MOLIYAVIY BOSHQARUV
MOLIY A VIY BOS H QARUV Reja: 1. Moliyaviy boshqaruv . 2. Moliyaviy rejalashtirish . 3. Korxonani moliyaviy boshqaruv tizimida rejalashtirish va tahlil.
1. Moliyaviy boshqaruv Boshqaruv - bu ma’lum bir natijaga erishish uchun obyektga ta’sir etishning maqsadli uslublari va yo’llari yig’indisidir. Boshqaruv jarayoni inson faoliyatining barcha sohalariga, shu jumladan moliyaviy sohasiga ham taalluqlidir. Boshqarish, insonlarning ongli ravishdagi maqsadga yo’naltirilgan faoliyati sifatida, jamiyat rivojlanishining obyektiv qonuniyatlarini bilishga asoslanadi. Shu bilan birgalikda, boshqarishga davlat tegishli boshqarish tuzulmalari orqali katta ta’sir o’tkazadi. Boshqarish obyekti – turli shakldagi moliyaviy munosabatlar (korxona moliyasi, sug’urta, davlat moliyasi) turidir. Boshqarish subyekti – moliyani boshqarishni amalga oshiruvchi tashkiliy tuzilmalar, institutlar, korxonalarning moliya xizmati, davlatning moliya organlari va davlat soliq xizmati hisoblanadi. Moliyaviy boshqaruv faoliyatining muhim sohasi moliyani boshqarish hisoblanadi. Uni ma’lum bir uslub va tamoyillarga hamda turli rag’batlantirish va jazo (sanksiya)larga tayanib maxsus apparat amalga oshiradi. Boshqaruv faoliyati – oldinga qo’yilgan masalalarni tezroq hal qilish maqsadida mavjud usullar orasidan eng samaraligini tanlash yoki qo’llanilayotgan usullardan oqilona foydalanish uchun shart – sharoitlar yaratishdan iboratdir. Har qanday boshqaruv tizimiga xos bo’lgani kabi, moliyani boshqarishda ham obyektlar va subyektlar mavjud bo’ladi. Moliyani boshqarishning obyekti bo’lib turli moliyaviy munosabatlar hisoblanadi; subyektlari esa, boshqarishni amalga oshiruvchi tashkiliy tuzulmalar hisoblanadi. Moliyani boshqarishni amalga oshiruvchi barcha tashkiliy tuzulmalar yig’indisi moliyaviy apparat deyiladi.
Davlat moliyasini boshqarishning maqsadi moliya siyosati shartlarini amalga oshirish hisoblanadi. Aynan samarali moliya siyosati bevosita moliyaning o’ziga (boshqaruv obyektiga) yuklatilgan ishning aniq bir usullari bilan, moliya tizimi organlarini (boshqaruv subyektlarini) tashkil qilish bilan bog’liq bo’lgan boshqarishning potensial imkoniyatlarini yaxlit birlashtirish imkonini beradi. Aksariyat mamlakatlarda moliya siyosati institusional moliya tizimi orqali amalga oshiriladi. Ularning faoliyati moliyaning bo’g’inlarini, xususiyatlarini, barcha moliya muassasalari funksiyalarini uslubiy umumiyligini hisobga olgan holda boshqarishning barcha quyi organlarini markazlashgan boshqaruvda faol ishtirok etishini hisobga olgan holda moliyani boshqarishga yo’naltiriladi. Moliya siyosatini yuritish va mos ravishda moliyani boshqarishning yakuniy maqsadlarga bog’liqligi, barcha xo’jalik tarmoqlarining makroiqtisodiy balanslashuviga erishish, jamiyatning barcha a’zolari manfaatlariga mos kelishi, iqtisodiy qonunlardan foydalanish, real imkoniyatlar asosida ichki va tashqi iqtisodiy hamda siyosiy sharoitlarni hisobga olish kabi asosiy uslubiy tamoyillarga asoslanadi. Moliyani boshqarishning maqsadi – makroiqtisodiy balanslashuvda, byudjet profisitida, davlat qarzining kamayishida, milliy valyutaning mustahkamligida, natijada esa aholining farovonligini o’sishida namoyon bo’luvchi barqarorlik va moliyaviy mustaqillikni ta’minlashdan iborat. Moliya tizimining barcha soha va bo’g’inlarida, maqsad qilingan natijaga erishish uchun moliyaviy boshqaruv subyektlari moliyaga ta’sir etishning turli maxsus usullaridan foydalanadi. Shu bilan birga ular uchun moliyaviy boshqaruvning umumiy uslub va qoidalari mavjuddir. Jumladan, moliyani boshqarishda ham rejalashtirish, tezkor (operativ) boshqarish va nazorat kabi funksional elementlar mavjud.
Moliyani boshqarish tizimida rejalashtirish asosiy o’rin tutadi, chunki rejalashtirish jarayonida har qanday xo’jalik yurituvchi subyekt o’zining moliyaviy holatini baholaydi, moliyaviy resurslarni oshirish imkoniyatlarini, ulardan eng samarali foydalanish yo’nalishlarini aniqlaydi. Rejalashtirish jarayonida boshqarish qarorlari moliyaviy ma’lumotlar tahlili asosida qabul qilinadi. Shuning uchun bunday ma’lumotlar yetarlicha to’la va haqqoniy bo’lmog’i lozim. Ma’lumotlarni haqqoniy va o’z vaqtida olinishi asoslangan qarorlar qabul qilinishini ta’minlaydi. Moliyaviy ma’lumotlar buxgalteriya, statistik va tezkor (operativ) hisobotlarga asoslanadi. Tezkor (operativ) boshqarish – mavjud moliyaviy holatni tezkor (operativ) tahlil qilish asosida moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash yordamida minimal xarajat qilib maksimal samaraga erishishga qaratilgan chora-tadbirlar yig’indisidir. Tezkor (operativ) boshqarish egiluvchanlik xususiyatiga egadir. Nazorat - boshqaruv elementi sifatida bir vaqtning o’zida moliyani rejalashtirishda hamda tezkor (operativ) boshqarishda qo’llaniladi. Nazorat haqiqiy natija bilan rejadagi ko’rsatkichlarni taqqoslashga yordam beradi, moliyaviy resurslarni o’sish rezervlarini aniqlaydi va samarali xo’jalik yuritish yo’llarini ko’rsatib beradi. Moliyani boshqarish strategik yoki umumiy boshqaruv va tezkor (operativ) boshqaruvlarga bo’linadi. Strategik boshqaruv istiqbolni belgilash, maqsadli dasturlar va boshqalarni amalga oshirish uchun mo’ljallangan moliyaviy resurslar hajmini o’rnatish orqali namoyon bo’ladi. U davlat va iqtisodiy (xo’jalik) boshqarish organlari tomonidan amalga oshiriladi. Moliyani strategik (umumiy) boshqaruv subyektlarini: Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi va Prezident devoni tashkil etadi.
Strategik moliyaviy menejment - maqsadli dasturlar uchun moliyaviy resurslar miqdorini aniqlaydigan kelajak uchun moliyaviy prognozlash. Bunday boshqaruvni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Moliya vazirligi, Prezident devoni va O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi amalga oshiradilar. Moliyaviy menejment sohasida Moliya vazirligining vazifalari quyidagilardan iborat: – moliyaviy siyosatning strategik yo'nalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; – byudjet loyihasini tayyorlash, uni ijro etish va moliyaviy barqarorlikni ta'minlash; – moliya bozorini rivojlantirish; – milliy ehtiyojlarni maqsadli moliyalashtirish; – moliyaviy va byudjetni rejalashtirish uslublarini takomillash- tirish; – byudjet mablag'lari ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish. Moliyani tezkor (operativ) boshqarish – moliya tizimi apparatining bosh funksiyasi hisoblanadi. Moliyani tezkor (operativ) boshqaruv subyektlarini Moliya Vazirligi, Davlat Soliq qo’mitasi va ularning joylardagi bo’linmalari, byudjetdan tashqari fondlarning, sug’urta tashkilotlarining boshqaruv apparatlari, xo’jalik subyektlarining moliya bo’lim (xizmat) lari tashkil etadi. Bozor munosabatlari sharoitida moliyani boshqarishni ilmiy asoslangan holda, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning tajribalarini o’rgangan holda hamda respublikaning ichki xususiyatlarini hisobga olib tashkil qilinsa, maqsadga muvofiq bo’ladi. Ilmiy texnik taraqqiyotning jadallashuvi va jahon xo’jaligi tovar ishlab chiqarishining keskin o’sishi barcha sohalarda bo’lganidek boshqaruvning ilmiy konsepsiyalarida ham taraqqiyotlar bo’lishiga olib keldi. Natijada zamonaviy moliyaviy menejment konsepsiyasi