MOLIYAVIY NATIJALAR HISOBI
MOLIYAVIY NATIJALAR HISOBI Reja: 1. Moliyaviy natijalar mohiyati, ko’rsatkichlari. 2. Moliyaviy natijalar hisobi. 3. Moliyaviy hisobot
1. Moliyaviy natijalar mohiyati, ko’rsatkichlari. Moliyaviy natija (financial results) – korxonaning yil davomidagi faoliyati natijasida olgan foydasi yoki ko’rgan zararidir 1 . Moliyaviy natija yil oxirida aniqlanadi, chunki, korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlar haqiqiy tannarxi yil oxirida aniqlanib, so’ngra sotilgan mahsulotlarning moliyaviy natijasi aniqlanadi. Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida Nizom” va O’zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standartlari bilan tartibga solinadi. Nizom va 3-son BHMS «Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot»ga asosan xarajatlar quyidagi to’rt guruhga bo’linadi: 1. Mahsulot (ish, xizmat) tannarxiga kiradigan xarajatlar. Davr xarajatlari. 3. Moliyaviy faoliyat xarajatlari. 4. Favqulodda zararlar. Shuningdek, daromadlari ham to’rt guruhga bo’linadi: 1. Mahsulot (ish, xizmat) sotishdan tushum. Asosiy faoliyatining boshqa daromadlari ( tushumlari ) . 3. Moliyaviy faoliyat daromadlari ( tushumlari ) . 4. Favqulodda foyda. «Mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotish xarajatlar tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida»gi Nizom g a asosan xo’jalik yurituvchi sub’yektning moliyaviy natijalari quyidagi foyda ko’rsatkichlari bilan tavsiflandi: 1.Mahsulot sotishdan olinadigan yalpi foyda (YaF). Bu sotishdan olinadigan sof tushum (SST) bilan sotilgan mahsulot ishlab chiqarish tannarxi (SMIT) o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi:YaF = SST − SMIT 1 Accounting Principles (10 th ed.)/ Jerry J. Weygandt, Paul D. Kimmel, Donald E. Kieso. Printed in the USA, 2012. ISBN-13 978-0-470-53479-3. p.476.
Asosiy faoliyatdan olingan foyda (AFF). Bu mahsulot sotishdan yalpi foyda bilan davr xarajatlari (DX) o’rtasidagi ayirma sifatida belgilanib, unga asosiy faoliyatidan boshqa daromadlar (BD) qo’shiladi va boshqa xarajat lar (B X ) ayriladi:AFF = YaF − DX + BD − BX 3. Umumxo’jalik faoliyatidan olingan foyda (U X F). Bu asosiy faoliyatdan olingan foyda (AFF) summasiga moliyaviy faoliyat daromadlari (MFD) qo’shilib, moliyaviy faoliyat xarajatlari (MFX) ay i ri l ib tashlangan holda aniqlanadi: UXF = AFF + MFD − MFX 4.S oliq to’la ngun gacha bo’lgan foyda (STF). Bu umumxo’jalik faoliyatidan olingan foydaga (U X F) favqulodda foyda (FF) qo’shilgan va favqulodda zararlar (FZ) ayirilgan holda aniqlanadi: STF = UXF + FF − FZ 5. S of foyda (SF). Bu soliq to’lan gun gacha foydadan (STF) foyda solig’i ( F S) chegirilgan hamda qonunda nazarda tutilgan boshqa soliq va to’lovlar (BST) ay i rilib belgilanadi: SF = STF − FS − BST 9. Moliyaviy natijalar hisobi. Moliyaviy natijalar hisobi quyidagi tranzit schyotlarda olib boriladi: 9000–«Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar»; 9100–«Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larning tannarxini hisobga oluvchi schyotlar»; 9200–«Asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishini hisobga oluvchi schyotlar» 9300–«Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar»; 9400–«Davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar»; 9500–«Moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar»; 9600–«Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar»; 9700–«Favquloddagi foyda (zarar)larni hisobga oluvchi schyotlar»; 9800–«Soliqlar va yig’imlarni to’lash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi schyotlar»; 9900–«Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi schyotlar». Moliyaviy natijalar hisobi schyotlarining korrespondensiyasi: T/r Xo’jalik muomalalarining mazmuni Schyotlarning bog’lanishi
Debet Kredit 1 Jo’natilgan mahsulotlar, tovarlar, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlar uchun xaridorlarga taqdim etilgan summaga 4010 - 4020 9010 - 90 3 0 2 Mahsulotlar, tovarlar, ishlar va xizmatlarni naqd pulga sotish 5010 - 5020 9010 - 90 3 0 3 Korxona xodimiga mahsulot, tovarlar, ishlar va xizmatlar sotildi 4790 9010 - 90 3 0 4 Dividendlar mahsulotlar, tovarlar, ishlar va xizmatlar bilan to’landi 6610 9010 - 90 3 0 5 Sotilgan tovarlarning qaytishi 9040 4010 6 Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi 9010 - 90 3 0 9910 7 Sotilgan tayyor mahsulot, tovarlarning tannarxi 9110
28 0 0 , 2 90 0 8 Chiqib ketayotgan hayvonlarning tannarxi 9110 1110 - 1120 9 Asosiy, yordamchi ishlab chiqarishlar bajargan ishlari va ko’rsatgan xizmatlarining tannarxi 9130 2010, 2310 10 Sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning tannarxini hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi 9910 9100 11 Asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda 9210 , 9220 9310 12 Hisobot davrida aniqlangan o’tgan yillar foydalari 4010 9340 13 Ortiqcha mahsulotlar, tovarlarning kirim qilinishi 2800 ,2900 9390 14 Tugallanmagan qurilishdagi ortiqchalar kirim qilinishi 0810-0890 9390 15 Hisobot davrining oxirida asosiy faoliyat boshqa daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar yopilishi 9310-9390 9910 16