logo

Yevropa mamlakatlarining iqtisodiyoti

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

12975.731445312 KB
Yevropa mamlakatlarining iqtisodiyoti  Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм                   Rivojlangan davlatlar, o‘tish iqtisodiyotidagi 
                davlatlar, Yevropa Ittifoqi, xalqaro mehnat taqsimoti, 
                ixtisoslashuv, sanoat, qishloq xo‘jaligi, turizm.  Yevropa jahonda iqtisodiy va texnologik salohiyatining ulkanligi va 
serqirraligi, sanoatning yuqori darajada rivojlanganligi bilan alohida aj ralib 
turadi.  Shimoliy, G‘arbiy va Janubiy Yevropa davlatlari rivojlangan 
davlatlar blokiga mansub bo‘lsa, 
1
2
3     1990-yillarning boshida sotsialistik tuzum va rejali iqtisodiyotdan voz kechib, bozor 
iqtisodiyotini shakllantirishga kirishgan davlatlari, xususan, Yevropada joylashgan sobiq 
Ittifoq respub likalari, o‘tish iqtisodiyotidagi davlatlar sirasiga kiradi. 
4  Yevropa iqtisodiyoti uchun yuqori darajada rivojlangan integratsion 
jarayonlar katta ahamiyatga ega. Bu holat, ayniqsa yagona savdo-boj xona 
makoniga ega bo‘lgan jahondagi eng yirik integratsion uyushma hisoblangan 
Yevropa Ittifoqi (YI)ning faoliyatida namoyon bo‘lmoqda.  Yevropa Ittifoqiga 2018-yil holatiga ko‘ra, 28 ta davlat, shu jumladan, 
Osiyoda joylashgan Kipr hamda YI tarkibidan bosqichma-bosqich chiqib 
ketayotgan Buyuk Britaniya a’zodir.  Dastlab, 1950-yillarda 6 ta davlat (GFR, Fransiya, Italiya, Belgiya, 
Niderlandiya, Lyuksemburg)ni birlashtir gan holda shakllanishi boshlangan 
Yevropa Ittifoqi bir nechta kengayish to‘lqinlarini boshidan kechirdi.  YI tarkibi, ayniqsa, XXI asrning birinchi o‘n yilligi mobaynida bir qator 
sobiq sotsialistik davlatlar (Chexiya, Slovakiya, Vengriya, Latviya, Litva, 
Estoniya va boshqalar) qo‘shilishi hisobiga ancha kengaydi.  Yevropa jahon xo‘jaligida sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi, 
mahsulot va xizmatlar eksporti, xalqaro turizm rivojlanganligi bo‘yicha 
yetakchi o‘rinlarni egallaydi.  Mintaqaning iqtisodiy salohiyatini, birinchi navbatda, «Katta yettilik»ka 
kiruvchi to‘rtta davlat – Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Italiya 
belgilab beradi.  Yevropa sanoatining yetakchi tarmog‘i mashinasozlik hisoblanadi. Mazkur 
tarmoq butun sanoat mahsulotining 1/2, eksportning 2/3 qis mini 
tashkil qiladi.    Ayniqsa, avtomobilsozlik yuksak darajada rivoj langan. «Reno» (Fransiya), 
«Folksvagen», «Mersedez-Benz» (GFR), «Fiat» (Italiya), «Volvo» 
(Shvetsiya), «Tatra» (Chexiya) kabi avtomobil konsernlari mashhurdir. Yevropada sanoat tarmoqlari ichida mashinasozlikdan keyingi ikkinchi 
o‘rinda kimyo va neft-kimyo sanoati turadi. Ikkinchi jahon urushiga qadar 
kimyo sanoati, asosan, kon-kimyo xomashyosiga asoslangan holda 
rivojlangan edi.  Kaliy va osh tuzlari, oltingugurt va boshqa shu kabi xomashyodan 
foydalanilardi. Qit’ada neft va tabiiy gaz konlarining ochilishi neft-kimyo 
tarmog‘ining rivojlanishiga asos bo‘ldi.  Temza, Sena, Reyn, Elba, Rona kabi daryolarning quyilish qismlarida 
joylashgan port shaharla rida yirik neftni qayta ishlovchi markazlar barpo 
etildi. Eng yirik bunday neft-kimyo majmuasi Niderlandiyaning Rotterdam 
shahrida shakllangan.    Aksariyat Yevropa davlatlarining yoqilg‘i-energetika balansida neft va tabiiy 
gaz muhim o‘rin egallaydi. Rossiyani hisobga olmaganda, Yevro paning eng 
yirik neft-gaz sanoati rayoni Shimoliy dengiz hisoblanadi.    Ko‘pchilik Yevropa mamlakatlari neft va tabiiy gazni Rossiya, Shimo liy 
Afrika va Fors ko‘rfazidagi davlatlardan import qiladi.  Germaniya, Rossiya, Ukraina, Polsha va Chexiya davlatlarida toshko‘mir va 
qo‘ng‘ir ko‘mir qazib olinadi. Germaniya 2018-yildan ko‘mirning asosiy 
qismini Avstraliyadan import qilmoqda.   Yirik IESlarining asosiy qismi dengiz portlari va katta shaharlarda barpo 
etilgan. Dunay va uning irmoqlari, Rona, Reyn, Dnepr, Volga va boshqa 
daryolarda yirik GESlar barpo qi lingan.  Qora metallurgiya, avvalambor, temir rudasi va tosh-ko‘mir zaxiralari mavjud 
bo‘lgan Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Ispaniya, Belgiya, 
Lyuksemburg, Polsha, Chexiyada rivojlangan. 
2
1
3
4 6 7
5
8   Rangli metallurgiyaning asosiy tarmoqlari alyuminiy va mis sanoatidir. 
Alyuminiy sanoati xomashyo va elektr energiyasi bilan yaxshi ta’minlangan 
Norvegiya, Islandiya, Fransiya, Vengriya, Ruminiya mamlakatlarida 
rivojlangan. 
12
3 4
5   So‘nggi payt larda alyuminiy korxonalari, asosan, rivojlanayotgan 
mamlakatlardan olib kelinadigan xomashyoga tayanmoqda.  Mis sanoati Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Belgiya, Polsha 
hamda Bosniya va Gersogovi nada rivojlangan. 
2 13
6
45
7 Yevropada yengil sanoat o‘zining oldingi ahamiyatini birmuncha yo‘qotdi. 
Eski to‘qimachilik rayonlari hisoblanmish Buyuk Britaniyada gi Lankashir va 
Yorkshir, Polshadagi Lodz hozirgi vaqtda ham faoliyat ko‘rsatmoqda. 
Lankashir Yorkshir Lodz    Lekin so‘nggi yillarda yengil sanoat Janubiy Yevropaga ko‘chayotganligini 
ta’kidlab o‘tish lozimdir.   Ko‘p tarmoqli chorvachilik Yevropaning qator mamlakatlarida, ayniqsa 
Shimoliy va G‘arbiy Yevropa davlatlarida yuqori darajada rivojlangan bo‘lib, 
xalqaro ixtisoslashuv tarmog‘iga aylandi.    Janubiy Yevropada deh qonchilik chorvachilikdan ustun ahamiyatga ega. 
Italiya, Ispaniya, Portu	
 galiya, Gretsiya moyli (zaytun, kungaboqar) ekinlar va 
subtropik mevalarni yetishtirish bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinlarni 
egallaydi.     Yevropa turizm yuqori darajada rivojlangan mintaqa hisoblanadi. Fran siyaga 
yiliga 70 mln. dan ortiq, Italiya va Ispaniyaga 50 – 60 mln. kishi turistik 
sayohat qiladi.     Shveysariya, Portugaliya, Germaniya, Avstriya, Buyuk Britaniya, Gretsiya va 
boshqa mamlakatlar jahonning yirik turistik markazlari hisoblanadi.        © Foydalanilgan adabiyotlar:
•
A. AbduQayyumov, I. Safarov, M. Tillaboyeva, V. Fedorko  – 
Geografiya (Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi), umumiy 
o‘rta ta’lim maktablarining 9- sinf o‘quvchilari uchun darslik, 
Toshkent – “O‘zbekiston” – 2019

Yevropa mamlakatlarining iqtisodiyoti Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм

Rivojlangan davlatlar, o‘tish iqtisodiyotidagi davlatlar, Yevropa Ittifoqi, xalqaro mehnat taqsimoti, ixtisoslashuv, sanoat, qishloq xo‘jaligi, turizm.

Yevropa jahonda iqtisodiy va texnologik salohiyatining ulkanligi va serqirraligi, sanoatning yuqori darajada rivojlanganligi bilan alohida aj ralib turadi.

Shimoliy, G‘arbiy va Janubiy Yevropa davlatlari rivojlangan davlatlar blokiga mansub bo‘lsa, 1 2 3

1990-yillarning boshida sotsialistik tuzum va rejali iqtisodiyotdan voz kechib, bozor iqtisodiyotini shakllantirishga kirishgan davlatlari, xususan, Yevropada joylashgan sobiq Ittifoq respub likalari, o‘tish iqtisodiyotidagi davlatlar sirasiga kiradi. 4