AMIR TEMURNING SHAHARLAR QURISHIGA OID SIYODATI
AMIR TEMURNING SHAHARLAR QURISHIGA OID SIYODATI
«Qudratimizni ko’rmoq istasang- binolarimizga boq!»
O’rta Osiyo zaminida temuriylar davri ilm-fan, adabiyot, san’at sohlarida kamolot bosqichiga ko’tarildi. Т emuriylar davlatining qudrati ayniqsa me’morchilikda namoyon bo’ldi. Oqsaroy peshtoqida bitilgan «Qudratimizni ko’rmoq istasang- binolarimizga boq!» degan yozuv Т emur davlatining siyosiy vazifasini ham anglatar edi. Т emur davrida Movarounnahr shaharlari qurilishida istehkomlar, shoh ko’chalar, me’moriy majmualar keng ko’lam kasb etadi. Ilk o’rta asrlardagi shaharning asosiy qismi bo’lgan «Shahriston»dan ko’lam va mazmuni bilan farq qiluvchi «hisor» qurilishini Samarqand va Shahrisabzda kuzatish mumkin. Т emur davrida Kesh shahar qurilishi yakunlandi. «Hisor»ning janubi-g’arbida hukumat saroyi Oqsaroy va atrofida rabotlar, bog’-rog’lar qurildi.