logo

O’rta Osiyo sivilizatsiyasi

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

1064.8681640625 KB
O’rta Osiyo sivilizatsiyasi. Fan Jahon sivilizatsiyasi tarixi O’rta Osiyo sarhadlari 
nafaqat sharq dunyosida, 
balki yer shari miqyosida 
qadimgi madaniyat 
markazlaridan biri 
hisoblanadi. Buni tadqiq 
etilgan tarixiy madaniy 
yodgorliklar isbotlab 
turibdi.  •
1.O’rta Osiyo sarhadlari nafaqat sharq dunyosida, balki yer 
shari miqyosida qadimgi madaniyat markazlaridan biri 
hisoblanadi. Buni tadqiq etilgan tarixiy madaniy yodgorliklar 
isbotlab turibdi. Keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlarni 
taxlil qilish va solishtirish shuni ko’rsatadiki, Turon-
Movarounnaxr sivilizatsiyasi Sharqdagi dastlabki 
siviliza t siyalar-Mesopatamiya va Hindistonning Xarappa 
madaniyati bilan uzviy aloqalarda shakllangan va rivojlangan. 
Bu ikkala sivilizatsiyalar oralig’ida joylashgan O’rta Osiyo- 
Qadimgi Sharq xalqlarining yagona iqtisodiy va madaniy 
birlashuvida hamda ular o’rtasidagi turli aloqalarning 
rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo’lgan. •
O’rta Osiyoning janubiy sarhadlarida ilk dehqonchilik xo’jaligi sohiblari 
Joytun  neolit jamoalari bo’lishdilar. Shu jamoalar madaniyati negizida 
ilk sivilizatsiya ildizlariga shart sharoit yuzaga keldi. Bronza davri butun 
O’rta Osiyo xududlarida ijtimoiy - iqtisodiy va tarixiy madaniy 
o’zgarishlar sodir bo’lgan davr. Aynan mana shu davrda O’rta 
Osiyoning shimoldagi aholisining bir qismi janub tomonga ko’chadi. 
Shimolda qolgan guruxlar esa tog’ oldi xududlaridagi soy va buloq 
bo’ylarini, daryolar havzalarini o’zlashtirib, sug’orilishi qulay bo’lgan 
xududlarda dehqonchilikga o’ta boshlaydilar . Sug’orma 
dehqonchilikka asoslangan madaniy vohalarda aholi zichligi oshadi. 
Amirobod, Tozab o g’yob, Suvyorgon, Zomonbobo, Burg’uluq, Chust, 
Sopolli, Nomozgoh, Murg’ob kabi dehqonchilikka asoslangan jamoalar 
madaniyati shakllanadiki, shu madaniyatlar negizida shaharsozlik 
madaniyati va ilk davlatchilik ko’rinishlari paydo bo’lishiga shart -
sharoit yuzaga keladi. •
Joytun madaniyati 0 ‘rta Osiyoning janubiy-g'arbiy hududida 
•
ilk dehqonchilik bilan shug‘ullangan qabilalar yodgorligidir. 
Uning 
•
izlari faqat Turkmanistonning janubiy-g‘arbiy hududlaridan 
topilgan. 
•
Olimlar uni miloddan avvalgi VI ming yilliklar oxiri V ming 
•
yilliklar boshlariga oid deb hisoblashadi. Uni B.A.Kufitin, 
V.M.Masson, D.Durdiev, O.Berdievlar tadqiq qilgan. Joytun 
madaniyatiga Bami, 
•
To‘g‘oloqtepa, ChagMllitepa, Munchoqlitepa, Cho‘pontepa, 
Joytun, 
•
Nayzatepa kabi bir qator ibtidoiy dehqonlaming 
manzilgohlari kiradi.  •
Bu davrda O’rta Osiyo xudularida taraqqiyot darajasi nuqtai 
nazaridan turli tarixiy-madaniy regionlar mavjud bo’lib, ular 
o’rtasidagi turli munosabatlarning kuchliligi hamda qarama-
qarshiligi madaniy hayotning yangi halqasida ikkita etnik 
madaniy tizimning (o’troq va ko’chmanchi) bir xil darajada 
bo’lmagan ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish tufayli yana 
murakkablashadi. Ushbu ikki etno-madaniy tizimda 
geopolitik aloqalar madaniy-ijtimoiy munosabatlarga 
ko’ndalang turadi.  Natijada O’rta Osiyoning tarixiy-madaniy 
maydonida ayrimlari inqirozga uchragan, boshqa birlari 
shakllana boshlagan, ba’zilar qo’shilib ketgan ijtimoiy 
qurilmalarning qayta guruhlashuv jarayoni yanada faollashadi  •
Arxeologik tadqiqotlar natijasida ushbu murakkab tarixiy- 
madaniy jarayonlar dastavval Nomozgoh, Oltintepa, 
Jarqo’ton, Sopollitepa, Gonur, Mergar, Shahri-So’xta kabi ilk 
shaxarmonand markazlarning rivojlanishi davomida bo’lib 
o’tganligi aniqlangan.  O’z xususiyatlariga ko’ra umumijtimoiy 
bo’lgan bu ko’rinishlar madaniy moslashuv va ijtimoiy – 
iqtisodiy rivojlanish yo’lidagi sivilizasiyaning tarixiy harakati 
asosini tashkil etadi. Ular O’rta Osiyodagi ko’p qirrali 
urbanistik taraqqiyotda o’z aksini topib, bu xududlardan 
eneolitdan ilk temir davrigacha bo’lgan arxeologik manbalar 
orqali tarixiy- madaniy yuksalish sifatida o’z isbotini topadi.   
Hozirgi kunda Amudaryo va Sirdaryo oralig’idagi yerlarning 
katta qismi O’zbekiston hudularini tashkil etib, bu hududlarda 
qadimdan o’ziga hos madaniyatlar taraqqiy etgan.  •
Tadqiqotlar natijalariga ko’ra, mil.avv. 2 ming yillikning oxiri - 
1ming yillikning boshlariga kelib bu hududlarda 
Baqtriya(janubiy), So’g’d (markaziy), Xorazm (shimoliy), 
Farg’ona-Choch ( sharqiy) sivilizasiyalarning shakllanish 
jarayonlari bo’lib o’tadi.    Ularning har biri uchun tarixiy- 
madaniy jarayonlarning bosqichma- bosqichligi, 
taraqqiyotning mahalliy va o’z i g a  xos xususiyatlari, 
mavjudlikning davomiyligi, murakkab etnogenez  jarayonlari, 
ilk davlatchilik va shaxarlar genezisi xos edi. Ular o’zlarining 
ichki xususiyatlariga ko’ra, sug’orma dehqonchillikga 
asoslangan o’troq sivilizasiyalar yoki shaxarsozlik 
sivilizasiyalari sifatida yuzaga kelgan.  •
O’rta Osiyoda  ahamoniylar davrigacha  « Katta Xorazm» va « Qadimgi 
Baqtriya davlati», degan  davlat birlashmalari  mavjud   bo’lganligi 
to’g’risida  tarixiy manbalarda  ma’lumot juda  oz.  Marg’iyona  ham 
ahamoniylargacha  o’z shohlariga  ega bo’lgan, degan taxminlar   ham 
bor.   Masalan, miletlik  Gekatey  bir qismi  tekislikda,  boshqa qismi 
esa  parfiyaliklardan  sharqdagi  shaharlarda istiqomat  qiluvchi  
xorasmiyaliklarni  eslatib o’tgan. •
Keyinroq  Gerodot  Osiyoda har tomondan  tizma 
tog’lar bilan  o’rab olingan tekislik  mavjudligidan,  
tog’ tizmalarida  esa besh dara  borligidan  xabar 
beradi.  Bu tekislik  bir vaqtlar  xorasmiyaliklarga  
qarashli bo’lgan. Tekislikning adog’idagi tog’dan katta 
Akes daryosi oqib chiqadi va u beshta irmoqqa 
bo’linib, xorasmiyaliklar yerlerini sug’organ. D. 
Markvart, keyinroq esa  S.P.Tolstov  ushbu 
ma’lumotlarga  asoslanib, bu yerda  ahamoniylar 
davrigacha Xorazm boshchiligida   qudratli «Katta 
Xorazm»  davlat birlashmasi  mavjud bo’lgan, degan 
xulosaga  kelishgan.  •
Miloddan avvalgi 2 ming yilliklarda Baktriya hududidagi kichik 
daryolar havzalarida 11 ta dehqonchilik vohalari borligi 
aniqlandi. Bunday vohalar Xorazm, So’g’d va Farg’ona 
hududlarida ham ko’plab mavjud bo’lgan. Xuddi shu vohalar 
bag’rida dastlabki davlat birikmalari shakllangan. Shu tariqa 
O’zbek davlatchiligining ilk ko’rinishi “voha-davlat”lari 
shaklida bo’lganligi ilmiy isbotlandi. Shunday qilib, 
O’zbekistonda bronza davrida yuz bergan ijtimoiy- siyosiy 
hodisa  “voha-davlat” shakllanishi jarayoni jahon sivilizasiyasi 
taraqqiyoti qonuniyatiga hamohangdir.   O’zbekiston jahon 
sivilizasiyasininig eng qadimgi, yorqin o’choqlaridan biri, 
uning salmoqli va ajralmas qismidir.  •
O’zbek davlatchiligining teran ildizlari qariyb  3- 3, 5 
ming yillik qadimiyatga borib taqaladi. Uning ilk 
poydevori “nom” tipidagi “voha –davlat” chiligi 
davrida, 2900-2700 yillar muqaddam “Baqtriya 
podsholigi”, “Katta Xorazm”, Sug’d va 2500- 2400 yillar 
avval Davan (Farg’ona vodiysi) podsholigi davlatlari 
davrida qo’yilgandir.   Xulosa qilib aytganimizda, O’rta 
Osiyo qadimgi sivilizasiyalari o’ziga xos xususiyatlarni 
jamlagan holda o’z taraqqiyot yo’liga ega bo’lib, jahon 
xalqlari sivilizasiyasi rivojida muhim o’rin tutadi.

O’rta Osiyo sivilizatsiyasi. Fan Jahon sivilizatsiyasi tarixi

O’rta Osiyo sarhadlari nafaqat sharq dunyosida, balki yer shari miqyosida qadimgi madaniyat markazlaridan biri hisoblanadi. Buni tadqiq etilgan tarixiy madaniy yodgorliklar isbotlab turibdi.

• 1.O’rta Osiyo sarhadlari nafaqat sharq dunyosida, balki yer shari miqyosida qadimgi madaniyat markazlaridan biri hisoblanadi. Buni tadqiq etilgan tarixiy madaniy yodgorliklar isbotlab turibdi. Keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlarni taxlil qilish va solishtirish shuni ko’rsatadiki, Turon- Movarounnaxr sivilizatsiyasi Sharqdagi dastlabki siviliza t siyalar-Mesopatamiya va Hindistonning Xarappa madaniyati bilan uzviy aloqalarda shakllangan va rivojlangan. Bu ikkala sivilizatsiyalar oralig’ida joylashgan O’rta Osiyo- Qadimgi Sharq xalqlarining yagona iqtisodiy va madaniy birlashuvida hamda ular o’rtasidagi turli aloqalarning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo’lgan.

• O’rta Osiyoning janubiy sarhadlarida ilk dehqonchilik xo’jaligi sohiblari Joytun neolit jamoalari bo’lishdilar. Shu jamoalar madaniyati negizida ilk sivilizatsiya ildizlariga shart sharoit yuzaga keldi. Bronza davri butun O’rta Osiyo xududlarida ijtimoiy - iqtisodiy va tarixiy madaniy o’zgarishlar sodir bo’lgan davr. Aynan mana shu davrda O’rta Osiyoning shimoldagi aholisining bir qismi janub tomonga ko’chadi. Shimolda qolgan guruxlar esa tog’ oldi xududlaridagi soy va buloq bo’ylarini, daryolar havzalarini o’zlashtirib, sug’orilishi qulay bo’lgan xududlarda dehqonchilikga o’ta boshlaydilar . Sug’orma dehqonchilikka asoslangan madaniy vohalarda aholi zichligi oshadi. Amirobod, Tozab o g’yob, Suvyorgon, Zomonbobo, Burg’uluq, Chust, Sopolli, Nomozgoh, Murg’ob kabi dehqonchilikka asoslangan jamoalar madaniyati shakllanadiki, shu madaniyatlar negizida shaharsozlik madaniyati va ilk davlatchilik ko’rinishlari paydo bo’lishiga shart - sharoit yuzaga keladi.

• Joytun madaniyati 0 ‘rta Osiyoning janubiy-g'arbiy hududida • ilk dehqonchilik bilan shug‘ullangan qabilalar yodgorligidir. Uning • izlari faqat Turkmanistonning janubiy-g‘arbiy hududlaridan topilgan. • Olimlar uni miloddan avvalgi VI ming yilliklar oxiri V ming • yilliklar boshlariga oid deb hisoblashadi. Uni B.A.Kufitin, V.M.Masson, D.Durdiev, O.Berdievlar tadqiq qilgan. Joytun madaniyatiga Bami, • To‘g‘oloqtepa, ChagMllitepa, Munchoqlitepa, Cho‘pontepa, Joytun, • Nayzatepa kabi bir qator ibtidoiy dehqonlaming manzilgohlari kiradi.