logo

Yakuniy moliyaviy nаtijаlаr va foydaning ishlatilishi hisobi

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

41 KB
Yakuniy moliyaviy nаtijаlаr va foydaning ishlatilishi hisobi
Reja:
           1. Foydaning ishlatilishini hisobga olish
          2 .Yyakuniy moliyaviy natija ni hisobga olish
                  3 .  T aqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)ni hisobga olish 1. Foydaning ishlatilishini hisobga olish
Foyda   korxonalar   tomonidan   yil   davomida   budjet   oldidagi   foyda   (daromad)
dan   ajratma   bo‘yicha   majburiyatlarni   bajarish   uchun   ishlatiladi.   Yil   davomida
budjetga   daromad   (foyda)   dan   ajratma   bo‘yicha   bo‘nak   to‘lanmalar   va   haqiqiy
foydadan   qaytadan   hisoblash   bo‘yicha   to‘lanmalar   quyidagi   schyotlarda   hisobga
olinadi:   9810-«Daromad   (foyda)   solig‘i   bo‘yicha   xarajatlar»   va   9820-«Foydadan
hisoblangan boshqa soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha xarajatlar» schyoti. Bular tranzit
schyotlar   bo‘lib   kontrpassiv   schyotlariga   mansubdir.   Ushbu   schyotlarning   debet
oborotlari   yil   davomida   daromad   (foyda)   dan   budjetga   ajratma   bo‘yicha
to‘lanmalar   summasini   ko‘rsatadi.   Hisobot   davri   oxirida   yillik   hisobotni   tuzishda
bu schyotlar yopiladi va ularda yil boshiga qoldiq qolmaydi.
Foyda (daromad) dan ajratiladigan soliqlarni hisoblash va to‘lash qonunchilik
va boshqa meyoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Yil   davomida   budjetga   foydadan   ajratma,   yig‘im   va   boshqa   ajratmalar
hisoblanganda   9810   va   9820   schyotlari   debetlanib   6410   -«Budjetga   to‘lovlar
bo‘yicha   qarz»   schyoti   kreditlanadi.   Ushbu   foydadan   ajratma,   yig‘im   va   boshqa
ajratmalar budjetga o‘tkazib berilganda 6410- schyot debetlanib, pul mablag‘larini
hisobga oladigan schyotlar kreditlanadi.
Hisobot   yili   oxirida   bu   schyot   quyidagicha   yopiladi:   Dt   9910-   «YAkuniy
moliyaviy natija», Kt 9810, 9820 - schyotlar.
Foydadan   ajratma,   yig‘im   va   boshqa   ajratmalarni   hisobga   oladigan   9810   va
9820   -   schyotlarning   sintetik   va   analitik   hisoblari   bankning   hisob   -   kitob
schyotidan   berilgan   ko‘chirmasiga   va   boshqa   hujjatlarga   asosan   15   -   jurnal   -
orderda yuritiladi.
Odatda   korxona   faoliyatining   yakuniy   moliyaviy   natijasi   yil   oxirida
aniqlanadi.   Buning   uchun   korxona   buxgalteriyasida   9910-   «YAkuniy   moliyaviy
natija»   schyoti   ochiladi.   Bu   schyot   hisobot   yilida   korxona   faoliyatining   yakuniy moliyaviy   natijasini   shakllanishi   to‘g‘risidagi   axborotni   umumlashtirish   uchun
tayinlangan.
2.Yyakuniy moliyaviy natijani hisobga olish
YAkuniy  moliyaviy  natija  (foyda  yoki  zarar)  quyidagicha   aniqlanadi:   asosiy
faoliyatdan   olingan   moliyaviy   natija   (foyda)   ga   moliyaviy   faoliyatdan   olingan
daromad   va   favquloddagi   foyda   summasi   qo‘shiladi   va   shu   faoliyatlardan   sodir
bo‘lgan zarar (xarajat) lar olib tashlanadi.
9910-   «YAkuniy   moliyaviy   natija»   schyoti   tranzit   bo‘lib   aktiv   -   passiv
schyotlarga mansubdir. Debeti bo‘yicha xarajatlar, krediti bo‘yicha - korxonaning
foydasi aks ettiriladi. Bu schyotning debet oboroti bilan kredit oborotini solishtirish
yo‘li bilan hisobot davridagi yakuniy moliyaviy natija aniqlanadi.
B ir hisobot davrining oxirida 9910- «YAkuniy moliyaviy natija» schyotining
debet   va  kredit   tomonlari   ko‘rsatkichlari   jamlanib   bu  schyotning   umumiy  saldosi
hisoblab   chiqariladi.   Hisoblab   topilgan   saldo   hisobot   davrida   soliqqa   tortilgunga
qadar bo‘lgan umumiy balans foydasi (yoki zarari) ni ko‘rsatadi.
Hisobot yilining oxirida 9810- «Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha xarajatlar»,
9820   «Foydadan   boshqa   soliqlar   va   yig‘imlar   bo‘yicha   xarajatlar»   schyotlarida
foyda   (daromad)   dan   hisoblangan   umumiy   summa   aks   ettiriladi.   Yillik   hisobotni
tuzishda   oxirgi   buxgalteriya   o‘tkazmalari   bilan   hisoblangan   soliq   va   yig‘imlar
summasi,   ilgari   aytilganidek,   quyidagicha   hisobdan   chiqariladi:   Dt
9910-«YAkuniy   moliyaviy   natija»,   Kt   9810-«Daromad   (foyda)   solig‘i   bo‘yicha
xarajatlar»   yoki   Kt   9820-«Foydadan   hisoblangan   boshqa   soliqlar   va   yig‘imlar
bo‘yicha xarajatlar» schyotlari.
9910-«YAkuniy   moliyaviy   natija»   schyotida   qolgan   sof   foyda   (yoki   zarar)
summasi quyidagi yozuv bilan taqsimlanmagan foydaga o‘tkaziladi: Sof   foyda   summasiga   -   Dt   9910-«YAkuniy   moliyaviy   natija»,   Kt   8710-
«Hisobot   davrining   taqsimlanmagan   foydasi   (qoplanmagan   zarari)».   Zarar
summasiga esa,  Dt 8710, Kt 9910 - «YAkuniy moliyaviy natija» schyoti.
Korxona   faoliyatining   boshidan   yig‘ib   kelingan   va   hisobot   davrida   sodir
bo‘lgan   mavjud   taqsimlanmagan   foyda   yoki   qoplanmagan   zarar   summasining
harakati   to‘g‘risidagi   axborotlar   quyidagi   schyotlarda   hisobga   olinadi:
8710-«Hisobot   davrining   taqsimlanmagan   foydasi   (qoplanmagan   zarari)»   va
8720-«Jamg‘arilgan   foyda   (qoplanmagan   zarar)»   schyotlari.   Bu   schyotlar   nazariy
jihatdan   passivdir,   lekin   amaliyotda   8710-schyot   debet   saldoga   ham   ega   bo‘lishi
mumkin, ya’ni korxona hisobot davrini zarar bilan yakunlashi ham mumkin.
3 .  T aqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)ni hisobga olish
  Jamg‘arilgan foyda - bu har qanday zararlar, dividendlar va mulkdorlar qarori
bo‘yicha   hususiy   kapitalga   reinvestitsiya   qilingan   summalar   chiqarilib
tashlangandan   qolgan   xo‘jalik   yurituvchi   subektning   faoliyatini   boshidan   boshlab
olgan sof foydasidir.
8710-«Hisobot   davrining   taqsimlanmagan   foydasi   (qoplanmagan   zarari)»
schyotida   korxonaning   hisobot   yili   bo‘yicha   taqsimlanmagan   foydasi
(qoplanmagan zarari) hisobga olinadi.
Dividendlar   va   mulkdorlar   qaroriga   binoan   boshqa   ajratmalar   qilingandan
so‘ng   hisobot   yilining   taqsimlanmagan   foydasi   8710-«Hisobot   davrining
taqsimlanmagan   foydasi   (qoplanmagan   zarari)»   schyotidan   8720-«Jamg‘arilgan
foyda (qoplanmagan zarar)» schyotiga o‘tkaziladi.
Ilgari   aytganimizdek,   8710-«Hisobot   davrining   taqsimlanmagan   foydasi
(qoplanmagan   zarari)»   schyoti,   agar   xo‘jalik   faoliyatidan   olingan   foydasidan
zararlari   va   to‘langan   dividendlari   ko‘p   bo‘lsa,   Debet   saldoga   ham   ega   bo‘lishi mumkin.   Bunday   hollarda   zarar   summasi   quyidagi   yozuv   bilan   jamg‘arilgan
foydani   kamaytirishga   o‘tkaziladi:   Dt   8720-«Jamg‘arilgan   foyda   (qoplanmagan
zarar)»,   Kt   8710-«Hisobot   davrining   taqsimlanmagan   foydasi   (qoplanmagan
zarari)» schyoti.
Taqsimlanmagan   foydadan   zaxira   kapitalini   shakllantirish   uchun   ajratiladi.
Bunda   quyidagicha   rasmiylashtiriladi:   Dt   8710-«Hisobot   davrining
taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)»,  Kt  8520-Zaxira   kapitali»
schyoti.
Taqsimlangan   foydadan   dividendlar   hisoblansa,   8710-   schyoti   debetlanib,
6610-   «To‘lanadigan   dividendlar»   schyoti   kreditlanadi.   dividendlar   to‘langanda,
6610   «To‘lanadigan   dividendlar»   schyoti   debetlanib   quyidagi   schyotlar
kreditlanadi:   5010,   5110,   5210-   schyotlar.   pul   mablag‘lari   bilan   yoki   9010-
«Mahsulot   sotishdan   olingan   daromadlar»   schyoti   -   sotish   bahosida   ishlab
chiqarilgan   mahsulot   bilan   to‘lansa,   shu   bilan   birga   natura   shaklida   to‘langan
mahsulotning   haqiqiy   tannarxiga   9110-   «Sotilgan   tayyor   mahsulotlar   tannarxi»
schyoti debetlanib, 2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar» schyoti kreditlanadi.
4610-«Ustav   kapitaliga   ta’sischilarning   ulushlari   bo‘yicha   qarzi»   schyoti   -
dividendlar aksiyalar bilan to‘lansa, 9910-«YAkuniy moliyaviy natija» schyotining
sintetik va analitik hisobi 15-jurnal - orderida yuritiladi. Bu jurnal - orderga yozish
uchun   asos   bo‘lib   buxgalteriyaning   ma’lumotnomasi,   bankning   hisob   -   kitob
schyoti   va   boshqa   schyotlardan   bergan   ko‘chirmasi   va   boshqa   hujjatlar
hisoblanadi. CHorak va hisobot yili oxirida jurnal - order ko‘rsatkichlari chorak va
yillik hisobot shakllarini tuzish uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
Qisqa xulosa
Moliyaviy   natijalar   -   korxona   faoliyatining   yakuniy   natijasini   tasniflovchi
ko‘rsatkich   bo‘lib,   balansning   foyda   va   zarari   haqidagi   umumiy   ma’lumotlarni
buxgalteriya   hisobida   qiymat   ko‘rinishida   ma’lum   davrga   aks   etishidir. SHuningdek,   korxonalarda   hisobot   davri   ichida   sodir   bo‘lgan   xarajatlar   va
daromadlarni  tan olish, dastlabki  hisob ma’lumotlarni  aniqlashtirish hamda ularni
buxgalteriya   hisobi   va   hisobotlarida   to‘g‘ri   hisobga   olishning   nazariy   –uslubiy
asoslarini   mukammallashtirish   hisob   tizimini   tashkil   qilishda   muhim   ijobiy
natijalarga erishiladi.
N azorat va muhokama uchun savollari
1. Moliyaviy   natijalar   hisobini   yuritish   qaysi   meyoriy   hujjatlar   bilan   tartibga
solinadi?
2. Xo‘jalikda   hisobdan   chiqarilgan   asosiy   vositalarni   buxgalteriya   hisobi
schyotlar rejasidagi qaysi schyotlarda hisobga olinadi?
3. Boshqaruv   tizimida   faoliyat   ko‘rsatayotgan   xodimlarning   ish   haqi   qaysi
xarajatlarga olib boriladi va moliyaviy natijalarga ta’siri qanaqa bo‘ladi?
4. Valyuta  kurslari bo‘yicha aniqlangan ijobiy va salbiy kursdagi farqlar qanday
hisobga olinadi? 
5. Daromadlar   «Xarajatlar   tarkibi   to‘g‘risida»gi   Nizomning   qaysi   bo‘limlarida
aks ettiriladi?
6. Mahsulot (ish, xizmat, tovar) lar sotish qaysi schyotlarda hisobga olinadi?
7. Moliyaviy faoliyatdan olinadigan foyda qaysi schyotlarda hisobga olinadi?
8. Moliyaviy faoliyat xarajatlari qaysi schyotlarda hisobga olinadi?
9. Favqulodda foyda va zararga o‘tkazilishning qanday shartlari bor?
10. YAkuniy moliyaviy natija  qanday aniqlandi?

Yakuniy moliyaviy nаtijаlаr va foydaning ishlatilishi hisobi Reja: 1. Foydaning ishlatilishini hisobga olish 2 .Yyakuniy moliyaviy natija ni hisobga olish 3 . T aqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)ni hisobga olish

1. Foydaning ishlatilishini hisobga olish Foyda korxonalar tomonidan yil davomida budjet oldidagi foyda (daromad) dan ajratma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish uchun ishlatiladi. Yil davomida budjetga daromad (foyda) dan ajratma bo‘yicha bo‘nak to‘lanmalar va haqiqiy foydadan qaytadan hisoblash bo‘yicha to‘lanmalar quyidagi schyotlarda hisobga olinadi: 9810-«Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha xarajatlar» va 9820-«Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha xarajatlar» schyoti. Bular tranzit schyotlar bo‘lib kontrpassiv schyotlariga mansubdir. Ushbu schyotlarning debet oborotlari yil davomida daromad (foyda) dan budjetga ajratma bo‘yicha to‘lanmalar summasini ko‘rsatadi. Hisobot davri oxirida yillik hisobotni tuzishda bu schyotlar yopiladi va ularda yil boshiga qoldiq qolmaydi. Foyda (daromad) dan ajratiladigan soliqlarni hisoblash va to‘lash qonunchilik va boshqa meyoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Yil davomida budjetga foydadan ajratma, yig‘im va boshqa ajratmalar hisoblanganda 9810 va 9820 schyotlari debetlanib 6410 -«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz» schyoti kreditlanadi. Ushbu foydadan ajratma, yig‘im va boshqa ajratmalar budjetga o‘tkazib berilganda 6410- schyot debetlanib, pul mablag‘larini hisobga oladigan schyotlar kreditlanadi. Hisobot yili oxirida bu schyot quyidagicha yopiladi: Dt 9910- «YAkuniy moliyaviy natija», Kt 9810, 9820 - schyotlar. Foydadan ajratma, yig‘im va boshqa ajratmalarni hisobga oladigan 9810 va 9820 - schyotlarning sintetik va analitik hisoblari bankning hisob - kitob schyotidan berilgan ko‘chirmasiga va boshqa hujjatlarga asosan 15 - jurnal - orderda yuritiladi. Odatda korxona faoliyatining yakuniy moliyaviy natijasi yil oxirida aniqlanadi. Buning uchun korxona buxgalteriyasida 9910- «YAkuniy moliyaviy natija» schyoti ochiladi. Bu schyot hisobot yilida korxona faoliyatining yakuniy

moliyaviy natijasini shakllanishi to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun tayinlangan. 2.Yyakuniy moliyaviy natijani hisobga olish YAkuniy moliyaviy natija (foyda yoki zarar) quyidagicha aniqlanadi: asosiy faoliyatdan olingan moliyaviy natija (foyda) ga moliyaviy faoliyatdan olingan daromad va favquloddagi foyda summasi qo‘shiladi va shu faoliyatlardan sodir bo‘lgan zarar (xarajat) lar olib tashlanadi. 9910- «YAkuniy moliyaviy natija» schyoti tranzit bo‘lib aktiv - passiv schyotlarga mansubdir. Debeti bo‘yicha xarajatlar, krediti bo‘yicha - korxonaning foydasi aks ettiriladi. Bu schyotning debet oboroti bilan kredit oborotini solishtirish yo‘li bilan hisobot davridagi yakuniy moliyaviy natija aniqlanadi. B ir hisobot davrining oxirida 9910- «YAkuniy moliyaviy natija» schyotining debet va kredit tomonlari ko‘rsatkichlari jamlanib bu schyotning umumiy saldosi hisoblab chiqariladi. Hisoblab topilgan saldo hisobot davrida soliqqa tortilgunga qadar bo‘lgan umumiy balans foydasi (yoki zarari) ni ko‘rsatadi. Hisobot yilining oxirida 9810- «Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha xarajatlar», 9820 «Foydadan boshqa soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha xarajatlar» schyotlarida foyda (daromad) dan hisoblangan umumiy summa aks ettiriladi. Yillik hisobotni tuzishda oxirgi buxgalteriya o‘tkazmalari bilan hisoblangan soliq va yig‘imlar summasi, ilgari aytilganidek, quyidagicha hisobdan chiqariladi: Dt 9910-«YAkuniy moliyaviy natija», Kt 9810-«Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha xarajatlar» yoki Kt 9820-«Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha xarajatlar» schyotlari. 9910-«YAkuniy moliyaviy natija» schyotida qolgan sof foyda (yoki zarar) summasi quyidagi yozuv bilan taqsimlanmagan foydaga o‘tkaziladi:

Sof foyda summasiga - Dt 9910-«YAkuniy moliyaviy natija», Kt 8710- «Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)». Zarar summasiga esa, Dt 8710, Kt 9910 - «YAkuniy moliyaviy natija» schyoti. Korxona faoliyatining boshidan yig‘ib kelingan va hisobot davrida sodir bo‘lgan mavjud taqsimlanmagan foyda yoki qoplanmagan zarar summasining harakati to‘g‘risidagi axborotlar quyidagi schyotlarda hisobga olinadi: 8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)» va 8720-«Jamg‘arilgan foyda (qoplanmagan zarar)» schyotlari. Bu schyotlar nazariy jihatdan passivdir, lekin amaliyotda 8710-schyot debet saldoga ham ega bo‘lishi mumkin, ya’ni korxona hisobot davrini zarar bilan yakunlashi ham mumkin. 3 . T aqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)ni hisobga olish Jamg‘arilgan foyda - bu har qanday zararlar, dividendlar va mulkdorlar qarori bo‘yicha hususiy kapitalga reinvestitsiya qilingan summalar chiqarilib tashlangandan qolgan xo‘jalik yurituvchi subektning faoliyatini boshidan boshlab olgan sof foydasidir. 8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)» schyotida korxonaning hisobot yili bo‘yicha taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari) hisobga olinadi. Dividendlar va mulkdorlar qaroriga binoan boshqa ajratmalar qilingandan so‘ng hisobot yilining taqsimlanmagan foydasi 8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)» schyotidan 8720-«Jamg‘arilgan foyda (qoplanmagan zarar)» schyotiga o‘tkaziladi. Ilgari aytganimizdek, 8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)» schyoti, agar xo‘jalik faoliyatidan olingan foydasidan zararlari va to‘langan dividendlari ko‘p bo‘lsa, Debet saldoga ham ega bo‘lishi

mumkin. Bunday hollarda zarar summasi quyidagi yozuv bilan jamg‘arilgan foydani kamaytirishga o‘tkaziladi: Dt 8720-«Jamg‘arilgan foyda (qoplanmagan zarar)», Kt 8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)» schyoti. Taqsimlanmagan foydadan zaxira kapitalini shakllantirish uchun ajratiladi. Bunda quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)», Kt 8520-Zaxira kapitali» schyoti. Taqsimlangan foydadan dividendlar hisoblansa, 8710- schyoti debetlanib, 6610- «To‘lanadigan dividendlar» schyoti kreditlanadi. dividendlar to‘langanda, 6610 «To‘lanadigan dividendlar» schyoti debetlanib quyidagi schyotlar kreditlanadi: 5010, 5110, 5210- schyotlar. pul mablag‘lari bilan yoki 9010- «Mahsulot sotishdan olingan daromadlar» schyoti - sotish bahosida ishlab chiqarilgan mahsulot bilan to‘lansa, shu bilan birga natura shaklida to‘langan mahsulotning haqiqiy tannarxiga 9110- «Sotilgan tayyor mahsulotlar tannarxi» schyoti debetlanib, 2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar» schyoti kreditlanadi. 4610-«Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi» schyoti - dividendlar aksiyalar bilan to‘lansa, 9910-«YAkuniy moliyaviy natija» schyotining sintetik va analitik hisobi 15-jurnal - orderida yuritiladi. Bu jurnal - orderga yozish uchun asos bo‘lib buxgalteriyaning ma’lumotnomasi, bankning hisob - kitob schyoti va boshqa schyotlardan bergan ko‘chirmasi va boshqa hujjatlar hisoblanadi. CHorak va hisobot yili oxirida jurnal - order ko‘rsatkichlari chorak va yillik hisobot shakllarini tuzish uchun asos bo‘lib hisoblanadi. Qisqa xulosa Moliyaviy natijalar - korxona faoliyatining yakuniy natijasini tasniflovchi ko‘rsatkich bo‘lib, balansning foyda va zarari haqidagi umumiy ma’lumotlarni buxgalteriya hisobida qiymat ko‘rinishida ma’lum davrga aks etishidir.