logo

Zamonaviy o’qitishning pedagogik va psixologik texnologiyalari

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

22.7216796875 KB
3-mavzu: Zamonaviy o’qitishning pedagogik va psixologik texnologiyalari
Reja:
1. Shaxsga yo’naltirilgan o’qitish texnologiyalarning mohiyati va tamoyillari 
2. Muammoli o’qitish texnologiyasi 
3. Tabaqalashtirilgan o’qitish texnologiyasi 
      O’qitish jarayonida, pedagogik texnologiyalar talablari asosida ifoda etilgan, o’quv
maqsadlariga   erishiladi.   Ilmiy-texnik   taraqqiyot   jadallashgan   davrda   o’qitish
samaradorligi, asosan, o’quvchining o’qitish jarayonidagi o’rni, pedagogning unga
bo’lgan   munosabatiga   bog’liq   bo’ladi.   Bu   yerda   o’qitish   texnologiyasining   ikki
turini ajratib ko’rsatish mumkin: avtoritar va shaxsga yo’naltirilgan. 
        Avtoritar   texnologiyada,   pedagog   yagona   subyekt   sifatda   namoyon   bo’ladi,
o’quvchilar esa faqatgina «obyekt» vazifasini bajaradi xolos. Bunda o’quvchining
tashabbusi   va   mustaqilligi   yo’qoladi,   o’qitish   majburiy   tarzda   amalga   oshiriladi.
Odatdagi   an’anaviy   o’qitish,   avtoritar   texnologiyaga   taalluqlidir.   Bunda,   avvalo
Ya.A.Komenskiy   tomonidan   ifoda   etilgan,   didaktika   tamoyillariga   asoslangan
o’qitishning   «sinf-dars»   tizimida   tashkil   etish   nazarda   tutiladi.   Hanuzgacha
dunyoda eng ko’p tarqalgan o’qitishning «sinf-dars» tizimi hisoblanadi, u quyidagi
xususiyatlari bilan ajralib turadi: 
Yoshi   va   tayyorgarlik   darajasi   taxminan   bir   xil   bo’lgan   o’quvchilar   sinfni
(guruhni) tashkil etadi: 
Sinf   (guruh,   oqim)   yagona   o’quv   reja,   yagona   o’quv   dasturlar   va   yagona
mashg’ulotlar jadvali bilan shug’ullanadi; 
Mashg’ulotlarning   asosiy   birligi   dars   bo’lib,   u   bitta   fanning   bitta   mavzusiga
bag’ishlanadi va o’qituvchi tomonidan boshqariladi; 
O’quv kitoblari asosan uy ishlari uchun qo’llaniladi. 
          An’anaviy   o’qitish   asosan   bilim,   ko’nikma   va   malakalarni   o’zlashtirishga
qaratilgan bo’lib, shaxsning rivojlanishini ko’zda tutmaydi. 
        An’anaviy   o’qitish   asosini,   Ya.A.Komenskiy   tomonidan   tuzilgan   pedagogika
tamoyillari tashkil etadi: 
ilmiylik; 
tabiatga monandlik (o’qitish rivojlanish bilan belgilanadi va shakllanmaydi); 
uzviylik va tizimlilik; 
o’zlashtiruvchanlik (ma’lumdan noma’lumga, soddadan murakkabga);  mustahkamlash (takrorlash, takrorlash …) 
onglilik va faollik; 
nazariyaning   amaliyot   bilan   bog’liqligi;     yoshi   va   individual   xususiyatlarini
hisobga olish 
          An’anaviy   o’qitish   quyidagi   xususiyatlarga   ega:   zo’ravonlik   pedagogikasi,
o’qitishning   tushuntiruv-ko’rgazmali   usuli,   ommaviy   o’qitish.   An’anaviy
o’qitishda   avtoritarlik   quyidagi   shaklda   namoyon   bo’ladi:   o’quvchi   bu   hali   to’la
shakllanmagan   shaxs,   u   faqat   bajarishi   zarur,   pedagog   esa   -   bu   sardor   hakam,
yagona tashabbuskor shaxs (3.1.-rasm). 
      Mumtoz an’anaviy «sinf-dars» tizimi - bu bayon etishning ma’ruzaviy usuli va
kitob bilan mustaqil ishlashni o’z ichiga oladi (didaxografiya). 
        Zamonaviy   an’anaviy   o’qitish   esa,   o’qitishning   texnik   vositalarini   qo’llab,
didaxografiyadan   foydalanishdan   iborat   bo’ladi.   Shaxsga   yo’naltirilgan
texnologiyalarda,   o’quvchi   shaxsi   pedagogik   jarayon   markaziga   qo’yiladi,   uning
rivojlanishiga va tabiiy imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishga qulay shart-sharoitlar
yaratiladi. 
          Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturida   O’zbekiston   Respublikasidagi   ta’lim
tizimining milliy modeliga alohida e’tibor qaratilgan. Bu model 5 tarkibiy qismdan
iborat:   shaxs,   davlat   va   jamiyat,   uzluksiz   ta’lim,   fan,   ishlab   chiqarish.   Bu   yerda
ta’lim   milliy   modelining   asosiy   tarkibiy   qismi   -   «shaxs»   birinchi   o’rinda   turadi.
Boshqacha   aytganda,   butun   ta’lim   tizimi,   shu   jumladan,   o’qitish   shaxsga
yo’naltirilgan bo’lishi lozim. 
          Shuning   uchun   zamonaviy   texnologiyalarda   pedagogik   jarayon,   o’qitishning
shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalari asosida amalga oshirilishi lozim. 
     Hayot dialektikasi shundan iboratki, doimo yangi avlod, oldingi avloddan ko’ra
rivojlanganroq   bo’ladi.   Ilmiy   texnik   taraqqiyotning   keskin   yuksalish   davrigacha
(XX asrning birinchi yarmigacha), fan, texnika va texnologiyalar rivoji evolyusion,
past sur’atlarda amalga oshar edi.       Shuning uchun ketma-ket keluvchi avlodlarning rivojlanish darajasi deyarli farq
qilmas   edi.   Bunday   sharoitlarda   Ya.A.Komenskiyning   o’qitishning   avtoritar
texnologiyasi, an’anaviy «sinf-dars» tizimi dunyoga keldi. 
        Ilmiy   texnik   taraqqiyotning   keskin   yuksalish   davrida   (XX   asrning   ikkinchi
yarmi), fan, texnika, texnologiyalar yuqori  sur’atlarda rivojlanayotgan davrda, bir
avlod   hayoti   davomida   fanning   rivoji   insoniyatning   butun   tarixidagidan   ko’ra
ko’proq bo’lgan bu davrda, o’qitishning an’anaviy tizimi (shu jumladan zamonaviy
an’anaviy o’qitish) o’z umrini oxiri-ga yetdi. Hozirgi zamon avlodining rivojlanish
sur’ati oldingilardan ko’ra ancha yuqori bo’lganligi sababli, o’qitishning an’anaviy
tizimi, rivojlanishga to’sqinlik qila boshladi. Bunday sharoitlarda taraqqiyot, faqat
har bir shaxsning mavjud imkoniyatlarini to’la ro’yobga chiqarish asosida amalga
oshirilishi   mumkin.   Axborotning   hajmi,   xilma-xilligi,   egallashga   moyilligi   va
vositalarining   yetarliligi   samarali   individual   va   mustaqil   o’qitishni   tashkil   etish
uchun   zaruriy   shart-sharoitlar   yaratadi.   O’qitishni   jadallashtirish   maqsadida,
pedagogning   o’quvchiga   bo’lgan   munosabati   «sardor»likdan,   uning   «sherigi»ga
aylanishi zarur. 
    O’qitishning shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalariga quyidagi asosiy tamoyillar
xos bo’ladi: 
insonparvarlik , ya’ni insonga har tomonlama hurmat va muhabbat ko’rsatish, unga
yordamlashish,   uning   ijodiy   qobiliyatiga   ishonch   bilan   qarash,   zo’rlashdan   to’la
voz kechish; 
hamkorlik ,   ya’ni   pedagog   va   o’quvchilar   munosabatidagi   demokratizm,   tenglik,
sheriklik; 
erkin   tarbiyalash ,   ya’ni   shaxsga   uning   hayot   faoliyatini   keng   yoki   tor   doirasida
tanlab   olish   erkinligi   va   mustaqillikni   berish,   natijalarni   tashqi   ta’sirdan   emas,
ichki   hissiyotlardan   keltirib   chiqarish.   Shaxsga   yo’naltirilgan   texnologiyalarning
kommunikativ asosi - pedagogik jarayonda o’quvchiga insoniy-shaxsiy yondashuv
hisoblanadi.  Shaxsga yangicha qarash quyidagilardan iborat bo’ladi: 
pedagogik jarayonda shaxs obyekt emas, subyekt hisoblanadi; 
har bir o’quvchi qobiliyat egasi, ko’pchiligi esa iste’dod egasi hisoblanadi; 
yuqori   etik   qadriyatlar   (saxiylik,   muhabbat,   mehnatsevarlik,   vijdon   va   boshqalar)
shaxsning ustivor xislatlari hisoblanadi. 
Munosabatlarni demokratlashtirish quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
o’quvchi va pedagog huquqlarini tenglashtirish, 
o’quvchining erkin tanlab olish huquqi; 
xatoga yo’l qo’yish huquqi; 
o’z  nuqtai  nazariga ega bo’lish  huquqi  pedagog va o’quvchilar  munosabati  zayli:
taqiqlamaslik;   boshqarish   emas,   birgalikda   boshqarish;   majburlash   emas,
ishontirish;   buyurish   emas,   tashkil   etish;   chegaralash   emas,   erkin   tanlab   olishga
imkon berish. 
        Yangi   munosabatlarning   asosiy   mazmuni,   hozirgi   zamon   sharoitida   samarali
natija bermaydigan va g’ayri insoniy hisoblanadigan zo’ravonlik pedagogikasidan
voz   kechishdir.   Muammo   bu   tamoyilni   mutlaqlashtirishda   emas,   balki   uning
oqilona   mezonlarini   aniqlashdadir.   Umuman   olganda   tarbiya   jarayonida
zo’ravonlik mumkin emas, ammo jazolash insonni kamsitadi, ezadi, rivojlanishini
susaytiradi, unda qulchilik xususiyatlarini shakllantiradi. 
Erkin o’qitish quyidagilar bilan belgilanadi: 
ishonchga asoslangan erkin talabchanlik; 
o’quv   materialiga   qiziqish   uyg’otish,   bilishga   va   faol   ijodiy   fikrlashga
rag’batlantirish; 
o’quvchilarning mustaqilligi va tashabbusiga tayanish; 
jamoa orqali bilvosita usullar bilan talablarni amalga oshirishni ta’minlash.          Yangi   individual   yondashuvning   mohiyati   shundaki,   u   ta’lim   tizimida   o’quv
fanidan o’quvchiga emas, o’quvchidan o’quv fani tomonga harakatlanishni taqozo
etadi,   o’quvchilarning   mavjud   imkoniyatlarni   inobatga   olib,   ularni   rivojlantirish,
takomillashtirish va boyitishga qaratilgan bo’ladi. 
    Individual yondashuvning zamonaviy yangi talqini quyidagilardan iborat: 
o’rtacha o’quvchiga yo’naltirishdan voz kechish; 
shaxsning yaxshi xislatlarini izlash; 
shaxs rivojlanishining individual dasturlarini tuzish. 
    Shaxsiy yondashishda birinchi navbatda quyidagilar zarur bo’ladi: 
har   bir   o’quvchi   qiyofasida   noyob   shaxsni   ko’rish,   uni   hurmat   qilish,   tushunish,
qabul   qilish,   unga   ishonish.   Pedagogda   barcha   o’quvchilar   iste’dodli   degan
ishonch bo’lishi kerak. 
shaxsga, yutuqni ma’qullovchi, qo’llab-quvvatlovchi, xayrixoh vaziyatlar yaratish,
ya’ni o’qish qoniqish va xursandchilikni olib kelishi kerak. 
bevosita majburlashga yo’l qo’ymaslik, qoloqlikka va boshqa kamchiliklarga urg’u
bermaslik, uning nafsoniyatiga tegmaslik. 
pedagogik   jarayonda,   o’quvchilarga   o’z   qobiliyatlarini   ro’yobga   chiqarishga
imkoniyat yaratish va ko’maklashish. 
        Oliy,   o’rta   maxsus   va   kasbiy   ta’lim   tizimi   uchun,   o’qitishning   shaxsga
yo’naltirilgan texnologiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin: 
ishbilarmonlik o’yinlari; 
muammoli o’qitish; 
tabaqalashtirilgan o’qitish; 
dasturlashtirilgan o’qitish; 
kompyuterlashtirilgan o’qitish; 
modulli o’qitish.          Shaxsga   yo’naltirilgan   o’qitish   texnologiyalari   ilmiy-texnikaviy   taraqqiyoti
jadallashtirilgan   davrida   rivojlangan   davlatlarda   shakllantirilganligini   inobatga
olgan holda ular chuqur ildizlarga ega ekanligini ta’kidlash to’g’ri bo’lar edi. 
2. Muammoli o’qitish texnologiyasi.
Muammoli o’qitish amerikalik faylasuf, psixolog va pedagog Dj.Dyunning nazariy
qoidalariga   asoslanadi   va   XX   asrning   20-30-yillarida   tarqala   boshladi.   Dj.Dyun
o’qitish uchun quyidagilarni asos qilib belgiladi: ijtimoiy, konstruksiyalash, badiiy
ifodalash,   ilmiy-tadqiqiy.   Bu   asoslarni   amalga   oshirish   uchun   quyidagilar   tavsiya
etiladi: so’z, san’at asarlari, texnik qurilmalar, o’yinlar va mehnat. Bugungi kunda,
muammoli   o’qitish   (3.2-rasm)   deganda   mashg’ulotlarda   pedagog   tomonidan
yaratiladigan muammoli vaziyatlar va ularni yechishga qaratilgan o’quvchilarning
faol mustaqil faoliyati tushuniladi. Buning natijasida o’quvchilar kasbiy bilimlarga,
ko’nikmalarga, malakalarga ega bo’ladilar va fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi. 
Muammoli o’qitish, o’qitishning shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalarga taalluqli,
chunki bu yerda shaxs subyekt sifatida qaraladi, muammoli vaziyatlarning maqsadi
- pedagogik jarayonda o’ziga xos qiziqish uyg’otishdir. 
        Muammoli   o’qitish,   o’qitishning   eng   tabiiy   samarali   usulidir,   chunki   ilmiy
bilimlar mantiqi o’zida muammoli vaziyatlar mantiqini namoyish etadi. 
Muammoli   vaziyatlar   kiritilib,   an’anaviy,   bayon   etish   o’quv   materialining   eng
optimal   tarkibi   hisoblanadi.   Pedagog   muammoli   vaziyat   yaratadi   (3.3-rasm),
o’quvchini  uni  yechishga  yo’naltiradi, yechimni  izlashni  tashkil  etadi. Muammoli
o’qitishni   boshqarish,   pedagogik   mahoratni   talab   etadi,   chunki   muammoli
vaziyatning   paydo   bo’lishi   individual   holat   bo’lib,   tabaqalashtirilgan   va
individuallashtirilgan yondashuvni talab etadi.

3-mavzu: Zamonaviy o’qitishning pedagogik va psixologik texnologiyalari Reja: 1. Shaxsga yo’naltirilgan o’qitish texnologiyalarning mohiyati va tamoyillari 2. Muammoli o’qitish texnologiyasi 3. Tabaqalashtirilgan o’qitish texnologiyasi

O’qitish jarayonida, pedagogik texnologiyalar talablari asosida ifoda etilgan, o’quv maqsadlariga erishiladi. Ilmiy-texnik taraqqiyot jadallashgan davrda o’qitish samaradorligi, asosan, o’quvchining o’qitish jarayonidagi o’rni, pedagogning unga bo’lgan munosabatiga bog’liq bo’ladi. Bu yerda o’qitish texnologiyasining ikki turini ajratib ko’rsatish mumkin: avtoritar va shaxsga yo’naltirilgan. Avtoritar texnologiyada, pedagog yagona subyekt sifatda namoyon bo’ladi, o’quvchilar esa faqatgina «obyekt» vazifasini bajaradi xolos. Bunda o’quvchining tashabbusi va mustaqilligi yo’qoladi, o’qitish majburiy tarzda amalga oshiriladi. Odatdagi an’anaviy o’qitish, avtoritar texnologiyaga taalluqlidir. Bunda, avvalo Ya.A.Komenskiy tomonidan ifoda etilgan, didaktika tamoyillariga asoslangan o’qitishning «sinf-dars» tizimida tashkil etish nazarda tutiladi. Hanuzgacha dunyoda eng ko’p tarqalgan o’qitishning «sinf-dars» tizimi hisoblanadi, u quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi: Yoshi va tayyorgarlik darajasi taxminan bir xil bo’lgan o’quvchilar sinfni (guruhni) tashkil etadi: Sinf (guruh, oqim) yagona o’quv reja, yagona o’quv dasturlar va yagona mashg’ulotlar jadvali bilan shug’ullanadi; Mashg’ulotlarning asosiy birligi dars bo’lib, u bitta fanning bitta mavzusiga bag’ishlanadi va o’qituvchi tomonidan boshqariladi; O’quv kitoblari asosan uy ishlari uchun qo’llaniladi. An’anaviy o’qitish asosan bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishga qaratilgan bo’lib, shaxsning rivojlanishini ko’zda tutmaydi. An’anaviy o’qitish asosini, Ya.A.Komenskiy tomonidan tuzilgan pedagogika tamoyillari tashkil etadi: ilmiylik; tabiatga monandlik (o’qitish rivojlanish bilan belgilanadi va shakllanmaydi); uzviylik va tizimlilik; o’zlashtiruvchanlik (ma’lumdan noma’lumga, soddadan murakkabga);

mustahkamlash (takrorlash, takrorlash …) onglilik va faollik; nazariyaning amaliyot bilan bog’liqligi; yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olish An’anaviy o’qitish quyidagi xususiyatlarga ega: zo’ravonlik pedagogikasi, o’qitishning tushuntiruv-ko’rgazmali usuli, ommaviy o’qitish. An’anaviy o’qitishda avtoritarlik quyidagi shaklda namoyon bo’ladi: o’quvchi bu hali to’la shakllanmagan shaxs, u faqat bajarishi zarur, pedagog esa - bu sardor hakam, yagona tashabbuskor shaxs (3.1.-rasm). Mumtoz an’anaviy «sinf-dars» tizimi - bu bayon etishning ma’ruzaviy usuli va kitob bilan mustaqil ishlashni o’z ichiga oladi (didaxografiya). Zamonaviy an’anaviy o’qitish esa, o’qitishning texnik vositalarini qo’llab, didaxografiyadan foydalanishdan iborat bo’ladi. Shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalarda, o’quvchi shaxsi pedagogik jarayon markaziga qo’yiladi, uning rivojlanishiga va tabiiy imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishga qulay shart-sharoitlar yaratiladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida O’zbekiston Respublikasidagi ta’lim tizimining milliy modeliga alohida e’tibor qaratilgan. Bu model 5 tarkibiy qismdan iborat: shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarish. Bu yerda ta’lim milliy modelining asosiy tarkibiy qismi - «shaxs» birinchi o’rinda turadi. Boshqacha aytganda, butun ta’lim tizimi, shu jumladan, o’qitish shaxsga yo’naltirilgan bo’lishi lozim. Shuning uchun zamonaviy texnologiyalarda pedagogik jarayon, o’qitishning shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalari asosida amalga oshirilishi lozim. Hayot dialektikasi shundan iboratki, doimo yangi avlod, oldingi avloddan ko’ra rivojlanganroq bo’ladi. Ilmiy texnik taraqqiyotning keskin yuksalish davrigacha (XX asrning birinchi yarmigacha), fan, texnika va texnologiyalar rivoji evolyusion, past sur’atlarda amalga oshar edi.

Shuning uchun ketma-ket keluvchi avlodlarning rivojlanish darajasi deyarli farq qilmas edi. Bunday sharoitlarda Ya.A.Komenskiyning o’qitishning avtoritar texnologiyasi, an’anaviy «sinf-dars» tizimi dunyoga keldi. Ilmiy texnik taraqqiyotning keskin yuksalish davrida (XX asrning ikkinchi yarmi), fan, texnika, texnologiyalar yuqori sur’atlarda rivojlanayotgan davrda, bir avlod hayoti davomida fanning rivoji insoniyatning butun tarixidagidan ko’ra ko’proq bo’lgan bu davrda, o’qitishning an’anaviy tizimi (shu jumladan zamonaviy an’anaviy o’qitish) o’z umrini oxiri-ga yetdi. Hozirgi zamon avlodining rivojlanish sur’ati oldingilardan ko’ra ancha yuqori bo’lganligi sababli, o’qitishning an’anaviy tizimi, rivojlanishga to’sqinlik qila boshladi. Bunday sharoitlarda taraqqiyot, faqat har bir shaxsning mavjud imkoniyatlarini to’la ro’yobga chiqarish asosida amalga oshirilishi mumkin. Axborotning hajmi, xilma-xilligi, egallashga moyilligi va vositalarining yetarliligi samarali individual va mustaqil o’qitishni tashkil etish uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratadi. O’qitishni jadallashtirish maqsadida, pedagogning o’quvchiga bo’lgan munosabati «sardor»likdan, uning «sherigi»ga aylanishi zarur. O’qitishning shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalariga quyidagi asosiy tamoyillar xos bo’ladi: insonparvarlik , ya’ni insonga har tomonlama hurmat va muhabbat ko’rsatish, unga yordamlashish, uning ijodiy qobiliyatiga ishonch bilan qarash, zo’rlashdan to’la voz kechish; hamkorlik , ya’ni pedagog va o’quvchilar munosabatidagi demokratizm, tenglik, sheriklik; erkin tarbiyalash , ya’ni shaxsga uning hayot faoliyatini keng yoki tor doirasida tanlab olish erkinligi va mustaqillikni berish, natijalarni tashqi ta’sirdan emas, ichki hissiyotlardan keltirib chiqarish. Shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalarning kommunikativ asosi - pedagogik jarayonda o’quvchiga insoniy-shaxsiy yondashuv hisoblanadi.

Shaxsga yangicha qarash quyidagilardan iborat bo’ladi: pedagogik jarayonda shaxs obyekt emas, subyekt hisoblanadi; har bir o’quvchi qobiliyat egasi, ko’pchiligi esa iste’dod egasi hisoblanadi; yuqori etik qadriyatlar (saxiylik, muhabbat, mehnatsevarlik, vijdon va boshqalar) shaxsning ustivor xislatlari hisoblanadi. Munosabatlarni demokratlashtirish quyidagilarni o’z ichiga oladi: o’quvchi va pedagog huquqlarini tenglashtirish, o’quvchining erkin tanlab olish huquqi; xatoga yo’l qo’yish huquqi; o’z nuqtai nazariga ega bo’lish huquqi pedagog va o’quvchilar munosabati zayli: taqiqlamaslik; boshqarish emas, birgalikda boshqarish; majburlash emas, ishontirish; buyurish emas, tashkil etish; chegaralash emas, erkin tanlab olishga imkon berish. Yangi munosabatlarning asosiy mazmuni, hozirgi zamon sharoitida samarali natija bermaydigan va g’ayri insoniy hisoblanadigan zo’ravonlik pedagogikasidan voz kechishdir. Muammo bu tamoyilni mutlaqlashtirishda emas, balki uning oqilona mezonlarini aniqlashdadir. Umuman olganda tarbiya jarayonida zo’ravonlik mumkin emas, ammo jazolash insonni kamsitadi, ezadi, rivojlanishini susaytiradi, unda qulchilik xususiyatlarini shakllantiradi. Erkin o’qitish quyidagilar bilan belgilanadi: ishonchga asoslangan erkin talabchanlik; o’quv materialiga qiziqish uyg’otish, bilishga va faol ijodiy fikrlashga rag’batlantirish; o’quvchilarning mustaqilligi va tashabbusiga tayanish; jamoa orqali bilvosita usullar bilan talablarni amalga oshirishni ta’minlash.