logo

Said Ahmad

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

509.1376953125 KB
Mavzu: Said Ahmad
Reja:
•
1. Said Ahmad hayoti
•
2. Said Ahmad ijodi 
•
3. Uning asarlari haqida
•
Foydalanilgan adabiyotlar SAID AHMAD
(1920-2007) Said  Ahmad  Mashhur  o’zbek  adibi  Said 
Ahmad  (Saidahmad  Husanxo’jaev)  1920 
yilning  10  iyunida  Toshkent  shahrining 
«Samarqand  darvoza»  mahallasida 
tug’ilgan.Uning  bolaligi  Abdulla  Qodiriy, 
  Elbek,  Oybek,  G’afur  G’ulom  singari 
adiblar davrasida o’tdi.  Tabiatan qiziquvchan, tinib-tinchimas 
Said Ahmad adabiyotga kirib kelguncha 
juda ko’p sohalarda o’zini sinab ko’rdi: 
agitplakatlar yozdi, artist bo’lishga urinib 
ko’rdi, doktorlik maktabida o’qidi, qurilish 
texnikumida tahsil oldi, rassomlik maktabiga 
qatnadi, mashhur fotochi Rensonga shogird 
tushdi, gazetalarga xabarlar yozdi. U ishlagan 
joy lar
« Musht um»  
oy nomasida Radio k omit et ida 
(1942—1943)
O’zbek ist on 
Yozuv chilari uy ushmasi « Sharq y ulduzi»  
oy nomasida (1948—
1950) « Qizil O’zbek ist on»  
ro‘znomasi                               U Nizomiy nomidagi pedinstitutda bir 
muddat o’qigach, 1941 yilda «Mushtum» 
jurnalida ishladi. 1942—1943 yillarda 
respublika radiosida, 1943—1947 yillarda 
«Qizil O’zbekiston» gazetasida, 1948—1950 
yillarda «Sharq yulduzi» jurnalida mehnat 
qildi. 50-yillar boshida millatchi sifatida bir 
necha yil qamalib ham chiqdi.  Milliy istiqlol yo’lidagi xizmatlari uchun 
Said Ahmad 1999 yilda O’zbekiston 
Qahramoni unvoniga sazovor bo’lgan.
Said Ahmad hikoyanavis sifatida 
tanilgan. Uning «Cho’l burguti», 
«Lochin», «Bo’ston», «To’yboshi», 
«Jimjitlik», «Turnalar», «Hayqiriq», 
«Alla», «Muhabbatning tug’ilishi»,  «Qorako’z Majnun» singari o’nlab 
hikoyalarida sadoqat, mehr, 
odamgarchilik, ishonch, e’tiqod singari 
ma’naviy qadriyatlar ta’sirchan aks 
ettirilgan. Adib hikoyalarida inson 
ruhiyati tovlanishlarini ko’rsatishga 
katta e’tibor berganligi uchun ham 
bitganlari zavq bilan o’qiladi va u 
prozaning shoiri hisoblanadi.   Uning hik oy alari
« Tort iq»  (1940) « Er y urak »  (1942)
« X azina»« Farg’ona hik oy alari»  (1948)
« Muhabbat »  (1949)
« Hay qi riq»
« Rahmat  azizlarim»                                         Yozuvchi hajviy hikoyalar yaratish 
bo’yicha Qahhor an’analarini davom 
ettirgan ijodkordir. Uning «Sobiq», 
«Qoplon», «O’rik domla», «Mening 
do’stim Babbaev», «Muzey», «Bo’ri ovi», 
«Xandonpista» kabi ko’plab 
hajviyalarida inson tabiatidagi qusurlar 
badiiy tadqiq etiladi.   Uning asarlari
« Cho‘l burgut i» « O’rik  domla»
« Bo‘st on» « Lochin» « Odam v a bo‘ri»
« To‘y  boshi»
« Rahmat  azizlarim» « Tog‘ afsonasi»
« Zumrad» « Muhabbat ning t ug’ilishi»
« Ko‘zl aringda o‘t  bor edi» « Poy qadam»
« All a» « Iqbol  chiroqlari »                                                                            Said  Ahmad  hajviy  so’z  jilolarini  nozik 
payqaydi  va  undan  mohirona  foydalanadi.
Said  Ahmad  nasrning  deyarli  barcha  janrla-
rida  qalam  tebratadi.  Uning  qishloq  mavzu-
sidagi  «Qadrdon  dalalar»  (1949),  «Hukm» 
(1958)  qissalari,  chalkash  insoniy  taqdirlar 
mahorat  bilan  aks  ettirilgan  «Qirq  besh 
kun»  (1974)  «Hijron  kunlari»  (1964),  «Ufq 
bo’sag’asida»  (1969)  romanlaridan  iborat 
«Ufq» trilogiyasi,  Inson  qismati  turg’unlik  davri  qabohatlari 
fonida  tasvirlangan  «Jimjitlik»  (1988) 
romani,  Bolalar  hayoti  ifodalangan 
«Sherzod  va  Gulshod»  (1945),  dunyoning 
yetti  burchiga  yoyilgan  «Kelinlar  qo’zg’o-
loni»  (1976),  yolg’iz  mo’ysafid  ruhiy  izti-
roblari  aks  ettirilgan  «Kuyov»  (1986) 
singari  sahna  asarlari  adibning  katta 
ijodiy  imkoniyatlaridan  dalolatdir.
  Uning 
hajviy alari
« X ank a bilan 
Tank a» « Lampa shisha»                Uning 
t arjimalari
, B. Polev oy A. Musat ov
O. Gonchar kabi yozuvchilarni 
asarlarini tarjima qilgan                          E’tiboringiz uchun RAHMAT!!!

Mavzu: Said Ahmad Reja: • 1. Said Ahmad hayoti • 2. Said Ahmad ijodi • 3. Uning asarlari haqida • Foydalanilgan adabiyotlar

SAID AHMAD (1920-2007)

Said Ahmad Mashhur o’zbek adibi Said Ahmad (Saidahmad Husanxo’jaev) 1920 yilning 10 iyunida Toshkent shahrining «Samarqand darvoza» mahallasida tug’ilgan.Uning bolaligi Abdulla Qodiriy, Elbek, Oybek, G’afur G’ulom singari adiblar davrasida o’tdi.

Tabiatan qiziquvchan, tinib-tinchimas Said Ahmad adabiyotga kirib kelguncha juda ko’p sohalarda o’zini sinab ko’rdi: agitplakatlar yozdi, artist bo’lishga urinib ko’rdi, doktorlik maktabida o’qidi, qurilish texnikumida tahsil oldi, rassomlik maktabiga qatnadi, mashhur fotochi Rensonga shogird tushdi, gazetalarga xabarlar yozdi.

U ishlagan joy lar « Musht um» oy nomasida Radio k omit et ida (1942—1943) O’zbek ist on Yozuv chilari uy ushmasi « Sharq y ulduzi» oy nomasida (1948— 1950) « Qizil O’zbek ist on» ro‘znomasi