Agroekosistemalarning umumiy tavsifi. Agroekosistemalarning energiya sarfi, funksiyalari va biologik mahsuldorligi. Agroekosistema landshaftlarining tashkil etilishi va ulardagi asosiy komponentlar
Mavzu: Agroekosistema larning umumiy tavsifi. Agroekosistema larning energiya sarfi, funksiyalari va biologik mahsuldorligi. Agroekosistema landshaftlarining tashkil etilishi va ulardagi asosiy komponentlar . Agroekosistemalarda organizmlaring o`zaro munosabatlari bo`yicha masalalar tuzish .
Reja: 1. Agroekosistema larning umumiy tavsifi. 2. Agroekosistema larning energiya sarfi, funksiyalari va biologik mahsuldorligi. 3. Agroekosistema landshaftlarining tashkil etilishi va ulardagi asosiy komponentlar . 4. Agroekosistemalarda organizmlaring o`zaro munosabatlari bo`yicha masalalar tuzish .
Agroekosistemalar (yunoncha – «agros» – dala) insonning qishloq xo‘jaligi sohasidagi faoliyati natijasida yuzaga keladigan sun’iy ekosistemalardir. Bularga dalalar, bog‘lar, tokzorlar, tomorqalar misol bo‘ladi. Agroekosistemalar agrosenozlar deb ham ataladi. Agrosenoz – bu qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini olishda foydalaniladigan sun’iy biogeotsenozlardir. Ular doimiy ravishda insonlar tomonidan boshqariladi, ular bir yoki bir necha hayvon zotlari va o‘simlik navlarining yuqori hosildorligi bilan ta’riflanadi. Urbanoekosistemadan farq qilib, agroekosistemalarning asosiy qismini avtotrof organizmlar – o‘simliklar tashkil etadi. Agroekosistemalar faqatgina quyosh energiyasidan foydalanadigan tabiiy ekosistemalardan farq qiladi.
Bu ekosistemalarda o‘g‘itlash va sug‘orish ishlari amalga oshiriladi. Agroekosistemalar kerakli mahsulotlarni yetishtirib beradi, mazkur mahsulotlarni tovarga aylantiradi va iqtisodiyot rivojiga zamin tayyorlaydi. Agroekosistemalarning hosildorligini oshirish uchun ko‘p miqdorda yoqilg‘i, kimyoviy moddalar, texnikadan foydalanish uchun energiya sarflanadi. Ba’zan sarflanayotgan energiya miqdori yetishtirilayotgan mahsulot miqdoridan ortib ketadi. Bu esa iqtisodiy tanglik holatida agroekosis temalarning rentabelligini tushirib yuboradi. Sun’iy yaratilgan ekosistemalar inson tomonidan doimiy nazoratni talab etadi. Faqat ayrim turdan iborat maxsus ekosistemadan (masalan, g‘o‘zadan) vaqtinchalik iqtisodiy foyda olish mumkin. Ammo juda katta maydonlardagi g‘o‘za monokulturasi tuproq strukturasining buzilishiga, uning sho‘rlanishiga, zararkunandalarning ko‘payishiga va natijada ekosistemaning buzilishiga olib keladi. Almashlab ekishni qo‘llash, ekologik jamoaga qo‘shimcha tarkibiy qismlarni, masalan, biologik kurashda ishtirok etadigan organizmlar – entomofag (hasharotxo‘r), changlantiruvchi asalarilarni qo‘shish, ekologik sistemaning stabillashuviga yordam beradi.
Agrofitotsenozlar sun`iy fitotsenoz deb qaraladi va uning tabiiy fitotsenozlarga o`xshash tomonlari va farqlari bor O`xshashlik tomonlari quyidagilar: 1. Har ikki jamoada ham quyosh energiyasi avtotrof organizmlar tomonidan o`zlashtiriladi; 2. Tabiiy va sun`iy jamoalarning turlar o`rtasida o`zaro aloqa munosabatlari mavjud; 3. Begona o`tlarning turlar tarkibi, tabiiy jamoalarningturlartarkibi ham tashqi muhit shar oitlari bilan belgilanadi va ular barqaror (almas hlab ekishning ba`zi bosqichlarida o`zgarsa ham) guruh sifatida ishtirok etadi; 4. ekinlar orasida o`sadigan turlar va tabiiy tsenozlardagiturlar uchun hamqonuniy ravishda almashinadigan fenologik fazalar xarakterlidir. Farqlari esa quyidagilardan iborat: 1. Miqdoriy ko`rsatkichi bilan; 2.Dominantlar agrofitotsenozlardainson tom onidan kiritilai va boshqariladi; 3.Tabiiy jamoalardaturlarni turli strategik ti plarga ajratish mumkin; 4. Agrofitotsenozlardagi begona o`tlar keng ekologik amplitudadagi va kosmopolit orga nizmlardir; 5. Agrofitotsenozdagi madaniy o`simlik populyatsiyasi ma`lum bir navga tegishli bo`lgani uchun yaxshi differentsiallashmagan