Antropogenez xaqida zamonaviy nazariyalar
Antropogenez xaqida zamonaviy nazariyalar
Reja: 1.Antropogenez nazariyasi fanlararo tadqiqotlar sohasi sifatida 2.Antropogenezning hozirgi zamon ilmiy manzarasi 3.Xulosa
Charlz Darvin 1809 yil 12 fevralda Angliyaning Shrewsbury shahrida tug'ilgan. Uning otasi tibbiy shifokor edi, onasi esa mashhur kulol Xosiah Vilgvudning qizi edi. Darvin 1838 yilda Buyuk Britaniyalik faylasuf Tomas Maltusning 40 yil oldin yozgan "Aholi tamoyiliga oid" nomli asarini o'qidi. Maltusning g'oyalari Darvinga "eng qulay muhitda yashash" tushunchasini o'zgartirdi .1858 yil iyulda Darvin va Uolson Londonning Linnean jamiyati bilan birgalikda uchrashdi. 1859-yil noyabrda Darvin " Turlarning kelib chiqishi " nomli tabiiy tanlov orqali o'z o'rnini ta'minlagan kitobni nashr etdi. Jamiyat Darvinning ishini muhokama qilar ekan, u ingliz qishloqlarida tinch hayot kechirardi, botanika eksperimentlarini o'tkazishga qodir. U juda katta hurmatga sazovor bo'lgan va katta qari keksa odam hisoblangan. 1882 yil 19 aprelda vafot etgan va Londondagi Vestminster Abbosida dafn etilgan.
Antropogenez nazariyasi fanlararo tadqiqotlar sohasi sifatida Antropogenezning hozirgi zamon ilmiy nazariyasi endilikda tor tarmoq sohasi emas, balki tabiiy va ijtimoiy fanlarning tutashuv chegarasidagi majmuaviy fanlararo tadqiqotlardan iborat.Bugungi kunga kelib fan odamning kelib chiqish jarayonini muayyan darajada tiklash imkonini beruvchi ko‘p sonli ma’lumotlarni to‘plagan. Ushbu muammoni hal etishda arxeologiya va antropologiyadan tortib to molekulyar biologiya hamda atom fizikasigacha bo‘lgan ko‘plab fanlar ishtirok etmoqda. Hozirgi zamon tasniflari ma’lumotlariga ko‘ra, odam turiga, umurtqalilar kichik turiga, sut emizuvchilar sinfiga, primatlar guruhiga, gominoidlarning katta oilasiga, gominidlar oilasiga, Homo turiga mansubdir. . . Odamning hayvondan kelib chiqqanligini tasdiqlovchi dalillar qiyosiy anatomiya, fiziologiya, embriologiya, paleontologiya, genetika fanlari bergan ma’lumotlarga suyanadi. Barcha tirik organizmlarda hujayra tuzilishi, odam va hayvonlarning skeletlarining hamda a’zolarining o‘xshashligi, odamdagi rudimentar a’zolar (kopchik umurtqalar, ohirgi jag‘ tishlar, ko‘richak va hokazo hammasi bo‘lib 90dan ortiq), atavizmlar (jabra yorig‘i, tananing to‘liq jun bilan qoplanishi va boshqalar), inson embrionida hayvonot dunyosiga xos evolyusiya bosqichlarining takrorlanishi va hokazo..
Ibtidoiy tarixning eng yuqori chegarasi turli qit’alarda so’nggi 5 ming yillikka borib taqaladi. Osiyo va Afrika mamlakatlarida er.avv. IV- III ming yilliklar oralig’ida, Amerikada er.avv. I ming yillikda, oykumenning boshqa hududlarida yanada kechroq shakllandi. Ibtidoiy davr tarixini davrlashtirish bo’yicha maxsus va umumiy (tarixiy) davrlashtirish bo’yicha bir necha yonma-yon turadigan yo’nalishlar mavjud. Maxsus davrlashtirishning eng muhimi-bu ilk odamlar o’z ehtiyojini qondirish uchun foydalangan xomashyo turlari va mehnat qurollari tayyorlash texnikasiga asoslangan arxeologik davrlashtirishdirHozirgi vaqtda Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi, Okeaniya va Avstraliyaning ichki hududlarida ayrim xalqlar yaqin vaqtlargacha ibtidoiy jamoa tuzumining turli bosqichlarida turgan edi yoki bu jarayon hozirgi kunda ham davom etmoqda. Ibtidoiy davr insoniyat tarixining eng uzoq davom etgan davri bo`lib, million yildan ko’proq vaqtni o’z ichiga oladi. Hozirgi vaqtda ko`pgina olimlar, eng qadimgi odam 1,5-1 mln yil oldin paydo bo’lgan deb aytsalar, ba’zilar 2,5 mln yil oldin paydo bo’lgan deb hisoblaydilar. Ammo bu oxirgi raqam emas.