logo

Afrika mamlakatlarining aholisi va ho’jaligi

Загружено в:

16.08.2023

Скачано:

0

Размер:

13163.743164062 KB
Afrika 
mamlakatlari ning  
aholisi va ho ’ jaligi   •
Afrika aholi soni bo'yicha Osiyodan keyingi qit'a hisoblanib, 2018-yil 
holatiga ko'ra, u yerda 1,3 milliardga yaqin kishi yashaydi. Bu jahon 
aholisining 17 foizini tashkil etadi.
•
Afrika davlatlari orasida aholi soni jihatidan Nigeriya alohida ajralib 
turadi. Uning aholisi, 2018-yil holatiga ko'ra, salkam 196 mln. kishiga 
teng bo'lib, bu jahon mamlakatlari orasidagi 7-o'rin hisoblanadi. 
E'tiborlisi, Nigeriya Afrika davlatlari qatorida maydoni bo'yicha 14-
o'rinda turadi, xolos.   •
Aholi soni jihatidan Nigeriyadan keyingi yetakchi 
o'rinlarni Efiopiya (107,5 mln. kishi), Misr (97 mln. kishi), 
Kongo Demokratik Respublikasi (84,3 mln. kishi), 
Tanzaniya (59,1 mln. kishi) va Janubiy Afrika Respublikasi 
(57,7 mln. kishi) kabi davlatlar egallaydi (2018-y.). •
Afrika aholisi qit'a bo'yicha notekis 
joylashgan . Bunga tabiiy omillar, 
ayniqsa, iqlim va suv resurslari 
katta ta'sir ko'rsatgan. Nil vodiysi 
va deltasi, O'rta dengiz va Gvineya 
qo'ltiqbo'yi hududlari, Sharqiy 
Afrikaning tog' oralig'idagi 
botiqlari va JARning sanoatlashgan 
rayonlarida aholi zichligi eng 
yuqori darajaga ega. Ayni paytda, 
Sahroi Kabir, Kalaxari, Namib kabi 
tropik cho'llarda aholi zichligi o'ta 
past.  •
Afrika aholisi eng yuqori sur'atlar bilan o'sayotgan qit'a 
hisoblanadi. Jahon aholisi hozirgi vaqtda o'rtacha yillik 
hisobda 1,2 % ga ko'payib borayotgan bo'lsa, Afrikada bu 
ko'rsatkich 2,6 % ni tashkil etadi. Afrikaning aksariyat 
davlatlariga tug'ilish va tabiiy ko'payishning yuqori sur'atlari, 
o'rtacha umr ko'rishning nisbatan past ko'rsatkichlari xos. Bu 
boradagi holat faqat Tunis, Marokash, Liviya, Botsvana, 
JAR, Mavrikiy va Seyshel orollari kabi ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishi birmuncha yuqori bo'lgan davlatlarda qit'adagi 
umumiy vaziyatdan farq qiladi.  Ko'rsatkichlar Afrikaning ayrim 
davlatlari Jahonning rivojlangan davlatlari
  Niger Chad Germaniya Yaponiya
1  ta  ayolga  to'gri  keladigan  o'rtacha  farzand 
soni 7,2 6,4 1,6 1,4
Aholining yillik tabiiy ko'payishi, % 3,8 3,1 -0,2 -0,3
Erkak va ayollarning o'rtacha umr E. - 59 E. - 52 E. - 78 E. - 81
ko'rishi, yosh A. - 61 A. - 54 A. - 83 A. - 87
Aholining  yosh  tarkibida  15  yoshga-  cha 
bolalar ulushi, % 50 47 13 12
Aholining  yosh  tarkibida  65  yoshdan  katta 
bo'lganlarning ulushi, % 3 2 21 28
Go'daklar  o'limi,  1000  ta  tug'ilgan  go'dakka 
nisbatan 60 72 3 2Afrikadagi ayrim davlatlar hamda Germaniya va Yaponiyaning 
demografik ko'rsatkichlari (2018-yil holatiga ko'ra) •
Afrika qit'alar orasida urbanizatsiya darajasi (43%, 2018-y.) jihatidan 
oxirgi o'rinda turadi. Shahar aholisi salmog'i, asosan, O'rta dengizbo'yi 
davlatlari, JAR, kichik orol mamlakatlari va neft sanoati rivojlangan 
davlatlarida yuqori. Niger, Ruanda, Burundi, Malavi singari davlatlarda 
esa urbanizatsiya darajasi 20 % ga ham yetmaydi.    •
Aholining irqiy, etnik va diniy tarkibi jihatidan Afrika qit'asi ikkita 
katta qismga bo'linadi. Birinchisi, Misr, Liviya, Sudan, Jazoir, Tunis, 
Marokash, Mavritaniya kabi davlatlardan iborat bo'lgan Shimoliy 
Afrika mintaqasi. Bu davlatlarda, asosan, janubiy yevropeoid irqiga 
mansub bo'lgan arab va barbarlar istiqomat qiladi, asosiy din islom 
dini hisoblanadi, aholining etnik va diniy tarkibi yaxlitliligi bilan 
ajralib turadi. Qit'adagi boshqa davlatlar esa Tropik Afrika mintaqasini 
tashkil qiladi. Bu mintaqa aholisining etnik tarkibi juda rang-barang 
bo'lib, asosan, negroid irqiga mansub yuzlab millat, elat va 
qabilalardan iborat. Dinlardan esa islom, xristianlik va turli xil 
mahalliy dinlar keng tarqalgan bo'lib, har xil davlatlarda ularning 
nisbati turlicha.    •
Afrika davlatlarining jahon xo'jaligidagi o'rni, asosan, tog'-kon sanoati va 
tropik dehqonchiligi bilan belgilanadi. Ya'ni qit'adagi davlatlar iqtisodiyotida 
ko'proq xomashyoni yetkazadigan tarmoqlar ustunlik qiladi. Buning asosiy 
sabablari ixtisoslashuvning mustamlakachilik davrida shakllanganligi, ishlab 
chiqarishning texnik va texnologik qoloqligi bilan bog'liq.  •
Nigeriya, Jazoir, Angola, Liviya, Gabon, Kongo, 
Ekvatorial Gvineya neft va tabiiy gaz, Niger va Malavi 
uran, Gvineya boksit, Zambiya va KDR mis, Marokash 
fosforit, Gana va Tanzaniya oltin, Botsvana, KDR, 
Angola, Zimbabve, Namibiya olmos, JAR esa toshko'mir, 
temir, marganes, oltin, platina, olmos kabi mineral 
resurslarni qazib olish va eksport qilish hajmi bilan ajralib 
turadi.  •
Aksariyat Afrika davlatlarining qishloq xo'jaligi uchun 
ma'lum bir ekin turining yakkahokimligi xosdir. Masalan, 
Sudan, Mali, Chad va Burkina-Fasoda asosiy ekin paxta, Kot-
d'Ivuar, Gana, Kamerunda kakao, Senegal va Gambiyada 
yeryong'oq, Efiopiya va Ugandada kofe, Keniyada esa choy 
hisoblanadi. Ko'ptarmoqli qishloq xo'jaligi JAR hamda O'rta 
dengizbo'yi davlatlarida shakllangan.   Keniya choy plantatsiyasi •
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi nuqtayi nazaridan Afrika 3 ta 
qismga bo'linadi. JAR qit'adagi davlatlar orasida iqtisodiy jihatdan 
eng qudratlisi bo'lganligi uchun alohida ajratiladi. Misr, Liviya, 
Jazoir, Tunis va Marokash kabi birmuncha yuqori darajada 
rivojlanayotgan davlatlar Shimoliy (O'rta dengizbo'yi) Afrika 
iqtisodiy geografik mintaqasini hosil qiladi. Qit'aning qolgan 
davlatlari Tropik Afrika mintaqasi tarkibiga kiradi. Tropik 
Afrikadagi 34 ta davlat BMT tomonidan jahonning eng sust 
rivojlangan davlatlar guruhiga kiritilgan.

Afrika mamlakatlari ning aholisi va ho ’ jaligi

• Afrika aholi soni bo'yicha Osiyodan keyingi qit'a hisoblanib, 2018-yil holatiga ko'ra, u yerda 1,3 milliardga yaqin kishi yashaydi. Bu jahon aholisining 17 foizini tashkil etadi. • Afrika davlatlari orasida aholi soni jihatidan Nigeriya alohida ajralib turadi. Uning aholisi, 2018-yil holatiga ko'ra, salkam 196 mln. kishiga teng bo'lib, bu jahon mamlakatlari orasidagi 7-o'rin hisoblanadi. E'tiborlisi, Nigeriya Afrika davlatlari qatorida maydoni bo'yicha 14- o'rinda turadi, xolos.

• Aholi soni jihatidan Nigeriyadan keyingi yetakchi o'rinlarni Efiopiya (107,5 mln. kishi), Misr (97 mln. kishi), Kongo Demokratik Respublikasi (84,3 mln. kishi), Tanzaniya (59,1 mln. kishi) va Janubiy Afrika Respublikasi (57,7 mln. kishi) kabi davlatlar egallaydi (2018-y.).