YOSHLARNI OILAVIY HAYOTGA TAYORLASH.
YOSHLARNI OILAVIY HAYOTGA TAYORLASH . Reja: 1. O’spirinlarning axloqi va ruhiyati. 2. O’spirinlarni turmush qurishga tayyorlash. 3. Sevgi - murakkab, yuksak insoniy tuyg’u. 1
O’spirinlik 16-18 yoshlarni qamrab olgan, ancha murakkab davridir. Mazkur davrda o’quvchi ham jismonan, ham ma’naviy, ham ruhan sog’lom rivojlanishga qadam qo’yadi, ijtimoiy jihatdan yetuklikka intiladi. Jamiyat fuqarosi hamda 18 yoshida esa saylash (saylanishi) fuqaro sifatida ijtimoiy jihatda voyaga yetishi, turmushda o’z o’rnini topishi, o’z taqdirini o’zi hal qilish, yetuk shaxs tariqasida ruhiyati va ma’naviyatining rivoji uchun jamiki shart-sharoitlarini yaratadi. O’spirin shaxsi uning ijtimoiy hayotda, maktab jamoasida, tengqurlari bilan shaxslararo munosabatlar davrasidagi, o’qish va turmush sharoitidagi o’zgarishlar ta’siri ostida tarkib topa boshlaydi. O’spirinning mehnat faoliyatida, ta’lim-tarbiya jarayonida aqliy va axloqiy jihatdan o’sishida o’ziga xos o’zgarishlar, yangi xislat va fazilatlar namoyon bo’layotganligi kuzatiladi. Yuqori sinf o’quvchilari ijtimoiy hayotdagi vazifalarni hal etishda qatnasha boshlaydilar. Ijtimoiy hayot tarzida, ta’lim-tarbiya xarakterining o’zgarishi yigit va qizlarda ilmiy dunyoqarash, e’tiqodning shakllanishiga, yuksak his tuyg’ularning yuzaga kelishi, bilimlarni o’zlashtirishga ijodiy yondoshishning kuchayishiga olib keladi. Turmushda o’z o’rnini topishga intilish, kasb-hunar egallash, ixtisos tanlash, istiqbol rejalarini tuzish, kelajakka jiddiy munosabatda bo’lishni taqozo qiladi. Biroq bu davr jo’shqin kuch-g’ayrat, shijoat, qahramonlik ko’rsatishga intilish, hayotda erkin dunyoqarash va mustaqil harakat qilish: jamoaga, jamiyat va tabiat hodisalariga romantik munosabatda bo’lishi kabi xususiyatlar bilan boshqa yosh davralaridan keskin ajralib turadi. Ayniqsa, turmush va o’qish faoliyatlarining yangicha shart-sharoitlari, sinf jamoasidagi vaziyat, o’spirinlarning maktabda egallagan mavqyei, jamoat tashkilotlarida tajriba orttirish ularga o’zgacha talablar hamda mas’uliyatli vazifalar yuklaydi. Bu davrga kelib, yuqori sinf o’quvchilari maktab muhitida tashkilotchi, rahbar, tarbiyachi, tashviqotchi kabi vazifalarni ham o’tay boshlaydilar. Ruhshunos va pedagog olimlarning olib borgan qator tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, maktabda tarbiya tartibli, izchil olib borilmasa, yigit va qizlarda 2
chinakam g’oyaviy barqaror e’tiqodni shakllantirish haqida so’z bo’lishi ham mumkin emas. O’spirinlar axloqiy tushunchalarni oqilona shakllantirish, nojo’ya xulq-atvor, chet el filmlarning ma’naviyat va ruhiyatga salbiy ta’sir etishini mustaqil tushuntirish lozim. O’SPIRINLARNI TURMUSHGA TAYYORLASH. Turmush og’irliklarining achchiq-chuchugini hali sinab boshidan kechirmagan, ma’naviy va ruhiy jihatdan to’la kamolotga erishmagan, axloqiy normalarni o’zida mujassamlashtirmagan ba’zi yigit va qizlar tomonidan qurilayotgan yosh oilalarning obyektiv va subyektiv sabablariga ko’ra buzilib ketishi xollari davom etayotir. Bunda ta’lim va tarbiya sohasida yo’l qo’yilayotgan kamchiliklar ham sabab bo’lmoqda. Shuning uchun yoshlarni turmush qurishga tayyorlash ishlarini takomillashtirish, bunda oqilona usullar topish, o’ziga xos vaziyatlardan foydalanish. Yigit va qizlarning ma’naviy holatlarni bartaraf etishda, ularda ijtimoiy ongini shakllantirishda bo’lajak oilaning kelajagiga yuzaki munosabatda bo’lmaslikka o’rgatishda va ularni oila qurishga tayyorlashda jinsiy tarbiya alohida ahamiyatga moslikdir. Erkak va ayollarning teng huquqligi, bir-biriga sadoqati hislarini yoshlar ongiga singdirish zarur. Bu o’rinda o’qituvchi o’zbek milliy turmush tarzidan aniq misollar keltirishi lozim. Chunonchi xotin-qizlarga past nazar bilan qarash, ba’zan huquqda teng emaslik xollarini amaliy ishda ko’rsatib qo’yilayotgan paytlarni ko’z oldiga keltirish, ayrim o’z-o’ziga o’t qo’ygan, sirka ichgan, o’zini osgan ayollarning ayanchli ahvolidan lavhalar keltirilishi hamda ularning ijtimoiy ildizlari ochib tashlanishi lozim. O’spirin yigit va qizlarga erkak va ayol o’rtasidagi munosabatlar to’g’risida yotig’i bilan tushuntirish ota-ona, shifokor, sinf rahbari va o’qituvchilar jamoasining muqaddas murabbiylik burchi bo’lmog’i lozim. Mazkur muammoning hal qilish quyidagi ko’rsatilgan vazifalardan iboratdir. 1.Yigit va qizlar o’rtasida axloqiy munosabatlarni to’g’ri shakllantirish. 3
2. O’spirinlarda o’zaro hurmat, beg’araz do’stlik, samimiy hamkorlik his- tuyg’ularini rivojlantirish. 3. Axloqiy tarbiyaning tabiiy va ijtimoiy masalalarni, yigit va qizlarning rivojlanish xususiyatlari to’g’risida ularda ilmiy tushunchalar va haqqoniy tasavvurlar hosil qilish. 4. Yigit va qizlarni jismoniy baquvvat, sog’lom, madaniyatli qilib o’stirish: totuv oila qurishga tayyorlash. Bundan tashqari ba’zan qizlarda ham yigitlarga o’xshab beqaror hislar yuzaga kelishi mumkin. Oilada va maktabda o’spirinlarning kamoloti uchun quyidagi zarur shart- sharoitlarni yaratish lozim. 1.Yigit va qizning kundalik rejimini gigiyena talablariga binoan tuzish va tashkil etish 2.O’z vaqtida va normal ovqatlanish. 3.Shaxsiy gigiyenik qoidalariga o’rgatish va shu asosda ko’nikmalar hosil qilish. 4.Aqliy va jismoniy mehnatni bir-biri bilan almashtirib turish. 5.Oilada uy-ro’zg’or ishlariga, maktabda jamoat ishlariga jalb qilish. 6.Yigit va qizlarda o’zaro bunday munosabatlarni shakllantirish maqsadida, avvalo bunday munosabatlarning ota-ona va oila a’zolari o’rtasida hamisha samimiy va to’g’ri bo’lishini ta’minlash va hokazo. SEVGI - MURAKKAB, YUKSAK INSONIY TUYFU. «Bo’lmasa ishq, ikki jahon bo’lmasun, Ikki jahon demaki, jon bo’lmasun»,- Alisher Navoiy . deb, ishqsiz hayot, hayot emas qabilidagi fikrni olg’a suradi. Yengiltaklik bilan yohud ko’ngilxushlik bilan yuzaga keladigan muhabbat haqiqiy bo’lmaydi. U vaqtincha ehtirosdan iborat bo’lib, tezda so’nadi. Natijada, qiz va yigit aziyat chekib bir umr pushaymonlik dardidan nola tortadi. Binobarin, sevish va sevilish ham tabiat in’om etgan oliy tuyg’u baxsh etuvchi yuksak fazilat bo’lib, uning 4
yanada rivoj topishi va shaxsning kamolotida muhim rol o’ynaydi: insonda «madaniyat mahsuli bo’lgan xislatlar» yuzaga keladi. Atoqli davlat arbobi A.V.Lunacharskiyning muhabbat, nikoh va oila xususida bayon etgan fikrlari g’oyatda xarakterlidir. «Kutish, kutish, sabr-toqat-qanoat, bilan kutish kerak, zero kishilar bir-birini sevgan taqdirdagina uzoq umrli yaxshi turmush quriladi. Shu sababli biz erkak bilan ayolning bir-biriga ko’ngil berib yurishini, ularning hirsiy hislar ham aralashgan munosabatlarini inkor etmasligimiz kerak. O’z navbatida, o’quvchilar adabiyot darslarida o’rgangan, darsdan bo’sh vaqtlarida mutolaa etgan she’riy asarlarida parchalarni yoddan ifodali o’qib beradilar. She’riy asarlar bilan bir qatorda, nasriy va dramatik asarlarga ham murojaat etish darsning ta’sirchanligini yanada oshiradi. O’quvchilar sevgi-muhabbati to’g’risida yozuvchi Abdulla Qodiriyning «Mehrobdan chayon» romanidagi bosh qahramonlar Anvar va Ra’no o’rtasidagi ishqnomadan iborat mushoirani chiroyli qilib o’qib berishlari mumkin. Anvar : -Hamisha xavfda ko’nglim bu muhabbat intixosidin, Meni ham etmasa Majnun debon Ra’noni savdosi. Ra’no: –Muhabbat jomidan nush aylagan ahli zako bo’lmish Funun tibda majnundir kishining qo’ysa safrosi. X.X.Niyoziyning «Boy ila xizmatchi» dramasidagi bosh qahramonlari Fofir va Jamila o’rtasidagi ishqiy mubohasani o’qituvchi yoxud o’quvchilarning o’zlari yuksak ohangdorlik bilan ta’sirchan o’qib berishlari ham maqsadga muvofiqdir. Binobarin xotinning vafodorligiga shubha uyg’otgan Xonzodaning achchiq kinoya-kesatiq gaplarini eshitgan G’ofirning Jamilani qiyin - qistoqqa olib, unga bergan ta’na –dashnomalarni va o’z navbatida, Fofirga chinakam sadoqatli ekanligini bildirgan Jamilaning yurak so’zlarini sinfda dars jarayonida ehtirosli o’qishning axloqiy –estetik ta’siri g’oyatda kuchlidir. 5