Ahmad Taroziyning Funun ul-balog‘a asari haqida ma‘lumot
Mavzu:Ahmad Taroziyning "Funun ul- balog ‘ a"asari haqida ma ‘ lumot
Turkiy she'rshunoslik sohasida Shayx Ahmad Taroziyning «Funun ul- balog'a» risolasi muhim ahamiyatga EGA bo'lib, u o'zbek tilida yaratilgan ilk nazariy manbadir
Shayx Ahmad Taroziyning ―Funun ul-balog’a‖ risolasi adabiyotimiz tarixida muhim ahamiyatga ega. Turkiy mumtoz she‘rshunoslik, umuman, adabiyotshunoslikni o’rganish borasida bu asar eng avvalgisi va eng asosiysi sanaladi.
Funun ul-balog’adan oldin ham bu soha bo’yicha o’nlab risolalar yaratilgan edi, biroq ularning barchasi yo arabiy, yo forsiy tillarda edi. Taroziy risolasi esa shu tipdagi risolalarning turkiydagi dastlabkisi bo’ldi va o’zidan keyin o’zbek tilida yaratilgan adabiyotshunoslikka oid har qanday ilmiy asar uchun asos vazifasini o’tadi.
adabiyotshunosligimiz tarixida ―Funun ul-balog’a‖ deyarli o’rganilmagan. Ba‘zi olimlarimiz yo’l- yo’lakay ma‘lumot o’rnida bir necha maqolalar e‘lon qilishgan xolos. Asar to’laligicha ilmiy tadqiq etilmagan.Funun ul-balog’a‖ asari mumtoz poetikamizdagi ba‘zi muammoli masalalarga ham oydinlik kiritishi nuqtayi nazaridan qimmatlidir.