logo

YERGA EKIN EKISHDAN KEYIN ISHLOV BERISH

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

41.236328125 KB
YERGA EKIN EKISHDAN KEYIN ISHLOV BERISH
1. Yerni ekin ekishdan keyin ishlashdan maqsad.
2. Qator oralari ishlanadigan ekinlarni parvarish qilish.
3. Qator orasini ishlash muddati va chuqurligi.
4. Ishlov berish ishlarining samaradorligini oshirish tadbirlari.
  1. Yerni ekin ekishdan keyin ishlashdan maqsad.
Yerni   ekin   ekilgandan   boshlab   to   hosili   yig‘ishtirib   olinguncha   o‘z   vaqtida
sifatli qilib ishlash ulardan yuqori hosil etishtirishda asosiy tadbir hisoblanadi.
CHunki   bu   tadbirlar   tufayli   o‘simliklarning   o‘sishi   va   rivojlanishi   uchun
muayyan sharoit yaratiladi.
Ekilgan   urug‘lar   tez   va   qiyg‘os   unishini   ta’minlash   ekinni   begona   o‘tlar
bosishiga, zararkunanda va kasalliklar bilan kasallanishiga qarshi kurashish hamda
noqulay   ob-havo   ta’siridai   saqlash   tadbirlarini   izchillik   bilan   amalga   oshirish
kyerak.   Binobarin,   ekinlarni   parvarish   qilishdagi   asosiy   agrotexnika   tadbirlari
ularning yaxshi o‘sishi, rivojlanishini  va yuqori hosil olinishini  ta’minlash uchun
eng qulay sharoit yaratishdan iborat.
Har   bir   ekin   uchun   (uning   biologik   xususiyatlarini   hisobga   olgan   holda)
alohida   parvarish   qilish   usullari   ishlab   chiqilgan.   Bu   usullar   ekin   ekilgan
xo‘jalikning   tuproq-iqlim   sharoitiga,   navning   xususiyatlariga,   dalaning   begona
o‘tlar   bilal   ifloslanganligiga,   ob-havo   sharoiti   va   hokazolarga   qarab   amalga
oshiriladi.
Yerni ekin ekilgandan keyin ishlash: qator oralari ishlanadigan va yoppasiga
ekilgan kuzgi hamda bahorgi ekinlarni ishlash tizimiga bo‘linadi.
Qishloq   xo‘jaligi   ekinlarini   parvarishlash   ishlarining   asosiy   vazifasi -
o‘simliklarni   ekish   yoki   o‘tqazishdan   boshlab,     to   ularni   yig‘ib-tyerib   olishgacha
bo‘lgan muddatda ularni o‘sishi va rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratishdan
iborat.
Bu ishlarga quyidagilar :   qatorlar  himoya yo‘lagidagi qatqaloqni  yumshatish;
qatorlar   orasidagi   tuproqni   yumshatish;   begona   o‘t   ildizlarini   kesib,   yo‘qotish;
sug‘orilgandan   keyin   qatorlar   orasini   yumshatish;   qatorlar   orasidagi   tuproqqa
minyeral o‘g‘it solish; sug‘orish uchun egatlar ochish kiradi.
1.41-jadval
Yerni har xil chuqurlikda kuzgi shudgorlash va yumshatishning tuproq zichligiga,
namlik zaxirasiga va paxta hosiliga ta’siri (O‘z PIITI ma’lumoti) № SHudgorlash usuli va chuqurligi Tuproqning
zichligi g/m 3
(0-60sm) Qo‘shimcha
namlik
zaxirasi
m 3
/ga Paxta
hosili,
s/ga
1. Joriy qilingan texnologiya bo‘yicha 30
sm. chuqurlikda shudgorlash 1.43 - 33.0
2. 30   sm   chuqurlikda   shudgorlash   va
50sm. chuqurlikda yumshatish  1.35 150-200 35.6
3. ikki   yarusli   plugda   15-30   sm
chuqurlikda   shudgorlash   va   60sm
chuqurlikda yumshatish  1.30 200-250 38.7
2.  Qator oralari ishlanadigan ekinlarni parvarish  qilish
O‘zbekiston tuproqlari yomg‘ir yoqqandan keyin qurishi bilan qatkaloq hosil
bo‘lishiga   moyil.   Tuproqning   mexanik   tarkibi   qancha   og‘ir   bo‘lsa,   qatqaloq
shuncha   qattik   va   qalin   bo‘ladi.   Tuproq   sho‘r   bo‘lsa,   qatqaloq   yana   xam   qattiq
bo‘ladi. Qatqaloq hosil bo‘lganda, tuproqning kapillyar  naychalari tiklanib, uning
nami   tez   bug‘lanadi,   havo   ayeratsiyasi   va   oziq   rejimi   yomonlashadi   hamda
o‘simlik   maysalarining   yer   betiga   unib   chiqishiga   to‘sqinlik   kilib,   ko‘chatlarning
siyrak   bo‘lishiga   sababchi   bo‘ladi.   Maysalar   chiqqandan   keyin   qatqaloq   hosil
bo‘lsa,   o‘simliklar   poyasini   siqib   qo‘yib,   fiziologik   jarayonlarning   me’yorda
o‘tishiga   salbiy   ta’sir   ko‘rsatadi.   SHuning   uchun   ekinzorlarda   bahorgi
yomg‘irlardan   keyin   hosil   bo‘lgan   qatqaloqni   zudlik   bilan   yumshatish   lozim.
Qatqaloq o‘z vaqtida yumshatilmay kechiktirilsa, uning qattiqligi va qalinligi ortib
boradi,   yumshatish   qiyinlashadi   va   zarari   katta   bo‘ladi.   Qatqalok   yumshatilganda
o‘simlikning   ildiziga   havo   kirishi   osonlashadi   va   tuproqning   issiqlik   rejimi
yaxshilanadi.   Bahor   ob-havosi   issiqroq   kelgan   yillari   bu   tadbir   yana   ham   katta
ahamiyagga ega.
Qatqaloqni   yumshatish   uchun   ekilgan   urug‘ning   holatiga   qarab   har   xil
qurollar ishlatiladi. Agar  chigit unib chiqqan yoki  chiqish oldida bo‘lsa, rotatsion motigadan, mabodo, chigit yoki makkajo‘hori unib chiqib qatorlari bilinib qolgan
bo‘lsa,   rotatsion   yulduzchalar   o‘rnatilgan   kulьtivatorlardan   foydalaniladi.
Ko‘chatlar   atrofidagi   qatqaloqni   yumshatish   uchun   chopiq   qilish   zarur.   YOg‘in
yoqqandan keyin yer obi-tobiga kelishi bilan qatqaloqni yumshatish mumkin. Agar
qatqaloq   qalin   bo‘lsa   va   u   yumshatil-masa   ypyg‘   umuman   unib   chiqmaydi.   Agar
chigit   ekib   bo‘linishn   bilan   yog‘in   yog‘sa,   qatqalokni   yoppasiga   yumshatadigan
engil,   tishining   uzunligi   6-8   sm   bo‘lgan   «zig-zag»   borona   bilan   qatorlarning
ko‘ndalangina   boronalash   mumkin.   Ilg‘or   xo‘jaliklar   tajribasiga   ko‘ra   maysa
chiqmasdan   oldin   qatqaloqni   yumshatish   uchun   boronalashda   unib   chiqqan   bir
yillik   begona   o‘tlarning   75-80%   nobud   bo‘ladi.   CHigit   unib   chiqqan   dalalarda
qatqaloqqa   qarshi   kurashda   uyalar   atrofidagi   tuproqni   yumshatishga   alohida
ahamiyat byerish kyerak.
CHigit   bir   tekis   unib   chiqishi   uchun   tuproqda   namlik   etishmasa   hamda
qatqaloq   qalin   bo‘lsa,   bunday   paykallar   kichik   me’yorda   suv   byerib   sug‘oriladi.
Natijada   qatqaloq   yumshaydi   va   yer   obi   tobiga   kelishi   bilan   sifatli   qilib
kulьtivatsiyalanadi. Agar kulьtivatsiyada ko‘chat tubiga bir oz tuproq uyib ketilsa,
qatkaloqning salbiy ta’siri yana ham kamayadi.
Dalalarda   ko‘chatlar   to‘liq   bo‘lishini   ta’minlash   uchun   ekish   tugallanishi
bilanoq kartalar chetiga, burchaklarga va hatto uyalarga chigit ekib chiqish kyerak.
CHigitni   barvaqt   undirib   olish   mo‘l   xosil   garovidir.   SHuning   uchun   ekilgan
chigitning   h olati   va   unib   chiqishini   muntazam   ravishda   kuzatib   borish   zarur.   Ola
chiqqan   joylariga   tuproq   namligida   yaxshi   ivitilgan   chigit   ekilishi   kyerak.
Tuproqda namlik etishmasligi tufayli chigit unib chiqmagan dalalarga tezlik bilan
qator   oralatib chigit   suvi  byerish,  keyinchalik  tuproq  etilishi   bilan  qator  oralariga
ishlov   byerish   zarur.   Barcha   dalalarda   maysalar   qiyg‘os   undirib   olingandan
keyingina   chigit   ekish   tug‘allangan   hisoblanadi.   Siyrak   unib   chiqqan   uyalarga
chigit ekishni 10-15 kunda tugallash kyerak.
YAgonalash   yo‘li   bilan   har   gek - tar   maydonda   tegishli   miqdorda   ko‘chat
qalinligiga   yerishiladi.   Maysalar   1-2   ta   chinbarg   chiqarganda   yaganalanadi.
YAganalashdan oldin ekin qator oralari kul ь tivatsiya qilinadi. 3. Qator orasini ishlash muddati va chuqurligi.
Dalalarimizda mo‘l va sifatli paxta hosili etishtirish ko‘p jihatdan agrotexnik
tadbirlarni   o‘z   vaqtida   o‘tkazish,   minyeral   va   maxalliy   o‘g‘itlar,   sug‘orish
inshootlaridan xamda resurstejamkor agrotexnologiyalardan unumli foydalanishga
bog‘iq.   May   oyida   havo   harorati   ko‘p   yillikka   nisbatan   o‘rtacha   4-5   °S   yuqori
bo‘lganligini   inobatta   olib,   tuproq   namini   saqlash   maqsadida   ekin   kator   oralarini
mayin   kulьtivatsiya   qilish   maqsadga   muvofiq.   Sizot   suvi   yer   yuzasiga   yaqin
joylashgan   maydonlarda   g‘o‘za   shonalashigacha   qator   oralariga   bir   marta   chuqur
ishlov byerish lozim. Fo‘za qator oralariga shunday ishlov byerish kyerakki, butun
vegetatsiya   davrida   dalalarda   begona   o‘t   bo‘lmasligi,   sifatli   ishlov   byerish
natijasida   tuproq   mayin,   donador   holga   kelib,   tuproqdagi   namlikning   uzoq   vaqt
saqlanishi   va   zararli   tuzlarning   yuqoriga   ko‘tarilishining   oldi   olinishi   kyerak.
Bunda   kulьtivatsiya   chuqurligi   va   ishchi   organlarining   soniga   alohida   e’tibor
byerish zarur. Qator oralari 60 sm bo‘lgan mexanik tarkibi engil, qumoq va qumli
dalalarda   kulьtivatorlarning   chetki   ishchi   organlari   (naralьnik)   8-10,   o‘rtadagilari
12 - 14 sm, mexanik tarkibi og‘ir, suv singishi qiyin maydonlarda 15-16 sm. gacha
chuqurlikda   botadigan   qilib   joylashtiriladi.   Qator   oralari   90   sm   bo‘lgan   dalalarda
esa mos ravishda 8-10 va 14-16 sm, mexanik tarkibi og‘ir, suv o‘tkazish qobiliyati
past   yerlarda   18-20   sm.   gacha   botadigan   qilib   joylashtirilishi   maqsadga   muvofiq
qatlamlab ishlov byeriladigan maydonlarda KKO ishchi organlaridan foydalaniladi
gan bo‘lsa, har bir qator orasiga 7 ta ishchi  organ joylashtiriladi. Bunda dastlabki
ishlov   g‘o‘za   tupidan   10-12   sm   masofada
4-5   sm   chukurlikda,   ikkinchi   martasida   6-8   sm,   uchinchisida   8-10   sm,   eng
so‘ngisida   14-16   sm   chuqurlikda   o‘tkazilishi   tavsiya   etiladi.   CHigit   qo‘shkator
ekilgan   maydonlarda   qo‘shqator   orasini   yumshatish   uchun   bir   dona   KKO   yoki
kichik lapka 5-6 sm va ikki dona POP yulduzchasi bilan 3-5 sm chukurlikka ishlov
byeriladi.   Begona   o‘tlar   bilan   kuchli   zararlangan   maydonlarda   birinchi   suvgacha
kamida   2-3   marta   kulьtivatsiya   utqazish   yaxshi   samara   byeradi.   Bunda
kulьtivatorga   pichoqlar   urnatilib,   begona   o‘tlarni   tuliq   yo‘kotilishini   ta’minlash
talab etiladi. CHopiq ishlarini sifatli va o‘z muddatida bajarilishini tashkillashtirish lozim.   Sizot   suvlari   yaqin,   tuproqda   ortikcha   zax   bo‘lgan   yerlarda   tez-tez   va
chuqur   kulьtivatsiya   kilish   ildiz   chirish   va   sho‘rning   ko‘chatga   ta’sirini
kamaytiradi.   Sug‘orishda   g‘o‘zaga   etarli   mikdorda   suv   etkazib   byerish   uchun
tuproq   sharoitidan   kelib   chiqib   birinchi   suvda   jo‘yak   chuqurligi   14-16,
keyingilarida engil tuprokdarda 16-18, o‘rtacha mexanik tarkibiga ega tuproklarda
18-20,   mexanik   tarkibi   og‘ir,   suv   o‘tkazuvchanligi   past   tuproqlarda   20-22   sm.   ni
tashkil   etishi   lozim.   Aks   holda,   g‘o‘zaning   suvga   bo‘lgan   biologik   talabi
qondirilmaydi,  o‘sib-rivojlanishi   10-15  kunga kechikadi,  hosildorlik 5  -6ss/ga.  ga
kamayadi.   Nihollarning   jadal   o‘sib-rivojlanishida   yaganalashni   to‘liq   va   sifatli
tugallashning ahamiyati katta.
Ekinlar   qator   orasini   ishlash   muddati   va   chuqurligi   tuproqning   holatiga,
begona  o‘tlar  bilan  ifloslanganligiga  va   ob-havo  sharoitiga  qarab  belgilanadi.   Bu
tadbir ekinlarni begona o‘tlar bosmasligiga, yer hamma vaqt yumshoq bo‘lishiga,
ya’ni   tuproq   mikroorganizmlarining   yashashi   uchun   qulay   sharoit   yaratishga,
o‘simliklar   ildiziga   havo   bemalol   kirishiga   va   namlikni   saqlashga   qaratilgandir.
Yerlarning   zichlashishi,   qotishi   faqat   tuproq   namini   kamaytirmasdan,   balki
o‘simliklar   uchun   zarur   bo‘lgan   asosiy   oziq   elementlarining   ham   kamayishiga
sababchi bo‘ladi.
Ekinlarni sug‘orishni qator oralariga ishlov byerish bilan birga to‘g‘ri bog‘lab
borish   juda   muhimdir.   Har   galgi   sug‘orishdan   keyin   yer   etilishi   bilan
kulьtivatsiyalash kyerak.
Yusupov   M.   kuzatishlariga   qaraganda,   YAngiyer   sharoitida   sug‘orishdan
keyin   yer   tabiiy   etilganda   g‘o‘za   qator   oralari   2-6   kun   kechiktirib   ishlanganda
namlik   ko‘p   (3,8%)   bug‘lanib   ketib,   hosil   gektariga   3,8-6,9ss   ga   kamaygan.   Yer
obi-tobidai   o‘tgandan   keyin   kulьtivatsiyalansa,   katta-katta   palaxsa   ko‘chadi,
tuproq,   tez   quriydi,   o‘simliklar   ildiz   tizimi   shikastlanadi.   Natijada   o‘simliklar
o‘sishdan orqada qoladi va xosil elementlarining ko‘pi to‘kilib ketadi.
SHuni   unutmaslik   kyerakki,   g‘o‘zani   parvarish   kilishda   kulьtivatsiyalash
soni   emas,   balki   sifati   hal   qiluvchi   ahamiyatga   ega.   Oxirgi   kulьtivatsiyada
kulьtivator g‘o‘zani shikastlamasligi uchun uning o‘simlikka tegadigan organlarini eski   etak,   qator   bilan   o‘rab   qo‘yish,   traktor   g‘ildiragiga   esa   to‘siq-himoya
vositalari o‘rnatish zarur.
Ekinlarning   qator   oralariga   ishlov   byerish   soni   ularning   o‘suv   davrida
hamma   vaqt   begona   o‘tlardan   toza   bo‘lishiga,   tuproqning   mayin   kesakchali
yumshoqligiga, namlikni bug‘latmasligiga hamda sho‘r yerlarda zararli tuzlarning
yer   betiga   ko‘tarilib   chiqmasligiga   bog‘liq.   Ma’lumki,   chopiq   traktori   dalalarda
qancha   ko‘p   ishlasa,   yer   shuncha   ko‘p   zichlashadi,   donadorligi   buziladi,   tabiiy
xossalari yomonlashadi, o‘simliklar yer usti va yer osti organlarining shikastlanib,
hosil   kamayishiga   sababchi   bo‘ladi.   SHuning   uchun   ekin   qator   oralarini
kyeragidan ortiqcha kulьtivatsiyalash tavsiya etilmaydi.
Kulьtivatsiyadan   keyin   o‘toq   qilish   begona   o‘tlarni   yo‘qotishda   katta
ahamiyatga   ega.   Ko‘p   o‘t   bosgan   hamda   ildizpoyali   begona   o‘tlar   tarqalgan
dalalar chopiq qilinadi.
O‘simliklarga ishlov byerishni oziqlantirish bilan birga qo‘shib olib borish
kyerak.   Ekinlardan   mo‘l   hosil   olishda   maxalliy   va   minyeral   o‘g‘itlardan
foydalanish katta ahamiyatga ega. Oziqlantirish o‘simliklarning o‘sishini boshqa-
rishda   va   yertapishar   mo‘l   hosil   olishda   agrotexnika   tadbirlari   kompleksining
asosiy zvenosi bo‘lib xizmat etadi.
O‘simliklar  me’yori  oziqlanishi  uchun tuproqda hamma vaqt  etarli miqdorda
azot,   fosfor,   kaliy   va   boshqa   moddalar   bo‘lishi   kyerak.   O‘simliklar   qaysi
rivojlanish   davrida   qanday   o‘g‘itni   kuproq   talab   qilishiga   qarab   o‘g‘itlanadi.
Masalan,   g‘o‘za   rivojlanishining   birinchi   davrida   azot   va   fosforni,   shonalash
davrida   azotni   va   gullash   -   hosil   tugish   davrida   azot   va   fosforni   ko‘proq   talab
qiladi.   Buni   albatta   hisobga   olish   kyerak.   Sug‘oriladigan   dehqonchilik   sharoitida
ekinlarni sug‘orishsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Qator oralari ishlanadigan  ekinlarni
egat olib sug‘orish yaxshi natija byeradi. G‘o‘zaga suv ortiqcha byerilsa, u tez va
bo‘ychan   bo‘lib   o‘sadi,   ko‘saklari   kech   ochiladi   va   hosili   kam   bo‘ladi.   Suv   kam
byerilsa, bo‘yi past, o‘suv davri qisqa, ko‘saklari mayda bo‘lib, barvaqt ochiladi va
hosili kamayib ketadi. G‘o‘zani suv talab qilgan vaqtda sifatli qilib sug‘orish mo‘l
hosil  olishda katta ahamiyatga ega. Xo‘jaliklarning tuproq-iqlim  sharoitiga qarab, mavsuvda   g‘o‘za   3-7   marta   va   undan   ortiq,   har   xil   sxemalarda   sug‘oriladi.   Har
galgi   sug‘orishdan   oldin   okuchniklar   yordamida   18-22   sm   chuqurlikda   egatlar
olinadi.   Egat   olinayotganda   yer   yumshaydi   va   bir   vaqtning   o‘zida   begona   o‘tlar
ham qisman yo‘qotiladi. Egatlarni bevosita sug‘orishdan oldin olish kyerak, chunki
yerning yuza sathi ko‘payishi hisobiga namlik ko‘proq bug‘lanib ketishi mumkin.
4. Ishlov byerish ishlarining samaradorligini oshirish tadbirlari
Ekinlarni   parvarishlashda   amalga   oshiriladigan   ishlarning   samaradorligini
oshirishda quyidagi tadbirlarga alohida ahamiyat byerish zarur:
1)   Qatorlar   oralig‘iga   ishlov   byerishda   har   bir   ekin   ildizining   rivojlanish
xususiyatlarini   e’tiborga   olgan   holda   agrotexnik   talablarga   mos   ravishda
bajarilishi   kyerak.   Masalan,chigit   ekilganidan   so‘ng,   bir   oy   ichida   g‘o‘za   bo‘yi
11-13   sm   ga,   o‘q   ildizi   30   sm   chuqurlikkacha,   yon   tomoniga   o‘sgan   ildizlar   6-8
sm, qatorlar o‘rtasidagilar 12-14 sm chuqurlikkacha rivojlanib ulguradi. Ekinlar
ildizlariga zarar keltirmaslik uchun, qatorlar orasidagi tuproq har xil chuqurlikda
yumshatish   kyerak,   ya’ni   g‘o‘za   tuplari   atrofida   sayozroq,   qator   o‘rtasini
esachuqurroq ishlov byerish foydali bo‘ladi.  1
2)   Kultivator   ishchi   qismlarini   agrotexnik   talablarga   mos   o‘rnatish   kyerak.
Masalan,   ekin   niholiga   yaqin   ishlov   byerish     chuqurligi   talabga   ko‘ra
5-6   sm   o‘rniga   15-18   sm   chuqurlikda   ishlov   byerilsa,   begona   o‘tlar   ikki   barovar
kamayadi, ammo g‘o‘zaning yon ildizlarining 30-35% shikastlanadi.
3)   Ma’lumki,   issiq   iqlim   ta’sirida   sug‘orilgan   yerdagi   tuproq   usti   namligini
tez   yo‘qotib,   zich   qatlam   (qatqaloq)   hosil   bo‘lishi   hisobiga   kengligi   1-3   sm,
chuqurligi   6-10   sm   bo‘lgan   yoriqlar   paydo   qilishi   mumkin.   Natajada
o‘simliklarning   yon   ildizlarini   O‘zilishi   ro‘y   byeradi.   Bunday   holatga
etkazmasdan,  obi   tobida tuproqqa  ishlov byerilib, uning  yuzasini   mayin tuproqqa
aylantirish kyerak bo‘ladi.
4) Har safar ekinlar qator oralariga ishlov byerishda kulьtivator albatda  ekish
agregati   yurgan   izdan   yurishi   va   uning   harakat   sxemasini   takrorlashi
kyerak.CHunki   hamma   vaqt   ham   chetki   qatorlarning   orasidagi   masofa   bir   xil
1
  Farm Power and Machinery Management ”  eleventh edition, Donnel  Hunt, David Wilson .  USA, 2016, University 
of Illinois, Urbana-Champaign . bo‘lmasligi   (o‘zgarishi)   natijasida   kultivator   ishchi   qismlari   tomonidan   ekinlar
nihollarininobud qilinishining oldi olinadi. 
5) Sug‘orish egatlari qator oralig‘ining qoq o‘rtasidan va barcha qatorlarda bir
xil chuqurlikda olinishi kyerak. Aks holda keyingi kulьtivatsiya vaqtida agregatni
boshqarish   qiyin   bo‘ladi   va   kultivatorni   to‘g‘ri   yurmasligi   natijasida   ko‘chatlar
ko‘plabshikastlanishi mumkin.
6)   Qator   orasiga   birinchi   marta   ishlov   byerishda   iloji   boricha   nihollarga
yaqinroq   masofada   ishlov   byerish,   keyingi   ishlashlarni   o‘simlik   ildizlarining
rivojlanish   xususiyatlarini   hisobga   olgan   holdaularning   ishlash   kengligi   va
chuqurligini   qisqartirib   borish   talab   etiladi.   Ushbu   tadbirlarni   o‘z   vaqtida   sifatli
qilib   bajarilishi   ekinlar   hosildorligini   oshirishga,   mahsulot   tannarxini
kamaytirishga imkon byeradi.
Tavsiyaviy   xulosa.   Kulьtivatsiya-tuproqning   yuza   qatlamlarini   g‘ovak,
mayda-donador   holda   saqlash,   namning   bug‘lanishga     va   kam   isrof   bo‘lishiga,
sho‘rlangan   yerlarda   kuyi   qatlamdagi   tuzlarning   yuqoriga   ko‘tarilishiga   yo‘l
ko‘ymaydi  va tuproqdagi  namlikni uzoq   vaqt  saqlanishini  ta’minlaydi.   Har galgi
sug‘orishdan   so‘ng   yer   etilishi   bilan   kulьtivatsiya   o‘tkazish   lozim.   Bu   namlikni
saqlashni ta’minlaydi. Kulьtivatsiya qilishda kulьtivatorning ikki chetidagi pichoq
6-8   sm,   o‘rtasidagi   g‘ozpanja   esa   10-12   sm   chuqurlikda   ishlatiladi.   G‘o‘za   qator
oralarining   qanday   kenglikda   (60   yoki   90   sm)   bo‘lishidan   qatьiy   nazar
kulьtivatsiya   qilishda   8-10   sm   kenglikda   himoya   zonasi   qoldiriladi.   Keyingi
kulьtivatsiyada   yumshatuvchi   ish   organlarining  chetidagisi   8-10   sm,   o‘rtadagisini
esa   14-26   sm   chuqurlikda   ishlatiladi.   Ikkinchi,   uchinchi   va   keyingi
kulьtivatsiyalarda himoya zonasi 10-12 sm gacha kengaytiriladi. Foydalanilgan adabiyotlar
1.   Chandrasekaran   B.,   Annadurai   K.,   Somasundaram   E.   A   textbook   of
Agronomy. New Delhi. 2010. New a ge Intyernational (p) Limited, Publi-shyers.
                        2 .   Crop   Rotation   on   Organic   Farms:   A   Planning   Manual,   NRAES   177
Charles L. Mohlyer and Sue Ellen Johnson, editors Published by NRAES, July 2009.
3.   Azimboev   S.A.   Dehqonchilik,   tuproqshunoslik   va   agrokimyo   asoslari.
(Darslik). T. Iqtisodiyot-moliya 2006. – 180 b.
4. Mo‘minov K., Azimboev A., Sanaqulov A., Byerdiboev E., Kenjaev YU
Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan. (O‘quv qo‘llanma) – T.: “Turon-iqbol”,
2014. – 240 b.
5.   Artukmetov   Z.A.,   SHyeraliev   X.SH.   Ekinlarni   sug‘orish   asoslari.
(Darslik). T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati. 2007.-312 b. 
6. Norkulov U., SHyeraliev X. Qishloq xo‘jalik melioratsiyasi. (Darslik). T.:
ToshDAU tahr.-nashr. bo‘limi, 2003. – 214 b.
7. To‘xtashev B., Azimboev S., Qarabaeva T., Byerdiboev E., Nurmatov B.
Qishloq   xo‘jalik   melioratsiyasi   va   yer   tuzish   fanidan   amaliy   va   tajribaviy
mashg‘ulotlar.   (O‘quv   qo‘llanma).   -   T.:   “ToshDAU   nashr-tahririyat   bo‘limi”,
2012. – 187 bet.

YERGA EKIN EKISHDAN KEYIN ISHLOV BERISH 1. Yerni ekin ekishdan keyin ishlashdan maqsad. 2. Qator oralari ishlanadigan ekinlarni parvarish qilish. 3. Qator orasini ishlash muddati va chuqurligi. 4. Ishlov berish ishlarining samaradorligini oshirish tadbirlari.

1. Yerni ekin ekishdan keyin ishlashdan maqsad. Yerni ekin ekilgandan boshlab to hosili yig‘ishtirib olinguncha o‘z vaqtida sifatli qilib ishlash ulardan yuqori hosil etishtirishda asosiy tadbir hisoblanadi. CHunki bu tadbirlar tufayli o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi uchun muayyan sharoit yaratiladi. Ekilgan urug‘lar tez va qiyg‘os unishini ta’minlash ekinni begona o‘tlar bosishiga, zararkunanda va kasalliklar bilan kasallanishiga qarshi kurashish hamda noqulay ob-havo ta’siridai saqlash tadbirlarini izchillik bilan amalga oshirish kyerak. Binobarin, ekinlarni parvarish qilishdagi asosiy agrotexnika tadbirlari ularning yaxshi o‘sishi, rivojlanishini va yuqori hosil olinishini ta’minlash uchun eng qulay sharoit yaratishdan iborat. Har bir ekin uchun (uning biologik xususiyatlarini hisobga olgan holda) alohida parvarish qilish usullari ishlab chiqilgan. Bu usullar ekin ekilgan xo‘jalikning tuproq-iqlim sharoitiga, navning xususiyatlariga, dalaning begona o‘tlar bilal ifloslanganligiga, ob-havo sharoiti va hokazolarga qarab amalga oshiriladi. Yerni ekin ekilgandan keyin ishlash: qator oralari ishlanadigan va yoppasiga ekilgan kuzgi hamda bahorgi ekinlarni ishlash tizimiga bo‘linadi. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini parvarishlash ishlarining asosiy vazifasi - o‘simliklarni ekish yoki o‘tqazishdan boshlab, to ularni yig‘ib-tyerib olishgacha bo‘lgan muddatda ularni o‘sishi va rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratishdan iborat. Bu ishlarga quyidagilar : qatorlar himoya yo‘lagidagi qatqaloqni yumshatish; qatorlar orasidagi tuproqni yumshatish; begona o‘t ildizlarini kesib, yo‘qotish; sug‘orilgandan keyin qatorlar orasini yumshatish; qatorlar orasidagi tuproqqa minyeral o‘g‘it solish; sug‘orish uchun egatlar ochish kiradi. 1.41-jadval Yerni har xil chuqurlikda kuzgi shudgorlash va yumshatishning tuproq zichligiga, namlik zaxirasiga va paxta hosiliga ta’siri (O‘z PIITI ma’lumoti)

№ SHudgorlash usuli va chuqurligi Tuproqning zichligi g/m 3 (0-60sm) Qo‘shimcha namlik zaxirasi m 3 /ga Paxta hosili, s/ga 1. Joriy qilingan texnologiya bo‘yicha 30 sm. chuqurlikda shudgorlash 1.43 - 33.0 2. 30 sm chuqurlikda shudgorlash va 50sm. chuqurlikda yumshatish 1.35 150-200 35.6 3. ikki yarusli plugda 15-30 sm chuqurlikda shudgorlash va 60sm chuqurlikda yumshatish 1.30 200-250 38.7 2. Qator oralari ishlanadigan ekinlarni parvarish qilish O‘zbekiston tuproqlari yomg‘ir yoqqandan keyin qurishi bilan qatkaloq hosil bo‘lishiga moyil. Tuproqning mexanik tarkibi qancha og‘ir bo‘lsa, qatqaloq shuncha qattik va qalin bo‘ladi. Tuproq sho‘r bo‘lsa, qatqaloq yana xam qattiq bo‘ladi. Qatqaloq hosil bo‘lganda, tuproqning kapillyar naychalari tiklanib, uning nami tez bug‘lanadi, havo ayeratsiyasi va oziq rejimi yomonlashadi hamda o‘simlik maysalarining yer betiga unib chiqishiga to‘sqinlik kilib, ko‘chatlarning siyrak bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. Maysalar chiqqandan keyin qatqaloq hosil bo‘lsa, o‘simliklar poyasini siqib qo‘yib, fiziologik jarayonlarning me’yorda o‘tishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. SHuning uchun ekinzorlarda bahorgi yomg‘irlardan keyin hosil bo‘lgan qatqaloqni zudlik bilan yumshatish lozim. Qatqaloq o‘z vaqtida yumshatilmay kechiktirilsa, uning qattiqligi va qalinligi ortib boradi, yumshatish qiyinlashadi va zarari katta bo‘ladi. Qatqalok yumshatilganda o‘simlikning ildiziga havo kirishi osonlashadi va tuproqning issiqlik rejimi yaxshilanadi. Bahor ob-havosi issiqroq kelgan yillari bu tadbir yana ham katta ahamiyagga ega. Qatqaloqni yumshatish uchun ekilgan urug‘ning holatiga qarab har xil qurollar ishlatiladi. Agar chigit unib chiqqan yoki chiqish oldida bo‘lsa, rotatsion

motigadan, mabodo, chigit yoki makkajo‘hori unib chiqib qatorlari bilinib qolgan bo‘lsa, rotatsion yulduzchalar o‘rnatilgan kulьtivatorlardan foydalaniladi. Ko‘chatlar atrofidagi qatqaloqni yumshatish uchun chopiq qilish zarur. YOg‘in yoqqandan keyin yer obi-tobiga kelishi bilan qatqaloqni yumshatish mumkin. Agar qatqaloq qalin bo‘lsa va u yumshatil-masa ypyg‘ umuman unib chiqmaydi. Agar chigit ekib bo‘linishn bilan yog‘in yog‘sa, qatqalokni yoppasiga yumshatadigan engil, tishining uzunligi 6-8 sm bo‘lgan «zig-zag» borona bilan qatorlarning ko‘ndalangina boronalash mumkin. Ilg‘or xo‘jaliklar tajribasiga ko‘ra maysa chiqmasdan oldin qatqaloqni yumshatish uchun boronalashda unib chiqqan bir yillik begona o‘tlarning 75-80% nobud bo‘ladi. CHigit unib chiqqan dalalarda qatqaloqqa qarshi kurashda uyalar atrofidagi tuproqni yumshatishga alohida ahamiyat byerish kyerak. CHigit bir tekis unib chiqishi uchun tuproqda namlik etishmasa hamda qatqaloq qalin bo‘lsa, bunday paykallar kichik me’yorda suv byerib sug‘oriladi. Natijada qatqaloq yumshaydi va yer obi tobiga kelishi bilan sifatli qilib kulьtivatsiyalanadi. Agar kulьtivatsiyada ko‘chat tubiga bir oz tuproq uyib ketilsa, qatkaloqning salbiy ta’siri yana ham kamayadi. Dalalarda ko‘chatlar to‘liq bo‘lishini ta’minlash uchun ekish tugallanishi bilanoq kartalar chetiga, burchaklarga va hatto uyalarga chigit ekib chiqish kyerak. CHigitni barvaqt undirib olish mo‘l xosil garovidir. SHuning uchun ekilgan chigitning h olati va unib chiqishini muntazam ravishda kuzatib borish zarur. Ola chiqqan joylariga tuproq namligida yaxshi ivitilgan chigit ekilishi kyerak. Tuproqda namlik etishmasligi tufayli chigit unib chiqmagan dalalarga tezlik bilan qator oralatib chigit suvi byerish, keyinchalik tuproq etilishi bilan qator oralariga ishlov byerish zarur. Barcha dalalarda maysalar qiyg‘os undirib olingandan keyingina chigit ekish tug‘allangan hisoblanadi. Siyrak unib chiqqan uyalarga chigit ekishni 10-15 kunda tugallash kyerak. YAgonalash yo‘li bilan har gek - tar maydonda tegishli miqdorda ko‘chat qalinligiga yerishiladi. Maysalar 1-2 ta chinbarg chiqarganda yaganalanadi. YAganalashdan oldin ekin qator oralari kul ь tivatsiya qilinadi.

3. Qator orasini ishlash muddati va chuqurligi. Dalalarimizda mo‘l va sifatli paxta hosili etishtirish ko‘p jihatdan agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazish, minyeral va maxalliy o‘g‘itlar, sug‘orish inshootlaridan xamda resurstejamkor agrotexnologiyalardan unumli foydalanishga bog‘iq. May oyida havo harorati ko‘p yillikka nisbatan o‘rtacha 4-5 °S yuqori bo‘lganligini inobatta olib, tuproq namini saqlash maqsadida ekin kator oralarini mayin kulьtivatsiya qilish maqsadga muvofiq. Sizot suvi yer yuzasiga yaqin joylashgan maydonlarda g‘o‘za shonalashigacha qator oralariga bir marta chuqur ishlov byerish lozim. Fo‘za qator oralariga shunday ishlov byerish kyerakki, butun vegetatsiya davrida dalalarda begona o‘t bo‘lmasligi, sifatli ishlov byerish natijasida tuproq mayin, donador holga kelib, tuproqdagi namlikning uzoq vaqt saqlanishi va zararli tuzlarning yuqoriga ko‘tarilishining oldi olinishi kyerak. Bunda kulьtivatsiya chuqurligi va ishchi organlarining soniga alohida e’tibor byerish zarur. Qator oralari 60 sm bo‘lgan mexanik tarkibi engil, qumoq va qumli dalalarda kulьtivatorlarning chetki ishchi organlari (naralьnik) 8-10, o‘rtadagilari 12 - 14 sm, mexanik tarkibi og‘ir, suv singishi qiyin maydonlarda 15-16 sm. gacha chuqurlikda botadigan qilib joylashtiriladi. Qator oralari 90 sm bo‘lgan dalalarda esa mos ravishda 8-10 va 14-16 sm, mexanik tarkibi og‘ir, suv o‘tkazish qobiliyati past yerlarda 18-20 sm. gacha botadigan qilib joylashtirilishi maqsadga muvofiq qatlamlab ishlov byeriladigan maydonlarda KKO ishchi organlaridan foydalaniladi gan bo‘lsa, har bir qator orasiga 7 ta ishchi organ joylashtiriladi. Bunda dastlabki ishlov g‘o‘za tupidan 10-12 sm masofada 4-5 sm chukurlikda, ikkinchi martasida 6-8 sm, uchinchisida 8-10 sm, eng so‘ngisida 14-16 sm chuqurlikda o‘tkazilishi tavsiya etiladi. CHigit qo‘shkator ekilgan maydonlarda qo‘shqator orasini yumshatish uchun bir dona KKO yoki kichik lapka 5-6 sm va ikki dona POP yulduzchasi bilan 3-5 sm chukurlikka ishlov byeriladi. Begona o‘tlar bilan kuchli zararlangan maydonlarda birinchi suvgacha kamida 2-3 marta kulьtivatsiya utqazish yaxshi samara byeradi. Bunda kulьtivatorga pichoqlar urnatilib, begona o‘tlarni tuliq yo‘kotilishini ta’minlash talab etiladi. CHopiq ishlarini sifatli va o‘z muddatida bajarilishini tashkillashtirish