ASALARI OILASI HAQIDA TUSHUNCHA
MAVZU :ASALARI OILASI HAQIDA TUSHUNCHA
Reja 1.Asalari oilasi bilan tanishish 2.Asalari oilasi tarkibi 3.Asalarilarning oila a’zolari hakida ma’lumot
Asalarichilik qishloq xo‘jaligining serdaromad sohalaridan biridir. Respublikamizning tabiiy sharoiti ham asalari oilalarni tezkor texnologiya asosida boqish uchun juda qulaydir. Shuning uchun asal yyetishtirish Respublikada salmokli o‘rinda turishi mumkin. Asalarichilik mahsulotlarni ko‘paytirishga karatilgan tadbirning ishlab chiqish, asalarichilik fermer xo‘jaliklarida amalga oshirilayotgan jarayonlarga mahalliy populyasiyadagi asalarilar alohida ahamiyatga ega.
O‘zbekistonning tabiiy iklim sharoiti qishloq xo‘jaligi ekinlarning hosildorligini oshirishda asalari oilalarni zamonoviy ilg‘or texnologiya asosida ekinzorlarda boqib, asalarchilik mahsulotlar yyetishtirishni ko‘paytirish uchun qulay imqoniyatga ega . Asalarilarning xayoti nixoyatda murakkab. Oilani tashkil etadigan xar bir individ ma’lum bir vazifani bajaradi. Buning uchun oilada nasl boradigan ona ari, naslsiz urgochi ari, ya’ni ishchi ari va erkak arilar (trutsnlar) paydo bo’lib, ular tuzilishi va fiziologik xususiyatlariga ko’ra bir-biridan fark qiladi. Bunga polimorfizm deyiladi.
Polimorfizm, odatda, xar bir individ oilada ma’lumbir vazifani bajarishidan kelib chiqadi, ya’ni bajariladigan ishning taqsimlanishi bevosita ularning morfologik farkiga bog’lik. Arixonalarda yetishtirilib ko’paytiriladigan ko’chibli asalari oilasida yoz mavsumining o’rtalarida 60-70 ming, duragay zot ari oilasida 80-90 mingtagacha arisi bo’ladi. Oilada ishchi arilarning soni ko’p bulishi va ular qisqa vaqt, ya’ni 20-30 kun ichida ksyingi yilgi sharbat tashish davrigacha stadigan oziq to’play oladilar. Ko’p sonli arilar jamoa bo’lib yashashi natijasida asalarilar qishki sovuq kunlarida atroflarida zarur muxitni, kerakli issikni ushlab turadilar.