SAMARQAND VILOYATI BOG’LARI VA TOMORQALARIDA TARQALGAN QORINOYOQLI MOLLUSKALARI EKOLOGIYASI
“ SAMARQAND VILOYATI BOG’LARI VA TOMORQALARIDA TARQALGAN QORINOYOQLI MOLLUSKALARI EKOLOGIYASI ” ISHI Taqdimoti
M AVZUNING DOLZARBLIGI • Mavzuning dolzarbligi. Mollyuskalar (Mollusca) umurtqasiz organizmlarning maxsus tipi hisoblanadi. Ular hayvonot olami orasida tiplari sonining ko‘pligi jihatidan bo‘g‘imoyoqlilar tipidan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi (Mavlonov va boshqalar, 2006). Hozirgi kunda O‘zbekistonda malakolog (mollyuskalarni) o‘rganuvchi olimlarning [Izzatullaev, 2003, 2005, 2019; Pazilov, Azimov, 2003] izlanishlari natijasida ushbu hududda, ularning 180 ga yaqin turlarining yashashi aniqlangan. Biroq, ularning eklogik xususiyatlari to‘liq o‘rganilmagan. Ushbuni inobatga olsak, qorinoyoqli mollyuskalarni har tomonlama o‘rganish o‘zining dolzarbligi bilan ajralib turadi
TADQIQOTNING MAQSADI Yu qorida bayon etilganlarni inobatga olib, men bitiruv malakaviy ish mavzusini bajarish uchun Samarqand viloyati bog‘lari va tomorqalari qorinoyoqli mollyuskalarning faunistik tarkibi, turlar tasnifi, ekologiyasi, tarqalishi, mollyuskalarning ekologik guruhlari, mollyuskalarga abiotik omillarning ta’siri va xo‘jalikdagi ahamiyatini o‘rganishni maqsad qilib oldim va ularni bajarish uchun quyidagi vazifalarni echish lozim deb topildi.
TADQIQOT VAZIFALARI 1.Mavzuga oid adabiyotlarni tahlil qilish; 2.Viloyat bog‘lari va tomorqalarida tarqalgan qorinoyoqli mollyuskalarning turlar tarkibini aniqlash, ularning faunistik tarkibini tuzish; 3.Mollyuskalar turlariga tasnif berish, ekologiyasi, tarqalishi, ekologik guruhlari, mollyusklar abiotik omillarning ta’sirini o‘rganish. 4.Mollyuskalarning xo‘jalikdagi ahamiyatini tasniflash
TADQIQOTNING OB’EKTI Samarqand viloyati bog‘lari , tomorqalari , qorinoyoqli mollyuskalari tadqiqod obekti sifatida olingan