100-yillig urush
Mavzu:100-yillig urush 1137-1453
Yuz yillik urush. Angliya va Fransiya o’rtasida bo’lib o’tgan “Yuz yillik urush” tanaffuslar bilan urush 116 yil davom etib, bir necha bosqichga bo’linadi: birinchi bosqich- 1337–1360– yillar; ikkinchi bosqich-1369–1389–yillar, uchinchi bosqich-1415–1429– yillar va to’rtinchisi - 1429 – 1453 – yillarni o’z ichiga oladi.
Urushni ona tomondan, kapetinglar sulolasining vakili qirol Filipp IV Chiroylining nabirasi bo’lgan ingliz qiroli Eduard III boshlaydi. 1328–yilda bu sulolaning erkak tomonidan qarindoshi bo’lgan so’nggi vakili Karl IV vafot etgach, “Sali haqiqati”ga ko’ra Filipp VI (Valua)ga toj kiydirish marosimi o’tkaziladi. Mazkur voqyeadan so’ng ingliz qiroli Eduard fransuz taxtiga bo’lgan huquqlarini talab qildi. Ikki davlat bir necha yillar davomida ingliz qiroliga tegishli bo’lgan, aslida esa Fransiya tomonidan boshqariladigan va iqtisodiy jihatdan strategig ahamiyatga ega bo’lgan Gaskon yerlari uchun urush olib borgan. Ingliz qiroli Eduard tashqi siyoatda otasi davrida yo’qotilgan hududlarni qaytarishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. 1329–yilda murosaga kelish uchun imzolangan shartnoma ikkala tomonni ham qoniqtirmaydi.
1346–YIL 26–AVGUSTDA QIROL EDUARD III BOSHCHILIGIDAGI INGLIZLARNING KICHIK OTRYADI FILIPP VI NING 30 000 KISHILIK FRANSUZ QO’SHININI TOR – MOR ETDI. BU VOQYEANING AHAMIYATI SHUNDA EDIKI, UNDA BIRINCHI MARTA INGLIZLARNING ASOSIY KUCHINI PIYODALAR (9000 KISHI) TASHKIL ETGAN. INGLIZ KAMONCHILARI OTLIQLAR QARSHISIDA JASORAT KO’RSATISHDI. FRANSUZLAR 2 NAFAR SHAHZODA, 1500 KISHI RISAR VA 10 000 TA ASKARIDAN AJRALDI. MAZKUR RAQAMLAR INGLIZLAR UMUMIY KUCHLARIDAN HAM ORTIQ EDI.
1356–YILGA KELIB ANGLIYA O’ZINING MOLIYAVIY AHVOLINI BIR QADAR TIKLAB OLDI. 1356–YIL 19– SENTABRDA INGLIZ QIROLINING O’G’LI EDUARD “QORA SHAHZODA” BOSHCHILIGIDAGI 6000 NAFAR JANGCHI VA FRANSUZ QIROLI IOANN RAHIMDIL BOSHCHILIGIDAGI 20 500 KISHILIK FRANSUZLAR QO’SHINI O’RTASIDA PUATYE YONIDA JANG BO’LIB O’TDI. INGLIZ KAMONCHILARI SHOHDEVOR VA TOKZORLARDAN UNUMLI FOYDALANISHADI.