14-15 asrlarda O'rta osiyo sivilizatsiyasi
Mavzu: 14-15 asrlarda O'rta osiyo sivilizatsiyasi
Amir Temur (1336-1405)
Ma’lumki, Amir Temur va temuriylar davri (XVI asr ikkinchi yarmi va XV asr) Movarounnahr va Xuroson o`lkalarida madaniy rivojlanishning yuksak darajaga erishuvi, ma’naviy hayotning takomillashuvi bilan izohlanadi. Amir Temur markazlashgan feodal davlatga asos soldi. Amir Temur birinchi bo`lib qishloq xo`jaligini rivojlanishga ahamiyat bergan, angor kanalini qazitib shaharni suv bilan ta’minlagan. Samarqand atrofida Bog’dod, Sheroz, Sultoniya qishloqlarini qurdirgan. Uning davrida tog`-kon ishlari rivojlangan, turli xil ma’danlar ishlab chiqarilgan. Dehqonchilik , pillachilik sohalari ham yuksak darajada rivojlangan.
Amir Temur davrida ichki va tashqi savdo rivojlangan. 1. Amir Temur yo`l xavfsizligini ta’minlagan. 2. Boj solig`ini joriy etgan. 3. Buyuk ipak yo`li tarmog`ini Yevropagacha kengaytirgan.
Go`ri Amir maqbarasi Bu maqbara XV asrda Temur tomonidan nabirasi Muhammad Sultonning fojeali o`limidan so`ng qurishga farmon berilgan. Bu maqbaraga sohibqironning o`zi uning o`g`illaridan Umar Shayx, Mironshox, Shoxrux va nabirasi Muhammad Sulton va Ulug`bek va boshqalar dafn qilingan. Sohibqironning bosh tomonida pirlari Mir Sayid Baraka yotipdi.