar   oddiy   va   imtiyozli   aksiyalar   bo‘yicha   nominal   qiymatidan
ortiq   olingan,   shuningdek,   ustav   kapitalini   shakllantirishda   kursdagi   farqlarning
mavjud summalarini va ularning harakatini umumlashtirish uchun tayinlangan. 8410-«Emissiya   daromadi»   schyotida   aksiyalarni   ta’sischilarga   birlamchi
sotishda nominal  qiymatidan ortiqcha tushgan  summa hisobga  olinadi. Bu vaqtda
5010,   5110,   5210–schyotlar   debetlanib,   8410-«Emissiya   daromadi»   schyoti
kreditlanadi. Bu schyotning debetida o‘z aksiyalarini sotib olishi va bekor qilishda
tashkil   bo‘lgan   salbiy   farq   summalarini   qoplanishi   aks   ettiriladi.   Bu   vaqtda   8410
«Emissiya daromadi» schyoti debetlanib, 8610-«Sotib olingan xususiy aksiyalar –
oddiy»   va   8620-«Sotib   olingan   xususiy   aksiyalar   –   imtiyozli»   schyotlari
kreditlanadi.
8410-«Emissiya daromadi» schyoti bo‘yicha analitik hisob oddiy va imtiyozli
aksiyalar bo‘yicha alohida yuritiladi.
8420-«Ustav  kapitalini  shakllantirishdagi  kurs  farqi» schyoti  ustav  kapitalini
shakllantirish jarayonida vujudga keladigan kursdagi farqlarni hisobga olish uchun
tayinlangan.
Ustav   kapitalini   shakllanishida   valyuta   va   valyuta   qimmatliklari   ustav
kapitaliga   badal   qo‘yilgan   vaqtdagi   O‘zbekiston   Respublikasi   Markaziy   banki
tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha baholanadi. Valyuta va valyuta qiymatliklari
va   boshqa   mulklarning   bahosi   ta’sis   hujjatlarini   ro‘yxatdan   o‘tkazish   paytidagi
bahosidan   farqlanishi   mumkin.   Bu   vaqtda   vujudga   keladigan   kursdagi   farqi
8420-«Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi» schyotida hisobga olinadi.
Baholar   orasidagi   ijobiy   farq   summasiga   mulk,   valyuta   va   valyuta
qiymatliklarini   hisobga   oladigan   schyotlar   debetlanib,   8420-«Ustav   kapitalini
shakllantirishdagi   kurs   farqi»   schyoti   kreditlanadi,   salbiy   farqi   esa   aksincha
provodkalar   bilan   rasmiylashtiriladi.   Baholardagi   farqlarni   shu   tartibda   hisobdan
chiqarish  ta’sis   hujjatlarida  kelishilgan  ta’sischilarning   ustav  kapitalidagi  ulushini
o‘zgartirmaslik imkoniyatini beradi.
2 - jadval
Qo‘shilgan kapital hisobi bo‘yicha schyotlar korrespondensiyasi (840 0) № Xo‘jalik   muomalalarining
mazmuni Schyotlar
korrespon-densiyasi YOzuvni tasdiqlovchi 
Hujjatlar
Debet Kredit
1 Aksiyalarning   nominal   qiymati
bilan   emission   qiymati
orasidagi   farq   summani   qabul
qilish 5110 ,
5010 ,
5020 ,
5210 8 4 1 0 Kirim   kassa   orderi,
bankning ko‘chirmasi
2 Sotib   olingan   o‘z   aksiyalarini
ikkilamchi sotishdan pul tushdi 5110 ,
5010 ,
5020 ,
5210 8610 ,
8620 Kirim   kassa   orderi,
bankning ko‘chirmasi
3 Sotib olingan aksiyalarini qayta
sotishda   sotib   olgan   narxdan
kam   sotilganligi   uchun   farqi
emission   daromad   hisobidan
qoplandi 8 4 1 0 8610 ,
8620 Ta’sischilar   qarori,
bankning ko‘chirmasi
4 Sotib olingan aksiyalarni  bekor
qilishda   aksiyalarni   nominal
qiymati bilan sotib olish bahosi
orasidagi   salbiy   farqi   emission
daromad hisobidan qoplandi 8 4 1 0 8610 ,
8620 Ta’sischilar qarori 
5 Ustav   kapitalining
shakllanishida   kapitalni   to‘lash
paytida   vujudga   kelgan   ijobiy
kurs farqi 4610 ,
4890 8 4 2 0 Ta’sischilar   qarori,
bankning ko‘chirmasi
6 Ustav   kapitalining 8 4 2 0 4610 , Ta’sis   xujatlari, shakllanishida   kapitalni   to‘lash
paytida   vujudga   kelgan   salbiy
kurs farqi  4890 buxgalteriya raschyoti
Ustav kapitalini  shakllantirishda  vujudga keladigan kurs farqlarining analitik
hisobi,   ochiq   turdagi   aksioner   jamiyatining   aksionerlari   bilan   olib   boriladigan
hisob –kitoblar hisobidan tashqari, har bir ta’sischilar bo‘yicha yuritiladi.
Ochiq tipdagi aksioner jamiyatlari umumiy majlis qarori bo‘yicha aksiyalarni
nominal   qiymatini   ko‘paytirish   yoki   qo‘shimcha   aksiyalar   chiqarish   yo‘li   bilan
ustav   kapitalini   ko‘paytirishlari   mumkin.   Sodir   bo‘lgan   zararlarni   qoplash   uchun
ustav kapitalini  ko‘paytirishga  yo‘l  qo‘yilmaydi. Aksionerlarning umumiy majlisi
ustav   kapitalini   kamaytirish   to‘g‘risida   ham   qaror   qabul   qilishi   mumkin.   Ustav
kapitalini   kamaytirish   aksiyalarni   nominal   qiymatini   kamaytirish   yo‘li   bilan   yoki
aksiyalarni umumiy sonini kamaytirish maqsadida ularning bir qismini sotib olish
yo‘li   bilan   bo‘lishi   mumkin.   Ochiq   tipdagi   aksioner   jamiyatining   ustav   kapitalini
kamaytirish   jamiyatning   barcha   kreditorlarini   ogohlantirgandan   so‘ng   amalga
oshiriladi.
Xo‘jalik   yurituvchi   subektlar   o‘zlarining   sof   foydasidan   ta’sis   hujjatlarida
belgilangan  miqdorda   zaxira   kapitali   tashkil  etishi  mumkin.  Zaxira   kapitaliga  har
yili ustavda belgilangan miqdorgacha ajratiladi. Basharti amaldagi qonunchilik va
ta’sis   hujjatlarida   nazarda   tutilgan   bo‘lsa,   boshqa   tijorat   tashkilotlari   ham   zaxira
kapitalini tashkil etishlari mumkin.
Zaxira kapitalining tayinlanishi – sodir bo‘ladigan korxonaning balans zarari
va   boshqa   to‘lovlarini   qoplashdir.   Ochiq   tipdagi   aksioner   jamiyatlarida   zaxira
kapitalidan, foyda etarli bo‘lmagan yoki yo‘q bo‘lgan hollarda, imtiyozli aksiyalar
bo‘yicha   dividendlar   to‘lash   uchun   ham   foydalaniladi.  Zaxira  kapitalini   to‘ldirish
uchun asosiy vositalarning indeksatsiya fondi summasi ham yo‘naltiriladi. Zaxira   fondi   harakatining   hisobi   8500-«Zaxira   kapitalini   hisobga   oluvchi
schyotlar»   ning   quyidagi:   8510-«Mulkni   qayta   baholash   bo‘yicha   tuzatishlar»;
8520-«Zaxira   kapitali»   va   8530-«Tekinga   olingan   mulk»   schyotlarda   hisobga
olinadi
8510–schyotida   mulklarni   qaytadan   baholash   natijasida   ularning   qiymatini
ortishi hisobga olinadi. Bu schyot passiv bo‘lib mulklarni qayta baholash natijasida
zaxira   kapitalini   tashkil   etilishi   va   to‘ldirilishi   8510-«Mulkni   qayta   baholash
bo‘yicha   tuzatishlar»   schyotining   kreditida   aks   ettirilib,   tegishli   qiymati
ko‘paytirilgan mulklarni hisobga oladigan schyotlar debetlanadi.
Basharti   qaytadan   baholash   natijasida   mulklarning   qiymati   kamaytirilsa,
xuddi   shu   mulk   turi   bo‘yicha   qaytadan   baholash   natijasida   ortgan   qiymati
tugaguncha 8510 «Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» schyoti debetlanib
tegishli   aktivlarni   hisobga   oladigan   schyotlar   kreditlanadi.   Undan   ortig‘iga
9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyoti debetlanib tegishli aktivlarni hisobga
oladigan   schyotlar   kreditlanadi.   8510-schyotning   qoldig‘i   balansda   «Zaxira
kapitali» moddasi bo‘yicha ko‘rsatiladi.
8510-«Mulkni   qayta   baholash   bo‘yicha   tuzatishlar»   schyotining   debetiga
quyidagi hollarda yoziladi:  qaytadan   baholash   natijasida   mulklar   qiymatini
kamayishi;  Qaytadan   baholash   natijasida   uzoq   muddatli   investitsiya   qiymatini
kamayishini   qoplash;   korxonaning   tugatilishida   ta’sischilar   orasida
taqsimlanadigan summa. Bunda 8510-schyot debetlanib 6620-«CHiqib ketayotgan
ta’sischilarga ulushi bo‘yicha qarz» schyoti kreditlanadi.
8520-«Zaxira   kapitali»   schyotida   xo‘jalik   yurituvchi   subektlar   o‘zlarining
ta’sis   xujjatlarida   belgilangan   miqdorda   zaxira   kapitali   tashkil   etilganda   yoki
to‘ldirilganda   aks   ettiriladi.   Bu   vaqtda   8710-«Hisobot   davrining   taqsimlanmagan
foydasi schyoti debetlanib, 8520-«Zaxira kapitali» schyoti kreditlanadi.  Zaxira kapitalidan foydalanilishi 8520-«Zaxira kapitali» schyotining debetida
aks ettiriladi. Masalan, aksioner jamiyatining dividend to‘lash uchun foydasi yo‘q
bo‘lsa,   yoki   etmasa   zaxira   kapitali   hisobidan   dividendlar   hisoblash   bo‘yicha
quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 8520-«Zaxira kapitali», Kt 6610-«To‘lanadigan
dividendlar» schyoti.
8530-«Tekinga olingan mulk» schyoti qaytarib bermaslik sharti bilan olingan
mol-mulklarni hisobga olish uchun tayinlangan. 
Mol-mulk bepul olinganda, olingan mol-mulklarni hisobga oladigan schyotlar
debetlanib, 8530 «Tekinga olingan mulk» schyoti kreditlanadi. Bepul olingan mol-
mulklar   qiymati   foyda   (daromad)dan   ajratma   solig‘iga   tortiladi.   Bepul   olingan
mol-mulkni soliqqa tortish tartibi O‘zR Soliq Kodeksi bilan belgilanadi. 
3. Maqsadli tushumlar, subsidiya va grantlar hisobni yuritish
Qaytarilmaydigan   ma’lum   bir   maqsadli   tadbirlarni   amalga   oshirish   uchun
tayinlangan maqsadli tushumlar, mablag‘lar holati va harakati, shuningdek a’zolik
badallari   hamda   boshqa     mablag‘larning   kirimi   ularning   sarflanishi   to‘g‘risidagi
axborot   quyidagi:   8810-«Grantlar»,   8820-«Subsidiyalar»,   8830-«A’zolik
badallari»,   8840-«Maqsadli   foydalaniladigan   soliq   imtiyozlari»,   8890-«Boshqa
maqsadli tushumlar» schyotlarda umumlashtiriladi
  YUqorida   ko‘rsatilgan   tushumlarni   xususiy   kapital   sifatida   aks   ettirishning
quyidagi   shartlari   mavjud:   a)   maqsadli   tayinlanishi   bo‘yicha   foydalanish;   b)
mablag‘larni   jalb   etish   bilan   bog‘liq     xarajatlarning   sodir   bo‘lmasigi;   v)   ma’lum
shartlar bajarilganda qaytarilmasligi lozim. 
Grant   -   bu   iqtisodiyotni   rivojlantirishga   qiziqtirish,   ilmiy-texnika   va
innovatsiya   dasturlarini   bajarish   uchun   ijtimoiy   ahamiyatli   maqsadlar   bo‘yicha
korxonaga   qaytarib   olmaslik   sharti   bilan   davlat,   shuningdek,   nodavlat,   xorijiy,
xalqaro   tashkilotlar   va   fondlar   tomonidan   ko‘rsatiladigan   gumanitar   pul   yoki moddiy-texnika   yordamidir.   Grant   mablag‘lari   qat’iy   maqsadli   tayinlanishi
bo‘yicha foydalaniladi.
Grant   ajratilgan   hollarda   tegishli   grant   ajratuvchi   tashkilot   va   fondlar
tomonidan   korxonaga   xabarnoma   yuboriladi.   Ushbu   xabarnomada   ko‘rsatilgan
summa korxonada quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 4890-«Boshqa debitorlarning
qarzlari», Kt 8810-«Grantlar» schyoti.
Grant   bo‘yicha   moliyalanadigan   maqsadli   loyiha   budjetida   nazarda   tutilgan
pul   mablag‘lari   yoki   mulklar   olinganda   quyidagicha   rasmiylashtiriladi:   Dt   -   Pul
mablag‘larini   hisobga   oladigan   (5110-5530),   kapital   qo‘yilmalar   (0800),
O‘rnatiladigan   uskunalar   (0700),   TMZ   va   boshqa   schyotlar,   Kt   -   4890   «Boshqa
debitorlarning qarzlari» schyoti.
CHet   el   valyutalarida   olingan   grantlar   summasi   O‘zbekiston   Respublikasi
Markaziy   banki   tomonidan   xo‘jalik   muomalalarini   sodir   bo‘lish   kuniga
belgilangan   kurs   bo‘yicha   O‘zbekiston   Respublikasi   milliy   valyutasiga
aylantiriladi.
8820-«Subsidiyalar»   schyoti   mavjud   ajratilgan   subsidiyalar,   ya’ni
iqtisodiyotni   rivojlantirishga   qiziqtirish   maqsadida   ma’lum   shartlar   bilan   davlat
tomonidan ko‘rsatiladigan pul yoki natura yordami harakati to‘g‘risidagi axborotni
umumlashtirish uchun tayinlangan.
Davlat   yordami turli shaklda va turli shartlar bilan berilishi mumkin. Davlat
subsidiyalarining   hisobi   milliy   standartga   asosan   yuritiladi. 4
    Ushbu   standart
bo‘yicha   hisob   yuritish   qoidalari   quyidagi   hollarda   amal   qilmaydi:   narxlarning
o‘zgarishiga   tegishli   hukumat   subsidiyalarini   hisobga   olish;   hukumat   tomonidan
korxonaga   foydadan   ajratma   solig‘i   bo‘yicha   berilgan   yangilliklar   yoki   foydadan
4
  O‘zR Adliya Vazirligi tomonidan 562-raqam bilan ro‘yxatga olingan 10-sonli   «Davlat subsidiyalarini
hisobga olish va davlat yordamini yoritilishi» BHMS ga 1998 yil 3   dekabr ajratma   solig‘idan   vaqtinchalik  ozod  qilish;  korxonani   tasarruf  etishda   davlatning
qatnashishi va boshqalar.
Davlat subsidiyalari - bu kompaniya tomonidan o‘tgan davrda yoki kelajakda
uning   operatsion   faoliyati   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   ma’lum   shartlarni   bajargani   yoki
bajarishi evaziga resurslarni o‘tkazib berish shaklidagi hukumat yordamidir. Asosli
ravishda   baholab   bo‘lmaydigan,   shuningdek   kompaniyaning   odatdagi   savdo
muomalalaridan ajratib bo‘lmaydigan hukumat bilan olib boriladigan operatsiyalar
davlat subsidiyalariga kiritilmaydi.
Aktivga   o‘tkaziladigan   subsidiyalarning   asosiy   sharti   shuki,   kompaniya
tomonidan   uzoq   muddatli   aktivlar   sotib   olinishi   yoki   qurilishi   lozim.   Bu   shartda
qanday aktivlar sotib olinishi, ularning joylashadigan joyi yoki ularning sotib olish
yoki   tasarruf   etish   muddati   ko‘rsatiladi.   Daromadga   o‘tkaziladigan   subsidiyalar   -
bular aktivlarga o‘tkazilmaydigan davlat subsidiyalaridir. SHartli qaytarilmaydigan
qarzlar   -   bular   shunday   qarzlarki,   oldindan   ko‘rsatilgan   ma’lum   shartlar
bajarilgandan so‘ng kreditor o‘z qarzini qaytarib olmaydi.
Davlat   subsidiyalari,   jumladan,   narxdagi   pulsiz   subsidiyalar,   kompaniyaga
qo‘yilgan   shartlarga   mos   kelmaguncha   va   subsidiyalar   olinmaguncha,   tan
olinmaydi.
Subsidiyalarni   olish   tartibi   ularni   hisobga   olish   tartibiga   ta’sir   qilmaydi.
Demak,   sub’sidiyalar   pul   shaklida   olinadimi   yoki   davlat   oldidagi   majburiyatni
kamaytirish shaklida olinadimi, bir xilda hisobga olinadi.
Subsidiyalar   hisobidan   qilingan   xarajatlar   qaysi   davrga   to‘g‘ri   kelsa   davlat
subsidiyalari   o‘sha   davrning   daromadi   deb   tan   olinadi.   Ular   bevosita   kapital
schyotiga kreditlanmaydi.
Amortizatsiyalanuvchi   aktivlarga   tegishli   subsidiyalar   odatda   mazkur
obektlarga   amortizatsiya   hisoblash   davri   ichida   hisoblangan   amortizatsiya
miqdorida daromad deb tan olinadi. Amortizatsiyalanmaydigan   aktivlarga   tegishli   subsidiyalar   ma’lum
majburiyatlarni   bajarishni   talab   qilishi   mumkin   va   shu   majburiyatlarni   bajarish
bo‘yicha   xarajatlar   sodir   bo‘lgan   davr   ichida   daromadga   o‘tkaziladi.   Masalan,   er
uchastkasini   ajratib   berish   tarzidagi   subsidiya   unda   bino   qurish   sharti   bilan
cheklangan   bo‘lishi   mumkin.   Bunday   holda   subsidiya   binoning   xizmat   muddati
ichida daromad sifatida tan olinishi mumkin.
Sodir bo‘lgan xarajatlar yoki zararlarni qoplash, yoki kelajakda hech qanday
xarajatlar   qilmaslik   sharti   bilan   kompaniyaga   zudlik   bilan   ko‘rsatiladigan
moliyaviy yordam tarzida berilgan davlat subsidiyasi olingan davrda daromad deb
tan olinadi.
Aktivlarga   tegishli   subsidiyalar,   jumladan   adolatli   qiymati   bo‘yicha   pulsiz
subsidiyalar   ham,   balansda   yoki   kelgusi   davr   daromadi   tarzida   yoki   aktivning
balans qiymatini topish uchun uni ayirib tashlab ko‘rsatiladi.
Subsidiyalar   ajratilgan   hollarda   xabarnomaga   asosan   ajratilgan   subsidiyalar
summasiga   korxonada   quyidagicha   rasmiylashtiriladi:   Dt   4890-«Boshqa
debitorlarning qarzlari», Kt 8820-«Subsidiyalar» schyoti.
Subsidiyalar   bo‘yicha   mablag‘lar   o‘tkazib   berilganda   pul   mablag‘larini
hisobga   oladigan   (5110-5530)   va   boshqa   schyotlar   debetlanib,   4890-«Boshqa
debitorlarning qarzlari» schyoti kreditlanadi.
Tegishli   tarkibiy   tuzilmalar   qaroriga   binoan   ajratilgan   grant   va   subsidiyalar
zaxira kapitaliga o‘tkazilganda quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 8810 «Grantlar»,
8820 «Subsidiyalar»,  Kt 8520 «Zaxira kapitali» schyoti.
8830 «A’zolik badallari» schyotida ta’sis hujjatlari bilan belgilangan jamiyat
a’zolarining a’zolik badallari summasi aks ettiriladi. A’zolik badallarining tushumi
quyidagi provodka bilan rasmiylashtiriladi: Dt “Pul mablag‘larini hisobga oladigan
schyotlar”,  Kt 8830 «A’zolik badallari» schyoti. 8840   «Maqsadli   foydalanish   uchun   berilgan   soliq   imtiyozlari»   schyotida
maqsadli vazifalarni bajarish bo‘yicha soliqdan ozod qilish natijasida hosil bo‘lgan
summalar aks ettiriladi. 
8890   «Boshqa   maqsadli   tushumlar»   schyotida,   xususan,   farzandlari
maktabgacha yoshdagi bolalar muassasanarida tarbiyalangani uchun ota-onalardan
tushadigan pul mablag‘lari, boshqa shaxs va tashkilotlarning bolalar muassasalarini
saqlash   uchun   o‘tkazib   bergan   mablag‘lari.   SHuningdek   konservatsiya   qilingan
obektlarni saqlash xarajatlarini qoplash bo‘yicha maxsus moliyalashdir.  
Maqsadli   tushumlar   schyotlari   (8800)   bo‘yicha   analitik   hisob   maqsadli
mablag‘larning yo‘nalishi va moliyalash manbalari bo‘yicha yuritiladi.
Bu   schyotlar   bo‘yicha   sodir   bo‘lgan   muomalalarning   sintetik   va   analitik
hisobi 12-jurnal-orderda olib boriladi. Bu jurnal-orderga yozish uchun asos bo‘lib
buxgalteriyaning   ma’lumotnomasi,   bankning   hisob-kitob   schyotidan   bergan
ko‘chirmasi, kassirning hisoboti va boshqalar hisoblanadi.

Xususiy k а p itаl va fondlar hisobi Reja: 1. Ustav kapitalining shakllanishi va ularning hisobini tashkil qilish 2. Qo‘shilgan va zaxira kapitallarini hisobga olish 3. Maqsadli tushumlar, subsidiya va grantlar hisobni yuritish

1. Ustav kapitalining shakllanishi va ularning hisobini tashkil qilish Bozor munosabatlari sharoitida korxonalar o‘z moliyaviy resurslarini mustaqil shakllantirishlari mumkin. Korxona moliyaviy resurslarinining asosiy manbalari bo‘lib foyda, amortizatsiya ajratmalari, qimmatli qog‘ozlarni sotishdan olingan mablag‘lar, aksionerlar yuridik va jismoniy shaxslarning pay va boshqa badallari, shuningdek, kreditlar va qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa tushumlar hisoblanadi. Korxonaning o‘z mablag‘larini shakllantirish asosiy manbai bo‘lib, uning mulkdorlari tomonidan korxonaga qo‘yilgan mablag‘lar majmui bo‘lgan ustav kapitali hisoblanadi. Ustav kapitalini shakllantirish tartibi qonunchilik va ta’sis hujjatlari bilan amalga oshiriladi. CHunonchi, davlat korxonalarining ustav fondi korxona foydalanishga topshirilgan vaqtida o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun davlat tomonidan ajratilgan mablag‘larni aks ettiradi. Aksioner jamiyati deb maxsus nom bilan ta’sis etiladigan, ma’lum miqdorda teng qismlarga bo‘lingan (aksiyalar) asosiy (ustav) kapitaliga ega bo‘lgan, va majburiyatlari bo‘yicha faqat o‘zining mulki bilan javob beradigan yuridik shaxslar tushuniladi. Bu ta’sischilarning tenglik prinsipiga asoslangan ixtiyoriy birlashmadir. Asosiy sharti – faoliyatiga o‘z kapitalini qo‘yish, ya’ni aksioner jamiyati – bu kapitalning birlashishi demakdir. Aksioner jamiyatining faoliyati ustav bilan belgilanadi. Aksioner jamiyatining majburiyatlari bo‘yicha aksionerlar mulklari bilan to‘la mas’uliyatli emas, ularning mas’uliyatlari faqat ustav kapitaliga qo‘yilma bilan cheklanadi. Aksioner jamiyatining ustav kapitalini hajmi uning ustavida ko‘rsatiladi va uning o‘zgarishi ustavini o‘zgarishi uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Ustav kapitali miqdorini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qaror, agar korxonaning ustav kapitalini yangi miqdori ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, umumiy majlis qabul qilgan kundan boshlab kuchga kiradi.

Jamiyat ta’sis etilgan paytdagi ustav kapitali bir xilda nominal qiymatga ega bo‘lgan oldindan belgilangan miqdordagi bir qancha oddiy aksiyalardan iborat bo‘lishi kerak. Aksioner jamiyatlari faqat nomi ko‘rsatilgan aksiyalar chiqaradi va ular albatta tegishli reestrlarda ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak. Aksiyalarni to‘lash mulklar, inshootlar, nomoddiy aktivlar va boshqa moddiy qimmatliklarni, so‘mdagi va xorijiy valyuta dagi pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan bo‘lishi mumkin. Ustav (fondi) kapitalining hisobi 8300 «Ustav kapitalini hisobga oluvchi schyotlar» schyotida yuritiladi. Bu schyot passiv bo‘lib quyidagi: 8310 «Oddiy aksiyalar»; 8320 «Imtiyozli aksiyalar»» 8330 «Pay va ulushlar» schyotlarga bo‘linadi. YUqorida keltirilgan schyotlar davlat korxonalari, birlashmalari va tashkilotlarining ustav fondini va aksioner jamiyatlari va shirkatlarning ustav kapitalini hisobga olish uchun tayinlagan. Bu schyotlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan miqdor doirasidagi haqiqiy ustav kapitali yoki to‘langan aksiyalarni nominal qiymati aks ettiriladi. Ustav kapitalining miqdori ustavda ro‘yxatdan o‘tkazilgan summadan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Ta’sischilarga qaytarilgan ulushi ustav kapitalni kamaytirmaydi, balki aksioner jamiyati tomonidan o‘z aksiyalarini sotib olingandek rasmiylashtirilib 8610 «Sotib olingan xususiy aksiyalar - oddiy» va 8620 «Sotib olingan xususiy aksiyalar - imtiyozli» schyotlarning Debetida aks ettiriladi. Bu schyotlarning Debet aylanmasi ustav kapitalini kamayishini, kredit oboroti esa qonunchilikka binoan turli sabablarga ko‘ra ustav kapitalini ko‘payishini ko‘rsatadi. 8310, 8320 va 8330 – schyotlarda aks ettiriladigan muomalalarning hisobi 12 – jurnal – orderda yuritiladi. Aksioner jamiyat ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustav kapitali summasiga jamiyat oldida aksionerlarning qarzi vujudga keladi.

Ta’sischilar bilan olib boriladigan hisob – kitoblarning hisobi 4610 «Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi» schyotida olib boriladi. Ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustav kapitali summasiga 4610 schyoti Debetlanib, 8310 «Oddiy aksiyalar», 8320 «Imtiyozli aksiyalar» va 8330 «Pay va ulushlar» schyotlari kreditlanadi. 4610- schyoti aktiv bo‘lib, Debet saldosi oy boshiga qolgan ta’sischilarning qarzlarini ko‘rsatadi. Debet oboroti hisobot oyida vujudga kelgan ta’sischilarning qarzlarini aks ettirsa, kredit obroti debitor qarzlarni kamayishini, ya’ni ta’sischilar tomonidan o‘tkazib berilgan pul mablag‘lari, moddiy qimmatliklar va mulklar qiymatini ko‘rsatadi. Jamiyatning aksionerlari maxsus reestrda ro‘yxatga olinadi. Qo‘yilmalar bo‘yicha aksionerlar bilan olib boriladigan hisob – kitobning analitik hisobi aksionerlarning har biri bo‘yicha kartochkalarda yoki qaydnomalarda ustav kapitaliga qo‘yilmalar bo‘yicha qarzlari, qarzlarni qaytarish muddati, qarzni qaytarish hisobiga topshirilgan aktivlar summasi ko‘rsatilgan holda yuritiladi. Sotib olingan aksiyalar summasini ta’sischilar asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, so‘mda va xorijiy valyuta pul mablag‘lari va boshqa moddiy qimmatliklari bilan to‘lashlari mumkin. Analitik hisob yuritish uchun asos bo‘lib ta’sis hujjatlari, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni qabul qilish – topshirish dalolatnomalari, kirim kassa orderlari va boshqalar hisoblanadi. Aksioner jamiyatlarining xo‘jalik faoliyati amaldagi qonunchilik asosida olib borilsa, ularning ishlab chiqarish xarajatlari va moliya – xo‘jalik faoliyatining hisobi Nizomga asosan yuritiladi. 1 CHunonchi, jamiyat tomonidan olingan balans foydaga hisobot davrida sotilgan mahsulot tannarxiga yoki davr xarajatlariga yoki 1 O‘zR Vazirlar Mahkamasining 54- sonli qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ish, xizmat) larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom. 1999 yil 5 fevral. (2003 yil 15 oktyabrdagi kiritilgan o‘zgarishlar), (2017yil yangi tahrirdagisi)

foydani kamaytirishga kiritilgan xarajatlar qo‘shiladi. Natijada soliqqa tortiladigan baza aniqlanib, undan foyda (daromad) dan ajratma solig‘i summasi hisoblanadi. Foydaning qolgan summasi sof foyda hisoblanib, u aksionerlar majlisining qaroriga binoan taqsimlanadi. Mehnat jamoasining tasarrufida, qolgan sof foyda, odatda, ikki maqsadga foydalaniladi: dividend to‘lashga va ishlab chiqarishni kengaytirish ham ijtimoiy ehtiyojlar uchun. Dividend har chorakda yoki bir yilda bir marta to‘lanishi mumkin. Oraliq dividend direktorlar kengashi tomonidan elon qilinib qat’iy belgilangan miqdorda bo‘ladi. Yillik dividendlar miqdori aksionerlarning umumiy majlisi tomonidan yillik ish natijasi bo‘yicha belgilanadi. Yillik dividendlarga oraliq hisoblangan dividendlar qo‘shilmaydi. Dividendlar hisoblash va to‘lash amaldagi Nizomga asosan rasmiylashtiriladi. 2 Imtiyozli aksiyalar bo‘yicha oldindan belgilangan dividend ularni muomalaga chiqargan paytda ko‘rsatiladi. Bunday aksiyalar bo‘yicha dividendlar olingan foyda miqdoridan qat’iy nazar birinchi navbatda hisoblanadi va to‘lanadi. Basharti imtiyozli aksiyalar bo‘yicha hisoblangan dividendlarni to‘lash uchun olingan foyda etarli bo‘lmasa, maxsus tashkil etilgan zaxira kapitali yoki boshqa manbalardan foydalaniladi. Muomalaga chiqarilmagan aksiyalar bo‘yicha dividend hisoblanmaydi. Agar jamiyatning ustavida nazarda tutilgan bo‘lsa, dividendlar aksiyalar, obligatsiyalar, tovarlar bilan to‘lanishi mumkin. Jamiyat soliqni hisobga olmagan holda dividend elon qiladi. Dividend faqat qo‘shilgan ulushga yoki sotib olingan aksiyalar uchun to‘langan summaga mutanosib ravishda beriladi. Dividend tarzida olingan daromaddan soliq dividendlarni to‘lash manbaida, ya’ni aksioner jamiyatida ushlab qolinadi. Aksionerlar bilan daromadlar bo‘yicha olib boriladigan hisob 6610 «To‘lanadigan dividendlar» schyotida yuritiladi. Bu schyot passiv bo‘lib, uning 2 O‘zR Moliya Vazirligi va Davlat mulk qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan «Aksionerlar jamiyatlari tomonidan dividendlar hisoblash, to‘lash va foydalanish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom. 1999 yil 26 noyabr