logo

Abdulla Oripov she`riyati “Birinchi muhabbatim”

Загружено в:

16.08.2023

Скачано:

0

Размер:

5106.5 KB
 Abdulla  Oripov  XX  asr  o`zbek 
she`riyatining  zabardast 
vakillaridan  biri   bo`lib,  u ning   bir 
necha   asarlari  adabiyotimizning 
yangi  bosqichga  ko`tarilishda 
muhim  ahamiyat  kasb  etdi.   A dib 
1941  yil  21  mart  kuni  Qashqadaryo 
viloyatining  hozirgi  Koson 
tumaniga  qarashli  Neko`z 
qishlogida  tugilgan.   Oilada  sakkiz   
farzand ,   to`rt  o`g’il,  to`rt  qiz voyaga 
y etgan.  O`g’illardan  kenjasi  
Abdulla Oripov edi.  
       A.Oripovning birinchi she`riy to`plami «Mitti yulduz» 1961 yilda 
nashr  etildi.  «Mitti  yulduz» ning  nurlari  asosida  «Sarob»,  «Bahor», 
«Avlodlarga maktub», «Sovg’a», «Minorayi kalon tepasidagi laylak», 
«Jannat»  singari  har  biri  adabiyotimizda  voqea  bo`ladigan  she`rlar 
yaratildi. 
            Shoir  asarlarining  asosiy  qismini  XX  asr  o`zbek  she`riyatidagi 
yetakchi  shakl-barmoq  vazni  tashkil  etsa-da,  u  ko`p  asrlik  an`anaga  ega 
bo`lgan  aruzdagi  g’azalga  ham,  masnaviyga  ham,  Mayakovskiy,  Nozim 
Hikmat,  Lorkalar  ta`sirida  paydo  bo`lgan  sarbastga  ham  murojaat  qilib 
turadi. 
      A.Oripov dastlabki she`rlaridanoq salmoqli fikr aytishga harakat qildi 
va bu uning ijodiy prinsipiga aylandi. Abdulla Oripov she`rlariga xos 
yana bir xususiyat inson ruhiyati manzaralarining to`laqonli 
chizilishidadir . .   
        Yillar  davomida  uning  bir  qancha  to`plamlari  dunyo  yuzini  ko`rdi. 
«Ko`zlarim  yo`lingda»  (1966),  «Onajon»  (1969),  «Ruhim»  (1969), 
«O`zbekiston» (1972), «Hayrat» (1974) «Yurtim shamoli» (1976) («Veter 
moego  kraya»  (1988)),  «Yuzma-yuz»  (1978),  «Najot  qal`asi»  (1980), 
«Yillar  armoni»  (1987),  «Ishonch  ko`priklari»  (1989),  «Sen  bahorni 
sog’inmadingmu»(1991),  «Munojot»  (saylanma  1992),  «Haj  daftari», 
«Hikmatlar sadolari»(1992) kabi to`plamlari shular jumlasidandir .  
A.Oripov O`zbekiston X alq shoiri unvoniga sazovor bo `ldi .  Hamza 
nomidagi Respublika Davlat mukofotining laureati,O'zbek  
Mustaqillik yillarimizning buyuk in'omi  “ O ` zbekiston Qahramoni ”  unvoniga 
ham loyiq  deb  topi l di.  A.Oripov  Mustaqil O ` zbekistonning birinchi Davlat 
madhiyasi matnini yozishga musharra f   bo`ldi.   Buyuk shoirni a sosiy ish 
faoliyati ijod va ijodiy sohaga tegishli xizmatlar bilan o ` tayotir.                        Abdulla Orpovning
  «Birinchi  muhabbatim»   she’ri 
inson  qalbidagi  bebaho 
ma’naviy  javhar  bo‘lgan  hisni 
bayon  qiladi.  Unda  «ishq 
o‘ti»dan    nishon    borki,    she’r   
shoirning    badiiy    jihatdan   
eng pishiq, ta’sirli, jonli va tirik 
asarlari  jumlasiga  kiradi. 
She’rda    visolga    erishmagan   
oshiq    nolasi,    g‘aflatda    qolib   
muhabbat    tuyg‘usiga   
beparvo    bo‘lgan    lirik   
qahramonning    ichki    dard 
va  kechinmalari  o‘z  aksini 
topgan.  Bu  kayfiyat  xayolga 
tolish,  eslash  uslubida 
ifodalangan                                            BIRINCHI  MUHABBATIM
                                        Kecha oqshom falakda oy bo‘zarib 
botganda,
                                   Zuhro yulduz miltirab, xira xanda otganda,
                                       Ruhimda bir ma’yuslik, sokinlik 
uyg‘otganda,
                                   Men seni esga oldim, birinchi muhabbatim.
                                    Eslab xayolga toldim, birinchi muhabbatim.
                                     O‘tdi yoshlik zavq bilan, gohi to‘polon bilan,
                                 Gohida yaxshi bilan, gohida yomon bilan,
                                    Ayri ham tushdim ba’zan qalb bilan, imon 
bilan,
                                   Lekin seni yo‘qotdim, birinchi muhabbatim,
                                      Mangu  g‘aflatda qotdim, birinchi 
muhabbatim.
                                    Dunyo degan shundayin anglab bo‘lmas sir ekan,
                           Goh keng ekan, gohida tuynuksiz qasr ekan.
                       Lekin inson hamisha bir hisga asir ekan...
                                 Nechun bilmovdim avval, birinchi muhabbatim,
                               Parvo   qilmovdim avval, birinchi muhabbatim.   «Birinchi muhabbatim» 
she’ri «hamisha bir 
hisga asir» bo‘lgan 
o‘quvchi qalbida shirin 
xotiralar  uyg‘otadi. 
Sizga ham bu tuyg‘u 
begona emas.  “ Birinchi  
muhabbatim “ 
she’rining audio 
eshittirishi . 
(Eshitish uchun ikki 
marta bosing ) Shoir  Abdulla Oripovning she`ri orqali quyidagi 
hayotiy xulosalarni chiqarish mumkin  Orzum shul,o`chmasin yongan 
chirog`ing ,
Yulduzday nur sochsin, chashmi-
qarog`ing.
Ма gar chinor bo`lsang, chinorday 
yasha
Bevaqt uzilmasin biror yaprog`ing .

Abdulla Oripov XX asr o`zbek she`riyatining zabardast vakillaridan biri bo`lib, u ning bir necha asarlari adabiyotimizning yangi bosqichga ko`tarilishda muhim ahamiyat kasb etdi. A dib 1941 yil 21 mart kuni Qashqadaryo viloyatining hozirgi Koson tumaniga qarashli Neko`z qishlogida tugilgan. Oilada sakkiz farzand , to`rt o`g’il, to`rt qiz voyaga y etgan. O`g’illardan kenjasi Abdulla Oripov edi.

 A.Oripovning birinchi she`riy to`plami «Mitti yulduz» 1961 yilda nashr etildi. «Mitti yulduz» ning nurlari asosida «Sarob», «Bahor», «Avlodlarga maktub», «Sovg’a», «Minorayi kalon tepasidagi laylak», «Jannat» singari har biri adabiyotimizda voqea bo`ladigan she`rlar yaratildi.

 Shoir asarlarining asosiy qismini XX asr o`zbek she`riyatidagi yetakchi shakl-barmoq vazni tashkil etsa-da, u ko`p asrlik an`anaga ega bo`lgan aruzdagi g’azalga ham, masnaviyga ham, Mayakovskiy, Nozim Hikmat, Lorkalar ta`sirida paydo bo`lgan sarbastga ham murojaat qilib turadi.

 A.Oripov dastlabki she`rlaridanoq salmoqli fikr aytishga harakat qildi va bu uning ijodiy prinsipiga aylandi. Abdulla Oripov she`rlariga xos yana bir xususiyat inson ruhiyati manzaralarining to`laqonli chizilishidadir . .