zamonaviy kompyuterlarda masalalar yechish texnologiyalari va uning aspsiy bosqichlari 17v
zamonaviy kompyuterlarda masalalar yechish texnologiyalari va uning aspsiy bosqichlari Reja: 1.Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari. 2.Matematik model tushunchasi; 3.Statsion va nostatsion modellar; 4.Parametrlari to’plangan va tarqoq modellar; 5.Masalani EHMda yechish bosqichlari; 6.Algoritm tushunchasi va uning vazifasi; 7.Algoritmni ifodalash usullari, uning xossalari va unga qo’yiladigan talablar. Masalalarni kompyuter da yechish bosqichlari 1
Informatikada masala yechish tushunchasi deganda axborotlar ni qayta ishlab,natijani oldindan belgilangan ma‘lum bir ko’rinishga olib kelish tushuniladi. kompyuterdan foydalanib, masalani yechish-yaratilgan algoritmga asoslangan holda dastlabki ma‘lumotlar ustida avtomatik tarzda amallar bajarilib izlangan natijalar ko’rini shiga keltirish demakdir. Informatika fanining tarkibiy qismlari quyildagilardan iborat (1-rasm): 1- расм Masalalarni kompyuter dan foydalanib yechish bosqich lari quyidagilardan iborat: 1. Masalaning quyillishi va maqsadning aniqlanishi; 2. Masalani matematik ifodalash; 3. Masalani yechish uslubini ishlab chiqish, sonli usullarni tanlash; 4. Masalani yechish algoritmini ishlab chiqish; 5. Ma‘lumotlarni tayyorlash va tarkibini aniqlash (tanlash); 6. Dasturlash; 7. Dastur matnini va ma‘lumotlarni axborot tashuvchiga utkazish; 8. Dastur xatolarini tuzatish; 9. Dasturni avtomatik tarzda kompyuterda bajarilishi; 10.Olingan natijalarni izohlash, tahlil qilish va dastur dan foydalanish uchun ko’rsatma yozish; Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlarining mohiyati quyildagilardan iborat: 1-bosqich. Masalaning quyilishi va maqsadni aniqlash . Xalq xo’jaligining muayan sohasi (texnika, iqtisod, lingvistika, ta‘lim va x.k.) bo’yicha ishlayotgan ma lakali va yetakchi mutaxassis tomonidan bajariladigan ish. 2
Masalani quyilsh va maqsadni aniqlash uchun malakali muta xassis bir necha kun, oy, xattoki yillab izlanishi mumkin. Qo'yilgan maqsadni amalga oshirish uchun kerakli ma‘lumot lar tarkibi (strukturasi), tuzilishi, ifodalanishi aniqlangan bo’lib,ular orasidagi boglanishlar aniq ifodalangan bo’lsa masala quyillgan deb aytiladi. 1-bosqich uchun foydali savollar: Ishlatiladigan terminlar tushunarlimi? Nima berilgan? Nimani topish kerak? Yechim qanday aniqlanadi? Hamma ma‘lumotlar kerakmi? Ortiqchasi bormi? Qaysi ma‘lumotlar yetarli? Foydasi bo’lmagan ma‘lumotlar bormi? Qanday cheklanishlar bor? va x.k. 2-bosqich. Masalani matematik ifodalash. Bu bosqichda masalani yechish uchun kerakli va yetarli bo’lgan dastlabki ma‘lumotlarni tarkibi, tavsifi, turi, tuzilishi hisobga olingan holda matematik terminlarda ifodalanadi, hamda masalani yechishning matematik modeli yaratiladi. Buning uchun har xil (sohasiga qarab) matematik usul ishlatilishi mumkin. Masalan, iqtisod sohasidagi mutaxassislar-chiziqli dasturlash, dinamik dasturlash, stoxastik dasturlash, bashorat ( прогноз ) qilish bilan bog’liq masalalarni yechish matematik usulni bilishlari kerak; Texnik sohasidagi mutaxassislar oddiy differentsial tenglamalar va ularning sistemalari, mexaniqaning chetki (kraeve) masalalarini, gaz dinamikasiga oid masa lalarni, integral ko’rinishdagi masalalarni ifodalash va yechish uchun ishlatiladigan matematik usullarni to’lik tushunib yetgan bo’lishi kerak. Mutaxassis o’z sohasini har tomonlama yaxshi urgangan va amaliy jixatdan puxta o’zlashtirgan va qo’llaniladigan har xil matematik apparatni barcha imkoniyatlarini tulik tushunib yetgan va amaliyotga qo’llab oladigan bo’lishi kerak. 2-bosqich uchun foydali savollar: 1. Masalani ifodalash uchun qanday matematik strukturalar maqsadga muvofik keladi? 2. Yechilgan uxshash masalalar bormi? Tanlangan matematik struktura (apparat) da masalani ele mentida ob‘ektlari tula 3
ifodalanishi zarur. 3-bosqich. Masalani yechish usulini ishlab chiqish va sonli usulni tanlash. Agar dastlabki ma‘lumotlar bilan izlanayotgan natija (miqdorlar, ma‘lumotlar) lar o’rtasida aniq bog’liqlik (konuni yat) urnatilgan bo’lib va masalani yechish uslubi ishlab chiqilgan bo’lsa yoki usha boglanishni amalga oshirish uchun tayyor sonli usul (lar) tanlab olinib (masala uchun, masalaning bir qismi uchun) masalaning yechish uslubi yaratilgan bo’lsa, masalaning yechish uslubi ishlab chiqilgan deyiladi. x - dastlabki ma‘lumotlar; u - natija, maqsad funktsiyasi, izlanayotgan miqdor (lar) bo’lsa, ular orasidagi boglanish u = f(x) kabi olinishi mumkin. f -dastlabki ma‘lumotlar bilan natijani boglovchi konu niyat, koidalar majmuasi, ya‘ni x ma‘lumotlar ustida ba jariladigan amallar ketma-ketligi yoki tanlab olingan usul. Masalani yechishning ishlab chiqilgan uslubi yoki tanlab olin gan usulning to’g’riligi, samaradorligi keyingi bosqichlarda tek shirib aniqlanadi. 4-bosqich. Masalani yechish algoritmini yaratish. Bu bosqichda asosan masalani yechish algoritmi yaratiladi. Masalani yechish algoritmi kompyuter ning imkoniyatlarini, yechish aniqligini, hamda masalani kompyuter da yechish vaqtini va qiymatini hisobga olgan holda yaratilsa maqsadga muvofik kelgan bular edi. Masalaning algoritmini yaratishda oraliq ma‘lumotlarni ilo ji boricha kamaytirish, tashqi qurilmalar bilan bo’ladigan aloqalarni minimumga keltirish kerak. Dasturning samarador va unumdorligi, masalani yechish algo ritmining kanchalik puxta tashqil qilinganligiga bog’liq. 3-4 bosqichlar bir-biri bilan jips, mustahkam bog'langan. Ya‘ni yaratilgan uslubni har xil usullar bilan amalga oshirish mumkin, shu sababdan masalani yechish uslubi va algoritmini bir nechta variantlari bo’lishi mumkin va keraklisi tanlab olinadi. Murakkab masalaning algoritmini yaratishda qadamba-qadam oydinlashtirish 4
uslubidan foydalangan ma‘qul, har bir qadamda algoritmning tarkibi sodda va tushunarli bo’lib qolishiga erishmok kerak. Masalani algoritmlash jarayonida, algoritmni ba‘zi bulaklarini, lavxalarini, mantiqan alohida qismlarini ifodalashda tipik algoritmlar va amaliyotda tekshirilgan algo ritmlardan, iloji boricha, ko’p foydalangan ma‘qul. Algoritmlashda modullik printsipidan foydalanish algoritmni o’qishda va dasturlashda qulayliklar yaratadi. Oxir oqibatda masalani yechish algoritmi ishchi holatga keltiriladi, ya‘ni algoritm grafik ko’rinishda (blok-sxemalar) biror algoritmik til vosita sida ifodalash darajasiga keltiriladi. Masalani algoritmlash -masalani kompyuterdan foydalanib yechish algoritmini yaratish jarayoni. Algoritmlash-masalani yechish bosqichi bo’lib, masalaga quyillgan shart va talablar asosida oxirgi natijani, masalani yechimini olish uchun ish lab chiqilgan algoritmlarning yaratish bilan shugullanadigan informatikaning bulimidir. Algoritm deb , masalani yechish uchun bajarilishi lozim bo’lgan amallar ketma- ketligini aniq tavsiflaydigan qoidalar sistemaiga aytiladi. 5-bosqich. Ma‘lumotlarni tayyorlash va tarkibini aniqlash. Ma‘lumotlarni tasvirlash usulini tanlash algoritmni baja rilishi bilan chambarchas boglangan. Shu sababdan ma‘lumotni tasvirlashning shunday turini, usulini tanlash kerakki masalani yechish jarayoni sodda va tushunarli bulsin. Ma‘lumotlar oddiy o’zgaruvchilar, massiv, alohida ma‘lumot fayllari ko’rinishida axborot tashuvchida joy lashadi. Foydali savollar: Qanday o’zgaruvchilar bor? Turi qanday? Qanday o’lchamlikda nechta massiv kerak? Bir-biriga bog'langan ruyxatlar bilan ishlanadimi? Qanday qism dasturlar kerak? (ta yyorlari, ishlab chiqiladigan). Qaysi algoritmik til ishlatila di. 6-bosqich. Dasturlash. Masalani ishchi holatga keltirilgan yechish algoritmini tan langan algoritmik til vositasida ifodalash (tavsiflash, tasvirlash) dasurlash deyiladi. Algoritmning har bir mayda bulagi algoritmik tilning ope ratorlari yordamida, 5