logo

Samarqand viloyati

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

14218.567382812 KB
Samarqand  viloyati   Iqtisodiy geografik o‘rni va tabiiy boyliklari.
•
Bu viloyat O‘zbekistonning markaziy qismida joylashgan. Aholi soni 
hamda yalpi sanoat mahsuloti bo‘yicha Samarqand viloyati 
mamlakatimizda yetakchi o‘rinlardan birida turadi (o‘quv atlasdan 
mazkur viloyatning chegaralarini aniqlang). Tabiiy geografik o‘rniga 
ko‘ra Zarafshon vodiysining o‘rta qismiga to‘g‘ri keladi, uch 
tomondan Nurota, Turkiston va Zarafshon tizma tog‘lari bilan 
o‘ralgan. Tog‘ tizmalari shimoldan esadigan sovuq havo oqimini 
birmuncha to‘sadi. Yog‘in ko‘proq (250—800 mm) yog‘adi. Sho‘rxok 
maydonlar deyarli yo‘q. Bo‘z va o‘tloq-alluvial tuproqli yerlar 
kattagina maydonni tashkil etadi.   •
Viloyat hududidan oqib o‘tuvchi Zarafshon daryosi suvni muz va 
qorlardan oladi. Shunga ko‘ra Zarafshon daryosi sug‘orishga ehtiyoj 
katta bo‘lgan yoz oylarida to‘lib oqadi. Suvdan yanada samarali 
foydalanishni ko‘zlab, daryoning o‘rta oqimida Kattaqo‘rg‘on suv 
ombori barpo etilgan. Shu bilan birga Eski Anhor kanali orqali 
Zarafshon suvi (Darg‘om kanalidan) Qashqadaryo viloyatiga 
oqizilmoqda. Xullas, suvdan xo‘jalikda to‘la foydalanish bo‘yicha 
O‘rta Osiyoning bironta daryosi Zarafshonga tenglasha olmaydi. 
Uning 90 foiz suvi sug‘orishga sarflanadi.  •
Adirlar qisman haydalgan, unga g‘alla ekiladi. Tog‘larda yog‘ingarchilik 
yetarliligidan o‘tloqlar ham ko‘p. Chorva yozda shu yerlarda boqiladi. 
O‘simliklarning o‘sish davri cho‘l bilan adirda bir vaqtga to‘g‘ri 
kelmasligidan qorako‘l qo‘ylarini yil bo‘yi yaylovda boqish mumkin. 
Viloyatning tabiiy sharoiti mevali daraxtlar o‘stirish uchun ham qulay. Bu 
yerda shirindan shakar gilos, o‘rik, shaftoli erta pishadi.  •
Viloyatda mineral boyliklar ham ko‘p. Bu yerda 
nodir metallar, binokorlik materiallari (marmar, 
ohak, granit, mergel, grafit), mineral bo‘yoqlar, 
asbest konlari topilgan . Xullas, viloyatning 
yuksalishida uning tabiiy va iqtisodiy geografik 
o‘rnidagi qulayliklar qatori tabiiy sharoiti va 
boyliklari ham talay imkoniyatlar yaratadi. •
Aholisi.  Viloyat aholisining 3/5 qismi qishloqda yashaydi. Butun aholi 
sonida mehnatga yaroqli kishilar salmog‘i mamlakatdagi o‘rtacha 
ko‘rsatkichdan kam bo‘lsada, lekin ishchi kuchlari iqtisodiyotni 
yuksaltirish uchun keragicha topiladi. Tabiiy sharoit va xo‘jalik 
yuritishdagi tafovutlarga muvofiq aholi joylashuvida ham tafovut 
yaqqol ko‘zga tashlanadi. Inson faoliyati uchun eng qulay Zarafshon 
vodiysida aholi nihoyatda zich yashaydi. Bu yerlarda har bir kv. km ga 
250 va undan ortiq kishi to‘g‘ri keladi. Adirlarda va tog‘larda har bir 
kv. km ga 15—20 kishi to‘g‘ri keladi.  •
Qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari: donchilik, paxtachilik, 
bog‘dorchilik, uzumchilik, go‘sht-sut chorvachiligi, qorako‘lchilik, 
ipakchilik. 
•
Sanoatning asosiy tarmoqlari: rangli metallurgiya, i mashinasozlik 
(avtomobilsozlik), yengil va oziq-ovqat.
•
Xo‘jaligi. Samarqand viloyati hududida aholi qadimdan obikor 
dehqonchilik bilan shug‘ullanib kelgan. Dehqonchilik bilan birga 
savdo va hunarmandchilik ham taraqqiy etgan.   Sanoati
•
Viloyatda sanoat yetakchilik qiladi. Og‘ir sanoat tarmoqlaridan mashinasozlik 
va metallsozlik, kimyo tez rivojlanmoqda. Samarqand shahrida 1999-yilda 
yuk tashish va sayyohlarga xizmat ko‘rsatadigan 4 turdagi mashinalarni 
ishlab chiqaruvchi «SamKochavto» zavodi ish boshlagan edi.
•
Hozirda mazkur zavod «SamAvto» deb ataladi. Samarqanddagi «SamAvto» 
zavodida «Isuzu» rusumli mikroavtobuslar hamda yuk avtomashinalari ishlab 
chiqarilmoqda.
•
Yengil sanoatning 50 ga yaqin korxonasi ishlab turibdi. Oziq-ovqat sanoati 
mahalliy xomashyolardan konserva va sharob, o‘simlik moyi, tamaki, sut va 
go‘sht, qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqaradi.  •
Samarqand hududiy ishlab chiqarish majmuyida qishloq xo‘jalik alohida 
o‘rin tutadi . Dehqonchilik qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotining 75 foizini 
beradi. Dehqonchilikning yetakchi tarmog‘i bu rayonda ham paxtachilik va 
g‘allachilikdir. Boshqa texnik ekinlardan tamaki, kunjut, zig‘ir va safsar 
(maxsar) yetishtiriladi. Urgut tumani tamaki yetishtirishga ixtisoslashgan. 
Bahorikor yerlarda bug‘doy va arpa ekiladi. Bog‘dorchilik va uzumchilik 
tarmoqlari yuksak taraqqiy etgan. Shaharlar atrofidagi xo‘jaliklarda, 
aholining tomorqa yerlarida ko‘plab turli xil sabzavot va poliz ekinlari 
yetishtiriladi.  •
Bu viloyatda mevali daraxtzorlar va tokzorlar ko‘p. Chorvachilik 
agrosanoat majmuyining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Qoramollar 
soni jihatidan viloyat mamlakatda birinchi o‘rinni egallaydi, 
qorako‘lchilikda esa uchinchi o‘rinda turadi. Bu yerda qorako‘lchilikni 
rivojlantirish choralarini tadqiq etuvchi ilmiy tadqiqot instituti bor.  Transporti
•
Samarqand viloyati hududidan ikkita temiryo‘l o‘tadi. Toshkent—
Turkmanboshi, Toshkent—Dushanbe temiryo‘lida, asosan, tranzit yuklar 
tashiladi. Viloyatda avtomobil yo‘llari ko‘p, ular orqali temiryo‘lga va bir 
viloyatdan boshqa viloyatga yuklar tashiladi. Havo transporti mamlakatning 
barcha yirik shaharlarini hamda xorijiy davlatlarni bog‘laydi. Quvur 
transporti va elektr uzatkich liniyalari ko‘p tarmoqli. Rossiyaga paxta tolasi, 
paxta moyi, ho‘l meva, uzum, mayiz va qorako‘l terilari yuboriladi. Mineral 
o‘g‘it, tamaki, choy, poyabzal, shoyi va boshqa iste'mol mollari barcha 
qo‘shni viloyatlarga va O‘rta Osiyo davlatlariga ham chiqariladi. Viloyat, 
asosan, yog‘och-taxta, g‘alla, shakarqand, mashinalar, ko‘mir, neft, neft 
mahsulotlari hamda keng iste'mol mollari oladi.  •
Viloyatda Samarqand, Kattaqo‘rg‘on sanoat tugunlari tarkib 
topgan. Shaharlari. Samarqand Zarafshon daryosining o‘rta 
qismida joylashgan.
•
Samarqand dunyodagi juda qadimiy shaharlardan hisoblanadi. 
Arxeologik izlanishlar natijasida shaharning yoshi 2750 da 
ekanligi aniqlangan.  •
XIV-XV asrlarda Movarounnahrning ilmiy tafakkur markazi bo‘lgan. 
Geografik o‘rnining qulayligidan Samarqand o‘rta asrlarda O‘rta 
Osiyoning muhim savdo markazlaridan biriga aylandi. Hindiston, 
Eron va Sharqiy Yevropa mamlakatlari bilan olib borilgan savdo 
aloqalari shaharning iqtisodiy hamda madaniy jihatdan yuksalishiga 
ta'sir ko‘rsatdi. O‘sha davrlardayoq zargarlik buyumlari, kulolchilik 
bo‘yoqlari, ipak va ip-gazlamalar ishlab chiqarish va kashtachilik 
yaxshi rivojlandi. Qog‘oz va duxobalar ishlab chiqarishni 
samarqandliklar bundan ming yil burun keng yo‘lga qo‘ygan edilar.  •
Amir Temur va temuriylar davri (XV-XVII asrlar)da Samarqandda 
hashamatli machit, madrasa, maqbara va saroylar qurildi. Ular Hindiston, 
Misr, qadimgi Yunoniston va Rim me'morchiligining noyob yodgorliklari 
qatorida umumjahon ahamiyatiga egadir. O‘rta asr shoir va olimlari 
Samarqandni «sayqali ro‘yi zamin» deb ulug‘laganlar.
•
1924-1930-yillarda Samarqand shahri O‘zbekistonning poytaxti bo‘lgan. 
Hozirda ham Samarqand mamlakatning yirik sanoat tuguni, madaniyat 
markazlaridan biri sifatida ahamiyatlidir. •
Samarqand bilan Jomboy, Juma va boshqa shaharchalar 
ishlab chiqarish bo‘yicha o‘zaro bog‘langan. Shahar 
qishloq xo‘jaligi rivojlangan hudud markazida 
joylashganidan unda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta 
ishlaydigan ulkan korxonalar ko‘p.
•
1999-yilda Samarqanddan shimoldagi Chelak shahri 
yaqinida buyuk hadisshunos olim imom al-Buxoriyga 
bag‘ishlab me'moriy majmua barpo qilindi.  Samarqand
•
Samarqand mamlakat ilm-fanining yirik markazidir. Shaharda 
Samarqand davlat universiteti, Xalqaro turizm universiteti, tibbiyot, 
arxitektura-qurilish, chet tillar, iqtisodiyot va servis, veterinariya 
meditsinasi institutlari, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 
Samarqand filiali faoliyat yuritmoqda. Shahar tarixi Rudakiy, Navoiy, 
Xo‘ja Ahror, Bobur, Jomiy, Ulug‘bek, Ahmad Donish, Abu Lays 
Samarqandiy singari olimlar, yozuvchilar, mutafakkirlar nomlari bilan 
bog‘liq. Shahar xo‘jaligining yuksalishi bilan aholisi ham tez 
ko‘paymoqda.  Kattaqo‘rg‘on
•
Kattaqo‘rg‘on  viloyatda Samarqanddan keyingi ikkinchi o‘rinni egallagan 
sanoat tuguni va madaniyat markazidir. Shahar yonidan Samarqand—Buxoro 
temiryo‘li o‘tadi. Shaharda Kattaqo‘rg‘on paxta tozalash mashinasozligi 
zavodi, motor tuzatish, paxta va g‘isht zavodlari hamda mahalliy sanoat 
korxonalari bor. Moy eritish va go‘sht kombinatlari hamda yiliga 2 million 
jo‘ja ochiriladigan broyler fabrikasi oziq- ovqat sanoatining respublikadagi 
yirik korxonalari hisoblanadi. Moy eritish kombinati mamlakatdagi eng yirik 
korxonalardan biridir. Sanoat korxonalarini katta IEM elektr energiya bilan 
ta’minlaydi.  Urgut
•
Urgut  Samarqanddan taxminan 50 km janubi sharqda, Qashqadaryo 
viloyati chegarasida joylashgan shahar. Urgutda bir nechta gilam 
fabrikalari, tabak-ferment va shifer zavodlari faoliyat yuritadi. 
Samarqand viloyatining eng yirik sharq bozori shu shaharda joylashgan.

Samarqand viloyati

Iqtisodiy geografik o‘rni va tabiiy boyliklari. • Bu viloyat O‘zbekistonning markaziy qismida joylashgan. Aholi soni hamda yalpi sanoat mahsuloti bo‘yicha Samarqand viloyati mamlakatimizda yetakchi o‘rinlardan birida turadi (o‘quv atlasdan mazkur viloyatning chegaralarini aniqlang). Tabiiy geografik o‘rniga ko‘ra Zarafshon vodiysining o‘rta qismiga to‘g‘ri keladi, uch tomondan Nurota, Turkiston va Zarafshon tizma tog‘lari bilan o‘ralgan. Tog‘ tizmalari shimoldan esadigan sovuq havo oqimini birmuncha to‘sadi. Yog‘in ko‘proq (250—800 mm) yog‘adi. Sho‘rxok maydonlar deyarli yo‘q. Bo‘z va o‘tloq-alluvial tuproqli yerlar kattagina maydonni tashkil etadi.

• Viloyat hududidan oqib o‘tuvchi Zarafshon daryosi suvni muz va qorlardan oladi. Shunga ko‘ra Zarafshon daryosi sug‘orishga ehtiyoj katta bo‘lgan yoz oylarida to‘lib oqadi. Suvdan yanada samarali foydalanishni ko‘zlab, daryoning o‘rta oqimida Kattaqo‘rg‘on suv ombori barpo etilgan. Shu bilan birga Eski Anhor kanali orqali Zarafshon suvi (Darg‘om kanalidan) Qashqadaryo viloyatiga oqizilmoqda. Xullas, suvdan xo‘jalikda to‘la foydalanish bo‘yicha O‘rta Osiyoning bironta daryosi Zarafshonga tenglasha olmaydi. Uning 90 foiz suvi sug‘orishga sarflanadi.