logo

Moliyaviy nаtijаlаrning shakllanishi hisobi

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

72 KB
Mavzu .   Moliyaviy nаtijаlаrning shakllanishi hisobi
Reja:
1 . Moliyaviy natijalarning shakllanishi va  ularni hisobga olish
2. Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan yalpi foyda (zarar)larni
hisobga olish
3.   Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar, moliyaviy faoliyatdan
olinadigan foyda (zarar), favqulodda foyda va zararlarni hisobga olish 1. Moliyaviy natijalarning shakllanishi va  ularni hisobga olish
Korxona   faoliyatining   moliyaviy   natijasini   ta’riflovchi   sintetik   ko‘rsatkich
bo‘lib   balans   (yalpi)   foyda   va   zarari   hisoblanadi   va   Nizomga   asosan   tartibga
solinadi. 1
    Ushbu   Nizomning   ahamiyati   behad   katta   bo‘lib   u   soliqqa   tortiladigan
foyda   bilan   buxgalteriya   schyotida   (balans   foyda)   hosil   bo‘ladigan   foyda   farqini
aniqlash   imkoniyatini   beradi;   foydalanuvchilar   tomonidan   qarorlar   qabul   qilish
uchun moliyaviy hisobotning ahamiyatini oshiradi.
Nizomga ko‘ra, bir tomondan korxonalarga hisobot davri ichida sodir bo‘lgan
xarajatlar va daromadlar to‘g‘risidagi aniq ma’lumotlarni olish imkoniyatini bersa,
ikkinchi   tomondan   soliq   qonunlariga   binoan   soliq   organlariga   hisobotlarni   tuzib
topshirish  imkoniyatini   yaratadi. Bunda  davlat   o‘z vakolatli   organlari   orqali   soliq
hisobotini to‘g‘riligini tekshirish huquqiga ega.
Agar   soliq   qonunchiligi   korxona   foydasi   va   rentabelligini   aniqlashda
tadbirkorlik   –   barcha   daromadlardan   barcha   xarajatlarni   chiqarib   tashlash   –
qonuniga amal qilganda oson bo‘lar edi. Lekin davlatning soliq siyosati faqat soliq
hisoblash   va   uni   budjetga   o‘tkazib   olishnigina   inobatga   olmaydi,   balki   soliq
siyosati   rag‘batlantiruvchi   xarakterga   ega,   xo‘jalik   yuritishning   ratsional   usulini
rag‘batlantiradi   va   resurslardan   qonunsiz   foydalanishni   jazolaydi.   Soliq   siyosati
ma’lum   ijtimoiy   maqsadni   ham   ko‘zlaydi,   yangi   xududlarni   o‘zlashtirishga
undaydi va h. k.
Demak,   korxona   o‘z   xo‘jalik   faoliyatini   samaradorligini   aniqlash   va   kelgusi
davrga   boshqaruv   qarorlarini   qabul   qilish   uchun   hisobot   davrida   daromad   va
xarajatlarni hisoblab chiqish imkoniyatini beradigan axborotlarni yig‘ish va ishlab
1  
 O‘zR Vazirlar Mahkamasining 54-sonli qarori bilan tasliqlangan «Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ni ishlab
chiqarish   va   sotish   xarajatlarining   tarkibi   hamda   moliyaviy   natijalarni   shakllantirish   tartibi   to‘g‘risida
Nizom»   1999   yil   5   fevral.   (2003   yil   15   oktyabrdagi   yangi   qaytadan   ishlab   chiqilgan   nashri),   (2017yil
yangi tahrirdagisi)     
   chiqish tizimiga ega bo‘lishi kerak. Korxona – bu hisoblarni soliq omilini inobatga
olmasdan bajaradi.
Korxonaning   balans   foydasini   aniqlash   uchun   sotishdan   tushgan   tushumdan
olib   tashlanadigan   xarajatlar   ro‘yxati   xarajatlar   tarkibi   to‘g‘risidagi   Nizomning
asosiy matnida keltirilgan. Bundan keyin korxona buxgalteriya hisobi schyotlarida
ko‘rsatilgan foydani soliq qonunchiligiga binoan tuzatib soliqqa tortiladigan bazani
aniqlaydi. Buxgalteriya hisobi  schyotlaridagi  foydani  soliq  qonunchiligiga binoan
tuzatishga   misol   sifatida   normadan   ortiq   sarflangan   safar   xarajatlari,   yoki
normadan ortiq reklama xarajatlari va boshqalarni keltirish mumkin.
Demak, soliqqa tortiladigan bazani hisoblab chiqish uchun bu xarajatlar (1 va
2-ilovalarga   binoan)   ni   soliqqa   tortiladigan   foydaga   qaytadan   qo‘shish   kerak.
Buning natajasida korxona quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘ladi:
        - qancha va korxonaning qaysi bo‘linmalaridan ishlab chiqarish, buxgalteriya
faoliyati natijasida foyda olindi;
               - korxonaning yakuniy faoliyatiga davlatning soliq siyosati  qanchalik ta’sir
qilganligi;
         - pirovard natijada korxona budjetga qancha pul o‘tkazib berishi.
SHunday   qilib,   korxona   axborotlarni   yig‘ish   bosqichida   xo‘jalik   faoliyati
natijalariga   ta’sir   etuvchi   tashqi   (soliq)   va   ichki   omillarga   bo‘lish   imkoniyatini
beruvchi   buxgalteriya   hisobi   tizimiga   ega   bo‘ladi.   Demak,   bu   omillarga   javoban
asoslangan siyosat ishlab chiqish zarur bo‘ladi.
Xarajatlar   tarkibi   to‘g‘risidagi   Nizomda   aytilganidek,   ishlab   chiqarish-
xo‘jalik faoliyati natijasida korxona tomonidan daromad quyidagi asosiy bo‘limlar
bo‘yicha   aks   ettiriladi:   sotishdan   olingan   sof   tushum;   asosiy   faoliyatidan
olinadigan   boshqa   daromadlar;   moliyaviy   faoliyatdan   olinadigan   daromadlar;
favqulodda foydalar. Bunday   bo‘limlarning   kiritilishi   korxonaning   turli   faoliyatidan   olinadigan
daromadlarini   ajratib   ko‘rsatish   bilan   izohlanadi:   mahsulot   ishlab   chiqarish   va
sotish   bo‘yicha   asosiy   faoliyatidan,   moliyaviy   faoliyatidan   va   favqulodda
operatsiyalardan. Daromadlarning bunday bo‘linishi barcha qiziquvchi tomonlarga
korxona faoliyatiga obektiv baho berish imkoniyatini beradi.
Moliyaviy   natijalarning   shakllanishi   buxgalteriya   hisobi   schyotlar   rejasining
9- bo‘limida hisobga olinadi.
Sotishdan   olingan   sof   tushum   yangi   schyotlar   rejasi   bo‘yicha   9000   «Asosiy
(operatsion) faoliyatdan olingan daromadlar» schyotining kreditidan olinadi. Unga
tovarlarning   qaytarilishi,   xaridorlar   uchun   berilgan   chegirmalar   va   boshqalar
kiritilmaydi.
Mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotishdan tushgan tushum tovar (bajarilgan ish va
xizmatlar)   ni   yuklab   jo‘natilishiga   va   xaridorlarga   hisoblashish   hujjatlari   taqdim
etilishiga   qarab   aniqlanadi.   Taqdim   etilgan   hisoblashish   hujjatlariga   qarab
moliyaviy   natijalarni   aniqlash   uslubi   bozor   iqtisodiyotidagi   mamlakatlarga   xos.
Buxgalteriya   hisobining   xalqaro   andazalari   moliyaviy   natijalarni   aynan   shunday
tartibda shakllantirishni talab qiladi.
Taqdim   etilgan   schyotlar   bo‘yicha   moliyaviy   natijalarni   aniqlash   qo‘shilgan
qiymat   solig‘i,   budjetga   foydadan   ajratma   solig‘ini   to‘lashda   korxonalarni
murakkab   sharoitda   qoldirishi   mumkin.   SHuning   uchun   ham   korxonalar
jo‘natiladigan   mahsuloti,   bajariladigan   ish   va   xizmatlari   uchun   oldindan   haq
to‘lash usulidan foydalanishi kerak. 2 . Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan yalpi foyda (zarar)larni
hisobga olish
Mahsulot, ishlar  va xizmatlar  sotishdan olingan yalpi foyda va zarar hisobot
davri   oxirida   sotishdan   tushgan   sof   tushum   bilan   sotilgan   mahsulot,   ishlar   va
xizmatlarning haqiqiy tannarxi orasidagi farqi miqdorida aniqlanadi.
Tayyor mahsulotlar, tovarlar, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar, olingan
daromadlar,   shuningdek   sotilgan   tovarlarning   qaytarilishi,   sotish   narxlaridan
chegirmalar  to‘g‘risidagi  axborotlar quyidagi:    9010-«Mahsulot  sotishdan  olingan
daromad», 9020-«Tovarlar sotishdan olingan daromadlar», 9030-«Bajarilgan ishlar
va   ko‘rsatilgan   xizmatlardan   olingan   daromadlar»,   9040-«Sotilgan   tovarlarni
qaytarish»   va     9050-«Xaridor   va   buyurtmachilarga   berilgan   chegirmalar»
schyotlarda aks ettiriladi.
YUqorida   keltirilgan   9010,   9020   va   9030-schyotlar   tranzit   schyotlar
hisoblanib,   ko‘payishi   kreditida,   kamayishi   debetida   aks   ettiriladi.   9040   va   9050
schyotlari   kontrpassiv   schyot   bo‘lib   9010,   9020   va   9030-   schyotlar   summasini
tuzatib   turadi.   Bu   schyotlarda   quyidagilarni   sotishdan   tushgan   sof   tushum   aks
ettiriladi:   sanoat,   qishloq   xo‘jaligi   va   boshqa   korxonalarda   ishlab   chiqarilgan
tayyor   mahsulot   va   o‘zida   ishlab   chiqarilgan   yarim   tayyor   mahsulot;   sanoat
tusidagi ishlar va xizmatlar; sanoat tusiga ega bo‘lmagan ishlar va xizmatlar; sotib
olingan   buyumlar   (butlash   uchun   sotib   olingan);   qurilish   montaj,   loyiha-qidiruv,
geologiya-qidiruv,   ilmiy   tadqiqot   va   boshqa   shunga   o‘xshagan   ishlar;   savdo,
ta’minot   korxonalarining   tovarlari;   transport   tashkilotlarining   yuk   va   kishilar
tashish   bo‘yicha   xizmatlari;   engil   avtomashinalarni   ijaraga   berish   va
avtomashinalarni   xaydab   olib   borib   berish   xizmatlari;   transport   -   ekspeditsion   va
yuklash - tushirish operatsiyalari; aloqa korxonalari xizmatlari.
9010,   9020   va   9030-schyotlarining   kreditida   4010-«Xaridorlar   va
buyurtmachilardan   olinadigan   schyotlar»   va   4110-«Alohida   bo‘linmalardan olinadigan   schyotlar»   schyotlarining   debeti   bilan   korrespondentlangan   holda
xo‘jalik yurituvchi subektning asosiy faoliyatidan olingan daromadlar aks ettiriladi.
Hisobot   davriga   tegishli   bo‘lgan   oldingi   davrda   olingan   daromadlar
summasiga pul mablag‘larini hisobga oladigan schyotlar debetlanib, 6230-«Boshqa
muddati   uzaytirilgan   daromadlar»   yoki   6310-«Xaridorlar   va   buyurtmachilardan
olingan avanslar» schyotlari kreditlanadi.
Sanoat korxonalarida mol yuboruvchi va buyurtmachilarga yuklab yuborilgan
mahsulot   (bajarilgan   ish   va   xizmatlar)   bo‘yicha   taqdim   etilgan   hisob   hujjatlari
summasiga   4010-«Xaridorlar  va   buyurtmachilardan  olinadigan  schyotlar»  schyoti
debetlanib, 9010, 9020 va 9030 - schyotlar kreditlanadi.
Kelgusida   yuklab   jo‘natiladigan   mahsulot,   ko‘rsatiladigan   xizmat   va
bajariladigan ishlar uchun oldindan olingan bo‘naklar summasi ushlab qolinganda
6230   va   6310-schyotlari   debetlanib,   4010-schyoti   kreditlanadi.   YUborilgan
mahsulot,   bajarilgan   ish   va   xizmatlar   uchun   pul   mablag‘lari   tushganda   pul
mablag‘larini   hisobga   oladigan   schyotlar   debetlanib,   4010-«Xaridorlar   va
buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti kreditlanadi.
Korxonaning   yakuniy  balans  foydasi   (zarari)  hisobot   davrining  oxirida  9910
«YAkuniy   moliyaviy   natija»   schyotida   aniqlanadi.   9010,   9020   va   9030-
schyotlarning kredit qoldiqlari hisobot davri oxirida 9910- schyotga o‘tkaziladi: Dt
9010, 9020, 9030 – schyotlar, Kt 9910 «YAkuniy moliyaviy natija» schyoti.
9040   va   9050-   schyotlari   sotilgan   tovarlarni   qaytarilishi,   shartnoma
shartlariga   binoan   sotishdan   chegirma,   shuningdek   sotilgan   mahsulotdan   brak
aniqlanishi   natijasida   narxidan   chegirma   va   shu   kabilarni   hisobga   olish   uchun
belgilangan.   Bu   schyot   kontrpassiv   bo‘lib,   ularning   debet   oborotlari   sotilgan
mahsulot (tovar, ish va xizmatlar) dan tushgan tushum summasidan  hisobot davri
oxirida quyidagi hisobdan   chiqariladi: Dt 9010, 9020 va 9030-schyotlar, Kt 9040
va 9050-schyotlar. 9040   «Sotilgan   tovarlarning   qaytishi»-schyotining   debetida   operatsiyalar
quyidagi   hollarda   aks   ettirriladi:   buyurtmachi   va   xaridorlarga   ushbu   tovarlar
qiymati   qaytarilganda:   Dt   9040   «Sotilgan   tovarlarning   qaytishi»,   Kt   5010,   5110,
5210- schyotlar. 
Qaytarilgan   tovarlar   bo‘yicha   debitor   qarzi     bekor   qilinganda,   Dt   9040
«Sotilgan   tovarlarning   qaytishi»,   Kt   4010-«Xaridor   va   buyurtmachilardan
olinadigan schyotlar».
Bunda  qaytarilgan  tovarlar   bo‘yicha  oldin  hisoblangan   QQS  va  aksiz   solig‘i
summasi   quyidagicha   rasmiylashtiriladi:   Dt   6410-«Budjetga   to‘lovlar   bo‘yicha
qarz   (turlari   bo‘yicha)»,   Kt   5110-«Hisob   -   kitob   schyoti»   yoki   4010   «Xaridor   va
buyurtmachilardan olinadigan schyotlar».
Qaytarilgan   mahsulot   va   tovarlarning   tannarxi   hisobdan   chiqarilganda:   Dt
2810 «Ombordagi tayyor mahsulotlar» yoki 2910 «Ombordagi tovarlar», Kt 9119-
9130-schyotlar.
SHartnoma   shartlariga   binoan   sotishdan   chegirma,   shuningdek   sotilgan
mahsulotdan   brak   aniqlanishi   natijasida   chegirma   berilsa,   quyidagicha
rasmiylashtiriladi,   Dt   9050-«Xaridorlar   va   buyurtmachilarga   berilgan
chegirmalar»,   Kt   4010-«Xaridorlar   va   buyurtmachilardan   olinadigan   schyotlar»
schyoti.
Sotilgan   tayyor   mahsulot,   tovarlar   (ishr   va   xizmat)lar   tannarxi   to‘g‘risidagi
axborotlar   quyidagi   schyotlarda   aks   ettiriladi:   9110   «Sotilgan   tayyor
mahsulotlarning   tannarxi»,   9120-«Sotilgan   tovarlarning   tannarxi»   va
9130-«Bajarilgan   ish   va   ko‘rsatilgan   xizmatlarning   tannarxi»   schyotlari.   Bu
schyotlar   tranzit   hisoblanib   aktiv   schyotlarga   mansub.   Ularning   debeti
ko‘payishini, krediti esa kamayishini ko‘rsatadi. Bu schyotlarda hisobot davrining
boshiga qoldiq qolmaydi. Korxonalarda mol xaridorlarga jo‘natilgan mahsulot (ish va xizmat) lar uchun
hisoblashish   hujjatlarini   taqdim   etilishiga   qarab   jo‘natilgan   mahsulot   (ish   va
xizmat)larning   haqiqiy   tannarxiga   2010-«Asosiy   ishlab   chiqarish»   yoki
2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar» schyoti kreditlanib, 9110 yoki 9130-schyoti
debetlanadi.
Ayrim   korxonalarda   sotilgan   mahsulot   (ish   va   xizmat)   larning   haqiqiy
tannarxi   faqat   kalendar   yilining   oxirida   bir   marta   aniqlanganligi   uchun   9110   va
9130-   schyotlarning   debetida   yil   davomida   sotilgan   mahsulot   (ish   va   xizmat)
larning   reja   tannarxi   aks   ettiriladi.   Yil   oxirida   mahsulot   (ish   va   xizmatlar)ning
haqiqiy tannarxi bilan reja tannarxi orasidagi farqi tegishli schyotlarga o‘tkaziladi.
Bunda quyidagicha rasmiylashtiriladi:
Dt 2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar» yoki 2820-«Ko‘rgazmadagi tayyor
mahsulotlar»   -   ombordagi   yoki   ko‘rgazmadagi   tayyor   mahsulotga   tegishli   farq
summasiga,   Dt   9110-«Sotilgan   mahsulotlar   tannarxi»,   9130   «Bajarilgan   ish   va
ko‘rsatilgan   xizmatlarning   tannarxi»   -   sotilgan   mahsulot,   ishlar,   xizmatlarga
tegishli   farq   summasiga,   Kt   2010   «Asosiy   ishlab   chiqarish»   yoki
2310-«YOrdamchi ishlab chiqarish».
Agar   bu   farq   summasi   ortiqcha   qilingan   xarajatni   ko‘rsatsa,   yuqoridagi
buxgalteriya   o‘tkazmalar   oddiy   siyohda,   aksincha,   tejalgan   summani   ko‘rsatsa   -
qizil siyohda storno qilib reja tannarxi haqiqiy tannarxga etkazib qo‘yiladi.
Hisobot   davri   oxirida   9110   «Sotilgan   mahsulotlar   tannarxi»,   9120   «Sotilgan
tovarlar   tannarxi»   va   9130   «Sotilgan   ishlar   va   xizmatlar   tannarxi»   schyotlarining
debet oborotlari yakuniy moliyaviy natija schyotiga o‘tkazish yo‘li bilan hisobdan
chiqariladi.   Bunda   quyidagicha   rasmiylashtiriladi:   Dt   9910-«YAkuniy   moliyaviy
natija», Kt 9110, 9120 va 9130-schyotlari.
SHunday   qilib,   9910-«YAkuniy   moliyaviy   natija»   schyotining   debetida
hisobot davrida sotilgan mahsulot, ishlar, xizmatlarning haqiqiy tannarxi, kreditida esa   mahsulot,   ishlar   va   xizmatlarni   sotishdan   tushgan   sof   tushum   aks   ettiriladi.
Ushbu muomalalar bo‘yicha 9910-«YAkuniy moliyaviy natija» schyotining debet
va   kredit   oborotlarini   taqqoslash   natijasida   hisobot   davridagi   mahsulot,   ishlar   va
xizmatlar sotishdan olingan yalpi foyda (zarar) aniqlanadi.
3.  Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar, moliyaviy faoliyatdan
olinadigan foyda (zarar), favqulodda foyda va zararlarni hisobga olish
Korxonalarda mahsulot, ishlar va xizmatlar sotishdan olingan yalpi foydadan
tashqari   asosiy   faoliyatdan   olinadigan   boshqa   daromadlar   ham   bo‘lishi   mumkin.
Bunday   daromadlar   kelib   tushish   manbalariga   qarab   quyidagi:     9310-«Asosiy
vositalarning   chiqib   ketishdan   foyda»,   9320   «Boshqa   aktivlarnining   chiqib
ketishdan   foyda»,   9330-«Undirilgan   jarima,   penya   va   ustamalar»,   9340-«O‘tgan
yillar foydalari», 9350-«Qisqa muddatli ijaradan daromadlar», 9360- «Kreditor va
deponent   qarzlarni   hisobdan   chiqarishdan   daromadlar»,   9370-«Xizmat
ko‘rsatuvchi   xo‘jaliklar   daromadlari»,   9380-«Tekin   moliyaviy   yordam»,
9390-«Boshqa   operatsion   daromadlar»   schyotlarda   hisobga   olinadi.   Bular   tranzit
schyotlar bo‘lib, passiv schyotlarga mansub.  
YUqoridagi   schyotlarning   kredit   oboroti   tegishli   manbalar   hisobidan   foyda
(daromad)   ning   ko‘payishi,   debet   aylanmasi   esa   ularning   hisobdan   chiqarilishini
ko‘rsatadi va hisobot davri boshiga qoldig‘i qolmaydi.
Asosiy   faoliyatdan   olinadigan   boshqa   daromadlarning   shakllanishi   milliy
standart bilan tartibga keltiriladi. 2
9310-«Asosiy   vositalarning   chiqib   ketishidan   foyda»   schyotida   asosiy
vositalarni sotish va boshqa ko‘rinishdagi hisobdan chiqarishlardan olingan foyda
hisobga   olinadi.   Bu   vaqtda   quyidagicha   rasmiylashtiriladi:   Dt   9210-«Asosiy
2
  O‘zR   AV   tomonidan   ro‘yxaga   olingan   2-sonli   «Asosiy   xo‘jalik   faoliyatidan   olinadagan   daromadlar»
BXMS. vositalarning   chiqib   ketishi»,   Kt   9310   «Asosiy   vositalarning   chiqib   ketishidan
foyda» schyoti.
9320-«Boshqa   aktivlarning   chiqib   ketishidan   foyda»   schyotida   nomoddiy
aktivlar,   qimmatli   qog‘ozlar   va   shunga   o‘xshagan   boshqa   aktivlarni   sotishdan
olingan   foyda   summasi   quyidagicha   rasmiylashtiriladi:   Dt   9220-«Boshqa
aktivlarning   chiqib   ketishi»,   Kt   9320   «Boshqa   aktivlarning   chiqib   ketishidan
foyda» schyoti.
9330-«Undirilgan   jarima,   penya   va   ustamalar»   schyotida   shartnoma
shartlarini   buzganligi   uchun   undirilgan   yoki   qarzdor   tomonidan   etirof   etilgan
jarimalar, boqimandalar, vaqtida to‘lanmagan qarzlar va boshqa hil jazo jarimalari,
shuningdek etkazilgan zararlarni undirish bo‘yicha daromadlar aks ettiriladi.
Bunday   jarima   va   boqimandalar   undirib   olinsa   5110   yoki   pul   mablag‘larini
hisobga   oladigan   boshqa   schyotlar   debetlanib,   9330   schyoti   kreditlanadi.   Lekin
bunday   jarima   va   boqimandalar   aybdor   tomonidan   tan   olinib   hali   puli   o‘tkazib
berilmagan   bo‘lsa,   4860-«Da’volar   bo‘yicha   olinadigan   schyotlar»   schyoti
debetlanib 9330- schyot kreditlanadi.
9340-«O‘tgan   yillar   foydalari»   schyotida   hisobot   yilida   aniqlangan   oldingi
yillarga tegishli foyda aks ettiriladi. Bunga xususan, oldingi yillarda olinib sarflab
yuborilgan   materiallar   bo‘yicha   qaytadan   hisoblash   natijasida   mol
yuboruvchilardan   olingan   summa,   xaridorlarga   oldingi   yillarda   jo‘natilgan
mahsulot,   ko‘rsatilgan   xizmatlar   bo‘yicha   qaytadan   hisoblash   natijasida   hisobot
yilida olingan summa va shunga o‘xshaganlar kiradi.
Bunday   foyda   o‘tkazib   berilsa,   pul   mablag‘larini   hisobga   oladigan   schyotlar
debetlanib, 9340-«O‘tgan yillar foydalari» schyoti kreditlanadi. Agar bunday foyda
hali   o‘tkazib   berilmagan   bo‘lsa,   4010-«Xaridor   va   buyurtmachilardan   olinadigan
schyotlar» schyoti debetlanib, 9340-«O‘tgan yillar foydalari» schyoti kreditlanadi. 9350-«Qisqa   muddatli   ijaradan   daromadlar»   schyotining   kreditida
4820-«Qisqa   muddatli   ijara   bo‘yicha   olinadigan   to‘lovlar»   schyoti   bilan
korrespondentlangan holda mulklarni  qisqa muddatli ijaraga berishdan  olinadigan
daromadlar   aks   ettiriladi.   Qisqa   muddatli   ijara   haqi   olinganda   pul   mablag‘larini
hisobga   oladigan   schyotlar   debetlanib   4820-«Qisqa   muddatli   ijara   bo‘yicha
olinadigan to‘lovlar» schyoti kreditlanadi.
9360-«Kreditor   va   deponent   qarzlarni   hisobdan   chiqarishdan   daromadlar»
schyotida da’vo qilib olish muddati o‘tgan kreditor va deponent qarzlarni hisobdan
chiqarishdan   olingan   daromadlar   aks   ettiriladi.   Bunday   hollar   quyidagicha
rasmiylashtiriladi:   Dt-6720-«Deponentlangan   mehnat   haqi»,   6990-«Boshqa
majburiyatlar»,   Kt   9360-«Kreditor   va   deponent   qarzlarni   hisobdan   chiqarishdan
daromadlar» schyotlari.
9370-«Xizmat   ko‘rsatuvchi   xo‘jaliklar   daromadlari»   schyotida   korxonaning
asosiy   faoliyati   bo‘yicha   mahsulot   ishlab   chiqarish,   ishlar   bajarish   va   xizmatlar
ko‘rsatish   bilan   bog‘liq   bo‘lmagan   daromadlar   hisobga   olinadi.   Bularga   korxona
balansida turadigan sog‘liqni saqlash, maktabgacha yoshdagi  bolalar muassasalari
obektlari, turar-joy-kommunal xo‘jaligi, madaniyat, sport obektlari kiradi.
YUqorida   keltirilgan   obektlarning   daromadlari   xarajatlaridan   ko‘p   bo‘lsa,
farqi   quyidagicha   daromadga   o‘tkaziladi:   Dt   2710-«Xizmat   ko‘rsatuvchi
xo‘jaliklar»   schyotining   tegishli   analitik   schyoti,   Kt   9370-«Xizmat   ko‘rsatuvchi
xo‘jaliklar daromadlari» schyoti.
  9380-«Tekin   moliyaviy   yordam»   schyotining   kreditida   pul   mablag‘lari   va
ularning   ekvivalentlarini   hisobga   oladigan   schyotlar   bilan   korrespondentlangan
holda   qaytib   olmaslik   sharti   bilan   pul   mablag‘lari   va   ularning   ekvivalentlari
ko‘rinishida   olingan   daromadlar   aks   ettiriladi.   Bu   vaqtda   quyidagicha
rasmiylashtiriladi:   Dt   5110-5530-schyotlar,   Kt   9380«Tekin   moliyaviy   yordam»
schyoti.   9390 - «Boshqa   operatsion   daromadlar»   schyotida   b oshqa   operatsion
faoliyat i dan   daromadlar   hisobga   olinadi.   Bu   schyotining   kreditida,   xususan,
quyidagi lar hisobga  olinadi : 
-   asosiy,   yordamchi,   xizmat   ko‘rsatuvchi   xo‘jaliklarda   ortiqcha   chiqqan
tugallanmagan   ishlab   chiqarishlar,   umumxo‘jalik   omborlarida   ortiqcha   chiqqan
materiallarning   kirimga   olinishi,   Dt   2010,   2310,   2510,   2710-schyotlar,   Kt   9390
«Boshqa operatsion daromadlar» schyoti».
-   oldin   hisobdan   chiqarilgan   debitor   qarzlarni   undirib   olishdan   olingan
daromadlar, Dt 4010- «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar», Kt
9390 «Boshqa operatsion daromadlar» schyoti».
SHu   bilan   birga   balansdan   tashqari   007-   «To‘lashga   qobiliyatsiz
debitorlarning   zararga   o‘tkazilib   hisobdan   chiqarilgan   qarzi»   schyotidan   chiqim
qilinadi;
-   mulk   sug‘urtasi   bo‘yicha   sug‘urta   organlaridan   tushgan   to‘lovlarga,   Dt
4510-   «Sug‘urta   bo‘yicha   bo‘nak   to‘lovlari»,   Kt   9390-«Boshqa   operatsion
daromadlar» schyoti;
-   zaxira   tashkil   etilgan   yildan   keyingi   yilning   oxirigacha   dargumon   qarzlar
zaxira s idan   foydalanilmagan   qismini ng   daromadga   o‘tkazilishiga,   Dt
4910-«Dargumon   qarzlar   bo‘yicha   zaxira»,   Kt   9390-«Boshqa   operatsion
daromadlar» schyoti.
-  ortiqcha  chiqqan  mahsulot   va tovarlarning kirimga olinishi,  Dt  2810-2890,
2910-2990-schyotlari, Kt 9390-«Boshqa operatsion daromadlar» schyoti.
-   tugallanmagan   qurilishda   aniqlangan   ortiqcha   chiqishlarni   daromadga
olinishiga,   Dt   0810-0890-schyotlar,   Kt   9390-«Boshqa   operatsion   daromadlar»
schyoti. -   xaridor   va   buyurtmachilardan   olingan   bo‘nak   summalarni   talab   qilib
olinmaganligi   uchun   hisobdan   chiqarilishiga,   Dt   6310-6390-schyotlar,   Kt
9390-«Boshqa operatsion daromadlar» schyoti.
Bu   xil   daromadlar   hisobot   davri   oxirida   yakuniy   moliyaviy   natijaga
o‘tkaziladi:   Dt - 9310 ,   9320,   9330,   9340,9350,   9360   ,9370   ,9380,   9390-schyotlari,
Kt 9910-«YAkuniy moliyaviy natija» schyoti.
Moliyaviy   faoliyatdan   olinadigan   foyda   va   zararlar   alohida   daromad   va
xarajatlar   guruhiga   kiritiladi.   Bu   foyda   va   zararlar   korxonaning   asosiy   faoliyati
bilan   bevosita   bog‘liq   emas.   Buxgalteriya   hisobida   moliyaviy   faoliyatdan
olinadigan foyda alohida, zarar alohida schyotlarda hisobga olinadi.
Moliyaviy  faoliyatdan  olinadigan  foyda  (daromad)   quyidagi:     9510-«Royalti
ko‘rinishidagi   daromadlar»,   9520-«Dividendlar   ko‘rinishidagi   daromadlar»,
9530-«Foizlar   ko‘rinishidagi   daromadlar»,   9540-«Valyutalar   kursi   farqidan
daromadlar», 9550 -«Uzoq   muddatli   ijaradan   daromadlar»,   9560-«Qimmatli
qog‘ozlarni   qayta   baholashdan   daromadlar»   va   9590-«Moliyaviy   faoliyatning
boshqa daromadlari» schyotlarda hisobga olinadi.
Bu   schyotlar   tranzit   schyotlar   bo‘lib,   passiv   schyotlariga   mansubdir.   Ushbu
schyotlarning   kredit   aylanma   tegishli   manbalar   hisobidan   moliyaviy   foydaning
ko‘payishini,   debet   aylanmasi   esa   ularning   hisobdan   chiqarilishini   ko‘rsatadi   va
hisobot davri boshiga qoldig‘i qolmaydi.
Moliyaviy   faoliyatdan   olinadigan   foydaning   shakllanishi   buxgalteriya   hisobi
milliy standartlari bilan tartibga solinadi. 3
9510-«Royalti   ko‘rinishidagi   daromadlar»   schyotida   pul   mablag‘larini
hisobga oladigan schyotlar bilan korrespondentlangan holda royalti va kapitalning
transfertidan olingan daromadlar hisobga olinadi.
3
  2-sonli   «Asosiy   xo‘jalik   faoliyatidan   olinadigan   daromadlar»;   6-sonli   «Lizing   hisobi»;   12-sonli
«Moliyaviy investitsiyalar hisobi» BXMS. Royalti   -   sotuvchiga   (litsenziyalarga)   litsenziya   shartnoma   buyumdan
foydalanish   huquqi   uchun   vaqti   -   vaqti   bilan   ajratib   turiladigan   summa.   Olishga
tegishli bo‘lgan royalti va gonorarlar summasi quyidagicha rasmiylashtiriladi: D-t
4850-«Olinadigan   royalti»,   Kt   9510-«Royalti   ko‘rinishidagi   daromadlar»   schyoti.
Ushbu olishga tegishli summa olinsa, pul mablag‘larini hisobga oladigan schyotlar
debetlanib 4850- schyot kreditlanadi.
9520-«Dividendlar   ko‘rinishidagi   daromadlar»   schyotida   O‘zbekiston
Respublikasi xududida va chet ellarda ulush qo‘shish yo‘li bilan boshqa korxonalar
faoliyatida   qatnashishdan   olingan   daromadlar,   aksiyalar   bo‘yicha   dividendlar,
obligatsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlar aks ettiriladi.
Bunday   daromadlar   hisoblanganda   9520-«Dividendlar   ko‘rinishidagi
daromadlar» schyoti kreditlanib quyidagi schyotlar debetlanadi:
5110-«Hisob - kitob schyoti», 5210-«Mamlakat  ichidagi valyuta schyotlari»-
korxonaning   hisob   -   kitob   schyotidagi   pul   mablag‘laridan   foydalanganligi   uchun
bank tomonidan o‘tkazib berilgan summaga;
4840-«Olinadigan   dividendlar»   schyoti   -   korxona   tomonidan   sotib   olingan
aksiyalar   va   boshqa   qimmatli   qog‘ozlar   bo‘yicha   hisoblangan   dividendlar
summasiga.   Ushbu   dividendlar   hisob   -   kitob   schyotiga   o‘tkazib   berilsa,
5110-«Hisob - kitob schyoti» debetlanib 4840- schyot kreditlanadi.
9530-«Foizlar   ko‘rinishidagi   daromadlar»   schyotida   uzoq   va   qisqa   muddatli
investitsiyalar bo‘yicha hisoblangan foizlar aks ettiriladi.
Foizlar   hisoblanganda   9530-«Foizlar   ko‘rinishidagi   daromadlar»   schyoti
kreditlanib quyidagi schyotlar debetlanadi:
4830-«Olinadigan   foizlar»   schyoti   –   uzoq   muddatli   va   joriy   investitsiyalar
bo‘yicha va berilgan kreditlar bo‘yicha mijozlardan olinadigan foizlar summasiga.
Foizlar summasi olinganda pul mablag‘larini hisobga oladigan schyotlar debetlanib
4830- schyoti kreditlanadi. 9540-«Valyutalar   kursi   farqidan   daromadlar»   schyotida   valyuta   schyotlari,
shuningdek   xorijiy   valyuta   muomalalari   bo‘yicha   ijobiy   kurs   farqlaridan   olingan
daromadlar hisobga olinadi.
Valyuta   schyotlari   va   xorijiy   valyuta   muomalalari   bo‘yicha   kurs   farqlaridan
daromad   olinganda   9540-   «Valyutalar   kursi   farqidan   daromadlar»   schyoti
kreditlanib quyidagi schyotlar debetlanadi:
5210-«Mamlakat   ichidagi   valyuta   schyotlari»   -   valyuta   schyotidagi   mablag‘
bo‘yicha ijobiy kurs farqiga;
0610-«Qimmatli qog‘ozlar», 5810-«Qimmatli qog‘ozlar» schyotlari - uzoq va
qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha xorijiy valyutalarning ijobiy kurs farqi
summasiga;
4720-   «Berilgan   qarzlar   bo‘yicha   xodimlarning   qarzi»   schyoti   –   xodimlarga
xorijiy valyutada berilgan qarzlarning ijobiy kurs farqi summasiga;
4110-«Ajratilgan   bo‘linmalardan   olinadigan   schyotlar»   -   filial   va
vakolatxonalar   bilan   olib   boriladigan   hisob–kitoblar   bo‘yicha   valyuta   kursining
ijobiy farqi summasiga;
6230-“Boshqa kechiktirilgan daromadlar» schyoti - muddati uzaytirilgan qarz
bo‘yicha valyuta kursi”ning ijobiy farqi summasiga.
9550-«Uzoq muddatli  ijaradan daromadlar» schyotida mulkni  uzoq muddatli
ijaraga   berishdan   olingan   daromad     aks   ettirilib   quyidagi   provodkalar   bilan
rasmiylashtiriladi:
- Uzoq muddatli ijara bo‘yicha joriy yilda olinadigan daromad summasiga; D-
t 6230-«Boshqa muddati o‘zaytirilgan daromadlar» - joriy qismi, K-t 9550-«Uzoq
muddatli ijaradan daromadlar».
-   Uzoq   muddatli   ijara   bo‘yicha   asosiy   vositalarni   ijaraga   berishdan   olingan
daromad   summasiga;   D-t   7290-   «Boshqa   uzoq   muddatli   kechiktirilgan
daromadlar», K-t 9550 «Uzoq muddatli ijaradan daromadlar». 9560-«Qimmatli   qog‘ozlarni   qayta   baholashdan   daromadlar»   schyotida
qimmatli   qog‘ozlarga   qo‘yilgan   mablag‘larni   qayta   baholashdan   olingan
daromadlar hisobga olinadi.
Uzoq   va   qisqa   muddatli   investitsiyalar   bo‘yicha   qimmatli   qog‘ozlarning
nominal qiymatidan ortiq baholangan farq summasiga 0610- «Qimmatli qog‘ozlar»
va 5810 «Qimmatli qog‘ozlar» schyotlari debetlanib 9560- «Qimmatli qog‘ozlarni
qayta baholashdan daromadlar» schyoti kreditlanadi.
9590-   «Moliyaviy   faoliyatdan   olingan   boshqa   daromadlar»   schyotida
yuqoridagi   schyotlarda   aks   ettirilmagan   muomalalardan   olingan   foyda   aks
ettiriladi.
Masalan,   uzoq   muddatli   qimmatli   qog‘ozlar   auksionida   auksion
muvafaqqiyatli   o‘tkazilgandan   so‘ng   garov   summasi   qoldirilsa   0610-«Qimmatli
qog‘ozlar»   schyoti   debetlanib,   9590-«Moliyaviy   faoliyatdan   olingan   boshqa
daromadlar» schyoti kreditlanadi.
Hisobot   davri   oxirida   yuqoridagi   schyotlarning   kredit   oborotlari   yakuniy
moliyaviy natijaga o‘tkaziladi:  Dt  9510, 9520, 9530, 9540, 9560, 9590 schyotlar,
Kt-9910 -«YAkuniy moliyaviy natija» schyoti.
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar – bu alohida guruhga ajralib turadigan
xarajatlar   bo‘lib   ular   korxonaning   asosiy   faoliyati   bilan   bevosita   bog‘liq   emas.
Mazkur   modda   bo‘yicha   korxonaning   moliyaviy   faoliyati   bilan   bog‘liq   bo‘lgan
xarajatlar aks ettiriladi.
Korxonaning   moliyaviy   faoliyati   deganda   quyidagilar   tushiniladi:   kredit
resurslarini   jalb   etish   va   berish;   qimmatli   qog‘ozlar   bilan   olib   boriladigan
operatsiyalar;   valyutalar   bilan   olib   boriladigan   operatsiyalar;     asosiy   vositalarni
uzoq muddatli ijaraga berish va olish.
SHunday qilib moliyaviy faoliyat xarajatlariga quyidagi moddalar kiradi:  1)   O‘zbekiston   Respublikasi   Markaziy   banki   tomonidan   belgilangan   hisob
stavkasi doirasida va ulardan yuqori doirada qisqa muddatli hamda uzoq muddatli
kreditlar   bo‘yicha,   shu   jumladan   to‘lov   muddati   o‘tgan   va   uzaytirilgan   ssudalar
bo‘yicha to‘lovlar.
SHuni inobatga olish kerakki, xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizomga binoan
olingan  kreditlar  bo‘yicha  har   qanday  foiz   to‘lovlari   korxona  tomonidan  o‘zining
xarajatlari tarkibida hisobga oladi.
15   oktabr   2003   yilda   O‘z   R.V.M.   tomonidan   tasdiqlangan   xarajatlar   tarkibi
to‘g‘risidagi   Nizomga   asosan   faqat   to‘lov   muddati   o‘tgan   va   kechiktirilgan
ssudalar   bo‘yicha   foizlar,   shuningdek   bank   va   boshqa   moliyaviy   tashkilotlarning
bergan   uzoq   muddatli   kreditlari   bo‘yicha   to‘lanadigan   foizlar   xarajatlar   tarkibi
to‘g‘risidagi Nizomning 1-ilovasiga asosan (1.44;1.45) soliqqa tortiladi.
2)   Mulklarni   uzoq   muddatli   ijaraga   olish   bo‘yicha   to‘lanadigan   foiz
xarajatlari.
3)   Kurslardagi   salbiy   farqlar   va   xorijiy   valyuta   operatsiyalari   bo‘yicha
zararlar.
4)   Sarflangan   (qimmatli   qog‘ozlarga,   shu’ba   korxonalarga   va   hakozalarga
qo‘yilgan) mablag‘larni qayta baholashdan ko‘rilgan zararlar.
5)   O‘z   qimmatli   qog‘ozlarini   chiqarish   va   tarqatish   bilan   bog‘liq   xarajatlar:
aksiyalar,   obligatsiyalar,   veksellar   va   boshqa   qimmatli   qog‘ozlar.   Bularga
blankalarni   xarid   qilish,   qimmatli   qog‘ozlarni   tarqatgani   uchun   bankka
to‘lanadigan komissiya summasi va b.
6) Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar, shu jumladan salbiy diskont.
Korxonalarning   moliyaviy   faoliyati   bo‘yicha   xarajatlar   to‘g‘risidagi   axborot
9600-«Moliyaviy   faoliyat   bo‘yicha   xarajatlarni   hisobga   oluvchi   schyotlar»
bo‘yicha   ochilgan   quyidagi   schyotlarda   umumlashtiriladi:   9610-«Foizlar
ko‘rinishdagi   xarajatlar»;   9620-«Valyutalar   kurslari   farqlaridan   zararlar»; 9630-«Qimmatli   qog‘ozlarni   chiqarish   va   tarqatish   bo‘yicha   xarajatlar»;
9690-«Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar» schyotlari.
YUqorida   keltirilgan   schyotlar   tranzit   hisoblanib   aktiv   schyotlarga   masubdir
va   ular   debet   saldosiga   ega   bo‘lmaydi.   Debet   aylanmasi   hisobot   davrida
xo‘jalikning   moliyaviy   faoliyatidan   sodir   bo‘lgan   xarajatlarni   ko‘rsatadi.   Hisobot
davri oxirida ushbu debetida yig‘ilgan jami xarajatlar 9910- «YAkuniy moliyaviy
natija» schyotining debeti bilan korrespondentlangan holda hisobdan chiqariladi.
Bank   kreditlari,   mol   yuboruvchilardan   qarzlar,   shuningdek   uzoq   muddatli
ijara   va   boshqalar   bo‘yicha   foizlar   to‘lash   uchun   hisoblanganda   9610-   «Foizlar
ko‘rinishdagi   xarajatlar»   schyoti   debetlanib   6920-   «Hisoblangan   foizlar»   schyoti
kreditlanadi. Ushbu foizlar summasi hisob-kitob schyotidan o‘tkazib berilsa, 6920-
schyoti debetlanib 5110 «Hisob-kitob schyoti» kreditlanadi.
Salbiy   kurslar   farqlari   va   balansning   valyuta   moddalari   bo‘yicha
operatsiyalardan ko‘rilgan zararlar 9620-«Valyutalar  kurslari farqlaridan zararlar»
schyotining debetida aks ettiriladi.
Xorijiy   valyutalardagi   operatsiyalar   bo‘yicha   salbiy   kurslar   farqi,   shu
jumladan   buxgalteriya   balansini   tuzish   sanasiga   bo‘lgan   qarzlarni   qaytadan
baholashdan   vujudga   kelgan     farqi   pul   mablag‘larini   hisobga   oluvchi   schyotlar,
olishga tegishli schyotlarni hisobga oluvchi schyotlar, majburiyatlar va boshqalarni
hisobga   oluvchilarning   krediti   bilan   korrespondentlangan   holda   9620-«Valyutalar
kurslari farqlaridan zararlar» schyotining debetida aks ettiriladi.
Qimmatli   qog‘ozlarni   chiqarish   va   tarqatish   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   xarajatlar
majburiyatlar   va   pul   mablag‘larini   hisobga   oladigan   schyotlarning   krediti   bilan
korrespondentlangan   holda   9630-«Qimmatli   qog‘ozlarni   chiqarish   va   tarqatish
bo‘yicha xarajatlar» schyotining debetida aks ettiriladi. YUqoridagi   xarajat   moddalariga   kirmaydigan   xo‘jalikning   moliyaviy
faoliyatidan   ko‘rilgan   boshqa   xarajatlar   9690-   «Moliyaviy   faoliyat   bo‘yicha
boshqa xarajatlar» schyotining debetida hisobga olinadi.
Hisobot   davrining   oxirida   korxonaning   moliyaviy     faoliyati   bo‘yicha   9610,
9620,   9630   va   9690-schyotlarning   debetida   yig‘ilgan   xarajatlar   hisobdan
chiqarilganda   quyidagicha   buxgalteriya   yozuvi   beriladi:   D-t   9910-«YAkuniy
moliyaviy natija», K-t 9610, 9620, 9630 va 9690-schyotlari.
Favqulodda foyda va zararlar - bu korxonaning xo‘jalik faoliyatida nihoyatda
kam   sodir   bo‘ladigan,   uning   uchun   odat   bo‘lmagan   va   korxonada   boshqaruv
qarorlarini   qabul   qilish   natijasi   bilan   bog‘liq   bo‘lmagan   voqealardan   olinadigan
daromad   va   xarajatlardir.   U   yoki   bu   moddani   favqulodda   daromad   va   xarajat
tarzida aks ettirilishi uchun quyidagi uchta talablarga javob berishi kerak:
         - o‘z xarakteri bo‘yicha odatdagidek bulmasli (korxonaning odatdagi xo‘jalik
faoliyatiga tegishli emas);
          - bir necha yillar davomida takrorlanmaydi gan ;
          - korxonaning boshqaruv xodimlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga
bog‘liq bo‘lmagan holatlardan tashkil topadi.
SHunday   qilib,   tegishli   modda   bir   vaqtning   o‘zida   odatdagidek   emaslik,
oldindan ko‘rabilmaslik va takrorlanmaslik talablariga mos kelishi kerak.
Korxonalarning   xo‘jalik   faoliyatida   shunday   voqealar   sodir   bo‘lishi
mumkinki,   ular   faqat   odatdagidek   emas   yoki   faqat   oldindan   ko‘rabilmaydigan
voqea.   Masalan,   xorijiy   valyuta     muomalalaridan   olingan   foyda   yoki   zararlarni
oldindan   ko‘rib   bo‘lmaydi,   lekin   bu   favqulodda   emas,   chunki   valyuta     kursining
barqaror emaslik sharoitida bu odatdagi foyda va zarar hisoblanadi.
Demak,   quyidagi   moddalar   favqulodda   foyda   va   zararlarga   kiritilmaydi:
dargumon   debitor   qarzlarni   hisobdan   chiqarilishi   yoki   shu   maqsad   uchun   tashkil
qilingan   zaxira;   valyuta     muomalalaridan   yoki   kurslar   farqidan   olingan   daromad yoki yo‘qotishlar; narxlardagi tuzatishlar; aktivlar qiymatini qaytadan baholashdan
olingan   natija,   soliq   summalari   bo‘yicha   tuzatishlar;   oldingi   yillar   foydasi   yoki
zarari.
Xorijiy   amaliyotda   favqulodda   zararlarga   quyidagilar   kiritiladi:   tabiiy
ofatlardan ko‘rilgan yirik yo‘qotishlar; siyosiy voqealar, masalan, urush, inqiloblar
natijasida   yo‘qotishlar;   mazkur   davlatning   qonuniyatchiligidagi   o‘zgarishlar,
natsionalizatsiya   qilish,   ma’lum   bir   faoliyatni   taqiqlash   va   boshqalar   natijasidagi
yo‘qotishlar.
SHuni  ham  aytish kerakki, tegishli  modda favqulodda holatga to‘g‘ri  kelishi
va   kelmasligiga   korxona   faoliyat   ko‘rsatayotgan   tashqi   muhit   ham   ta’sir   qiladi.
Foyda   va   zararlar   summasining   hajmi   favqulodda   voqealarga   o‘tkazish   va
o‘tkazmaslik uchun sabab bo‘lolmaydi.
Favqulodda   foyda   va   zararlarni   alohida   ajratib   hisobga   olishdan   maqsad
hisobot davri ichida korxona faoliyati natijasini obektiv aks ettirishdir. Favqulodda
voqealar   sodir   bo‘lganda   bu   voqealardan   olingan   foyda   va   zararlar   quyidagi
schyotlarda   hisobga   olinadi:   9710-«Favquloddagi   foydalar»   va
9720-«Favquloddagi zararlar» schyoti. Bular tranzit schyotlar bo‘lib,  9710-passiv,
9720-aktiv schyotlariga mansubdir.
Favqulodda voqealardan olingan daromadlar summasiga 9710-«Favquloddagi
foydalar»   schyoti   kreditlanib   turli   schyotlar   debetlanadi.   Sodir   bo‘lgan   zarar
summasiga   esa   9720-«Favquloddagi   zararlar»   schyoti   debetlanib   turli   schyotlar
kreditlanadi.   Bu   schyotlarning   debet   va   kredit   oborotlari   hisobot   davri   oxirida
yakuniy   moliyaviy   natijaga   o‘tkaziladi:   favqulodda   voqealardan   olingan   foyda
summasiga-   Dt   9710-«Favquloddagi   foydalar»,   Kt   9910-   «YAkuniy   moliyaviy
natija» schyoti.
Favqulodda voqealardan sodir bo‘lgan zarar summasiga-  Dt 9910-«YAkuniy
moliyaviy natija», Kt 9720-«Favquloddagi zararlar» schyoti.

Mavzu . Moliyaviy nаtijаlаrning shakllanishi hisobi Reja: 1 . Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ularni hisobga olish 2. Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan yalpi foyda (zarar)larni hisobga olish 3. Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar, moliyaviy faoliyatdan olinadigan foyda (zarar), favqulodda foyda va zararlarni hisobga olish

1. Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ularni hisobga olish Korxona faoliyatining moliyaviy natijasini ta’riflovchi sintetik ko‘rsatkich bo‘lib balans (yalpi) foyda va zarari hisoblanadi va Nizomga asosan tartibga solinadi. 1 Ushbu Nizomning ahamiyati behad katta bo‘lib u soliqqa tortiladigan foyda bilan buxgalteriya schyotida (balans foyda) hosil bo‘ladigan foyda farqini aniqlash imkoniyatini beradi; foydalanuvchilar tomonidan qarorlar qabul qilish uchun moliyaviy hisobotning ahamiyatini oshiradi. Nizomga ko‘ra, bir tomondan korxonalarga hisobot davri ichida sodir bo‘lgan xarajatlar va daromadlar to‘g‘risidagi aniq ma’lumotlarni olish imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan soliq qonunlariga binoan soliq organlariga hisobotlarni tuzib topshirish imkoniyatini yaratadi. Bunda davlat o‘z vakolatli organlari orqali soliq hisobotini to‘g‘riligini tekshirish huquqiga ega. Agar soliq qonunchiligi korxona foydasi va rentabelligini aniqlashda tadbirkorlik – barcha daromadlardan barcha xarajatlarni chiqarib tashlash – qonuniga amal qilganda oson bo‘lar edi. Lekin davlatning soliq siyosati faqat soliq hisoblash va uni budjetga o‘tkazib olishnigina inobatga olmaydi, balki soliq siyosati rag‘batlantiruvchi xarakterga ega, xo‘jalik yuritishning ratsional usulini rag‘batlantiradi va resurslardan qonunsiz foydalanishni jazolaydi. Soliq siyosati ma’lum ijtimoiy maqsadni ham ko‘zlaydi, yangi xududlarni o‘zlashtirishga undaydi va h. k. Demak, korxona o‘z xo‘jalik faoliyatini samaradorligini aniqlash va kelgusi davrga boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun hisobot davrida daromad va xarajatlarni hisoblab chiqish imkoniyatini beradigan axborotlarni yig‘ish va ishlab 1 O‘zR Vazirlar Mahkamasining 54-sonli qarori bilan tasliqlangan «Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizom» 1999 yil 5 fevral. (2003 yil 15 oktyabrdagi yangi qaytadan ishlab chiqilgan nashri), (2017yil yangi tahrirdagisi)

chiqish tizimiga ega bo‘lishi kerak. Korxona – bu hisoblarni soliq omilini inobatga olmasdan bajaradi. Korxonaning balans foydasini aniqlash uchun sotishdan tushgan tushumdan olib tashlanadigan xarajatlar ro‘yxati xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizomning asosiy matnida keltirilgan. Bundan keyin korxona buxgalteriya hisobi schyotlarida ko‘rsatilgan foydani soliq qonunchiligiga binoan tuzatib soliqqa tortiladigan bazani aniqlaydi. Buxgalteriya hisobi schyotlaridagi foydani soliq qonunchiligiga binoan tuzatishga misol sifatida normadan ortiq sarflangan safar xarajatlari, yoki normadan ortiq reklama xarajatlari va boshqalarni keltirish mumkin. Demak, soliqqa tortiladigan bazani hisoblab chiqish uchun bu xarajatlar (1 va 2-ilovalarga binoan) ni soliqqa tortiladigan foydaga qaytadan qo‘shish kerak. Buning natajasida korxona quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘ladi: - qancha va korxonaning qaysi bo‘linmalaridan ishlab chiqarish, buxgalteriya faoliyati natijasida foyda olindi; - korxonaning yakuniy faoliyatiga davlatning soliq siyosati qanchalik ta’sir qilganligi; - pirovard natijada korxona budjetga qancha pul o‘tkazib berishi. SHunday qilib, korxona axborotlarni yig‘ish bosqichida xo‘jalik faoliyati natijalariga ta’sir etuvchi tashqi (soliq) va ichki omillarga bo‘lish imkoniyatini beruvchi buxgalteriya hisobi tizimiga ega bo‘ladi. Demak, bu omillarga javoban asoslangan siyosat ishlab chiqish zarur bo‘ladi. Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizomda aytilganidek, ishlab chiqarish- xo‘jalik faoliyati natijasida korxona tomonidan daromad quyidagi asosiy bo‘limlar bo‘yicha aks ettiriladi: sotishdan olingan sof tushum; asosiy faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlar; moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlar; favqulodda foydalar.

Bunday bo‘limlarning kiritilishi korxonaning turli faoliyatidan olinadigan daromadlarini ajratib ko‘rsatish bilan izohlanadi: mahsulot ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha asosiy faoliyatidan, moliyaviy faoliyatidan va favqulodda operatsiyalardan. Daromadlarning bunday bo‘linishi barcha qiziquvchi tomonlarga korxona faoliyatiga obektiv baho berish imkoniyatini beradi. Moliyaviy natijalarning shakllanishi buxgalteriya hisobi schyotlar rejasining 9- bo‘limida hisobga olinadi. Sotishdan olingan sof tushum yangi schyotlar rejasi bo‘yicha 9000 «Asosiy (operatsion) faoliyatdan olingan daromadlar» schyotining kreditidan olinadi. Unga tovarlarning qaytarilishi, xaridorlar uchun berilgan chegirmalar va boshqalar kiritilmaydi. Mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotishdan tushgan tushum tovar (bajarilgan ish va xizmatlar) ni yuklab jo‘natilishiga va xaridorlarga hisoblashish hujjatlari taqdim etilishiga qarab aniqlanadi. Taqdim etilgan hisoblashish hujjatlariga qarab moliyaviy natijalarni aniqlash uslubi bozor iqtisodiyotidagi mamlakatlarga xos. Buxgalteriya hisobining xalqaro andazalari moliyaviy natijalarni aynan shunday tartibda shakllantirishni talab qiladi. Taqdim etilgan schyotlar bo‘yicha moliyaviy natijalarni aniqlash qo‘shilgan qiymat solig‘i, budjetga foydadan ajratma solig‘ini to‘lashda korxonalarni murakkab sharoitda qoldirishi mumkin. SHuning uchun ham korxonalar jo‘natiladigan mahsuloti, bajariladigan ish va xizmatlari uchun oldindan haq to‘lash usulidan foydalanishi kerak.

2 . Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan yalpi foyda (zarar)larni hisobga olish Mahsulot, ishlar va xizmatlar sotishdan olingan yalpi foyda va zarar hisobot davri oxirida sotishdan tushgan sof tushum bilan sotilgan mahsulot, ishlar va xizmatlarning haqiqiy tannarxi orasidagi farqi miqdorida aniqlanadi. Tayyor mahsulotlar, tovarlar, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar, olingan daromadlar, shuningdek sotilgan tovarlarning qaytarilishi, sotish narxlaridan chegirmalar to‘g‘risidagi axborotlar quyidagi: 9010-«Mahsulot sotishdan olingan daromad», 9020-«Tovarlar sotishdan olingan daromadlar», 9030-«Bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar», 9040-«Sotilgan tovarlarni qaytarish» va 9050-«Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar» schyotlarda aks ettiriladi. YUqorida keltirilgan 9010, 9020 va 9030-schyotlar tranzit schyotlar hisoblanib, ko‘payishi kreditida, kamayishi debetida aks ettiriladi. 9040 va 9050 schyotlari kontrpassiv schyot bo‘lib 9010, 9020 va 9030- schyotlar summasini tuzatib turadi. Bu schyotlarda quyidagilarni sotishdan tushgan sof tushum aks ettiriladi: sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa korxonalarda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot va o‘zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulot; sanoat tusidagi ishlar va xizmatlar; sanoat tusiga ega bo‘lmagan ishlar va xizmatlar; sotib olingan buyumlar (butlash uchun sotib olingan); qurilish montaj, loyiha-qidiruv, geologiya-qidiruv, ilmiy tadqiqot va boshqa shunga o‘xshagan ishlar; savdo, ta’minot korxonalarining tovarlari; transport tashkilotlarining yuk va kishilar tashish bo‘yicha xizmatlari; engil avtomashinalarni ijaraga berish va avtomashinalarni xaydab olib borib berish xizmatlari; transport - ekspeditsion va yuklash - tushirish operatsiyalari; aloqa korxonalari xizmatlari. 9010, 9020 va 9030-schyotlarining kreditida 4010-«Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» va 4110-«Alohida bo‘linmalardan