logo

ANDIJON VILOYATI

Загружено в:

16.08.2023

Скачано:

0

Размер:

8835.40234375 KB
AN DI J ON  VILOYATI Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм  1-ilovadagi jadvaldan viloyat aholisining soni va maydonini 
aniqlang.
  Tumanlari va ularning 
markazlari
1. Andijon - Andijon
2. Asaka - Asaka
3. Baliqchi - Baliqchi
4. Buloqboshi - Buloqboshi
5. Bo‘ston (Bo‘z) – Bo‘z
6. Izboskan – Poytug‘
7. Jalaquduq - Jalaquduq
8. Marhamat - Marhamat
9. Oltinko‘l – Oltinko‘l
10. Paxtaobod - Paxtaobod
11. Qo‘rg‘ontepa – 
       Qo‘rg‘ontepa
12. Ulug‘nor - Oqoltin
13. Xo‘jaobod - Xo‘jaobod
14. Shahrixon - Shahrixon       Andijon viloyati 
mamlakatning eng 
sharqiy viloyatidir. 
Viloyatning g‘arbi 
tekislik, sharqi qir-
adirlardan iborat 
bo‘lib, tog‘ 
tizmalariga 
tutashgan.   Qishloq xo‘jaligining asosiy  t armoqlari:  paxtachilik, 
donchilik, sabzavotchilik, bog‘dorchilik, uzumchilik, 
go‘sht-sut chorvachiligi, ipakchilik.      Sanoat ning asosiy  t armoqlari:  mashinasozlik, avtomo- 
bilsozlik, elektroenergetika, yengil sanoat, oziq-ovqat 
sanoati.   Viloyat  qishloq 
xo‘jaligi  rivojlangan 
(101-rasm). 
O‘zlashtiriladigan 
yerlar deyarli 
qolmagan. 
Paxtaning yalpi 
hosili faqat 
hosildorlikni 
ko‘tarish hisobiga 
oshirilmoqda.    Sabzavot, kartoshka 
va poliz ekinlari, 
asosan, sha-harlar 
atrofida yetishtiriladi. 
Qishloq xo‘jaligida 
bog‘dorchilik 
salmoqli   o‘rin tutadi.    Bog‘ va tokzorlar adirlar hisobiga kengaymoqda. 
Ixtisoslashgan bog‘dorchilik xo‘jaliklari bor.   Chorvachiligida qo‘y va echkilarning salmog‘i katta. 
Qoramol, asosan, sut va go‘sht uchun boqiladi. 
Pillachilik viloyat xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega.    Viloyatda  sanoat   ham yuqori darajada rivojlangan 
bo‘lib, unda 160 dan ortiq sanoat korxonalari mavjud.    Korxonalar orasida Asaka avtomobil zavodi, Andijon 
avtomobil o‘rindiqlari zavodi, irrigatsiya mashinasozligi
zavodi,   «Semurg‘» trikotaj aksiyadorlik 
birlashmasi yirik korxonalar hisoblanadi. 
1
3 2
4       Korxonalar, 
asosan, Andijon 
sanoat tugunida 
joylashgan. Viloyat 
elektr energiyani  
iqtisodiy geografik 
rayonning 
birlashgan 
energetika 
tizimidan oladi.     
Kampirravot  (Andijon)  suv omborida quvvati 
100 ming kilovattli GES qurilgan.   Andijon 
mamlakatda ilk 
neft olingan 
markazlardan 
biridir. Neft quvur 
orqali Farg‘ona 
viloyatidagi neftni 
qayta ishlash 
zavodlariga 
yuboriladi.    Xo‘jaobodda mamlakatimizdagi eng yirik yerosti 
gaz ombori barpo etilgan. Undagi gazdan 
Andijon va Asaka shaharlariga ham yetkazib 
beriladi    (102-rasm).   Shaharlari. 
Shaharlar:
  1. Andijon 
  2. Asaka
  3. Jalaquduq
  4. Marhamat
  5. Paxtaobod
  6. Poytug‘
  7. Qorasuv
  8. Qo‘rg‘ontepa
  9. Xonobod
  10. Xo‘jaobod
  11. Shahrixon        A ndijon   obikor 
dehqonchilik 
markazida joylashgan. 
Neft, gaz va binokorlik 
materiallari konlari 
shaharning shundoq 
yonida. Shaharda 
og‘ir, yengil hamda 
oziq-ovqat sanoatiga 
tegishli 40 taga yaqin 
korxona ishlab 
turibdi.    Ulardan paxta zavodi, to‘qimachilik hamda trikotaj 
fabrikalari mamlakat miqyosidagi yirik korxonalar 
hisoblanadi. Shoyi to‘qish korxonalari viloyat pillakorlari 
tomonidan pilla bilan ta’minlab turiladi.    Shaharda Andijon davlat universiteti, tibbiyot, 
qishloq xo‘jalik, mashinasozlik institutlari bor.    Ko‘plab teatrlar, kutubxonalar, sport 
maydonchalari, istirohat va botanika bog‘lari 
mavjud.    Boburiylar davrida ham Andijon xo‘jaligi, ilm- ma’rifati 
va madaniyati o‘z davriga nisbatan ravnaq topgan 
shahar bo‘lgan. Bobur bu haqda «Boburnoma» asarida 
yozib qoldirgan.   A sak a   mamlakatning avtomobilsozlik 
markazidir. Bu yerda «Lacetti»,   «Chevrolet 
Tracker», «Chevrolet Captiva», «Malibu», 
«Сobolt» rusumli yangi avtomashinalarni ham 
ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi (103-rasm).     Asaka shahri Shahrixonsoy daryosi oqib chiqadigan 
adirlik etagida joylashgan. Shaharni paxta dalalari, 
bog‘lar, tokzorlar o‘rab olgan.    Shaharda avtomobil zavodidan tashqari, paxta-moy 
zavodlari, yengil va oziq-ovqat sanoatining boshqa 
korxonalari, shisha   va   kislorod   zavodlari,   binokor- 
lik materiallari ishlab chiqaradigan korxonalar bor. 
Tibbiyot kislorod zavodi    Ko‘pgina madaniy- 
ma’rifiy muassasalar 
ishlab turibdi. 
Shahar Andijon, 
Farg‘ona va 
Marg‘ilon 
yo‘nalishidagi yo‘llar 
ustida joylashgan.     Foydalanilgan adabiyotlar:
•
P. Musayev, J. Musayev – Geogragfiya (O‘zbekiston 
ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi) – umumiy o‘rta ta’lim 
maktablarining 8-sinfi uchun darslik – “Sharq” 
nashriyoti – Toshkent – 2019 /  www.eduportal.uz

AN DI J ON VILOYATI Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм

1-ilovadagi jadvaldan viloyat aholisining soni va maydonini aniqlang. Tumanlari va ularning markazlari 1. Andijon - Andijon 2. Asaka - Asaka 3. Baliqchi - Baliqchi 4. Buloqboshi - Buloqboshi 5. Bo‘ston (Bo‘z) – Bo‘z 6. Izboskan – Poytug‘ 7. Jalaquduq - Jalaquduq 8. Marhamat - Marhamat 9. Oltinko‘l – Oltinko‘l 10. Paxtaobod - Paxtaobod 11. Qo‘rg‘ontepa – Qo‘rg‘ontepa 12. Ulug‘nor - Oqoltin 13. Xo‘jaobod - Xo‘jaobod 14. Shahrixon - Shahrixon

Andijon viloyati mamlakatning eng sharqiy viloyatidir. Viloyatning g‘arbi tekislik, sharqi qir- adirlardan iborat bo‘lib, tog‘ tizmalariga tutashgan.

Qishloq xo‘jaligining asosiy t armoqlari: paxtachilik, donchilik, sabzavotchilik, bog‘dorchilik, uzumchilik, go‘sht-sut chorvachiligi, ipakchilik.

Sanoat ning asosiy t armoqlari: mashinasozlik, avtomo- bilsozlik, elektroenergetika, yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati.