logo

Yengil atletika va uni o’qitish metodikasi faniga kirish

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

56.953125 KB
Mavzu:  Yengil atletika va uni o’qitish metodikasi faniga kirish
Reja
Yengil atletikaning umumiy ta’rifi va tasnifi
Yurish va yugurish to’g’risida umumiy tushuncha
Sakrash va uloqtirish texnikasi haqida tushuncha
Ko’p kurash turlari haqida tushuncha Yengil atletikaning umumiy ta’rifiva tasnifi
Yengil   atletika   degan   nom   shartli   bo`lib,   bu   sport   turiga   kiradigan   hamma
mashqlarni tabiiy ahamiyatini yoritib bera-olmaydi. Shu bilan birga yengil atletika
qadimiy   yunoncha   «atletika»   so`zidan   olingan   bo`lib,   «mashq»,   «kurash»,
«bellashuv»   degan   ma’noni   beradi.   Qadimiy   yunonistonda   kuchlilik   va
chaqqonlikda musobaqalashgan kishilarni atletlar deb ataganlar. 
Hozirgi kunda jismoniy kamolotga erishgan komil kishi-larni atlet deyiladi. Ayrim
mamlakatlarda   yengil   atletikani   «atletika»   (Frantsiyada)   yoki   «yo`lka   va
maydondagi mashqlar» (AQSH, Angliyada) deb ataydilar.
Yengil atletika hayotda eng kerakli keng tarqalgan mashqlarni – yurish, yugurish,
sakrash va uloqtirish mashqlarini birlashtirib, eng ommaviy sport turi hisoblanadi.
Ko`pgina   yengil   atletika   mashqlari   umumiy   omma   bajara   oladigan,   eng   kichik
yoshdagi bolalardan boshlab kattalargacha har kungi hayotda har xil turda uchraydi
va   me’yorlanadi.   Yengil   atletika   bilan   yil   davomida   shug’ullansa   bo`ladi.   Shu
sabablarga ko`ra yengil atletika mashqlari (yurish, yugurish, sakrash va uloqtirish)
respublika   maxsus   testlar   majmuasi   «Alpomish»   va   «Barchinoy»ni   ko`pchilik
qismining amaliy mezonlarini tashkil etadi.
Yengil   atletikani   ko`pincha   «sport   malikasi»   deb   atashadi.   Bunga   sabab,   u
respublika,   xalqaro   musobaqalar,   Olimpiya   o`yinla-rini   hamma   dasturlariga
kiritiladi,   shu   bilan   birga   o`ynaladigan   medallarning   majmuasi   va   soni   bo`yicha
eng ko`pi hisoblanadi.
Jismoniy   tarbiya   instituti,   universitetlar   va   pedagogik   institutlarning   fakultetlari
dasturida,   yengil   atletika   asosiy   o`quv   predmeti   bo`lib,   sport   faoliyati   (faoliyat
turlari   bo`yicha),   kasbiy   ta’lim   (faoliyat   turlari   bo`yicha),   sport   psixologiyasi
yo`nalishlaridagi bakalavrlarni tayyorlashda muhim ahamiyatga ega.
Yengil   atletika   musobaqa   mashqlarining   turli-tumanligi   bilan   xarakterlanadi   va
ularni bajarishni har xil usullari va variantlari mavjud.
Yengil   atletika   mashqlarini   aniq   tasnifga   tushirish   uchun   uni   besh   bo`limlarga
bo`lib   (yurish,   yugurish,   sakrash,   uloqtirish,   ko`pkurash)   tavsiflash   maqsadga
muvofiqdir.   Ular   o`z   navbatida   turlarga,   turning   xillariga   hamda   variantlar   va masofalarga ajratiladi. Hozirgi  vaqtda yengil atletikaning 24 turi erkaklar, 23 turi
ayollar Olimpiya o`yinlari dasturiga kiritilgan.
Yengil   atletika   sporti   turlarini   turli   xil   parametrlar   bo`yicha   tasniflash   mumkin:
yengil   atletika   turlari   guruhlari,   jinsiy   va   yoshga   xos   belgilar,   o`tkazilish   joylari.
Yengil   atletikaning   beshta   turi   asos   hisoblanadi:   yurish,   yugurish,   sakrashlar,
uloqtirishlar va ko`pkurashlar. Jinsiy va yoshga xos belgilarga ko`ra tasniflanishi:
erkaklar, xotin-qizlar turlari; har xil yoshdagi o`smir yigit va qizlar. Yengil atletika
bo`yicha   eng   oxirgi   sport   tasniflanishida   xotin-qizlarda   stadionda,   shosse   va
kesishgan   joyda   o`tkaziladigan   50  sport   turi   va   yopiq   inshootlarda   o`tkaziladigan
14 sport turi, erkaklarda mos ravishda 56 va 15 sport turi mavjud.
Sport   turlarining   keyingi   tasniflanishi   mashg’ulotlar   va   musobaqalar   o`tkazilish
joylari   bo`yicha   amalga   oshiriladi:   stadionlar,   shosse   va   prosyolka   yo`llari,
kesishgan joylar, sport manejlari va zallar.
Yengil   atletika   sport   turlari   tuzilishiga   ko`ra   tsiklik,atsiklik   va   aralash   turlarga
qandaydir   jismoniy   sifatning   ko`proq   namoyon   qilinishi   nuqtai   nazaridan   esa:
tezlik, kuch, tezlik-kuch, tezlikchidamliligi, maxsus chidamlilik turlariga bo`linadi.
Shuningdek,  yengil   atletika  turlari   Olimpiya  (O)  va  noklassik  (barcha  qolganlari)
turlarga   bo`linadi.   Hozirgi   kunda   Olimpiya   o`yinlari   dasturiga   erkaklarda   yengil
atletikaning  24   turi,   ayollarda  –   23  turi   kiritilgan.   Bu   sport   turida  ko`p   miqdorda
olimpiya medallari uchun bahslar bo`lib o`tadi. 
Yengil atletika bo`limlaridagi turlarniko`rib chiqamiz.
Yurish - siklik tur bo`lib,maxsus chidamlilikni namoyon qilishni taqozo etadi, ham
erkaklar, ham ayollar o`rtasida musobaqalar o`tkaziladi.
Ayollarda:   stadionda   –   3,   5,   10   km;   manejda   –   3,   5   km;   shosseda   –   10,   20km
masofalarda musobaqalaro`tkaziladi.
Erkaklarda: stadionda – 3, 5, 10, 20 km; manejda – 3, 5 km; shosseda – 15, 50 km
masofalarda musobaqalaro`tkaziladi.
Olimpiya   (O)   turlari:   erkaklarda   –   20   va   50   km,   ayollarda   –   20km.   masofalarda
musobaqalaro`tkaziladi Yugurish   quyidagi   toifalarga   ajratiladi:   ravon   yugurish,   to`siqlar   osha   yugurish,
g’ovlar osha yugurish, estafetali yugurish, kross yugurish.
Sprint   yoki   qisqa   masofalarga   yugurish   deb   ataladigan   stadionda   va   manejda
o`tkaziladigan masofalar: 30, 60, 100 m (O), 200 m (O), erkaklar va ayollar uchun
bir xil.
Uzoqqa sprint stadionda va manejda o`tkaziladi. Masofalar:  300, 400 m (O), 600
m, erkaklar va ayollar uchun bir xil.
Chidamlilikka yugurish:
-   o`rta   masofalar:   800   m   (O),   1000,   1500   m   (O),   1   mil   –   erkaklar   va   ayollarda
stadionda va manejda o`tkaziladi;
-   uzoq   masofalar:   3000,   5000   m   (O),   10000   m   (O)   –   stadionlarda   (manejlarda   –
faqat 3000 m) o`tkaziladi, erkaklar va ayollar uchun bir xil;
- o`ta uzoq masofalar – 15; 21.0975; 42,195 m (O); 100 km – shosseda o`tkaziladi
(start va finish stadionda o`tkazilishi mumkin), erkaklar va ayollar uchun bir xil;
-   ultra   uzoq   masofalar   –   bir   kechayu-kunduz   davom   etadigan   yugurish   stadionda
yoki   shosseda   o`tkaziladi,   ham   erkaklar,   ham   ayollar   qatnashadi.   Shuningdek,
1000 milga (1609 km) va 1300 milga (uzluksiz yugurishning eng uzoq masofasiga)
yugurish bo`yicha musobaqalar o`tkaziladi.
G’ovlar osha yugurish – tuzilishiga ko`ra aralash tur, u tezlik, tezlik chidamliligi,
chaqqonlik,   egiluvchanlikning   namoyon   qilinishini   taqozo   qiladi.   erkaklarda   va
ayollarda, stadionda va manejda o`tkaziladi. Masofalar: 60, 100 m (O), 400 m (O)
ayollarda;   110   m   (O),   300   m   va   400   m   (O)   erkaklarda   (oxirgi   ikki   masofa   faqat
stadionda o`tkaziladi).
To`siqlar   osha   yugurish   –   tuzilishiga   ko`ra   aralash   tur,   u   maxsus   chidamlilik,
chaqqonlik,   egiluvchanlikning   namoyon   qilini-shini   taqozo   etadi.   erkaklar   va
ayollarda   stadionda   hamda   manejda   o`tkaziladi.   Ayollarda   masofalar   –   2000m,
3000m (O), erkaklarda masofa – 2000, 3000 m (O). 
Estafetali   yugurish   –   tuzilishiga   ko`ra   aralash   tur,   u   tezlik,   tezlikka   bo`lgan
chidamlilik   va   chaqqonlikning   namoyon   qilinishini   talab   etadi.   Olimpiya   tur
hisoblanadigan   4x100   m   va   4x400   m   ga   yugurishlar   erkaklarda   va   ayollarda stadionda   o`tkaziladi.   Manejda   4x200   m   va   4x400   m   ga   estafetali   yugurish
bo`yicha   musobaqalar   erkaklar   uchun   ham,   ayollar   uchun   ham   o`tkaziladi.
Shuningdek,   stadionda800,   1000,   1500   m   va   har   xilmasofalardamusobaqalar
o`tkazilishi   mumkin.   SHahar   ko`chalari   bo`ylab   uzunligi,  soni   va   kontingenti   har
xil   bo`lgan   erkaklar   va   ayollar   aralash   estafetalar   o`tkaziladi.   Avvallari   shved
estafetalari   deb   nomlanadigan   estafetalar   keng   ommalashgan   edi:
800+400+200+100 m – erkaklarda, 400+300+ +200+100 m – ayollarda.
Kross   yugurish   tabiy   sharoitda,   ochiq   havoda   shahar   hiyobonlari,   aholi   yashash
joylaridagi   katta   yo`llarda   o`tkazilib,   yuguruvchilardan   maxsusvaumumiy
chidamlilikni namoyon qilinishini talab etadi. erkaklarda masofa – 1, 2, 3, 5, 8, 12
km, 14km.;ayollarda – 1, 2, 3, 4, 6 km.
Yengil atletika sakrashlari ikkita guruhga bo`linadi: vertikal va gorizontalto`siqlar
osha sakrashlar. 
Birinchi guruhga quyidagilar kiradi:
a) yugurib kelib balandlikka sakrashlar; 
b) yugurib kelib langarcho`p bilan sakrashlar.
Ikkinchi guruhga quyidagilar kiradi: 
a) yugurib kelib uzunlikka sakrash;
b) yugurib kelib uch hatlab sakrashlar.
Yengil atletika sakrashlarining birinchi guruhi:
a)yugurib   kelib   balandlikka   sakrash   (O)   –   atsiklik   tur,   u   sportchidan   tezlik-kuch
sifatlarini,   sakrovchanlikni,   chaqqonlikni,   egiluvchanlikni   namoyon   qilishni   talab
etadi. erkaklarda va ayollarda, stadionda vamanejda o`tkaziladi;
b)yugurib   kelib   langarcho`p   bilan   balandlikka   sakrash   (O)   –   atsiklik   tur,   u
sportchidan tezlik-kuch sifatlarini, sakrovchan-likni, egiluvchanlikni, chaqqonlikni
namoyon   qilishni   talab   etadi,   yengil   atletikaning   eng   murakkab   texnik   turlaridan
biridir. erkaklar va ayollarda, stadionda va manejda o`tkaziladi.
Yengil atletika sakrashlarining ikkinchi guruhi: a)yugurib   kelibuzunlikka   sakrash   (O)   –   tuzilishiga   ko`ra   aralash   turga   kiradi,   u
sportchidan   tezlik-kuch,   tezlik   sifatlarini,   egiluvchanlikni,   chaqqonlikni   namoyon
qilishni taqozo etadi. erkaklarda va ayollarda, stadion va manejda o`tkaziladi;
b)   yugurib   kelib   uch   hatlab   sakrash   (O)   –   atsiklik   tur,   u   sportchidan   tezkorlik,
kuch,   tezkor-kuch,   va   tezkor   kuchga   bo`lgan   chidamlilik   sifatlarini   hamda
egiluvchanlikni,   chaqqonlikni   talab   etuvchi   tur.   erkaklar   va   ayollar   o`rtasida
stadion va manejlarda o`tkaziladi.
Yengil atletikada uloqtirishlarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 
1)   to`g’ridan   yugurib   kelib   aerodinamik   xususiyatlarga   ega   va   ega   bo`lmagan
snaryadlarni uloqtirish; 
2) snaryadlarni aylana ichidan uloqtirish; 
3) snaryadni aylana ichidan itqitish.
Yengil   atletika   snaryadlariniuloqtirishlarda   texnik   jihatdan   har   xil   yugurib   kelish
turini   bajarishga   ruxsat   beriladi,   lekin   final   kuchlanishi   faqat   qoidalarga   asosan
bajariladi.   Masalan,   nayza,   granata,   to`pni   faqat   bosh   orqasidan,   elka   ustidan
uloqtirish kerak; diskni va bosqonni faqat yon tomondan uloqtirish zarur; yadroni
sapchib turib, burilib itqitish,yokiaylanma xarakatlar bajarib itqitish mumkin.
Nayza (O) (granata, to`p) uloqtirish – atsiklik tur hisoblanib, u sportchidan tezlik,
kuch,   tezkor-kuch,   egiluvchanlik,   chaqqonlik   sifatlarini   namoyon   qilishni   talab
qiladi.
Uloqtirish   to`g’ridan   yugurib   kelib   bajariladi,   erkaklar   va   ayollarda,   faqat
stadionda o`tkaziladi. Nayza aerodinamik xususiyatlarga ega.
Disk va bosqon uloqtirish (O) – atsiklik turlar, ular sportchidan kuch, tezlik-kuch
sifatlarini,   egiluvchanlikni,   chaqqonlikni   namoyon   qilishni   taqozo   etadi.
Uloqtirishlar   aylana   ichidan,   erkaklar   va   ayollar   tomonidan,   faqat   stadionda
bajariladi. Diskaerodinamik xususiyatlarga ega.
Yadro   itqitish   (O)   –   atsiklik   tur,   u   sportchidan   kuch,   tezkor-kuch,   chaqqonlik
sifatlarini   namoyon   qilishni   taqozo   etadi.   Itqitish   aylana   ichidan,   erkaklar   va
ayollar tomonidan, stadionda va manejda bajariladi. Ko`pkurashlar.   Ko`pkurashning   klassik   turlari:   erkaklarda   –   o`nkurash   (O),
ayollarda – ettikurash (O). O`nkurash tarkibiga quyidagilar kiradi: 100 m, uzunlik,
yadro, balandlik, 400 m, 110 m g’/o, disk, langarcho`p, nayza, 1500 m.
Ayollarda ettikurash tarkibiga quyidagilar kiradi: 100 m g’/o, yadro, balandlik, 200
m, uzunlik, nayza, 800 m.
Ko`pkurashning noklassik turlariga quyidagilar kiradi: o`smir o`g’il bolalar uchun
sakkizkurash   (100   m,   uzunlik,   balandlik,   400   m,   110   m   g’/o,   langarcho`p,   disk,
1500 m); qizlar uchun beshkurash (100 m g’/o, yadro, balandlik, uzunlik, 800 m).
Sport   tasnifida   quyidagilar   belgilangan:   ayollarda   –   beshkurash,   to`rtkurash   va
uchkurash;   erkaklarda   –   to`qqizkurash,   ettikurash,   oltikurash,   besh-kurash,
to`rtkurash   va   uchkurash.   To`rtkurash,   avvallari   u   “pionerlar”   kurashi   deb   atalar
edi,   11-13   yoshdagi   maktab   o`quvchilari   uchun   o`tkaziladi.   Ko`pkurash   tarkibiga
kiruvchi   turlar   sport   tasnifida   belgilab   berilgan,   turlarni   o`zgartirishga   yo`l
qo`yilmaydi.
Sportcha yurish texnikasining asoslari
Qadamlar   Yurish     va   Yugurishning   asosiy   elementi   bo‘lib   hisob-lanadi   (2-rasm).
Ular   qo‘l   va   gavda   harakatlari   bilan   bog‘liq   bo‘lib,   bir   xil   holda   ko‘p   marta
takrorlanadi   (siklik   harakatlar).   Harakat   sikli   ikkilangan   qadamdan   o‘ng   va   so‘l
oyoqlar harakati vaqtida, har biri tayanch va siltanish vazifasini bajaradi. Tayanch
davri,   oyoqni   erga   qo‘yish   vaqtida   boshlanib,   undan   uzilishi   bilan   tugallanadi.
Siltanish   davri,   oyoqni   erdan   ko‘tarish   vaqtidan   boshlanib,   qo‘yish   vaqti   bilan
yakunlanadi.
Har bir davr (tayanch va siltash)  ikki fazaga bo‘linadi, bularning chegarasi bo‘lib
vertikal   davri   hisoblanadi,   yoki   gavdaning  og‘irlik   markazi   tayanch   maydonining
o‘rtasida bo‘ladi.
Yurish     va   Yugurishda   sportchining   harakatlanuvchi   kuchi   bo‘lib,   mushaklarni
kuchlanishi   hisoblanadi.   Yurish     va   Yugurishda,   eng   ahamiyatli   fazasi
depsinishdir, chunki shu orqali kishini gavdasi oldinga yuradi.
Yurish     va   Yugurish   texnikasi   samaradorligi   umumiy   og‘irlik   markazini   bir
chiziqda va tekis ko‘chishiga bog‘liqdir. Yurish  va Yugurishning tezligi qadamlarni uzunligiga va chastotasiga bog‘liq.
YUguruvchining masofadagi faoliyati quyidagilar bilan xarakterlanadi:
1. Startdagi holat.
2. Startdan chiqish va Yugurishning boshlanishi.
3. Masofadagi Yugurish.
4. Yugurishning tugashi yoki marraga kelish.
   5. Finish chizig‘idan o‘tib to‘xtash.
Yurish   – insonning joydan–joyga ko‘chishidagi  oddiy usul  bo‘lib, turli  yoshdagi
kishilar uchun yaxshi mashq hisoblanadi. Uzoq va bir tekis yurganda organizmdagi
hamma   muskullar   ishlaydi,   yurak–qon   tomir,   nafas   olish   va   boshqa   sistemalar
faoliyati kuchayadi, natijada modda almashinuvi ortadi.
Oddiy   Yurish   dan   tashqari,   Yurish   ning   boshqacha   xillari   ham   bo‘ladi:   poxodda
Yurish   ,   sodda   Yurish     va   sportcha   Yurish   .   Sportcha   Yurish     texnika   jihatdan
qiyin,   lekin   foydalidir.   Tezligi   oddiy   Yurish   ga   nisbatan   ikki-uch   marta   ortiqdir.
Sportcha   Yurish     intevsiv   ish   bajarishni   talab   qiladi.   SHuning   uchun   sportcha
yuruvchidan   ish   qobiliyati   mustahkam,   kuchli,   chidamli   va   irodali   bo‘lishni   talab
qiladi.
Yugurish   joydan-joyga   ko‘chishning   tabiiy   usulidir.   Engil   atletikaning   eng   ko‘p
tarqalgan   turidir.   Yugurish   futbol,   basketbol,   qo‘l   to‘pi,   tennis   va   boshqa   bir
qancha sport turlarini asosiy tarkibini tashkil etadi.
Yurish     paytida   organizmning   ishlashiga   katta   talab   qo‘yiladi,   badandagi
muskullarni   hammasi   ishga   tushadi,   yurak-qon   tomir,   nafas   olish   va   boshqa
sistemalar faoliyati kuchayadi, modda almashinish ancha oshadi.
Yugurish har tomonlama rivojlanishning asosiy vositasidir. Hamma sport turlarida
shug‘ullanish   jarayonida   Yugurish   mashqlariga   ko‘proq   etibor   beradilar.   Bundan
tashqari  faol   dam   olishda,  ish   faoliyatini  yaxshi   saqlab   qolishda  ham  keng  vosita
sifatida qo‘llaniladi.
Masofa bo’ylab Yugurish va marraga kelish texnikasiga o’rgatish
Yurish   va Yugurish mashqlarini ortiqcha qiynalib bajarish juda katta ahamiyatga
ega.   Maksimal   kuchlanish   kerak   bo‘lganda   ham   biron   daqiqa   ishlamay   turishi kerak,   muskullarni   o‘sha   daqiqa   bo‘shashtira   bilish   kerak.   Yurish     va   Yugurish
tezkor,   chidamli,   kuchli   bo‘lish   yuqori   natijalar   ko‘rsatishda   ahamiyati   katta.
Muskullar   ortiqcha   kuchlanishdan   holi   bo‘lishi   harakatlarni   tejamli   bajarish
imkonini   beradi.   Bu   o‘rta,   uzoq,   o‘ta   uzoq   masofalarga,   yuguruvchilar   va   tez
yuruvchilar   uchun   ayniqsa   muhimdir.   Harakatlarni   tejamli   bajarish   –   yuqori   ish
qobiliyatini uzoq vaqt saqlab qolishdir. SHuning bilan birga, maksimal kuchlanish
vaqtida   harakatlarini   ratsional   bajarish,   sportchiga   mashqlarni   bajarish   imkonini
beradi.
2. Yurish  va yugurish to’g’risida tushuncha
Yurish     va   Yugurish   –   harakatning,   yo‘nalishlarning,   amplitudalarning,   ayrim
zvenolar   tezligining,   sur’atning,   ritmning   va   yaxlit   faoliyatidagi   bir   vaqtda   va
ketma-ket   ijro   etilgan   harakatlar   muayyan   mosligining   kinematik   tuzilishi   bilan
bog‘liqdir.   Yurish     va   Yugurishda   harakat   malakasining   tuzilishini,   boshqarilishi
va ko‘pgina boshqa tomonlarini belgilab beradigan irodaviy uch ko‘rsatish va nerv
protsesslari   sistema   bilan   muskullar   kuchlanishi   va   qisqarishi   bilan   tezlikni,
kuchni, chidamlilikni optimal daraja ko‘rsatish bilan xarakterlanadi.
Sportcha yurish va uning turlari.
Insonning   joydan-joyga   kuchishi   oddiy   usul   bo‘lib,   turli   yoshdagi   kishilar   uchun
ajoyib jismoniy mashq hisoblanadi.
Uzoq   va   bir   tekis   yurganda   a’zoyi   badanidagi   qariyb   barcha   mushaklar   ishlaydi,
organizmdagi   yurak-qon   tomir,   nafas   olish   va   boshqa   sistemalar   faoliyati
kuchayadi. Natijada moddiy almashinishi ortadi. Jismoniy mashq sifatida odatdagi
yurishning avvalo sog‘lomlashtirish ahamiyati bor.
Oddiy yurishdan tashqari boshqa xillari ham bo‘ladi: paxodda yurish, safda yurish
va   sportcha   yurish.   Musobaqalarda   yurishning   texnika   jihatdan   eng   keyin,   lekin
eng foydali xili - sportcha yurish qo‘laniladi. Uning tezligi oddiy yurishga nisbatan
ikki   marta   ortiq.   Ammo   bunday   yuqori   tezlikka   erishish   uchun   sportcha   yurish
texnika   asoslarini   o‘rganib   olishning   o‘zigina   kifoya   qilib   qolmay   balki   oddiy
yurishga   qaraganda   anchagina   intensiv   shu   bajarish   talab   qilinadi,   ya’ni   energiya sarflash   ortadi.   SHu   sababdan   sportcha   yurish,   sportchi   organizmiga   ijobiy   ta’sir
ko‘rsatadi.
YUrish   musobaqasida   qatnashuvchilar   qoidada   belgilangan   yurish   texnikasi
xususiyatlariga rioya qilishlari kerak. Bularning eng asosiysi  bir lahza bo‘lsa ham
ikkala   oyoq   bir   vaqtda   erdan   uzilib   qolishga   yo‘l   qo‘ymaslikdan   iborat.
Oyoqlardan   birontasi   erga   tegmay   turgan   fursat   sodir   bo‘lgudek   bo‘lsa,   sportchi
yurishdan   yugurishga   o‘tgan   bo‘ladi.   Bu   qoidani   buzgan   sportchining   maxsus
hakamlar tomonidan musobaqadan chetlatadilar.
Yugurish turlari to’g’rida tushuncha
TURLI   MASOFALARGA   YUGURISH   TEXNIKASINING
XUSUSIYATLARI.
100   m   ga   Yugurish.   100   metrlik   masofani   imkoniyat   boricha   yuqori   tezlikda
yugurib o'tish kerak. Bunday tezlik har doim yuqori ish quwati bilan aniqlanmaydi.
Har   qaysi   sprintchi   ortiqcha   kuchanmay,   yengil   yugurganda   erishgan   eng   yuqori
tezligi,   shu   sprintchining   maksimal   tezligi   bo'ladi.   Eng   zo'r   ustolar   ish   quwati
yuqori bo'lganda yuqori tezlikkaham erishadigan bo'ladilar.
Startdan tez yugurib chiqish 100 m ga Yugurishda (tezroq yuqori tezlikka erishib
olib, imkoniyat  boricha uni  marragacha  saqlab  borish  uchun)  jo'shqin tezlanishga
aylanib   ketadi.   Biroq   100   metrga   Yugurishda   ham   o'sib   borayotgan   charchash
sababli   masofaning   oxirida   tezlik   bir   qancha   pasayadi.   Ammo   qanchalik   yaxshi
mashq ko'rilgan bo'lsa, charchash shunchalik kech boshlanadi. 200   metrga   Yugurish.   200   metr   Yugurish   texnikasi   startning   joyi   va   ma sofaning
yarmi   yo'lkaning   burilishida   ekani   bilan   100   metrga   Yugurish   texnikasidan   farq
qiladi.   Startdan   keyingi   masofani   ko'proq   qismini   to'g'ri   chiziq   bo'ylab   yugurib
o'tish uchun start tirgaklari bo- rilishiga urinma chiziqda yo'lkaning tashqi chetiga
yaqin o'rnatiladi.
Yuguruvchi   burilish   bo'ylab   yugurayotganida   butun   tanasi   bilan   ichkari   tomon
og'ishi   kerak,   aks   holda   egri   chiziq   ho6   u   lab   yugurayotganda   hosil   bo'ladigan
markazdan   qochma   kuch   uni   chetga   chiqarib   yuboradi.   Bunday   og'ish   Yugurish
tezligi o'sa borgan sari va burilish radiusi kamaya borganligi  orta boradi.
Yuguruvchi markazdan qochuvchi kuch ta'sir eta bosh lash ini kutmay, balki uning
boshlanishiga   yo'l   qo'ymay,   oldindan   gavdani   asta-sekin   ichkarilatib,   chapga
og'dira   borsa,   shundagina   burilishga   to'g'ri   kirib   borgan   bo'ladi.   Yuguruvchi
mumkin   qadar   yuqori   tezlikka   erishgandagina   lauasining   chapga   qiyaligini
orttirishni   to'xtatadi   va   shu   daraja   og'ishni   burilishning   qolgan   qismi   oxirigacha
saqlab boradi. Hurilishda Yugurishni yengillashtirish uchun, oyoq taglarini chapga
yo'lka raxi tomonga burib, qo'ygan yaxshi. Qo'l- larning harakati ham to'g'ri yo'lka
bo'ylab Yugurishdagidan I  i ic i qiladi. O'ng qo'l  ko'proq ichkariga, chap qo'l  esa
ko'proq lashqariga harakat qiladi. Burilishda   yugurayotganda   oyoq   tagini   yo'lka   raxidan   yoki   chap   tomondagi   oq
chiziqdan 8—10 sm beriroq qo'yishga Intilmoq kerak.
O’rta   masofalarga   yugurish   tarixi   kishilik   jamiyatining   tarixi   bilan   chambarchas
bog’liq   hisoblanadi.   Ibtidoiy   tuzum   davrida   ovchilar   qochib   borayotgan   yovvoyi
hayvonlarga nayza sanchishi va jarohatlangan hayvonning nobud bo’lishini kutish
uchun uning orqasidan uzoq masofaga yugurib borishi talab qilingan.
Quldorlik tuzumi davrida esa yugurish jismoniy jihatdan rivojlanishning bir qismi
hisoblangan. Qadimgi davrda Olimpiada o’yinlarida dastlab 1 ta bosqichda (192,27
m) yugurish amalga oshirilgan.
Keyinroq   o’yinlar   dasturi   kengaytirilgan   bo’lib,   uning   tarkibiga   24   ta   bosqichni
ya’ni   4610,44   metr   masofani   o’z   ichiga   oluvchi,   uzoq   va   o’rta   masofalarga
yugurish kiritilgan.
Katta   uzoqlik   masofalariga   yugurish   jismoniy   mashqlar   sifatida   keng
ommalashmagan.   Katta   masofalarga   faqat   poygachilar   va   professional
yuguruvchilar   yugurishlari   qayd   qilinadi.   Ushbu   ko’rinishda,   masalan   forslarga
qarshi   urushda   yordam   so’rash   maqsadida   Feydippidos   ikki   kun   mobaynida
Afinadan Spartagacha masofani chopib o’tgan.
Zamonaviy   engil   atlektikada   o’rta   va   uzoq   masofalarga   yugurish   turlarining
boshlang’ich   manbalarini   Angliyadan   qidirish   talab   qilinadi.   XVIII   asrdayoq   bu
joyda   professional   yuguruvchilar   shakllangan,   bu   yo’nalish   keng   ommalasha
boshlangan. Ularnining erishgan yutuqlari haqida yozma manbalarda qayd qilingan
ma’lumotlar   saqlanib   qolgan.   Jumladan,   ushbu   yuguruvchilar   ¼   (chorak)   mildan
100 milgacha masofani yugurib o’tishlari qayd qilingan. XIX asrda nisbatan taniqli
bo’lgan   yuguruvchilardan   biri   –   Barkli   hisoblangan.   1801   yilda   u   110   mil
(tahminan 177,027 km) masofani 19.27.0 vaqt davomida bosib o’tishni uddalagan.
XIX asrga kelib, yugurish sevimli engil atletika turlaridan biriga aylangan bo’lib,
ushbu   sport   turi   bilan   professional   va   havaskorlik   darajalarida   shug’ullanishgan.
Birinchi   zamonaviy   Olimpiada   o’yinlarini   o’tkazish   vaqtida   Angliya,   AQSh   va
boshqa mamlakatlar yuguruvchilari qatnashishgan. Turli   xil   mamlakatlarda   chidamlilik   bo’yicha   yugurish   musobaqalari   tashkil
qilinishi boshlangan. Zamonaviy engil atletika tarixi boshlanishi 1837 yilda Regbi
shahri   (Angliya)   kollejida   ta’lim   oluvchilar   o’rtasida   bir   mil   (tahminan   2   km
atrofida)   masofaga   yugurish   musobaqalari   o’tkazilishi   bilan   belgilanishi   qayd
qilinadi.
Ikkinchi   jahon   urushidan   keyin   o’rta   va   uzoq     masofalarga   yugurish
rivojlantirilishida sostialistik tuzumdagi mamlakatlar muhim o’rin tutishgan. 1964
yildan   keyin   uzoq   va   o’rta   masofalarga   yuguruvchilar   bo’yicha   dunyo   elitasi
(saralanganlar) tarkibini Afrika mintaqasi vakillari to’ldirishgan.
Birinchi jahon urushidan keyin ayollar o’rtasida 800 metrga yugurish musobaqasi
o’tkazilgan.   Biroq,   1928   yilda   Amsterdam   shahrida   o’tkazilgan   Olimpiada   ushbu
masofaga   yuguruvchi   ayollarning     ko’pchiligi   marraga   etib   kelishganda   tinkasi
qurib qolishi kuzatilganidan keyin bu masofaga yugurish musobaqalari Olimpiada
o’yinlari dasturi tarkibidan chiqarib tashlangan.  800 metr va 1500 metr masofaga
yugurish musobaqalari faqat Sobiq Ittifoqda va Angliyadagina saqlanib qolgan va
davom ettirilgan.
3.Sakrash va uloqtirish to’g’risida tushuncha
Uzunlikka   sakrashda   yuqori   sport   natijasiga   erishish   asosan   yugurib   kelish
natijasida   hosil   qilingan   gorizontal   tezlikka   va   depsikish   natijasida   hosil   bo‘lgan
vertikal   tezlikka   bog‘liq.   SHuning   uchun   depsinish   paytida   yugurib   kelish   tezligi
qanchalik   yuqori   bo‘lsa   va   depsinish   qanchalik   tez   bajarilsa,   boshlang‘ich   uchib
chiqish   tezligi   shuncha   yuqori   bo‘lib,   shunchalik   uzoqqa   sakraladi.   Bundan
tashqari,   sakrash   uzoqligi   sakrovchinipg   uchishdagi   turg‘unligiga,   uniig   erga
tushish   oldidagi   va   erga   tushayotgandagi   harakatlari   qanchalar   to‘g‘ri   bo‘lishiga
ham bog‘liq.
Uchish   fazasida   bajariladigan   harakatlar   sakrovchining   muvozanatni   saqlay
bilishiga va erga tushishi uchun qulay holatga ega bo‘lishiga yordam beradi. Sakrashning   barcha   qismlari   o‘zaro   uzviy   bog‘liqdir,   lekin   bayon   etishni
osonlashtirish uchun, ular alohida-alohida qarab chiqiladi.
Yugurib kelish.
YUgurib kelish uzoqligi erlarda 35—45 m, ayollarda esa 30—35 m gacha bo‘ladi.
Bu uzoqlik odatda sakrovchining shaxsiy xususiyatlariga qarab, birinchi navbatda
esa   yugurib   kelish   tezligini   qanchalar   tez   yoki   sekin   oshirib   olish   qobiliyatiga
qarab   belgilanadi.   Tabiiyki,     tezlikni     qanchalik   tez   oshirib   olinadigan   bo‘lsa,
yugurib   kelish   uzoqligi   shuncha.   qisqa   bo‘ladi.   YUgurib   kelishda   Yugurish
qadamlari 20—22 tagacha etadi.
YUgurib  kelishni aniqroq bajarish uchun uni quyidagi dastlabki holatdan boshlash
tavsiya qilinadi: oyoq- lar tagi bir chiziqda bo‘lib, orasi 10—15sm ochiq,   tizzalari
bo‘g‘imida sal bukilgan, qo‘llar pastga osilgan yoki tizzalar ustida, gavda oldinga
engashgan.
1-rasm. Uzunlikka sakrashdagi yugurib kelish spidogrammasi
Sakrovchi   gavdasini   oldinga   yanada   ko‘proq   engashtirib,   o‘z   muvozanatini
buzadida,   Yugurishni   deyarli   to‘la   jadallikda   boshlaydi.   YUgurib   kelishning
bunday boshlanishi dastlabki qadamlar bir xilligini ta’minlaydi va yugurib kelishni
aniq bajarishga yordam beradi.
YUgurib   kelishni   spidografda   yozib   olish   ikki   xil   yugurib   kelish   varianti   bor
zkanini   ko‘rsatadi.   Birinchi   variantda   (1-rasm)   sakrovchi   yugurib   kelishni   tez
boshlaydi   va   yugurib   kelish   masofasining   taxminan   2/3   qismida   yoki   undan   sal
ertaroq eng yuqori tezlikka erishadida, ijro to‘g‘ri bo‘lganda bu tezlik depsingunga
qadar   saqlanadi,   agarda   Yugurish   noto‘g‘ri   bo‘lsa,   depsinguncha   tezlik   sal
kamayadi.   Ikkinchi   variantda   sakrovchi   Yugurishni   nisbatan   bemalol   boshlab,
tezlikni   asta-sekii   oshirib   boradi   va   yugurib   kelish   oxirida   maksimal   tezlikka
erishadi.   Bunday   yugurib   kelishda   tezlikni   tekis   tezlanish   bilan   oshira   borish
engillashadi,   lekin   tezlikni   oshirish   bilan   depsinishga   tayyorlanishni   bog‘lashda
qiyinchilik tug‘iladi. Bu variantlarning birinchisi tuzukroq. Oxirgi qadamgacha Yugurish texnikasi to‘g‘ri bo‘lishining juda muhim ahamiyati
bor. YUgurib kelishning oxirida tezlik 10—10,5 m/sek   etadi -(V. M. D’yachkov,
V. B. Popov).
Depsinadigan   taxtaga   to‘g‘ri   qadam   qo‘yish   uchun   sakrovchilar,   ayniqsa   endi
boshlayotgan   sakrovchilar   6   Yugurish   qadam   naridan   boshlab   depsinish
taxtasigacha masofaga  kontrol  belgilar qo‘yib chiqadilar.
Usta   sakrovchilarning   ko‘pchiligi   kontrol   belgilarini   yugurib   kelish   boshlanish
joyiga   yaqinroq   qo‘yadilar   va   yugurib   kelishning   ko‘p   qismini   «kela   turib
Yugurish»   prinsipida   yugurib   o‘tadilar.   SHunda   tezlik   kamroq   o‘zgarib,   taxtaga
ayaiq   oyoq.   qo‘yish   osonlashadi.   Kontrol   belgilar   yo‘lkada   qolgan   izlarga   qarab,
yugurib kelish qanchalik to‘g‘ri bo‘lganini tekshirish mumkin. Belgilar bilan taxta
orasidagi qadamlar miqdori juft bo‘lgani ma’qul. SHunday bo‘lganda depsinuvchi
oyoq belgi ustiga tushadi (2-rasm).
Yo‘lkaning   qattiqligi,   shamol   va   boshqa   sharoitlarning   o‘zgarishi   bilan   yugurib
kelish uzoqligi sal o‘zgaradi, lekin qadamlar soni doimiy bo‘ladi,
YUgurib   kelish   vaqtida,   ayniqsa   tezlanishning   boshlanishida   sakrovchi   gavdasi
oldinga   engashgan   bo‘ladi.   Tezlik   orta   borgan   sari   engashganlik   kamaya   boradi.
Oxirgida bitta oldingi qadamda gavda vertikal holatda yoki oldinga sal engashgan
bo‘lishi kerak.
YUgurib   kelish   jarayonida   sakrovchining   butun   e’tibori   gorizontal   tezlikni
oshirishga   qaratilgan   bo‘ladi.   YUgurib   kelishning   oxirida,   sakrovchi   depsinishga
tayyorlanib,   tezlikni   saqlab   qolishga   harakat   qilishi,   ortiqcha   kuchanmay   erkin
harakatlanmog‘i   kerak.   Bu   paytda   Yugurish   tezligi   pasaymasligi   uchun,   oxirgi
qadamlar chastotasini oshirish kerak.
Depsinishga tayyorlanish
Depsinishga tayyorlanish avvalo butun e’tiborni depsinishga qaratmoq demakdir.
Oxirgi 4—2 qadamda uzunroq qadam tashlash, depsinishdan oldin silkinch oyoqni
oxirgi marta erga qo‘yganda uni bukish hisobiga u. o. m. pastroq tushadi. YUgurib
kelishning   oxirgi   qadamlarini   maksimal   tezlik   va   tekis   ritmda   bajarib,   bir   onda depsinishga   o‘tish   nihoyatda   ideal   bo‘lar   edi.   Ammo   ko‘psakrovchilar,   odatda
yugurib kelishning oxirgi 4 qadamidagina depsinishga tayyorlanaboshlaydilar. 
2-rasm. YUgurib kelish   tezligining   o‘sib   borishini   ko‘rsatadigan   egri chiziq
va yugurib kelishni   belgilash:
a) malakali sakrovchilar uchun, b) yangi boshlayotganlar uchun
Bu  qadamlar     o‘ziga  xos  ritmda  bajariladi  va  depsinishga   o‘tishni   engillashtiradi,
depsinishni kuchaytirishga yordam beradi. Bu tayyorlanish shundan iboratki, unda
depsinuvchi   oyoqdan   silkinch   oyoqqa   o‘tish   qadamlarida   depsinish.   tobora
kuchliroq bo‘la boradi. Bunda, 4-qadam (yog‘ochdan orqaga hisoblaganda)  5-dan
5—15   sm   uzunroq   qo‘yiladi,   oxirgidan   bitta     oldingi   qadam   kattaroq,   oxirgi
qadam   esa   kichikroq   qo‘yiladi.   Oxirgidan   bitta   oldingi   qadam   eng   uzun,   oxirgisi
esa eng qisqa bo‘ladi (1-jadval).
Nayzani   uloqtirish   texnikasiga   o‘rgatish   uslubi   granata   uloqtirish   texnikasiga
o‘rgatishga o‘xshashdir.
Lekin,   anjomlar   ularning   og‘irligi,   xususiyati   va   anjomni   o‘qiga   (nayzaga
«tushish») kuchlanishni kerakligi bilan ajraladi. SHuning uchun ko‘proq e’tiborni
ikkinchi vazifaga - «Turgan joyida nayzani uloqtirish texnikasi»ga qaratiladi.
Uloqtirish   maxsus   snaryadlarni   uzunlikka   irg‘itish   va   uloqtirish   mashqlaridir.
Ularning   natijalari   metr   va   santimetrlarda   aniqlanadi.   Uloqtirish   asab-mushak
kuchlanishi   qisqa   vaqtda   maksimal   bo‘lishi   bilan   xarakterlidir.   Bunda   qo‘l,   elga
kamari  va  tana mushaklarigina  emas  balki   oyoq mushaklari  ham   faol   qatnashadi.
Engil   atletika   snaryadini   uzoqqa   uloqtirish   uchun   kuch,   tezlik   chaqqonlik   yuqori
darajada rivoj topgan bo‘lishi va o‘z kuchini bilmoq zarur. 
Engil atletikadagi uloqtirishlar ijro usuliga qarab uch turga bo‘linadi.
Bosh ortidan uloqtirish (nayza, granata).
Aylanib uloqtirish (disk, bosqin).
Itqitish (yadro).
Uloqtirish usullarining farqi snaryadlarning shakli  va og‘irligiga bog‘liqdir. Engil
ushlash   o‘ng‘ay   bo‘lgan   snaryadlarni   to‘g‘ridan   yugurib   kelib,   bosh   ortidan boshlab   uzoqqa   uloqtirish   mumkin,   og‘irroq   snaryadlarni   aylanib   uloqtirish
o‘ng‘ayroq   maxsus   tutgichi   bo‘lmagan   og‘ir   snaryad     yadroni   esa   itqitish
o‘ng‘ayroq.
5.   Ko‘pkurash:   yugurish,   sakrash   va   uloqtirish   ishining   har   xil   turlari   o‘z   ichiga
oladi. Ko‘pkurash tarkibidagi muhtoriga qarab nomlanadi: to‘rtkurash, beshkurash,
oltikurash, sakkizkurash, o‘nkurash. 
Ko‘pkurashning   asosiy   turlari:   erkaklar   uchun   o‘nkurash   va   ayollar   uchun
beshkurash   va   o‘spirinlar   uchun   oltikurash   va   sakkizkurash.   Musobaqalarni
engillashtirish   uchun   engil   atletikani   bunday   og‘ir   turlaridan   musobaqalar   ikki
kunda   o‘tkaziladi.   Ko‘pkurashning   asosiy   turlari:   ko‘pkurash   bo‘yicha
shug‘ullanuvchilar   oldiga   juda   yuqori   talablar   qo‘yiladi.   Ular   texnik   jihatdan
yuqori   mahoratli   bo‘lishlaridan   tashqari,   sprinterlardek   tezkor,   uloqtiruvchilardek
kuchli, o‘rta masofalarga yuguruvchilardek chidamli bulishlari kerak.
Ko‘pkurash   programmasini   to‘la   bajarish   esa   umuman   a’lo   darajada   chidamli
bo‘lishni, yuqori darajada rivojlangan irodaviy fazilatlarni talab qiladi. 
Ko‘pkurash   bilan   shug‘ullanish   -   engil   atletika   bilan   endigina   shug‘ullana
boshlovchilar uchun har tomonlama jismoniy rivoj topishining eng yaxshi yo‘lidir.
Ko‘pkurash   bilan   shug‘ullanish   sportchilar   organizmiga   har   tomonlama   ta’sir
ko‘rsatish bilan engil atletikaning alohida turi maxsus trenirovka qilish uchun ham
yaxshi zamin yaratib beradi. 
Ko‘pkurash natijasi  sportchining ko‘pkurash  tarkibidagi har  bir turda ko‘rsatilgan
natijasi   uchun   olgan   ochkolar   yig‘indisi   bilan   belgilanadi.   Buning   uchun   maxsus
ochkolar   jadvalidan   foydalaniladiSportcha   uloqtirishdan   maqsad   -   uloqtiruvchi
harakatini   chegaralovchi   ma`lum   qoidalarga   rioya   qilib,   asbobini   mumkin   qadar
uzoq masofaga tashlashdir.
Uloqtirish-g’ayrisiklik mashq bo`lib, uloqtiruvchidan katta asab-muskul kuchini va
yaxshi jismoniy tayorgarlikni talab qiladi. Busiz Yuqori sport natijalariga erishish
mumkin emas.
Sport   snaryadalarining   uzoqroqqa   borib   tushishi   sportchi   uloqtirish   texnikasini
bilishiga   anchagina   bog’liqdir.   Snaryadning   uchishi   va   uloqtirish   texnikasi mexanikaning   umumiy   qonunlariga   bo’ysunadi.   Lekin   sport   snaryadlarining
konstruktsiya   xususiyatlariga   va   musobaqa   qoidasiga   qarab,   uloqtirish   texnikasi
bir-biridan farq qiladn,
Har   qanday   jismning   uchishi   masofaning   uzoqligi   uning   boplang’ich   uchish
tezligiga, uchib chiqish burchagiga va havo muhitining qarshiligiga bog’liq.
Shunday   qilib,   uloqtiruvchi,   aylanayotganda,   tanasining   aylanish   tezligi
o`zgartirmasdan,   snaryadni   aylanish   markazidan   uzoqlashtirish   hisobiga   xarakat
miqdorini   oshirishi   mumkin.   Bunday   imkoniyatni   to’liq   ishga   solib   bo`lgandan
keyin,   burchak   tezligini   oshirishga   intilish   mumkin.   Bunday   xulosaga   kelish
sababi-gavdaning aylanish tezligi maksimalga yaqinlashuvi bilan harakatni nazorat
qilish   juda   qiyinligidadir.   Shuning   uchun   uloqtiruvchi   o`zining   vestibulyar
apparatini   juda   ham   yaxshi   chiniqtirgan   bo`lishi   va   muskullarini   bushashtirshni
boshqara bilishi zarur.
Aylanish   vaqtida   uloqtiruvchining   aylanish   tezligi   ortib,   snaryadning   (boskon,
disk)   aylanish   radiusi   kamaysa,   snaryadning   harakat   tezligi   pasayishi   mumkin.
Shuning   uchun   ham   boskonni   dastlabki   silkitishni,   aylanishni   va   oxirgi   kuch
berishni   boskon   sharini   aylanish   o’qidan   maksimal   uzoqlashtirib   bajarish
maqsadga   muvofiqdir.   Garchi   disk   uloqtirishda   ilgarilab   boruvchi   boruvchi
harakatning   aylanma   harakatga   nisbati   boskon   uloqtirishdagidan   katta   bo`lishiga
qaramay, bunda ham xuddi shunday qilaverish kerak.
Yugurib   kelishni   aniq   bajarganda   snaryad   bilan   harakatlanayotgan
uloqtiruvchining   tezligi   uloqtirishning   boshlang’ich   fazasidan   oxirgi   fazagacha
tobora   o’sib   borishi   kerak.   Lekin   bu   tezlikning   usishi   uzluksiz   va   tekis   bo’la
olmaydi,   chunki   Yugurib   kelish   mobaynida   depsinish   sharoiti   o`zgarib   boradi
(yakka   tayanch,   kush   tayanch   va   tayanchsiz   fazalar).   Uloqtiruvchi   gavdasining
ayrim   qismlarining   harakat   tezligi   uloqtirishning   turli   fazalarida   anchagina   farq
qiladi,   ammo   snaryadning   jila   borish   tezligi   uning   uchib   chiqish   paytida
maksimalgacha yetishi kerak.
Snaryad   bilan   harakat   qilayotgan   uloqtiruvchi   massasining   olg’a   siljishi   oxirgi
kuchlanish   oldidan   sekinlashuvi   uloqtirish   uzoqligiga   salbiy   ta`sir   ko’rsatadi. Bunda   snaryadning   uchib   chiqish   tezligi   (shu   bilan   birgalikda   uning   o`zoqqa
borishi ham) taxminan joydan turib uloqtirishdagiga teng bo’ladi. ya`ni oxirgi kuch
berish   qanchalik   mukammal   bajarilmasin,   Yuqori   natijaga   erishib   bo’lmaydi.
(Masalan,   joydan   turib   itkitish   bilan   Yugurib   kelib   (irg’ib)   itkitishda   yajroning
uzoqqa borishidagi farq o`rta hisobda 1-1,5 m ga. disk uloqtirishda 6-8 m ga, nayza
uloqtirishda 20-25 m ga etadi.)
Snaryadni   qo’ldan   chiqarib   yuborish,   har   doim   oyoqlar   yerga   tayangan   vaqtga
to’gri kelishi kerak. Bu esa harakat sekinlashadigan payt demakdir.
Oxirgi   kuch   berishga   tayorlanshi,   oxirgi   kuch   berish   va   to’xtatish   fazasi.   Oxirgi
kuch berishga tayorlanish turli xil uloqtirishda turli buladi, ammo barcha  xollarda
uloqtirish oxirida snaryad harakati tezligini oshirish katta ahamiyatga ega.
Shu bilan birga oxirgi kuch berishni bajarmoq uchun uloqtiruvchi shunday holatda
turishi   kerakki,   u   xolat   oxirgi   fazani   snaryad   eng   katta   tezlik   bilan   uchib
chiqadigan qilib bajarishga imkon bersin.
Uloqtirishning   ko’pchilik   turlarida   uloqtiruvchining   snaryadni   ayni   qo’ldan
chiqarishgacha   bo`lgan   oraliq   xolatlarining   umumiy   jihatlari   ko’p.   Bu   oraliq
holatlar   uchun   uloqtirayotganda   gavda,   oyoq   mushaklaridan   to’liq   foydalanish
maqsadida u.o.m.   bir   qancha   pastga tushishi    xarakterlidir. U.O.M. oxirgi kuch
berish  oldidan oyoqlarni  ma`lum  kenglikda va bukib qo’yilshi  hisobida  pasayadi.
Bu   paytda   snaryad   mo’ljaldagi   uchib   chiqish   nuqtasidan   mumkin   qadar   uzoqda
bo`lishi   (uning   harakat   yo’li   bo’ylab)   juda   muhim.     Snaryad   uchib   chiqish
nuqtasidan va oldingi tayanch nuqtasidan eng ko’p uzoqlashtirmoq uchun, snaryad
tutgan   qo’l   bilan   birga   gavdani   uloqtirish   yo`nalishiga   qarama-qarshi   tomonga
engashtiriladi   yoki   aylantirib   buriladi.   Gavda   qismlarining   bunday   turishi
uloqtiruvchi   kuchining   snaryadga   ta`sir   etish   yo’lini   uzaytirishga   imkon   beradi.
Oxirgi kuch berish ordindan oyoqlarni snaryadga nisbatan sezilarli ildamlatishdan
maqsad   ham   shu.   Uloqtirishga   tayorlanishda   Yugurib   kelish   tartibi   buzilmasa,
uloqtirish   tomon   umumiy   olg’a   intiluvchi   harakat   saqlab   qolinsa,   shundagina
uloqtirishga tayorlanish eng to’g’ri bajarilgan bo’ladi.
Ko’p kurash turlari haqida tushuncha Ko‘pkurashIar ikki kun mobaynida o ‘tkaziladi. Turlar tarkibi
va k u n la rso n id a o ‘zgartirishlarga ruxsat berilmaydi. Bir tu rn in g
oxiri va boshqasining boshlanishi orasidagi tanaffus k am id a
30 min ni, musobaqa-larning b irin c h i’kunidagi oxirgi m u so b aq a
marrasi va ik k in ch i kundagi m u so b a q a la rn in g b irin c h i t u r
musobaqalari boshanishi orasidagi vaqt kamida 10 soatni tash k il
qilishi lozim.
Yugurish turlaridagi musobaqaiar b ir davrada o ‘tkaziladi. H a r
bir qatnashchining vaqti uchta sekundomer yordamida aniqlanadi.
Sakrashlar va uloqtirishiarda qa tn a sh ch ila r uchta urinish b a ja ra -
dilar. Ha r bir tu rd a ko‘rsatilgan n a tija la r musobaqa q o idalarida
aytib o ‘tilgan maxsusjadval bo‘yicha ochkolarda baholanadi. G ‘olib
va keyingi o 'rin ia r hamma turlarda to ‘plangan eng ko‘p o c h k o la r
yig'indisi b o ‘yicha aniqlanadi. Ikkita (yoki bir nechta) q a tn a sh -
chilarning ochkolar yig‘indisi teng b o 'Igan taqdirda ko‘p tu rla rd a
an ch a y uqoriroq ochko to ‘plagan q a tn a sh ch i ustuniikka eg a
b o ‘ladi; bu k o ‘rsatkich teng b o ‘lib qolsa, ko‘pkurash tu rla rid an
birida eng katta ochko to‘plagan qatnashchi ustuniikka ega bo‘ladi.
Ko'p k u ra sh n ing bir yoki bir n e c h a tu rla rid a muvaffaqiyatsiz
qatnashgan ishtirokchi musobaqalardan olinmaydi, balki m usobaqalarni
oxirigacha davom ettiradi. Musobaqa turlaridan b irid a
qatnashmaganlik yoki unga chiqmaganlik uchun (uzrli sabablarsiz)
qatnashchi   musobaqalardan   c   h   iq   a   rib   yuboriiadi.   Ko‘p   k   u   ra   sh
qatnashchilarining   natijalari   individual   dastur   turlarida   shaxsiy   hisobda   inobatga
olinmaydi.
Ko’p kurash texnikasiga o’rgatish usullari
Bizning mamlakatimizda musobaqalar o’tkazila-digan ko’pkurashlar xillari, ularga
kiradigan turlar ro’yxati hamda musobaqalarni kunlarga taqsimlash 10.1- jadvalda
keltirilgan:   har   bir   muayyan   musobaqa   tarkibiga   kiradigan   turlari   MO’T   Nizomi bilan barcha sanab o’tilgan ko’pkurashlar ro’yxatiga kiritilgan turlar ichidan tanlab
belgilanadigan uchkurashlar bundan mustasno.
Ko’pkurash bo’yicha musobaqa kunlari sonini o’zgar-tirish yoki turlarning o’rnini
almashtirishga   ruxsat   etil-maydi,   ammo   ko’pkurash   bo’yicha   ikki   kun   davomida
o’tkazi-ladigan   musobaqalar   boshlangach,   ob-havo   o’zgarishi   yoki   boshqa
sabablarga   ko’ra   ularni   davom   ettirish   mumkin   bo’lmay   qolgan   hollar   bunga
kirmaydi. Agar tanaffus birinchi kun mobaynida e’lon qilingan bo’lsa, keyingi kun
musobaqalar   yangitdan   boshlanadi;   agar   musobaqalar   ikkinchi   kuni   uzilib   qolsa,
ular   uchini   kunga   qoldiriladi   va   tanaffusgacha   tugal-lanmay   qolgan   tur
musobaqalaridan   boshlanadi.   Masalan,   o’nkurash   bo’yicha   musobaqalar
langarcho’p   bilan   sakrash   vaqtida,   u   yerda   atigi   bir   necha   ishtirokchi   qolgan,
ishtirok-chilarning   bir   qismi   esa   nayzani   uloqtirib   bo’lgan   paytda   uzilib   qoldi.   U
holatda   keyingi   kuni   musobaqalar   langarcho’p   bilan   sakrashni   tugatmagan
ishtirokchilar   uchun   shu   turdan,   uzilib   qolgan   balandlikning   birinchi   urinishidan
boshla-nadi.   Ko’pkurashning   keyingi   turi   –   nayza   uloqtirishda   barcha
ishtirokchilar   qatnashadilar,   avvalgi   kuni   bu   tur   bo’yicha   ko’rsatilgan   natijalar
bekor qilinadi.
Ko’pkurash   zarurat   tufayli   uch   kun  mobaynida   o’tkazil-ganda,   ko’rsatilgan   natija
rekord yoki toifa me’yorining bajarilishi sifatida tasdiqlana olmaydi.
Musobaqalarning har bir kuni dasturini ertalab va kechqurunga taqsimlash tavsiya
etiladi. Bir tur tugaganidan so’ng keyingi tur boshlanishigacha bo’lgan tanaffuslar
uchun,   imkon   bo’lsa,   kamida   30   daqiqa   ajratish   kerak,   birinchi   kunning   so’nggi
bellashuvi starti orasidagi muddat esa kamida 10 soatni tashkil etishi lozim.
Snaryadlarning   og’irligi,   baryerlarning   baland-ligi   va   joylashtirilishi   alohida
turlarda shunga muvofiq yosh guruhlarida qanday bo’lsa, shundaydir.
Ko’p kurash musoboqalarini tashkil qilish va o’tkazish
Ko’pkurashlar   tarkibiga   kiruvchi   ayrim   turlar   bo’yicha   musobaqalar   mazkur
Nizom   talablariga   muvofiq   ravishda   o’tkaziladi.   moddalarda   keltirilgan   talablar
bundan mustasno. Qur’a tashlash oldindan yoki ko’pkurashning har bir turidan avval, ayrim hollarda
oldingi turning umumiy yakunlanishidan avval o’tkazilishi mumkin.
Yugurish bo’yicha musobaqalar bir davrada o’tka-ziladi, poygalar tarkibi hakamlar
hay’ati   (referi)   tomoni-dan   belgilanadi,  har   bir   poygada,  imkon   bo’lsa,   besh   yoki
undan   ortiq   (uch   nafardan   kam   emas)   ishtirokchi   qatnashadi.   Ishti-rokchilarning
miqdori   hakam   va   boshqa   vaqt   o’lchash   asboblari-ning   soniga   qarab   menejer
(referi) tomonidan belgilanadi.
Birinchi kunni yoki butun ko’pkurashni yakunlovchi yugurish turlarida poygalarni
tuzish   va   qur’a   tashlash   ishtirokchilarning   oldingi   turdan   «qutulganlari»   sari
o’tkazilishi   mumkin,   ammo   ko’pkurashning   eng   so’nggi   turida   bir   poyga
peshqadamlar qatoriga kiruvchi ishtirokchilardan-gina iborat bo’lishi kerak.
Menejer   (referi)   ko’pkurash   ishtirokchilari   birlashadigan   har   qanday   guruh
tarkibini, agar uning fikricha shu ma’qul bo’lsa, o’zgartirib yuborishi mumkin.
Har   bir   ishtirokchi   ko’rsatgan   vaqt   uch   nafar   vaqt   o’lchovchi   hakam   tomonidan
yoki butunlay avtomatlashtirilgan o’lchash qurilmasi yordamida aniqlanadi, bunda
bitta   musoba-qada   faqat   bitta   vaqt   o’lchash   tizimi   (qo’lniki   yoki   butunlay
avtomatlashtirilgan) yugurishning barcha masofalarida qo’llanilishi mumkin.
Ko’pkurashning yugurish turlarida ishtirokchi startdagi ikkinchi ogohlantirilishdan
so’ng diskvalifikasiya qilinadi.
Uzunlikka sakrash va uloqtirishlarda har bir ishtirokchiga faqat uch marta urinish
imkoniyati beriladi.
Balandlikka   va   langarcho’p   bilan   sakrashda   planka   butun   musobaqa   mobaynida
mos   ravishda   3   sm   va   10   sm   ga   ko’tariladi.   Alohida   urinishni   bajarish   hamda
urinishlar orasidagi tanaffuslar vaqti 6.6-bandga qarab aniqlanadi.
Ko’pkurash   tarkibidagi   har   bir   tur   bo’yicha   ko’rsatilgan   natijalar   musobaqalar
haqidagi   Nizomda   tilga   olingan   maxsus   jadvalga   ko’ra   ochkolarda   baholanadi.
To’la   avtomatlashtirilgan   o’lchash   qurilmalaridan   foydalanil-ganda,
ishtirokchilarning natijalari 0,01 gacha aniqlik bilan hisobga olinadi. Har   bir   tur   natijalari   va   ochkolari   hamda   o’tgan   turlarning   ochkolari   yig’indisi
namoyish   bayonnomasiga   qayd   etilib,   uni   maxsus   kotib   bevosita   musobaqalar
o’tkazilayotgan joylarda yozib boradi.
Ko’pkurashda   g’olib   va   undan   keyingi   o’rinlarning   taqsimlanishi   barcha   turlar
bo’yicha   to’plangan   ochkolarning   eng   katta   yig’indisiga   ko’ra   aniqlanadi.
To’plangan ochkolar yig’indisi teng bo’lib qolsa, ko’pkurashning ko’proq turlarida
yuqoriroq   ochkolar   hisobiga   ko’ra   baholangan   ishtirokchiga   ustunlik   beriladi.
Bunda   ham   tenglik   bo’lgan   hollarda   ko’pkurash   tarkibiga   kiruvchi   turlarning
birortasi   uchun   olingan   eng   yuqori   bahoga   (ochkolar   soniga)   qarab   ustunroq
ishtirokchi aniqlanadi.
Ko’pkurashning biror-bir yoki bir necha turini muvaffaqiyatsiz bajarganligi uchun
ishtirokchi 0 ochko oladi, ammo musobaqalardan chiqarib yuborilmaydi va ularni
oxirigacha davom ettirishi mumkin.
Ko’pkurashning   biror-bir   turi   bo’yicha   musoba-qalarda   uzrli   sababsiz
qatnashmagan,   masalan,   startga   kelma-gan   sportchi   shu   ko’pkurash
musobaqalaridan chiqarib yubori-ladi.
Musobaqalarni tugatishga qaror qilgan ishtirokchi bu haqda darhol katta hakamga
(referiga) xabar bermog’i lozim. A dabiyotlar
1. Yengil atletika. Andris E.R., Kudratov R. O’quv qo’llanma. - T:. UzDJTI. 1998 y.
2.   Yengil   atletika.   D.P.Markov,   N.G.Ozolin   umumiy   taxririda.   -   T:.   O’qituvchi"
nashriyoti. 1971 y. 660 bet.
3. Jismoniy tarbiya va sport  mashg’ulotlari. Usmonxodjayev T.S., Raximov M.M.,
Kudratov   R.K.,   Meliyev   X.A.,   Rasulova   T.R.,   Qurbonov   S.   (o’quv   qo’llanma).
Toshkent. "O’qituvchi". 2005 y. 352 bet.
4.   Legkaya   atletika.   Uchebnik   dlya   institutov   fizicheskoy   kultura.   Pod   obd.   red.
N.G.Ozolina, V.I.Voronkina, YuN. Primakova. FiS, 1989 g.
5. Shakirjanova K.T. Yengil atletika (musoba q a  q oidalari).  O’q uv  qo’ llanma. "Lider
press". - T:. 2007 y. — 350 bet.

Mavzu: Yengil atletika va uni o’qitish metodikasi faniga kirish Reja Yengil atletikaning umumiy ta’rifi va tasnifi Yurish va yugurish to’g’risida umumiy tushuncha Sakrash va uloqtirish texnikasi haqida tushuncha Ko’p kurash turlari haqida tushuncha

Yengil atletikaning umumiy ta’rifiva tasnifi Yengil atletika degan nom shartli bo`lib, bu sport turiga kiradigan hamma mashqlarni tabiiy ahamiyatini yoritib bera-olmaydi. Shu bilan birga yengil atletika qadimiy yunoncha «atletika» so`zidan olingan bo`lib, «mashq», «kurash», «bellashuv» degan ma’noni beradi. Qadimiy yunonistonda kuchlilik va chaqqonlikda musobaqalashgan kishilarni atletlar deb ataganlar. Hozirgi kunda jismoniy kamolotga erishgan komil kishi-larni atlet deyiladi. Ayrim mamlakatlarda yengil atletikani «atletika» (Frantsiyada) yoki «yo`lka va maydondagi mashqlar» (AQSH, Angliyada) deb ataydilar. Yengil atletika hayotda eng kerakli keng tarqalgan mashqlarni – yurish, yugurish, sakrash va uloqtirish mashqlarini birlashtirib, eng ommaviy sport turi hisoblanadi. Ko`pgina yengil atletika mashqlari umumiy omma bajara oladigan, eng kichik yoshdagi bolalardan boshlab kattalargacha har kungi hayotda har xil turda uchraydi va me’yorlanadi. Yengil atletika bilan yil davomida shug’ullansa bo`ladi. Shu sabablarga ko`ra yengil atletika mashqlari (yurish, yugurish, sakrash va uloqtirish) respublika maxsus testlar majmuasi «Alpomish» va «Barchinoy»ni ko`pchilik qismining amaliy mezonlarini tashkil etadi. Yengil atletikani ko`pincha «sport malikasi» deb atashadi. Bunga sabab, u respublika, xalqaro musobaqalar, Olimpiya o`yinla-rini hamma dasturlariga kiritiladi, shu bilan birga o`ynaladigan medallarning majmuasi va soni bo`yicha eng ko`pi hisoblanadi. Jismoniy tarbiya instituti, universitetlar va pedagogik institutlarning fakultetlari dasturida, yengil atletika asosiy o`quv predmeti bo`lib, sport faoliyati (faoliyat turlari bo`yicha), kasbiy ta’lim (faoliyat turlari bo`yicha), sport psixologiyasi yo`nalishlaridagi bakalavrlarni tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Yengil atletika musobaqa mashqlarining turli-tumanligi bilan xarakterlanadi va ularni bajarishni har xil usullari va variantlari mavjud. Yengil atletika mashqlarini aniq tasnifga tushirish uchun uni besh bo`limlarga bo`lib (yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, ko`pkurash) tavsiflash maqsadga muvofiqdir. Ular o`z navbatida turlarga, turning xillariga hamda variantlar va

masofalarga ajratiladi. Hozirgi vaqtda yengil atletikaning 24 turi erkaklar, 23 turi ayollar Olimpiya o`yinlari dasturiga kiritilgan. Yengil atletika sporti turlarini turli xil parametrlar bo`yicha tasniflash mumkin: yengil atletika turlari guruhlari, jinsiy va yoshga xos belgilar, o`tkazilish joylari. Yengil atletikaning beshta turi asos hisoblanadi: yurish, yugurish, sakrashlar, uloqtirishlar va ko`pkurashlar. Jinsiy va yoshga xos belgilarga ko`ra tasniflanishi: erkaklar, xotin-qizlar turlari; har xil yoshdagi o`smir yigit va qizlar. Yengil atletika bo`yicha eng oxirgi sport tasniflanishida xotin-qizlarda stadionda, shosse va kesishgan joyda o`tkaziladigan 50 sport turi va yopiq inshootlarda o`tkaziladigan 14 sport turi, erkaklarda mos ravishda 56 va 15 sport turi mavjud. Sport turlarining keyingi tasniflanishi mashg’ulotlar va musobaqalar o`tkazilish joylari bo`yicha amalga oshiriladi: stadionlar, shosse va prosyolka yo`llari, kesishgan joylar, sport manejlari va zallar. Yengil atletika sport turlari tuzilishiga ko`ra tsiklik,atsiklik va aralash turlarga qandaydir jismoniy sifatning ko`proq namoyon qilinishi nuqtai nazaridan esa: tezlik, kuch, tezlik-kuch, tezlikchidamliligi, maxsus chidamlilik turlariga bo`linadi. Shuningdek, yengil atletika turlari Olimpiya (O) va noklassik (barcha qolganlari) turlarga bo`linadi. Hozirgi kunda Olimpiya o`yinlari dasturiga erkaklarda yengil atletikaning 24 turi, ayollarda – 23 turi kiritilgan. Bu sport turida ko`p miqdorda olimpiya medallari uchun bahslar bo`lib o`tadi. Yengil atletika bo`limlaridagi turlarniko`rib chiqamiz. Yurish - siklik tur bo`lib,maxsus chidamlilikni namoyon qilishni taqozo etadi, ham erkaklar, ham ayollar o`rtasida musobaqalar o`tkaziladi. Ayollarda: stadionda – 3, 5, 10 km; manejda – 3, 5 km; shosseda – 10, 20km masofalarda musobaqalaro`tkaziladi. Erkaklarda: stadionda – 3, 5, 10, 20 km; manejda – 3, 5 km; shosseda – 15, 50 km masofalarda musobaqalaro`tkaziladi. Olimpiya (O) turlari: erkaklarda – 20 va 50 km, ayollarda – 20km. masofalarda musobaqalaro`tkaziladi

Yugurish quyidagi toifalarga ajratiladi: ravon yugurish, to`siqlar osha yugurish, g’ovlar osha yugurish, estafetali yugurish, kross yugurish. Sprint yoki qisqa masofalarga yugurish deb ataladigan stadionda va manejda o`tkaziladigan masofalar: 30, 60, 100 m (O), 200 m (O), erkaklar va ayollar uchun bir xil. Uzoqqa sprint stadionda va manejda o`tkaziladi. Masofalar: 300, 400 m (O), 600 m, erkaklar va ayollar uchun bir xil. Chidamlilikka yugurish: - o`rta masofalar: 800 m (O), 1000, 1500 m (O), 1 mil – erkaklar va ayollarda stadionda va manejda o`tkaziladi; - uzoq masofalar: 3000, 5000 m (O), 10000 m (O) – stadionlarda (manejlarda – faqat 3000 m) o`tkaziladi, erkaklar va ayollar uchun bir xil; - o`ta uzoq masofalar – 15; 21.0975; 42,195 m (O); 100 km – shosseda o`tkaziladi (start va finish stadionda o`tkazilishi mumkin), erkaklar va ayollar uchun bir xil; - ultra uzoq masofalar – bir kechayu-kunduz davom etadigan yugurish stadionda yoki shosseda o`tkaziladi, ham erkaklar, ham ayollar qatnashadi. Shuningdek, 1000 milga (1609 km) va 1300 milga (uzluksiz yugurishning eng uzoq masofasiga) yugurish bo`yicha musobaqalar o`tkaziladi. G’ovlar osha yugurish – tuzilishiga ko`ra aralash tur, u tezlik, tezlik chidamliligi, chaqqonlik, egiluvchanlikning namoyon qilinishini taqozo qiladi. erkaklarda va ayollarda, stadionda va manejda o`tkaziladi. Masofalar: 60, 100 m (O), 400 m (O) ayollarda; 110 m (O), 300 m va 400 m (O) erkaklarda (oxirgi ikki masofa faqat stadionda o`tkaziladi). To`siqlar osha yugurish – tuzilishiga ko`ra aralash tur, u maxsus chidamlilik, chaqqonlik, egiluvchanlikning namoyon qilini-shini taqozo etadi. erkaklar va ayollarda stadionda hamda manejda o`tkaziladi. Ayollarda masofalar – 2000m, 3000m (O), erkaklarda masofa – 2000, 3000 m (O). Estafetali yugurish – tuzilishiga ko`ra aralash tur, u tezlik, tezlikka bo`lgan chidamlilik va chaqqonlikning namoyon qilinishini talab etadi. Olimpiya tur hisoblanadigan 4x100 m va 4x400 m ga yugurishlar erkaklarda va ayollarda

stadionda o`tkaziladi. Manejda 4x200 m va 4x400 m ga estafetali yugurish bo`yicha musobaqalar erkaklar uchun ham, ayollar uchun ham o`tkaziladi. Shuningdek, stadionda800, 1000, 1500 m va har xilmasofalardamusobaqalar o`tkazilishi mumkin. SHahar ko`chalari bo`ylab uzunligi, soni va kontingenti har xil bo`lgan erkaklar va ayollar aralash estafetalar o`tkaziladi. Avvallari shved estafetalari deb nomlanadigan estafetalar keng ommalashgan edi: 800+400+200+100 m – erkaklarda, 400+300+ +200+100 m – ayollarda. Kross yugurish tabiy sharoitda, ochiq havoda shahar hiyobonlari, aholi yashash joylaridagi katta yo`llarda o`tkazilib, yuguruvchilardan maxsusvaumumiy chidamlilikni namoyon qilinishini talab etadi. erkaklarda masofa – 1, 2, 3, 5, 8, 12 km, 14km.;ayollarda – 1, 2, 3, 4, 6 km. Yengil atletika sakrashlari ikkita guruhga bo`linadi: vertikal va gorizontalto`siqlar osha sakrashlar. Birinchi guruhga quyidagilar kiradi: a) yugurib kelib balandlikka sakrashlar; b) yugurib kelib langarcho`p bilan sakrashlar. Ikkinchi guruhga quyidagilar kiradi: a) yugurib kelib uzunlikka sakrash; b) yugurib kelib uch hatlab sakrashlar. Yengil atletika sakrashlarining birinchi guruhi: a)yugurib kelib balandlikka sakrash (O) – atsiklik tur, u sportchidan tezlik-kuch sifatlarini, sakrovchanlikni, chaqqonlikni, egiluvchanlikni namoyon qilishni talab etadi. erkaklarda va ayollarda, stadionda vamanejda o`tkaziladi; b)yugurib kelib langarcho`p bilan balandlikka sakrash (O) – atsiklik tur, u sportchidan tezlik-kuch sifatlarini, sakrovchan-likni, egiluvchanlikni, chaqqonlikni namoyon qilishni talab etadi, yengil atletikaning eng murakkab texnik turlaridan biridir. erkaklar va ayollarda, stadionda va manejda o`tkaziladi. Yengil atletika sakrashlarining ikkinchi guruhi: