logo

Afrika tabiiy o`lkalari va aholisi

Загружено в:

16.08.2023

Скачано:

0

Размер:

5289.33203125 KB
     •
Hozirgi paytda Afrika tabiiy sharoitiga ko‘ra to‘rtta yirik tabiiy 
geografik o‘lkaga ajratiladi. Ular Shimoliy, Markaziy, Sharqiy va 
Janubiy Afrika deb nomlangan.
•
Shimoliy Afrika  janubda mavsumiy nam o‘rmonlar zonasidan 
shimolda O‘rta dengizgacha, g‘arbda Atlantika okeani sohillaridan 
sharqda Efiopiya toglarining etaklarigacha bo‘lgan hududlami 
egallaydi. Savannah Sudan (arabcha qoralar o‘lkasi), Sahroyi Kabir 
va Atlas tog‘lari shu o‘lkada joylashgan. Shimoliy Afrika o‘lkasi 
tarkibida bir-biridan farq qiladigan uchta tabiat komplekslari bor. 
Bular: 1) qattiq bargli doimiy yashil o‘rmonlar va butazorlar zonasi, 
2) qumli va toshloq cho‘lli Sahroyi Kabir va 3) o‘t o‘simlikka boy 
savannah Sudan yoki Saxel hududlaridir. Sahroyi Kabir relyefida 
tekisliklar ko‘p tarqalgan. Kon- tinental tropik havo massalari 
iqlimning shakllanishiga sabab bo‘lgan. Vohalarda hayot ancha 
rivojlangan. Vohalar, asosan, yerosti suvlari yaqin bo‘lgan 
relyefning pastroq joylarida tarkib topgan. Sahroyi Kabirdagi eng 
yirik va eng qadimgi voha Nil vodiysidir. Atlas tog‘lariga balandlik 
mintaqalari xos. Savannah Sudanda yakka daraxtlar va butalar, o‘t 
o‘simliklar o‘sadi.  •
Markaziy Afrika  Gvineya qo‘ltig‘i sohillari va Kongo 
havzasini qamrab oladi. Bu o‘lkada doimiy yashil nam 
ekvatorial o‘rmonlar va mavsumiy nam o‘rmonlar 
zonalarining noyob landshaftlari tarkib top gan. Landshaftlari 
bir necha yarusli o‘simliklar, faqat shu joylarda yashaydigan 
hayvonlari bilan ajralib turadi. Jumladan, qimmatbaho 
mebellar ishlanadigan  qizil daraxt,  yog‘ olinadigan  palma, 
seyba  va  muskat  daraxtlari, kauchuk olinadigan daraxtlar 
o‘sadi. Mitti  pigmey  qabilasi—o‘rmon odamlari, bahaybat 
gorilla ,  setse  pashshasi,  mitti bug‘ucha, okapi  va boshqalar 
faqat shu hududlarda yashaydi.  •
Sharqiy Afrika  materikning baland tog‘li 
qismini egallaydi. O‘lka, asosan, Efiopiya 
tog‘ligi va Sharqiy Afrika yassi togligidan 
iborat. Relyefi va iqlim xususiyatlariga bog'liq 
holda o‘simlik va hayvonot olami tarkib topgan. 
Balandlik mintaqalanishi aniq namoyon 
bo‘lgan. Tog‘ etagidagi nam o‘rmonlar tepada 
savannalar, keyin esa dashtlar, alp o‘tloqlari 
hamda qor va muzliklar bilan almashinadi.  •
Janubiy Afrika  o‘lkasi Kongo—Zambezi daryolari 
suvayirg‘ichidan janubdagi hududlarni egallaydi. Bu o‘lkani 
kichik Afrika deb ham atashadi. Sababi kichik hududda 
iqlimiga bog‘liq holda tabiati kenglik va uzoqlik bo‘yicha 
almashib keladi. Masalan, o‘lkaning sharqiy va janubi-
sharqiy sohillaridagi tropik va subtropik mintaqalaming nam 
o‘rmonlari, g‘arb tomonda savannalar, chalacho‘llar va 
cho‘llar bilan almashinadi.Shimoldan janubga tomon 
savannalar, chalacho‘l, cho‘l, qattiq bargli doimiy yashil 
o‘rmonlar ketma-ket joylashadi. Tog‘larida balandlik
mintaqalanishi mavjud. Madagaskar — paydo bo‘lishiga 
ko‘ra yirik materik oroli. Tabiatiga okean ta’siri katta. Tropik 
o‘rmon va savannalar ko‘p.  •
Afrika tabiatini muhofaza qilish dolzarb masalaga 
aylangan. Materikda o‘simlik va hayvonot olamini 
asrash maqsadida 392 ta milliy bog‘ va qo‘riqxonalar 
tashkil etilgan. Kongo Demokratik Respublikasining 
15%hududini milliy bog‘lar, botanika bog‘lari, 
tajriba stansiyalari, Keniya
davlatida 10% maydonni milliy bog‘lar egallaydi. 
Eng yirik milliy bog‘lar Sharqiy va Janubiy Afrikada 
tashkil etilgan. Shulardan Ruvenzori, Serengeti, 
Kryugera va boshqalar eng mashhur hisoblanadi.  •
Afrika aholisi  1072 mln. kishi (2012- yil), 
siyosiy xaritasida 50 dan ortiq mamlakat bor. 
Materik shimolida  arablar  bilan  berberlar  
(yevropoid irqiga mansub) yashaydi. 
Afrikaning qolgan qismida, asosan, negroid 
irqiga tegishli aholi  {bantu, gottentot, pigmey, 
bur  va b.) yashaydi. Aholiyashaydigan 
yerlarda antropogen landshaftlar tarkib topgan.

• Hozirgi paytda Afrika tabiiy sharoitiga ko‘ra to‘rtta yirik tabiiy geografik o‘lkaga ajratiladi. Ular Shimoliy, Markaziy, Sharqiy va Janubiy Afrika deb nomlangan. • Shimoliy Afrika janubda mavsumiy nam o‘rmonlar zonasidan shimolda O‘rta dengizgacha, g‘arbda Atlantika okeani sohillaridan sharqda Efiopiya toglarining etaklarigacha bo‘lgan hududlami egallaydi. Savannah Sudan (arabcha qoralar o‘lkasi), Sahroyi Kabir va Atlas tog‘lari shu o‘lkada joylashgan. Shimoliy Afrika o‘lkasi tarkibida bir-biridan farq qiladigan uchta tabiat komplekslari bor. Bular: 1) qattiq bargli doimiy yashil o‘rmonlar va butazorlar zonasi, 2) qumli va toshloq cho‘lli Sahroyi Kabir va 3) o‘t o‘simlikka boy savannah Sudan yoki Saxel hududlaridir. Sahroyi Kabir relyefida tekisliklar ko‘p tarqalgan. Kon- tinental tropik havo massalari iqlimning shakllanishiga sabab bo‘lgan. Vohalarda hayot ancha rivojlangan. Vohalar, asosan, yerosti suvlari yaqin bo‘lgan relyefning pastroq joylarida tarkib topgan. Sahroyi Kabirdagi eng yirik va eng qadimgi voha Nil vodiysidir. Atlas tog‘lariga balandlik mintaqalari xos. Savannah Sudanda yakka daraxtlar va butalar, o‘t o‘simliklar o‘sadi.

• Markaziy Afrika Gvineya qo‘ltig‘i sohillari va Kongo havzasini qamrab oladi. Bu o‘lkada doimiy yashil nam ekvatorial o‘rmonlar va mavsumiy nam o‘rmonlar zonalarining noyob landshaftlari tarkib top gan. Landshaftlari bir necha yarusli o‘simliklar, faqat shu joylarda yashaydigan hayvonlari bilan ajralib turadi. Jumladan, qimmatbaho mebellar ishlanadigan qizil daraxt, yog‘ olinadigan palma, seyba va muskat daraxtlari, kauchuk olinadigan daraxtlar o‘sadi. Mitti pigmey qabilasi—o‘rmon odamlari, bahaybat gorilla , setse pashshasi, mitti bug‘ucha, okapi va boshqalar faqat shu hududlarda yashaydi.