Yordamchi so‘zlarning pragmalingvistik tahlili
Mavzu: Yordamchi so‘zlarning pragmalingvistik tahlili Reja: Kirish. Asosiy qism : I. Ko ‘ makchilarda pressuppozitsion xususiyatlar II. Bog‘lovchilar nutqda qo‘llanishining umumiy masalalari. III. Yuklamalarning nutqda qo‘llanishining umumiy masalalari. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish Zamonaviy tilshunoslikda “Pragmalingvistika” mustahkam o‘rin egallayotgan tilshunoslikning eng dolzarb yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Tilshunoslik empirik tahlilni bilishning boshqa g‘oyalari va amallari bilan boyitishga uzoq tayyorgarlik ko‘rdi. XX asr davrda empirizm, fenomenologiya, konstruktivizm kabi falsafiy g‘oyalarni o‘zida jamlagan metodologiyaga asoslangan lisoniy tahlil yo‘nalishlari yuzaga keldi. Ana shunday yo‘nalishlardan biri, albatta, pragmalingvistikadir. Til vositalarining pragmalingvistik tabiatini tahlil qilish tilshunoslikning e’tiborga molik masalalaridan biridir. Shu boisdan keyingi yillar o‘zbek tilshunosligida lingvopragmatik tahlil asosidagi bir qator tadqiqotlar maydonga keldi. Sh.Safarov “Pragmalingvistika” asarida “Pragmatika nisbatan yangi soha hisoblanib, unda tilning undan foydalanuvchilariga bo‘lgan munosabati o‘rganiladi. Muloqot jarayonida so‘zlovchi o‘z fikrini bayon qilishda uning oldida ma’lum maqsad turadi. Bu maqsad so‘zlovchini tinglovchi tushunish, anglashidan iboratdir. Lison qanchlik ijtimoiy, so‘zlovchi va tinglovchi uchun umumiy, majburiy bo‘lsa, nutq ham ular uchun shunchalik umumiy, majburiy va ijtimoiydir” 1 , -deb takidlaydi. Pragmatikani o‘zbek tilshunosligidagi o‘rni, uning lingvistik sathning boshqa sohalari bilan aloqasi borasida ko‘pgina tilshunos olimlarimiz fikr bildirib o‘tishgan. Bu soha bilan maxsus shug‘ullangan olim Sh. Safarovning bu masalaga bag‘ishlangan maxsus monografiyasida jahonning pragmatik tadqiqotlar bilan shug‘ullangan ko‘plab tilshunoslarning qarashlari tahlil qilingan. Olim pragmalingvistik tadqiqotlarni ikkiga: tor va keng yondashuvlarga ajratib, bu masalaga oid yoki unga bog‘liq qarashlarni keng va chuqur mushohada asosida tahlil qilib, bir-birini inkor qilayotgan yoki biri ikkinchisiga ,,soya” tashlayotgan ta’riflarni bir umumiy g‘oya atrofida birlashtirib, pragmalingvistik tadqiq metodologiyasining dialektik asosi yoki tayanch nuqtasi vazifasini faoliyat tamoyili yoki umuman faoliyat falsafasi o‘tashi 1 Safarov Sh. Pragmalingvistika, - T., O’zME nashriyoti, 2008- yil, 65- bet
lozimligini uqtiradi va pragmalingvistikaga shunday ta’rif beradi: ,, 2 …p ragmatika tilshunoslikning alohida sohasi bo‘lib, uning tadqiqot doirasida muloqot jarayonida lisoniy birliklarni tanlab olish, ularni qo‘llash hamda ushbu qo‘llanishdagi birliklarning muloqot ishtirikchilariga ta’siri masalalari o‘rganiladi. Ushbu qoidalar kommunikatsiya shart-sharoitlariga nisbatan, keng ma’nodagi kontekst sifatida o‘rganiladi. Lisoniy hodisalarning bu yo‘sindagi tahlili ularning qo‘llanishidagi u yoki bu muhitda mavjud bo‘lgan to‘siqlar, chegaralanishlarni ham aniqlashga imkon beradi. Lingvistik tahlilning asosiy g‘oyasi ham lisonning tabiatini uning amaliy faoliyatida qo‘llanishiga nisbatan yoki boshqacha aytganda, bajarayotgan vazifasi doirasida aniqlashdir. Aynan vazifa (funksiya) tushunchasi lison tahliliga pragmalingvistik yondashuvning poydevoridir”. 3 Darhaqiqat, yordamchi so‘zlarning (ko‘makchi , bog‘lovchi, yuklama) semantikasidagi asosiy semani ,,vazifa” belgisi tashkil etadi. Ular lug‘aviy ma’no anglatmasdan nutqda voqelangan vaqtda, kommunikatsiya jarayonida matn bilan bog‘liq rang- barang xususiy ma’nolarni voqelantirish vazifasini bajaradi. Ana shu nuqtayi nazardan, tadqiqotimiz obyekti bo‘lgan yordamchi so‘zlarning muhim tomonlarini yoritishda lingvopragmatik yondashuvning ham alohida ahamiyati xususida to‘xtalamiz. Nutqiy akt, predikativ bo‘lmagan so‘zlar, kontekst, nutqiy vaziyat, so‘zlovchi shaxsi kabi tushunchalar lingvistik pragmatikaning markaziy tushunchalaridir. Bu tushuncha matn tarkibidagi yordamchi so‘zlar pragmatikasi tadqiqi uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Aslida yordamchi so‘zlar gap yoki jumla tarkibidagi so‘zlarni yoki sodda gaplarni hamda ular orasidagi turli xil munosabatlarni ifodalovchi yoki ularga qo‘shimcha ma’no beruvchi grammatik vositalar hisoblansada, matn talabiga ko‘ra xilma-xil pragmatik, hosila ma’nolari ham kasb etishi mumkin. Pragmatik tilshunoslik tadqiqotchilari prof. A. Nurmonov va M. Hakimov gap semantikasining mazmuniy yo‘nalishi bilan bog‘liq muammolarni ko‘rsatish jarayonida mantiqiy semantikaning yirik vakili B. Rassel so‘zlarni indikativ va indikativ bo‘lmagan so‘zlarga ajratishini aytishadi. Ya’ni obyektiv borliqdagi ma’lum narsa-hodisalarni, 2 Safarov Sh. Pragmalingvistika, - T., O’zME nashriyoti, 2008- yil, 70- bet 3 Safarov Sh. Pragmalingvistika, - T., O’zME nashriyoti, 2008- yil,
belgi-xususiyatlarni, harakat- hodisalarni nomlash xususiyatiga ega bo‘lgan so‘zlarni indikativ ,,ishora qiluvchi” so‘zlar, bunday xususiyatga ega bo‘lmagan so‘zlarni esa indikativ bo‘lmagan so‘zlar deb hisoblashadi va gap semantikasi bilan shug‘ullanuvchi tilshunoslar gap tarkibida ana shunday indikativ bo‘lmagan so‘zlar kelganda ancha qiyinchilikka duch kelishlarini aytishadi. 4 Bu gap semantikasi bilan bog‘liq qanday qiyinchilik ekanligini olimlar shunday izohlashadi: ,,gap tarkibidagi deskriptiv so‘zlarni (induktiv so‘zlarni) konkret nutq vaziyati bilan bog‘lamasa ham, qaysi denotativ (atash) ma’noda ekanligini, obyektiv borliqdagi nimani nomlab kelayotganligini aniqlash imkoniyati bo‘lsa, deskriptiv bo‘lmagan so‘zlarni bunday aniqlash mumkin emas. Bunday so‘zlar obyektiv narsa va hodisalar, belgi va xususiyatlar, harakat va holatlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri nomlanmagani tufayli, ular muayyan vaziyat bilan bog‘lanmasa, nimaga ishora qilayotgani noma’lumligicha qolishi ma’lum bo’ldi. Bu shuni ko‘rsatadiki, gap semantikasini shu gap tarkibida qo‘llanilayotgan so‘zlarning faqat obyektiv borliqqa munosabatini aniqlash bilangina to‘la izohlash mumkin emas ekan. Bunga gapning nutq jaroyoniga, nutq vaziyatiga ega bo‘lgan munosabatini aniqlashni qo‘shish zaruriyati ham mavjud. Ana shunday amaliy ehtiyoj bilan lingvistik semantika bag‘ridan lingvistik pragmatika o‘sib chiqdi”. 5 B. Rassel nazarda tutgan induktiv bo‘lmagan so‘zlar yoki A. Nurmonov va M. Hakimovlar aytgan deskriptiv bo‘lmagan so‘zlar sirasiga birinchi navbatda yordamchi so‘zlar kiradi. Bu so‘zlarning ma’no – mohiyati esa muayyan nutq vaziyatiga bog‘liq holda ma’lum matn ichida ochiladi. Binobarin, so‘zlovchining ichki niyati bilan bog‘liq maqsadini ifodalashda yoki uning obyektiv borliqqa va o‘z nutqiga qo‘shimcha munosabat bildirishiga yordamchi so‘zlarning alohida ahamiyati bor. Yordamchi so‘zlarning so‘zlovchi niyatini yuzaga chiqarish jarayonidagi xizmatlari lingvopragmatikaning morfopragmatik va sintaksopragmatik deb nomlanuvchi yo‘nalishlarida o‘rganiladi. 4 Nurmonov A, Hakimov M .Lingvistik pragmatikaning nazariy shakllanishi // O ‘ zbek tili va adabiyoti, 2001, 4- son, 55-bet 5 Nurmonov A. . Hakimov M. Ko‘rsatilgan asar, 55-bet
Ko ‘ makchilarda pressuppozitsion xususiyatlar Ma’lumki, yordamchi so‘zlar (ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklamalar) morfologik vositalar hisoblangani uchun ular morfopragmatikaning o‘rganish obyekti hisoblansa, muayyan matniy jumlalarni shakllantirishga yordam berishi yoki unga qo‘shimcha ma’no berishi bilan sintaksopragmatikada ham alohida o‘rin tutadi. Shu nuqtayi nazardan, bu turkum so‘zlar anglatgan relyatsion ma’no – pragmatizatsiyaning asosi sifatida baholanib, turli pragmatik munosabatlar ushbu so‘zlarning ma’noviy bazalarida rivojlanadi. Demak, lisoniy tabiatiga ko‘ra morfopragmatikaga xos sanalsada, ularning to‘g‘ridan- to‘g‘ri nutq jarayonida so‘zlovchi illokutiv niyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilishi orqali sintaksopragmatikaga oid munosabatlarni yuzaga keltirishi ularning funksional xususiyatiga bog‘lanadi. ,, Sintaksopragmatik talqin ham sintaktik elementlarning so‘zlovchining o‘zi ifoda etayotgan fikriga munosabati bilan belgilanadi. Jumladan, xabar mazmunida qo‘shimcha axborot ko‘rinishlari aniqlik, gumon, yashirin kabi pragmatik mazmunning sintaktik vositalar yordamida ifodalanishi sintaksopragmatik talqin deb yuritiladi. Masalan, maktabga ketdi bilan maktab tomon ketdi jumlasining mazmuni keskin farqlanadi.” 6 Darhaqiqat, bu jumladagi M. Hakimov nazarda tutgan farqlanish nimada ko‘rinadi? E’tibor qaratadigan bo‘lsak, bu o‘rinda maktab, ketdi birliklari o‘z joyida, ularda farqlanish, asosiy differensiatsiya morfopragmatik birliklar –ga kelishik qo‘shimchasi va tomon ko‘makchisi o‘rtasida sodir bo‘lmoqda. ,,Maktabga ketdi” – jumlasida aniq xabar bor, ikkilanish yo’q, tamom kimdir maktabga ketgan – xabar aniq. Ko‘makchi bilan shakllangan jumlada esa quyidagi mazmunlar kuzatiladi: 6 Hakimov M. O‘zbek tilida matnning pragmatik talqini: filol. fan. doktori. diss. avtoref. Toshkent , 2001. 27- bet