ALEKSANDR SERGEYEVICH PUSHKIN
ALEKSANDR SERGEYEVICH PUSHKIN (1799-1837)
• 1799- yilning 6- iyunida Moskva shahrining Nemislar ko‘chasida yashovchi qadimiy dvoryanlardan bo‘lmish iste’fodagi mayor Sergey Pushkin oilasida tug‘ildi. A.S.Pushkinning ota-onasi
• Aleksandr Pushkinning hayotidagi hal qiluvchi voqea uning 1811- yilning 19- oktabrida Rossiya poytaxti Sankt Peterburg yaqinidagi Sarskoye selo imperatorlik litseyiga qabul etilganligi bo‘ldi. • Bu yerda bo‘lajak shoir ijodkorlik muhiti va erkin fikr bilan tanishdi hamda Ivan Pushin, Anton Delvig, Vilgelm Kyuxelbeker singari bir umrlik chin do‘stlar orttirdi.
• Yosh shoirning dastlabki she’ri 1814- yilda litseyda chiqadigan «Ovrupo xabarlari» jurnalida chop etildi. Litseyda o‘qib yurganidayoq Pushkinning tengsiz iste’dod egasi ekanligi ayon bo‘lgandi. • O‘limidan ikki yil oldin litseydagi imtihonlarning birida qatnashgan keksa Derjavin Pushkinning she’rini eshitgach, uning buyuk shoir bo‘lajagini bashorat qiladi.Ilk she’r