Don- dukkakli ekinlarni umumiy tavsifi. No’xat ekini
DON- DUKKAKLI EKINLARNI UMUMIY TAVSIFI. NO’XAT EKINI
Reja: 1. Dukkakli ekinlarni xalq xo ’ jaligidagi a h amiyati va tar q alishi 2. No ’ xatning a h amiyati, biologiyasi. 3. No ’ xatning yetishtirish texnologiyasi. 4. Soyaning xalq xo ’ jaligidagi a h amiyati, tar q alishi, xosildorligi 5. Sistematikasi, biologik xususiyati, navlari 6. Soyani yetishtirish texnologiyasi
Dukkakli - don ekinlari dukkakdoshlar oilasiga mansub bo ’ lib, bu guruxga no ’ xat, yasmiq, k o’ k no ’ xat, soya, loviya, mosh, vika, oddiy no ’ xat va lyupin o ’ simliklari kiradi. Dukkakli don ekinlarining eng avvalo, doni poyasi va barglari tarkibidagi oqsil miqdori ko ’ pligi bilan xarakterlanadi. Bu ekinlarni ko ’ pchiligini donini tarkibida 20-30% oqsil bor. Bu g ’ alla ekinlari donidagi oqsilga q araganda 2-3 marta ko ’ pdir. Bu ekinlarning donini tarkibida A, V, V2, S, D, YE, RR va boshqa vitaminlar bor. Bu ularning oziq-ovqatlik va yem-xashaklik qimmatini yanada oshiradi. Bu dukkakli ekin donidan tash q ari, poyasidan to ’ yimli pichan, silos, xashaki un tayyorlanadi.
Dunyo dexqonchilikda dukkakli don ekinlari 135 mln.gektar atrofida ekiladi. Dukkakli don ekinlari Xindiston, Xitoy va Amerikada keng tar q algan. Respublikamizda dukkakli don ekinlari 1998 yili 22,2 mingga atrofida ekildi. O’ zbekistonda ko ’ pro q mosh, soya, oddiy no ’ xat loviya ekiladi. No ’ xat qimmatli oziq-ovqat va xashaki o ’ simlikdir. Uning doni tarkibida O ’ rtacha 19-30% oqsil, 4-7% moy, 46-60%. kraxmal, V.vitamin, turli mineral tuzlar va ovqat xazm q ilishga yordam beradigan eng muxim aminokislotalar br.
No ’ xat dunyo bo ’ yicha 10 mln.ga dan orti q ro q yerga ekiladi. O’ zbekistonda 2 ming.ga orti q ro q yerga maxalliy no ’ xat ekiladi, xosildorligi O ’ rtacha lalmi yerlarda 8-10 s.gani, sug ’ oriladigan yerlarda 30-32 s.gani tashqil etadi. No ’ xat Cicer arietinum l. Avlodiga mansub bo ’ lib, issiq sevar o ’ simliklarga kiradi, biro q dastlabki paytlarda u issiqni kam talab qiladi.Urug ’ i 3-4°S da unib chiqa boshlaydi, 8°S da 9-10 kuni maysa chiqaradi. No‘xat maysa chiqargandan keyin, ayni q a, gullash va xosil tugish davrida issiqni ko ’ p talab qiladi. Bu davrda o ’ simlik normal rivojlanishi uchun xarorat 20°S bo ’ lishi kerak. No ’ xatni maysalari yirik bo ’ lib 10-11°S sovu q ga chidaydi, voyaga yetgan o ’ simliklar 8°S sovu q ga chidaydi. Qurg ’ oqchilikka chidamli, namgarchilik ko ’ p bo ’ lganda askaxitoz kasalligi bilan zararlanadi.